JAMIYAT VA TARIX FALSAFASI
REJA:
1. Jamiyat va tarixning o‘zgaruvchanligining falsafiy jihatlari.
2. Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi.
3. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.
Mavzuning tayanch iboralari: jamiyat, tarix, shaxs, ijtimoiy hayot, demokratik
davlat, fuqarolik jamiyati, sivilizatsiya, madaniyat, qadriyat, moddiy va ma’naviy
qadriyatlar, ehtiyojlar, qadrlilik, qadrsizlanish.
Jamiyat - tabiatning bir qismi, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar
o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi, degan turlicha
ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi
murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga
keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yanticha idrok etish extiyoji
paydo bo‘ldi. Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini
yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi.
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar
adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar, moddiy
hayotni tadqiq etishga ko‘proq e’tibor berilardi. Holbuki, jamiyat mohiyati uni
tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning
ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham
bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir.
Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini
uyg‘unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini
yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham
hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy g‘oya va mafkura
asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan
qashshoq bo‘lgani uchun ilmsiz bo‘lmaydi, balki, aksincha, ilmsiz bo‘lgani uchun
qashshoq bo‘ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali
iqtisodiy farovonliknn ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.
Kishilarni oila va jamoa bo‘lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim
zamonlardanoq ulug‘ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy
tushunish - uni ilohiy kuch, Alloh bilan bog‘lab izohlashdir.
Dunyoviy qarashlarga ko‘ra, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini
qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo‘lib birlashishga intilgan. Kishilar
hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo‘lib yashashning qulay, afzal va
zarurligini tushungan. Bu jarayonda o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana
shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy
kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning
tarixiy shakllari: oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar
o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy,
mafkuraviy va boshqa munosabatlarning barchasi bir so‘z bilan ijtimoiy
munosabatlar deyiladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarini qoldirshga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat
mavjudligining zarur sharti hisoblanadi Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya,
mahalla, vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak. uy-joy, transport
vositalari, o‘zini himoyalash, zurriet qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy
ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, donishmandlikka intilish,
bilim, sanoat, g‘oya, mafkura, go‘zallik, ma’naviy kamolot yo‘lidagi intilishlar
kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy extiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida
yaqqolnamoyon bo‘ladi.
Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy extiyojlarini madaniy shakllarda qondirish
uchun tabiat va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni
uyg‘unlashtirishga, tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos ravishda o‘zgartirishga
harakat qiladi. Ilm-fan va texiika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini
qondirish quroli, muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat
tufayligina o‘z extiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to‘laroq qondirish
imkoniga ega bo‘ladi. Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor
berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayoti
kishilarning moddiy va ma’naviy extiyojlari bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotigaquyidagilar kiradi: kishilarning yashashi, shaxs
sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar; oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari; moddiy ne’matlar
ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish; ishlab chiqarish
jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar majmui;
moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar.
Jamiyatning ma’naviy hayotigaolamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi
qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, taolim-
tarbiya, axborot vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy xayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi
munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar,
tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-
huquqiy jihatlari xam muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy
bilimlarning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida
alohida o‘rin tutadi.
Mehnatning kishilar qobiliyatiga qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida
muayyan kasb - kor bilan shug‘ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga
keladi va ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos o‘rin egalaydi, jamiyat taraqqiyotiga
muayyan hissa qo‘shadi.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli
nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel jamiyaning shakllanishi va
rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. Feyerbax din bilan
bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. Fransuz
mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan
izohlagan.
Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risidagi qarashlar
AQSh faylasufi O. Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko‘ra jamiyat
o‘z taraqqiyotiga binoan, agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga
ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti
borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bunday
yondashuvga ko‘ra har bir xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos
turmush tarzini saqlab qolgan holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy
foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo‘lgani
kabi, jamiyat ham o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikka ehtiyoj sezadi.
Barqarorlik - jamiyat taraqqiyotining tarixiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning
muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir. U turg‘unlik
tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi
jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan
almashinib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy
sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach, ijtimoiy imkoniyatlar ro‘yobga
chiqarilib bo‘lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi muommolar
tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi.
Beqarorlikichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi.
Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish
davrida keskinlashishi mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishikishilar
psixologiyasidagi salb iy o‘zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy
burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga
loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo‘lishida, ijtimoiy
adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish qobiliyati
kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi.
Jahon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash
huquqiga ega bo‘lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi
ekanini ko‘rsatdi. O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan keyin o‘z milliy
davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o‘ziga xos va mos taraqqiyot yo‘lini tanlash,
rivojlanishning o‘zbek modelini yaratish imkoniga ega bo‘ldi.
Ijtimoiy rivojlanishning o‘zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi
ilg‘or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga
tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo‘ldan: inqilobiy yoki tadrijiy
yo‘ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy
o‘zgarishlar yo‘li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyusion)
taraqqiyoti barqaror va tabiiy rivojlanish yo‘li ekanini ko‘rsatdi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning
tadrijiy yo‘li mohiyatini shunday izohlagan edi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz,
evolyusion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish tanlab olingan
yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar,
inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan
bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi
hal qilishi lozim bo‘lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay
bo‘lishiga, aholining mehnat faoliyatiga bog‘liqdir».(Karimov I.A. O‘zbekistonning
o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T. «O‘zbekiston», 1992, 41-b).
O‘zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir: iqtisodning siyosatdan
ustuvorligi; davlatning bosh islohotchi ekanligi; qonun ustuvorligi; kuchli ijtimoiy
himoyalash; bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo‘l bilan o‘tish.
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, ma’naviy
qadriyatlarning tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy
qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi,
demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi, inson huhuqlarining kafolatlanishi va
boshqalarda o‘z ifodasini topmoqda.
O‘zbek modelining hayotiyligi jahon jamoatchiligi tomonidan e’tirof qilindi.
O‘zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda va
uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. O‘zbekona taraqqiyot yo‘li
ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda amalga
oshirilishida, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatga bo‘lgan e’tiborning kuchayishida
yaqqol ko‘zga talanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi, inson intellektual va
axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin
yaratadi.
Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Oilada jamiyatning tub
mohiyati o‘z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har
bir jamiyat aozosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi
va insoniy fazilatlarni namoyon etadi.Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga,
mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat
barqarorligi va kudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z
himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog‘lomligi oilaviy madaniyatga
bog‘liq. Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Oilada er va xotinniig
mavqei, oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir. Mamlakatimizda
milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar,
avvalo, oila qadriyatlarining eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir.
Ona va ayol muqaddasliga o‘zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona va
ayolning
muqaddasligi
to‘g‘risidagi
g‘oyalar
oilaviy
munosabatlarni
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega.Ulug‘ mutafakkirlar jamiyatning
madaniy darajasi ayolning jamiyat va oiladagi ahvoli, mavqei bilan belgilanishini
alohida ta’kidlaganlar. Sog‘lom, barkamol avlod tarbiyasi ko‘p jihatdan ayolning
ma’naviy
salohiyati,
bilimi,
uddaburonligi
va
erkinligiga
bog‘liqdir.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila
va jamiyatdagi mavqei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.
Oila muammolarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni oqilona hal etishni o‘z
oldiga maqsad qilib qo‘ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining tashkil
etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarni takomillashtirishga alohida
e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, tilimiz
xususiyatlariga mos bo‘lgan yangi alifboga o‘tish uning mavqeini oshirish va yanada
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ijtimoiy
rivojlanishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat jamiyatni boshqarish, tartibga solish, ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat,
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug‘idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish
shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O‘zgargan tarixiy sharoitda
davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yaigicha yondashish zarurati vujudga
keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik anoanalarining tiklanishi bilan
davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va
ahamiyat kasb etdi.
Birinchi Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning
o‘zbek modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar
siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy davlat,
demokratik jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tishga
qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat
ko‘rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish
mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar
uyushmalari, turli jamg‘armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi,
mahalla qo‘mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Fuqarolik jamiyatini barpo etish - O‘zbekiston taraqqiyotining bosh
maqsadi. Fuqarolik jamiyatikishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy
madaniyatiga asoslanadigan demokratik jamiyat taraqqiyotining yuqori bosqichsdir.
Bunday jamiyat erkin uyushmalarning ko‘pqirrali aloqasi bo‘lib, davlat qonunlarini
bajaruvchi, jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga
asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-
toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari,
o‘ziga xos turmush tarzi va hayot falsafasi negazida qaror topadi. O‘zbekiston milliy
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini
barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yildi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o‘z-o‘zini
boshqarish organlari qo‘liga o‘ta boshlaydi, mahalliy hokimiyat organlarining
vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak
siyosiy
va
huquqiy
madaniyati,
ijtimoiy-siyosiy
faolligiga
tayanadi.
Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining
kuchaytirilishi xalqimizning o‘z-o‘zini boshqarish, idora etish madaniyatni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy
fazilatlarni kamol toptirish, o‘z-o‘zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni
ro‘yobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish
barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O‘z navbatida, ma’naviy yetuk
avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Shunday yetuk kishilarni
tarbiyalashda jamiyag to‘g‘risidagi falsafiy bilim va qarashlarni o‘zlashtirish va
hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.
Milliy mustaqillik yillarida ma’naviy hayotimizda ro‘y bergan muhim
yangiliklardan biri qadriyatlar to‘g‘risidagi falsafaning alohida bir sohasi bo‘lgan
aksiologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanayotganligidir. Sobiq sovet jamiyatida
burjua fani sifatida kamsitib kelingan aksiologiya mustaqillik yillarida ma’naviy
hayotimizda o‘z o‘rnini topish imkoniga ega bo‘ldi.
XIX asrning 60- yillarida falsafaga qadriyat tushunchasi kirib keldi. Bu -
insoniyatning sinfiy, siyosiy, mafkuraviy manfaatlaridan ustun turadigan, olamga
butunlay yangicha munosabatni ifodalaydigan tushunchalar yaratish yo‘lidagi katta
yutuq edi. XX asr boshlariga kelib qadriyatlar mohiyati, mazmuni va funksiyalarini
o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi falsafaning alohida bir sohasi - aksiologiyaga
fransuz mutafakkiri P. Lapi va nemis olimi E. Gartman asos soldilar.
XX asr boshlarida olamga, ijtimoiy - siyosiy borliqqa ilmiy, diniy, badiiy-
estetik yondoshishdan keskin farqlanadigan qadriyatli ong, qadriyatli munosabat va
qadrlash hissi rivojlana boshladi. Aniqrog‘i, olamga qadriyatli munosabatning
mohiyati va mazmunini ilmiy asosda o‘rganishga alohida e’tibor berila boshladi.
Qadriyat falsafiy tushuncha bo‘lib, avval boshdanoq umumbashariy mazmun
kasb etib, insoniyatni ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirib, yer yuzida tinchlik,
hamjihatlikni ta’minlashning muhim omili vazifasini bajara boshladi. XX asr
o‘rtalarigacha falsafada “borliq” va “qadriyat” biri-biridan ajratilmas edi. Borliqdagi
ikki muhim element: nimaningdir mavjudligi va uning ahamiyati biri-biridan
farqlanishi bilan qadriyat to‘g‘risidagi tushuncha va uni o‘rganuvchi fan sohasi
(aksiologiya) vujudga keldi.
Boshqacha qilib aytganda, ob’ekt bilan sub’ektning o‘zaro munosabatida
sub’ekt ob’ektda o‘zi uchun qandaydir ahamiyatli tomon mavjudligini kashf etdi va
o‘shani “qadriyat” tushunchasi orqali ifoda etdi.
Qadriyatlar - voqelikdagi narsa va hodisalarning sub’ekt uchun ahamiyatini
ifoda etadigan falsafiy tushunchadir.
Insoniyatning ulug‘ mutafakkirlari, donishmandlari inson va uning hayoti
uchun, ijtimoiy totuvlik uchun nimaiki zarur bo‘lsa, o‘shani buyuk ne’mat, qadriyat
sifatida eozozlab kelganlar, yosh avlodda hayot uchun zarur bo‘lgan barcha
narsalarni qadrlash hissini tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar. I. Karimov
ta’kidlaganidek: “xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar
mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan”
(Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 137-bet).
Qadriyatlar jamiyatni insonparvarlashtirishga, xalqlar, millatlar va davlatlar
o‘rtasidagi ziddiyat va ixtiloflarni oqilona hal etishga, butun jahonni
tashvishlantirayotgan ekologik tanglik, qashshoqlik, SPID, giyohvandlik, terrorizm
singari global muammolarni, mintaqaviy mojarolarni oqilona hal etishga yordam
beradi.
Insoniyatning ulug‘ mutafakkirlari qadriyatlar mohiyatini teranroq idrok
etishga va ayniqsa tarixning burilish nuqtalarida “qadriyat nima?” degan savolga
javob topishga harakat qilganlar. Insoniyat jamiyati, uning ma’naviy-intellektual
salohiyati rivojlanib borgani sayin qadriyatlar to‘g‘risidagi tushuncha ham tobora
chuqurroq mazmun va ahamiyat kasb etib borgan.
Har bir tarixiy davr o‘ziga xos qadriyatlar tizimini yaratgan va shunga tayanib,
ijtimoiy - siyosiy muammolarni oqilona hal etishga harakat qilgan.
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan ulug‘ ajdolarimiz o‘z asarlarida ma’naviy
qadriyatlarni, xususan, diniy, axloqiy, maorifiy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga,
do‘stlik, mehnatparvarlik, vatanparvarlik, halollik singari axloqiy qadriyatlarni
e’zozlashga da’vat etganlar. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq
ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan,
bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan
nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy
o‘zlikni anglashning o‘sishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning
ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz”. (I.A
Karimov.Yuqoridagi asar, o‘sha yerda).
Darhaqiqat, hozirgi zamon falsafasida moddiy va ma’naviy borliqqa
qadriyatli yondashish, kishilarda qadrlash hissi va madaniyatini rivojlantirish,
qadriyatlar mohiyatini ilmiy- falsafiy idrok etish va keng ommalashtirish alohida
ahamiyat kasb etayapti.
Qadriyat nima? “Qadriyat” tushunchasining kelib chiqishi “qadr-qimmat”
so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, “qadr-qimmat” kishilarning hayotdagi o‘rni, mavqeini
tavsiflovchi so‘z sifatida kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadi.
Masalan, “qadrimga yig‘layman”, “qadri o‘tdi”, “qadrdon” singari iboralarni
ko‘p uchratamiz. Lekin shunga qaramay “qadriyat” falsafiy tushuncha sifatida
mohiyatan “qadr-qimmat” so‘ziga nisbatan keng qamrovli va barqaror tushunchadir.
Qadriyat falsafiy tushuncha sifatida:
Birinchidan, narsa, hodisa, jarayonlarning ob’ektiv borlig‘ini, ularning shaxs,
gurux va jamiyat uchun insoniy ahamiyatini ifodalaydi.
Ikkinchidan, olamdagi narsa va hodisalar takomillashib borgani sayin,
ularning inson, gurux, jamiyat hayotidagi ahamiyati ortib borgani sari
qadriyatlarning mazmuni ham tobora chuqurlashib va kengayib boraveradi.
Uchinchidan, qadriyatlar “ijtimoiy - tarixiy amaliyot jarayonida kishilar
tomonidan ko‘p marta sinalgach, insoniyat o‘z tajribasida narsa, hodisa,