Jismoniy tarbiya asoslari
Reja:
1.Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va sport pedagogi faoliyatining o‘ziga xos
xususiyatlari. Sport pedagogiga qo‘yiladigan talablar.
2. Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogining qobiliyati.
3.Sportga oid o‘zaro munosabatlarda yuzaga keladigan nizolar tasnifi,
sabablari, hamda ularni oldini olish va bartaraf etish yo‘llari.
Pedagoglik kasbi mamlakatimizda eng sharafli kasblardan biridir.
O‘qituvchilik kasbi o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘ta individualdir. Har bir o‘qituvchining
muhim hayotiy o‘rni o‘z ishining ustasi bo‘lishdir. O‘qituvchi mahorati uning
faoliyatida ko‘rinadi. O‘qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va
mexanizmlarini yaxshi egallagan bo‘lishi lozim. Shu ma’noda pedagogning
umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik
bo‘ladi.
Mahorat - bu alohida qudrat. Yuqori va kichik darajada usta bo‘lishi mumkin
emas. Mahoratga erishish ham, erishmaslik ham mumkin. Haqiqiy usta mehnat
faoliyati chog‘idagina go‘zaldir. Pedagogik mahoratga yetishish o‘qituvchining
muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahorat yuksak
darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy etishini, pedagogik texnikani egallashni,
shuningdek, pedagog shaxsi, uning tajribasi, fuqarolik va kasbiy mavqeini
ifodalaydi.
Pedagogik bilimdonlik pedagogik sohada mahorat bilan ishlayotgan kishining
ta’lim va tarbiya ishida insoniyat to‘plagan barcha tajribalardan ratsional
foydalanish qobiliyatini ko‘zda tutar ekan, demak, u yetarli darajada pedagogik
faoliyat va munosabatlarning maqsadga muvofiq usullari va shakllarini egallashi
lozim bo‘ladi.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlikning bosh ko‘rsatkichi bu insonga, shaxsga
yo‘nalganlikdir.
Kasbiy-pedagogik bilimdonlik pedagogik voqelikni izchil idrok eta bilish va
unda izchil harakat qila olish malakasini qamrab oladi. Bu xislat pedagogik jarayon
mantig‘ining yaxlitligicha va butun tuzilmasi bilan birgalikda ko‘ra olish, pedagogik
tizimning rivojlanish qonuniyatlari va yo‘nalishlarini tushunish imkoniyatini
ta’minlaydi, maqsadga muvofiq faoliyatni konstruksiyalashni osonlashtiradi.
Bilimdonlik o‘qituvchi uchun o‘ta muhim bo‘lgan uchta holat bilan
bog‘langan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallashni taqozo etadi:
odamlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishda madaniy muloqotda bo‘lish;
fani sohasi bo‘yicha axborotlarni qabul qila bilish va uni o‘qitish
mazmuniga moslab qayta ishlash va undan mustaqil tahsil olishda foydalana olish;
o‘quv axborotlarini boshqalarga bera olish.
Kasbiy-pedagogik
bilimdonlik
asosan
to‘rtta
komponenti
bilan
xarakterlanadi:
shaxsga, insonga yo‘nalganlik;
pedagogik voqelikni izchil idrok etish;
fan sohasiga yo‘nalganlik;
pedagogik texnologiyalarni egallash.
Hozirgi ta’lim sharoitida kasbiy-pedagogik bilimdonlik yana uch komponent
bilan to‘ldiriladi:
bilimdonlik, umuman, o‘z faoliyatini jahon pedagogik madaniyati
darajasida ishlab chiqilgan tajribalar asosida tashkil etish qobiliyati, unga va
vatanimizdagi pedagogikaga integratsiyalasha olish;
o‘z safdoshi tajribasi va innovatsion tajribalar bilan o‘zaro samarali
munosabat o‘rnatish qobiliyati;
o‘z tajribalarini umumlashtirish va boshqalarga bera olish malakasida
namoyon bo‘ladi.
Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.
Pedagoglik mehnatining hamma turlari uning ixtisosi, o‘quv-tarbiya
jarayonining xarakteri, ish sharoitlariga qarab muayyan xususiyatlariga ega. Bu
jihatdan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatining o‘ziga xos xususiyati to‘g‘risida
gapirish mumkin.
P.F. Lesgaft jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga ham maxsus talablar qo‘yar edi.
“Jismoniy ta’lim rahbari............ o‘qitishga aloqador bo‘lgan har bir kishi kabi, - deb
yozgan edi u, yaxshi ma’lumotli kishi bo‘lishi, o‘z fanini, shuningdek, yosh
organizmining formasi va rivojlanishi faoliyatini yaxshi bilishi kerak. Lekin asosiysi
– uning intizomili, vazmin, o‘z harakatlarini nozik boshqara oladigan kishi bo‘lishi
lozim”.
Jismoniy tarbiya va sport pedagogi maktabda katta ommaviy ishlarni olib
borishadi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faollarni tarkib toptiradi va tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi murakkab sharoitlarda ishlaydi. Sport zali sinf
xonasiga qaraganda ancha katta, jismoniy tarbiya darslaridagi sharoit vaqti-vaqti
bilan almashinib turadi (sport maydonchasi, gimnastika zali, basseyn, chang‘i
mashg‘ulotlari uchun ochiq joy va boshqalar), o‘quvchilar xilma-xil va uyushmagan
holda foydalananishganda, ko‘pincha xavfli bo‘lgan asboblarni qo‘llaydilar. Bundan
tashqari, o‘quvchilarning yuqori darajadagi harakat faolligi yomon oqibatlarni
jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bir kunda turli yoshdagi o‘quvchilar bilan
olib boriladigan mashg‘ulotlar alohida kuch - g‘ayrat talab etadi, shunday ekan, aniq
sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanganlik darajasini hisobga olish lozim bo‘ladi.
Umumiy ta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya darsida o‘qituvchi faqat aqliy
kuchini emas, balki ko‘pgina jismoniy kuch ham sarflaydi, negaki, u tez-tez
harakatlarni ko‘rsatib beradi, o‘quvchilar sport snaryadlarida mashq qilayotganda
ularni ehtiyotlaydi va hokazo.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi treneri ishining o‘ziga xos xususiyatlari.
Sport pedagogi trenerning faoliyati jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidan
jiddiy farq qiladi. U shug‘ulanuvchilarning sport qobiliyatini aniqlash va
rivojlantirishga, ularning “sportdagi hayot yo‘lini” oldindan aytib berishga
qaratilgan.
BO‘SM treneri faoliyatining ba’zi bir spetsifik xususiyatlarini qarab
chiqamiz. Ularga quyidagi kiradi:
1.
Mashg‘ulotlar motivining o‘ziga xosligi va shug‘ullanuvchilar
tomonidan ularning ixtiyoriy tanlanganligi.
BO‘SMda mashg‘ulotlarning ihtiyoriy tanlanganligi shug‘ullanuvchilarning
trener bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari xarakteriga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sport pedagogi trener bilan aloqa, unga ishonch va o‘zaro hurmat munosabatlarning
yo‘qligi kelajagi porliq sportchining BO‘SMdan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.
2.
Aloqa qilishning alohida shartlari (musobaqalar davrida vujudga
keladi).
Ko‘pchilik trenerlar trenerovkalarda, mashg‘ulotlardan tashqarida va sport
yig‘ilishlari vaqtida sportchilar o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda qiyinchilik
sezmaydilar. Musobaqalar davrida ob’ektiv sabablar tufayli kelib chiqadigan
qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Sportchining
noroziligini
keltirib
chiqaradigan
sabablar
orasidagi
munosabatlarning
yomon
tashkil
etilishini;
musobaqada
muvaffaqiyatsiz
qatnashishdan qo‘rqishni; sportchining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara
olmasligini aytib o‘tish mumkin. Asosiy tarkibga kiritilgan zahirada turgan hamda
“musobaqalardan tashqarida” qolgan sportchilarning psixik holati har xil bo‘ladi.
Trenerdan har bir tarbiyalanuvchiga xushmuomalada bo‘lish talab etiladi.
Startdan oldingi holatni faqat sportchi emas, balki trener ham boshidan kechiradi,
talabalarining xatti-harakati va musobaqada ishtirok etishi ko‘p jihatdan trenerning
musobaqa paytida o‘zini qanday tutishiga ham bog‘liq.
3.
Jismoniy imkoniyatlar va texnik mahoratning yuqori darajasini doimo
saqlab turish zarurligi.
Trenerning jismoniy imkoniyatlari deganda uning jismoniy holati, mashqlarni
shug‘ullanuvchilar bilan bajarish imkoniyati nazarda tutiladi. Texnik kamolot
deganda trenerning mashqni texnik jihatdan to‘g‘ri bajarish malakasi tushuniladi.
Jismoniy imkoniyatlar va texnik mahorat darajasi mashqni ko‘rsatishga va, tabiiyki,
trenerning obro‘ - e’tiboriga jiddiy ta`sir etadi. Masalan: trener yosh sportchiga
chambarak bilan bajariladigan ixtiyoriy programma elementini tushuntiryapti.
Qizcha mashqning taklif qilingan elementlarini bajarib ko‘rmoqchi, lekin buning
uddasidan chiqolmayapti. Trener chambarakni olib, mashqni bajaradi. Sportchi
mashqni takrorlashga harakat qiladi.
Trenerning yaxshi jismoniy holatda bo‘lishi - o‘z kuchiga ishonch bo‘lishiga
yordam beruvchi kerakli psixologik faktor. Trenerning mashqni yaxshilab bajara
olishi uning obro‘yini oshiradi. Trener o‘quv-trenerovka mashg‘ulotlari vaqtida
pedagogik jarayonga rahbarlik qilibgina qolmaydi, uning tarbiyaviy faoliyati
BO‘SMdan tashqarida ham davom etadi. U musobaqalarning juda mas’uliyatli
davrida o‘z talabalarning ustozi bo‘lib qoladi, tarbiyalanuvchilarning butun hayot
tarziga, ularning hayot yo‘lini tanlashiga, hayotiy mavqelarini vujudga keltirishga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Trener har bir tarbiyalanuvchilarini yaxshi biladi, uning
ma’naviy va jismoniy hayotidagi barcha tafsilotlarni tushunadi, uning organizmi
holatini chuqur o‘rganadi hamda hayot, mehnat, dam olish vaqtini tashkil etilishini
diqqat bilan kuzatadi.
4.
Trener – odatdagi o‘quvchilar yoki ishlab chiqarish jamoasidan
boshqarish strukturasining alohida murakkabligi bilan farq qiluvchi sport
jamoasining tashkilotchisi.
Sport jamoasining a’zolari, odatda, bir vaqtning o‘zida ish yoki o‘qish
joyidagi jamoa a’zolari hamdir; ko‘pincha ularning sport jamoasiga birlashuvi
muvaqqat harakaterda bo‘ladi (terma jamoada, o‘quv-trenirovka yig‘ini va hokazo).
Trenirovka jarayonlarini o‘tkazish vaqtida jamoada vujudga keltirish trener uchun
ancha qiyin bo‘ladi,chunki trenerovkaga sportchilar turli shahar va sport
jamiyatlaridan keladilar.
Sport jamoasi va ayrim sportchilar faoliyatiga ko‘pincha murakkab
musobaqalar sharoitida (sportchining axloqiy va jismoniy sifatlariga maksimal
talablar qo‘yiladigan bir paytda) boshchilik qilishga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi
trener ishining muvaffaqiyati pedagogik vositalarning xilma-xilligiga bog‘liq
bo‘ladi.
Trener sportchilarning turli xil talablarini va ularning sport faoliyatida
qatnashish sabablarini yaxshi bilish kerak.Bu uning sportchilar bilan bo‘ladigan
muomalasida o‘z nuqtai nazarini aniqlab olishiga va jamoani boshqarishiga yordam
beradi.
O‘qituvchi va trenerga qo‘yiladigan talablar
O‘qituvchi va trenerning butun faoliyati (uning yo‘nalishi, mazmuni, ish
metodlari va formalari) ularning dunyoqarashlari bilan belgilanadi. Kundalik aloqa
jarayonida o‘qituvchi va trener o‘z o‘quvchilariga to‘g‘ri dunyoqarash tarkib
toptiradi. Bularning hammasi yuksak darajadagi g‘oyaviy e’tiqodni, axloqiy
dunyoqarashni ijobiy fazilatlarni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchi va trener faqat o‘rgatibgina qolmasdan, balki
tarbiyalaydi ham ong-bilim doirasi keng bo‘lmasdan turib esa tarbiya berish
mumkin. emas. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarning xilma-xil mayl va qobiliyatlariga
to‘g‘ri yo‘nalish bera olishi kerak. Shuning uchun o‘qituvchi va trener doimo
o‘zlarining madaniy saviyalarini oshirib borishlari, har tomonlama ma’lumotli kishi
bo‘lishlari lozim.
Doimo fan yangiliklarini nazarda tutadigan, trenirovka jarayonining
tuzilishida uning ma’lumotlariga tayanadigan tarbiyachi yaxshi ishlaydi. Yangi,
innovatsion material o‘qituvchi, trenerning o‘quvchilarda o‘qitiladigan fanga jonli
qiziqishini uyg‘otadi. O‘qituvchi va trener o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal bilishi
kerak. Bundan tashqari, pedagogika, psixologiya, anatomiya, fiziologiya
masalalarini yaxshi tushunishlari lozim. Ana shu bilimlar va amaliy tajriba asosida
pedagogik jarayonni boshqarish, ya’ni o‘qitish, tarbiyalash malakasi rivojlanadi.
O‘quvchilarning ijodiy faolligiga rahbarlik qilishda, ular havaskorligining
turli shakllarini tashkil qilishda, tarbiyaning vazifalarini hal etish yo‘lida mahorat va
pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini mukammal bilish lozim.
3.2. Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogining qobiliyati.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki trener o‘quvchilarga biror sport turini
o‘rgata olishi uchun ular bilan munosabatga kirishishi shart. Munosabat odamlar
o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlardan kelib chiqadi. Munosabat kishilar
o‘rtasida faoliyat davomida axborot ayriboshlashni o‘z ichiga oladi.
Munosabatning ikkinchi jihati muloqatga kirishuvchilarning o‘zaro
birgalikdagi harakati nutq jarayonida faqat so‘zlar bilan emas, balki hatti-harakatlar
bilan ham ayriboshlanadi. Uchinchi jihati munosabatga kirishuvchilarning bir-
birlarini idrok eta olishlarini taqazo qilishdir. Shunday qilib, yagona munosabat
jarayonida shartli ravishda kommunikativ (axborot o‘tkazish), interfaol (o‘zaro
birgalikda idrok etish) jihatlarini alohida ko‘rsatish mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogi u yoki bu so‘zni ishlatganda
anglashilmovchilikka yo‘l qo‘ymasligi kerak. Mohiyatlar tizimi kishining butun
hayoti davomida rivojlanib va boyib boradi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogi quyidagi qobiliyatlar bo‘lishi lozim.
Bilish qobiliyati - Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogi o‘z fani va
sohasini o‘quv kursi hajmida emas, balki chuqurroq bilishi, kuzatishi, nazariy va
amaliy ishlanmalarni va zamonaviy sportda ro‘y berayotgan voqea va hodisalardan
xabardor bo‘lishi lozim.
Tushuntira olish qobiliyati- Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogi
mamlaktimiz sportchilarining imkoniyatlari va jahon sportidagi o‘ziga xos
yutuqlarni solishtirishi va bizning mintalitetimizga mos keladigan amaliy
tajribalarini tatbiq eta olmog‘i kerak.
Kuzatuvchanlik qobiliyati - Jismoniy tarbiya va sport sohasi pedagogi
tarbiyalanuvchilarning ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va
uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq
psixologik kuzatuvchanlikdir.
Nutq qobiliyati - nutq yordamida, trener o‘z shug‘ullanuvichilariga imo-ishora
vositasida o‘z fikr tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Trenerning nutqi
aniq, jonli, obrazli, talaffuz jihatdan yorqin, ifodali his-hayajonli bo‘lishi lozim.
Tashkilotchilik qobiliyati – sport jamoalarini shakllantirish jipslashtirish
muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, o‘z ishini to‘g‘ri uyushtirishni nazarda
tutadi. Sport jamoalarini shakllantirish bosqichlarini to‘g‘ri belgilab olishi va unda
olib boriladigan birgalikdagi do‘stona munosabatlar, jipslikni maqsad sari