Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik innovatsiyalar
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
41
Faytl hajmi
444,4 KB
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik innovatsiyalar
Reja:
1. Ilg‘or pedagogik innovatsiyalarlar va ularning didaktik ahamiyati.
2. Pedagogik innovatsiyalarlar ning asosiy vazifalari.
3. Pedagogik innovatsiyalarning turlari.
4. Ta’lim texnologiyalari.
5. Tarbiya texnologiyalari.
5. Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
6. Pedagogik jarayonning texnologik pasporti.
7. Pedagogik jarayonning texnologik xaritasi.
8. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari.
9. Interfaol metodlar
Tayanch tushunchalar: texnologiya, innovatsiyalarlar yondashuv, pedagogik
texnologiya, ta’lim texnologiyasi, tarbiya texnologiyasi, texnologik loyiha, shaxsga
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari, texnologik pasport, texnologik xarita, interfaol
metodlar.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularning didaktik ahamiyati. Har bir
nazariya o‘zining metodologik asoslariga ega bo‘ladi. Ta’lim texnologiyasi
nazariyasining ilk g‘oyalari ilgari surilgan davrlardayoq mazkur nazariyaning asoslari
ham yaratila boshlangan. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning
maqsadi, mazmuni, vazifalari, tamoyillari, obektiv (tashqi) hamda subektiv (ichki)
omillari, obekti, asosiy tushunchalari, mezonlari va boshqalar tashkil etadi.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsa-da, aynan “pedagogik
texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog
olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan
pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflab, asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni
oldindan loyihalashga qaratadi 68 . N.F.Talizina esa pedagogik texnologiyani “fan va
amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi,
ularni izchil qo‘llash kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan” 69
bo‘lishi lozimligini qayd etadi va h.k.
So‘nggi o‘n yil davomida iste’molda “pedagogik texnologiya”, “zamonaviy
pedagogik
texnologiya”,
“o‘qitish
texnologiyasi”
kabi
tushunchalar
keng
qo‘llanmoqda.
Aksariyat
o‘qituvchilar
“ta’lim
texnologiyasi”,
“pedagogik
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlaydi. Bunday
yondashuv u qadar to‘g‘ri emas. Zero, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ta’lim
jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab G‘arbiy Yevropa va AQShda
shakllangan. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQShda “Pedagogika” fani mavjud
emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham
iste’molda yo‘q.
Texnologiya (yunoncha “techne” – mahorat, san’at; “logos” –
tushuncha, ta’limot) – ishlab chiqarishning biror sohasida xomashyo,
material, yarim fabrikat va shu kabilarga ishlov berish yoki qayta ishlash,
ularning holati, xossalari, shaklini о‘zgartirishda qо‘llaniladigan usullar
(metodlar) majmui
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni
“ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini
oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui
“Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini
yaxshilash, samaradorligini ta’minlashga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi (shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi
amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan “Pedagogika” fanining predmeti
68 Bespalko V.P. Slagayemiye pedagogicheskoy texnologii. – Moskva Pedagogika,
1989. – S. 6. 69 Talizina N.F. Upravleniye prosessom usvoyeniya znaniy. – Moskva:
Izd-vo MGU, 1984. – S. 13.
4
shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy hamda
tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. YA’ni, shaxsning
yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat – ta’limiy, tarbiyaviy faoliyat jarayonining
samarasi natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xo‘sh, “pedagogik texnologiya” va “metodika” tushunchalari bir xil ma’noni
anglatadimi?
Bu o‘rinda T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan,
uni o‘qitish jarayoniga nisbatan topshiriqli yondashuv, L.V.Zankov, T.Y.Galperin,
V.I.Davidovlar bosqichli o‘qitish, G.K.Selevko va boshqa mualliflar esa mazmunli
umumlashma sifatida baholaydi. P.Mitchelning nuqtai nazariga ko‘ra pedagogik
texnologiya barcha jihatlariga ko‘ra o‘ziga xos va samarali natijalarni qo‘lga kiritish
imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog‘liq holda ta’lim tizimi
doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotining muayyan
tarmog‘idir70.
S.K.Islamgulova esa “...texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil
etish usuli bo‘lib, u avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi71”,
- degan qarashni ilgari suradi.
Boshqa mualliflarning ham yondashuvlari bir-birlaridan farq qiladi. M: texnika
resurslari, ijtimoiy subektlar, ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim
shakllarini optimallashtirishga yo‘naltirilgan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning
barcha jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning tizimli metodi (YUNESKO);
pedagogik maqsadlarga erishish yo‘lida foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va
metodologik vositalarning tizimli yig‘indisi, ularning amal qilish tartibi (M.V.Klarin);
ta’lim jarayoniga nisbatan o‘ziga xos yondashuv; ijtimoiy- muhandislik tafakkurining
pedagogik ifodasi, texnokratik ongning pedagogikaga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim
jarayonining muayyan standarti (B.L.Farberman); didaktik maqsad, talab etilgan
o‘zlashtirish darajasiga erishish, ta’lim jarayonini avvaldan loyihalashtirish
(U.N.Nishonaliyev);
o‘qituvchining
o‘qitish
(tarbiya)
vositalari
yordamida
o‘quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko‘rsatish, mazkur faoliyatning
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni
5
(N.Saidahmedov).
Metod o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim
jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usuli sanaladi. Biroq, ushbu tushuncha ham
tadqiqotchilar tomonidan turli sharhlanadi. M: o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro
bog‘langan va ta’lim maqsadini hal etishga yo‘naltirilgan faoliyatini tartibga soluvchi
usul (Y.K.Babanskiy); o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usuli (T.A.Ilina);
didaktik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyat
birligi borasidagi umumiy nazariy qarash (P.I.Pidkasistiy) va b.
70 Islamgulova S.K. Texnologizasiya prosessa obucheniya v shkole: teoriya i opit. –
Almati: Tvorcheskaya pedagogika, 2003. – S. 23.
71 O‘sha asar. – 25-bet.
6
Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi
yetakchi omil sifatida ta’lim jarayoni e’tirof etilsa, respublikada shaxsning
shakllanishida ta’lim va tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega. Aksariyat hollarda esa
tarbiya jarayoni bu borada ustuvor bo‘lishi lozim, chunki o‘zida axloqiy xislatlarni
namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ular
mazmunining ijobiy xususiyat kasb etishini ta’minlaydi, axloqli insongina ta’lim
(bilim)ni qadrlay oladi, zero, axloqning asosiy kategoriyalaridan biri ham bilimlilik
sanaladi, degan g‘oyani ilgari suriladi. Shunday ekan, bu o‘rinda “pedagogik
texnologiya” tushunchasining qo‘llanilishi asosiy e’tiborni faqat ta’lim jarayonini
samarali tashkil etishgagina qaratmay, balki ham ta’lim, ham tarbiya jarayonining
samaradorligini ta’minlashga birdek qaratish lozim.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan
kengdir.
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug‘aviy jihatdan (inglizcha “An
educational technology”) – ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil
etishga oid ma’lumotlar beruvchi fan, ta’limot ma’nosini anglatadi. Alohida qayd etib
o‘tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g‘oyaviy
jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.
Ta’lim metodi – о‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga
yо‘naltirilgan о‘qituvchi va о‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli
bо‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan о‘quv predmetini о‘qitishning
ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimini tavsiflaydi
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining
umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini
yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq
maqsadga erishish yо‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini
ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish, ta’lim jarayonini
yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi
7
O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik
ishlanmasidan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi o‘quvchilar faoliyatiga nisbatan
yo‘naltirilgan bo‘lib, u o‘quvchilarning shaxsiy va o‘qituvchi bilan birgalikdagi
faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy muammosi –
о‘quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim
maqsadiga erishishni ta’minlash
8
XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan
inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy
ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g‘oyaviy), amaliy jihatdan boyitib borish bilan
birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta’minladi. Xizmat
ko‘rsatish sohalarining paydo bo‘lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy
va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining quyi bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga
ta’lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan
bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o‘ta qat’iy,
murakkab talablar qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan,
ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to‘laqonli anglash imkoniyatiga ega,
favqulodda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta
oluvchi malakali mutaxassisni tayyorlashga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ta’lim jarayonini
texnologik yondashuv asosida tashkil etishni taqozo etmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika
fanining vazifalari doirasi kengayib bormoqda. Tabiiy ravishda zamonaviy fan-texnika
yutuqlaridan samarali, unumli foydalana olish vazifasi mazkur fan oldiga ham
qo‘yilgandir (55-rasm):
Ijtimoiy- iqtisodiy
Taraqqiyot (IIT1)
Kadrlartayyorlash
jarayonining mazmuni
(KTJM)
Ta’lim-tarbiya
tizimi
(TTT)
Ijtimoiy
buyurtma (IB)
Ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot
(IIT2)
9
55-rasm. Ijtimoiy taraqqiyot va uzluksiz ta’lim mazmuni
Bugungi kunda respublika ijtimoiy hayotiga ham tezkor axborot oqimi bevosita
ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish,
qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash, o‘quvchiga yetkazib
berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida
qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy
Yevropa, AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish,
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratishga
qaratilgan ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur
g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”)
tushunchasining olib kirilishi
Ijtimoiy buyurtmaning
bajarilishi sifat
kо‘rsatkichi (IBBSK)
10
bilan asoslandi. Bu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik texnika”
(yoki “ta’lim texnikasi”) tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil
etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi, o‘quv
jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli
foydalanish, material mazmunini ko‘rgazmali qurollar yordamida tushuntirish kabi
holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya
baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim
texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor
o‘quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga
oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning
axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim
olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu yo‘lda olib borilgan
tadqiqotlarning obekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni
takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning
tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi.
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila
boshlandi. Dasturiy ta’lim o‘quvchilarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas,
balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi (5-jadval):
5-jadval. “Ta’lim texnologiyasi” nazariyasining shakllanish bosqichi
№ Bosqichlar
Yillar
Ta’lim texnologiyasi – TT
1. I-bosqich
XX asr
30-yillar
TT = Ptex: o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali
tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar
yig‘indisi (pedagogik texnika – Ptex)
11
2. II-bosqich
XX asr
50-yillar
TT = Ptex. + TV: ta’lim jarayonida texnik
vositalarni (TV) qo‘llash, ularning
imkoniyatlarini takomillashtirish, axborot
sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish
xizmatini sifatli tashkil etish, o‘quvchi faoliyatini
individuallashtirish:
3. III-bosqich
XX asr
60-yillar
TT = Ptex. + TV + DT + Dasturiy ta’lim (DT) –
ta’lim maqsadlarining aniqlanishi, ta’lim jarayonini
umumiy loyihalash, o‘quvchilar tomonidan nazariy
bilimlar o‘zlashtirilishi ehtimolini oldindan
tashxislash, ta’lim jarayoni samaradorligini
aniqlash, ta’lim
maqsadining natijalanganligini o‘rganish, faoliyat
natijalarini tahlil etish
TT = Ptex + TV + DT
12
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasining shakllanishi uzoq muddatli
vaqt oralig‘ida kechdi. Qator mamlakatlar – AQSH, Angliya, Yaponiya, Italiyada
ta’lim texnologiyasi va uning muammolarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi tashkilotlar (m: Ta’lim
kommunikasiyasi assosiasiyasi, 1971 yil; Pedagogik ta’lim Milliy kengashi, 1967 yil)
tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta’lim texnologiyasi” (“Educatiohal Technology”), 1961
yil, AQSH; 1970 yil, Angliya; 1965 yil, Yaponiya; 1971 yil, Italiya; “Ta’lim
texnologiyasi va dasturli ta’lim”, 1964 yil, Angliya; “Ta’lim texnologiyasi sohasidagi
tadqiqotlar”, 1965 yil, Yaponiya) nashr etildi.
Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari faoliyati
jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirishga qaratilgan harakat bir qator
yetakchi tashkilotlar tomonidan olib borilmoqda. Xususan, AXELS, IREX, JICA,
KOICA kabi tashkilotlar tomonidan olib borilgan faoliyat o‘zining samaradorligi bilan
alohida ahamiyat kasb etdi. So‘nggi o‘n yilliklar ichida yuqorida nomlari keltirilgan
tashkilotlarning ko‘magida respublikaning bir qator yetakchi oliy o‘quv yurtlari
qoshida Innovasion markazlar (Pedagogik texnologiya markazlari) tashkil etildi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo‘llash muayyan
afzalliklarga ega. YA’ni texnologik yondashuv orqali ta’limiy, pedagogik, ijtimoiy
faoliyat qirralarini ochishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Jumladan: natijalarni yuqori
aniqlikda qayd etish, pedagogik jarayonni samarali boshqarish; mavjud amaliy
tajribani ilmiy asosda tahlil qilish, qo‘llash; ta’limiy va ijtimoiy-tarbiyaviy
muammolarni yaxlit hal etish; shaxs rivojlanishi uchun qulay sharoitni ta’minlash;
insoniyatga noqulay holatlarning ta’sirini kamaytirish; resurslardan oqilona
foydalanishni yo‘lga qo‘yish; kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq samarador
yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish, ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal etish
imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalarning umumiy mohiyati, ustuvor tamoyillari va
asosiy vazifalari. Ta’lim jarayonini texnologik tashkil etishning umumiy mezoni
sifatida uning aniq va puxta o‘ylangan maqsadga yo‘naltirilganligi qabul qilingan.
13
Bunda asosiy (umumiy) va juz’iy maqsadlarni amalga oshirish uchun muayyan
qonuniyat, jarayon, tizim hamda unga mos amallar majmui taqozo etiladi. Pedagogik
texnologiyaning vositaviy yo‘naltirilganligi esa uning keng imkoniyatlarga egaligini
belgilab beradi. Bu o‘rinda ta’limning tashkiliy jihatlari avvaldan, go‘yo tashqaridan
belgilangan maqsadlarga erishish usuli sifatida qaraladi. Mos ravishda amalga
oshirilishi talab etiladigan jarayonlar mohiyatini tahlil etish, ularni saralash o‘quv
faoliyati mazmunini hisobga olmagan holda yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quv mashg‘uloti uchun ta’lim metodlarini tanlashning muhim sharti – bu
o‘quvchilarning bilim darajalarini oldindan tashxislash, ularning ko‘nikma,
14
malakalarini mavjud meyoriy talablar bilan taqqoslash hisoblanadi.
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarning belgilangan maqsad asosida harakat qilishlarini
uzluksiz nazorat qilishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiya ta’lim maqsadiga tashkiliy-uslubiy vositalar yordamida
erishish mumkinligini ifodalaydi. Agar texnologik tizimlarda asosiy e’tibor bilimlarni
uzatish, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar darajasini aniqlash maqsadida
nazoratni yo‘lga qo‘yishga doir harakatlar tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, metodlar majmuasini tanlash asosan amaliy (yoki tajriba) asosda amalga
oshiriladi.
Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda uni loyihalashtirish muhim ahamiyatga
ega.
Ta’limning
to‘laligicha
standartlashtirishga
yo‘naltirilganligi
texnologik
yondashuvga xos bo‘lib, u didaktikada ta’limning asosiy jihatlaridan biri sifatida e’tirof
etiladigan va keyingi yillarda butun jahon pedagogikasining tadqiqot obektiga
aylangan o‘qituvchi, o‘quvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar mazmunini
ifodalaydi.
Ta’lim jarayonini loyihalashga texnologik yondashuv quyidagi asosiy
bosqichlardan iborat (56-rasm):
56-rasm. Ta’lim jarayonini texnologik loyihalash bosqichlari
Ta’lim jarayonini loyihalashtirish – alohida olingan ta’lim jarayonini
samarali tashkil etish uchun barcha omillarni inobatga olgan holda
uning loyihasi (sxemasi)ni ishlab chiqish
1-bosqich
Asosiy bosqichlar
3-bosqich
2-bosqich
ta’lim jarayonini real muayyan
bosqichlarga bо‘lish, har bir bosqich
uchun xususiy maqsadlarni belgilash,
asosiy maqsadni amalga oshirish
yо‘lida juz’iy maqsadlarni ham hal
etib borish
О‘quvchilarning
bilim darajasini
oldindan
tashxis qilish
ta’lim jarayonining
umumiy, asosiy
maqsadini belgilab
olish
15
Bosqichlar ketma-ketligi o‘qituvchi harakatlarining davriyligini, takrorlanib
turishini ifodalaydi. Bosqichlarning bir-biriga muvofiq ravishda ketma-ket kelishi
o‘qituvchi harakatining muayyan maqsad, aniq nazorat usullari, ta’lim shakliga ko‘ra
bir necha marotaba takrorlanib borishi hisobiga nihoyasiga yetkazilishini anglatadi.
Bunday yondashuv ta’lim samaradorligiga erishish, ta’lim jarayonining
mazmunini, o‘quvchiga ilmiy bilimlarni turli vositalar yordamida yetkazib
16
berishni nazarda tutadi. Ta’lim natijasi samarali ravishda o‘zlashtiriladigan bilim,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi tadqiqotchilik faoliyati, bu borada
orttirilgan tajriba, o‘quvchilarda axloqiy-hissiy sifatlarning shakllanganligi bilan
belgilanadi.
Ta’lim maqsadlarini,
baholash mezonlarini,
ta’limiy
sharoitlarni
takroriy hosil qilish asosida tarbiyaviy faoliyat jarayoniga ham pedagogik
texnologiyalarni
samarali
tadbiq
etish mumkin. Shu tarzda pedagogik
texnologiyaning asl mohiyati namoyon bo‘ladi, o‘quv va tarbiyaviy faoliyat
o‘rtasidagi tafovut barham topadi. Ta’lim texnologiyasi ta’lim maqsadlarini
aniqlashtirish, yaxlit jarayonni qismlarga ajratish, ta’lim natijalarini
standartlashtirish,
ta’lim
jarayonidagi
samarali
teskari aloqa,
avtomatlashtirish imkoniyatlarini takomillashtirish kabi muhim ta’limiy
muammolarni ijobiy hal qilish imkonini beradi. Mazkur muammolarni hal etishda
mavjud pedagogik (avtomatlashgan va avtomatlashmagan) tajribani inobatga olish,
unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiq. Pedagogik
texnologiyaning
rivojlanish istiqbollari
uning nazariy asoslarini
tanqidiy ravishda tahlil qilish, ta’lim jarayoniga nisbatan samarali yondashuvning
qaror topishi hisobiga ta’minlanadi. YA’ni, ma’lum vaqt oralig‘ida pedagogik
texnologiyaning nazariy asoslarini o‘zgartirish
bilan birga uning “muammo maydoni”ni ham o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Ta’lim jarayonini texnologik yondashuv asosida tashkil etish bir qator didaktik
vazifalarni ijobiy hal etishni taqozo qiladi. Chunonchi, didaktik maqsadlar ro‘yxatini
ishlab chiqish, ularga muvofiq ravishda ta’lim jarayonini loyihalash, ta’lim jarayonini
loyihalashda yaxlit jarayon, uning bosqichlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash,
o‘quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribaning to‘laqonli o‘zlashtirilishi, barcha
o‘quvchilar bilim, ko‘nikma, malakalari darajalarining tenglashuviga erishish va h.k.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’limning rivojlantiruvchi
tamoyillariga asoslangan bo‘lib, o‘quvchi shaxsini tarbiyalashga yo‘naltirilishi lozim.
Pedagogik texnologiya nazariyasining markazida ta’lim jarayonining rahbari, ayni
vaqtda, ushbu jarayonning ham subekti, ham obekti bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchilar
17
turadi. Shunday ekan, bu subektlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, o‘zaro muloqot,
ularning bir-birlariga nisbatan ko‘rsatadigan aks ta’sirlari eng zamonaviy talablarga
javob bera olishi zarur. Buning uchun o‘qituvchi, avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonini
tashkil etishga nisbatan qo‘yiladigan talablar, ta’limni tashkil etish, boshqarish
tamoyillari, yo‘llari, o‘quvchini aqliy, jismoniy jihatdan rivojlantirishga xizmat
qiluvchi usullar, u bilan hamkorlik qilish, uni o‘qish, o‘rganishga yo‘naltirish, o‘quvchi
shaxsi faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan muloqotga kirishish, pedagogik
faoliyatni tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan muammo, kelishmovchiliklarni
birgalikda bartaraf etish, auditoriyada ijodiy, ishchanlik muhitini hosil qilish, o‘quvchi
faoliyatini aniq va to‘g‘ri baholashga imkon beruvchi metodlar bilan qurollangan
bo‘lishi lozim.
18
Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillarini bilish bu jarayon to‘g‘risida aniq
tasavvurga ega bo‘lishga imkon yaratadi. Pedagogik texnologiya umumiy didaktik
tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan
tamoyillarga ham egadir (57-rasm):
57-rasm. Pedagogik texnologiyaning umumiy didaktik tamoyillari
Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili. Ushbu tamoyil ikki jihatni o‘zida aks ettiradi: 1)
ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi; 2) pedagogik texnologiyaning
muayyan, qat’iy tizimga egaligi (“tizimlilik” tushunchasi bu o‘rinda ham ma’lum
o‘quv fanini o‘qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi).
Asoslilik (fundamentlik) tamoyili. Mazkur tamoyil fanlarning o‘rganish obekti,
ichki mohiyati, xususiyatlariga ko‘ra turli yo‘nalish (blok)larga bo‘lib o‘rganish
afzalliklarini ifoda etadi. O‘quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida
turkumlashtirilgan. Har bir o‘quv fani uning uchun yadro, o‘zak sanaluvchi
ma’lumotlarga ega bo‘lib, bu ma’lumotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining
o‘rganilishi, aniq mutaxassislik bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘zlashtirilgan
bilimlarni kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash
Faoliyatli yondashuv
Tamoyillar
Ta’limning uzluksizligi
О‘qitib tadqiq etish,
tadqiq etib о‘qitish
Ta’lim mazmunini
insonparvarlashtirish va
insoniylashtirish
Madaniyatni anglash (madaniy
hayotning rivojlanishiga
muvofiqlik)
Асослилик (фундаментлик)
Bir butunlik, yaxlitlik
19
jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi.
O‘quv fanlarining muayyan yo‘nalishlar tarzida biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan
zo‘riqishni kamaytiradi, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelishini
ta’minlaydi.
XX asrning 80-yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish
90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi
о‘quvchilarga mavjud fanlar sohalari bо‘yicha oz-ozdan ma’lumot
(bilim) berishdan iborat deb talqin etilgan bо‘lsa,
20
Mohiyatli yondashuv asoslashning muhim omili sanalib, u tabiiy, ijtimoiy va
gumanitar fanlarni umumlashtirishni ham ko‘zda tutadi.
Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik)
tamoyili. Mazkur tamoyil olmon pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda
iste’molga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Madaniyatni anglash tamoyili o‘quvchilarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiyoti
darajasidan kelib chiqib ta’lim berilishini nazarda tutadi. O‘tgan asrda ta’lim
samaradorligini ta’minlovchi yetakchi omil sifatida o‘qituvchining bilim darajasi, va
mahorati e’tirof etilgan bo‘lsa, bugungi kunda uning bilimi, salohiyati, mahoratining
yuqori darajada bo‘lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib bo‘lmasligi
barchaga ayon. Mazkur o‘rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan,
kompyuter, multimediya vositalari, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining
e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mutaxassislar
g‘oyasi yetakchi o‘rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga tayyorlanishlari lozim.
Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga
olingan har ikki tushuncha ham lug‘aviy jihatdan (yunoncha “humanus” – “insoniylik”,
“humanitas” – “insoniyat”), bir o‘zakka ega bo‘lsa-da, ularning har biri o‘ziga xos
ma’nolarni
ifodalaydi.
YA’ni
insonparvarlashtirish
ta’lim
muassasalarida
o‘rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sosiologiya,
psixologiya, filologiya va b.)ning kiritilishini, “insoniylashtirish” tushunchasi esa
shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda,
о‘zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bо‘yicha
yangi ma’lumot (bilim)larga ega bо‘lish uchun qulay sharoitni
yaratish jarayoni sifatida qayd qilingan
soha (yoki yо‘nalish)larning о‘ziga xos jihatlari, bu boradagi
nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilish, muayyan faoliyatlarni
samarali tashkil etish, belgilangan
muddatda aniq maqsadni hal etishga ulgurish,
ma’lum yutuqlarga erisha olish
21
insonparvarlashtirish – bu inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar
jarayonida inson omili, uning qadr- qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini
hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo‘lsa, insoniylashtirish
“barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun” degan g‘oya asosida
tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi ushbu tamoyilga qat’iy
amal qilishi lozim yoki o‘z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat
manfaatlari bilan uyg‘un bo‘lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda
pedagog o‘quvchilar faoliyatini avtoritar
22
(yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g‘oyalariga sodiqlik
asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytilsa, ta’limni
insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Bu holat o‘z navbatida
yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
O‘qitib tadqiq etish, tadqiq etib o‘qitish tamoyili. Tamoyil quyidagi ikki jihatni
yoritishga xizmat qiladi:
O‘qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
o‘qituvchining kasbiy, pedagogik mahoratining oshirib borishi, o‘quvchilarni bo‘lajak
mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.
Ta’limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning kasbiy
sifatlarga ega bo‘lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib
borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan
bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o‘n yil mobaynida
o‘zgarib, mazmunan boyib boradi. Mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida
mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan
ta’limdan o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun zurur sharoit yaratib berishni
ifodalaydi.
Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga
asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda
izohlanadi:
a) o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar;
b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida
qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar
Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi, shu sababli
1) ta’lim muassasalarining har bir о‘qituvchisi о‘z fani sohasiga
о‘quvchilarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;
2) о‘qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni
amaliyotda sinab kо‘radi, kuzatadi, tuzatishlar kiritadi,
ya’ni, u ta’lim jarayonini tadqiq etadi
23
Boshlang‘ich
Algoritmik
Evristik
Ijodiy
Muhim darajalar
o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim.
Amaliyotga tatbiq etilmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi.
Ta’lim texnologiyalaridan birining tanlanishi darsda qaysi darajadagi bilim va
ko‘nikmalarni o‘zlashtirish nazarda tutilganligiga bog‘liq. Bunda yangi o‘quv
materialini o‘zlashtirishning quyidagi darajalari inobatga olinadi (58-rasm):
58- rasm. Yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish darajalari
24
Boshlang‘ich va algoritmik xarakterdagi darajalar samarali bilim, ko‘nikmalarni
aniqlash uchun mezon vazifasini o‘taydi. O‘zlashtirishning ushbu darajalarini
aniqlashga yordam beruvchi texnologik jarayonni ijrochi texnologiya deb atash
mumkin. O‘quv materialini esda saqlab qolish, ko‘nikmalarni hosil qilishga
yo‘naltirilgan faoliyat darajasi o‘quvchilarning mahsuldor, natijaviy faoliyatlarini
uyg‘unlashtirishni talab qiladi. Mazkur holat o‘quv faoliyatini tashkil etishga
muammoli rivojlantiruvchi texnologiyani tadbiq etilishi bilan amalga oshadi. Unga
ko‘ra ta’lim jarayonini tashkil etish o‘quvchilarni o‘quv materialini referatlashtirish,
ularning mashg‘ulotlarda o‘z ma’ruzalari bilan qatnashish, munozara, ishchanlik
o‘yinlarida faol ishtirok etishga o‘rgatishi lozim.
O‘quv faoliyati izlanuvchan, evristik xarakter kasb etganda,
O‘zlashtirishning mazkur darajasini ifoda etuvchi texnologik jarayon
evristik texnologiya deb ataladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun
poydevor bo‘lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish,
o‘quvchining mustaqilligini ta’minlash, o‘qitish jarayonida texnik vositalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani qo‘llashda quyidagi vazifalar hal etiladi (59-rasm).
Ko‘rsatilgan vazifalarni ijobiy hal etishda quyidagi shartlarga amal qilinishi
lozim:
1. Mavjud sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.
2. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning yosh, fiziologik, psixologik, shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish.
yuqori darajadagi muammoli,
muammoli-rivojlantiruvchi
ta’lim, vaziyatlarni tahlil qiluvchi topshiriqlar, mustaqil
ishlar,
muammoli xarakterdagi topshiriqlar, ishchan
о‘yinlar kabi shakllardan foydalanish zarur
25
3. Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.
4. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)lar
faoliyatini
obektiv
nazorat
qilish,
baholash.
5. Xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda
texnik vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.
Pedagogik texnologiyalarning turlari. G.K.Selevkoning fikricha, pedagogik
faoliyatni qamrab olish sohasiga muvofiq pedagogik texnologiya quyidagi to‘rt guruh
(vertikal struktura)ga ajratiladi (60-rasm):
26
Asosiy vazifalar
Ta’lim (tarbiya) jarayonining umumiy, yaxlit loyihasini ishlab
chiqish
Ta’lim (tarbiya) jarayonida hal etiladigan aniq maqsad va vazifalarni belgilash
Ta’lim (tarbiya) jarayoni mohiyatini bashoratlash
(taxmin qilish) va uning mazmunini ishlab chiqish
Ta’lim (tarbiya) jarayoni samaradorligini ta’minlashga yordam
beruvchi eng samarali, maqbul shakl, metod, usul, texnik
vositalarni tanlash
Ta’lim jarayonida o‘quvchining erkin, mustaqil faoliyat ko‘rsatishi uchun
muayyan shart-sharoitlarni yaratish, ularda ma’lum ko‘nikma, malakalarning
shakllanishi uchun vaqt o‘rnini belgilash, ularning bilimlari darajasini
avvaldan tashxislash
O‘quvchilar faoliyatini yo‘naltirish, nazorat qilish va baholashni tashkil etish
Ishlab chiqilgan pedagogik texnologiya loyihasini
jamaoda sinash, maqsadning natijalanganlik darajasini
tahlil etish
59-
rasm. Pedagogik texnologiyaning asosiy vazifalari
Ta’lim jarayonida ta’limiy-
ijtimoiy siyosatni amalga oshirish
darajasini ifodalaydi; mamlakat,
mintaqa,
o‘quv muassasalariga xos yaxlit ta’lim
jarayonini qamrab oladi
27
(m: rivojlantiruvchi ta’lim,
mintaqaviy ta’lim sifatini
boshqarish, maxsus ta’lim
muassasalarda tashkil etiluvchi
tarbiyaviy ishlar texnologiyalari)
O‘quv jarayonining alohida qism
(modul)lari, xususiy, tarmoqli,
didaktik, metodik yoki tarbiya viy
vazifalarni hal etuvchi faoliyatni
ifodalaydi (m: subekt va obektning
alohida faoliyat turlari, mavzuni
o‘rganish, bilimlarni o‘zlashtirish,
materiallarni takrorlash, o‘quvchilar
bilim, ko‘nikma, malakalarini
nazorat qilish texnologiyalari) –
modulli- tarmoqli texnologiya
Metatexnolog
iya
Mezotexnolo
giya
Pedagogik
texnologiya
(vertikal
tuzilma)
Makrotexnolog
iya
Mikrotexnolog
iya
Sohaga oid pedagogik
texnologiyalar; ma’lum ta’lim
yoki tarbiya sohasi doirasidagi
faoliyat (umumpedagogik va
umummetodik daraja)ni qamrab
oladi (m: ta’lim texnologiyasi,
to‘ldiruvchi ta’lim
texnologiyasi, b.)
Kichik operativ vazifalar, shaxsning
o‘qish jarayonidagi individual, b.
subektlar bilan o‘zaro harakati (aloqa-
shaxsiy daraja)ni ifodalaydi (m: yozish
ko‘nikmalarini shakllantirish,
shaxsning alohida sifatlarini
tarbiyalash texnologiyalari)
60-
rasm. Pedagogik texnologiya (vertikal tuzilma)
28
Yotiq tuzilma
Pedagogik texnologiyaning yotiq (gorizontal) tuzilmasi uch asosiy nuqtai nazarni
ifodalaydi (61-rasm):
Rasmiy-tasviriy:
maqsadlar tavsifi,
mazmun, metod va
vositalar, faoliyat
algoritmi, kutilgan
natijaga erishishda
qo‘llanadigan
modellarni
ifodalaydi
Ilmiy: obekt va subekt
faoliyatini amalga
oshirish, uning
maqsadga muvofiqligi,
rejalashtirilganligi,
tashkil etilishi, maqsadni
amalga oshirish va
natijalarni tahlil etish
jarayonini ifodalaydi
Jarayonli-
faoliyatli: ma’lum
muammoni hal
etish yo‘llari ilmiy
jihatdan
asoslangan,
amaliyotga tadbiq
etish choralari
belgilangan
bo‘lishi zarur
61- rasm. Pedagogik texnologiyaning yotiq tuzilmasi
Ta’lim-tarbiya jarayoni butun mashg‘ulot davomida o‘quvchi faolligi,
qiziquvchanligini muntazam ravishda uyg‘otib borish maqsadini ko‘zda tutadi. O‘quv
omillarini yaratishga asoslangan pedagogik texnologiya o‘quvchilarni tezkorlik bilan
o‘quv yoki o‘quv ishlab chiqarish faoliyatiga jalb qilish imkonini beradi. Aks holda,
zaif, yetarli darajada tushunarli bo‘lmagan yoki aniq natijani ko‘zlamagan topshiriqlar
mashg‘ulotning samarasiz yakunlanishiga olib keladi.
Bunday holatlar ko‘pincha o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan salbiy
munosabatda bo‘lishiga olib keladi. Natija o‘quvchida ortiqcha hissiyotlarga berilish,
o‘quv faoliyatiga undovchi rag‘batning pasayishi, o‘qishdan bezish, o‘quv predmeti
va o‘qituvchiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchi va
o‘quvchi orasidagi munosabat insonparvarlik mezonlari asosida tashkil etilib, noxush