JAMIYAT VA TABIATNING O’ZARO TA’SIRI.
Reja:
1. Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlari
2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari
3. Ekologik muvozanat va uning buzilishi
Ushbu mavzuda muhandislik inshootlari, agrar, sanoat va ilmiy-texnik
inqilob, ekologik muvozanat bilan tanishasiz.
Inson o’z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo’lgan moddiy narsalarning
barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o’zaro chambarchas bog’langan. Jamiyat
bilan tabiat o’rtasidagi ta’sir turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo’lgan. Bu ta’sir
natijasidagi o’zgarishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning
ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligi yoki aksincha bo’lishini bilish mumkin.
Inson faoliyati maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan bo’lsa, tabiatdan oqilona
foydalanish shu joy, hudud, o’lkaning yashnashiga olib kelgan. Aks holdagi ta’sir
esa noqulay sharoitining kelib chiqishiga sabab bo’lgan. Shu kabi masalalar bilan
mavzuni o’rganish davomida tanishib olasiz.
Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo’lgan munosabati doimo
o’zgarib, murakkablashib brogan.
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirni besh bosqichga bo’lish
mumkin:
1. Termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi. Bundan 30 000 yil avval
boshlangan.Ushbu davrda odam termachilik, ovchilik va baliqchlik bilan
shug’ullangan. Shuning uchun mazkur bosqichni termachilik, ovchilik ba
baliqchilik deb ataladi. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay, biologic resurslarga boy
(yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko’proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson
tabiatni o’zgartirmagan, balki unga moslashgan.
1 kishi 100-200 kishi 2-5 ming kishi
8-rasm. Iste’molchilar sonining tarixiy davrlat do’yicha o’zgarishi
2. Qishloq xo’jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6 – 8 ming yil ilgari sodir bo’lgan
ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o’tgan. Tabiiy
landshaftlarning kuchsiz o’zgarishi ro’y bera boshlagan.
3. O’rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo’lgan ta’siri kuchaya
brogan, hunarmandchilik rivojlangan, xo’jalikda tabiiy boyliklar keng qo’llanila
boshlagan. Dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan
qo’l kuchiga asoslanganligi uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan.
4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro’y berdi.
Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchaydi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zgara
boshladi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o’zlashtirila
boshlandi. Ispaniya, Portugaliya, Angliya, Fransiya davlatlari tomonidan ulkan
mustamlakalar, imperiyalar vujudga keltirildi. Sanoat rivojlangani sayin
jamiyatning tabiatga ta’siri ham orta boshladi.
5. Fan-texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan
boshlandi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan
tabiiy resurslar juda katta miqyosda o’zlashtirilaboshlandi. Katta-katta hududlar
qishloq xo’jaligi maqsadida o’zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho’llar,
shimoliy hududlar, tog’lar hamda Dunyo okeani o’zlashtirildi va ekologik
muvozanat buzila boshladi. Natijada umumsayyoraviy ekologik muammolar
vujudga keldi.
2. Muhandislik inshootlari va ularning turlari
Tabiat va jamiyatning o’rtasidagi o’zaro ta’sir asosan, muhandislik
inshootlari va ularning ish faoliyati orqali ro’y beradi.
Har qanday jamiyatda ham xo’jalikni rivojlantirish va jamiyat a’zolarining
talablarini qondirish maqsadida uy-joy, yo’l, zavod-fabrika va boshqa inshootlar
qurildi.
Ma’lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshootlari deb
ataladi. Muhandislik inshootlarini quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Shaharsozlik inshootlari. Mazkur inshootlarga ma’muriy binolar, uy-joy
binolari, communal xo’jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog’liqni saqlash,
maorif va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko’p qavatli,
qishloqlarda asosan bir qavatli binolardaniborat.
Sanoat inshootlari. Bularga tog’-kon sanoati inshootlari, metallurgiya
sanoati inshootlari, yoqilg’i-energetika sanoati inshootlari, mashinasozlik
sanoati inshootlari, yengil sanoat inshootlari, qurilish sanoati inshootlari, oziq-
ovqat sanoati inshootlari kiradi.
9-rasm. Toshkent shahri
Tog’-kon sanoati inshootlariga karyerlar, shaxtalar, tashlamalar, ma’muriy
binolar, boyitish fabrikalari, tog’-metallurgiya kombinatlari kiradi.
Metallurgiya sanoati inshoot lariga asosan qora va rangli metallurgiya
zavodlari binolari kiradi. Kimyo sanoati
inshootlari mineral o’g’it, kislota, sun’iy tola ishlab chiqaradigan zavodlar
binolaridan iborat. Yoqilg’i-energetika sanoati inshootlariga neft va gazni
qayta
10-rasm. Asaka avtomodil zavodi ishlash zavodlari, issiqlik elektrostan
siyalari va markazlari binolari kiradi.
Mashinasozlik sanoati inshootlari
asosan podshipnik, stanoksozlik,
avtomobilsozlik, samolyotsozlik, teplovosozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan
iborat.
Yengil sanoat inshootlariasosan to’qimachilik, tikuvchilik, potabzal, qishloq
xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat.
Transport inshootlari yo’llardan,
ko’priklardan, tunnellardan,vokzallar,
aerodrome va portlardan iborat.
Suv (gidrotexnik) inshootlari
to’g’onlar, suv omborlari, kanallar,
kollektorlardan iborat.
11-rasm. Suv inshooti
Mazkur inshootlarning qurilishi va faoliyati ta’sirida atrof-muhitda salbiy yoki
ijobiy o’zgarishlar vujudga keladi.
Dunyodagi eng baland bino Chikagodagi “Siers Tauer” osmono’par binosi
bo’lib, uning balandligi 443 m. Hozirgi paytda 300, 400 va 500 ming kishiga
mo’ljallangan, balabdligi 3000 m dan ortiq 850 qavatli osmono’par binolar
loyihalari tuzilgan.