JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

8

File size

Fayl hajmi

84,5 KB


JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI
reja:
1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlikka tortishning asosi.
3. Jinoyat tarkibining tuzilishi.
1. JINOIY JAVOBGARLIK TUShUNChASI VA UNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYaTLARI.
Jinoyat uchun javobgarlik bu - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan
shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish orqali jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir
chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir
(JK 16 - moddasi).
Sud tomonidan hukm qilish orqali tayinlanadigan:
- jazo chorasiga - JK 43 - moddasida nazarda tutilgan jazo turlaridan birini
tayinlashini nazarda tutsa;
boshqa  huquqiy  ta’sir  chorasiga esa -  tibbiy  yo‘sindagi  va  voyaga
yetmaganlarga nisbatan tarbiya yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llanilishini
nazarda tutadi.
Jazo -  sud tomonidan qo‘llaniladigan va shaxsning huquq va erkinliklarini
ma’lum muddatga cheklash yoki ulardan mahrum qilish bilan birga uni qayta
tarbiyalash maqsadini ko‘zlovchi davlatning majburlov chorasi tushuniladi.
Jinoiy javobgarlik asosi deganda – shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb
topish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar majmui tushuniladi.
Jinoiy javobgarlik asosini - sodir qilingan qilmishda JKda nazarda tutilgan
1
Logotip
JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI reja: 1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Jinoyat tarkibi jinoiy javobgarlikka tortishning asosi. 3. Jinoyat tarkibining tuzilishi. 1. JINOIY JAVOBGARLIK TUShUNChASI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI. Jinoyat uchun javobgarlik bu - jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish orqali jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir (JK 16 - moddasi). Sud tomonidan hukm qilish orqali tayinlanadigan: - jazo chorasiga - JK 43 - moddasida nazarda tutilgan jazo turlaridan birini tayinlashini nazarda tutsa; boshqa huquqiy ta’sir chorasiga esa - tibbiy yo‘sindagi va voyaga yetmaganlarga nisbatan tarbiya yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llanilishini nazarda tutadi. Jazo - sud tomonidan qo‘llaniladigan va shaxsning huquq va erkinliklarini ma’lum muddatga cheklash yoki ulardan mahrum qilish bilan birga uni qayta tarbiyalash maqsadini ko‘zlovchi davlatning majburlov chorasi tushuniladi. Jinoiy javobgarlik asosi deganda – shaxsni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish uchun isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar majmui tushuniladi. Jinoiy javobgarlik asosini - sodir qilingan qilmishda JKda nazarda tutilgan 1
jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi jinoiy javobgarlik asosini tashkil
qiladi.
2. JINOYaT TARKIBI
Jinoyat tarkibi deb - jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli
qilmishni  jinoyat  deb  baholash  uchun  zarur  bo‘lgan  ob’ektiv  va  sub’ektiv
belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi.
Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi
bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy
belgi bo‘lib hisoblanadi.
Jinoyat tarkibining "tarkib" deb nomlanishining asosiy sababi shundaki, unda
jinoyatning  ob’ekti,  ob’ektiv  tomoni,  sub’ekti  va  sub’ektiv  tomoni  degan
tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashganligini anglatadi. 
Jinoyat  tarkibining  jinoiy-huquqiy  ahamiyati  bir  qator  omillarda
ifodalanadi:
- jinoyat  tarkibi  -  sodir  qilingan  qilmishni  baholash,  aniqrog‘i  jinoyatni
kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosi bo‘lishi; 
- sodir  bo‘lgan  hodisa  (holat)  belgilarini  JK  Maxsus  qismi  tegishli
moddalarida  belgilangan  jinoyat  tarkibi  bilan  solishtirgan  holda  kvalifikatsiya
qilishi;
- jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish
uchun asos bo‘lishi va bu esa o‘z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va
qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini
to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga ega bo‘lishi;
- bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini, ikkinchi tomondan sodir
bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir - biriga mosligini qayd etish jinoyat sodir
qilgan  shaxs  huquqlari  kafolatlaridan  biridir,  ya’ni  uning  o‘zi  sodir  qilgan
2
Logotip
jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjudligi jinoiy javobgarlik asosini tashkil qiladi. 2. JINOYaT TARKIBI Jinoyat tarkibi deb - jinoyat huquqida sodir etilgan aniq bir ijtimoiy xavfli qilmishni jinoyat deb baholash uchun zarur bo‘lgan ob’ektiv va sub’ektiv belgilarning minimal yig‘indisiga aytiladi. Bu belgilar jinoyat qonuni Maxsus qism normalarida mustahkamlanganligi bois, u yoki bu ijtimoiy xavfli qilmishning jinoyat deb baholanmog‘i uchun zaruriy belgi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat tarkibining "tarkib" deb nomlanishining asosiy sababi shundaki, unda jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashganligini anglatadi. Jinoyat tarkibining jinoiy-huquqiy ahamiyati bir qator omillarda ifodalanadi: - jinoyat tarkibi - sodir qilingan qilmishni baholash, aniqrog‘i jinoyatni kvalifikatsiya qilishning qonuniy asosi bo‘lishi; - sodir bo‘lgan hodisa (holat) belgilarini JK Maxsus qismi tegishli moddalarida belgilangan jinoyat tarkibi bilan solishtirgan holda kvalifikatsiya qilishi; - jinoyat tarkibining to‘g‘ri aniqlanishi jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun asos bo‘lishi va bu esa o‘z navbatida odil sudlovni amalga oshirish va qonunchilikni mustahkamlash hamda pirovard natijada ayblanuvchining taqdirini to‘g‘ri hal etishda ahamiyatga ega bo‘lishi; - bir tomondan muayyan jinoyat tarkibi belgilarini, ikkinchi tomondan sodir bo‘lgan jinoyat tarkibi belgilarining bir - biriga mosligini qayd etish jinoyat sodir qilgan shaxs huquqlari kafolatlaridan biridir, ya’ni uning o‘zi sodir qilgan 2
qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni talab qilish huquqini ifodalab
berishi;
- jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-tergov amaliyotida
jinoiy  -  huquqiy  normani  qo‘llashda  qonuniylik  prinsipining  muhim  kafolati
bo‘lishligida ifodalanadi.
3. JINOYaT TARKIBINING  TUZILIShI
Jinoyat  tarkibi  elementlarini – jinoyat  tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv
tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi.
Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar:
- jinoyat ob’ekti;
- jinoyatning ob’ektiv tomoni;
- jinoyat sub’ekti;
- jinoyatning sub’ektiv tomoni.
Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari deganda – o‘zining ahamiyatiga ko‘ra,
jinoyat  tarkibining ma’lum  bir  elementida so‘zsiz  ishtirok etadigan belgilarga
aytiladi. 
Ushbu zaruriy belgilarni:
- ijtimoiy munosabat (huquq va erkinliklar);
- ijtimoiy xavfli qilmish;
- yosh,  jinoiy  javobgarlik  keltirib  chiqaruvchi  yosh  chegarasi
 
(JK 17 - moddasi);
- aqli rasolik;
- ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida) tashkil etadi.
Jinoyat  tarkibining  fakultativ  belgilari  deganda -  o‘zining  ahamiyatiga
ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etishi
zarur hisoblanmaydigan belgilarga aytiladi. 
Ushbu fakultativ belgilarga:
- jinoyat predmeti;
- ijtimoiy xavfli oqibat;
3
Logotip
qilmishini qonunga muvofiq kvalifikatsiya qilishni talab qilish huquqini ifodalab berishi; - jinoyat tarkibi va uning belgilarining aniqlanishi sud-tergov amaliyotida jinoiy - huquqiy normani qo‘llashda qonuniylik prinsipining muhim kafolati bo‘lishligida ifodalanadi. 3. JINOYaT TARKIBINING TUZILIShI Jinoyat tarkibi elementlarini – jinoyat tarkibining ob’ektiv va sub’ektiv tomonlarining zaruriy va fakultativ belgilari tashkil etadi. Jinoyat tarkibi elementlari quyidagilar: - jinoyat ob’ekti; - jinoyatning ob’ektiv tomoni; - jinoyat sub’ekti; - jinoyatning sub’ektiv tomoni. Jinoyat tarkibining zaruriy belgilari deganda – o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida so‘zsiz ishtirok etadigan belgilarga aytiladi. Ushbu zaruriy belgilarni: - ijtimoiy munosabat (huquq va erkinliklar); - ijtimoiy xavfli qilmish; - yosh, jinoiy javobgarlik keltirib chiqaruvchi yosh chegarasi (JK 17 - moddasi); - aqli rasolik; - ayb (qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida) tashkil etadi. Jinoyat tarkibining fakultativ belgilari deganda - o‘zining ahamiyatiga ko‘ra, jinoyat tarkibining ma’lum bir elementida hamma vaqt ham ishtirok etishi zarur hisoblanmaydigan belgilarga aytiladi. Ushbu fakultativ belgilarga: - jinoyat predmeti; - ijtimoiy xavfli oqibat; 3
-  ijtimoiy  xavfli  qilmish  va  ijtimoiy  xavfli  oqibat  o‘rtasidagi  sababiy
bog‘lanish;
- jinoyat sodir qilish vaqti, sharoiti, joyi, usuli, jinoyat sodir etish vositasi yoki
quroli, motiv va maqsad, shuningdek maxsus sub’ekt belgilari kiradi.
Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
- ular jinoyat qonunida ko‘rsatilgan ayrim hollarda jinoyat tarkibining zaruriy
belgisi bo‘lib kelishi;
-  qonunda  ko‘rsatilgan  hollarda  jinoyat  tarkibining  og‘irlashtiruvchi,  o‘ta
og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi;
- ushbu belgilar jinoyat tarkibiga kiritilmagan, kiritilgan bo‘lsada, jinoyatni
kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydigan holatlarda, jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi
yoki yengillashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkinligi.
Jinoyat huquqida jinoyat tarkibi quyidagi turlarga bo‘linadi:
№
Jinoyat tarkibining turlari
1.
Ijtimoiy xavflilik
darajasiga qarab:
- Asosiy (oddiy tarkibli);
- Og‘irlashtiruvchi tarkibli;
- Yengillashtiruvchi tarkibli.
2.
Jinoyat tarkibi ob’ektiv
tomonining xususiyatiga qarab:
- Moddiy tarkibli;
- Formal tarkibli;
- Kesik tarkibli.
3.
Jinoyat tarkibi
belgilarining ifodalanish usuliga
ko‘ra:
- Oddiy tarkibli;
- Murakkab tarkibli.
4
Logotip
- ijtimoiy xavfli qilmish va ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish; - jinoyat sodir qilish vaqti, sharoiti, joyi, usuli, jinoyat sodir etish vositasi yoki quroli, motiv va maqsad, shuningdek maxsus sub’ekt belgilari kiradi. Jinoyat tarkibi fakultativ belgilarining ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi: - ular jinoyat qonunida ko‘rsatilgan ayrim hollarda jinoyat tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi; - qonunda ko‘rsatilgan hollarda jinoyat tarkibining og‘irlashtiruvchi, o‘ta og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi tarkibining zaruriy belgisi bo‘lib kelishi; - ushbu belgilar jinoyat tarkibiga kiritilmagan, kiritilgan bo‘lsada, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydigan holatlarda, jazo tayinlashda og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holat sifatida e’tirof etilishi mumkinligi. Jinoyat huquqida jinoyat tarkibi quyidagi turlarga bo‘linadi: № Jinoyat tarkibining turlari 1. Ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab: - Asosiy (oddiy tarkibli); - Og‘irlashtiruvchi tarkibli; - Yengillashtiruvchi tarkibli. 2. Jinoyat tarkibi ob’ektiv tomonining xususiyatiga qarab: - Moddiy tarkibli; - Formal tarkibli; - Kesik tarkibli. 3. Jinoyat tarkibi belgilarining ifodalanish usuliga ko‘ra: - Oddiy tarkibli; - Murakkab tarkibli. 4
Asosiy  (oddiy)  tarkibli  jinoyatlar  deb  - jinoyat  uchun  javobgarlikni
og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutmaydigan jinoyat
tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-moddasi 1-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). 
Og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar esa - o‘zida jinoyat uchun javobgarlikni
og‘irlashtiruvchi holatlarni aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-
moddasi 2-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”).
Yengillashtiruvchi  tarkibli jinoyatlar -  sodir  etilgan jinoyatning ijtimoiy
xavfliligini kamaytiradigan yoki javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni o‘zida
aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi. (mas: JK 100-moddasi “Zaruriy mudofaa
chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish”). 
Moddiy tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini talab
qiladigan  va  shu  oqibat  kelib  chiqishi  bilan  jinoyat  tugallangan  jinoyat  deb
topiladigan jinoyat turlariga aytiladi (JK 97-moddasi “Qasddan odam o‘ldirish”).
Formal  tarkibli  jinoyat  deb -  ijtimoiy  xavfli  qilmish  (harakat  yoki
harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: JK
140-moddasi “Tuhmat”). Ya’ni, JK Maxsus qismi normasi dispozitsiyasida jinoyat
tarkibi ob’ektiv tomoni faqat ijtimoiy xavfli qilmishda ifodalanadi.  
Kesik tarkibli jinoyat deb  - jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini jinoyat qonuni
oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga)
ko‘chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi “Tovlamachilik”). 
Kesik tarkibli jinoyatlarda jinoyat ob’ektiv tomoni belgilari (JK Maxsus
qismi  moddasining  dispozitsiyasida  nazarda  tutilgan  harakatlar)  bo‘lib-bo‘lib
bajariladi va ushbu harakatlardan biri bajarilishi bilan jinoyat tugallangan deb
topiladi.
- JK Maxsus qism moddalarida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi shart yoki
shart emasligi modda dispozitsiyasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tiladi;
-  Ushbu belgiga qarab, jinoyatlarni moddiy, yoki formal tarkibli  jinoyat
ekanligi aniqlanadi;
-  Agarda, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab qilinadigan jinoyatlarda
shaxsning  o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan  sababga  ko‘ra,  ushbu  oqibatning  kelib
5
Logotip
Asosiy (oddiy) tarkibli jinoyatlar deb - jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi holatlarni nazarda tutmaydigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97-moddasi 1-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). Og‘irlashtiruvchi tarkibli jinoyatlar esa - o‘zida jinoyat uchun javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarni aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi (mas: JK 97- moddasi 2-qismi “Qasddan odam o‘ldirish”). Yengillashtiruvchi tarkibli jinoyatlar - sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligini kamaytiradigan yoki javobgarlikni yengillashtiradigan holatlarni o‘zida aks ettiradigan jinoyat tarkibiga aytiladi. (mas: JK 100-moddasi “Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib, qasddan odam o‘ldirish”). Moddiy tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishini talab qiladigan va shu oqibat kelib chiqishi bilan jinoyat tugallangan jinoyat deb topiladigan jinoyat turlariga aytiladi (JK 97-moddasi “Qasddan odam o‘ldirish”). Formal tarkibli jinoyat deb - ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) sodir etilishi bilan tugallanadigan jinoyat turlariga aytiladi (mas: JK 140-moddasi “Tuhmat”). Ya’ni, JK Maxsus qismi normasi dispozitsiyasida jinoyat tarkibi ob’ektiv tomoni faqat ijtimoiy xavfli qilmishda ifodalanadi. Kesik tarkibli jinoyat deb - jinoyatni tamom bo‘lish vaqtini jinoyat qonuni oldingi bosqichga (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish yoki suiqasd qilish bosqichiga) ko‘chirilgan jinoyatlarga aytiladi (JK 165-moddasi “Tovlamachilik”). Kesik tarkibli jinoyatlarda jinoyat ob’ektiv tomoni belgilari (JK Maxsus qismi moddasining dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlar) bo‘lib-bo‘lib bajariladi va ushbu harakatlardan biri bajarilishi bilan jinoyat tugallangan deb topiladi. - JK Maxsus qism moddalarida ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi shart yoki shart emasligi modda dispozitsiyasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tiladi; - Ushbu belgiga qarab, jinoyatlarni moddiy, yoki formal tarkibli jinoyat ekanligi aniqlanadi; - Agarda, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishi talab qilinadigan jinoyatlarda shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sababga ko‘ra, ushbu oqibatning kelib 5