JISMONIY TARBIYA BAZASI
KIRISH
I. BOB. Jismoniy tarbiyaning pedagogik usullari
1.1 Jismoniy tarbiya pedagogik uslublari
1.2 Jismoniy tarbiya fanini o’tishda pedagogik medotlardan foydalanish
II. BOB. Talimning uslubga qo’yadigan asosiy talabi
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari
2.2 Talim uslublarining turkumlari
XULOSA
Foydalanilgan Adabiyotlar
KIRISH
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy
tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda
maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat
Jismoniy tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-
xunar kollej jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy
tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida
o‘tish kursini ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy
tushunchalari tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim
turlari o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni
xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat
hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning
jamiyatdagi sinfiy
maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat
foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati
kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy
tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir
ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning
maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport
fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport
turlarining nazariyasi va metodikasi kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda
o‘rganiladi. Fanning mazmunini: - talabalarga jismoniy madaniyat fanining nazariy
asoslarini va amaliy tatbiqlarini o‘rgatish hamda ularni amalda tatbiq etish
ko‘nikmasini hosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishga
yo‘naltirilganligi bilan izohlash mumkin. Jismoniy tarbiya nazariyasi pedagogik fan
bo‘lib, u insonning barkamolligini boshqarishning umumiy qonunlarini, shuningdek
bu qonuniyatlari asosida kishilarining jismoniy tarbiyasi vazifalari, metodlari va ish
shakllarini aniqlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining mazmuni bir so‘z bilan
aytganda shaxsni har tomonlama jismoniy kamol toptirishga yo‘naltirilgan va Vatan
mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya to‘g‘risidagi bilimlarni majmuini tashkil qiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya amaliyotdagi hamma turlarini,
hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi. Buni o‘rganish hamma sport
pedagogik mutuxassisliklarga umumnazariy asos bo‘ladi. Fanni o‘qitishdan
maqsad – bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani
bo‘yicha atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika
turlarining mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish,
harakatli o‘yinlar bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash,
harakatli o‘yinlar tashkil qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni
o‘qitishda qo‘llanadigan turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy
tarbiya tizimining rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish
metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari
haqida nazariy va amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
va barkamol avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishdan iborat bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning
faol uslublaridan foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda
esa ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish
orqali amaliyotga tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi.
Fanning vazifasi – Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda
bo‘lajak mutaxassislarga gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli
o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni
bolalarning yoshiga mos holda tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy
tarbiya ishlarini rejalashtirish hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli
o‘yinlarni kelib chiqishi, qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari,
pedagogik ahamiyatini anglatish, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni
tasnifini anglatish, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari,
o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha
nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish
yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasiga - maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy
tarbiya
asoslarini,
maktabgacha
yoshdagi
bolalar
rivojlanishining
yosh
xususiyatlarini, jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari, metodlarini, yosh
bosqichlariga qarab o‘quv ishlarini rejalashtira olishni, har bir yosh bosqichlariga
qarab jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil qilish va o‘tkaza olish, guruhdan
tashqari olib boriladigan jismoniy tarbiya shakllarini bilish va ularni farqlay olishni,
jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlar haqida
keraklicha tasavvurlarga ega bo‘lishlarini ta’minlashi kerak. Bundan tashqari -
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining tarixiy qonuniyatlari, vositalari,
o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish
usullarini; ertalabki badan tarbiya va jismoniy tarbiya dastur bo‘limlari bo‘yicha
mashg‘ulot jarayonlarga rahbarlik qilish haqida ham keraklicha ko‘nikmalarga ega
bo‘lishlari lozim. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining
bo‘limlarida jismoniy madaniyatning umumiy o‘rta ta’lim hamda amaliy - kasbiy
tayyorgarlik shuningdek, kundalik turmushda ahamiyat kasb etuvchi harakat
ko‘nikmalariga o‘rganib boradi. Bundan tashqari sport, jismoniy tarbiyaning asosiy
komponentlaridan biri hamda sport faoliyatining maxsus shakli sifatida sport
musobaqalari taxlil qilishni ham o‘rganadilar. Shunday qilib, Jismoniy madaniyat
nazariyasi va metodikasi fani jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislar
uchun professional ta’limotning ilmiy fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan
bo‘limlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati
bilan ifodalanmaydi, u bo‘lg‘usi mutaxassisga jismoniy madaniyatning butun
sohalarida kasbiy - faoliyat mazmunini to‘liq tushinishga imkoniyat yaratadi,
o‘quvchilarning dunyo qarashlarini o‘zgartiradi, jamiyatning boshqa sohalaridagi
mutaxassisliklarning umumiy ish faoliyatlari bilan bog‘laydi va yangi ko‘rinishdagi
bilim, usul va metodlarini egallashni, zarur bo‘lgan yuqori darajali professional
dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metodikasi bu inson jismoniy kamolatini boshqarishning umumiy qonuniyatlari
haqidagi fan bo‘lganligi uchun bu fanni egallash jismoniy tarbiyaning barcha
bo‘g‘inlariga tegishli masalalarini hal qilishga to‘g‘ri yondoshish imkonini beradi.
1.1 Jismoniy tarbiya pedagogik uslublari
Jismoniy tarbiya darslarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qituvchi turli metodlardan
o’rinli foydalanishi kerak. O’quvchilar faoliyatini takil qilishda asosiy
metodallardan biri frontal metodi. Masalan: YRM ni bajarish, kalonnada yurish.
Demak bir vazifani hamma o’quvchilar baravar bajaradilar. Frontal metodini
guruhlarga bo’linib mashqlarni bajarish mumkin (bir vazifani baravar) va individual
usulda hamma foydalanish mumkin, masalan: har bir o’quvchiga to’p beriladi va
hammasi baravar individual mashqni bajaradi. Frontal metodni yutug’i o’qituvchi
butun sinf ustidan doimo bevosita rahbarlik qiladi. Bu metod ayniqsa 1-5 sinflardan
darsning tayyorlov va yakuniy qismida qo’llaniladi, guruhli metodi; bolalarni bir
necha guruhlarga bo’lish bilan xarakterlanadi. Bu metoddan foydalanishda:
a) butun guruh tomonidan bir vaqtda va navbatma navbat (bittadan, ikkitadan)
bajariladigan usullarni qo’llash mumkin; O’qituvchi komandasi bo’yicha
guruhlardagi vazifalar almashib turiladi. By metodni yutug’i o’qituvchiga kerakli
straxovkani taьminlovchi murakkab mashqlarni bajaruvchi o’quvchilarga e’tibor
berishga imkoniyat yaratadi. O’qituvchi yangi mashqlar o’rganilayottan va
straxovka talab etiladigan guruhda bo’ladi, qolgan guruhlarda maxsus tayyorlangan
yordamchi o’quvchilar boshqaradi.Individual metodi har bir o’quvchi o’z vazifasini
olib uni mustaqil bajaradi. O’qituvchi ayrim shug’ullanuvchilarning ishiga rahbarlik
qiladi. Aylanma trenirovka metodi jismoniy sifatlarni kompleks rivojlantirishga
yo’naltirilgan vazifalar seriyasini bajarish so’nggi yillarda uzluksiz va interval
metodi asosida aylanma trenirovka metodi shaklida tashkil etilyapti. Bu metod dars
zichligini oshiradi hamda jismoniy yuklanishi maksimal holatda bo’ladi.
Darsda jismoniy yuklanish boshqarish metodikasi qo’yidagilarga bog’liq:
a) Harakatli va jismoniy mashqlarning sonini o’zgarishiga
b) Jismoniy mashqlarni qaytarilishiga.
v) Mashqni bajarish vaqtiga (ko’paytirish, kamaytirish).
g) Mashqni bajarish temp tezligi,
d) harakat amplitudalarning katta kichikligi.
e) Mashq bajarishni murakkablanish yoki osonlashi.
j) Mashqlarni bajarishda har xil vositalarni ishlatish.
Darsda jismoniy yuklanishini boshqarish avvalo uning optimal hajmi va shiddatiga
ega bo’lishdir. Umumiy holda jismoniy yuklanishni optimallashtirish muammosi
jismoniy mashqlarni miqdorlash bilan chegaralanmaydi, SHug’ullanuvchilarga
ta’sir
kuchi
faqatgina
mashqlar
xarakteriga
bog’liq, bo’lmasdan
boshqa
komponentlar: tushuntirish, mashqlarni namoyish qilish, shug’ullanuvchilar tashkil
etish metodlariga ham bog’liqdir. Har bir ayrim holatda o’qituvchi mumkin qadar
ko’proq, foydali jismoniy yuklanishga intiladi. Bunda darsni zichligi hal etiladi.
Darsning qiziqarli o’tishini aniqlovchi sharoitlar. Darsni qiziqarli bo’lishi uchun
o’qituvchi unga jiddiy tayyorlanishi zarur. V.V.Gorinevskiy fikricha yaxshi
darsning muhim shartlaridan biri pedagog irodasining hohishiga, erishishga bo’lgan
o’quvchilar intilishi bilan bog’liqdir. Odatga ko’ra o’quvchilar ma’lum qiyinchilikka
ega bo’lgan lekin yengiladigan mashqlarni qiziqib bajaradilar. Ko’shina tajribali
o’qituvchilar musobaqa xarakteriga ega bo’lgan darslardan foydalanadilar. Masalan:
mashqlarni sifatli bajarish, guruhlarda sport anjomlarini tez yig’ib olish. Darsning
qiziqarli bo’lishi qo’yidagilarga bog’liq: musiqadan foydalanish, o’qituvchining
mashqlarni tushunarli hamda yaxshi ko’rsatishi va ularni obrazli tushuntirish, aniq
komandasi, uning yurish turishi, ozodaligi va h.k. Darsni qiqarli o’tkazish niyatida
qiziqtiruvchi dalillarni orttirish kerak emas, chunki u bolalarning diqqatini uncha
qiziq bo’lmagan lekin zarur masalalarni bajarish pasaytiradi. Darsni qiziqarli o’tish
maqsadida dars jarayonida o’yin metodidan foydalanish, yangi pedagogik
texnologiyalardan foydalanish.
Har xil tibbiy guruhlar bilan dars o’tkazish metodikasi. Asosiy, tayyorgarlik va
maxsus guruhlar mavjud. Asosiy guruhlarga salomatligi, jismoniy tayyorgarligi
yaxshi bo’lgan o’quvchilar kiradi. Asosiy guruhlarga ajratilgan o’quvchilar turli
musobaqalarga tayyorgarlik guruhiga vaqtincha biror kasallikka uchragan yoki
jismoniy tayyorgarligi past bo’lgan o’quvchilar kiradi. Maxsus yoki tibbiy
guruhlariga jismoniy rivojlanishi jihatdan zaif, biror kamchilikka ega bo’lgan yoki
ayrim xronik kasalikka chalingan o’quvchilar kiradi. Bunday o’quvchilar jismoniy
tarbiya darsida va sport musobaqalarida katnashmaydilar. Lekin bu o’quvchilarni
xakamlar yoki yordamchilar sifatida foydalanishlari mumkin va maqsadga
muvofikdir. Maxsus guruxdagi o’quvchilar bilan aloxida jismoniy tarbiya darsi olib
boriladi. Ular yana A va B guruxlariga bo’linadilar. Bunday o’quvchilar bilan
mashg’ulotlarni faqat tibbiyot hodimi yoki qayta tayyorlash kursini o’tgan
o’qituvchilar o’tkazishi mumkin. Maktabda jismoniy tarbiya darsi - asosiy ish
shaklidir. Maktab yoshidagi bolalar bilan jismoniy tarbiya maktabda, sinfdan
tashqari (to’garak, maxsus maktab va x.k.) maktabdan tashqari tashkilotlarda va
oilada olib boriladi. Bularni hammasiga yarasha har bo’limda o’zining shakllari bor.
Maktabda jismoniy tarbiya darsi asosiy ish shaklidir. Darsga gramma o’quvchilar
majburiy ravishda jalb qilinadilar, Darslarni aniq o’quvchilar tartibi bilan olib
borilishi, o’quvchilarni yaxshi uyushtirish, aniq shairoit va o’quvchilarning jismoniy
tayyorgarligini hisobga olgan holda olib borilishi ahamiyatlidir. Dars qat’iy jadval
asosida olib borilib davom etishi 45 daqiqa. Jismoniy tarbiya: 1. O’quvchilarning
har tomonlama jismoniy rivojlanishi uchun asos bo’lib hisoblanadi, chunki jismoniy
tarbiya dasturi asosida olib boriladi; 2. Musobaqa yoki guruh mashg’ulotlarning
asosini tashkil etadi. 3. O’quvchilar kun tartibidagi tadbirlar asosni tashkil etadi. 4.
Ommoviy sport va sinfdan tashqari ishlarini asoslarini tashkil etadi. o’qituvchi yangi
mashqlar bilan tanippirgvnda sporta bo’lgan qiziqishni o’yg’atadi, ommoviy sport
ishlarida o’quvchilarni ishtirok etishlariga undaydi. Jismoniy tarbiya darslarida
o’quvchilar hayot uchun kerakli bo’lgan harakat ko’nikma va malakalarga
o’rganadilar.
Maktabdan jismoniy tarbiya bo’yicha fakultativ mashg’ulotlari. Bu
o’quvchining kun tartibidagi o’quv faoliyatining mustaqil shaklidir. Bu
mashg’ulotlar jismoniy tarbiya darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish,
jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportning
yosh tashabbuskorlarini tayyorlashda muhim ahamiyatta ega bo’lgan ko’nikma va
malakalarni shakillantirish uchun tashkil etiladi. SHunday qilib jismoniy tarbiya va
sport nazvriyasi va amaliyoti bo’yicha fakulьtativ mashg’ulotlari o’quvchilarning
kasb yo’nalishiga ham ma’lum taьsir ko’rsatadi. Fakulatativ mashg’ulotlar jismoniy
tarbiya faniga qiziqqan 7-10 sinf o’quvchilvri uchun haftada 2 marta (45 daqiqa)
yoki xaftada 1 marta (90 daqiqa) o’tkaziladi. Bitta guruhga ikkala jinsdan 15 - 25
o’quvchi kiradi. Fakulьtativ mashg’ulot dasturi 2 ta: nvzariy va amaliy bo’limdan
iboratdir. Undan tashqari o’quvchilar tashkiliy metodik ko’nikmalarni egallaydilar.
Nazariy mashg’ulotlar suhbat va ma’ruza shaklida o’tkaziladi: amaliy mashg’ulotlar
esa trenirovka qilingan dars shaklida o’tkaziladi. O’lashtirishni hicobra
olish. Jismoniy tarbiya jarayonida o’quvchilar, o’zlashtirishni hisobga olish
samaradorlikni hal etuvchi shartlardan biridir. O’zlashtirish harakat ko’nikmalari va
maxsus bilimlarni egallash rejasini baholash asosida, shuningdek, maktab dastur
talabi hajmida o’quv me’yorlarining hisoboti asosida aniqlanadi. Hisobga olish uch
xil: dastalbki, oqimli va yakuniy bo’ladi. Dastlabki hisobga olishning asosiy vazifasi
o’quvchilarning dastur materiallari navbatdagi bo’limlarini o’zlashtirishga
tayyorgarligini tekshirishdir. Bu o’quv ishlarini to’g’ri rejalashtirishga imkon
beradi. Dastlabki hisobga olish tarbiyaviy ahamiyatga ega: bolalarning o’quv yil
davomida jismoniy rivojlanishini aks ettiradi. Oqimli hisobga olish o’zlashtirishni
tekshirishning asosiy shakli bo’lib hisoblanadi. Uning yordamida o’qituvchi dactyp
materialini o’zlashtirishni va jismoniy tayyorgarlik darajasini aniklaydi. Bu xisobot
ham tarbiyaviy axamiyatga ega. SHuning uchun bu hisobotni doimiy olib borish
zarur. Baho 5,4,3,2,1. Yakuniy hisobot har chorak uchun yoki yarim yillik uchun
hamda umumiy yillik baxolashni o’z ichiga oladi. Bu baholash oqimli hisobotga
aaoslanadi, o’quv ishlarini hisobotga olishining asosiy hujjati sinf jurnali
hisoblanadi, unda o’quvchilarning o’zlashtirishi, davomati va o’tilgan o’quv
materiali o’z aksini topadi. «Alpomish» va «Barchinoy» majmuasi me’yorlarining
toshpirganligi haqidagi maьlumot maxsus ajratilgan varaqa betlariga yoziladi.
O’qituvchi sinf jurnaliga yoki qo’shimcha boshqa daftarlarni ham tutishi mumkin.
Misol: kundalik daftar, hisobot kartochkasi va boshqalar. Maktab yoshidagi bolalar
tarbiyasi
to’g’risidagi
jismoniy
tarbiya
madaniyatiga
umumiy
xarakteristika. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi o’quv fan sifatida jismoniy
tarbiya, jismoniy madaniyat va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda
maxsus bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo’lib xisoblanadi. Pedagogika institut
va Universitetlarida, jismoniy tarbiya fakulьtetlarining o’quv rejalarida bu fan
jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy madaniyat va sport haqidagi bilimlarning to’la
o’tish kursini ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi pedagogik fan
bo’lib, u insonning barkomolligini, boshqarishning umumiy qonunlarini,
shuningdek bu qonuniyatlar asosida O’zbekisgon fuqorlarining jismoniy tarbiyasi
vazifalarini, metodlarini va ish shakllarini aniqlaydi: jismoniy tarbiya nazariyasining
mazmuni jismoniy kamol toptiradigan va Vatan mudofaasiga tayyorlaydigan tarbiya
to’g’risidagi bilimlarni tashkil kilshi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya
amaliyotidagi hamma turlarini hamda aralash fanlarning dalillarini umumlashtiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fanining bulimlarida jismoniy
madaniyatning umumiy ta’lim hamda kasb-amaliy tayyorgarlik ko’rsatishning
tuzilishidagi va kundalik turmushda uning xususiyatlari o’rganilib boriladi.
SHunday qilib jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kursi jismoniy
madaniyat va cport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashga karatilgan ilmiy
fundamentiga kirituvchi kengaytirilgan bilimlar majmuasini o’z ichiga oladi. Uning
ahamiyati faqat bu bilimlar qiymati bilan ifsdalanmaydi, u bo’lg’usi mutaxassisga
jismoniy madaniyatning butun soxalarida kasbiy-faoliyat mazmunining tuchiq
tushinishiga imkoniyat beradi, uning dunyo qarashini o’zgartiradi, jamiyat
soxasidagi boshqa kasblarning umumiy ishlari bilan bog’laydi va shu yangi tipdagi
bilim, usul va metodlarni egalashni, zarur bo’lgan keng kasbiy dunyo qarashini
shakllantirishga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani bir kator dastlabki
tushunchalarga ega. Har kanday boshqa ilmiy o’quv fanlari qatori jismoniy tarbiya
nazariyasi va metodikasi fanini o’rganishda eng avvalo fanga tegishli dastlabki
tushunchalarni (jismoniy rivojlanish; jismoniy tarbiya; jismoniy kamolat; Jismoniy
madaniyat; jismoniy taьminot; jismoniy mashqlar; sport va shu kabilar) imkoni
boricha aniq ifodalash zarurdir.
Biz bilamiz, jismoniy tarbiya tizimi quyidagi zvenolariga bo’linadi.
1. Maktab yeshigma bulgan jismoniy tarbiya.
2. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya.
3. Akademik litseylar va kasb-xunar kolledjlarda jismoniy, tarbiya.
4.Oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya.
5. Harbiy xizmat va flotdagi jismoniy tarbiya.
6.Ko’ngilli sport jamiyatlari va tashkilotlardagi jismoniy tarbiya.
Bu kursda hamma ma’ruzalar va seminar mashg’ulotlari faqat maktab
yoshidagi jismoniy tarbiya to’g’risida olib boriladi. CHunki sizlarni keyingi o’quv
yilida akademik litsey va kasb-xunar kollejlar hamda maktablarda olib boriladigan
pedagogik amaliyot tayyorlashimiz lozim.
Guruh maщg’ulatlarida jismoniy tarbiya buyicha o’quv ishlarini rejallashtirish
o’rganiladi. Rejalashtirish xujjatlari hech qaysi kitobda to’la bayon etilmagan..
SHuning uchun birorta seminar mashg’uloti qoldirilsa umumiy rejalashtirish
ishlarini tushunish qiyin bo’ladi, hamda xar bir gurux mashg’ulotida o’quv ishlarini
rejalapptirish to’g’risida uyga vazifa beriladi. Maktab yoshidagi jismoniy tarbiya
umuman jismoniy tarbiya tizimida eng asosiy zvenolarining biridir. CHunki
maktabdan so’ng akademik litsey va kasb-xunar kollejlarda davom etib bolalar
tarbiya oladilar, xayotda, amaliyotda kerakli ko’nikma va malakalar xosil bo’ladi.
IIIaxsini har tomonlama yangi jismoniy, aqliy, ahloqiy rivojlanishga qaratilgan
bo’ladi. Albatta hayotda, mehnatda va Vatanni mudofaa qilishda ahamiyati juda
kattadir. Xo’sh, maktabda jismoniy tarbiyaning maqsadi nima?
O’zbekiston jismoniy tarbiya tizimining umumiy maqsadlariga binoan maktab
devrida har bir yosh bosqichlarida jismoniy tarbiya kamolotni ketma ketlikda
amalga oshirib, by bilan o’rta maktab bitiruvchi sinflarda jismoniy tarbiyaga
tayyorgarlikning kerakli darajada saviyasini ta’minlash zarur.
Bu maqsad yoshni hisobga olgan holda konkretlashtiriladi hamda
bu munosabat bilan 3 ta yirik bosqichlariga bo’linadi.
I bosqich 6-9 yosh (boshlang’ich sinf ) -1-4 sinf
II bocqich 10-15 yosh (o’rta yoshli sinflar) – 5 - 9 sinf
III bocqich 16-18 yosh (o’rta umumtaьlim maktab ) - 10-11 sinf
Har bir bosqichning vazifalari qo’ydagichadir ta’limiy, sog’lomlashtirish va
tarbiyaviylardan mavjud.
Birinchi guruh vazifalari - jismoniy tarbiyaning ta’limiy vazifalari. Bunda
qo’ydagilar hal qilinadi
a) o’quvchilarga jismoniy tarbiya sport sohasidagi oson tushunarli bilimlarni
berish va ular tomonidan bu bilimlarni o’zlashtirish, jumladan:
uchun ishlab chiqilgan o’quv qo’llanmalarda berilgan nazariy bilimlarni
egallash talabalarni o’zlashtirishi.
- kichik yoshda jismoniy tarbiya mashqlarning ahamiyati, ularni bajarish
usullari shaxsiy gigiena qoidalari haqida maktabgacha bo’lgan davrda olingan
elementlar ma’lumotlari kengaytirish va to’ldirish: hamda 1 – 4 sinf o’quvchilari.
- o’rta maktab yoshida talablarga mos bo’lgan, shuningdek maktab dasturi
bo’yicha bilamlarni to’ldiruvchi va chuqurlashtiruv, bilimlarni berish va mustahkam
o’zlashtirish va 5 – 6: 7 – 9 sinf o’quvchilari uchun ishlab chiqilgan o’quv
qo’llanmalarida keltirilgan nazariy bilimlarini o’zlashtirish.
- Katta maktab yoshida talablarga javob beruvchi shuning maktab dasturida
ko’rsatilgan jismoniy tarbiya mohiyati, uning turi vosita va metodlarining amaliy
foydasi hamda jismoniy tarbiya va sport to’g’risida nazariy va amaliy bilimlarida
hayotda mustaqil foydalanish xaqidagi bilimlarni berish va mustaqil o’zlashtirish.
b) Hayotda zarur bo’lgan harakat ko’nikma va malakalarning asosiy
fundamentini - poydevorini shakllantirish, ular mustahkamlash va takomillashtirish.
Bunda: - kichik maktab yoshida, maktabgacha davrida olingan va
ko’nikmalarni mustahkamlash va takomillashtirish, ularni ayrim harakatlarni
boshqarish o’rgtuvchi gimnastik mashqlar asosida to’ldirish, amaliy mashqlar
texnikasining ayrim shakllarini va ayrim sport turlarini o’zlashtirish;
- o’rta maktab yoshida, oldingi bosqichlarda olingan harakat malakalarini
takomillashtirish natijasida organizmning funktsional imkoniyatlarini hisobga
olganda maktab dasturida ko’zda tutilgan yengil xarakat faoliyatlarini boyitib
borish;
- katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya o’rta maktab dasturiga. kiritilgan
xarakat faoliyatlari texnikasini chuqur o’zshtirish, xarakat ko’nikmalarining sport va
bevosita qo’llanish fondini kengaytirish, ularni murakkab hollarda qullayolish o’rta
maktab uchun zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish:
v) gigienik ko’nikmalarni shakllantirish va mustahkamlash (shaxsiy va jamoat
gigienasining talablari).
Ikkinchi guruh vazifalari - o’sayotgan organizmning garmoni rivojlanishiga,
sog’likni mustahkamlashga, jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tarbiyalashga
qaratilgan vazifalar. Yosh xususiyatlariga qarab qo’yidagilar amalga oshiriladi:
a) organizmni chiniqtirish, jumladan jismoniy charchash, tashqi muhitning
harorati ta’siri, quyosh radiatsiyasi kabi faktorlarga qarshi kurashishni oshirish;
b) jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash, jumladan:
- kichik maktab yoshida jismoniy tarbiya sifatlarini har tomonlama
rivojlanishini
ta’minlash.
Unda
ko’proq
koordinatsiyalash
va
tezkorlik
xususiyatlarni ta’minlash:
- o’rta maktab yoshida ayrim tezkorlik? kuch qobiliyatlariga aerobli xarakter
chidamlilikka yordam beruvchi ta’sirlarni kengaytirish, ish qobiliyatini yuqoriga
ko’tarish, dastur talablariga binoan «Alpomish» va «Barchinoy» me’yor talablar
majmuasini bajarish.
- Katta maktab yoshida, jismoniy tarbiya qobiliyatlarini (koordinatsiyalash,
tezkorlik, tezkor-kuch, kuch, chidamlikni) yuqori darajasini ta’minlash, shuningdek
qiziqishga bog’liq holda sportning biror bir tur V bo’yicha normativlarni -
ta’minlash va umumiy ish qobiliyatlarini rivojlantirish.
v) zarur bo’lganda harakat faoliyatlarining turli shartlarida, ratsional qaddi
qomatini shakillantirish va mustahkamlash,
Uchinchi guruh vazifalari - jismoniy, ahloqiy, aqliy, estetik va mehnat
tarbiyasining o’zaro bog’likligidan kelib, chiqadigan vazifalar. Bunday vazifalarnint
bir qanchalari jismoniy tarbiya jarayonida hal etiladi. Ularga jumladan jismoniy
tarbiya va sport faoliyatining keraklikcha taьminlash etnik asoslar bo’yicha
shakllantirish, irodalik sifatini tarbiyalash jismoniy tarbiya tashkilotchisi, instruktor
va sport hakami sifatida umumiy faoliyatga tayyorlash bo’yicha amalga
oshiriladigan vazifalar kiradi. Yuqorida qayd etilgan vazifalar aqliy, ahloqiy, estetik
va mehnat tarbiyalar bilan birgalikda hal etiladi.
1.2 Jismoniy tarbiya fanini o’tishda pedagogik medotlardan foydalanish
Bo‘lajak kadrlarga “Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi” fani bo‘yicha
atroflicha va chuqur kasbiy bilimlar berish. Talabalarga gimnastika turlarining
mashq elementlarini, umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatish, harakatli o‘yinlar
bo‘yicha ota bobolarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlarni tiklash, harakatli o‘yinlar tashkil
qilish va o‘tkazish, ularni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni o‘qitishda qo‘llanadigan
turli usullar bilan nazariy va amaliy tanishtirish, jismoniy tarbiya tizimining
rivojlanishi, uning tarixiy qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish
bosqichlari, jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish usullari haqida nazariy va
amaliy ta’lim berish, bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va barkamol
avlodni tarbiyalashga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
bo‘lib, ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitishning faol uslublaridan
foydalangan holda nazariy bilim beriladi, amaliy mashg‘ulotlarda esa ma’ruza va
seminar mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarini amalda bajarish orqali amaliyotga
tadbiq etiladi hamda ko‘nikma va malakalari shakllantiriladi. Fanning vazifasi –
Jismoniy tarbiya nazaryasi va metodikasi fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarga
gimnastikaning mashq elementlarini o‘rgatish, harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va
o‘tkazish, o‘yinlarni tahlil qilish, harakatli o‘yinlarni bolalarning yoshiga mos holda
tanlash, maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish
hamda tashkil etishni o‘rgatish, gimnastika, harakatli o‘yinlarni kelib chiqishi,
qisqacha tarixi, turkumlari, rivojlanish bosqichlari, pedagogik ahamiyatini anglatish,
gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlarni tasnifini anglatish, uning tarixiy
qonuniyatlari, vositalari, o‘qitish metodlari, o‘rgatish bosqichlari, jismoniy tarbiya
darslarini tashkil qilish usullari bo‘yicha nazariy bilimlarni o‘rgatish, jismoniy
sifatlarni tarbiyalash va rivojlantirish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat. Jismoniy tarbiya
nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya, jismoniy
madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus bilim va
ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy
tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej
jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi
jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini
ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari
tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari
o‘rganiladi. Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni
xarakterlash uchun jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat
hayotida tutgan o‘rni: jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning
jamiyatdagi sinfiy maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat
foaliyatining mazmuni va xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati
kabilarni anglab olishlari shart. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy
tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir
ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning
maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport
fiziologiyasi, sport psixologiyasi, jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport
turlarining nazariyasi va metodikasi kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda
o‘rganiladi.
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida so’zdan foydalanish uslublari
O‘qituvchi so‘z yordami bilan konstruktiv, tashkilotchilik va faoliyatning boshqa
tomonlarini amalga oshiradi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatni
o‘rnatadi, ular bilan aloqa qiladi. So‘z ta’limning barcha jarayonini faollashtiradi,
chunki u ko‘proq to‘la va yaqqol tasavvurni shakllantirishga ko‘maklashadi, ta’lim
vazifasini faol idrok etishga, chuqur tushunishga yordam beradi. So‘z yordami bilan
o‘qituvchi o‘quv materialini o‘zlashtirish natijalarini tahlil qiladi va, shu bilan birga,
o‘zini o‘zi baholashning rivojlanishiga ko‘maklashadi. Shunday qilib, jismoniy
tarbiya o‘qituvchisi so‘zning ikkita vazifasidan foydalanish imkoniyatiga ega.
Ma’lumki, uning yordami bilan o‘qitiladigan materialning ma’nosi ifodalanadi.
O‘qituvchining nutqi o‘quvchining kayfiyatiga hissiy ta’sir o‘tkazishi uchun
nisbatan aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Bu quyidagi uslubiy tavsiyalarda aniq
ifodalanadi. 1. So‘zning mazmuni ta’lim vazifalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Masalan, yangi mashqni o‘rgatish dastlab tushuntirishdan, so‘ngra esa detallarni
tasvirlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
2. So‘zdan foydalanib, o‘rganilanayotgan harakatning samaradorligini ta’kidlab
o‘tish zarur. Masalan: bolalar erkin usul bilan arqonga tirmashib chiqishni nisbatan
dadil egallasalar-da, murakkab koordinatsiyali harakatlarni qiyinchilik bilan
o‘zlashtiradilar. Biroq o‘rganilanadigan uslubning ustunligi ishonchli qilib
tushuntirib berilsa, unga bo‘lgan salbiy munosabatni o‘zgartira oladi.
3. So‘z faoliyatdagi ayrim harakatlar o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni aniqlashga
yordam berishi kerak. Ayniqsa, yakunlovchi mashqlar bajarilayotgan vaqtda buni
unutmaslik muhimdir. Ularda hissiy ko‘tarinkilik kamroq va shuning uchun ularning
asosiy harakatlar bilan aloqasini yaqqol tushunish talab qilinadi.
4. So‘z uslubi asosiy kuchlarni ishlatish paytida, jismoniy mashqning texnik
asoslarini o‘quvchilarga tushuntirishda katta rol o‘ynaydi. Shu maqsadda tez-tez
alohida so‘zlarni (“qo‘llar!”, “bosh!” va boshqalar) yo‘l-yo‘riq shaklida aytib
turishdan foydalaniladi.
5. So‘z obrazli bo‘lishi kerak. Bu uning ko‘rgazmaliligini oshiradi va o‘quvchilar
uchun ko‘proq tushunarli bo‘ladi. O‘quvchilarning harakatlantiruvchi tajribasi va
bilimini hisobga olib, o‘qituvchi qo‘yilgan vazifalarning bajarilishiga bog‘liq
bo‘lgan holatlarga e’tiborini to‘play oladi.
6. O‘quvchilarga harakatlarni avtomatik bajarish to‘g‘risida gapirish maqsadga
muvofiq emas (to‘g‘rilash talab qilinadiganlaridan tashqari).
So‘zning ma’no jihatidan vazifasi. Jismoniy tarbiyada muammoni to‘g‘ri yechish
asosida atamalar yotadi. Atamalar predmetlarga va hodisalarga oid og‘zaki
tushunchalarni belgilab beradi. Bu o‘quvchilarning o‘zlariga tanish tushunchani
farqlashiga, o‘qituvchining esa umum qabul qilingan so‘zlar – atamalar bilan
tushuntirishiga imkon beradi. Natijada qisqa, ammo ma’no ko‘lami keng so‘zlar
asosida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro tushunish vujudga keladi. So‘zning
hissiy vazifasi. So‘z o‘quv va tarbiya vazifalarini hal qilishga ko‘maklashadi.
Hissiyot bilan aytilganda, so‘zlarning ahamiyati kuchayadi, bu ularning ma’nosini
tushunishga yordam beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning predmetni o‘rganishiga
munosabatini shu orqali ko‘rsatadi. Ularning sog‘lom bo‘lishga qiziqishini,
dadilligini, qiyinchiliklarni bartaraf etish istagini rag‘batlantiradi. Hissiylikka
mazmunning aniqligi, jumlalarning mantiqiy va grammatik nuqtai nazardan to‘g‘ri
qurilishi, obrazliligi, yaqqolligi, talaffuz, imitatsiyalar, imo-ishoralar bilan
erishiladi.
So‘zdan
foydalanishning
qariyb
barcha
xilma-xil
uslublari
umumpedagogikaga taalluqlidir. So‘zlab berish – bayon qilishning xikoya shakli.
Ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘yin faoliyatini tashkil qilish
vaqtida qo‘llaniladi. Tasvirlash – bolada harakatlar to‘g‘risida tasavvur hosil qilish
usuli. Tasvirlash vaqtida harakatning o‘ziga xos belgilari ro‘yxati beriladi. Nima
qilish kerakligi, nima uchun shunday qilish kerakligi aytiladi, ammo ko‘rsatilmaydi.
Undan dastlabki tasavvur vujudga keltirish vaqtida yoki nisbatan oddiy harakatlarni
o‘rganish vaqtida foydalaniladi. Bu vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilim va
tajribalaridan
foydalanishlari
mumkin.
Tushuntirish.
Harakatlarga
ongli
munosabatni rivojlantirishning muhim usuli, chunki u asosiy “nima uchun?” degan
savolga javob berishga, texnika asosini ochishga qaratilgan. Suhbat. Bir tomondan
o‘z fikrini bayon qilishga, ko‘nikmani mustahkamlashga, faollikni oshirishga
yordam bersa, ikkinchi tomondan o‘qituvchiga muayyan ishni baholash,
o‘quvchilarni bilishda yordamlashadi. Suhbat o‘qituvchining savollari va
o‘quvchining javoblari ko‘rinishida yoki qarashlarni erkin aniqlash ko‘rinishida
bo‘lishi mumkin. Tahlil qilish suhbatdan shu bilan farq qiladiki, u biror-bir topshiriq
(masalan, o‘yinlar) bajarilganidan keyin o‘tkaziladi. Tahlil bir tomonlama bo‘lishi
mumkin, uni faqat o‘qituvchi o‘tkazadi, ikki tomonlama tahlilda o‘quvchilar ishtirok
etadilar, u suhbat ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkinchi shakli ilmiy va tarbiyaviy vazifalarni
ko‘proq samarali yechishga imkon beradi. Topshiriq. Dars oldidan darsning borishi
bo‘yicha shaxsiy vazifalar qo‘yishni nazarda tutadi.
Baholash. Harakatning bajarilishi tahlili natijasidir. Baholash mezoni o‘quv
jarayonining vazifalariga bog‘liq. Shuning uchun bu bir necha turga ega.
1. O‘quvchini boshqa o‘quvchining mashq texnikasini bajara olishi bilan taqqoslash
orqali baholash. Bu o‘quvchining muntazam mashg‘ulotlarga qiziqishini
rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
2. Mashq bajarilishining standart texnikasiga qiyoslash yo‘li bilan baholash, bu
ta’limning boshlang‘ich bosqichida – hali o‘quvchilarning namunaga taqlid qilish
qobiliyati imkoniyatlari chegaralangan vaqtda qo‘llaniladi.
3. Harakatning regulyativligini aniqlash yo‘li bilan baholash, odatdagidek, didaktik
barqarorlikning eng ko‘p qismini egallaydi. U o‘quvchini mashq bajarishida
erishilgan natijalari bilan mashq texnikasini taqqoslashga va uni individuallashtirish
usullarini qidirishga majbur qiladi. Biroq bunday baholash faqat jismoniy
tarbiyaning samaradorligiga texnik jihatdan bajarilish holini tushunadigan va
o‘zining harakatini tanqidiy baholay oladigan, yaxshi tayyorlangan o‘quvchilar
uchun
yaroqlidir.
Baholash
mezoni
o‘qituvchining
ma’qullashi
yoki
ma’qullamasligini aks ettiruvchi “yaxshi”, “to‘g‘ri”, “shunday”, “yomon”,
“noto‘g‘ri”, “unday emas”, “oyoqlar yuqoriroq”, “bukilmasin”, “qo‘llar bukilmasin”
va h.k. kabi xilma-xil turdagi tanbehlarda ifodalanadi. O‘qituvchi shunga o‘xshash
qisqa-qisqa tanbehlarini asoslashi kerak. Buyruq – o‘ziga xos va jismoniy tarbiyada
so‘zdan foydalanishning eng ko‘p tarqalgan uslubidir. U harakatning darhol
bajarilishiga, uning tugallanishiga, yoki harakatlar bajariladigan tezlik darajasining
o‘zgarishiga tegishli bo‘lishi mumkin va h.k. Ushbu guruh uslublari o‘rganiladigan
harakatni ko‘rib va eshitib idrok etilishini ta’minlaydi. Harakatlar ritmini, tezlik
darajasini ko‘rish, ba’zan eshitish ham shug‘ullanuvchilarda harakatlar to‘g‘risida
ko‘proq va har tomonlama tasavvur tug‘diradiki, kelgusida ularni qayta tiklash
uchun taxminiy asosni kengaytiradi. Idrok etishning ko‘rgazmali tamoyilini
singdirishda ko‘rgazmali uslublar asosiydir (ammo yagona emas). Ularning yordami
bilan o‘quvchi o‘rganiladigan harakat obrazini shakllantirishda jonli mushohada
qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Ayni paytda shuni hisobga olish kerakki, bir xil
odamlarda ko‘rib idrok etish, boshqalarida eshitib idrok etish yaxshiroq rivojlangan.
O‘qituvchi ta’limda uslublar qo‘llanishini individuallashtirish imkoniyatini va
analizatorning yetakchi rolini nazarda tutishi kerak. Guruhli o‘rgatish vaqtida idrok
etishning barcha ko‘rgazmali uslublaridan foydalanish zarur. Uslublarning yaxshi
natija berishi ko‘pincha o‘quvchilarning yoshiga muvofiqligini ko‘rsatadi. Ayniqsa,
bu uslublar bolalar bilan ishlash vaqtida katta ahamiyatga ega. Ularda jonli
misollarni kuzatishga intilish, taqlid qilish qobiliyati kuchli rivojlangan. Shu bilan
birga, har xil yoshdagi bolalarda bu bir xil emas. Masalan, kichik yoshdagilarda
sezgi idroki kuchli rivojlangan. Idrok etishning ko‘rgazmali uslublaridan
foydalanish ta’limning bosqichlariga bog‘liq. Dastlabki bosqichlarda ulardan xiyla
tez-tez foydalaniladi. Mukammallashtirish bosqichida ulardan yuzaga kelgan
xatolarni to‘g‘rilash uchun foydalanadilar. Barcha qayd etilgan ta’lim uslublari
ko‘rgazmali idrok qilinadigan harakatni o‘quvchilarga faqat tushunarli qilib
yetkazilganida va ularni faollikka yo‘naltirgan taqdirdagina ta’sirchandir. Aks holda
bu uslublar ermakli tasvirga, o‘quvchilar esa passiv mushohadachilarga aylanib
qoladilar. Natijada bolalar harakatni tahlil qilishni o‘rgana olmaydilar va faqat
e’tiborni tashqi tomonga qaratadigan bo‘ladilarki, ularning ruhiy jarayonlari faolligi
pasayadi, mulohaza esa bir yoqlama bo‘lib qoladi. O‘qituvchining (yoki o‘qituvchi
topshirig‘i bilan o‘quvchilarning) harakatni ko‘rsatishi ta’limning eng o‘ziga xos
uslublaridandir. Ta’lim asosida ko‘rsatish yordami bilan taqlid qilish yotadi.
O‘quvchining ongli taqlid qilishga tayyorligi harakatlarning bir necha omillari bilan
aniqlanadi
1) ko‘rilgan harakatni tahlil qila bilish qobiliyati;
2) bolaning ruhiy-fiziologik rivojlanishi muvofiqligi bilan qayta tiklanadigan
mashqning murakkabligi optimal bo‘lishi kerak;
3) taqlid qilinadigan harakatlar to‘g‘risida o‘quvchining bilim darajasi bilan
to‘laligini tasavvur qilish;
4) taqlid qilish uchun o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z vaqtida sifatli nazoratning
mavjudligi.
Jismoniy mashqni ko‘rsatishga ba’zi bir uslubiy talablar:
1. Ko‘rsatish har doim so‘zdan foydalanish uslubi bilan mos kelmog‘i kerak.
Ko‘rsatish va so‘zning nisbati mazmuni bo‘yicha, vaqtlar bo‘yicha taqsimlanishi va
qo‘llanish tezligi ta’limning aniq tarkib topgan vazifalari va pedagogik vazifalar
bilan belgilanishi kerak.
2. Ko‘rsatishning mazmuni ta’limning vazifalariga muvofiq bo‘lishi majburiydir:
a) birinchi ko‘rsatish, odatdagidek, jismoniy mashq bajarilishining standart texnikasi
to‘g‘risida yaxlit tasavvur berishi kerak. U qayta tiklash uchun o‘quvchilarga oson
bo‘lish darajasida amalga oshiriladi;
b) agar harakatni qanday egallash mumkinligini ko‘rsatish talab qilinsa, u holda
ko‘rsatishda ko‘nikmaning yuqori darajasini ifodalovchi individuallashtirishning
texnik bajarilishini aks ettirish kerak;
v) qachon kuchlanish berilishini ta’kidlash va ayrim harakatlarga o‘quvchilar
diqqatini jalb qilmoq zarur, ko‘rsatishda aynan ana shu lahzalar ta’kidlanadi;
ko‘proq ko‘rgazmalilik uchun ba’zan o‘rganilanayotgan harakatning faqat qismini
ko‘rsatadilar, harakatning tezligi kamaytiriladi, tanaffus qilinadi.
3. Ko‘rsatish vaqtida o‘qituvchining emotsional holatida o‘quvchilar taqlid qilishga
intilishlarini hisobga olish kerak. Bundan o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish
uchun foydalanish zarur.
4. Oynali ko‘rsatish faqat oddiy, asosan, umumrivojlantiruvchi jismoniy
mashqlardan foydalanilgan vaqtda maqsadga muvofiqdirKo‘rgazmali qurollar
namoyishi o‘quvchilar harakatni predmetli tasvir yordami bilan idrok etishi uchun
qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Ko‘rgazmali o‘quv qurollarining har qaysi turini namoyish qilish ba’zi- bir uslubiy
qoidalarni hisobga olish bilan o‘tkazilishi kerak. Plakatlarda aks etgan lahzalarni