JINOYAT OB’EKTI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

67,5 KB


JINOYAT OB’EKTI
reja:
1. Jinoyat ob’ekti tushunchasi va mazmuni.
2. Jinoyat ob’ektining turlari.
3. Jinoyat predmeti tushunchasi va ahamiyati.
1. JINOYaT OB’EKTI TUShUNChASI VA MAZMUNI
Ob’ekt  deganda - O‘zbekiston  Respublikasi  jinoyat  qonuni  bilan
qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar (shaxsning huquq va erkinliklari,
jamiyat va davlat manfaatlari, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi) majmui
tushuniladi. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida, ushbu ijtimoiy munosabatlarga
zarar yetkaziladi yoki shunday zarar yetkazish real xavfi ostida qoladi.
Ob’ektning ahamiyati:
- ob’ekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, JK Maxsus qism
moddasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishligi;
- sodir etilgan qilmishda ob’ekt bo‘lmasa, u jinoyat sifatida e’tirof etilmasligi;
- jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilishida ifodalanadi.
Ijtimoiy  munosabatlar bu -  insonlar  o‘rtasidagi  ularning  hayot  faoliyati
jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir.
Ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish deganda – 
- shaxsning huquq va erkinliklariga;
- jamiyat va davlat manfaatlariga;
- tabiiy muhitga;
1
Logotip
JINOYAT OB’EKTI reja: 1. Jinoyat ob’ekti tushunchasi va mazmuni. 2. Jinoyat ob’ektining turlari. 3. Jinoyat predmeti tushunchasi va ahamiyati. 1. JINOYaT OB’EKTI TUShUNChASI VA MAZMUNI Ob’ekt deganda - O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar (shaxsning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tabiiy muhit, tinchlik, insoniyat xavfsizligi) majmui tushuniladi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilishi natijasida, ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkaziladi yoki shunday zarar yetkazish real xavfi ostida qoladi. Ob’ektning ahamiyati: - ob’ekt jinoyat tarkibining zaruriy elementi hisoblanib, JK Maxsus qism moddasida to‘g‘ridan - to‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishligi; - sodir etilgan qilmishda ob’ekt bo‘lmasa, u jinoyat sifatida e’tirof etilmasligi; - jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qilishida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar bu - insonlar o‘rtasidagi ularning hayot faoliyati jarayonida vujudga keladigan ma’lum aloqalardir. Ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish deganda – - shaxsning huquq va erkinliklariga; - jamiyat va davlat manfaatlariga; - tabiiy muhitga; 1
- tinchlikka;
- insoniyat xavfsizligiga tajovuz qilinishi nazarda tutiladi. 
2. JINOYaT OB’EKTINING TURLARI
Jinoyat ob’ekti:
- Umumiy ob’ekt;
- Maxsus ob’ekt;
- Bevosita ob’ekt turlariga bo‘linadi.
Umumiy ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy
munosabatlar tushuniladi.
Maxsus ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy - siyosiy
va iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir - biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy
munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhiga aytiladi. 
- Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflash
imkonini beradi;
-  Maxsus  ob’ekt  JK  Maxsus  qismi  tuzilishini  shakllantirish  bo‘lim  va
boblarga ajratishning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Jinoyatning  bevosita  ob’ekti deganda –  ijtimoiy  xavfli  tajovuz  sodir
etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. 
- jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ushbu ijtimoiy munosabat bevosita
zarar ko‘radi;
- bevosita ob’ekt JK Maxsus qismining har bir moddasida aks etadi;
Bevosita ob’ekt ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi:
- asosiy bevosita ob’ekt;
- qo‘shimcha bevosita ob’ekt;
-fakultativ bevosita ob’ektga.
Bevosita ob’ektning bunday bo‘linishi - jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir
2
Logotip
- tinchlikka; - insoniyat xavfsizligiga tajovuz qilinishi nazarda tutiladi. 2. JINOYaT OB’EKTINING TURLARI Jinoyat ob’ekti: - Umumiy ob’ekt; - Maxsus ob’ekt; - Bevosita ob’ekt turlariga bo‘linadi. Umumiy ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan barcha ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Maxsus ob’ekt deb – jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy - siyosiy va iqtisodiy mohiyatlari jihatidan bir - biriga o‘xshash yoki yaqin bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan ijtimoiy munosabatlar guruhiga aytiladi. - Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismidagi jinoyat-huquqiy normalarni tasniflash imkonini beradi; - Maxsus ob’ekt JK Maxsus qismi tuzilishini shakllantirish bo‘lim va boblarga ajratishning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. Jinoyatning bevosita ob’ekti deganda – ijtimoiy xavfli tajovuz sodir etilayotganda bevosita tajovuz qaratilgan ijtimoiy munosabat tushuniladi. - jinoiy qilmish sodir etilishi natijasida ushbu ijtimoiy munosabat bevosita zarar ko‘radi; - bevosita ob’ekt JK Maxsus qismining har bir moddasida aks etadi; Bevosita ob’ekt ham o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi: - asosiy bevosita ob’ekt; - qo‘shimcha bevosita ob’ekt; -fakultativ bevosita ob’ektga. Bevosita ob’ektning bunday bo‘linishi - jinoiy tajovuz bir vaqtning o‘zida bir 2
yoki bir necha ob’ektga qarshi qaratilgan bo‘lgandagina ahamiyat kasb etadi. 
Bunday tasniflanish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki
ob’ektli  jinoyatlarda  zarar  asosiy  ob’ektdan  tashqari  boshqa  ob’ektga  ham
yetkazilib u - qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. 
Asosiy  bevosita ob’ekt deb – ijtimoiy xavfli  tajovuz to‘g‘ridan - to‘g‘ri
qaratilgan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir (mas: JK
164-moddasi “Bosqinchilik” da asosiy bevosita ob’ekt – o‘zga shaxsning mulk
huquqi hisoblanadi).
Bu ob’ektga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzning yo‘qligi - jinoyat tarkibi
mavjud emasligini anglatadi.
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt deb - bu asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda
tajovuzga  uchraydigan  jinoyat  qonuni  bilan  qo‘riqlanadigan  yana  bir  boshqa
ijtimoiy  munosabatlarga  aytiladi  (mas:  JK  164-moddasi  “Bosqinchilik”da
qo‘shimcha bevosita ob’ekt – shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i bo‘lib hisoblanadi.
Ya’ni  aybdor  mulkni  talon-toroj  qilishda  mulk  egasining  mulkiy  huquqlariga
tajovuz qilish bilan birga uning hayoti yoki sog‘ligiga ham zarar yetkazadi). 
Qo‘shimcha bevosita ob’ekt murakkab tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lib,
boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Fakultativ bevosita ob’ekt deb - asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda
ijtimoiy xavfli tajovuzga uchrashi yoki uchramasligi ham mumkin bo‘lgan jinoyat
qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi (mas: JK 277-
moddasi “Bezorilik”da – o‘zganing mulk huquqi fakultativ ob’ekt bo‘lib kelishi
mumkin.  Ya’ni  aybdor  asosiy  bevosita  ob’ekt  hisoblangan  jamoat  tartibidan
tashqari o‘zga shaxslarning mulk huquqlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar
yetkazmasligi mumkin).
Fakultativ ob’ekt  bu - shunday  ijtimoiy munosabatlardirki, jinoyat  sodir
etilganda unga zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Ushbu holat
esa, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi.
3
Logotip
yoki bir necha ob’ektga qarshi qaratilgan bo‘lgandagina ahamiyat kasb etadi. Bunday tasniflanish ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ikki ob’ektli jinoyatlarda zarar asosiy ob’ektdan tashqari boshqa ob’ektga ham yetkazilib u - qo‘shimcha bevosita ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Asosiy bevosita ob’ekt deb – ijtimoiy xavfli tajovuz to‘g‘ridan - to‘g‘ri qaratilgan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir (mas: JK 164-moddasi “Bosqinchilik” da asosiy bevosita ob’ekt – o‘zga shaxsning mulk huquqi hisoblanadi). Bu ob’ektga qarshi qaratilgan jinoiy tajovuzning yo‘qligi - jinoyat tarkibi mavjud emasligini anglatadi. Qo‘shimcha bevosita ob’ekt deb - bu asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda tajovuzga uchraydigan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan yana bir boshqa ijtimoiy munosabatlarga aytiladi (mas: JK 164-moddasi “Bosqinchilik”da qo‘shimcha bevosita ob’ekt – shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni aybdor mulkni talon-toroj qilishda mulk egasining mulkiy huquqlariga tajovuz qilish bilan birga uning hayoti yoki sog‘ligiga ham zarar yetkazadi). Qo‘shimcha bevosita ob’ekt murakkab tarkibli jinoyatlarda mavjud bo‘lib, boshqa jinoyat tarkibidan ajratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Fakultativ bevosita ob’ekt deb - asosiy bevosita ob’ekt bilan bir vaqtda ijtimoiy xavfli tajovuzga uchrashi yoki uchramasligi ham mumkin bo‘lgan jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi (mas: JK 277- moddasi “Bezorilik”da – o‘zganing mulk huquqi fakultativ ob’ekt bo‘lib kelishi mumkin. Ya’ni aybdor asosiy bevosita ob’ekt hisoblangan jamoat tartibidan tashqari o‘zga shaxslarning mulk huquqlariga ham zarar yetkazishi yoki zarar yetkazmasligi mumkin). Fakultativ ob’ekt bu - shunday ijtimoiy munosabatlardirki, jinoyat sodir etilganda unga zarar yetkazilishi ham, yetkazilmasligi ham mumkin. Ushbu holat esa, jinoyatni kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. 3