JINOYAT VA JINOYATLARNI TASNIFLASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

51,5 KB


JINOYAT VA JINOYATLARNI TASNIFLASH
reja:
1. Jinoyat tushunchasi va belgilari.
2. Jinoyatlarni tasniflash.
1. JINOYaT TUShUNChASI VA BELGILARI.
Jinoyat deb – jinoyat qonuni bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish
(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi (JK 14-
moddasi 1-qismi).
Faqatgina, qilmish (harakat yoki harakatsilik) jinoyat bo‘la oladi. Jinoyat
sodir qilish to‘g‘risidagi fikr jinoyat sifatida qabul qilinmaydi.
Jinoyat belgilari quyidagilar:
- qilmishning ijtimoiy xavfliligi;
- qilmishning huquqqa xilofliligi;
- qilmishda aybning mavjudligi;
- qilmishning jazoga sazovorligi.
Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bu – sodir qilingan qilmish jinoyat qonuni
bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki shunday zarar
yetkazish real xavfini tug‘dirishi mumkinligini anglatadi.
Qilmishning  huquqqa  xilofliligi  deganda –  sodir  qilingan  qilmishning
jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini anglatadi.
Qilmishda aybning mavjudligi deganda  - sodir qilingan qilmish qasddan
yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini anglatadi.
Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa - sodir qilingan qilmish uchun
JK Maxsus  qism  moddalarida nazarda tutilgan jazo  choralarining tayinlanishi
1
Logotip
JINOYAT VA JINOYATLARNI TASNIFLASH reja: 1. Jinoyat tushunchasi va belgilari. 2. Jinoyatlarni tasniflash. 1. JINOYaT TUShUNChASI VA BELGILARI. Jinoyat deb – jinoyat qonuni bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi (JK 14- moddasi 1-qismi). Faqatgina, qilmish (harakat yoki harakatsilik) jinoyat bo‘la oladi. Jinoyat sodir qilish to‘g‘risidagi fikr jinoyat sifatida qabul qilinmaydi. Jinoyat belgilari quyidagilar: - qilmishning ijtimoiy xavfliligi; - qilmishning huquqqa xilofliligi; - qilmishda aybning mavjudligi; - qilmishning jazoga sazovorligi. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi bu – sodir qilingan qilmish jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki shunday zarar yetkazish real xavfini tug‘dirishi mumkinligini anglatadi. Qilmishning huquqqa xilofliligi deganda – sodir qilingan qilmishning jinoyat qonuni bilan taqiqlanganligini anglatadi. Qilmishda aybning mavjudligi deganda - sodir qilingan qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini anglatadi. Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa - sodir qilingan qilmish uchun JK Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan jazo choralarining tayinlanishi 1
mumkinligini anglatadi.
Ijtimoiy xavflilik - jinoyatning moddiy belgisini;
Huquqqa xiloflilik esa - formal belgisini tashkil etadi.
2. JINOYaTLARNI TASNIFLASh
JK 15–moddasiga ko‘ra, jinoyatlar o‘zining xususiyati va ijtimoiy xavflilik
darajasiga ko‘ra tansniflanadi. 
Jinoyatning  ijtimoiy  xavflilik  xususiyati tajovuz  ob’ekti  (inson  hayoti,
sog‘lig‘i,  mulk,  jamoat  xavfsizligi),  ayb  shakliga  (qasd,  ehtiyotsizlik)  qarab
belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy
niyatning amalga oshirilganlik darajasi va bosqichlari, jinoyatni sodir etish usuli,
zarar miqdori va kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan
jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi. 
Jinoyatlarni tasniflash - jazo tayinlash, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish,
jazodan ozod qilishda e’tiborga olinadi.
JK 15-moddasida jinoyatlarning quyidagicha tasniflangan: 
- ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan;
- uncha og‘ir bo‘lmagan;
- og‘ir;
- o‘ta og‘ir jinoyatlar. 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda
besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo
nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda uch
yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum
2
Logotip
mumkinligini anglatadi. Ijtimoiy xavflilik - jinoyatning moddiy belgisini; Huquqqa xiloflilik esa - formal belgisini tashkil etadi. 2. JINOYaTLARNI TASNIFLASh JK 15–moddasiga ko‘ra, jinoyatlar o‘zining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra tansniflanadi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz ob’ekti (inson hayoti, sog‘lig‘i, mulk, jamoat xavfsizligi), ayb shakliga (qasd, ehtiyotsizlik) qarab belgilanadi. Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganlik darajasi va bosqichlari, jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori va kelib chiqqan oqibatlar og‘irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi. Jinoyatlarni tasniflash - jazo tayinlash, jinoiy javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilishda e’tiborga olinadi. JK 15-moddasida jinoyatlarning quyidagicha tasniflangan: - ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan; - uncha og‘ir bo‘lmagan; - og‘ir; - o‘ta og‘ir jinoyatlar. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarga - qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ortiq, lekin besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum 2