Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’ekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
123,3 KB
Jamoa tarbiya ob’yekti va sub’ekti sifatida. Tarbiyaning umumiy metodlari
Reja:
1.
Jamoa tushunchasi. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati
va tashkiliy asoslari.
2.
O’quvchilar
jamoasining
rivojlanish
darajasi
va
bosqichlari.
O’quvchilar jamoasi rivojining asosiy shart-sharoitlari.
3.Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodlari tasnifi.
4.Ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy
xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish.
5. Pedagogik rag’batlantirish va xulq-atvorni tuzatish metodlari.
6.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Tayanch iboralar: jamoa, rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy), an’ana,
kundalik faoliyat an'analari, bayram an'analari, bevosita va bilvosita nazorat. Tarbiya
metodlari, tushuntirish (hikoya qilish, o'rgatish), Mashqlantirish (odatlantirish,
mashq qildirish), Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'rash,
o'rnak bo'lish), Nasihat qilish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish,
tilak-istak bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va
hokazolar), Qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish,
koyish, ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish,
kaltaklash va hokazolar).
Jamoa tushunchasi. Ijtimoiy munosabatlar ko'lamining kengayishi o'sib
kelayotgan avlodni o'ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har
tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo'ymoqda. Psixologik, intellektual va
fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg'unchi
g'oyalar ta'siriga tushib qolish, nosog'lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-
harakatlarni sodir etishdan o'zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy
salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlovchi asosiy
omildir. O'zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo
etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro'y
berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirishga imkon beradi.
Ijtimoiy borliqda kechayotgan o'zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtayi nazarning
shakllanishi shaxs faolligini ko'rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa,
mustaqil fikr egasi bo'lgan shaxs o'z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta
oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta'limiy islohotlarning ham asosiy
maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O'zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e'tirof etadi: «Amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun,
o'z qobiliyatini, o'z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma'nan
boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir»'.
Komil insonni shakllantirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy
vazifa sifatida kun tartibiga qo'yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning
asosi ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta'kidlansa, islom
ta'limoti g'oyalariga ko'ra yetuklikning bosh mezoni - ilmlilik, bilimli bo'lishdir.
Sharq mutafakkirlarining asarlarida ham komil inson qiyofasining yoritilishiga
alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish
va fozil jamoa (yetuk jamiyatni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki
yo'nalishi ekanligiga urg'u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson
sa'yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs
o'zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql
to'g'risidagi» risolasida Abu Nasr Forobiy rahbar shaxs qiyofasida namoyon bo'lishi
lozim bo'lgan o'n ikki fazilatni keltirib o'tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar
har bir zamonaviy shaxsda o'z aksini topa olishi kerak, zero, ular inson hayotining
mo'tadil
kechishi
hamda
muayyan
kasbiy
faoliyatlarni
tashkil
etishda
muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham komillikning asosini ilmli bo'lishda deb hisoblaydi
va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urg'u beradi. Allomaning
fikricha, axloqiylik, to'g'rilik, odillik, tadbirkorlik, o'zini vazmin tutish, kamtarlik,
insof, ehtiyotkorlik, shuningdek, adolatli va vijdonli bo'lish komil inson qiyofasida
aks etishi zarur bo'lgan eng asosiy sifatlardir.
Abu Ali ibn Sino ham kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli
bo'lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo'lishi esa uning yanada
yuksalishini ta'minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat (ruhiy
xotirjamlik)ning muhim ko'rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Alisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy o'rinni egallaydi va
o'z orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida
gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir qarashlarida komil inson quyidagi sifatlarga ega
bo'lishi borasidagi g'oya ilgari suriladi: aqlli. axloqli. bilimli, iiodkor. qobiliyatli.
dono, kamtar. insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli. adolatli, muruvvatli, sog'lom.
jismonan baquvvat, mard va jasur1.
Abdulla Avloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi qarashlari bilan Sharq
mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson qiyofasida, yana shuningdek,
vatanparvarlik hamda intizomlilik sifatlari ham namoyon bo'lishi kerak, deb
hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida milliy til taraqqiyoti jamiyat
ma'naviy rivojini ta'minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Shaxsning jamoada qaror topishi. Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan,
shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan
jamiyat a'zosi bo'lib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi.
Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma'naviy-
axloqiy, shuningdek, huquqiy me'yorlar mohiyatini o'zlashtiradi. Jamiyatning a'zosi
sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlovchi mehnat faoliyatini
yo'lga qo'yadi. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yo'lida ham
atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi.
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud bo'la olmaydi. Buning misoli
sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi,
inson bolasi bo'lsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish ko'nikma va
malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan o'yin, mehnat va o'qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan
birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit
bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki o'zligini anglash uchun ham
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo'lishi, uning jamoa
ta'sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roliga
alohida e'tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar insonning
borliq, unda kechayotgan o'zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas,
balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta'sir
etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo'lgan mikromuhit xususiyatini
inobatga olishni ta'kidlaydi. Bolani yomon ta'sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, alloma o'qitish samaradorligini ta'minlashda bolalarga jamoa
asosida bilimlarni berish maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson boshqalar bilan munosabatda bo'lish,
ularning yordami va qo'llab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana shu
ehtiyojni qondirish yo'lidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida o'zaro yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o'rnini
belgilab beradi.
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi
bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a'zo
(kishi)lardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil
topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma'noda
ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad
yo'lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan, ishlab chiqarish
jamoasi, zavod jamoasi, o'quv yurti jamoasi, xo'jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan,
jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi,
o'quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
O’quvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash — tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega
bo'lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol
o'ynashi to'g'risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq
bildirilgan. Jamoada uning a'zolari o'rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga
keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta'minlaydi. Lekin har
qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo'lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga
egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday
guruhdan ajratib turadi.
O'quvchilar jamoasi o'ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga egadir. Quyida
jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so'z yuritamiz.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va
kishilik munosabatlarining barcha me'yorlari o'z ifodasini topadi. Zero, jamoa
jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo'lar ekan, jamoa va ijtimoiy
jamiyat maqsadi, intilishida o'zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
Shu bois jamoa hayotining aniq (yagona) maqsadga qaratilganligi va
ijtimoiy-g'oyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi.
Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo'ladi.
Muayyan jamoaning har bir a'zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida
o'z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a'zolarini intilishlarini tushunish,
jamoa oldiga qo'yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni
shakllantirishdagi o'rni va rolini to'g'ri baholay olish jamoa a'zolarining umumiy va
xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o'rtasidagi birlikni
namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishiga yo’l qo'ymaydi.
Har bir jamoa o'z-o'zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy
qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari
orqali umummilliy jamoa bilan bog'lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga
yo'naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir.
Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g'oyaviy yo'nalishi ham jamoaning faoliyati
mazmunida o'z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini
o'rnata olishdagi usuli, ya'ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblanadi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning
a'zolari o'rtasida o'zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g'amxo'rlik, o'zaro
yordam, jamoa manfaati uchun qayg'urish, mazkur yo'lda amaliy harakatlarni tashkil
etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi. Demak, jamoa o'zida quyidagi
xususiyatlarni namoyon etadi:
1-rasm. Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun mas'uliyat hissini uyg'ota borib,
jamoa a'zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a'zolarda jamoaga mansublik hissini paydo
bo'lishiga ko'maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo'lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa
a'zolari orasida o'zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu
munosabat ko'pincha o'z-o'zidan paydo bo'ladi hamda ular o'qituvchining ta'sir
ko'rsatishi uchun qo'l keladi. Jamoa a'zolari o'rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular
orasida hosil bo'lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog'liqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan
farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli
ko'rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan tashkiliy jihatlari ko'zda
tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a'zolari o'rtasida yuzaga kelgan ishchanlik
munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi
shaxslar
tomonidan
jamoa
a'zolarining
xatti-harakatlari
va
intilishlarini
muvofiqlashtirish yo'lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini
Jamoa
Majburiy, mas’uliyatli
munosabatning yo’lga
qo’yilishi
Birgalikdagi
umumiy
faoliyatning
tashkil etilishi
Saylangan
umumiy
rahbariy
organiga egalik
Ijtimoiy
ahamiyatga ega
yagona
maqsadning
mavjudligi
yoritishga xizmat qiladi.
Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a'zolari o'rtasidagi shaxslararo ma'naviy-
psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashkil qiluvchi ayrim
a'zolar o'rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir
a'zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o'rinni egallaydi. O'quvchining
jamoadagi o'rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim
ta'sir ko'rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga
muvofiq bo'lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida
ko'zga ko'ringan o'rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo'la oladi.
Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfaatlari
uchun kurashuvchi guruhlar bo'lgandagina jamoa o'zini chinakam jamoa tarzida
namoyon etishi mumkin.
Yashash joylarida o'zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq
munosabat asosida tashkil topgan bo'lmasin haqiqiy jamoa bo’la olmaydi. Chinakam
jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a'zolari
o'rtasida o'zaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni qaror
toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga o'qituvchiik rahbarlikning
yo'lga qo'yilishidir.
Shunday qilib, jamoa bir necha (a'zo) kishidan iborat guruh bo'lib, u ijtimoiy
ahamiyatga ega bo'lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan
amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo'yilgan maqsad mazmunini ifoda
etadi. Jamoa a'zolari o'rtasida qaror topgan o'zaro birlik, shuningdek, ular o'rtasida
tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa
a'zolarining guruh yetakchilariga bo'ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa
oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi.
Jamoa va uni shakllantirish o'qituvchilik faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
Muhim tarbiyaviy ta'sir kuchiga ega bo'lgan subyektlarning alohida namuna
ko'rsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi bo'lib, ushbu vosita
yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a'zosini tarbiyalash ijobiy samaralar
beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi ko'zda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa shaxsni
har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda mustahkam
hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy o'rta ta'lim hamda o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalarida
jamoani shakllantirish mas'uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo'g'in - bu muayyan sinflar negizida
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o'quvchilar tomonidan amalga
oshiriluvchi asosiy faoliyat o'qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaxslararo
aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab
jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim bo'g'in - o'qituvchilar jamoasi
hamda o'quvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. O'quv yurtlari jamoasi tarkibida
o'quvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi. O'quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy
ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari oldidagi umumiy javobgarlik, barcha
a'zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o'zaro birlikka ega o'quvchilar
guruhidir.
O'quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi o'qituvchilar hamda
bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi bo'lib, o'z-o'zini nazorat qilish
hamda o'z-o'zini boshqarish huquqi, shuningdek, o'ziga xos psixologik muhit va
an'analariga ega bo'ladi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadigan uzoq muddatli
murakkab jaravondir.
Jamoaga qo'yilayotgan talablar mazmunidagi farq jamoa rivojlanishi bosqichini
aniqlovchi yorqin tashkiliy ko'rsatkich sanaladi. Jamoaning amaliy faoliyati
mazmuni, jamoa a'zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ular o'rtasidagi ijodiy
hamkorlik, shuningdek, ularning xulq-atvori axloqiy kamolot darajalarini
ko'rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo'ladi. Jamoani shakllantirishda
uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiyatini inobatga olish zarur.
O’quvchilar jamoasining rivojlanish darajasi va bosqichlari. Jamoaning
vujudga kelish uchun to'rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida
dastlab o'qituvchi butun guruhga talab qo'yadi hamda mazkur jarayonda jamoa
faollarining shakllanishiga alohida e'tibor qaratadi. Navbatdagi bosqichda muayyan
darajada shakllangan jamoa faollari (aktivi) jamoa a'zolari oldiga ma'lum
talablarni qo'yadi. Uchinchi bosqichda esa jamoa umumiy holda jamoaning har
a'zosidan muayyan tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So'nggi (to'rtinchi)
bosqichda esa jamoaning har bir a'zosi o'z oldiga mustaqil ravishda jamoa
manfaatlarini ifoda etuvchi talabni qo'yish layoqatiga ega bo'ladi.
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero,
jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay
o'qituvchilik nuqtayi nazaridan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga
ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma'lum rivojlanish bosqichlarga ajratish
alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa
a'zolariga nisbatan samarali o'qituvchiik ta'sir ko'rsatishning maqbul shakl va
metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat
o'qituvchilar tomonidan qo'yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang'ich nuqtasidir.
Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi
birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o'quvchilar o'qituvchi
tomonidan talablarning qo'yilishiga e'tiborsiz qaraydilar. Jamoa a'zolarining uzluksiz
ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida
birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O'quvchilarning jamoa
faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta-sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini
birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a'zolarida
mas'uliyat, javobgarlik, faoliyat birligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining
paydo bo'lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishning
paydo bo'lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi
tajribaga ega emasliklari bois so'z yuritilayotgan bosqichda o'qituvchining asosiy
maqsadi jamoa a'zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo'ladi.
Ushbu bosqichda o'qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a'zolariga
birday talabni qo'ya olishi, u tomonidan qo'yilayotgan talabning qat'iyligi, izchilligi
hamda murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o'qituvchining
«hukmdorlik» davri uzoq davom etishi mumkin emasligi, bir qarashda intizomning
vujudga kelganligi ma'lum bo'lsada, ayni vaqtda guruh a'zolarining faolliklarini
rivojlantirish uchun zarur bo’luvchi sharoitning hali mavjud bo’la olmaganligini
hisobga olish zarur.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faolining paydo bo'lishi ushbu
davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday
a'zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o'qituvchi
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo'ladilar. Faollar
o'qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining
o'qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o'z navbatida uning o'zi bu talablarni
jamoa a'zolari zimmasiga qo'yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda o'qituvchi jamoada
paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg'iz o'zi hal qilmaydi.
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi.
Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya'ni,
jamoa o'z-o'zini boshqarishga o'tadi.
O'quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi
mazkur davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim
ishlarini o'quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o'tkazishga
tayyorgarlik, uni o'tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa
faoliyatining ijodiy xususiyat kasb etishini ko'rsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a'zolarida motiv (rag'bat)larning paydo
bo'lishi, ijodiy hamkorlik va o'zaro yordam munosabatlarining tez sur'atlar bilan
rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada mustaqil faoliyatriing yuzaga kelishida jamoa faolining roli
beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a'zolari orasida hurmat qozona olishi,
ularga namuna bo'lishi, o'z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o'z
mavqelaridan
noo'rin
foydalanmasliklari
juda
muhimdir.
Bu
o'rinda
A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deya bergan ta'rifini
eslab o'tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo'lsada, ayni
paytda uning o'ziga ham oshirilgan talablarning qo'yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to'xtab qolishi mumkin emas, chunki
faoliyat ko'rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning
rivojlanishi ushbu bosqichda to'xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa
a'zolari bilan qarama-qarshi qo'yish xavfi tug'ilishi mumkin. Bu bosqichda
jamoaning barcha a'zolarining alohida faollik ko'rsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faoliyatida bu bosqich
anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning. aniqlashiga ko'ra, bu davrda
butun jamoa «ayrim o'zini chetga olib qochuvchi, injiq shaxs»larga talab qo'ya
boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a'zolari
qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan
ifodalanadi. O'qituvchi mazkur yo'nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib
borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu
maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a'zolari
xatti-harakati jamoa bo'lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va
ma'ruzalar uyushtiriladi, o'quvchilar o'rtasida samarali axborot vositalari yordamida
ijtimoiy-g'oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo
bilimlarning targ'iboti tashkil etiladi. O'qituvchi jamoa a'zolarining birgalikdagi
faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a'zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo'shish
imkonini beradigan o'zaro munosabatlarini shakllantirishga ta'sir ko'rsatadigan shakl
va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning har bir a'zosida, ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni maqsadga muvofiq
ravishda tashkil etish ko'nikmasini hosil qila olishi jamoa a'zolari orasida barqaror
insoniy munosabatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
Jamoada barqaror insoniy munosabatlarning yuzaga kelishining sababi —
uning a'zolarini ijobiy, madaniy-ma’rifiy mazmunga ega bo'lgan ishlarni tashkil
etishda faol ishtirok etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichida ko'rsatib o'tilgan xususiyatlar
shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki jamoaning
har bir a'zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni qo'ya
boshlaydilar.
Jamoa rivojlanishining to'rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a'zolari
jamoa oldida turgan vazifalar asosida o'z-o'zlariga talablar qo'ya olishlari bilan
tavsiflanadi. Shuni aytish joizkl, har bir bosqich jamoa a'zolarining o'ziga nisbatan
muayyan talab qo'yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo'yilgan har bir talab o'ziga xos
yo'nalishi (masalan, o'yindan umuminsoniyat baxti yo’lida kurashishga intilish
o'rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
To'rtinchi bosqich jamoa a'zolarining o'ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar
qo'ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa
a'zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni
o'z-o'zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan
shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli va o'rnini pasaytirmaydi. To'rtinchi bosqichda
amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas'uliyatlidir. Mazkur
bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo'yish uchun
mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
Bugungi kunda o'qituvchi-olimlar (L.I.Nikova va boshqalar) bolalar
jamoasining rivojlanish jarayonining mohiyatini tahlil qilar ekanlar, uni quyidagi
uch bosqichga bo'ladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b) jamoani shakllantirish asosida uning har bir a'zosini individual rivojlantirish;
s) jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo'yish.
Jamoa hayotida muhim o'rin tutuvchi har bir bosqichni ajratib ko'rsatish
yuqorida bayon etilgan fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning
yetakchi ahamiyatini ta'kidlaydi. A.S.Makarenko jamoa a'zolari o'rtasida yuzaga
keluvchi munosabatlarining ichki xususiyatlariga katta ahamiyat bergan edi. Pedagog
jamoada shakllangan eng muhim quyidagi belgilarni ajratib ko'rsatgan edi:
1) major - doimiy tetiklik, o'quvchilarning faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;
2) o'z jamoasining qadriyatlari mohiyatini tushunish, uning uchun g'ururlanish
asosida o'z qadr-qimmatini anglash;
3) jamoa a'zolari o'rtasidagi do'stona birlik;
4) jamoaning har bir a'zosida qaror topgan do'stona birlik;
5) tarbiyali, ishchan harakatga yo’llovchi faollik;
6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish ko'nikmasi.
O’quvchilar
jamoasi
rivojining
asosiy
shart-sharoitlari.
Jamoani
shakllantirishda jamoa a'zolari va ularning faoliyatlariga qo'yiladigan yagona
talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab o'quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari
ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi xulq-atvor qoidalarni o'z
ichiga oladi.
Puxta o'ylab qo'yilgan talablar tizimining muntazam amalga oshirilishi
maktabda muayyan tartibning o'rnatilishini ta'minlaydi.
O'qituvchilar tomonidan qo'yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija
beradi:
1. Qo'yilayotgan talablar o'quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg'usi bilan
uyg'unlashgan bo'lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan
holda qo'yilishi lozim.
3. Jamoaga nisbatan qo'yilayotgan talablar aniq bo'lishi lozim.
4. O'quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga
nisbatan qo'yilayotgan talablar, ularda ma'naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat
qilishi shart.
O'quvchi qo'yilayotgan talablar hajmi va tizimini bilibgina qolmasdan, talab
qo'yish metodikasini ham o'zlashtira olgan bo'lishi kerak.
O'quvchilar jamoasiga nisbatan talablarni qo'yish metodikasi bolalarni talablar
mazmuni bilan tanishtirish, talablarning ahamiyatini tushuntirish, tajriba orttirish
hamda o'quvchilar faoliyat, shuningdek, qo'yilayotgan talablarning bajarilish
holatini muntazam suratda nazorat qilib turishdan iborat.
O'quvchilarni talablar bilan tanishtirish ko'pincha umumiy majlislarda amalga
oshiriladi, bunda ta'lim muassasasining direktori yoki o'quv ishlari bo'yicha direktor
o'rinbosari istiqbol rejalari va ularni amalga oshirish jarayonidagi talablar mazmuni
bilan o'quvchilarni tanishtiradi. Batafsil tanishtirish ayrim hollarda amalda
ko'rsatish, keyinroq sinflar bo'yicha sinf majlislari yoki maxsus suhbatlarni
uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan talablar bilan tanishtirish mazkur
talablar ustida mashq qildirish bilan qo'shib olib borilishi kerak. Xulq-atvorni
tarbiyalash ongni tarbiyalashga qaraganda ancha murakkab ish. O'quvchilar talablar
mohiyatini yaxshi anglashlari mumkin, biroq aksariyat hollarda ularga rioya
qilmaydilar. Shu bois muntazam ravishda mashq qildirish madaniy xulq-atvorni
odatga aylantiradi.
Talablarning qo'yilishi jarayonida ularga o'quvchilarning amal qilishi ustidan
nazorat o'rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga
oshiriladi, chunonchi, xulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun
stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo'yilayotgan talablarning
bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib
borilishi va haqqoniy bo'lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o'quvchilarni
ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda faol (aktiv)ni tarbiyalash bilan
chambarchas bog'liq. Har bir o'qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi
harakati jamoaningtayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi.
Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji
mazmunidan kelib chiqadi.
Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o'qituvchi o'quvchilar
faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, xulq-atvorini kuzatib borishi har bir
o'quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlashi zarur.
Jamoa faolini shakllantirishda o'quvchilarning jamoadagi obro'sini ham
inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o'zlari, albatta, o'qituvchi
ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo'ladi. O'qituvchi jamoa faoli
bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi.
Jamoa faolining har bir a'zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning
ma'lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish
maqsadga muvofiq. O'qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo'yadi. O'quvchilar
jamoasida faol rahbarligida o'z-o'zini boshqarish jamoa a'zolaridan ayrimlarining
boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
Shu bois o'qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib
borishi lozim.
O'quvchilarning o'z-o'zini boshqarishi bu o'qituvchilar tomonidan tashkil
qilinadigan jamoa ishini uyushtirish va boshqarishda o'quvchilarning faol ishtirok
etishidir. O'z-o'zini boshqarishning shakllari orasida jamoa a'zolarining yig'ilishi,
konferensiyasi hamda turli komissiyalar (masalan, o'quv komissiyasi yoki tozalik
komissiyasi) faoliyati muhim o'rin tutadi.
O'quvchilar jamoasini shakllantirishda an'analar muhim o'rin tutadi. Jamoa
an'analari jamoa a'zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan
odatlar bo'lib, ularning mazmunida munosabatlar xususiyati hamda jamoaning
ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi.
Jamoa an'analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi:
a) kundalik faoliyat an'analari;
b) bayram an'analari.
Kundalik faoliyat an'analari o'quvchilarning o'quv faoliyati (o'zaro yordam
turlari) va mehnat faoliyati (ko'chatlar o'tqazish, hasharlar uyushtirish va
boshqalar)ni o'z ichiga oladi.
Bayram an'analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan
bog'liq sanalar (xususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro'z
bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil
etilgan faoliyat kiradi.
An'anaviy bayramlar o'quv muassasalarida turlicha o'tkaziladi. O'quvchilar
an'analar mohiyatini anglasalar, ularga nisbatan ongli munosabatda bo'lsalargina
uning ta'sir kuchi yuqori bo’ladi.
An'analarning yuzaga kelishida o'quvchilarning unga nisbatan munosabati katta
ahamiyatga ega. Maktab rahbariyati va o'qituvchilar o'quvchilar jamoasiga muayyan
sanalarga bag'ishlab haddan ziyod ortiqcha tadbirni uyushtirish talabini qo'ymasligi
zarur.
Tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda o'qituvchilar jamoasi yoki o'qituvchi
tomonidan ushbu jarayonda o'quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib borish, ularni
an'analarai davom ettirishga o'rgatish masalasiga alohida e'tibor qaratishlari
pedagogik jihatdan ijobiy natijalarni beradi.
Jamoa va uning shaxsni shakllanishidagi o'rni va roli muammosi yuzasidan olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi
borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta'minlaydi:
O'quvchilar jamoasi ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va
birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o'quvchilar birlashmasi, guruhidir.
O'quvchilar jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
o'quvchilari jamoasi)ga rasmiy saylangan (tayinlangan) o'quvchi hamda
o'qituvchilar yo'lboshchilik qiladi. Ular sirasiga guruh rahbari, guruh faollari
(xususan, guruh yetakchisi (starosta), «Kamolot» tashkilotining guruh bo'limi raisi,
tozalik komissiyasi raisi, devoriy gazeta muharriri va boshqalar).
Bolalar jamoalarida rasmiy yetakchilar bilan birga norasmiy yo'lboshchilarning
mavjudligi ko'zga tashlanadi. Odatda rasmiy yo’lboshchilar tarkibini a'lo baholarga
o'qiydigan, jamoa ishlarida faol ishtirok etuvchi o'quvchilar tashkil etsa, norasmiy
liderlar garchi bu kabi sifatlarni namoyon etmasalarda, ayrim sifatlariga ko'ra
tengdoshlarini o'z ortlaridan ergashtira oladilar. Bunday o'quvchilar boshqalardan
jismonan kuchliligi, qat'iyatliligi, hech narsadan cho'chimasligi, o'ziga bo'lgan
ishonchi bilan ajralib turadilar. Norasmiy liderlarning ma'naviy-axloqiy qiyofasi
boshqa o'quvchilarga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bois sinf rahbari hamda maktab
pedagogik jamoasi bunday liderlarning faoliyatini bevosita va bilvosita nazorat
qilib borishlari zarur. O'quvchilar uyushmasiga pedagogik rahbarlik, yuqorida qayd
etilganidek, aksariyat holatlarda sinf rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Shu
sababli sinf rahbari guruhning umumiy hamda har bir a'zosining individual
xususiyatlarini bilishi, ularni inobatga olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf
rahbarining norasmiy liderlar va ularning shaxsi haqida to'laqonli ma'lumotlarga ega
bo'lishi pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga yordam beradi.
Yuqorida bildirilgan fikrlardan quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1. Jamoa bir necha a'zo (kishi)lardan tashkil topgan muayyan guruh bo'lib, u
ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan umumiy maqsad asosida birlashadi hamda mazkur
maqsadni amalga oshirish uchun yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etadi.
2. Jamoa o'zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi.
3. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadigan uzoq
muddatli, murakkab jarayon bo'lib, u ko'pchilik tadqiqotchilarning e'tirof etishlariga
ko'ra to'rt bosqichdan iborat bo'ladi.
4. Jamoani shakllantirish o'ziga xos metodika asosida amalga oshiriladi. Ushbu
metodika doirasida jamoaga nisbatan talablarning qo'yilishi, jamoa faoli (aktivi)ni
tarbiyalash masalasi alohida ahamiyatga egadir.
5. Jamoaning mustahkam bo'lishi, uning a'zolari o'rtasida o'zaro yordam hamda
hamkoriikning qaror topishida jamoa an'analari muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Maqsad, mazmun, shakl, metod va
vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq,
tarbiya mohiyatini yoritishda o'ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha
ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Training method (from the Greek "metodos") way of achieving the goal of
education; pupils in thinking, feelings and behavior will impact methods. School
practices, methods that pupils in thinking, feelings and behavior will impact
methods.The creation of new methods of education is not the power of a single
teacher. There is always the problem of improving the techniques to solve it each
according to his trainer, the education process in accordance with the specific
conditions of its richness of expression on the basis of common
methods.Techniques, positive and negative, the way educational process highly
efficient and effective assessment. The effectiveness of the techniques that can be
assessed through the use of the exact circumstances. Teaching methods to select a
number of factors.Goals and objectives of education. The aim of the training and
techniques allow you to choose the right content. What is the purpose, then it must
be in accordance with the methods of achieving it.The nature of the formation of
the person on the content of the education and social needs. However, the same
task can be filled with a variety of opinions. Therefore, the techniques are not
generally content with is very important to connect with the idea.
Tarbiya metodi (yunoncha “metodos” – yo’l) tarbiya maqsadiga
erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir
etish
usullari.
Maktab
amaliyotiga
tatbiq
etilganda,
metodlar
–
bu
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish
usullaridir.Tarbiyaning
mutlaqo
yangi
metodlarini
yaratishga
bironta
tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo
mavjud, har bir tarbiyachi o’zining imkoniyatiga ko’ra uni hal qiladi, tarbiya
jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o’zining xususiy qarashlarini
ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.Metodning ijobiy va salbiysi
bo’lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo’lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz
deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo’llanilayotgan sharoit
nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to’g’ri tanlash bir qator
omillarga bog’liq.
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiya maqsadi va mazmuni
metodlarni to’g’ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo’lsa, unga erishish
metodlari unga muvofiq bo’lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning
shakllanishiga qo’yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik
kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to’ldirilgan bo’lishi mumkin.
SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan
bog’lash g’oyat muhimdir1.
Tarbiyalanuvchilarning
yosh
xususiyatlari.
Tarbiya
jarayonida
tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir.
Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo'lgan anatomik, fiziologik
(jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas'uliyat tuyg'usini boshlang'ich
ta'lim, o'rta ta'lim va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan
o'quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni
shakllantirish borasida turli metodlar qo'llaniladi.
Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari. Xalq pedagogikasi o'zbekona axloq,
odob va tarbiyaning barcha qirralarini o'zida mujassamlashtirgan. Xalq
pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu
metod va vositalar nihoyatda rang-barang bo'lib, ko'p jihatlari bilan ilmiy
pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning
shakllanishiga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Xalq pedagogikasida qo'llanilgan xilma-
xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (hikoya qilish, o'rgatish).
2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
3. Namuna (maslahat berish, uzr so'rash, yaxshiliklar haqida so'rash, o'rnak
bo'lish).
4. Nasihat qilish, o'git (undash, ko'ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak
bildirish, ma'qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
5. Qoralash va jazo (ta'kidlash, ta'na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish,
ayblash, uyaltirish, qo'rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va
hokazolar).
Agar e'tibor berilsa, yuqoridagi beshta metod umumiy yaxlitlikni ifodalaydi.
Oldin bolaga umumiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va
1 Martin, Jay. The Education of John Dewey. (2003). Columbia University Press
jarayonlarning mohiyatiga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasidan
foydalanadi, ya'ni, yoshlarning mustaqil kuzatuvchanligiga e'tibor beriladi. Bu
holatda ham tushunmaganlar kattalarning nasihati, o'g'iti asosida narsa, hodisa yoki
jarayonlarning mohiyatini anglaydilar. Bordiyu, bu holatda ham kutilgan natijaga
erishilmasa yoki bolalar e'tibor qaratilgan holatning mohiyatini tushunishni
istamasalar, eng so'nggi chora sifatida qoralash va jazo metodidan foydalanishga
to'g'ri keladi. Biroq, bu eng so'nggi chora. Zamonaviy pedagogika g'oyalariga ko'ra
qoralash va jazo metodlarini so'nggi, aniqrog'i kam samara beradigan chora ekanligi
isbotlangan.
Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta'sirlar
muayyan vositalar yordamida qo'llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli
mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to'y marosimlari), sayillar,
oilaviy an'analar (tug'ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o'rta, o'rta maxsus
hamda oliy maiumotga egalik to'g'risidagi attestat va diplom, shuningdek, davlat
mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o'ziga xos tarbiya
vositasi sanaladi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy
sifatlar, e'tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg'usi va irodasiga ta'sir ko'rsatish usullari sanaladi.
Bu guruh usullarining mohiyati shundaki, ular orqali o'quvchilar ongiga
jamiyatda ustuvor o'rin tutuvchi ijtimoiy g'oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar
dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga
ko'maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo'llaniladi.
O'quvchilarda g'oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya'ni, davlatning ichki va
xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko'nikmalarini tarbiyalash
lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko'p ishlatiladigan usuldir.
Tushuntirishning vazifasi o'quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g'urur tuyg'usiga
ega bo'lib voyaga yetishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda o'quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan
muayyan huquq va burchlar asosida bog'langanligi borasida ma'lumotlar beriladi.
Bunda davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida
tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog'i, gerbi, madhiyasi