JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA TA’LIM TAMOYILLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
37,4 KB
Ilmiybaza.uz
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA TA’LIM
TAMOYILLARI
Reja:
1.Sport faoliyatida ta’lim tamoyillari
2.Sport faoliyatida ta’lim tamoyillariga tasnif
O‘qitish jarayonining asosiy qonuniyatlari didaktik qoidalarda o‘z ifodasini
topgan. Didaktik qoidalar deganda o‘qitish va o‘qish jarayonida amal qilinadigan
asosiy qoidalar tushuniladi.
O‘qitish tamoyillari – jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va trenerning ish faoliyati
jarayonida qo‘yiladigan talablar yig‘indisidir.
Ta’lim qoidalari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini
amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining yo‘nalishi, o‘quvchilar
tomonidan ilmiy bilimlarni o‘zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning
asosiy qonun va qoidalari yig‘indisiga aytiladi.
O‘qitish tamoyillari bir-biri bilan bog‘liq. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va
trener
tomonidan
o‘qitish
tamoyillaridan
birining
buzilishi
o‘z-o‘zidan
ikkinchisining buzilishiga olib keladi.
O‘qitish tamoyillari qadimdan yoritilib berilgan. Ular buyuk Sharq va G‘arb
allomalarining ijodiy merosida aks ettirilgan. Buyuk o‘zbek mutafakkiri Farobiy
“Namunali ta’lim” haqidagi risolasida o‘quvchilarning o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan
materialni bayon qilishni eng yaxshi usuli haqida to‘xtalib bu ishni ikkita yo‘lini
tavsiya etgan: ularning biri - sezishga yaqin narsalarni oldingi o‘ringa qo‘yishdan va
ikkinchisi aqlga yaqin narsalarni ilgari surishdan iboratdir. U o‘zining fikrini
tushuntirib shunday yozgan: “Aql o‘z harakatini avval seziladigan narsalarga keyin
esa xossalarni sintez qilishga yo‘naltirishi ma’qul”. O‘qitish prinsiplari qadimdan
Ilmiybaza.uz
yoritilib berilgan. Ular buyuk Sharq va G‘arb allomalarining ijodiy merosida aks
ettirilgan.
Ibn Sino ham o‘z asarlarida didaktikaning ko‘rsatmali tamoyil haqida alohida
to‘xtalib o‘tgan. U inson o‘quv mashg‘ulotlarida buyumni tashqi xossasini ya’ni
buyumning tasvirini ko‘rib chiqsa, o‘zi mustaqil holda bilimlarni o‘zlashtira oladi
deb hisoblagan va inson mavjud narsalarni ularning tasvirini idrok etish tufayli, unda
voqelikni aks ettiruvchi tasavvur shakllanishini uqtirgan.
Olimlarning yuqoridagi fikr va mulohazalarini umumlashtirib aytishimiz
mumkinki, o‘qitish tamoyillari yosh avlodga ta’lim tarbiya berish maqsadga
muvofiq, ular o‘qishning asosiy yetakchi qoidasidir. Ya.A.Komenskiy o‘zining
“Buyuk didaktika” asarida didaktikaning o‘qitish tamoyillarini ishlab chiqqan.
4.2.Sport faoliyatida ta’lim tamoyillariga tasnif
Didaktik qoidalar, ta’lim tamoyillari quyidagilar:
1. Ilmiy bo‘lishi tamoyili.
2. Tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili.
3. Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili.
4. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili.
5. Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili.
6. Ko‘rgazmalilik tamoyili
7. Bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirish tamoyili.
8. Har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish tamoyili.
Bu tamoyillarga barcha predmet o‘qituvchilari rioya qilishlari kerak. Jahon
xalqlarining jismoniy tarbiya va sport turlarini o‘rgangan holda, ular bilan
shug‘ullanib yuqori ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun harakat qilish. O‘zbek
milliy o‘yinlarini jahonga yoyish. Kurashning qisqa muddatda qiziqarli xalqaro
sport turiga aylanishini asoslash. To‘rtinchidan, pedagogika uchun umumiy
sanalgan ta’lim-tarbiya tamoyillariga jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil
etishda qat’iy amal qilishga erishish. Ilmiylik, tizimiylik, izchillik, tushunarli
bo‘lish, ko‘rgazmalilik, yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish bilan bir
qatorda insonparvarlik, vatanparvarlik, demokratiya talablariga rioya qilish kabi
Ilmiybaza.uz
tamoyillar jismoniy tarbiya va sportni yuksaklikka ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi.
Ilmiy bo‘lishi tamoyili. Sport zamonaviy fan asoslarida olib borilishi lozim.
Bunda sportchilarda ilmiy dunyoqarashlar shakllanadi, tafakkur rivojlanadi. Ilmiylik
qoidasi
sport
jarayonida
yutuqlaridan
foydalana
oladigan
usullarini
takomillashtirishni talab etadi. Ilmiylik tamoyilda trenerdan sportchining og‘zaki
nutqiga alohida e’tibor berish u yoki bu sportdagi nazariy masalalarni ilmiy asosda
tushunishni va qo‘llashni talab qiladi .Sportdagi o‘zgarishlarni ilmiy jihatdan aniq
bayon qilish katta ahamiyatga ega. Sportchilar o‘z sport sohasi bo‘yicha ta’lim
olishning daslabki vaqtlarida sportning paydo bo‘lish tarixi, rivojlanishi, sportning
har qaysi turidagi rekordlar soni, sport jarayonidagi yutuqlarni va sport sohasida
nazariyani mukammal o‘rganishi va vaqti kelib o‘z shug‘ullanuvchilariga ham ilmiy
jihatdan ishonarli, amalda sinab ko‘rilgan ma’lumotlar berilishini talab etadi.
Trener o‘z sport sohasini sirlarini ilmiy jihatdan mukammal egallashi bu
tamoyilning ahamiyatini belgilab beradi.
Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili. Ta’limning bu qoidasi - ta’lim
jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishga, yagona o‘quv dasturiga ega bo‘lishiga, ta’limda
tizimlilikka rioya qilgan holda dars materialini to‘g‘ri taqsimlanishiga diqqatni
qaratish talab qilinadi.
Bu
tamoyilning
asosini,
bugun
o‘rganilgan
bilimlar
kechagini
mustahkamlashi, ertaga o‘rganiladiganiga zamin tayyorlashni tashkil etadi.
Ya.A.Komenskiy va I.G.Pestalotssi o‘z davrilaridayoq bilimlarni o‘rganish
uchun ularning navbatdagi har bir zvenosi, o‘zidan oldingilariga asoslanishi, yangi
bilim, ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarga mantiqiy bog‘lanishi zarurligini ishonarli
tarzda isbotlaganlar.
Jismoniy tarbiya darslarini o‘tkazishdan maqsad – bolalarning salomatligini
saqlash, ularning jismonan yetuk bo‘lib yetishishlari uchun shart-sharoitlar yaratish
va mashg‘ulotlarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Qanday holatda bo‘lmasin, barcha imkoniyatlardan foydalanib, jismoniy tarbiya
darslarini muntazam tashkil etish, ularda o‘quvchilarning faol qatnashishini
ta’minlash, organizmiga foydali yuklamalar berish juda muhim. Avvalo, jismoniy
Ilmiybaza.uz
tarbiya darslari va sport trenirovkalari ham tizimlilik va izchililik tamoyiliga
asoslanadi. mashg‘ulot jarayonida har bir shug‘ullanuvchining yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olishni ta’minlaydi.
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili. Maktablarda beriladigan ta’lim bilan
tarbiya bir butun pedagogik jarayonni tashkil etadi. Maktab ta’limida o‘quvchilar
turli fanlarni o‘rganish orqali dunyoqarashlari kengayadi. Bu esa ularning ma’naviy
siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Chunki o‘quv fanlarining har bir mavzusi tarbiyalovchilik harakteriga ega. Umuman
olganda ta’lim jarayonida ikki o‘zaro bog‘liqlik, ya’ni hayotni bilish va unga bo‘lgan
munosabatni tarkib toptirish jarayoni ajralib turadi.
Har bir dars o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan boyitishi ularning ong bilim
doiralarini kengaytirishi, yangi ko‘nikma malakalarni shakllantirishi yoki ilgari
egallaganlarini takomillashtirishi kerak. O‘quvchilar darsdan darsga go‘yo pastdan
yuqoriga qadam qo‘yganidek, bilishning cheki yo‘q narvonidan yuqoriga
ko‘tariladilar.
Jismoniy tarbiya darsida o‘qituvchi aniq bir maqsadni ko‘zlab inson jismoniy
holatini o‘zgartirilishi jismoniy tarbiyaning asosiy vazifasidir. Jismoniy tarbiya -
pedagogik jarayon bo‘lib, inson organizmini takomillashtirishga, harakat malakasini
va ko‘nikmasini, mahoratini shakllantirishga qaratilgan. Yangi avlod faoliyatni
o‘zidan avvalgi avloddan o‘rgangan bo‘lib, ularning o‘rtasida bilimlarni, mahorat va
malakalarni o‘rgatishdan iborat aloqa va davomiylik o‘rnatiladi. Jismoniy tarbiyani
o‘ziga xos xususiyatlari nuqtai nazaridan bir biriga singib ketgan ikki guruhga
bo‘lish mumkin.
1. O‘quvchilarda jismoniy salomatlikni mustahkamlash maqsadida jismoniy
kamolotga
ta’sir
o‘tkazish,
jismoniy
sifatlarga
ega
bo‘lish
va
ularni
takomillashtirish.
2. O‘quvchilarda jismoniy ta’lim - maxsus mahorat, ko‘nikma va bilim
beradigan ta’limni tashkillashtirish.
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida aqliy, axloqiy va estetik tarbiya vazifalarini
hal etish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Bu vazifalarni hal etish shaxsni har
Ilmiybaza.uz
tomonlama kamol toptirish omili sifatida jismoniy tarbiyaning rolini kengaytirib,
bevosita jismoniy tarbiyaning o‘z muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Ma’naviy va
jismonan har tomonlama kamol topgan kishilargina takomillashgan jamiyat
quruvchilari bo‘lishi mumkin. Barkamol insonni tarbiyalash jismoniy tarbiya to‘g‘ri
tashkil etilgan sharoitda amalga oshadi. Har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib,
etishish biologik hamda ijtimoiy qonuniyatlar talabidir. Insonning jismoniy
barkamolligi uning ruhiy kamoloti bilan uzviy bog‘liqdir. Odamning ruhiy dunyosi
tashqi ta’sirlar, ijtimoiy muhit hamda insonning atrofidagi sharoitlarni o‘zgartirishga
qaratilgan harakati tufayli shakllanadi. Insonning jismoniy tarbiya va sportdagi
yutuqlari, rekordlari, oliy darajadagi harakat va ko‘nikmalari shakllanishi
sportchining aqliy, axloqiy, ma’naviy estetik va g‘oyaviy-siyosiy shakllanishi bilan
uzviy bog‘liq bo‘lganda qadr - qimmatga ega bo‘ladi. Har tomonlama umumiy
jismoniy tayyorgarlik inson kamolotining asosiy qonuniyatlaridandir. Jismoniy
fazilatlarning takomillashuvi oliy darajadagi harakat malaka va ko‘nikmalarini
shakllanganligi maxsus jismoniy tayyorgarligini amalga oshirish imkoniyatini
beradi. Sportda rekordlar ketidan quvish yoki shuhratparastlik hislati shaxsni har
tomonlama rivojlantirish tamoyilini buzadi, va natijada jamiyat uchun xos
bo‘lmagan axloqsiz sportchilar shakllanadi.
Ta’limda nazariyani amaliyot bilan bog‘lab o‘qitish tamoyili.
Didaktikaning asosiy va yetakchi tamoyili ta’limni turmush bilan, ishlab chiqarish
amaliyoti bilan bog‘lab olib borishni taqazo etadi. Biz o‘quvchilarimizni hayotga,
jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta’lim amaliyot bilan
bog‘lanishi kerak. Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyilini ta’lim - tarbiya
ishining hamma yo‘nalishlarida amalga oshirish zarur.
Farobiy ham o‘z davrida har qanday fanni ikki qismga, amaliy va nazariy
qismlarga ajratgan. Mana shu qismlardan hayotda foydalanish imkoniyatlarini
hisobga olgan. Uning amaliy va nazariy qismlarga bergan ta’riflaridan, ta’limni
amaliyotga, kishilarning kundalik faoliyatiga bog‘lash fikri tug‘iladi.
Nazariyani amaliyot bilan bog‘lash tamoyilini amalga oshirish uchun
quyidagi tadbirlarga tayanish kerak:
Ilmiybaza.uz
1. o‘rganiladigan materialni o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan, kichik
sinflarda esa ularning o‘yinlari bilan bog‘lash zarur, chunki kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarni o‘qitish albatta o‘yin faoliyatini talab qiladi;
2. ta’limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan
bog‘lash;
3. nazariyani amaliyot bilan, turli qadamjolarga sayyohatlar shaklida
bog‘lash;
4. nazariy va amaliy yo‘sindagi turli masalalarni hal qilish, laboratoriya
ishlari bilan shug‘ullanish va ishlab chiqarishga doir, mavjud bilimlar asosida
praktikumlar o‘tkazish;
5. o‘quvchilarning unumli mehnat, ya’ni ijtimoiy - foydali ishlarini o‘zlariga
mos shaklda yo‘lga qo‘yish - bu prinsip mehnat tarbiyasi va ta’limi jarayonida
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shunday qilib, ilmiy bilimlarni mazmunini o‘zlashtirib olishgina emas, balki
bilimlarni amalda qo‘llay bilish ham kerak. O‘quvchilar ishini nazariy jihatdan
o‘rganar ekan ilmni amaliy ehtiyoj tufayli paydo bo‘lganini va ilm ishlab chiqarishni
takomillashtirishga va hayotni yaxshilashga yordam berishini bilib boradilar.
Maktab ta’limi tizimida nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi tamoyili o‘qish
jarayonida
amalga
oshiriladi.
Ta’lim
jarayonida
o‘quvchilar
tomonidan
o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar, o‘quv laboratoriyalari, tajriba yer uchastkalarida
qo‘llaniladi. Bu mashg‘ulotlar ularni ilmiy nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish
tajribasi bilan qurollantiradi. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar
o‘qituvchi rahbarligida tajriba o‘tqazish orqali olgan bilimlarni ishonarli ekanligini
tekshiradilar va mustahkamlaydilar. Olgan bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
hosil qiladilar. O‘quvchilar jismoniy tarbiya darslarida olgan nazariy ma’lumotlarni,
sport maydonlarida, zalda, amaliy faoliyatda sinab ko‘radilar va ma’lum natijalarga
erishadilar.
Onglilik,
faollik
va
mustaqillik
tamoyili.
Ta’limning
ongliligi
o‘quvchilarning o‘qishga ma’suliyatli munosabatda bo‘lishni, o‘qituvchi bergan
topshiriqni o‘z vaqtida bajarishini anglatadi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish
Ilmiybaza.uz
o‘quvchilarni ijodiy tashabbuskorligi va mustaqilligini oshiradi, tafakkuri va nutqini
rivojlantiradi, dunyoqarashini shakllantiradi. Onglilik tamoyilini sport turini ni
anglashda namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya darsi jarayonida shug‘ullanuvchilar
faolligi dastavval sport turlari bo‘yicha nazariy bilimlarning aqliy faoliyat va
tafakkur qilish faoliyatidir. Mustaqillik qoidasi – o‘z sport turi bo‘yicha trener
yordamisiz berilgan topshiriqlarni bajarish.
O‘qitishga ongli munosabat va unda shug‘ullanuvchining faolligi har qanday
pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy
tarbiya ta’limidagi onglilik va faollilik tamoyili harakat faoliyatlarini mexanik
ravishda taqlid qilib bajarish orqali harakatlarni o‘zlashtirishni qat’iy qoralaydi va
birinchilardan bo‘lib harakatlarni taqqoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy
bilimlarni va harakat faoliyatlarini egallash g‘oyasini ilgari surdi. U “jismoniy
mashq bilan shug‘ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko‘rsatkichlarini
oshiradi”, – degan qo‘pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko‘rsatdi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda
nazoratdan foydalanish ta’limning tamoyillar mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriy harakat”ning mohiyatiga yetib, uning
bajarilishi texnkasining asosi, zvenolari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati
ta’lim jarayonida o‘z samarasini berishi ilmiy - amaliy isbotlangan. Jismoniy tarbiya
darslarida shug‘ullanuvchilarda quyidagi ongli bilimni va faollikni mustaqillik
ta’minlash lozim.
o‘quvchilarda yuksak axloqiy, ma’naviy fazilatlarni, irodaviy
sifatlarni mehnatsevarlik, faollikni tarbiyalash;
o‘quvchilarda hayotiy muhim malaka va ko‘nikmalarni yurish,
yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish va tushish, suzish, sayohat asbob-
anjomlaridan foydalana olish shakllantirish;
o‘quvchilarda
jismoniy
mashqlar
gigienasi,
anatomiyasi
va
fiziologiyasiga doir bilimlarini boyitish:
Ilmiybaza.uz
sport
bo‘yicha
targ‘ibotchilik,
jamoatchilik,
tashkilotchilik,
instruktorlik malakalarini singdirish, harakatlarning estetikasini to‘g‘ri talqin
qilishga odatlantirish;
yuqori sinf o‘quvchilarida ularning kelajakda egallaydigan kasblarini
hisobga olgan holda kasb-hunar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
o‘quvchilarni olimpiya o‘yinlari tarixi, Firdavsiy, Abu Ali Ibn Sino,
Navoiy, Bobur, Maxmud Qoshqariy, Abdulla Avloniy va boshqa buyuk olimlarning
g‘oyalari, Alpomish, Pahlovon Maxmud, Barchinoy, To‘maris, Asqar polvon va
boshqa pahlavonlarning hayotiy, respublikamizning hozirgi kundagi atoqli
sportchilarini bilish;
Bolalarning maktabda o‘qitishning birinchi kunlaridan boshlab
jismoniy tarbiya darslarida ularning tabiat-sog‘liq inson tushunchasini o‘zlashtirib
olishlariga erishish kerak.
Masalan: bir kishi haqida o‘zining mustaqil fikriga ega mustaqil fikrlaydi
desak, boshqa kishi to‘g‘risida “nimani eshitsa, ishonaveradi, o‘zining mustaqil
fikriga ega emas” deymiz. Ana shunday bilimlar ishonchga aylanishining yagona
yo‘li o‘quv materialini o‘quvchilar ongida qayta ishlanishidir. Jismoniy tarbiya
o‘qituvchisi va sport pedagogigining vazifasi o‘zlashtirilgan bilimlarni ishonchga
aylantirishdan iborat va bunda shug‘ullanuvchining faolligi muhim o‘rin tutadi.
Bu esa shug‘ullanuvchilarni mustaqil fikrlashga faollik ko‘rsatishga majbur
qildi. Bilimlarni ongli o‘zlashtirishlarini ta’minladi. Jismoniy mashqlarni ongli
o‘rganish tarafdori bo‘lgan P.F.Lesgaft o‘qituvchiga taqlid qilishga yo‘l
qo‘ymaslikni talab qildi. U ko‘r - ko‘rona taqlid qilish o‘quvchilarning aqliy va
axloqiy rivojlanishilariga, mustaqilligiga zarar yetkazadi deb ta’kidladi. P.F.Lesgaft
jismoniy mashqlarni egallash jarayonida onglilikni talab qiladi, chunki faqat ana
shundagina o‘z harakatlarini ongli boshqarish qobiliyati egallanadi.
Ta’limda ko‘rgazmalilik tamoyili. Bu didaktik tamoyili muhim hisoblanadi.
Bu tamoyili o‘qitish jarayonini sifatini oshirishda alohida ahamiyatga ega. Bu
tamoyili ta’limning his-tuyg‘ular, aniq tasavvurlar asosida qurilishini ta’minlaydi. U
ko‘rish, eshitish va boshqa sezgilarni qo‘zg‘atadi. Ko‘rgazmali qurollar bayon