JAMOA TARBIYA OB’YEKTI VA SUB’YEKTI SIFATIDA
Reja:
1. Jamoa haqida tushuncha.
2. O‘quvchilar jamoasini shakllanish bosqichlari.
3. O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.
4. Jamoa an’analari.
Tayanch tushunchalar: jamoa, o‘quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish
bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider.
1.Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining
tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha
a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida
tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil
ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan
maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab
chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).
Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga
ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol
o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq
bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli
yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi.
Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator
belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan
har qanday guruhdan ajratib turadi.
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi.
Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, Davlat konstitutsiyasi va qonunlariga, jamiyat
mafkurasiga qarama-qarshi bo‘lmasligi zarur.
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish
uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi
faoliyatda faol ishtirok etishi
zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat
natijalari uchun yuqori shaxsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo‘lga qo‘yilishi. Jamoa a’zolar
orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g‘am-qayg‘ularining
aloqador birligi aks etuvchi maxsus munosabatlar yuzaga keladi.
5-rasm. «Jamoa» tushunchasi tavsifi
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik
munosabatlar o‘rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro‘li
a’zolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi.
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o‘ziga xosliklari
bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o‘ziga xoslik,
psixologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko‘rinadi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu muayyan sinflar negizida
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o‘quvchilar tomonidan
amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida
shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari
negizida maktab jamoasi shakllanadi.
Yuqoridagi jamoaning o‘ziga xos belgilaridan kelib chiqib, shunday xulosa
chiqarish mumkin. O‘quvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona
maqsadni ko‘zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab
qo‘yilgan organiga ega bo‘lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib
turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida
majburiy aloqadorlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar guruhidir.
2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan
qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir.
O ’quvchilar jamoasini shakllantirish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi.
_ Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat
o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich
nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki «tashkil
etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o‘ quvchilar o‘
qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona)
maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi.
O‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan
tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi,
shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishi, shuningdek, o‘quvchilarda
jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolalarning
jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so‘z
yuritilayotgan bosqichda o‘qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy
tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu
davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday
a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi
faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar
o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar.
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining
o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni
jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o‘qituvchi jamoada
paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi.
Jamoa faoli bilan maxsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi.
Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni,
jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi
mazkur davrining muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning
muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni
o‘tkazishga tayyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama
qilish jamoa faoliyatining ijodiy xususyat kasb etishini ko‘rsatuvchi omillar
sanaladi.
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, chunki
faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning
rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa
a’zolari bilan qarama- qarshi qo‘yish xavfli tug‘ilishi mumkin. Bu bosqichda
jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko‘rsatishga erishishlari zarur
sanaladi.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich
anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga
olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi.
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari
qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan