JINOYAT HUQUQI FANIGA KIRISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

30,2 KB


JINOYAT HUQUQI FANIGA KIRISH
REJA:
1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari.
2. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq
sohalari bilan o‘zaro aloqasi.
3. Jinoyat huquqi tizimi. Umumiy va maxsus qismlar:
4. Jinoyat qonuni prinsiplari.
1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari.
jinoyat huquqi fani tushunchasi – jinoyat va jazo haqidagi fan bo‘lib, ushbu
sohada yuzagan keladigan ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi va tartibga soladi.
jinoyat huquqi predmeti – jinoyat, jinoiy javobgarlik , jazo hamda jazo
tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlangan hamda tibbiy yo‘sindagi
majburlov choralari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosatlarni tartibga soladigan
normativ-huquqiy  hujjatlar,  qonunni  qo‘llash  amaliyoti,  hamda  yuridik  fanda
mavjud  bo‘lgan  konseptual  yondashuvlar,  ilmiy-nazariy  qarashlar  va  huquqiy
kategoriyalar tashkil etadi.
jinoyat huquqi vazifalari – jinoyat huquqi vazifalari bevosita jinoyat qonuni
(kodeks)da nazarda tutilgan qazifalardan kelib chiqib quyidagilardan iborat:
1. Jinoiy tajovuzlardan himoya qilish;
2. Jinoyatlarni oldini olish;
3. Qonunlarga riolya qilish ruhida tarbiyalash.
Ushbu vazifalar amalga oshirishda jinoyat qonuni prinsiplariga so‘zsiz amal
qilish talab etiladi.
1
Logotip
JINOYAT HUQUQI FANIGA KIRISH REJA: 1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari. 2. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi. 3. Jinoyat huquqi tizimi. Umumiy va maxsus qismlar: 4. Jinoyat qonuni prinsiplari. 1. Jinoyat huquqi fani tushunchasi, predmeti, vazifalari va metodlari. jinoyat huquqi fani tushunchasi – jinoyat va jazo haqidagi fan bo‘lib, ushbu sohada yuzagan keladigan ijtimoiy munosabatlarni o‘rganadi va tartibga soladi. jinoyat huquqi predmeti – jinoyat, jinoiy javobgarlik , jazo hamda jazo tayinlash, javobgarlik va jazodan ozod qilish, sudlangan hamda tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosatlarni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar, qonunni qo‘llash amaliyoti, hamda yuridik fanda mavjud bo‘lgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. jinoyat huquqi vazifalari – jinoyat huquqi vazifalari bevosita jinoyat qonuni (kodeks)da nazarda tutilgan qazifalardan kelib chiqib quyidagilardan iborat: 1. Jinoiy tajovuzlardan himoya qilish; 2. Jinoyatlarni oldini olish; 3. Qonunlarga riolya qilish ruhida tarbiyalash. Ushbu vazifalar amalga oshirishda jinoyat qonuni prinsiplariga so‘zsiz amal qilish talab etiladi. 1
jinoyat qonuni prinsiplari: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi,
demokratizm,  insonparvarlik,  odillik,  ayb  uchun  javobgarlik,  javobgarlikning
muqarrarligi prinsiplaridir.
metodlar – bu jinoyat huquqini samarali o‘zlashtirish usul va uslublariga
aytiladi.
jinoyat  huquqi  metodikasi jinoyat-huquqiy  tushuncha  va  hodisalarni
o‘rganishda  qo‘llaniladigan  usul  va  vositalar  yig‘indisini,  tizimini  ifodalaydi.
Falsafiy  metod  hisoblangan  dialektik  metod  bilan  birgalikda  yana  boshqa
metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga quyidagilar kiradi: JK
normalarining sanksya va dispozitsiyasini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yuridik
metod; son  ko‘rsatkichlari  orqali  jinoyat-huquqiy  tushunchalar  va  hodisalarni
sifatiy xilma-xilligini ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida
so‘rovlar  o‘tkazish  orqali  jinoyat  huquqining  turli  jihatlarini  o‘rganishda
qo‘llanadigan  sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, prinsiplari,
jinoyat, bir  qancha  jinoyatlar  sodir  etish,  ishtirokchilik, jinoiy javobgarlik va
jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir necha elementlardan iborat
bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga imkon beradigan  tizimli metod;
qonun  ijodkorligi,  huquqni  qo‘llash  va  ilmiy  tadqiqot  maqsadlarida  turli
davlatlarning  huquq  tizimi  va  qonunchiligini  solishtirishga  imkon  beradigan
qiyosiy-huquqiy  metod; qonunchilik  va  huquqni  qo‘llash  sohasida  o‘tmish
tajribasidan foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar.
2. Jinoyat  huquqining  huquq  tizimida  tutgan  o‘rni  va  uning  boshqa
huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi.
Jinoyat  huquqining  huquq  tizimida  tutgan  o‘rni  va  uning  boshqa  huquq
sohalari bilan o‘zaro aloqasi:
Jinoyat huquqi huquq tizimidagi bir qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir.
Ayniqsa  jinoyat-protsessual  huquqi, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat-
ijroya huquqi fanlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yuqorida aytilgan fanlarning
jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi eng avvalo, ular vazifalarining umumiyligida,
2
Logotip
jinoyat qonuni prinsiplari: qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi prinsiplaridir. metodlar – bu jinoyat huquqini samarali o‘zlashtirish usul va uslublariga aytiladi. jinoyat huquqi metodikasi jinoyat-huquqiy tushuncha va hodisalarni o‘rganishda qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisini, tizimini ifodalaydi. Falsafiy metod hisoblangan dialektik metod bilan birgalikda yana boshqa metodlardan ham foydalanish lozim. Bunday metodlarga quyidagilar kiradi: JK normalarining sanksya va dispozitsiyasini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan yuridik metod; son ko‘rsatkichlari orqali jinoyat-huquqiy tushunchalar va hodisalarni sifatiy xilma-xilligini ko‘rsatishga imkon beruvchi statistik metod; aholi orasida so‘rovlar o‘tkazish orqali jinoyat huquqining turli jihatlarini o‘rganishda qo‘llanadigan sotsiologik metod; jinoyat huquqining jinoyat qonuni, prinsiplari, jinoyat, bir qancha jinoyatlar sodir etish, ishtirokchilik, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish kabi institutlarni sistema, ya’ni bir necha elementlardan iborat bo‘lgan yaxlit bir butunlik sifatida o‘rganishga imkon beradigan tizimli metod; qonun ijodkorligi, huquqni qo‘llash va ilmiy tadqiqot maqsadlarida turli davlatlarning huquq tizimi va qonunchiligini solishtirishga imkon beradigan qiyosiy-huquqiy metod; qonunchilik va huquqni qo‘llash sohasida o‘tmish tajribasidan foydalanishga yordam beradigan tarixiy metod va boshqalar. 2. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi. Jinoyat huquqining huquq tizimida tutgan o‘rni va uning boshqa huquq sohalari bilan o‘zaro aloqasi: Jinoyat huquqi huquq tizimidagi bir qator fanlar bilan bevosita bog‘liqdir. Ayniqsa jinoyat-protsessual huquqi, kriminologiya, kriminalistika, jinoyat- ijroya huquqi fanlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu yuqorida aytilgan fanlarning jinoyat huquqi bilan bog‘liqligi eng avvalo, ular vazifalarining umumiyligida, 2
ya’ni  jinoyatchilikka  qarshi  kurashning  umumiyligidadir.  Ana  shu  yuqorida
aytilgan  fanlarning norma va qoidalari faqat jinoyat fakti sodir etilishi munosabati
bilan  harakatga  keladi.  Ammo  ularning  har  birining  o‘zi  tartibga  soladigan
predmeti  va  uslubiga  ega.  Jinoyat  huquqi sodir  etilgan  qilmishning  jinoyat
ekanligini aniqlash va shu jinoyat uchun jazo tayinlashni tartibga solsa,  jinoyat
protsessual huquqi sodir etilgan jinoyat yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov
organlarining surishtiruv va tergov ishlarini olib borish ishni sudda ko‘rish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyatini tartibga soladi.  Jinoyat ijroiya huquqi esa, jinoyat
sodir etganligi munosabati bilan jinoiy jazoga hukm qilinganlarning jazosini ijro
etishdan kelib chiqqan munosabatlarni tartibga soladi.  Jinoyat huquqi, jinoyat
protsessual huquqi, kriminologiya, kriminalistika va jinoyat-ijroiya huquqi
fanlari uchun moddiy fan hisoblanib, bu fanlar o‘z boshlang‘ich asoslarini jinoyat
huquqidan oladi.
Jinoyat hodisasi jinoyat -huquqiy nuqtai nazardan olinganda, bu hodisa inson
tomonidan jinoyat qonuni bilan taqiqlangan aktni  sodir qilish deb baholanadi va
bu faqat jinoyat huquqida  ishlab chiqiladi. Sodir etilgan qilmishga jinoyat tarkibi
qoidalari tadbiq etilib, jinoyat tarkibining to‘rtta tomoni, ya’ni jinoyatning ob’ekti,
ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomonlari tahlil qilinib, Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining muayyan moddasi  belgilariga taqqoslab ko‘riladi va o‘sha
moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan deb hisoblanadi.
Jinoyat  huquqi  ma’lum  darajada  ma’muriy  huquq bilan  bog‘liqdir.
Ma’muriy huquq ma’muriy huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan munosabatlarni
tartibga  solsa,  jinoyat  huquqi  jinoiy  huquq  buzishdan  kelib  chiqadigan
munosabatlarni  tartibga  soladi.  Jinoyat  kodeksi  Maxsus  qismining  bir  qancha
moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana
shunday qilmishni sodir qilsa qilmish jinoyatga o‘sib chiqqan hisoblanadi va shaxs
jinoiy javobgarlikka tortiladi.
3. Jinoyat huquqi tizimi. umumiy va maxsus qismlar:
3
Logotip
ya’ni jinoyatchilikka qarshi kurashning umumiyligidadir. Ana shu yuqorida aytilgan fanlarning norma va qoidalari faqat jinoyat fakti sodir etilishi munosabati bilan harakatga keladi. Ammo ularning har birining o‘zi tartibga soladigan predmeti va uslubiga ega. Jinoyat huquqi sodir etilgan qilmishning jinoyat ekanligini aniqlash va shu jinoyat uchun jazo tayinlashni tartibga solsa, jinoyat protsessual huquqi sodir etilgan jinoyat yuzasidan surishtiruv, dastlabki tergov organlarining surishtiruv va tergov ishlarini olib borish ishni sudda ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatini tartibga soladi. Jinoyat ijroiya huquqi esa, jinoyat sodir etganligi munosabati bilan jinoiy jazoga hukm qilinganlarning jazosini ijro etishdan kelib chiqqan munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, kriminologiya, kriminalistika va jinoyat-ijroiya huquqi fanlari uchun moddiy fan hisoblanib, bu fanlar o‘z boshlang‘ich asoslarini jinoyat huquqidan oladi. Jinoyat hodisasi jinoyat -huquqiy nuqtai nazardan olinganda, bu hodisa inson tomonidan jinoyat qonuni bilan taqiqlangan aktni sodir qilish deb baholanadi va bu faqat jinoyat huquqida ishlab chiqiladi. Sodir etilgan qilmishga jinoyat tarkibi qoidalari tadbiq etilib, jinoyat tarkibining to‘rtta tomoni, ya’ni jinoyatning ob’ekti, ob’ektiv tomoni, sub’ekti va sub’ektiv tomonlari tahlil qilinib, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining muayyan moddasi belgilariga taqqoslab ko‘riladi va o‘sha moddada nazarda tutilgan jinoyat sodir etilgan deb hisoblanadi. Jinoyat huquqi ma’lum darajada ma’muriy huquq bilan bog‘liqdir. Ma’muriy huquq ma’muriy huquqbuzarlikdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga solsa, jinoyat huquqi jinoiy huquq buzishdan kelib chiqadigan munosabatlarni tartibga soladi. Jinoyat kodeksi Maxsus qismining bir qancha moddalarida muayyan qilmish uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs yana shunday qilmishni sodir qilsa qilmish jinoyatga o‘sib chiqqan hisoblanadi va shaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi. 3. Jinoyat huquqi tizimi. umumiy va maxsus qismlar: 3
Jinoyat huquqi (uning shakli sifatida Jinoyat kodeksi ham) ikki qismdan —
Umumiy va Maxsus qismlardan tashkil topgan. 
Umumiy qismi jinoyat huquqining umumiy qoidalari va prinsiplaridan iborat.
Jinoyat huquqining Umumiy qismi ikkita asosiy tushuncha bilan bog‘liq bo‘lib,
ular jinoyat va jazo tushunchalaridir. Qonun Jinoyat kodeksining vazifalari va
prinsiplarini; jinoyat qonunining hudud va vaqt bo‘yicha amal qilish kuchini;
jinoiy javobgarlikning asoslarini belgilaydi; har bir fan tarmog‘i o‘ziga tegishli
sohaga tushuncha beradi va jinoyat huquqi ham jinoyatlarni turkumlarga ajratadi
(tasniflaydi); ayb va uning shakllarini belgilaydi; jinoiy javobgarlikka tortilish
yoshini va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi;
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar doirasini belgilaydi va ularning
mazmunini ochib beradi; jinoyat bosqichlari va ishtirokchilikda sodir etiladigan
jinoyatlarning tasnifini beradi; jazoning maqsadi va har bir jinoiy jazoning tizimini
berib,  har  bir  jazoning  mazmunini  ochib  beradi;  jinoiy  javobgarlik  va  jazo
tayinlash hamda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning mazmunini ochib
beradi;  voyaga  yetmaganlarning  javobgarligini  alohida  ajratib  belgilaydi  va
nihoyat tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini belgilaydi.
Maxsus qismi alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarni sodir etganlik uchun
tayinlanadigan jazolarni belgilaydi. Jinoyat huquqi ana shu ikki qismdan iborat
bo‘lsada Umumiy va Maxsus qismlari bir biridan alohida mustaqil huquq sohalari
bo‘lmasdan, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bir butun yagona jinoyat
huquqini  tashkil  etadi.  Ularning  yagonaligi  vazifalarining  birligida  va  biri
ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmasligidadir. Jinoyat huquqining Maxsus qismida
alohida jinoyatlar va shu jinoyatni sodir qilganlik uchun jazo belgilangan bo‘lsa,
Umumiy  qismi  moddalarida  Maxsus  qismi  moddalarining  amalda  qo‘llanish
qoidalari   o‘z  ifodasini   topgan.  Qisqa  qilib  aytganda,  Umumiy  qismining
moddalari Maxsus qismi moddalarining amalda qo‘llashning kaliti hisoblanadi.
Ular hayotda amalda tadbiq etishda birgalikda qatnashadi. Jinoyat kodeksining
Umumiy  qismining   normalariga  murojaat  qilmasdan  Maxsus  qismining
normalarini amalda tadbiq etib bo‘lmaydi, Umumiy qismining normalarini amalda
4
Logotip
Jinoyat huquqi (uning shakli sifatida Jinoyat kodeksi ham) ikki qismdan — Umumiy va Maxsus qismlardan tashkil topgan. Umumiy qismi jinoyat huquqining umumiy qoidalari va prinsiplaridan iborat. Jinoyat huquqining Umumiy qismi ikkita asosiy tushuncha bilan bog‘liq bo‘lib, ular jinoyat va jazo tushunchalaridir. Qonun Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplarini; jinoyat qonunining hudud va vaqt bo‘yicha amal qilish kuchini; jinoiy javobgarlikning asoslarini belgilaydi; har bir fan tarmog‘i o‘ziga tegishli sohaga tushuncha beradi va jinoyat huquqi ham jinoyatlarni turkumlarga ajratadi (tasniflaydi); ayb va uning shakllarini belgilaydi; jinoiy javobgarlikka tortilish yoshini va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar doirasini belgilaydi; qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar doirasini belgilaydi va ularning mazmunini ochib beradi; jinoyat bosqichlari va ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning tasnifini beradi; jazoning maqsadi va har bir jinoiy jazoning tizimini berib, har bir jazoning mazmunini ochib beradi; jinoiy javobgarlik va jazo tayinlash hamda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning mazmunini ochib beradi; voyaga yetmaganlarning javobgarligini alohida ajratib belgilaydi va nihoyat tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini belgilaydi. Maxsus qismi alohida jinoyatlar va shu jinoyatlarni sodir etganlik uchun tayinlanadigan jazolarni belgilaydi. Jinoyat huquqi ana shu ikki qismdan iborat bo‘lsada Umumiy va Maxsus qismlari bir biridan alohida mustaqil huquq sohalari bo‘lmasdan, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bir butun yagona jinoyat huquqini tashkil etadi. Ularning yagonaligi vazifalarining birligida va biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmasligidadir. Jinoyat huquqining Maxsus qismida alohida jinoyatlar va shu jinoyatni sodir qilganlik uchun jazo belgilangan bo‘lsa, Umumiy qismi moddalarida Maxsus qismi moddalarining amalda qo‘llanish qoidalari o‘z ifodasini topgan. Qisqa qilib aytganda, Umumiy qismining moddalari Maxsus qismi moddalarining amalda qo‘llashning kaliti hisoblanadi. Ular hayotda amalda tadbiq etishda birgalikda qatnashadi. Jinoyat kodeksining Umumiy qismining normalariga murojaat qilmasdan Maxsus qismining normalarini amalda tadbiq etib bo‘lmaydi, Umumiy qismining normalarini amalda 4