JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

18

File size

Fayl hajmi

109,0 KB


JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI.
Reja:
1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar
2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati
3. Dalillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati
4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari 
1
Logotip
JINOYAT-PROTSESSUAL ISBOTLASHNING AXLOQIY ASOSLARI. Reja: 1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar 2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati 3. Dalillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati 4. Dalillarning ayrim turlaridan foydalanishning axloqiy asoslari 1
1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar.
Dalillar va isbot qilishning umumiy shartlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 8 va 9-boblarida berilgan bo’lib, jinoyat sud ishlarini yuritish
normalari  tizimida  muhim  huquqiy  institutlar  hisoblanadi.  Jinoyat-protsessual
kodeksining 82-moddasi talabiga ko’ra quyidagilar isbotlanishi kerak: 
-
jinoyat ob’ekti; 
-
jinoyat tufayli etkazilgan zararning xususiyati va miqdori;
-
 jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi holatlar; 
-
sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida
ko’rsatib o’tilgan boshqa holatlari;
-
qilmish  va  ro’y  bergan  ijtimoiy  xavfli  oqibatlar  o’rtasidagi  sababiy
bog’lanish;
-
jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi;
-
jinoyat  to’g’ri  yoki  egri  qasd  bilan  yoxud  beparvolik  yoki  o’z-o’ziga
ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari;
-
ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar.
Ma’lumki,  jinoyat  ishi  bo‘yicha  dalillarning  umumiy  ta'rifi  JPKning  81-
moddasida berilgan. Ushbu modda talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz
bergan-bermaganligini, shu qilmishni  sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini  va
ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining,
tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan
har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi.
Bunday  ma'lumotlar  guvohning,  jabrlanuvchining,  gumon  qilinuvchining,
ayblanuvchining,  sudlanuvchining  ko‘rsatuvlari,  ekspertning  xulosasi,  ashyoviy
dalillar,  ovozli  yozuvlar,  videoyozuvlar,  kinotasvir  va  fotosuratlardan  iborat
materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan
aniqlanadi.
2
Logotip
1. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan holatlar. Dalillar va isbot qilishning umumiy shartlari O’zbekiston Respublikasi Jinoyat- protsessual kodeksining 8 va 9-boblarida berilgan bo’lib, jinoyat sud ishlarini yuritish normalari tizimida muhim huquqiy institutlar hisoblanadi. Jinoyat-protsessual kodeksining 82-moddasi talabiga ko’ra quyidagilar isbotlanishi kerak: - jinoyat ob’ekti; - jinoyat tufayli etkazilgan zararning xususiyati va miqdori; - jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi holatlar; - sodir etilgan jinoyatning vaqti, joyi, usuli, shuningdek Jinoyat kodeksida ko’rsatib o’tilgan boshqa holatlari; - qilmish va ro’y bergan ijtimoiy xavfli oqibatlar o’rtasidagi sababiy bog’lanish; - jinoyatning ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi; - jinoyat to’g’ri yoki egri qasd bilan yoxud beparvolik yoki o’z-o’ziga ishonish oqibatida sodir etilganligi, jinoyatning sabablari va maqsadlari; - ayblanuvchining, sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar. Ma’lumki, jinoyat ishi bo‘yicha dalillarning umumiy ta'rifi JPKning 81- moddasida berilgan. Ushbu modda talabiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va ishni to‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bo‘ladigan har qanday haqiqiy ma'lumotlar jinoyat ishi bo‘yicha dalil hisoblanadi. Bunday ma'lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, sudlanuvchining ko‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi. 2
Dalillar to‘g‘risidagi ta'limot jinoyat-protsessining eng muhim qismlaridan biri
hisoblanadi. Agar jinoyat-protsessi deyilganda jinoyat ishining ma'lum harakatlanishi
tushunilsa, jinoyat ishlarini sudda yuritishda qabul qilinadigan qarorlar, shu jumladan
sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to‘g‘risidagi asosiy qarorlar dalillargagina
asoslanib chiqariladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, dalillar muammosi jinoyat
ishlarini sudda yuritishning butun tizimida markaziy bo‘g‘inni tashkil etadi.
Ma’lumki, jinоyat protsessning mаqsаdlаrigа, ya`ni jinоyat sоdir etgan hаr bir
shаxsgа аdоlаtli jаzо bеrilishi hаmdа аybi bo‘lmаgаn hеch bir shаxs jаvоbgаrlikkа
tоrtilmаsligi vа hukm qilinmаsligi, аybdоrlаrni fоsh etishgа erishish uchun zаruriy bir
shаrtgа аmаl qilinishi lоzim. Bu sart - hаqiqаtdа qаndаy hоdisа yuz bеrgаnligini,
jinоyatni kim vа qаndаy hоlаtlаrdа sоdir etganligini аniqlаnishi hisоblаnаdi. Jinоiy
hоdisа isbоt qilish mаjburiyati yuklаtilgаn surishtiruvchi, tеrgоvchi, prоkurоr hаmdа
sud uchun o‘tmish hоdisаsi bo‘lgаnligi sаbаbli, uning bаrchа hоlаtlаrini ulаr fаqаt
isbоt qilish vоsitаsi bo‘lmish dаlillаr yordаmidа аniqlаshlаri vа tеgishli xulоsаgа
kеlishlаri mumkin. 
Dalilning ishga  aloqadorligi ko‘rilayotgan ish holatlari bilan bog‘liqligiga
ko‘ra belgilansa, dalillarning maqbulligi esa qonun bilan belgilanadi. Ya’ni, qonun
faktlar  to‘g‘risidagi  ma'lumotlardan  qaysi  manbalardan  dalil  sifatida  foydalanish
mumkinligini  belgilab beradi.  Unga ko‘ra, dalillarning maqbulligi  quyidagilarni:
ma'lumotlarning kelib chiqishini bilish hamda ularni tekshirish imkoniyati, ushbu
ma'lumotlar  to‘g‘risida  xabar  berayotgan  shaxs  tomonidan  ularni  qabul  qilish
imkoniyati,  isbot  qilishning  ham  umumiy  qoidalariga,  ham  muayyan  turdagi
axborotni to‘plash va qayd etish qoidalariga rioya etish (JPKning 17, 18, 20, 22, 87-
92, 110, 111, 198-202, 208-m. va h.), protsessning muayyan bosqichini tartibga
soladigan hamda jinoyat ishini yuritayotgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan
qoidalariga  rioya  etishni  nazarda  tutadi.  Qonunda  belgilanmagan  manbalardan
olingan dalillardan foydalanishga yo‘l  qo‘yilmaydi (JPKning 81-m. 2-q.). Mish-
mishlar, taxminlar, tezkor-qidiruv ma'lumotlari dalil sifatida ko‘rilishi mumkin emas.
Ular tekshirilgunga hamda protsessual harakatlar yo‘li bilan tasdiqlangunga qadar
3
Logotip
Dalillar to‘g‘risidagi ta'limot jinoyat-protsessining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Agar jinoyat-protsessi deyilganda jinoyat ishining ma'lum harakatlanishi tushunilsa, jinoyat ishlarini sudda yuritishda qabul qilinadigan qarorlar, shu jumladan sudlanuvchining aybdorligi yoki aybsizligi to‘g‘risidagi asosiy qarorlar dalillargagina asoslanib chiqariladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, dalillar muammosi jinoyat ishlarini sudda yuritishning butun tizimida markaziy bo‘g‘inni tashkil etadi. Ma’lumki, jinоyat protsessning mаqsаdlаrigа, ya`ni jinоyat sоdir etgan hаr bir shаxsgа аdоlаtli jаzо bеrilishi hаmdа аybi bo‘lmаgаn hеch bir shаxs jаvоbgаrlikkа tоrtilmаsligi vа hukm qilinmаsligi, аybdоrlаrni fоsh etishgа erishish uchun zаruriy bir shаrtgа аmаl qilinishi lоzim. Bu sart - hаqiqаtdа qаndаy hоdisа yuz bеrgаnligini, jinоyatni kim vа qаndаy hоlаtlаrdа sоdir etganligini аniqlаnishi hisоblаnаdi. Jinоiy hоdisа isbоt qilish mаjburiyati yuklаtilgаn surishtiruvchi, tеrgоvchi, prоkurоr hаmdа sud uchun o‘tmish hоdisаsi bo‘lgаnligi sаbаbli, uning bаrchа hоlаtlаrini ulаr fаqаt isbоt qilish vоsitаsi bo‘lmish dаlillаr yordаmidа аniqlаshlаri vа tеgishli xulоsаgа kеlishlаri mumkin. Dalilning ishga aloqadorligi ko‘rilayotgan ish holatlari bilan bog‘liqligiga ko‘ra belgilansa, dalillarning maqbulligi esa qonun bilan belgilanadi. Ya’ni, qonun faktlar to‘g‘risidagi ma'lumotlardan qaysi manbalardan dalil sifatida foydalanish mumkinligini belgilab beradi. Unga ko‘ra, dalillarning maqbulligi quyidagilarni: ma'lumotlarning kelib chiqishini bilish hamda ularni tekshirish imkoniyati, ushbu ma'lumotlar to‘g‘risida xabar berayotgan shaxs tomonidan ularni qabul qilish imkoniyati, isbot qilishning ham umumiy qoidalariga, ham muayyan turdagi axborotni to‘plash va qayd etish qoidalariga rioya etish (JPKning 17, 18, 20, 22, 87- 92, 110, 111, 198-202, 208-m. va h.), protsessning muayyan bosqichini tartibga soladigan hamda jinoyat ishini yuritayotgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan qoidalariga rioya etishni nazarda tutadi. Qonunda belgilanmagan manbalardan olingan dalillardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi (JPKning 81-m. 2-q.). Mish- mishlar, taxminlar, tezkor-qidiruv ma'lumotlari dalil sifatida ko‘rilishi mumkin emas. Ular tekshirilgunga hamda protsessual harakatlar yo‘li bilan tasdiqlangunga qadar 3
taxminiy  xususiyatgagina  ega  bo‘ladi,  va  ular  muayyan  taxminlarni,  dalillar
joylashgan joyni va shu kabilarni ko‘rsatishi mumkin xalos1. 
Jinoyat ishi bo’icha ish yuritayotganda haqiqatni aniqlash muommasi ko’p
jihatlarga,  jumladan  axloqiy  jihatga  ham  ega.  M.S.  Strogovich,  “…  jinoyat
protsessida haqiqat muammosi bu nafaqat yuridik, balki kam bo’lmagan darajada etik
muammo ham hisoblanadi”, deb yozgan edi. U yana “… etika nuqtai nazaridan u
juda kam va kuchsiz o’rganilgan”2.
Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlash qonun tomonidan to’g’ridan-to’g’ri
sud’yalarga yuklangan majburiyat o’zida nafaqat yuridik balki odil sudlovni amalga
oshirayotganlarning  axloqiy burchi hamdir. Sud’ya, aybsizni, ayblov tomonidan
unga nisbatan qandaydir dalillar to’plangan bo’lsa, himoyachi ayblovga ishonchli
tarzda qarshi turolmagan bo’lsa, sudlashga axloqiy huquqqa ega bo’lmaydi. 
Sud’yaning  jinoyat  ish  holatlarini  tekshirishga  yuzaki  yondashishi,  uning
ko’rilayotgan ishga befarqligi va sustligi oqibatida haqiqatda aybdor bo’lganning
oqlanishi hukmni asoslantirilmaganlikka va adolatsiz bo’lishga olib keladi. Bunday
hukmning chiqarilishi sud’yaning o’z  axloqiy burchiga bo’lgan talablarni unutib,
ulardan yuz o’girishi oqibatida sodir etiladi.
O’zbekiston qonunchiligida, o’zbek olimlarining sovet davridan oldingi va
sovet davrida ham sudda haqiqatni aniqlashga bo’lgan talab hech bir ikkilanishga olib
kelmagan, hamisha muhim protsessual talablardan biri bo’lib kelgan.
 Ammo keyingi paytlarda sud haqiqatni aniqlash holatida emas, suddan har bir
ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni talab qilishga asos yo’q degan fikrlar tashviqot
qilinmoqda3. Bizningcha ham sud’yalarni haqiqatni aniqlashdan osod qilish haqidagi
bu  noo’rin  fikr  yuritayotganlarga  qarshi  L.D.Kокоrev  asosli  ravishda  shunday
yozgan: “Bunday fikrlashlar ortida nafaqat kasbiy nochorlik, balki ish materiallariga
tayangan sud’yalik ichki ishonchiga asoslangan holda isbotlashni amalga oshirishga
1 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009.
2 Проблемы судебной этики/Под ред. М. С. Строговича. С. 85.
3 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 c.
4
Logotip
taxminiy xususiyatgagina ega bo‘ladi, va ular muayyan taxminlarni, dalillar joylashgan joyni va shu kabilarni ko‘rsatishi mumkin xalos1. Jinoyat ishi bo’icha ish yuritayotganda haqiqatni aniqlash muommasi ko’p jihatlarga, jumladan axloqiy jihatga ham ega. M.S. Strogovich, “… jinoyat protsessida haqiqat muammosi bu nafaqat yuridik, balki kam bo’lmagan darajada etik muammo ham hisoblanadi”, deb yozgan edi. U yana “… etika nuqtai nazaridan u juda kam va kuchsiz o’rganilgan”2. Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlash qonun tomonidan to’g’ridan-to’g’ri sud’yalarga yuklangan majburiyat o’zida nafaqat yuridik balki odil sudlovni amalga oshirayotganlarning axloqiy burchi hamdir. Sud’ya, aybsizni, ayblov tomonidan unga nisbatan qandaydir dalillar to’plangan bo’lsa, himoyachi ayblovga ishonchli tarzda qarshi turolmagan bo’lsa, sudlashga axloqiy huquqqa ega bo’lmaydi. Sud’yaning jinoyat ish holatlarini tekshirishga yuzaki yondashishi, uning ko’rilayotgan ishga befarqligi va sustligi oqibatida haqiqatda aybdor bo’lganning oqlanishi hukmni asoslantirilmaganlikka va adolatsiz bo’lishga olib keladi. Bunday hukmning chiqarilishi sud’yaning o’z axloqiy burchiga bo’lgan talablarni unutib, ulardan yuz o’girishi oqibatida sodir etiladi. O’zbekiston qonunchiligida, o’zbek olimlarining sovet davridan oldingi va sovet davrida ham sudda haqiqatni aniqlashga bo’lgan talab hech bir ikkilanishga olib kelmagan, hamisha muhim protsessual talablardan biri bo’lib kelgan. Ammo keyingi paytlarda sud haqiqatni aniqlash holatida emas, suddan har bir ish bo’yicha haqiqatni aniqlashni talab qilishga asos yo’q degan fikrlar tashviqot qilinmoqda3. Bizningcha ham sud’yalarni haqiqatni aniqlashdan osod qilish haqidagi bu noo’rin fikr yuritayotganlarga qarshi L.D.Kокоrev asosli ravishda shunday yozgan: “Bunday fikrlashlar ortida nafaqat kasbiy nochorlik, balki ish materiallariga tayangan sud’yalik ichki ishonchiga asoslangan holda isbotlashni amalga oshirishga 1 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. 2 Проблемы судебной этики/Под ред. М. С. Строговича. С. 85. 3 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 40-50 c. 4
axloqiy qodir emasligi, xato uchun javobgarlik oldida qo’rquv yashirinib yotadi.
Tergovchi,  prokuror,  sud’ya  o’zlarining  axloqiy  kuchlariga ishonishlari  lozim,
isbotlashni  mustaqil  amalga  oshirishlari,  haqiqatni  aniqlashlari,  asoslantirilgan,
adolatli qarorlar qabul qilishlari va o’zlarining to’g’ri harakatlari va qarorlari uchun
hech qanday javobgarlikdan qo’rqmasliklari kerak”4.
Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashning imkoniyatini inkor qilish odil
sudlovni axloqiy maqsad va mohiyatdan mahrum etadi va har qanday adolatsizlikni
qo’llab quvvatlashga olib keladi. Haqiqatni aniqlash isbotlashning  yuksak axloqli
maqsadi hisoblanadi  va  unga  erishmasdan  turib  adolatli  odil  sudlovga  erishib
bo’lmaydi. 
4 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Этика уголовного процесса: Учебное пособие. Воронеж, 1993. С. 66.
5
Logotip
axloqiy qodir emasligi, xato uchun javobgarlik oldida qo’rquv yashirinib yotadi. Tergovchi, prokuror, sud’ya o’zlarining axloqiy kuchlariga ishonishlari lozim, isbotlashni mustaqil amalga oshirishlari, haqiqatni aniqlashlari, asoslantirilgan, adolatli qarorlar qabul qilishlari va o’zlarining to’g’ri harakatlari va qarorlari uchun hech qanday javobgarlikdan qo’rqmasliklari kerak”4. Jinoyat ishi bo’yicha haqiqatni aniqlashning imkoniyatini inkor qilish odil sudlovni axloqiy maqsad va mohiyatdan mahrum etadi va har qanday adolatsizlikni qo’llab quvvatlashga olib keladi. Haqiqatni aniqlash isbotlashning yuksak axloqli maqsadi hisoblanadi va unga erishmasdan turib adolatli odil sudlovga erishib bo’lmaydi. 4 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Этика уголовного процесса: Учебное пособие. Воронеж, 1993. С. 66. 5
2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati. 
Isbotlashning axloqiy jihati aybsizlik prezumptsiyasi bilan va uning talabidan
kelib  chqadigan  ayblov  tomonida  bolgan  isbotlashning  majburiyligiga  bevosita
bog’liq bo’ladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  26  -moddasida  “Jinoyat  sodir
etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora
ko’rib  chiqilib,  uning  aybi  aniqlanmaguncha  u  aybdor  hisoblanmaydi.  Sudda
ayblanayotgan  shaxsga  o’zini  himoya  qilish  uchun  barcha  sharoitlar  ta’minlab
beriladi” deb belgilab qo’yilgan. Suningdek ushbu moddada “ Hech kim qiynoqqa
solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa
tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” ligi va “Hech kimda uning roziligisiz
tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”ligi qat’iy belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  “Aybsizlik
prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida Konstitutsiyaning 26 - moddasida
aytilganlarni rivojlantirib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining
aybsizligini isbotlab berishi shart emas, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti
ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi
yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak, deb belgilangan.
Aybsizlik prezumptsiyasi  shaxsning  bahosini  va qadr-qimmatini  tan olishni
bildiradi. 
Davlat organi yoki boshqa bir shaxs kimnidir jinoyat sodir etganlikda ayblagan
bo’lsa, u aksi vakolatli sud hokimiyati organi tomonidan odil sudlovning barcha
kafolatlariga rioya qilgan holda isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi. 
6
Logotip
2. Isbotlash majburiyligining axloqiy jihati. Isbotlashning axloqiy jihati aybsizlik prezumptsiyasi bilan va uning talabidan kelib chqadigan ayblov tomonida bolgan isbotlashning majburiyligiga bevosita bog’liq bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 -moddasida “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi” deb belgilab qo’yilgan. Suningdek ushbu moddada “ Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas” ligi va “Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o’tkazilishi mumkin emas”ligi qat’iy belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining “Aybsizlik prezumptsiyasi” deb nomlangan 23-moddasida Konstitutsiyaning 26 - moddasida aytilganlarni rivojlantirib, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas, aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo’lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak, deb belgilangan. Aybsizlik prezumptsiyasi shaxsning bahosini va qadr-qimmatini tan olishni bildiradi. Davlat organi yoki boshqa bir shaxs kimnidir jinoyat sodir etganlikda ayblagan bo’lsa, u aksi vakolatli sud hokimiyati organi tomonidan odil sudlovning barcha kafolatlariga rioya qilgan holda isbotlanmagunga qadar aybsiz hisoblanadi. 6
 
Inson va fuqaroning jinoyat sodir qilishdagi ayblov bilan bog’liq barcha
huquqlarini cheklashlar bunga haqiqiy va yuridik asoslar bo’lgandagina yo’l
qo’yiladi. Bu choralar ayblovning og’irligiga mos bo’lishi kerak va ayblanuvchining
shaxsini, uning o’ziga va yaqinlariga keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni hisobga
olgan holda, ehtiyotkorlik bilan qo’llanishi lozim. 
Aybsizlik prezumptsiyasini odil sudlovning shaxsning huquqiy holatini
ko’rsatuvchi tamoili deb tan olish amalda muhim axloqiy va huquqiy oqibatlarni
olib keladi. 
Aybsizlik prezumptsiyasidan jinoyat ishining holatlarini dastlabki tergovda va
sudda har tomonlama,  to’liq va haqqoniy tekshirishni talab qiladi. Masalan,
tergovdagi  ayblov  tomonga  og’ish  aybsizlik  prezumptsiyasiga  sid  harakat
hisoblanadi. Tergovchi jinoyatni ochish jarayonida,  aybdorni fosh etib,  ayblovni
inkor 
qiladigan,
 gumon 
qilinuvchining,
 ayblanuvchining 
javobgarligi
engillashtiradigan barcha holatlarni aniqlashi lozim. Tergovchi shunday yo’sinda o’z
tashabbusi bilan,  huquqiy va axloqiy burchga tayangan holda ish yuritishi kerak.
Ishni har tomonlama,  to’liq va haqqoniy o’rganish,  sud tergovini shu yo’sinda
o’tkazish sud’yaga yuklatilgan,  qaysikim bu o’rinda tomonlarning yordamiga
tayanadi.
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksida  isbotlash
majburiyatining taqsimlanishi aybsizlik prezumptsiyasi harakati bilan ifodalanadi va
bu axloqan asoslangan. Ayblanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashga majbur emas.
Ayblanuvchidan unga nisbatan qo’yilgan ayblovni qo’rqitish yo’li bilan rad qilishni
talab  qilish  axloqsizlik  hisoblanadi.  Su  bilan  birga  gumon  qilinuvchida,
ayblanuvchida isbotlashda ishtirok etishga xohish uyg’otish, agar u xohlasa sodir
etilgan hodisa  bo’yicha  o’z  taxmimiy fikri  bo’lsa  bildirishi,  fikrini  tasdiqlovchi
dalillarni aytishi qonunga sid hisoblanmaydi.5 Ushbu qoida O’z R Jinoyat-protsessual
kodeksida  bir  qator  kafolatlarni  vujudga  keltiradi.  Masalan,  gumon  qilinuvchi,
ayblanuvchi  tomonidan  sudgacha  bo’lan  bosqichda  jinoyat  ishi  bo’yicha
himoyachining ishtirokisiz berilgan ko’rsatuvlari, himoyachini rad qilgan hollarni
5 Кокорев Л. Д., Котов Д. П. Указ. соч. С. 67.
7
Logotip
Inson va fuqaroning jinoyat sodir qilishdagi ayblov bilan bog’liq barcha huquqlarini cheklashlar bunga haqiqiy va yuridik asoslar bo’lgandagina yo’l qo’yiladi. Bu choralar ayblovning og’irligiga mos bo’lishi kerak va ayblanuvchining shaxsini, uning o’ziga va yaqinlariga keltirishi mumkin bo’lgan oqibatlarni hisobga olgan holda, ehtiyotkorlik bilan qo’llanishi lozim. Aybsizlik prezumptsiyasini odil sudlovning shaxsning huquqiy holatini ko’rsatuvchi tamoili deb tan olish amalda muhim axloqiy va huquqiy oqibatlarni olib keladi. Aybsizlik prezumptsiyasidan jinoyat ishining holatlarini dastlabki tergovda va sudda har tomonlama, to’liq va haqqoniy tekshirishni talab qiladi. Masalan, tergovdagi ayblov tomonga og’ish aybsizlik prezumptsiyasiga sid harakat hisoblanadi. Tergovchi jinoyatni ochish jarayonida, aybdorni fosh etib, ayblovni inkor qiladigan, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining javobgarligi engillashtiradigan barcha holatlarni aniqlashi lozim. Tergovchi shunday yo’sinda o’z tashabbusi bilan, huquqiy va axloqiy burchga tayangan holda ish yuritishi kerak. Ishni har tomonlama, to’liq va haqqoniy o’rganish, sud tergovini shu yo’sinda o’tkazish sud’yaga yuklatilgan, qaysikim bu o’rinda tomonlarning yordamiga tayanadi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida isbotlash majburiyatining taqsimlanishi aybsizlik prezumptsiyasi harakati bilan ifodalanadi va bu axloqan asoslangan. Ayblanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashga majbur emas. Ayblanuvchidan unga nisbatan qo’yilgan ayblovni qo’rqitish yo’li bilan rad qilishni talab qilish axloqsizlik hisoblanadi. Su bilan birga gumon qilinuvchida, ayblanuvchida isbotlashda ishtirok etishga xohish uyg’otish, agar u xohlasa sodir etilgan hodisa bo’yicha o’z taxmimiy fikri bo’lsa bildirishi, fikrini tasdiqlovchi dalillarni aytishi qonunga sid hisoblanmaydi.5 Ushbu qoida O’z R Jinoyat-protsessual kodeksida bir qator kafolatlarni vujudga keltiradi. Masalan, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan sudgacha bo’lan bosqichda jinoyat ishi bo’yicha himoyachining ishtirokisiz berilgan ko’rsatuvlari, himoyachini rad qilgan hollarni 5 Кокорев Л. Д., Котов Д. П. Указ. соч. С. 67. 7
hisobga  olganda  ham,  lekin  bu  gumon  qilinuvchi,  ayblanuvchi  tomonidan
tasdiqlanmagan holda nomaqbul hisoblanadi. O’z R Jinoyat-protsessual kodeksining
108-modda  2-qismida  agar  so’roq  qilingan  shaxs  ilgari  bergan  ko’rsatuvlarini
to’ldirish yoki o’zgartish istagini bildirsa, ayblanuvchining o’zining xohishi bilan
qo’shimcha so’roq amalgam oshirilishi mukin. 
 
JPKning  110-moddasi  2-qismiga  binoan  sud  tergovi  ketayotganda
sudlanuvchiga  istagan  vaqtida  ko’rsatuv  berish  huquqi  sud’ya  tomonidan
ta’minlanishi  shart.  Agar  sudlanuvchi  biror  sud  harakati  o’tkazilayotgan  paytda
ko’rsatuv berish to’g’risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq
ko’rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. 
Ayblovni isbotlashning majburiyligi ayblovchi zimmasida bo’lishi oldin aytib
o’tilgan qoidadan kelib chiqadi. Kim, kimnidir jinoyat sodir qilganlikda ayblayotgan
bo’lsa, u o’zining fikrini isbotlashga yuridik va  axloqiy majburiyatga ega bo’ladi.
Etarli dalil bo’lmasdan turib insonni jinoyatchi deb atashlik axloqsizlik hisoblanadi.
Dalilsiz ayblash axloqsizlikdir. 
8
Logotip
hisobga olganda ham, lekin bu gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan tasdiqlanmagan holda nomaqbul hisoblanadi. O’z R Jinoyat-protsessual kodeksining 108-modda 2-qismida agar so’roq qilingan shaxs ilgari bergan ko’rsatuvlarini to’ldirish yoki o’zgartish istagini bildirsa, ayblanuvchining o’zining xohishi bilan qo’shimcha so’roq amalgam oshirilishi mukin. JPKning 110-moddasi 2-qismiga binoan sud tergovi ketayotganda sudlanuvchiga istagan vaqtida ko’rsatuv berish huquqi sud’ya tomonidan ta’minlanishi shart. Agar sudlanuvchi biror sud harakati o’tkazilayotgan paytda ko’rsatuv berish to’g’risida istak bildirsa, sud unga shu harakatlar tugashi bilanoq ko’rsatuv berish uchun imkoniyat yaratadi. Ayblovni isbotlashning majburiyligi ayblovchi zimmasida bo’lishi oldin aytib o’tilgan qoidadan kelib chiqadi. Kim, kimnidir jinoyat sodir qilganlikda ayblayotgan bo’lsa, u o’zining fikrini isbotlashga yuridik va axloqiy majburiyatga ega bo’ladi. Etarli dalil bo’lmasdan turib insonni jinoyatchi deb atashlik axloqsizlik hisoblanadi. Dalilsiz ayblash axloqsizlikdir. 8
3. D alillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati
O’zbekiston  Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksining  “Haqiqatni
aniqlash” ga bag’ishlangan 22-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud
ish bo’yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda
topilgan,  tekshirilgan  va  baholangan  ma’lumotlardan  foydalanish  mimkinligini,
gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan
va  ishda  ishtirok  etuvchi  boshqa  shaxslardan  zo’rlash,  qo’rqitish,  huquqlarini
cheklash  va qonunga xilof  bo’lgan o’zgacha  choralar  bilan ko’rsatuvlar  olishga
harakat qilish man etilishi belgilab qo’yilgan. 
Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik
bilan, har tomonlama, to’la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga
keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham
fosh  qiladigan,  ham  oqlaydigan,  shuningdek  uning  javobgarligini  ham
engillshtiradigan,  ham  og’irlashtiradigan  holatlar  aniqlanishi  va  hisobga  olinishi
lozim. 
Sud’ya, xalq maslahatchilari, chuningdek prokuror, tergovchi, surishtiruvchi
dalillarga o’zining ichki ishonchlari bilan, qonunga va vijdoniga rioya qilgan holda
baho beradi. Hech bir dalil oldindan aniqlanganlik kuchiga ega bo’lmaydi. Dalillarga
ichki ishonchga asoslanib baho berish deganda shuni tushinmoq kerakki, ya’ni sud’ya
o’z  sud’yalik  va  insonlik  vijdoni  oldida  o’zi  chiqargan  isbotlangan  yoki
isbotlanmagan  ayblov  uchun  va  uning  oqibati  uchun  javobgar  bo’ladi.  Qaror
chiqarishda erkin hisoblangan sud’ya o’zi chiqargan qarorlar uchun jamiyat oldida,
sudlanuvchi,  jabrlanuvchi,  protsessning  boshqa  ishtirokchilari  oldida,  ular  bilan
bo’lgan kasbiy va insoniylik hissi, axloqiy munosabatlari bilan javob beradi. 
Harakatdagi  dalillarga  baho  berish  tamoiliga  tarixan  yuzaki  yondashilib
kelinganligini ta’kidlash joiz. Qonun chiqaruvchi tomonidan sud’yalarga dalillarga
9
Logotip
3. D alillarni erkin baholashning axloqiy ahamiyati O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining “Haqiqatni aniqlash” ga bag’ishlangan 22-moddasida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ish bo’yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma’lumotlardan foydalanish mimkinligini, gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo’rlash, qo’rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo’lgan o’zgacha choralar bilan ko’rsatuvlar olishga harakat qilish man etilishi belgilab qo’yilgan. Jinoyat ishi bo’yicha isbotlanishi lozim bo’lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to’la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham engillshtiradigan, ham og’irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim. Sud’ya, xalq maslahatchilari, chuningdek prokuror, tergovchi, surishtiruvchi dalillarga o’zining ichki ishonchlari bilan, qonunga va vijdoniga rioya qilgan holda baho beradi. Hech bir dalil oldindan aniqlanganlik kuchiga ega bo’lmaydi. Dalillarga ichki ishonchga asoslanib baho berish deganda shuni tushinmoq kerakki, ya’ni sud’ya o’z sud’yalik va insonlik vijdoni oldida o’zi chiqargan isbotlangan yoki isbotlanmagan ayblov uchun va uning oqibati uchun javobgar bo’ladi. Qaror chiqarishda erkin hisoblangan sud’ya o’zi chiqargan qarorlar uchun jamiyat oldida, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, protsessning boshqa ishtirokchilari oldida, ular bilan bo’lgan kasbiy va insoniylik hissi, axloqiy munosabatlari bilan javob beradi. Harakatdagi dalillarga baho berish tamoiliga tarixan yuzaki yondashilib kelinganligini ta’kidlash joiz. Qonun chiqaruvchi tomonidan sud’yalarga dalillarga 9
baho berishning majburiy qoidalarini  oldindan belgilab qo’yilar  edi. Sud’yaning
vazifasi  mavjud  dalillarnigina  sanab  o’tishdan  iborat  bo’lardi  xalos. “Bu  tizim,
sud’yaning ishonchini cheklab, uning faoliyatiga berahm rasmiyatchilik unsurlarini
kiritib, bir qator holatlarda haqiqiy aybdorni aniqlashga, aybini bo’yniga qo’yishga
ojiz, ammo insonning shaxsiy hayotini sindirishga etarli kuchga ega bo’lgan jinoyat
sudini tashkil etgan edi…, deb yozgan edi А. F. Коni”6.
Ichki  ishonch  bo’yicha  dalillarga  erkin  baho  berish  tamoili  sud’yaga
sudlanuvchining aybdorligi yoki aybdor emasligini hal qilishning to’g’riligi uchun
to’liq javobgarlikni yuklaydi. Dalillarga baho berishlik sud’yaning murakkab ichki
kechinmasi, faoliyati natijasi hisoblanadi, bunda aql ko’zgusi va vijdon amri - nidosi
muhim o’rin tutadi. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berishlik prokurorga ham,
tergovchiga ham shuningdek surishtiruv olib boruvchi shaxsga ham tegishlidir. Ichki
ishonch  bilan  dalillarga  baho  berish  tamoiliga  jinoyat  protsessining  boshqa
ishtirokchlari ham amal qilishi lozim.
Dalillarga sud’yaning ichki ishonchiga binoan baho berish bir necha-yuridik,
psixologik va axloqiy tomonlarga ega. Dalillarga baho berish ularning butun yig’ndisi
mazmun-mohiyatidan va ishning barcha holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Sud’yaning psixologik ichki ishonchi uning aql-idrok va sezgi holati hisoblanadi va u
yakuniy  qaror  qabul  qishda  qarorining  to’g’riligiga  ishonaqi,  qarorining  xato
emasligiga  ikkilanmasdan  unga  binoan  harakat  qiladi,  ya’ni  ayblov  yoki  oqlov
hukmini chiqarishga tayor bo’ladi.
Dalillarga  baho  berishning  axloqiy  ahamiyati  shundan  iborayki,  sud’ya
ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi to’g’risidagi qabul qilgan qarori va
uning oqibati uchun sud’yalik va qolaversa insonlik vijdoni oldida javobgar bo’ladi.
Sud’ya  ham  o’zining  intellectual,  psixologik  va  axloqiy  jihatlariga  ega  inson
bo’lganligi sababli, o’ziga yuklatilgan murakkab va mas’uliyatli vazifani bajarishda,
dalillarga baho berishda, oqibqtda ko’rilayotgan ish bo’yicha baho berishda xatoga
yo’l  qo’yish  mumkin.  Har  qanday  murakkab  ishlarda  xotoga  yo’l  qo’yilisi
mumkinligini hisobga olgan holda, sud’ya tomonidan ham xatoga yo’l qo’yilishi
6 Коni А. F. Собр. соч. Т. 4. С. 324.
10
Logotip
baho berishning majburiy qoidalarini oldindan belgilab qo’yilar edi. Sud’yaning vazifasi mavjud dalillarnigina sanab o’tishdan iborat bo’lardi xalos. “Bu tizim, sud’yaning ishonchini cheklab, uning faoliyatiga berahm rasmiyatchilik unsurlarini kiritib, bir qator holatlarda haqiqiy aybdorni aniqlashga, aybini bo’yniga qo’yishga ojiz, ammo insonning shaxsiy hayotini sindirishga etarli kuchga ega bo’lgan jinoyat sudini tashkil etgan edi…, deb yozgan edi А. F. Коni”6. Ichki ishonch bo’yicha dalillarga erkin baho berish tamoili sud’yaga sudlanuvchining aybdorligi yoki aybdor emasligini hal qilishning to’g’riligi uchun to’liq javobgarlikni yuklaydi. Dalillarga baho berishlik sud’yaning murakkab ichki kechinmasi, faoliyati natijasi hisoblanadi, bunda aql ko’zgusi va vijdon amri - nidosi muhim o’rin tutadi. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berishlik prokurorga ham, tergovchiga ham shuningdek surishtiruv olib boruvchi shaxsga ham tegishlidir. Ichki ishonch bilan dalillarga baho berish tamoiliga jinoyat protsessining boshqa ishtirokchlari ham amal qilishi lozim. Dalillarga sud’yaning ichki ishonchiga binoan baho berish bir necha-yuridik, psixologik va axloqiy tomonlarga ega. Dalillarga baho berish ularning butun yig’ndisi mazmun-mohiyatidan va ishning barcha holatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sud’yaning psixologik ichki ishonchi uning aql-idrok va sezgi holati hisoblanadi va u yakuniy qaror qabul qishda qarorining to’g’riligiga ishonaqi, qarorining xato emasligiga ikkilanmasdan unga binoan harakat qiladi, ya’ni ayblov yoki oqlov hukmini chiqarishga tayor bo’ladi. Dalillarga baho berishning axloqiy ahamiyati shundan iborayki, sud’ya ayblovning isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi to’g’risidagi qabul qilgan qarori va uning oqibati uchun sud’yalik va qolaversa insonlik vijdoni oldida javobgar bo’ladi. Sud’ya ham o’zining intellectual, psixologik va axloqiy jihatlariga ega inson bo’lganligi sababli, o’ziga yuklatilgan murakkab va mas’uliyatli vazifani bajarishda, dalillarga baho berishda, oqibqtda ko’rilayotgan ish bo’yicha baho berishda xatoga yo’l qo’yish mumkin. Har qanday murakkab ishlarda xotoga yo’l qo’yilisi mumkinligini hisobga olgan holda, sud’ya tomonidan ham xatoga yo’l qo’yilishi 6 Коni А. F. Собр. соч. Т. 4. С. 324. 10
tabiiy hol.  Sud’ya o’zi tomonidan ko’rilib boshlangan ishi oxiriga etkazishi, ya’ni hal
qilishi lozim bo’ladi va bu jarayonda tavakkalchilikka hamda sud xatolariga yol
qo’yilishi ham mumkin. 
Bu borada olimlar va amaliyotchilar tomonidan fikrlar bildirilganligining o’zi
buni tasdiqlab kelmoqda. Jinoyat protsessi va sud etikasi muammolarini o’rgangan
olimlardan М. S. Strogovich: “...xatoga bo’lgan huquq biron bir joydan na yuridik va
na axloqiy munosabatlardan kelib chiqmaydi. Sud xatolari bo’lgan, hozirda ham
mavjud va ularning kelgusida ham bo’lishi bilan ktlishishga to’g’ri keladi. Ammo
sud’yalarning,  shuningdek  tergovchining  va  prokurorning  ham  jinoyat  ishlarini
tergov qilishda va qilishda xatoga yo’l qo’yishga haqlari yoq, bunday huquq ularda
ilgari yo’q edi, hozirda ham mavjud emas va bundan keyin ham bo’lmaydi. Sud
xatosi bu hamisha qonunni buzish hisoblanadi. Kimda va qachon qonunni buzish
« huquqi »   bor!  Jinoyat  protsessida  “xatoga  yo’l  qo’yish  huquqi”  bu  axloq
qoidalariga zid, axloqsiz tushuncha hisoblanadi, va u faqat kelgusida qonunchilikning
va  axloqning  buzilishini  keltirib  chiqarishi  mumkin»7degan  edi. 
 М.  S.
Strogovichning bu fikri bilan boshqa olimlar ham kelishgan.8 Biz ham bu fikr bilan
kelishmaslikning iloji yo’q deb hisoblaymiz. Chunki sudning xatosi bu avvalombor
aybsiz shaxsni aybdor deb topish, ya’ni uni sudlash hisoblanadi. Sud’yda buning
uchun  axloqiy  huquq  bor  deyilihi  o’z-o’zidan  asossizligini  ko’rsatadi.  Ushbu
olimlarning fikrini tasdiqlagan holda sudning xatosi ish bo’yicha isbotlangan haqiqiy
holatga qaramasdan, ishda unga qarshi to’plangan, inkor qilib bo’lmaydigan dalillarni
e’tiborga olmasdan aybdor shaxsni  oqlashda ham  ko’rinadi. Oqibatda jinoyatchi
muqarrar  jazodan  qutilib  qoladi.  Bunday  xatolar  qatoriga  amaliyotda  uchrab
kelayotgan qilmishlarni noto’g’ri tavsiflash, shuningdek aybdorga nisbatan ko’ra
bilib adolatsiz jazo tayinlashlarni ham kiritish mumkin. Agar sudning bunday xatoga
yo’l  qo’yilishi  qasddan,  bila  turib  sodir  etilmagan  bo’lsa,  bunday  xatoni  sud
tomonidan sudlanuvchining aybdor yoki aybsiz drb topish va jazo tayinlash haqidagi
qarori deb baholashlik lozim bo’ladi. Ayrim mualliflarning asarlarida va amaliyotda
7 Проблемы судебной этики. S. 88.
8 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск,
2005.
11
Logotip
tabiiy hol. Sud’ya o’zi tomonidan ko’rilib boshlangan ishi oxiriga etkazishi, ya’ni hal qilishi lozim bo’ladi va bu jarayonda tavakkalchilikka hamda sud xatolariga yol qo’yilishi ham mumkin. Bu borada olimlar va amaliyotchilar tomonidan fikrlar bildirilganligining o’zi buni tasdiqlab kelmoqda. Jinoyat protsessi va sud etikasi muammolarini o’rgangan olimlardan М. S. Strogovich: “...xatoga bo’lgan huquq biron bir joydan na yuridik va na axloqiy munosabatlardan kelib chiqmaydi. Sud xatolari bo’lgan, hozirda ham mavjud va ularning kelgusida ham bo’lishi bilan ktlishishga to’g’ri keladi. Ammo sud’yalarning, shuningdek tergovchining va prokurorning ham jinoyat ishlarini tergov qilishda va qilishda xatoga yo’l qo’yishga haqlari yoq, bunday huquq ularda ilgari yo’q edi, hozirda ham mavjud emas va bundan keyin ham bo’lmaydi. Sud xatosi bu hamisha qonunni buzish hisoblanadi. Kimda va qachon qonunni buzish « huquqi » bor! Jinoyat protsessida “xatoga yo’l qo’yish huquqi” bu axloq qoidalariga zid, axloqsiz tushuncha hisoblanadi, va u faqat kelgusida qonunchilikning va axloqning buzilishini keltirib chiqarishi mumkin»7degan edi. М. S. Strogovichning bu fikri bilan boshqa olimlar ham kelishgan.8 Biz ham bu fikr bilan kelishmaslikning iloji yo’q deb hisoblaymiz. Chunki sudning xatosi bu avvalombor aybsiz shaxsni aybdor deb topish, ya’ni uni sudlash hisoblanadi. Sud’yda buning uchun axloqiy huquq bor deyilihi o’z-o’zidan asossizligini ko’rsatadi. Ushbu olimlarning fikrini tasdiqlagan holda sudning xatosi ish bo’yicha isbotlangan haqiqiy holatga qaramasdan, ishda unga qarshi to’plangan, inkor qilib bo’lmaydigan dalillarni e’tiborga olmasdan aybdor shaxsni oqlashda ham ko’rinadi. Oqibatda jinoyatchi muqarrar jazodan qutilib qoladi. Bunday xatolar qatoriga amaliyotda uchrab kelayotgan qilmishlarni noto’g’ri tavsiflash, shuningdek aybdorga nisbatan ko’ra bilib adolatsiz jazo tayinlashlarni ham kiritish mumkin. Agar sudning bunday xatoga yo’l qo’yilishi qasddan, bila turib sodir etilmagan bo’lsa, bunday xatoni sud tomonidan sudlanuvchining aybdor yoki aybsiz drb topish va jazo tayinlash haqidagi qarori deb baholashlik lozim bo’ladi. Ayrim mualliflarning asarlarida va amaliyotda 7 Проблемы судебной этики. S. 88. 8 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 11
sudlarning ishlariga  baho  berishda  sudning xatosiga  “so’zning keng  ma’nosida”
hukmda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaning noto’g’ri hal etilishi deb
qarashlar mavjud. Bu fikr bir tomondan sud xatosi bilan, ikkinchi tomondan muayan
masala bo’yica sudning xato qarori o’rtasidagi sigatiy farqning yo’qolishiga olib
keladi.9 Bu fikrga qo’shilgan holda amaliyotda kelib chiqib, aytish orinli bo’ladi,
ya’ni ish bo’yicha qilmishning sodir etilgan-etilmaganligi, kim tomonidan, qachon,
qaerda  sodir  etilganligi  va  boshqa  holatlarni  aniqlashda  yuzaga  keladigan  ichki
ishonch  eng  avvalo  dalillarga  baho  berishga  bog’liq  bo’ladi.  Sudlanuvchining
qilmishiga  yuridik baho  berishlik  va unga nisbatan  jazo choralarini  belgilashlik
sud’yaning xulosa va qarorining to’g’riligi va adolatligigi bo’yicha ichki ishonchiga
mos bo’ladi. Sud’ya ish bo’yicha bir qarorga kelishga asos bo’lgan qonun va axloqiy
normalar uning ushbu ish bo’yicha ichki ishonchini to’g’ri shakllantirishga asos
yaratadi.  Isbotlash doirasi – faktlar va holatlar summasining shunday yetarliligini
ta'minlashdirki, u qonun, huquqiy ong va amaliyot asosida tergovchi va sudyalarga
isbotlash predmetining barcha elementlari amalda mavjudligiga ichki ishonch hosil
qilish imkonini beradi10.
Sud’yaning  ko’rilayotgan  ish  bo’yicha  ichki  ishonchi  sud’yalarning
mustaqilligi, erkinligi sharoitida, bunday urinishlarga qarshi kurashish majburiyligi
asnosida  amalga  oshiriladi.  Sud’yada  ish  bo’icha  ichki  ishonch  ish  holatlarini
atroflicha o’rganish natijasida yuzaga kelishi va ish bo’yicha atroflicha teshirilgan
ishga aloqador, yaroqli, maqbul, protsessual qonun talablariga to’liq rioya qilingan
holda to’plangan ish bo’yicha etarli dalillarga asoslanishi kerakligi talab etiladi.   
9 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 
2005.
10 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. –B. 220-
221. Jinoyat protsessi. Umumiy qism. /Z.F. Inog`omjonovaning umumiy tahriri ostida. T, Adolat, 2007. –B.265. 
12
Logotip
sudlarning ishlariga baho berishda sudning xatosiga “so’zning keng ma’nosida” hukmda hal qilinishi lozim bo’lgan har qanday masalaning noto’g’ri hal etilishi deb qarashlar mavjud. Bu fikr bir tomondan sud xatosi bilan, ikkinchi tomondan muayan masala bo’yica sudning xato qarori o’rtasidagi sigatiy farqning yo’qolishiga olib keladi.9 Bu fikrga qo’shilgan holda amaliyotda kelib chiqib, aytish orinli bo’ladi, ya’ni ish bo’yicha qilmishning sodir etilgan-etilmaganligi, kim tomonidan, qachon, qaerda sodir etilganligi va boshqa holatlarni aniqlashda yuzaga keladigan ichki ishonch eng avvalo dalillarga baho berishga bog’liq bo’ladi. Sudlanuvchining qilmishiga yuridik baho berishlik va unga nisbatan jazo choralarini belgilashlik sud’yaning xulosa va qarorining to’g’riligi va adolatligigi bo’yicha ichki ishonchiga mos bo’ladi. Sud’ya ish bo’yicha bir qarorga kelishga asos bo’lgan qonun va axloqiy normalar uning ushbu ish bo’yicha ichki ishonchini to’g’ri shakllantirishga asos yaratadi. Isbotlash doirasi – faktlar va holatlar summasining shunday yetarliligini ta'minlashdirki, u qonun, huquqiy ong va amaliyot asosida tergovchi va sudyalarga isbotlash predmetining barcha elementlari amalda mavjudligiga ichki ishonch hosil qilish imkonini beradi10. Sud’yaning ko’rilayotgan ish bo’yicha ichki ishonchi sud’yalarning mustaqilligi, erkinligi sharoitida, bunday urinishlarga qarshi kurashish majburiyligi asnosida amalga oshiriladi. Sud’yada ish bo’icha ichki ishonch ish holatlarini atroflicha o’rganish natijasida yuzaga kelishi va ish bo’yicha atroflicha teshirilgan ishga aloqador, yaroqli, maqbul, protsessual qonun talablariga to’liq rioya qilingan holda to’plangan ish bo’yicha etarli dalillarga asoslanishi kerakligi talab etiladi. 9 Васильева Г.А. Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине Челябинск, 2005. 10 Мухаммадиев А.А.Далиллар назарияси муаммолари. Дарслик (кирилл ва лотинда) Т., ТДЮИ. 2009. –B. 220- 221. Jinoyat protsessi. Umumiy qism. /Z.F. Inog`omjonovaning umumiy tahriri ostida. T, Adolat, 2007. –B.265. 12