JAHON XO'JALIGI TO'G`RISIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR

Yuklangan vaqt

2024-06-10

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

68,6 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
JAHON XO'JALIGI TO'G`RISIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
 
Reja: 
1.Xalqaro iqtisodiy integrasiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning 
marjinalistik nazariyalari 
2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo'nalish 
3.Valyuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, «Suzib 
yuruvchi kurs» 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
JAHON XO'JALIGI TO'G`RISIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR Reja: 1.Xalqaro iqtisodiy integrasiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-sotiqning marjinalistik nazariyalari 2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo'nalish 3.Valyuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, «Suzib yuruvchi kurs»
 
 
 
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy 
jarayonlar to'g'risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo'lgan muhim bir 
xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga 
tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo'jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan 
ma'lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo'li bilan Xitoy, 
Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O'rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga 
olib kelingan, u erdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. 
Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko'p sonli odamlar, yuk ortilgan 
ot, tuya, xachir va boshqalar bo'lgan, yo'l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro 
savdo yo'li XIV-XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli 
keng rivojlandi (kam boj olingan, karvon yo'llari qaroqchilardan himoya qilingan, 
bir kunlik yo'l oxirida karvonsaroy bo'lgan, u erda suv uchun quduqlar, sardobalar 
qurilgan, ot-ulov, em-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan).  
Amir Temur «Dunyo savdo bilan obod bo'lur» degan fikr bildirgan, bu 
fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur Hindistonda 
podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. Agradan Kobulgacha 
bo'lgan yo'l bo'ylab har 15 mil (1 mil = 1.6 km) masofaga 6 tadan ot va unga 
qaraydigan xizmatchilar qo'yilib, ular xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur 
Hindistonda T., «Cho'lpon», 111-bet.)  
Jahon bozorining vujudga kelishi ko'pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi 
bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar 
tufayli Amerika qit'asi, ko'plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz 
orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. 
Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo'ldi va ayniqsa 
ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, 
hududi kengayib bormoqda. Jahon xo'jaligi, uning paydo bo'lishi, rivojlanishi va 
takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat 
markazida bo'lgan.  
 
Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to'g'risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo'lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo'jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo'li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O'rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u erdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko'p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo'lgan, yo'l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo'li XIV-XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj olingan, karvon yo'llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo'l oxirida karvonsaroy bo'lgan, u erda suv uchun quduqlar, sardobalar qurilgan, ot-ulov, em-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan). Amir Temur «Dunyo savdo bilan obod bo'lur» degan fikr bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. Agradan Kobulgacha bo'lgan yo'l bo'ylab har 15 mil (1 mil = 1.6 km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo'yilib, ular xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., «Cho'lpon», 111-bet.) Jahon bozorining vujudga kelishi ko'pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko'plab yangi orol va mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo'ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo'jaligi, uning paydo bo'lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo'lgan.
 
 
1. Xalqaro iqtisodiy integrasiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo-
sotiqning marjinalistik nazariyalari  
 
Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lsa, ularning tabiiy 
iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi, xo'jalik faoliyati, turmush 
tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda 
o'ziga xos xo'jalik faoliyati, mahsulot turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi 
tanish bo'lgan kartoshka, makkajo'xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan 
keyin bizga olib kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo'l bilan o'zaro bog'lanish, 
savdo-sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo 
munosabatlari bu borada etakchi o'rinni egallaydi va iqtisodiy ta'limotlarda ham bu 
sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integrasiya dastlab savdo 
sohasida keng tus olgan.  
Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar 
doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar ham mavjud. Ular 
klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o'z aksini topgan. Ayniqsa, 
XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, 
A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, 
P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar.  
A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko'ra, eng kam 
xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish samaralidi va 
aksincha.  
Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo'lib mehnat 
taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki 
xalqaro ko'lamda ham ob'ektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri 
shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o'ziga kerakli barcha 
narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik 
to'g'ri, degan savol tug'iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat 
ma'lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, 
ustunlikka ega bo'ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab 
1. Xalqaro iqtisodiy integrasiya. Nisbiy afzallik konsepsiyasi. Savdo- sotiqning marjinalistik nazariyalari Hozirgi davrda dunyoda 200 dan ortiq mamlakat mavjud bo'lsa, ularning tabiiy iqlimiy sharoitlari nihoyatda turli-tuman. Ularning aholisi, xo'jalik faoliyati, turmush tarzi ham xilma-xildir. Tarixiy, an'anaviy sharoit taqozosi tufayli har bir mamlakatda o'ziga xos xo'jalik faoliyati, mahsulot turlari yuzaga kelgan. Masalan, bizga yaxshi tanish bo'lgan kartoshka, makkajo'xori, pomidor, tamaki Amerika kashf etilgandan keyin bizga olib kelindi va rivojlandi. Xuddi shunday yo'l bilan o'zaro bog'lanish, savdo-sotiq, madaniy aloqalar kuchayib bormoqda. Ayniqsa, xalqaro savdo munosabatlari bu borada etakchi o'rinni egallaydi va iqtisodiy ta'limotlarda ham bu sohada muhim yutuqlar mavjud. Xalqaro iqtisodiy integrasiya dastlab savdo sohasida keng tus olgan. Xalqaro savdo rivojlanishi jarayonlari iqtisodiyoti allaqachon milliy davlatlar doirasidan chiqqan va bu borada bir qancha iqtisodiy ta'limotlar ham mavjud. Ular klassik, neoklassik va neokeynschilik nazariyalarida o'z aksini topgan. Ayniqsa, XIX-XX asrlardagi iqtisodchilar A.Smit, D.Rikardo, R.Torrens, J.S.Mill, A.Marshall (yuqorida ular bilan tanishganmiz.) J.Vayner, G.Xaberler, G.Jonson, P.Samuelson va boshqalar bu sohada barakali ijod qildilar. A.Smit tomonidan mutloq afzallik prinsipi ishlab chiqilgan, unga ko'ra, eng kam xarajat talab etuvchi tovarlar ishlab chiqarish va eksport qilish samaralidi va aksincha. Klassik iqtisodiy maktab vakili D.Rikardo birinchilardan bo'lib mehnat taqsimoti faqat ayrim ishlab chiqarish sohasidagina emas(A.Smit fikri), balki xalqaro ko'lamda ham ob'ektiv zarurat ekanligini isbotlab berdi.Olimning fikri shundan iboratki, prinsipial jihatdan qaralsa, har bir davlat o'ziga kerakli barcha narsani (tovarlarni) ishlab chiqarishi mumkin, ammo bu iqtisodiy jihatdan qanchalik to'g'ri, degan savol tug'iladi. Unga javob berib, Rikardo aytadiki, har bir davlat ma'lum bir mahsulotlarni ishlab chiqarishda ixtisoslashadi va nisbiy afzallikka, ustunlikka ega bo'ladi. Masalan, Shotlandiyada suli, Portugaliyada faqat vino ishlab
 
 
chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo'lgan sohani 
rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy tajriba, er, suv, 
inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, 
musulmon davlatlarida cho'chqachilikni rivojlantirish haqida so'z ham bo'lishi 
mumkin emas va boshqalar.  
Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun tegishlidir va 
qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi hal etilganda hisobga 
olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki bu soha «mustaqilligi» uchun 
kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yaxshi o'rganib chiqilishi maqsadga 
muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori boblarda to'la berilgan).  
Neoklassik, ya'ni «sof» iqtisodiyotni targ'ib etuvchilar xalqaro mehnat 
taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o'zgarishi sabablarini aniqlashni bosh 
vazifa qilib qo'yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi yo'lini inkor 
etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa 
xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda 
xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga 
olinmaydi.  
«Sof» ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida «mukammal raqobat» 
mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga ega; taklif 
doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o'zini-o'zi tartibga solish prinsipi bor. 
Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda 
«savdo sharoitlari» industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga 
o'zgarmoqda, deb o'ylamoqdalar va buni er unumdorligining pasayib borishi degan 
qonun bilan bog'lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari 
o'sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xom ashyo 
yo'nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozisiyalari yaxshilashuviga olib 
kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeynschilik ta'limoti vakillarining 
fikricha, har bir mamlakat ichki bozorda ko'proq tovar ishlab chiqarishga intilgani 
sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to'la emasligi tufayli ko'proq eksport 
qilishga va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o'zini-
chiqarish samaraliroqdir, chunki sarf-xarajatlar miqdori eng kam bo'lgan sohani rivojlantirish afzaldir. Bunda albatta, tabiiy sharoit, an'analar, tarixiy tajriba, er, suv, inson resurslari, xalqning mentaliteti va boshqalar hisobga olinishi kerak. Masalan, musulmon davlatlarida cho'chqachilikni rivojlantirish haqida so'z ham bo'lishi mumkin emas va boshqalar. Solishtirma xarajatlar prinsipi ham barcha mamlakatlar uchun tegishlidir va qaysi mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish muammosi hal etilganda hisobga olinishi shart. Shu sababli ayrim davlatlarda u yoki bu soha «mustaqilligi» uchun kurash e'lon qilinganda bu omil albatta yaxshi o'rganib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.(D.Rikardo ta'limoti yuqori boblarda to'la berilgan). Neoklassik, ya'ni «sof» iqtisodiyotni targ'ib etuvchilar xalqaro mehnat taqsimotining rivoji va savdo sharoitlarining o'zgarishi sabablarini aniqlashni bosh vazifa qilib qo'yganlar, ammo ular savdo almashuvida pul mexanizmi yo'lini inkor etadilar. R.Xarrot, F.Maxlup, K.Kurixara kabi neokeynschilik tarafdorlari esa xalqaro savdoning pul mexanizmiga alohida e'tibor beradilar, shu bilan bir vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti, baynalmilal qiymat, baholar nisbati deyarli e'tiborga olinmaydi. «Sof» ta'limot tarafdorlari fikricha, jahon bozorida «mukammal raqobat» mavjud; barcha kontragentlar xalqaro savdoda bir xil imkoniyatlarga ega; taklif doimo talabni vujudga keltiradi; savdo balansi o'zini-o'zi tartibga solish prinsipi bor. Eksport va import baholari nisbatini tushuntirishda ular uzoq muddatli rejalarda «savdo sharoitlari» industrial davlatlar ziyoniga va agrar mamlakatlar foydasiga o'zgarmoqda, deb o'ylamoqdalar va buni er unumdorligining pasayib borishi degan qonun bilan bog'lamoqdalar. Ular tovar eksporti va importining fizik hajmlari o'sishini hisobga olmagan holda xalqaro savdo rivoji tendensiyalari agrar xom ashyo yo'nalishidagi davlatlar iqtisodiyoti tashqi savdo pozisiyalari yaxshilashuviga olib kelmoqda, demoqdalar. Xalqaro savdoning neokeynschilik ta'limoti vakillarining fikricha, har bir mamlakat ichki bozorda ko'proq tovar ishlab chiqarishga intilgani sababli mehnat va kapital bilan bandlikning to'la emasligi tufayli ko'proq eksport qilishga va kamroq import qilishga intiladi. Shu sababli ham xalqaro savdo o'zini-
 
 
o'zi tartibga soluvchi jarayon bo'la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish 
bilan rag'batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi 
zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish.  
Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarda 
E.Xeksher, B.Olin (Shvesiya), P.Samuelson tomonidan 
yaratilgan «ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» 
nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har 
mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil 
ta'minlanmaganligi bilan, demak har bir omilning turlicha 
bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakterlanadi. 
Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko'p) bo'lsa, 
uning narxi kapital va erga nisbatan past baholanadi; kapital mo'l bo'lgan 
mamlakatda u boshqa ikki  
      E.Xeksher         ishlab chiqarish  omiliga nisbatan arzon bo'ladi. Har bir 
mamlakat o'zining ustunligini realizasiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab 
chiqarish omili nisbatan arzon bo'lgan yo'l bilan tayyorlangan tovarlar ko'proq 
chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha 
davlatlar o'ziga qulay va foydali bo'lgan xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay 
sharoit bo'lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning 
chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga 
asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg'un (garmonik) jarayon deb qaraladi. 
Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to'la hisobga olinmaydi, masalan o'z davrida 
mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o'rtasidagi munosabatlarni hech 
ham uyg'un deb bo'lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar 
o'rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo'lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal 
shakl sifatida bu hodisa ro'y berishi mumkin.  
60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti 
konsepsiyalari paydo bo'ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo'lgani «tovar 
hayotining sikli» nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar 
G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qayta 
o'zi tartibga soluvchi jarayon bo'la olmaydi, aksincha tovar eksporti kapital chiqarish bilan rag'batlantirilishi kerak, import esa proteksionistik choralar bilan cheklanishi zarur. Bu choralar umummilliy manfaatlarga mos kelar emish. Keyingi davrda vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarda E.Xeksher, B.Olin (Shvesiya), P.Samuelson tomonidan yaratilgan «ishlab chiqarish omillarining xalqaro taqsimoti» nazariyasi (modeli) tipik hisoblanadi. Ularning fikricha, har mamlakat iqtisodiyoti ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta'minlanmaganligi bilan, demak har bir omilning turlicha bahoga egaligi (ish haqi, foiz, renta) bilan xarakterlanadi. Ayrim mamlakatlarda mehnat asosiy omil (boshqasidan son jihatdan ko'p) bo'lsa, uning narxi kapital va erga nisbatan past baholanadi; kapital mo'l bo'lgan mamlakatda u boshqa ikki E.Xeksher ishlab chiqarish omiliga nisbatan arzon bo'ladi. Har bir mamlakat o'zining ustunligini realizasiya qilishga intiladi, jahon bozoriga ishlab chiqarish omili nisbatan arzon bo'lgan yo'l bilan tayyorlangan tovarlar ko'proq chiqariladi. Bunday ishlab chiqarish ixtisoslashuvi shunga olib keladiki, barcha davlatlar o'ziga qulay va foydali bo'lgan xo'jalik tarmoqlarini rivojlantirib, qulay sharoit bo'lmagan boshqalaridan voz kechadi. Bu nazariya ishlab chiqarishning chiqimlarini mutlaqlashtiradi va xalqaro ixtisoslashuvning yagona mezoniga asoslanadi. Shu sababli jahon savdosi uyg'un (garmonik) jarayon deb qaraladi. Bunda jahondagi real shart-sharoitlar to'la hisobga olinmaydi, masalan o'z davrida mustamlaka egasi (metropoliya) bilan koloniyalar o'rtasidagi munosabatlarni hech ham uyg'un deb bo'lmaydi. Iqtisodi yuksak davlat bilan qoloq mamlakatlar o'rtasidagi aloqalarda ham garmoniya bo'lishi amri mahol. Lekin kelajakda ideal shakl sifatida bu hodisa ro'y berishi mumkin. 60-yillarda texnologik xarakterdagi yangi xalqaro mehnat taqsimoti konsepsiyalari paydo bo'ldi. Bular orasida eng yaxshi ma'lum bo'lgani «tovar hayotining sikli» nazariyasidir, uning mualliflari amerikalik iqtisodiyotchilar G.Xofbauer, R.Vernon, M.Pozner va boshqalar hisoblanadi. Uning asosini qayta
 
 
ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo 
bo'ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o'sish, 
sekinlashuv va tugash siklini o'tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, 
kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to'g'ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab 
chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori 
rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig'ini 
sinovchi sharoitning mavjudligiga bog'liq. O'sish va kengayish fazasi uchun 
industrial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda 
ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Etuklik, kamolot fazasida mahsulot 
ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So'nggi (eskirish) fazasi mazqur 
mahsulot o'rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo bo'lishi bilan 
bevosita bog'liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham keskin kamayadi. 
Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat sifatida AQSh misol qilib 
keltiriladi.  
      Xalqaro 
mehnat 
taqsimotining 
rivoji 
esa 
boshqa 
mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi 
asosida shakllanishi tasavvur etiladi.  
Ilmiy - texnik progressi bilan bog'liq iqtisodiy qarashlar ingliz 
iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. 
Uning modeli bo'yicha texnika prgressi neytral, mehnatni 
iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga 
bo'linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro savdoga 
neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.  
Jon Xiks            
 
2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo'nalish 
 
Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini  minadilar, shvedlar 
fransuzlar pishlog'ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib 
oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan 
ishlash sanoatidagi xalqaro mehnat taqsimoti tashkil etadi. Sanoatda paydo bo'ladigan texnologik jihatdan har bir yangi mahsulot kirish, eksponent o'sish, sekinlashuv va tugash siklini o'tadiki, bu tartib ishlab chiqarishga joriy etish, kengayish, kamolot va eskirish jarayoniga to'g'ri keladi (jami 5 stadiya). Ishlab chiqarishni joriy etish fazasida yangi mahsulotni tayyorlash asosan yuqori rivojlangan ilmiy-texnik bazaga va bozorda shu mahsulotning raqobatbardoshlig'ini sinovchi sharoitning mavjudligiga bog'liq. O'sish va kengayish fazasi uchun industrial bazaning quvvati bilan belgilanadigan mahsulotni ommaviy ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish xarakterlidir. Etuklik, kamolot fazasida mahsulot ishlab chiqarish soddalashib, ommaviy tus oladi. So'nggi (eskirish) fazasi mazqur mahsulot o'rnini qoplovchi yangi takomillashgan mahsulotning paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq, undan tashqari avvalgi mahsulotga talab ham keskin kamayadi. Shunday texnologik jarayon mavjud namunaviy mamlakat sifatida AQSh misol qilib keltiriladi. Xalqaro mehnat taqsimotining rivoji esa boshqa mamlakatlarning Amerika iqtisodiyotiga texnologik qaramligi asosida shakllanishi tasavvur etiladi. Ilmiy - texnik progressi bilan bog'liq iqtisodiy qarashlar ingliz iqtisodchisi Jon Xiks (1904-1989) tomonidan ilgari surilgan. Uning modeli bo'yicha texnika prgressi neytral, mehnatni iqtisod qiluvchi va kapitalni iqtisod qiluvchi guruhlarga bo'linadi. Texnika progressi oqibatida ishlab chiqarish va iste'mol xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Jon Xiks 2. Xalqaro mehnat taqsimotini tadqiq etishdagi tanqidiy yo'nalish Hozirgi davrda amerikaliklar yapon avtomobillarini minadilar, shvedlar fransuzlar pishlog'ini iste'mol qiladilar, kanadaliklar koreys kompyuterlarini sotib oladilar, italiyaliklar Liviya neftidan foydalanadilar, ruslar amerikaliklar donidan
 
 
non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o'ziga xoslik 
mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli 
mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo'ladigan savol shundan iboratki, nega 
o'zi xalqaro savdo mavjud?  
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo'li bilan ishlab 
chiqariladi. Ko'pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tariflar, 
ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o'ziga 
xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valyuta (pul)dan 
foydalanadilar. 
Masalan, 
Amerika 
xaridorlari 
yapon 
avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab 
chiqarayotgan yapon ishchilari o'z maoshlarini ienlarda 
olishni istaydilar. Demak, bu erda xalqaro hisob-kitob 
masalasi ko'tariladi. 
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon 
xo'jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi 
omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham etakchi 
o'rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag'ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud.  
Tarixan birinchi bo'lib neoklassik ta'limotlar vujudga keldi. Ularning asosi 
B.Olin (Shvesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSh) asarlarida o'z 
aksini topgan. Ular o'z ta'limotlarida marjinalizm konsepsiyasiga  
B.Olin                 asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, «kapitalning  
eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat 
kapitalining mo'l-ko'lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning «mo'l-
ko'lligi» yoki «kamligi» uning migrasiya sababi qilib ko'rsatiladi. Bu jarayon to 
kapital unumi bir xil bo'lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari 
samaradorligining o'sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy 
rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi.  
Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, 
F.Maxlup, E.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. 
Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to'lov balansining 
non pishiradilar. Bu savdo munosabatida ichki savdoga nisbatan ikkita o'ziga xoslik mavjud. Birinchidan, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi firmalar va iste'molchilar turli mamlakatlarda yashaydilar. Birinchi paydo bo'ladigan savol shundan iboratki, nega o'zi xalqaro savdo mavjud? Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon yo'li bilan ishlab chiqariladi. Ko'pincha davlat hukumatlari bu savdoni tartibga solish uchun tariflar, ya'ni import qilinayotgan tovarlar uchun soliqlar solinadi. Ikkinchi muhim o'ziga xoslik shuki, savdo qilayotganlarning har biri boshqa-boshqa valyuta (pul)dan foydalanadilar. Masalan, Amerika xaridorlari yapon avtomobillarini dollarda sotib oladilar. Avtomobillarni ishlab chiqarayotgan yapon ishchilari o'z maoshlarini ienlarda olishni istaydilar. Demak, bu erda xalqaro hisob-kitob masalasi ko'tariladi. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimoti butun jahon xo'jaligining tashkil topishi va rivojlanishining hal qiluvchi omilidir. Bunda kapital chiqarish masalalari ham etakchi o'rinni egallaydi. Shu sababli ularga bag'ishlangan bir qancha nazariyalar mavjud. Tarixan birinchi bo'lib neoklassik ta'limotlar vujudga keldi. Ularning asosi B.Olin (Shvesiya), K.Iverson (Daniya), R.Nurkse (Avstriya-AQSh) asarlarida o'z aksini topgan. Ular o'z ta'limotlarida marjinalizm konsepsiyasiga B.Olin asoslangan holda, kapitalning harakatchanligi, «kapitalning eng yuqori unumi» (foiz stavkasi bilan ifoda qilinadi) u yoki bu mamlakat kapitalining mo'l-ko'lligining turlicha ekanligi bilan izohlaydilar. Kapitalning «mo'l- ko'lligi» yoki «kamligi» uning migrasiya sababi qilib ko'rsatiladi. Bu jarayon to kapital unumi bir xil bo'lguncha davom etadi. Bu esa ishlab chiqarish omillari samaradorligining o'sishi, milliy daromadning ortishi, butun mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasining tekislanishiga olib keladi. Kapital chiqarishning neokeynschilik ta'limoti 30-50-yillarda shakllandi, F.Maxlup, E.Domar va R.Xarrot bu nazariyaning asoschilari hisoblanadilar. Ularning fikricha, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishda savdo, to'lov balansining
 
 
o'zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi bo'lgan mamlakatlarda kapital 
ortiqchaligi 
(jamg'armalarning 
investisiyalardan 
ko'pligi), 
passiv 
balansli 
mamlakatlarda esa aksincha, kapital etishmasligi sababli kapital harakati ro'y beradi. 
«Jamg'armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib 
boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish 
uchun «jamg'armalar» hisobiga qo'shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb 
topiladi. Ammo bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish yo'li bilan hal 
etilishi kerak.  
Bu yo'nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizasiya qilishdagi 
qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital chiqariladi, bu esa 
ortiqcha tovarni ko'paytirish hisobiga ro'y beradi. Bu nazariya rivojlanayotgan 
mamlakatlarga «yordam» konsepsiyasini isbotlash uchun ham asos bo'ladi.  
60-70-yillarda kapital chiqarishning «dinamik modeli» ommalashdi, unda 
R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro 
kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U kapital eksporti 
va importini yalpi milliy mahsulot o'sishi, investision daromad va to'lovlar bilan 
bog'lashga 
intiladi. 
Unda 
neokeynschilikning 
xalqaro 
kapital 
harakati 
konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu vaqtning o'zida iqtisodiy o'sishning neoklassik 
nazariyasi ham hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab o'zgaruvchi parametrlarni 
o'z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan, 
amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20 dan 
ortiq o'zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik apparat ustun bo'lib, 
u nazariy asosning bo'shligini kompensasiyalaydi.  
Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga 
asoslanadilar va uni jamg'armalar va investisiyalar orasidagi farq sifatida e'lon 
qiladilar. Bu farq ishchi kuchi etishmasligi va tez o'suvchi kapital miqdori o'rtasidagi 
texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. 
Kapital o'sishi to'lov balansi saldosi musbat bo'lganda investision daromadlar 
investision to'lovlardan ortiq hollarda ro'y beradi. Daromadi to'lovlardan yuqori 
bo'lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, aksincha, to'lovlari daromaddan 
o'zgarishi tufayli, ya'ni aktiv savdo balansi bo'lgan mamlakatlarda kapital ortiqchaligi (jamg'armalarning investisiyalardan ko'pligi), passiv balansli mamlakatlarda esa aksincha, kapital etishmasligi sababli kapital harakati ro'y beradi. «Jamg'armalar»ning ortiqchaligi mamlakatni iqtisodiy depressiya va ishsizlikka olib boradigan eng muhim omil deb qaraladi. Unga qarshi kurash yoki uning oldini olish uchun «jamg'armalar» hisobiga qo'shimcha tovar eksportini moliyalash zarur deb topiladi. Ammo bunda import oshmasligi, ya'ni kapital chiqarish yo'li bilan hal etilishi kerak. Bu yo'nalish vakillari kapitalistik tuzumda kapitalni realizasiya qilishdagi qarama-qarshiliklarni tan oladilar va buni hal etish uchun kapital chiqariladi, bu esa ortiqcha tovarni ko'paytirish hisobiga ro'y beradi. Bu nazariya rivojlanayotgan mamlakatlarga «yordam» konsepsiyasini isbotlash uchun ham asos bo'ladi. 60-70-yillarda kapital chiqarishning «dinamik modeli» ommalashdi, unda R.Xarrotning iqtisodiy dinamika nazariyasi asosida mamlakatlar o'rtasidagi o'zaro kapital eksporti sabablari va oqibatlarini aniqlashga urinish bor. U kapital eksporti va importini yalpi milliy mahsulot o'sishi, investision daromad va to'lovlar bilan bog'lashga intiladi. Unda neokeynschilikning xalqaro kapital harakati konsepsiyasiga asoslanadilar. Shu vaqtning o'zida iqtisodiy o'sishning neoklassik nazariyasi ham hisobga olinadi. Bularning hammasi unlab o'zgaruvchi parametrlarni o'z ichiga oluvchi iqtisodiy matematik modellar asosida hal qilinadi. Masalan, amerikalik iqtisodchilar J.Borts va K.Kopekilar tuzgan ana shunday modelda 20 dan ortiq o'zgaruvchi va shuncha tenglama mavjud; unda matematik apparat ustun bo'lib, u nazariy asosning bo'shligini kompensasiyalaydi. Ular kapital ortiqchaligi masalasini tushuntirishda neokeynschilarga asoslanadilar va uni jamg'armalar va investisiyalar orasidagi farq sifatida e'lon qiladilar. Bu farq ishchi kuchi etishmasligi va tez o'suvchi kapital miqdori o'rtasidagi texnik-iqtisodiy disproporsiyadan kelib chiqadi, deb tushuntiriladi. Kapital o'sishi to'lov balansi saldosi musbat bo'lganda investision daromadlar investision to'lovlardan ortiq hollarda ro'y beradi. Daromadi to'lovlardan yuqori bo'lgan mamlakatlar kapitalni sof eksport qiladigan, aksincha, to'lovlari daromaddan
 
 
ustun bo'lganlar esa kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi 
kapital miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo'ladi. Bunda chet el 
investisiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o'rtasidagi o'zaro 
bog'lanish ta'kidlanadi.  
Bevosita investisiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chiqilgan bo'lib, 
kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini aniqlash masalalari asos qilib 
olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish asosan yirik korporasiyalar tomonidan 
amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy 
pozisiyalari bilan raqobatga duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda 
rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan 
bog'liq. E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab chiqdi, 
unga ko'ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsentrasiyasi 
tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy talablariga 
muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir.  
Bevosita investisiyalarni amalga oshiruvchi korporasiyalar xuddi ana shunday 
monopolistik 
ustunliklarga 
ega 
bo'lishlari 
kerak. 
S. 
Xaymer 
- 
Ch. 
Kindlebergerlarning «oligopolik strukturalar» (monopolistik ustunliklar) modelida 
bu jarayon korporasiya-investorda «differensiyalashgan mahsulot», maxsus bozor 
bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali menejment mavjudligi tufayli ro'y 
berar ekan.  
Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy va 
transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoliyatini aks 
ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro monopoliyalar bir qancha 
millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporasiya sifatida izohlanadi va butun 
dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevalarini targ'ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. 
Bu monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli 
degan fikr ilgari suriladi, ya'ni u yoki bu korporasiya ko'p mamlakatlarda ishlab 
chiqarish va kommersiya operasiyalarini olib borayotgan bo'lsa, «sof xalqaro» 
korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. G.Jonson, 
Ch.Kindleberger 
va 
boshqalar 
xalqaro 
monopoliyalarning 
ilmiy-texnika 
ustun bo'lganlar esa kapitalni sof import qiladigan mamlakatlardir. Chunki ulardagi kapital miqdori mavjud mehnat resurslaridan ancha kam bo'ladi. Bunda chet el investisiyalari bilan sof kreditor yoki debitor mamlakatlar ahvoli o'rtasidagi o'zaro bog'lanish ta'kidlanadi. Bevosita investisiyalar nazariyasi ham 60-70-yillarda ishlab chiqilgan bo'lib, kapital chiqarish va kiritishning sabab va oqibatlarini aniqlash masalalari asos qilib olingan. Ularning fikricha, kapital chiqarish asosan yirik korporasiyalar tomonidan amalga oshiriladi va boshqa mamlakat kompaniyalarining chet eldagi iqtisodiy pozisiyalari bilan raqobatga duch keladi. Buning sababi shuki, hozirgi sharoitda rentabel ishlab chiqarishni tashkil etish asosan chet eldagi bozorlarni egallash bilan bog'liq. E.X.Chemberlin monopolistik konkurensiya nazariyasini ishlab chiqdi, unga ko'ra monopolistik konkurensiya ishlab chiqarish va kapital konsentrasiyasi tufayli emas, balki firmaning bozorga, iste'molchilarning shaxsiy talablariga muvaffaqiyatli moslashishi natijasidir. Bevosita investisiyalarni amalga oshiruvchi korporasiyalar xuddi ana shunday monopolistik ustunliklarga ega bo'lishlari kerak. S. Xaymer - Ch. Kindlebergerlarning «oligopolik strukturalar» (monopolistik ustunliklar) modelida bu jarayon korporasiya-investorda «differensiyalashgan mahsulot», maxsus bozor bilimlari, kerakli texnologiya, yuqori malakali menejment mavjudligi tufayli ro'y berar ekan. Keyingi davrda xalqaro monopoliyalarning yangi tipi - transmilliy va transkorporativ konsernlar tashkil topmoqda. Bu monopoliyalar faoliyatini aks ettiruvchi bir qancha ta'limotlar mavjud. Ularda xalqaro monopoliyalar bir qancha millatlar nomidan chiqayotgan mustaqil korporasiya sifatida izohlanadi va butun dunyoda ilmiy-texnika taraqqiyoti mevalarini targ'ib qiluvchi tashkilot deb qaraladi. Bu monopoliyalar misolida iqtisodiy aloqalar har qanday siyosat va mafkuradan xoli degan fikr ilgari suriladi, ya'ni u yoki bu korporasiya ko'p mamlakatlarda ishlab chiqarish va kommersiya operasiyalarini olib borayotgan bo'lsa, «sof xalqaro» korxonaga aylanadi va hech bir mamlakat manfaatlarini himoya qilmaydi. G.Jonson, Ch.Kindleberger va boshqalar xalqaro monopoliyalarning ilmiy-texnika
 
 
yangiliklarini targ'ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga keng o'rin 
berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu transmilliy korxonalarning 
roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida, investisiyalar qo'yish 
bo'yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi.  
Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo'lgan nazariyalar ham mavjud 
(R.Barnet -AQSh, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro konsernlar davlat 
iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq solish, kredit va investision 
siyosat, valyutani tartibga solish va boshqalarning samarasiz bo'lib qolishiga olib 
keladi. Bu korporasiyalar o'zlari ish yuritayotgan davlatlarda bu mamlakat 
iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq o'tkazish uchun bir qancha usullardan 
foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan 
mamlakatlarda salbiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli 
ular xalqaro korporasiyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif 
etadilarki, ularning harakatidagi «salbiy tomonlar»ning yo'qotilishi va jahon 
bozorini bo'lib olish «qoidalari»ni reglamentasiyalash kerak.  
Integrasion jarayon bo'yicha yagona alohida ta'limot yo'q, ammo integrasiyani 
isbotlash, qo'llab-quvvatlash borasida bir qancha yo'nalishlarning ba'zi bir umumiy 
tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: kapitalistik iqtisodiy integrasiyaning 
ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxtalashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida 
qaraladi va XVIII-XIX asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa 
deb qaraladi, Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa 
davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapitalning 
kapitalistik integrasiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli bo'yab 
ko'rsatiladi.  
Odatda iqtisodiy integrasiya to'g'risidagi nazariyalarda integrasiyaga a'zo 
mamlakatlar o'rtasidagi barcha to'siqlar va ayniqsa savdo, boshqa iqtisodiy 
munosabatlarda to'la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu bilan birga 
bozorning ko'lami va iqtisodiyotning o'sish sur'atlari o'rtasida funksional (ya'ni 
bevosita) bog'lanish bor degan g'oya ham ilgari suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy 
yangiliklarini targ'ib etish, tinchlikni saqlashga oid faoliyatlariga keng o'rin berishgan. Ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda bu transmilliy korxonalarning roli yuqori baholanadi, ularning ilmiy-texnika sohasida, investisiyalar qo'yish bo'yicha faoliyati ijobiy deb qaraladi. Xalqaro monopoliyalar rivojiga tanqidiy bo'lgan nazariyalar ham mavjud (R.Barnet -AQSh, E.Penrouz - Angliya), bu nazariyalarda halqaro konsernlar davlat iqtisodiy siyosatining ayrim unsurlari, masalan, soliq solish, kredit va investision siyosat, valyutani tartibga solish va boshqalarning samarasiz bo'lib qolishiga olib keladi. Bu korporasiyalar o'zlari ish yuritayotgan davlatlarda bu mamlakat iqtisodiyoti va siyosatiga salbiy tazyiq o'tkazish uchun bir qancha usullardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa bu holat iqtisodiy jihatdan qoloq rivojlanayotgan mamlakatlarda salbiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkinligi aytiladi. Shu sababli ular xalqaro korporasiyalar faoliyatini shunday qayta ishlab chiqishni taklif etadilarki, ularning harakatidagi «salbiy tomonlar»ning yo'qotilishi va jahon bozorini bo'lib olish «qoidalari»ni reglamentasiyalash kerak. Integrasion jarayon bo'yicha yagona alohida ta'limot yo'q, ammo integrasiyani isbotlash, qo'llab-quvvatlash borasida bir qancha yo'nalishlarning ba'zi bir umumiy tomonlari mavjud, ular quyidagilardir: kapitalistik iqtisodiy integrasiyaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni soxtalashtiriladi; bu jarayon umumiy qonuniyat sifatida qaraladi va XVIII-XIX asrlarda vujudga kela boshlagan ichki bozor bilan bir narsa deb qaraladi, Evropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanayotgan va boshqa davlatlar bilan olib boriladigan aloqa sifatida beriladi; monopolistik kapitalning kapitalistik integrasiyaning harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi roli bo'yab ko'rsatiladi. Odatda iqtisodiy integrasiya to'g'risidagi nazariyalarda integrasiyaga a'zo mamlakatlar o'rtasidagi barcha to'siqlar va ayniqsa savdo, boshqa iqtisodiy munosabatlarda to'la erkinlik berilishi zarurligi qayd etiladi. Shu bilan birga bozorning ko'lami va iqtisodiyotning o'sish sur'atlari o'rtasida funksional (ya'ni bevosita) bog'lanish bor degan g'oya ham ilgari suriladi. Shunday qilib, iqtisodiy
 
 
integrasiya zarurati tashqi bozorning qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri 
tufayli yuzaga keladi (ya'ni aksincha emas).  
Iqtisodiy integrasiya bo'yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor «bojxona ittifoqi»ga 
berilib, unda o'zaro savdo bo'yicha har qanday cheklashlar bekor qilinishi va 
«uchinchi mamlakatlar» uchun yagona bojxona tarifi joriy qilinishi kerak bo'ladi. 
Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSh), V.Rebke (Shveysariya) va boshqalar 
bu jarayonni ideal erkin bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va 
avvalgi davr voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko'chiradilar. Boshqalari esa, 
masalan Ch.P.Kindleberger (AQSh), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru 
(Fransiya)lar yirik korporasiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fikricha, jahon 
bozorini o'zaro bo'lib olib, «bojxona ittifoqi» kartellarga qarshi siyosat tufayli 
ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizasiya qiladi, go'yoki xalqaro 
integrasiya antimonopol yo'nalishga ega. Amaliyotda bu jarayonlar har doim ham 
nazariyadagidek emas, masalan Evropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir 
Evropa ittifoqi)da kartellashtirishni taqiqlash to'g'risida qonun bo'lishiga 
qaramasdan, bu jarayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko'ptarmoqli kompaniya-
konsernlar vujudga kelmoqda. 
Olimlarning fikricha, iqtisodiy integrasiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy 
oqibatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: ishlab chiqarishning doimo o'sishi va 
iqtisodiy inqirozlarning bo'lmasligi ta'minlanadi; iqtisodiyotning doimo o'sishi 
tufayli aholining turmush darajasi ko'tariladi; ishchi va kapitalistlar o'rtasidagi sosial 
sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar va 
siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integrasiya kapitalistik jamiyatga xos 
bo'lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi.  
 
3.Valyuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, 
«Suzib yuruvchi kurs» 
 
Iqtisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida e'tibor beradilar. 
Valyuta bozorida milliy valyuta chet el valyutasiga (masalan, AQSh dollari, 
integrasiya zarurati tashqi bozorning qayta ishlab chiqarishga hal qiluvchi ta'siri tufayli yuzaga keladi (ya'ni aksincha emas). Iqtisodiy integrasiya bo'yicha ta'limotlarda asosiy e'tibor «bojxona ittifoqi»ga berilib, unda o'zaro savdo bo'yicha har qanday cheklashlar bekor qilinishi va «uchinchi mamlakatlar» uchun yagona bojxona tarifi joriy qilinishi kerak bo'ladi. Bunda ayrim iqtisodchilar - B.Belash (AQSh), V.Rebke (Shveysariya) va boshqalar bu jarayonni ideal erkin bozor munosabatlariga qaytish shaklida qaraydilar va avvalgi davr voqealarini hozirgi monopolistik davrga ko'chiradilar. Boshqalari esa, masalan Ch.P.Kindleberger (AQSh), P.Striten (Angliya), A.Marshall va F.Perru (Fransiya)lar yirik korporasiyalar mavjudligini tan oladilar, ularning fikricha, jahon bozorini o'zaro bo'lib olib, «bojxona ittifoqi» kartellarga qarshi siyosat tufayli ularning faoliyatidagi salbiy tomonlarni neytralizasiya qiladi, go'yoki xalqaro integrasiya antimonopol yo'nalishga ega. Amaliyotda bu jarayonlar har doim ham nazariyadagidek emas, masalan Evropa iqtisodiy hamjamiyati (umumiy bozor, hozir Evropa ittifoqi)da kartellashtirishni taqiqlash to'g'risida qonun bo'lishiga qaramasdan, bu jarayon aksincha tezlashdi, bugungi kunda ko'ptarmoqli kompaniya- konsernlar vujudga kelmoqda. Olimlarning fikricha, iqtisodiy integrasiyaning asosiy ijtimoiy-siyosiy oqibatlari quyidagilardan iborat bo'ladi: ishlab chiqarishning doimo o'sishi va iqtisodiy inqirozlarning bo'lmasligi ta'minlanadi; iqtisodiyotning doimo o'sishi tufayli aholining turmush darajasi ko'tariladi; ishchi va kapitalistlar o'rtasidagi sosial sheriklikni rivojlantiradi; turli mamlakatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar va siyosiy nifoqlar tugatiladi. Demak, iqtisodiy integrasiya kapitalistik jamiyatga xos bo'lgan illatlarni kamaytirish vositasi sifatida qaraladi. 3.Valyuta munosabatlari tahlili, jahon pulining yangi metall konsepsiyasi, «Suzib yuruvchi kurs» Iqtisodchi olimlar xalqaro valyuta munosabatlariga alohida e'tibor beradilar. Valyuta bozorida milliy valyuta chet el valyutasiga (masalan, AQSh dollari,
 
 
Meksika pesosi, nemis markasi, iena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv 
(valyuta) kursi - bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu 
munosabatlar har kuni, hatto har soatda o'zgarib turishi mumkin. Valyuta kursini 
stabil (turg'un) qilish uchun to'lov balanslarining tengligiga erishish yo'li taklif 
etiladi.  
30-yillargacha to'lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda 
D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega 
bo'lgan. Bu g'oyaga ko'ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi 
baholarning o'zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog'liq, oqibatda barcha 
mamlakatlarning to'lov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin 
standartining tugatilishi bilan olimlarning ko'pchiligi neokeynschilik pozisiyalariga 
o'tib oldilar («Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma'lum davrida amalda 
bo'lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, 
AQShda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda to'lov 
balansini tartibga solishda asosiy e'tibor davlatning hisob stavkasiga ta'siri muhim 
deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va 
eksportni rag'batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to'lov 
imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyasiya yo'li) yoki milliy valyutani devalvasiya 
qilish usuli taklif etiladi.  
60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga 
sabab bo'ldi, yana neoklassik yo'lga qaytildi, ya'ni davlatning iqtisodiy, shu 
jumladan valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyutalar kursining erkin 
tebranishiga imkon berildi, bu esa o'z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib 
kelishi kerak edi. Ammo valyuta kursi o'zgarib turishining to'lov balansiga ta'siri 
cheklangan xarakterga ega bo'ladi (masalan, valyutaning «suzib yuruvchi kursi» 
paytida bu narsa aniq bo'lib qoldi), chunki to'lov balansining barqaror emasligi 
muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq. To'lov 
balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy 
aksiyalarga bog'liq bo'ladi. Valyuta kursining qalqib turishining o'zi ham xalqaro 
valyuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. So'nggi yigirma yil ichida industrial 
Meksika pesosi, nemis markasi, iena yoki funt sterling) almashtiriladi. Almashuv (valyuta) kursi - bu chet el valyutasi birligining milliy puldagi ifodasidir. Bu munosabatlar har kuni, hatto har soatda o'zgarib turishi mumkin. Valyuta kursini stabil (turg'un) qilish uchun to'lov balanslarining tengligiga erishish yo'li taklif etiladi. 30-yillargacha to'lov balanslarini tartibga solish mexanizmini tahlil etishda D.Yum, J.Mill tomonidan ishlab chiqilgan «klassik» nazariya ustun mavqega ega bo'lgan. Bu g'oyaga ko'ra, oltinning xalqaro harakati va har bir mamlakatdagi baholarning o'zgarishi avtomatik ravishda bir-biri bilan bog'liq, oqibatda barcha mamlakatlarning to'lov balansi barqarorlikka intilish tendensiyasiga ega. Oltin standartining tugatilishi bilan olimlarning ko'pchiligi neokeynschilik pozisiyalariga o'tib oldilar («Oltin standarti» XIX asrda va XX asrning ma'lum davrida amalda bo'lgan, masalan, Buyuk Britaniyada 1821-31 yillar oltin standartidan foydalanilgan, AQShda 1934 yil dollarni oltinga aylantirish tugatildi). Yangi sharoitda to'lov balansini tartibga solishda asosiy e'tibor davlatning hisob stavkasiga ta'siri muhim deb hisoblanadi. Boshqa tartibga solish chorasi sifatida importni kamaytirish va eksportni rag'batlantirish, buning uchun esa mehnatkashlarning ichki to'lov imkoniyatlari talabini pasaytirish (deflyasiya yo'li) yoki milliy valyutani devalvasiya qilish usuli taklif etiladi. 60-yillardagi iqtisodiy jarayonlar neokeynschilik metodlaridan voz kechishga sabab bo'ldi, yana neoklassik yo'lga qaytildi, ya'ni davlatning iqtisodiy, shu jumladan valyuta ishlariga aralashuvi cheklandi, valyutalar kursining erkin tebranishiga imkon berildi, bu esa o'z navbatida avtomatik barqarorlashuviga olib kelishi kerak edi. Ammo valyuta kursi o'zgarib turishining to'lov balansiga ta'siri cheklangan xarakterga ega bo'ladi (masalan, valyutaning «suzib yuruvchi kursi» paytida bu narsa aniq bo'lib qoldi), chunki to'lov balansining barqaror emasligi muomala sohasiga emas, balki ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq. To'lov balanslari passivi davlatning chet eldagi harajatlariga, ayniqsa turli harbiy-siyosiy aksiyalarga bog'liq bo'ladi. Valyuta kursining qalqib turishining o'zi ham xalqaro valyuta tizimining beqarorligini kuchaytiradi. So'nggi yigirma yil ichida industrial
 
 
rivojlangan mamlakatlar chegaralangan (fiksasiya qilingan), ammo har holda 
tartibga solinadigan kursdan elastik (qayishqoq) valyuta kursiga o'tib oldilar. 
Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli 
valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chogida esa valyuta kursi Markaziy 
bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valyutani 
har qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o'ziga oladi. 
Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog'liq:  
1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda ichki 
baholarning o'sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (xarid qilish qobiliyati 
pariteti nazariyasi);  
2. Savdo oqimi bilan bog'liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki 
yo'qotilishi, defisit, ya'ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqaradi.  
3. Kapital oqib o'tishi. Mamlakat ichida foiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb 
etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi. 
Chegaralangan va elastik valyuta kurslarini solishtirganda qaysi biri ustunligini 
aniqlash qiyin. Elastik almashuv kursi odatda, qisqa vaqt davomida turg'un 
bo'lmaydi, ammo uzoq muddatli rejalarda zaruriy elastiklikka ega bo'ladi. Aksincha, 
chegaralangan almashuv kurslari qisqa muddat uchun samarali, ammo uzoq kelajak 
uchun o'ta noelastikdir. Bu tizimlarning hech qaysisi narxlar barqarorligi va to'la 
bandlik bo'yicha to'la ustunlikka ega emas. Valyuta kursining sun'iy ravishda yuqori 
bo'lishi ishsizlikka olib keladi, past bo'lishi esa inflyasiyani kuchaytiradi.  
Likvidlik (xaridorgirlik) muammosini hal etish borasida iqtisodchilar (J.M.Keyns, 
R.Triffin va boshqalar) «yuqori likvidlik boshqariladigan valyuta» chiqarishni 
tushunadilar yoki xalqaro valyuta munosabatlariga ichki qog'oz-pul munosabatini 
tartibga soladigan tamoyillarni qo'llashni taklif etadilar. Oxir-oqibatda bu 
loyihalarning mohiyati shundaki, to'lov balans saldosi aktiv bo'lgan davlatlar to'lov 
balansi defisit (kamomad) bo'lgan davlatlarga kredit berishga majbur qilishga 
qaratiladi. Shu maqsadda xalqaro valyuta chiqarish taklif etiladi. Bu valyuta 
qo'shimcha likvidli mablag'ni ta'minlaydi va passiv to'lov balansiga ega bo'lgan 
rivojlangan mamlakatlar chegaralangan (fiksasiya qilingan), ammo har holda tartibga solinadigan kursdan elastik (qayishqoq) valyuta kursiga o'tib oldilar. Absolyut elastik valyuta kursida almashuv kursi valyuta bozoridagi teng kuchli valyuta bahosida belgilanadi, cheklangan kurs chogida esa valyuta kursi Markaziy bank tomonidan belgilanadi, bunda bank belgilangan kurs bo'yicha xorijiy valyutani har qancha miqdorda olish va sotish majburiyatini o'ziga oladi. Valyutaning elastik kurs miqdori uch omilga bog'liq: 1. Ichki va tashqi narxlar darajasi. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda ichki baholarning o'sishi valyuta kursining pasayishiga olib keladi (xarid qilish qobiliyati pariteti nazariyasi); 2. Savdo oqimi bilan bog'liq omillar; masalan, eksport bozorining kamayishi yoki yo'qotilishi, defisit, ya'ni valyuta arzonlashuvini keltirib chiqaradi. 3. Kapital oqib o'tishi. Mamlakat ichida foiz stavkalarining oshishi kapitalni jalb etadi va bu bilan milliy valyutaning qimmatlashuvini keltirib chiqaradi. Chegaralangan va elastik valyuta kurslarini solishtirganda qaysi biri ustunligini aniqlash qiyin. Elastik almashuv kursi odatda, qisqa vaqt davomida turg'un bo'lmaydi, ammo uzoq muddatli rejalarda zaruriy elastiklikka ega bo'ladi. Aksincha, chegaralangan almashuv kurslari qisqa muddat uchun samarali, ammo uzoq kelajak uchun o'ta noelastikdir. Bu tizimlarning hech qaysisi narxlar barqarorligi va to'la bandlik bo'yicha to'la ustunlikka ega emas. Valyuta kursining sun'iy ravishda yuqori bo'lishi ishsizlikka olib keladi, past bo'lishi esa inflyasiyani kuchaytiradi. Likvidlik (xaridorgirlik) muammosini hal etish borasida iqtisodchilar (J.M.Keyns, R.Triffin va boshqalar) «yuqori likvidlik boshqariladigan valyuta» chiqarishni tushunadilar yoki xalqaro valyuta munosabatlariga ichki qog'oz-pul munosabatini tartibga soladigan tamoyillarni qo'llashni taklif etadilar. Oxir-oqibatda bu loyihalarning mohiyati shundaki, to'lov balans saldosi aktiv bo'lgan davlatlar to'lov balansi defisit (kamomad) bo'lgan davlatlarga kredit berishga majbur qilishga qaratiladi. Shu maqsadda xalqaro valyuta chiqarish taklif etiladi. Bu valyuta qo'shimcha likvidli mablag'ni ta'minlaydi va passiv to'lov balansiga ega bo'lgan
 
 
mamlakatlar bevosita aktiv saldoga ega bo'lgan davlatlarga murojaat etmasdan, o'z 
passivlarini qoplash imkoniga ega bo'ladi.  
Bu g'oya 1969 yilda amalda realizasiya qilindi.  
 
4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to'g'risidagi g'oyalar 
 
Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni sobiq 
SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'linishi va boshqalar tufayli keskin 
oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil 
24 oktyabr) o'ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e'tirof etildi: BMT a'zolari soni 
51 tadan 188 ga o'sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 
milliardga etdi (o'sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 
trillion AQSh dollaridan deyarli 30 trillion dollarga etdi, ya'ni 4 martadan ko'proq 
o'sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy 
rivojlanish masalalari bo'yicha xalqaro konferensiya bo'ldi, unda 150 dan ortiq 
davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros Foliy 
(1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) 
o'z nutqida so'nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 
yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o'n yillikda 60:1 ga etdi, deb aytdi. Hozirgi davrda 
bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og'ir iqtisodiy ahvolda 
kun kechirmoqda, ochig'ini aytganda esa och-yalang'ochdir. Bunday differensiasiya 
xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo 
kuchayib bormoqda. Sog'liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), 
narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. 
  
O'zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hammaga ayon 
bo'lishiga qaramay, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar odatda garmoniya asosida 
emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag'al 
mamlakatlar 
o'rtasida 
savdodan 
tushadigan 
daromadlarni 
taqsimlashda 
mamlakatlar bevosita aktiv saldoga ega bo'lgan davlatlarga murojaat etmasdan, o'z passivlarini qoplash imkoniga ega bo'ladi. Bu g'oya 1969 yilda amalda realizasiya qilindi. 4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti to'g'risidagi g'oyalar Hozirgi davrda jahonda 200 dan ortiq davlat mavjud, ularning soni sobiq SSSRning parchalanishi, Yugoslaviyaning bo'linishi va boshqalar tufayli keskin oshdi. Shundan 188 davlat BMT a'zosidir. Bu tashkilot tuzilganidan buyon (1945 yil 24 oktyabr) o'ziga xos yakun yasaldi va quyidagilar e'tirof etildi: BMT a'zolari soni 51 tadan 188 ga o'sdi, dunyo aholisi esa shu davr mobaynida 2.5 milliarddan 6,1 milliardga etdi (o'sish 3,5 milliard), yalpi milliy mahsulot (yoki xalq boyligi) 7 trillion AQSh dollaridan deyarli 30 trillion dollarga etdi, ya'ni 4 martadan ko'proq o'sdi. 1995 yilning martida Kopengagenda BMT tashabbusi bilan ijtimoiy rivojlanish masalalari bo'yicha xalqaro konferensiya bo'ldi, unda 150 dan ortiq davlat (oliy maqom) rahbarlari ishtirok edilar. BMT Bosh kotibi B. Butros Foliy (1997 yildan BMT Bosh kotibi tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati Kofi Annan) o'z nutqida so'nggi yillarda kambag'allar va boylar o'rtasidagi tafovut kuchayib, 1960 yildagi nisbat 13:1 dan hozirgi o'n yillikda 60:1 ga etdi, deb aytdi. Hozirgi davrda bu nisbiy 75:1 Sayyoramizning 1.5 milliard aholisi (27.3 foiz) og'ir iqtisodiy ahvolda kun kechirmoqda, ochig'ini aytganda esa och-yalang'ochdir. Bunday differensiasiya xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Undan tashqari, dunyoda ekologik muammo kuchayib bormoqda. Sog'liqni saqlash (SPID va boshqa yuqumli kasalliklar), narkobiznes masalalari tobora avj olmoqda. O'zaro iqtisodiy va ayniqsa savdo munosabatlarining nafi hammaga ayon bo'lishiga qaramay, davlatlar o'rtasidagi munosabatlar odatda garmoniya asosida emas, balki qarama-qarshiliklar asosida rivojlanmoqda. Boy va kambag'al mamlakatlar o'rtasida savdodan tushadigan daromadlarni taqsimlashda
 
 
kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda 
daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari). 
  
Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo'lgan davlatlarning ayrimlari olib borilgan 
to'g'ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo'liga kirib oldilar, ularning 
soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, 
Argentina, Meksika), ko'pi janubi-sharqiy Osiyodadir («to'rt ajdaho») - Koreya 
Respublikasi, Tayvan, Syangan va Singapur, bular qatoriga Malayziya, Tailand, 
Vetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar kelib qo'shilmoqda. Bu davlatlarga xos 
bo'lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo'llanilmoqda, sanoat 
(industriya)ning rivojiga alohida e'tibor berilmoqda, xorijiy investisiyalar (qo'shma 
korxonalar juda ko'p) ko'p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish sur'atlari 
yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy 
islohotlar tufayli taraqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o'sish 
katta).  
 
4-jadval Jahonda mamlakatlarida YaIM ning jon boshiga taqsimlanishi 
4-jadval 
Jahon mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga 
taqsimlanishi (1996)  
 
AQSH $ 
Mam. soni 
YAMM, 
mln.$ 
 Aholi, mln 
kishi  
Jon boshiga 
YAMM,$ 
Past 785 dan kam 
63 
1.596.837 
3.236 
490 
O’rtachadan past  
786-3115 
63 
1.962.719 
1.125 
1.740 
O’rtachadan yuqori 
3116-9635 
 
31 
 
2.178.234 
 
473 
 
4.600 
Yuqori 9636 dan ko’p 
53 
23.771.825 
919 
25.870 
Dunyo bo’icha 
210 
29.509.614 
5.754 
5.130 
 
kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda. 4-jadvalda jahondagi mamlakatlarda daromadlar taqsimoti keltirilgan (Jahon banki ma'lumotlari). Lekin keyingi davrda ilgari qoloq bo'lgan davlatlarning ayrimlari olib borilgan to'g'ri iqtisodiy siyosat tufayli rivojlanish, taraqqiyot yo'liga kirib oldilar, ularning soni tobora oshib bormoqda. Ularning ayrimlari Lotin Amerikasida (Braziliya, Argentina, Meksika), ko'pi janubi-sharqiy Osiyodadir («to'rt ajdaho») - Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan va Singapur, bular qatoriga Malayziya, Tailand, Vetnam, Indoneziya va boshqa mamlakatlar kelib qo'shilmoqda. Bu davlatlarga xos bo'lgan xususiyat shuki, bozor munosabatlari keng qo'llanilmoqda, sanoat (industriya)ning rivojiga alohida e'tibor berilmoqda, xorijiy investisiyalar (qo'shma korxonalar juda ko'p) ko'p ishlatilmoqda va oqibatda iqtisodiyotning o'sish sur'atlari yuqori (5-10, hatto 14-15 foiz). Xitoy Xalq Respublikasi ham 1979 yildagi iqtisodiy islohotlar tufayli taraqqiyot yo'liga kirdi (ayniqsa ochiq iqtisodiy hududlarda o'sish katta). 4-jadval Jahonda mamlakatlarida YaIM ning jon boshiga taqsimlanishi 4-jadval Jahon mamlakatlarida YAIM ning jon boshiga taqsimlanishi (1996) AQSH $ Mam. soni YAMM, mln.$ Aholi, mln kishi Jon boshiga YAMM,$ Past 785 dan kam 63 1.596.837 3.236 490 O’rtachadan past 786-3115 63 1.962.719 1.125 1.740 O’rtachadan yuqori 3116-9635 31 2.178.234 473 4.600 Yuqori 9636 dan ko’p 53 23.771.825 919 25.870 Dunyo bo’icha 210 29.509.614 5.754 5.130
 
 
Manba: Mirovaya ekonomika. Ekonomika zarubejnix stran. M., 2000, s.35 
 
Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o'ziga xos yo'nalishlar 
yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va 
boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga 
«taraqqiyot» olib borganligini bo'rttirib ko'rsatishga intilmoqdalar. Go'yoki 
mustamlakalar ilg'or mamlakatlar yordamida o'z mustaqilligini ta'minlashga 
erishganlar. Bu tuzum ilg'or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb 
hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot 
yo'lidan borishga imkoniyat yaratdi.  
Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini ham inkor etmagan 
holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar «deformasiya»ga 
uchradi, mustamlaka davlatlarining do'stiga aylandi, demoqdalar. «Yaxshi 
kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantiradi, bu davlatlarning o'z-o'zini 
boshqarishini ta'minlaydi.  
G`arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan 
(R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga 
uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og'ir bo'ladi. ochlik-yalang'ochlikka 
mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'armalar paydo bo'lishiga to'siqdir va 
kapital qo'yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy 
daromad o'sishiga yo'l bermaydi va kambag'allik hamda nochorlikni keltirib 
chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og'ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo'li - 
tashqi «turtki yo'li» hisoblanadi. Minimum kapital qo'yilmalarning asosan tashqi 
investisiyalar hisobiga asta-sekin o'sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo'yilmalar 
miqdori ma'lum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg'unlik holatidan 
chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun 
qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Farbdagi ko'p iqtisodchilar bu mamlakatlarda 
chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka 
(koloniya) qaram mamlakatlari bilan metropoliya o'rtasidagi munosabatlar hech vaqt 
tenglik asosida bo'lmagan, noekvivalent almashuv yo'li bilan qo'shimcha boylik 
Manba: Mirovaya ekonomika. Ekonomika zarubejnix stran. M., 2000, s.35 Shular tufayli bu sohada iqtisodiy ta'limotlarda ham o'ziga xos yo'nalishlar yuzaga keldi. Hozirgi davr iqtisodiyotchilari U.Rostou, R.Emerson, P.Samuelson va boshqalar kolonializmning ijobiy tomonlarini, uning qoloq mamlakatlarga «taraqqiyot» olib borganligini bo'rttirib ko'rsatishga intilmoqdalar. Go'yoki mustamlakalar ilg'or mamlakatlar yordamida o'z mustaqilligini ta'minlashga erishganlar. Bu tuzum ilg'or va qoloq mamlakatlarga birdek naf keltirgan deb hisoblaniladi. R.Emerson fikricha, kolonializm Sharq xalqlari uchun taraqqiyot yo'lidan borishga imkoniyat yaratdi. Ayrim iqtisodchilar kolonializmning salbiy tomonlarini ham inkor etmagan holda, uni XIX asr oxiri va XX asrdagi kapitalistik mamlakatlar «deformasiya»ga uchradi, mustamlaka davlatlarining do'stiga aylandi, demoqdalar. «Yaxshi kolonializm» iqtisodiy rivojlanishni rag'batlantiradi, bu davlatlarning o'z-o'zini boshqarishini ta'minlaydi. G`arbda «noiloj rivojlanish», «tashqi turtki» nazariyalari keng tarqalgan (R.Nurkse, E.Xagen), unda ozodlikka erishgan davlatlar dastlab musibatlarga uchrashi tabiiy, shu sababli ularning ahvoli og'ir bo'ladi. ochlik-yalang'ochlikka mahkum etiladi. Daromadning kamligi jamg'armalar paydo bo'lishiga to'siqdir va kapital qo'yilmalar ham past darajada saqlanadi. Bu esa sanoat rivojiga va milliy daromad o'sishiga yo'l bermaydi va kambag'allik hamda nochorlikni keltirib chiqaradi (Ilojsizlik rivojlanishi). Bu og'ir ahvoldan chiqishning birdan-bir yo'li - tashqi «turtki yo'li» hisoblanadi. Minimum kapital qo'yilmalarning asosan tashqi investisiyalar hisobiga asta-sekin o'sishiga, rivojiga erishiladi. Kapital qo'yilmalar miqdori ma'lum kritik darajadan yuqori bo'lishi kerak, shu bilan turg'unlik holatidan chiqib olinadi. Bu tadbirkorlik faoliyatini kuchaytiradi va xorijiy investorlar uchun qulay «iqlim»ni yuzaga keltiradi. Farbdagi ko'p iqtisodchilar bu mamlakatlarda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o'tkazishni ham taklif etmoqdalar. Mustamlaka (koloniya) qaram mamlakatlari bilan metropoliya o'rtasidagi munosabatlar hech vaqt tenglik asosida bo'lmagan, noekvivalent almashuv yo'li bilan qo'shimcha boylik
 
 
orttirish imkoni bo'lgan. Ilgari mustamlaka bo'lgan qaram davlatlar mustaqillikka 
erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko'p vaqt davomida ko'p jihatdan 
bog'liq bo'lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yuzaga keldi. 
«Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, 
Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu 
nazariya tarafdorlarining fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar 
anchagina bo'lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga 
ixtisoslashish ma'qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo'q, chunki an'anaviy eksport 
tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. 
Bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. 
Masalan, Malayziya xuddi shunday yo'l tutdi, faqat o'z xom ashyosini tayyor 
mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish 
omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xom 
ashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri 
ustundir.  
Ba'zi 
olimlar 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarni 
«indus-trlashtirish» 
nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqalarning 
fikricha, shaxsiy iste'molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moliyalash uchun 
jamg'armalar etarli emas, davlat soliq tizimi orqali iste'molni majburiy yo'l bilan 
qisqartirish kerak. Ayrim hollarda «me'yordagi inflyasiya»dan foydalanish taklif 
etiladi.  
Jamg'armalarni tashqi moliyalash manbalari bo'yicha turli fikrlar bildiriladi. 
Ko'pchilik mualliflar ayniqsa o'tish davrida chet el mamlakatlari (birinchi navbatda 
rivojlangan mamlakatlar)tomonidan iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy chora 
sifatida ko'rsatiladi, undan keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investisiyalari» bilan 
almashadi (P.Rouzenshteyn-Rodan, U.Xiller, G.Meyer).  
Rivojlanayotgan mamlakatlarni industrlashtirish strategiyasi bo'yicha ham 
turli g'oyalar mavjud. Ba'zilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan 
engil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida 
oddiyroq, keyinchalik texnika va texnologiyasi murakkab bo'lgan tarmoqlarga 
orttirish imkoni bo'lgan. Ilgari mustamlaka bo'lgan qaram davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin ham avvalgi metropoliyaga ko'p vaqt davomida ko'p jihatdan bog'liq bo'lib qolaverdi. Bu davrga oid neokolonializm ta'limotlari yuzaga keldi. «Solishtirma chiqimlar» nazariyasining yangi variantlari J.Vayner, G.Xaberler, Ch.Kindleberger va boshqalar tomonidan har tomonlama ishlab chiqilgan. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, rivojlanayotgan davlatlarda tabiiy resurslar anchagina bo'lganligini hisobga olib, oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlariga ixtisoslashish ma'qul, sanoatni rivojlantirishga hojat yo'q, chunki an'anaviy eksport tovarlari hisobiga xalqaro bozordan kerakli mahsulotlarni almashib olish mumkin. Bu fikrga qo'shilib bo'lmaydi, chunki bu usul mamlakat rivojiga olib kelmaydi. Masalan, Malayziya xuddi shunday yo'l tutdi, faqat o'z xom ashyosini tayyor mahsulotga aylantirgachgina muhim iqtisodiy yutuqlarga erishdi. «Ishlab chiqarish omillari» nazariyasida ham noekvivalent almashuv tizimi, chetga esa faqat xom ashyo chiqarish taklif etiladi. Chet el kapitali uchun keng imkoniyatlar yaratish fikri ustundir. Ba'zi olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarni «indus-trlashtirish» nazariyalarini ilgari surmoqdalar. Masalan, N.Kaldor, J.Meyer va boshqalarning fikricha, shaxsiy iste'molni ixtiyoriy qisqartirib, iqtisodiyotni moliyalash uchun jamg'armalar etarli emas, davlat soliq tizimi orqali iste'molni majburiy yo'l bilan qisqartirish kerak. Ayrim hollarda «me'yordagi inflyasiya»dan foydalanish taklif etiladi. Jamg'armalarni tashqi moliyalash manbalari bo'yicha turli fikrlar bildiriladi. Ko'pchilik mualliflar ayniqsa o'tish davrida chet el mamlakatlari (birinchi navbatda rivojlangan mamlakatlar)tomonidan iqtisodiy va texnikaviy yordam zaruriy chora sifatida ko'rsatiladi, undan keyin esa bu ishlar «xususiy chet el investisiyalari» bilan almashadi (P.Rouzenshteyn-Rodan, U.Xiller, G.Meyer). Rivojlanayotgan mamlakatlarni industrlashtirish strategiyasi bo'yicha ham turli g'oyalar mavjud. Ba'zilar (V.Lyuis, P.Bauer) faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan engil sanoatni ustun darajada rivojlantirishni taklif etadilar, boshqalar boshida oddiyroq, keyinchalik texnika va texnologiyasi murakkab bo'lgan tarmoqlarga
 
 
o'tishni 
lozim 
deb 
hisoblaydilar. 
Qishloq 
xo'jaligini 
rivojlantirish 
industrializasiyaning hal qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika iqtisodchilari 
X.Leybenshteyn va V.Rattenlar qishloq xo'jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng 
muhim masala deb qaraydi. Bu davrda sanoat qishloq xo'jaligi uchun kerakli 
tovarlarni ishlab chiqarishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, masalan, 
«ko'k inqilob»ni amalga oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim masala - oziq-
ovqat muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga qaramasdan sayyoramizda 
oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir.  
Yana bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT 
ma'lumotlariga ko'ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 milliarddan 
5.5 milliardga etdi (o'sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) 7 
trilliondan 22 trillion AQSh dollariga o'sdi. Lekin aholining asosiy qismi eng tez 
ko'payayotgan joylarda iqtisodiy o'sish sust. O'z davrida Sharl Fure Er sharidagi 
maksimal aholi soni 5 milliarddan oshmasligi kerak, degan g'oyani aytgan edi. XXI 
asr boshida 6 milliard aholining iqtisodiy ahvolini o'ylash kerak bo'ladi. Shular 
tufayli nazariya va konsepsiyalar ilgari surilgan.  
Shular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi muhimdir, bu 
haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma'lumki, klassik va neoklassik ta'limot 
tarafdorlari davlatning ishtirokini imkoni boricha cheklashni taklif etsa, Keyns va 
keynschilar hamda neokeynschilik davlatning roli faol bo'lishini targ'ib etadi. Bu 
holatda ham ana shunday ikki xil qarash xarakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi 
P.Bauer davlat faqat norentabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal 
xo'jalik, texnik kadrlarni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va 
ularga davlat sektoridan yordam berishi kerak degan g'oyani ilgari suradi. Boshqa 
rentabelli tarmoqlar esa xususiy sektor qo'liga berilishi va u erda davlatning roli 
minimal bo'lishi kerak, deyiladi.  
Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish (plan) xususiy sektorni qo'llash, bozor 
xo'jaligi defektlarini tugatish uchun kerak deyiladi. Amerikalik iqtisodchi G.Kolm 
fikricha, kam rivojlangan davlatlarda planlashtirishning maqsadi bozor jarayonini 
faollashtirishga qaratilishi kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining 
o'tishni lozim deb hisoblaydilar. Qishloq xo'jaligini rivojlantirish industrializasiyaning hal qiluvchi sharti sifatida belgilanadi. Amerika iqtisodchilari X.Leybenshteyn va V.Rattenlar qishloq xo'jaligini texnik rekonstruksiyalashni eng muhim masala deb qaraydi. Bu davrda sanoat qishloq xo'jaligi uchun kerakli tovarlarni ishlab chiqarishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu fikrlarda jon bor, masalan, «ko'k inqilob»ni amalga oshirgan bir qancha davlatlar eng muhim masala - oziq- ovqat muammosini asosan hal qila oldilar. Lekin shunga qaramasdan sayyoramizda oziq-ovqat masalasini hal etish eng muhim muammodir. Yana bir eng dolzarb masala - bu demografiya muammosidir. BMT ma'lumotlariga ko'ra, 1945-95 yillar davomida jahonda aholi soni 2.5 milliarddan 5.5 milliardga etdi (o'sish 3 milliard), yalpi ichki mahsulot (milliy daromad) 7 trilliondan 22 trillion AQSh dollariga o'sdi. Lekin aholining asosiy qismi eng tez ko'payayotgan joylarda iqtisodiy o'sish sust. O'z davrida Sharl Fure Er sharidagi maksimal aholi soni 5 milliarddan oshmasligi kerak, degan g'oyani aytgan edi. XXI asr boshida 6 milliard aholining iqtisodiy ahvolini o'ylash kerak bo'ladi. Shular tufayli nazariya va konsepsiyalar ilgari surilgan. Shular ichida davlatning iqtisodiy rivojlanishdagi roli masalasi muhimdir, bu haqda yuqorida fikr yuritilgan edi, ma'lumki, klassik va neoklassik ta'limot tarafdorlari davlatning ishtirokini imkoni boricha cheklashni taklif etsa, Keyns va keynschilar hamda neokeynschilik davlatning roli faol bo'lishini targ'ib etadi. Bu holatda ham ana shunday ikki xil qarash xarakterlidir. Masalan, ingliz iqtisodchisi P.Bauer davlat faqat norentabel sohalar, masalan transport, aloqa, kommunal xo'jalik, texnik kadrlarni tayyorlash va boshqa tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi va ularga davlat sektoridan yordam berishi kerak degan g'oyani ilgari suradi. Boshqa rentabelli tarmoqlar esa xususiy sektor qo'liga berilishi va u erda davlatning roli minimal bo'lishi kerak, deyiladi. Iqtisodiy rivojlantirishni rejalashtirish (plan) xususiy sektorni qo'llash, bozor xo'jaligi defektlarini tugatish uchun kerak deyiladi. Amerikalik iqtisodchi G.Kolm fikricha, kam rivojlangan davlatlarda planlashtirishning maqsadi bozor jarayonini faollashtirishga qaratilishi kerak. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining