JAMOA SHARTNOMALARI VA JAMOA KELISHUVLARI
Reja:
1. Ijtimoiy sherikchilik tushunchasi va uning turlari.
2. Jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi ijtimoiy sherikchilik hujjati sifatida.
3. Jamoa kelishuvi, uning turlari va mazmuni
Ijtimoiy sherikchilik tushunchasi.
Mehnat munosabatlarida har doim manfaatlar qarama-qarshiligiga duch
kelinadi. Buni xodim va ish beruvchining maqsadlari turlicha ekanligi bilan izohlash
mumkin. Manfaatlar muvozanatini ta’minlashning samarali vositasi sifatida bugungi
kunda ijtimoiy sherikchilikka katta ahamiyat berilmoqda.
Xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik korxonani
birgalikda boshqarish, uning rivojlanishi va samaradorligini oshirishga qaratilgan
ishlab chiqarish-iqtisodiy tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, korxona
xodimlari moddiy turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni va oila a’zolarini ijtimoiy
muhofaza qilish yuzasidan birgalikda chora-tadbirlar ko‘rish, korxonani boshqarishda
lokal normativ hujjatlar tizimini takomillashtirib borish, ish jarayonida xodimlar hayoti
va salomatligini himoyalash, kasb kasalliklari yuz berishining oldini olish
maqsadlariga qaratilishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi ijtimoiy sherikchilikning natija-
laridan xodimlar ham, ish beruvchi ham to‘la manfaatdor bo‘lishi bunday sherikchilik
aloqalarini davom ettirishning harakatlantiruvchi kuchi va bosh motivi sanaladi.
Ijtimoiy sherikchilik – xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar
(ularning vakillari), shuningdek davlat ijro organlari o‘rtasida mehnat va u bilan
bog‘liq
boshqa
munosabatlarni
tartibga
solish
yuzasidan
taraflarning
manfaatlaridagi muvofiqlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro munosabatlar
tizimidir.
Mehnat sohasida ijtimoiy sherikchilik termini quyidagi ikkita ma’noda
qo‘llaniladi:
1)
Mehnat huquqining prinsipi sifatida (mehnat munosabatlarining barcha
jihatlarini qamrab oladi);
2)
Mehnat huquqi umumiy qismining instituti sifatida (unda xodimlar va ish
beruvchilarning vakilligi, jamoa muzokaralarini olib borish, jamoa shartnomalari va
kelishuvlariga rioya etilishini nazorat qilish, majburiyatlarni bajarmaganlik uchun
javobgarlikka oid huquq normalari jamlangan).
Mamlakatimizda ijtimoy sherikchilikni yaxshi yo‘lga qo‘yish uchun kerakli
huquqiy baza barpo qilingan bo‘lsa-da, ammo bozor munosabatlarining chuqurlashib
borayotganligi, fuqarolik jamiyati yaratish ishlari ko‘lamining kengayib borayotgani,
jamiyatni erkinlashtirish yuzasidan yuritilayottgan izchil siyosat bu sohadagi ishlar
miqyosini kengaytirishlikni taqozo qilmoqda. Bunda xodimlar va ish beruvchilar
o‘rtasidagi ijtimoiy sherikchilik tushunchasiga legal tarif beruvchi hamda uning
maqsad va mohiyatini, amalga oshirish prinsiplari va shakllarini nazarda tutuvchi
normalar O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga kiritilishi lozim.
Ijtimoiy sherikchilikning turlari.
Ijtimoiy sherikchilikning turlari uni qanday darajalarda amalga oshirilishiga
qarab tasniflangan. Ijtimoiy sherikchilik quyidagi darajalarda yo‘lga qo‘yilgan:
-
korxona, muassasa, tashkilotlar doirasida;
-
hududlar darajasida;
-
soha, tarmoqlar miqyosida;
-
respublika darajasida.
Ijtimoiy sherikchilik quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- bipartizm (ikki tomonlama, ya’ni xodimlar va ish beruvchilar yoki ularning
vakillar tomonidan ijtimoiy sherikchilikni amalga oshirish);
- tripartizm (uch tomonlama, ya’ni uchinchi tomon sifatida davlat organlari
ishtirok etadi).
Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi
mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosa- batlarni tartibga soluvchi normativ
hujjat. Ta’kidlash joizki, jamoa shartnomasi korxonada ish beruvchi bilan kasaba
uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o‘rtasida birgalikda yoki
kelishib qabul qilinadigan normativ hujjatlar orasida yuridik ahamiyati jihatidan
yuqoriroq o‘rinda turadi.
Buning boisi shundaki, birinchidan, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi o‘rtasida
muayyan korxona doirasida amal qiladigan yangi huquqiy normalar (mehnat
huquqining lokal normalari) joriy qilinadi. Bunday hollarda, jamoa shartnomasi
mehnat huquqining manbai sifatida namoyon bo‘ladi.
Ikkinchidan, jamoa shartnomasini tuzish va qabul qilishda korxonaning butun
jamoasi ishtirok etadi. Demak, jamoa shartnomasi korxonani boshqarishda mehnat
jamoasi ishtirokining asosiy va muhim shakli bo‘lib qoladi. O‘zbekiston Respublikasi
Kasaba uyushmalarining harakat dasturida ham mehnatkashlarning korxonalarni
boshqarishda ishtirok etishini ta’minlash zarurligi bejiz ta’kidlanmagan.
Uchinchidan, qoidaga ko‘ra, korxonada qabul qilinadigan huquqiy hujjatlarda
faqat mehnatning ba’zi shartlari va ayrim xodimlar guruhiga oid shartlar ko‘zda
tutilishi mumkin. Jamoa shartnomasi esa amalda mehnat jamoasining hayoti va
faoliyatining barcha jabhalariga taalluqli bo‘lgan keng qamrovli hujjatdir.
To‘rtinchidan, jamoa shartnomasi orqali unga kiritilgan tadbir- larni amalga oshirish
jarayonida ish beruvchi bilan mehnat jamoasi- ning o‘zaro harakatlarini bevosita
ta’minlashning imkoniyati yaratiladi. Ayni vaqtda, jamoa shartnomasi taraflarning
ijtimoiy- iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirishga yordam beradi.
SHunday qilib, jamoa shartnomasining muhim xo‘jalik va huquqiy hujjat
sifatida bozor munosabatlariga o‘tish davrida korxonalar mustaqilligini kengaytirish
hamda ularning yuridik javobgarligini kuchaytirish borasidagi ahamiyati tobora ortib
bormoqda. SHu bilan birga, korxonalarning moliyaviy jihatdan mustaqillikka o‘tgani,
iqtisodiy rag‘batlantirish jamg‘armasidan foydalanish huquqining berilgani, mehnat
haqi miqdori va tizimi, mukofot, qo‘shimcha to‘lov, ustama haq, rag‘batlantirish
tarzdagi to‘lovlarning asosan jamoa shartnomalarida belgilanishi korxona faoliyatiga
oid ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishiga muhim omil bo‘lish bilan birga, xodimlar
manfaatdorligining ortishiga hamda mehnat jamoasi faoliyatining yanada
faollashuviga xizmat qiladi. Qolaversa, bu jamoa shartnomasida qayd etilgan
tadbirlarning izchilligi va samaradorligiga ham ijobiy ta’sir etadi.
Xulosa qilib aytsak, jamoa shartnomasi muhim huquqiy hujjat bo‘lib, u muayyan
korxona doirasida ijtimoiy sherikchilikni amalga oshirishning samarali vositasidir.
Jamoa shartnomasi mehnat jamoasining kasaba uyushmalari orqali tadbirkorlar – ish
beruvchilar bilan hamkorlik qilishda asosiy huquqiy hujjat sifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnat kodeksining 35-moddasida ta’kidlanganidek, jamoa shartnomasini tuzish
zarurati haqida avvalo tegishli qaror qabul qilinadi. Qoidaga ko‘ra, ish beruvchi bilan
jamoa shartnomasini tuzish zarurati haqida qaror qabul qilish huquqi kasaba
uyushmasiga, xodimlar tomonidan vakolat berilgan boshqa vakillik organiga yoki
bevosita mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishiga (konferensiyasiga) berilgan.
Jamoa shartnomasi korxonalar va ularning yuridik shaxs huquqi berilgan
tarkibiy bo‘linmalarida tuziladi. Jamoa shartnomasining taraflari bo‘lib korxona
xodimlari (mehnat jamoasi) hamda mulkchilikning shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan
qat’i nazar, ish beruvchi hisoblanadi. Jamoa shartnomasi, bir tarafdan, xodimlar
tomonidan kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi
orqali, ikkinchi tarafdan – bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar
o‘rtasida tuziladi.
SHunisi ham muhimki, korxona qayta tashkil etilayotgan davrda jamoa
shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi. SHundan keyin taraflardan birortasining
tashabbusi bilan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Jamoa shartnomasi korxonaning tarkibiy tuzilishi, boshqaruv organining nomi
o‘zgargan, korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham
o‘z kuchini saqlab qoladi (MK 43-m.). Muhimi, korxonaning mulk egasi o‘zgarganda ham,
jamoa shartnomasi 6 oy muddat mobaynida o‘z kuchida qoladi. Bu davrda taraf- lar yangi
jamoa shartnomasini tuzish yoki amaldagisini saqlab qolish, uni o‘zgartirish va to‘ldirish
haqida muzokaralar boshlashi mumkin.
Jamoa shartnomasi qayta ko‘rib chiqilganda, ilgari qabul qilingan shartnomada
xodimlar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar saqlab qolinishi va boshqa shartlarni
bajarish mumkinligiga oid masala hal etilishi shart.
Korxona
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartib
va
shartlar
asosida
tugatilayotganida va tugatish ishlari olib borilayotgan butun muddat davomida jamoa
shartnomasi o‘z kuchini saqlab qoladi.
Ma’lumki, jamoa shartnomasi o‘z mazmuniga ko‘ra huquqiy hujjatdir. Jamoa
shartnomasining mazmuni deganda, uni tuzish vaqtida taraflar kelishgan barcha
shartlarning unda aks etishi tushuniladi. Jamoa shartnomasining mazmuni taraflar
tomonidan belgilanadi. Bu shartlar taraflarning huquq va majburiyatlari va ularni
bajarmaganlik uchun javobgarliklardan iboratdir.
Jamoa shartnomasiga ish beruvchi va xodimlarning quyidagi masalalarga doir
o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin:
– mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqa,
kompensatsiya va qo‘shimcha to‘lovlar;
– narxlarning o‘zgarib borishi, inflyasiya darajasi, jamoa shartnomasida
belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haq to‘lashni tartibga
solish mexanizmi;
– xodimlarni ish bilan ta’minlash, qayta o‘qitish, ishdan bo‘shatish shartlari, ish
va dam olish vaqtlari, mehnat ta’tilining muddati, xodimlar, jumladan ayollar va 18
yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasini
yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
– korxona va organga qarashli turar-joyni xususiylashtirish vaqtida xodimlarning
manfaatlariga rioya qilish;
– ishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar uchun imtiyozlar;
– ixtiyoriy yoki majburiy tarzda tibbiy va ijtimoiy sug‘urta qilish;
– jamoa shartnomasining bajarilishini tekshirib borish, taraflarning javobgarligi,
ijtimoiy sherikchilik, kasaba uyush- masi, xodimlarning boshqa vakillik organi
faoliyatiga tegishli sharoit yaratib berish.
Albatta, yuqorida jamoa shartnomasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan barcha
masalalar aks ettirilmagani bois, u tavsiyaviy xususiyatga ega. SHuning uchun jamoa
shartnomasida korxonaning iqtisodiy imkoniyatlari hisobga olingan holda, boshqa
shartlar ham ko‘zda tutilishi mumkin. CHunonchi, qonunlar va boshqa normativ
hujjatlarda belgilangan norma va qoidalarga qaraganda imtiyoz- liroq mehnat va
ijtimoiy-iqtisodiy shartlar ham kiritilishi mumkin (masalan, qo‘shimcha ta’tillar,
pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatidan ilgari pensiyaga chiqish,
transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab
chiqarishda
shuningdek
ularning
maktabdagi
va
maktabgacha
tarbiya
muassasalaridagi bolalarini tekin yoki qisman haq to‘lanadigan tarzda ovqatlantirish
singari qo‘shimcha imtiyoz va kompensatsiyalar). Basharti amaldagi
qonunlardagi
ayrim
qoidalarjamoa shartnomalarida
mustahkamlab
qo‘yilishi
shart deb
ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday
normativ
tusdagi
qoidalar
jamoa
shartnomasiga, albatta, kiritiladi. Masalan, mehnat muhofazasi tadbirlari uchun
belgilangan mablag‘lardan foydalanish tartibi jamoa shartnoma- sida belgilab
qo‘yiladi. Bu qoida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasida
aks ettirilgan.
Jamoa shartnomasining loyihasi korxona bo‘linmalarida muhokama qilinib,
bildirilgan fikr va takliflar asosida qayta ishlanadi va takomillashtiriladi. Nihoyat,
mazkur loyiha mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining (konferensiyasining)
muhokamasiga qo‘yiladi. Bu hol mehnat jamoasi yig‘ilishi (konferensiyasi)
vakolatliligining naqadar uhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 39- moddasining mazmuniga ko‘ra,
mehnat jamoasining yig‘ilishi xodimlarning yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etgan
taqdirdagina, vakolatli hisoblanadi. Mehnat jamoasining konferensiyasi unda
delegatlarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina, vakolatli
hisoblanadi. Jamoa shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risidagi qonunchilikda
belgilangan qoidaga ko‘ra, ushbu shartnoma jamoa umumiy yig‘ilishida
(konferensiyasida) ishtirok etayotganlarning 50 foizidan ko‘prog‘i yoqlab ovoz
bergandagina, ma’qullangan hisoblanadi.
Agar jamoa shartnomasining loyihasi ma’qullanmasa, umumiy yig‘ilishda
(konferensiyada) bildirilgan taklif va istaklarni e’tiborga olib, loyiha taraflarning
vakillari tomonidan qayta ishlab chiqiladi va 15 kun muddat ichida umumiy yig‘ilish
(konferensiya) muhokamasiga taqdim etiladi.
SHartnoma umumiy yig‘ilishda (konferensiyada) ma’qullangani- dan keyin, u
taraflarning vakillari tomonidan 3 kun ichida imzolanishi lozim.
Jamoa shartnomasi imzolangan vaqtdan e’tiboran kuchga kiradi. Jamoa
shartnomasining o‘zida uning amal qilish vaqti ko‘rsatilishi mumkin. SHunday ekan,
u taraflar belgilagan muddat mobaynida amal qiladi. Bu muddat tugagach, jamoa
shartnomasi taraflar
tomonidan yangi shartnoma tuzilgunga, amaldagi shartnoma o‘zgar- tirilgunga yoki
to‘ldirilgunga qadar o‘z kuchida qoladi. Jamoa shartnomasining amal qilishi
muayyan korxona doirasida belgi- lanadi. Demak, jamoa shartnomasi ish beruvchiga
va shu korxonaning barcha xodimlariga, shuningdek, jamoa shartnomasi kuchga
kirgandan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Qonun talabiga ko‘ra, jamoa shartnomasining bajarilishi muntazam ravishda
tekshirib borilishi kerak. Undagi belgilangan majburiyatlarning bajarilishini
tekshirish va nazorat qilish taraflarning vakillari, mehnat jamoasi, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligining tegishli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunga muvofiq, jamoa shartnomasini imzolagan shaxslar har yili yoki
shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda majburiyatlarning bajarilishi haqida mehnat
jamoasining umumiy majlisida (konferensiyasida) hisobot berib turishlari lozim.
Tekshirish olib borilayotgan vaqt mobaynida taraflar tekshiruvga zarur bo‘lgan
barcha ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Jamoa kelishuvi, uning turlari va mazmuni
Ma’lumki, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyingi davr mobaynida
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini qaror toptirish jarayonida ijtimoiy sherikchilik
prinsiplari yuzaga keldi. Jamoa kelishuvi ijtimoiy sherikchilikning hayotga tatbiq
etilishi vaziyatida vujudga kelgan hamda milliy qonunchiligimizda yaratilayotgan
huquqiy hujjatning yangi ko‘rinishidir.
Jamoa kelishuvi deganda, korxona doirasidan ancha yuqori pog‘onada turadigan
shartnomani anglash lozim. Jamoa kelishuvlari muayyan kasb, tarmoq, hududga
tegishli xodimlar uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolatlarni
belgilash borasidagi majburiyatlarni o‘z ichiga olgan muhim normativ hujjat
hisoblanadi. Bunday kelishuvlar xodimlar bilan ish beruvchilarning mehnatga oid
munosabatlarini shartnoma asosida tartibga solish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlarini
muvofiqlashtirishga
yordam
berish
maqsadida
tuziladigan
shartnomaning aniq bir turidir.
Jamoa kelishuvining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u korxona
doirasidan yuqoriroq pog‘onada turgan ish beruvchilar (ularning uyushmalari) bilan
ijtimoiy sherikchilikni amalga oshiradigan markaziy vakillik organi o‘rtasida tuziladi.
Huquqiy hujjat sifatida u xalq xo‘jaligining barcha sohalarida, hudud va mintaqalarda
tatbiq etiladi.
Jamoa kelishuvining turlari Mehnat kodeksining 47-50- moddalarida aniq
ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, tartibga solinadigan munosabatlar sohasi, hal qilinishi
lozim bo‘lgan masalalarning xususiyatlariga qarab, bosh kelishuv, tarmoq kelishuvi,
hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvi tuziladi. Ushbu kelishuvlarning har biri
o‘zining aniq ishtirokchilariga ega bo‘lib, amal qiladigan sohasidagi (masalan, soha,
hudud, xodimlar guruhi) munosabatlarni tartibga soladi hamda qonunchilikda
belgilab qo‘yilgan shartlarni o‘rnatadi.
Jamoa
kelishuvlari
muzokaralarda
ishtirok
etayotgan
taraflar-
ning
kelishuvlariga muvofiq, ikki taraflama va uch taraflama bo‘lishi mumkin. Kelishuvni
tuzish vaqtida taraf sifatida ijroiya hokimiyat organi ham ishtirok etishi mumkin.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organlari ish beruvchilar yoki ish
beruvchining vakili bo‘lmagan ijroiya hokimiyat organidan ular bilan ikki taraflama
kelishuv tuzishni talab etishga haqli emas (MK 47-m).
Bosh kelishuv O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi
kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika
miqyosidagi birlashmalari o‘rtasida tuziladi. Taraflarning kelishuviga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham bosh kelishuv tuzilishi mumkin. Bosh
kelishuv O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar xususida
kelishib siyosat olib borishning umumiy prinsiplarini belgilab beradi.
Ma’lumki, bosh jamoa kelishuvi ish beruvchilar birlashmasi (uyushmasi) bilan
tuzilishi kerak. Faqat taraflarning taklifi bilangina hukumat bu hujjatga jalb qilinishi
mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bosh kelishuv bu uchta tarafning kelishuvidir.
SHu bois, bugungi bosqichda birdan-bir to‘g‘ri yo‘l – tarmoq kelishuv- larini
kuchaytirishdir.
SHuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalarining harakat
dasturida ish beruvchilarning respublika birlashmasini tashkil etish, ijtimoiy
sherikchilikning qonuniy asosini takomillashtirish va mustahkamlash kabi masalalar
asosiy vazifalardan biri deb qayd etilgan.
Tarmoq kelishuvlari tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik
organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida hamda taraflarning
taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligi bilan tuziladi (MK 49-m.).
Tarmoq
kelishuvlari
muayyan
tarmoqni
ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, mehnat shartlari va unga haq to‘lash, tarmoq
xodimlarining (kasbdoshlar guruhining) ijtimoiy kafolatlarini belgilab beradi.
Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning
boshqa vakillik organlari) bilan ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o‘rtasida
tuziladi. Taraflarning taklifiga ko‘ra, bunday kelishuv mahalliy ijroiya hokimiyat
organi bilan ham tuzilishi mumkin.
Hududiy (mintaqaviy) kelishuv muayyan hududning xususiyatlari bilan bog‘liq
bo‘lgan dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning shartlarini belgilaydi.