JISMONIY RIVOJLANISHNING ASOSIY KO'RSATKICHLARI
Bola organizmi doimiy o'sish va rivojlanishda bo'ladi hamda bu jarayon bola
hayotining turli davrlarida o'ziga xosdir. Bolaning jismoniy rivojlanishida tashqi
muhitning ta'siri kuchli bo'lganligi sababli, unga to'g'ri rivojlanish uchun yaxshi,
kulay sharoit yaratib berish zarur.
Yangi tug'ilgan chaqaloklar go'daklik davrida juda tez jismoniy rivojlanish
xususiyatiga ega bo'ladilar. O'z vaqtida tug'ilgan chaqaloqlarning vazni o'rtacha
3200-3500 g, bo'yi esa 50-52 smni tashkil etadi. Chaqaloqlik davrining 3-5 kunlariga
kelib, ularning vazni 5-8% ga kamayadi (150-180 g). Bu holatga bola vaznining
fiziologik kamayishi deyiladi. Lekin bu jarayon uzoqqa cho'zilmay, bola hayotining
7-10 kunlariga kelib, oldingi holatiga qaytadi; 5-6 oylik bolalarning vazni
tug'ilgandagi vazniga nisbatan 2 marotaba, go'daklik davrining oxiriga kelib esa 3-3,5
marotaba ortadi va 1 yoshda o'rtacha 10,5 kg ni tashkil qiladi. Bola vaznini taxminan
aniqlashning quyidagi formulasi mavjud:
Tana vaznini hisoblovchi formulalar:
1. Bolaning vazni tug'ulgandan 6 oygacha bo'lgan davr ichida har oy 800 gr dan
ortib boradi:
MBK=TTV + 800 x n
Bu yerda MBK - massasi bo'lishi kerak;
TTV - tug'ulgandagi tana vazni;
800 gr - har oy qo'shiladigan og'irlik;
n- bolaning necha oyligi.
2. Bolaning 6 oydan 1 yoshgacha bo'lgan davr ichida vazniga har oy 400 gr dan
qo'shib boradi:
MBK=TTV + 800 x 6 + 400 x (n-6)
3. Bolaning vazni 1 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan davr ichida har yili 2 kg ortadi.
MBK= 10kg + 2kg x n
Bu yerda 10 kg-1 yoshli bolaning o'rtacha vazni;
2 kg - har yili qo'shiladigan og'irlik n- bolaning necha yoshligi
4. Bolaning vazni 10 yoshdan keyin har yili 4 kg dan ortib boradi:
MBK= 30kg + 4 kg x (n-10)
Bu yerda 30 kg - 10 yoshli bolaning o'rtacha vazni; 4 kg - har yili qo'shiladigan
og'irlik.
Боланинг жисмоний ривожланишини баҳолаш учун унинг вазнидан
ташқари бўйи, бош ҳамда кўкрак қафаси айланасининг узунлигини
аниқлаш ҳам аҳамиятга эга.
Ой-куни етиб туғилган чақалоқларнинг бўйи 50-52 см ни ташкил
этиб, бошининг айланаси 34-35 см атрофида бўлади. Кўкрак қафасининг
айланаси янги туғилган чақалоқларда 32-34 см бўлиб, бош айланасидан 1-
2 см кичикдир. Гўдаклик даврининг охирги ойларига келиб, бош ва
кўкрак кафасининг айланаси тенглашади ва бундан кейин кўкрак
қафасининг айланаси бош айланаси узунлигидан ортиб боради. Бош
айланасининг узунлиги бола 6 ойлик бўлганда 44 см ни, 12 ойлик
бўлганда эса 47 смни ташкил этади. Болаларда бош айланасининг ўсиши
5 ёшдан сўнг анча сусаяди.
Бўйнинг ўсиши турли ёшларда бир текис бўлмайди - у асаб ва
эндокрин безларининт фаолиятига боғлиқ ҳолда ўзгаради. Мактаб ёшига
келиб (6-7 ёш), бўйнинг ўсиши яна кучаяди ва 8-10 смни ташкил қилади.
Балоғатга етиш (пубертат) даврига келиб: қизларда 10-11,5 ёшда, ўғил
болаларда эса 13,5-15,5 ёшда бўйнинг иккинчи «чўзилиши» кузатилади.
Бундан
кўриниб
турибдики,
боланинг
жисмоний
ривожланишини
баҳолашда турли кўрсаткичларнинг бир текисда бўлмаслигини ҳам
ҳисобга олиш зарурдир. Болаларнинг жисмоний ривожланиши, уларнинг
соғломлигини ифодаловчи муҳим кўрсаткич бўлиб хизмат қилади.
Шунинг учун ҳам тиббиёт ҳамширалари бу кўрсаткичларни аниқлаш
усулларини
ва
уларни
ўртача
кўрсаткичлар
(стандартлар)
билан
таққослашни
яхши
билишлари
даркор.
Болалар
жисмоний
ривожланишининг ҳар қандай ўзгаришлари (сусайиши ёки нотўғри
ривожланиши), уларнинг касалликлари ва нотўғри тарбияланишлари
туфайли юзага келиши мумкин. Бундай ўзгаришларни ўз вақтида
аниқлаш, касалликларнинг олдини олишда ва даволашда муҳим аҳамият
касб
этади.
Юқорида
қайд
қилинганидек,
боланинг
жисмоний
ривожланиши унинг яшаш шароитига, овқатланишига, тарбиясига,
жуғрофик иқлим шароитларига, касалликларга ва кўпгина бошқа
омилларга боғлиқдир. Шунинг учун ҳам мамлакатимизнинг турли
вилоятларида яшовчи болаларнинг жисмоний ривожланиши бир хил
даражада эмас. Демак, бу ҳол ҳар хил шароитда яшаётган болаларнинг
жисмоний ривожланишини тўғридан-тўғри таққослашни истисно қилади.
Tana vaznini hisoblovchi formulalar:
1. Bolaning vazni tug'ulgandan 6 oygacha bo'lgan davr ichida har oy 800 gr dan
ortib boradi:
MBK=TTV + 800 x n
Bu yerda MBK - massasi bo'lishi kerak;
TTV - tug'ulgandagi tana vazni;
800 gr - har oy qo'shiladigan og'irlik;
n- bolaning necha oyligi.
2. Bolaning 6 oydan 1 yoshgacha bo'lgan davr ichida vazniga har oy 400 gr dan
qo'shib boradi:
MBK=TTV + 800 x 6 + 400 x (n-6)
3. Bolaning vazni 1 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan davr ichida har yili 2 kg ortadi.
MBK= 10kg + 2kg x n
Bu yerda 10 kg-1 yoshli bolaning o'rtacha vazni;
2 kg - har yili qo'shiladigan og'irlik n- bolaning necha yoshligi
4. Bolaning vazni 10 yoshdan keyin har yili 4 kg dan ortib boradi:
MBK= 30kg + 4 kg x (n-10)
Bu yerda 30 kg - 10 yoshli bolaning o'rtacha vazni; 4 kg - har yili qo'shiladigan
og'irlik.
Bo'y uzunligini hisoblovchi formulalar:
1. Bolaning bo'yi tug'ulgandan 6 oygacha bo'lgan davr ichida har oy 2.5 sm ortib
boradi:
BBK=TBU + 2.5 x n
Bu yerda BBK- bo'y bo'lishi kerak;
TBU- tug'ulgandagi bo'y uzunligi;
2.5 sm- har oy qo'shilayotgan uzunlik;
N - bolaning necha oyligi.
2. Bola 6 oydan 2 yoshgacha bo'lgan davr ichida bo'yi har oy 2 sm dan ortib boradi:
BBK= TBU+2.5 x 6 +2 x (n-6)
3. Bolaning bo'yi 2 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan davr ichida har yili 8sm dan ortib
boradi:
BBK= 100 sm -8 sm (4-n)
Bu yerda 100 sm 4 yoshli bolaning o'rtacha bo'yi;
8 sm- har yili qo'shilayotgan uzunlik;
n- bolaning necha yoshligi.
4. Bolaning bo'yi 4 yoshdan keyin har yili 6 sm dan ortadi:
BBK=100sm + 6 sm x (n-4)
( 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun )
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash
- ovqatlanish darajasini baholash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- gorizontal tarozi;
- rezina qolqoplar;
- zararsizlantiruvchi eritma, salfetka;
- ruchka, qog'oz;
Zaruriy sharoit:
-bolani vazni ovqatlanishidan oldin, yechintirilgan holda, har gal muayyan
bir vaqtda, yaxshisi ertalab nonushtadan oldin o’lchanadi.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash
Muolajaga tayyorgarlik
- Onaga/bolaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash
- Tarozi tekis qattiq joyga o'rnatiladi.
Tekshirishning xaqqoniyligiga erishish.
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlash.
Muolajaning aniq bajarilishini
ta'minlash
- Tarozining lo'kidoni yopiq ekanligi
tekshiriladi. .
- Qo’llar yuvilib, artiladi, qo’lqoplar
kiyiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Tarozi idishi zararsizlantiruvchi eritma
bilan artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Taroziga bir necha marta buklangan toza
taglik to'shaladi, taglik shkalani yopmasligi
va tarozi toshlarining harakatlanishiga
xalaqit bermasligi kuzatiladi).
Bolaga qulay sharoit yaratish
- Tarozi toshlari nolga keltiriladi. Lo'kidon
ochiladi
- Tarozi tekshirilib, muvozanatga
keltiriladi.
Tekshirishning xaqqoniyligiga erishish
- Lo'kidon yopiladi.
Tarozining to'g’ri ishlashini
ta'mihlash
Muolajaning bajarilishi.
- Bolaning boshi tarozi idishining keng
tomoniga qaratib, yotqiziladi. (yoki
o’tqiziladi).
Tekshiruv natijalarining xaqqoniyligiga
erishish.
- Lo'kidon ochiladi.
- Tarozining kilogramm toshini, so ng
grammlar toshini siljitib, muvozanatga
keltiriladi.
Vazn o’lchashning to'g'riligi va xaqqoniy
natijaga erishishni ta'minlash
- Lo'kidon yopiladi va bola tarozidan
olinadi.
Tarozining to'g'ri ishlashini ta'minlash
Muolajani yakunlash
- Vazn kef rsatkichlari yozib olinadi.
Tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish.
- Tarozidan taglik olib tashlanadi. Tarozi
idishini zarasizlantiruvchi eritma bilan
artilai.
- Qo’lqop yechiladi, qo’llar yuvib, artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
Bo’y uzunligini o’lchash.
( 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun )
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- gorizontal bo’y o’lchagich;
- taglik;
- rezina qo’lqoplar
- zararsizlantiruvchi eritma, salfetka
- qog’oz ruchka.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash.
Muolajaga tayyorlanish.
- Bolaga/ onaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash.
- Gorizontal bo'y o’lchagich tekis va
mustahkam joyga (shkalasi o'ziga qaratilib)
o'rnatiladi.
Tekshirishning xaqqoniyligini
ta’minlash
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlanadi.
Muolajaning aniq va tez bajarilishini
ta'minlash.
- Qo’llar yuvilib, quritiladi, qo’lqoplar
kiyiladi.
- Bo’y o’lchagichning ishchi yuzasi
zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi.
- Bo'y oTchagich ustiga toza taglik to’shaladi
(raqamlar shkalasi yopilib qolmasligikerak);
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
Bolaga komfort sharoit yaratish.
Muolajani bajarish
- Bolaning boshi bo'y o’lchagichning
surilmaydigan tomoniga tegib turadigan qilib
yotqiziladi.
- Bolaning oyoqlarini tizzasini qo’l bilan asta
bosib turiladi.
- Suriladigan taxtacha oyoq kaftlariga
keltiriladi.
- Shkala bo'yicha bo'y uzunligi aniqlanadi.
Tekshirish natijalarini xaqqoniyligini
ta'minlash.
- Bola bo'y o’lchagichdan olinadi.
Muolajani yakunlash
- Natija yoziladi.
Tekshirish natijalarini xujjatlashtirish
- Natija bolaga/onaga xabar qilinadi.
Axborot olish huquqini ta'minlash
- Taglik bo'y o’lchagichdan olinadi.
B o y o’lchagichning ishchi yuzasi
zararsizlantiruvchi eritma bilan artiladi.
Qo’lqoplar yechiladi, qo’llar yuvilib, artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash.
Tana vaznini o’lchash
( 2 yoshdan katta bolalar uchun )
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash
- ovqatlanish darajasini baholash
Jihozlar:
- tibbiyot tarozi;
- rezina qo’lqoplar;
- zararsizlantiruvchi eritma,salfetka;
- qog’oz, ruchka;
Zaruriy sharoit
-bolani vazni ovqatlanishidan oldin, yechintirilgan holda, har gal muayyan
bir vaqtda, yaxshisi ertalabki nonushtadan oldin o’lchanadi.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash
Muolajaga tayyorgarlik
- Onaga/bolaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash
- Tarozi tekis qattiq joyga o'rnatiladi.
Tekshirishning xaqqoniyligiga erishish.
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlash.
Muolajaning aniq bajarilishini
ta'minlash
- Tarozining lo'kidoni yopiq ekanligi
tekshiriladi. .
- Qo’llar yuvilib, artiladi, qo’lqoplar
kiyiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Tarozi maydoni zararsizlantiruvchi eritma
bilan artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Tarozi ustiga salfetka to’shaladi.
Bolaga qulay sharoit yaratish
- Tarozi toshlari nolga keltiriladi.
- Lo'kidon ochiladi
- Tarozi tekshirilib, muvozanatga
keltiriladi.
Tekshirishning xaqqoniyligiga erishish
- Lo'kidon yopiladi.
Tarozining to'g’ri ishlashini
ta'mihlash
Muolajaning bajarilishi.
- Bola poyafzalini yechib, tarozi ustiga
chiqadi.
Tekshiruv natijalarining xaqqoniyligiga
erishish.
- Lo'kidon ochiladi.
- Tarozining kilogramm toshini, so ng
grammlar toshini siljitib, muvozanatga
keltiriladi.
Vazn o’lchashning to'g'riligi va xaqqoniy
natijaga erishishni ta'minlash
- Lo'kidon yopiladi va bola tarozidan
olinadi.
Tarozining to'g'ri ishlashini ta'minlash
Muolajani yakunlash
- Vazn ko’ rsatkichlari yozib olinadi va
onasiga aytiladi.
Tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish.
- Salfetka olib tashlanadi
- Tarozidan taglik olib tashlanadi. Tarozi
idishi zarasizlantiruvchi eritma bilan
artiladi.
- Qo’lqop yechiladi, qo’llar yuvib, artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
Bo’y uzunligini o’lchash.
( 2 yoshdan katta bolalar uchun )
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- vertikal bo’y o’lchagich;
- rezina qo’lqoplar
- zararsizlantiruvchi eritma, salfetka
- qog’oz ruchka.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash.
Muolajaga tayyorlanish.
- Bolaga/ onaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash.
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlanadi.
- Bo’y o’lchagich “skameyeichkkasi”ni
ko’tarish kerak.
Muolajaning aniq va tez bajarilishini
ta'minlash.
- Qo’llar yuviladi va quritiladi, qo’lqoplar
kiyiladi.
- Bo’y o’lchagich zararsizlantiruvchi eritma
bilan artiladi.
- Oyoq qo’yish joyiga salfetka to’shaladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
Bolaga komfort sharoit yaratish.
Muolajani bajarish
- Bo’y o’lchagichning surma taxtachasi
(lokidoni) ko’tariladi.
- Bolani poyafzalini yechib, o’lchagichga
chiqariladi va to’g’ri turishi ta’minlanadi.
- 4 nuqta: bolaning tovonlari orqasi, dumbasi,
kuraklari va ensasi o’lchagichga tegib turishi
kerak.
-Bolaning boshi sal oldinga shunday engashib
Tekshirish natijalarini xaqqoniyligini
ta'minlash.
tursinki, ko’z burchaklari va qanshari bir xil
gorizontal tekislikda bo’lsin.
- Bo’y o’lchagichning surma taxtachasini
(lokidoni) bola boshining gumbaziga
tekkuncha tushiriladi.
- shkalaga qarab bolaning bo’yi
santimetrlarda aniqlanadi.
- Bola bo'y o’lchagichdan olinadi.
Muolajani yakunlash
- Natija yoziladi.
Tekshirish natijalarini xujjatlashtirish
- Natija bolaga/onaga xabar qilinadi.
Axborot olish huquqini ta'minlash
- Salfetka olib tashlanadi.
- B o ’ y o’lchagich zararsizlantiruvchi
eritma bilan artiladi.
- Qo’lqoplar yechiladi, qo’llar yuvilib,
artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash.
Bolaning bosh aylanasini o’lchash.
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
- gidrosefaliyani aniqlash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- santimetr lentasi;
- 70 % li etil spirit, doka salfetka;
- qog’oz ruchka.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash.
Muolajaga tayyorlanish.
- Bolaga/ onaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash.
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlanadi.
Muolajaning aniq va tez bajarilishini
ta'minlash.
- Santimetr lentasini ikki tomoni ham spirtli
salfetkada artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Bola o’tqaziladi va yotqiziladi.
Bolaga komfort sharoit yaratish
Muolajani bajarish
- Santimetrli lenta old tomondan bolaning
peshonasiga – qosh yoyiga qo’yilib, orqa
tomondan – ensa do’mbog’I ostidan tortiladi.
-Hamshira barmoqlari lenta ustida bo’lishi
kerak.
Diqqat: tekshiruvchini barmog’I lenta va bola
ni boshini terisi orasida bo’lmasligi kerak.
Tekshirish natijalarini xaqqoniyligini
ta'minlash.
- Bosh aylanasi ko’rsatkichi aniqlanadi
Muolajani yakunlash
- Natija yoziladi.
Tekshirish natijalarini xujjatlashtirish
- Natija bolaga/onaga xabar qilinadi.
Axborot olish huquqini ta'minlash
Bolaning ko’krak qafasi aylanasini o’lchash.
Maqsad:
- bolaning jismoniy rivojlanishini baholash.
- gidrosefaliyani aniqlash.
Moddiy asbob-anjomlar:
- santimetr lentasi;
- 70 % li etil spirit, doka salfetka;
- qog’oz ruchka.
Muolaja bosqichlari
Muolajani asoslash.
Muolajaga tayyorlanish.
- Bolaga/ onaga tekshiruv
maqsadi va tartibi tushuntiriladi.
Bola va onaning haq-huququni va
tekshiruvga qatnashishini ta’minlash.
- Kerakli asbob-anjomlar tayyorlanadi.
Muolajaning aniq va tez bajarilishini
ta'minlash.
- Santimetr lentasini ikki tomoni ham spirtli
salfetkada artiladi.
Infeksion xavfsizlikni ta'minlash
- Bola o’tqaziladi va yotqiziladi.
Bolaga komfort sharoit yaratish
Muolajani bajarish
- Santimetrli lenta old tomondan – ko’kraklar
uchudan (4 qovurg’a ustidan),
orqa tomondan – kuraklarning pastki
burchaklaridan o’tkaziladi.
-Bola qo’llarini osiltirib, tinch nafas olib
turishi kerak.
- Ko’krak qafasi aylanasi ko’rsatkichi
Tekshirish natijalarini xaqqoniyligini
ta'minlash.
aniqlanadi
Muolajani yakunlash
- Natija yoziladi.
Tekshirish natijalarini xujjatlashtirish
- Natija bolaga/onaga xabar qilinadi.
Axborot olish huquqini ta'minlash