JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOTSIOLOGIYASINING KONSEPSIYASI (Jismoniy tarbiya va sporning sotsial funksiyalari, Jamiyat sotsial institutlari tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
17
Faytl hajmi
38,3 KB
Ilmiybaza.uz
JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOTSIOLOGIYASINING
KONSEPSIYASI
Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasi zamonaviy jamiyatlar tizimida
2. Jismoniy tarbiya va sporning sotsial funksiyalari
3. Jamiyat sotsial institutlari tizimida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni
4. Jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini o‘zlashtirishning pedagogik tizimini
innovatsion tarkibiy qismlari (komponentы)
5. Jismoniy tarbiya va sport qadriyatlarini ommalashtirishda OAV faoliyatining
asosiy yo‘nalishlari
Ilmiybaza.uz
Sport o‘z moxiyatiga ko‘ra siyosiydir. Har bir sportchi jahon musobaqalarida
o‘z ona Vatani shonu-shuhratini oshirishga, butun dunyoga yoyishga harakat qiladi.
O‘zbekiston mustaqillika erishganidan keyin, xalq xo‘jaligining boshqa sohalari
bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport sohasida xam ijobiy o‘zgarishlar ro‘y
berdi.
1992 yil “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqildi va bu
qonun 2000 yil Oliy majlis tomonidan yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonun
mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishda asosiy
dasturulamal bo‘lib, uning ijrosini ta’minlashda davlat va jamiyat organlarining
vazifalarini konuniy belgilab beradi.
Shuningdek, sportning alohida turlarini rivojlantirish bo‘yicha, sportchilarni
sport murabbiylari va sport mutaxassislarini davlat mukofotlari xamda faxriy
unvonlar bilan taqdirlash bo‘yicha bir qator Prezident farmonlari va qarorlari qabul
qilindi.
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga uzluksiz jalb qilishni
ta’minlash maqsadida Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish
shora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-y maydagi 271-qaroriga binoan mamlakatda
Kadrlar tayyorlash milliy modeliga asoslangan va uning talablariga uyg‘unlashgan
uzluksiz ta’lim tizimida sport musobaqalarining ham uzluksizligi ta’minlandi. Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirlagi tomonidan 2000 yil Namangan shahrida ilk bor
o‘tkazilgan oliy o‘quv muassasalari o‘quvchi yoshlarining 2001 yilda Farg‘ona
shahrida “Umid nihollari sport musobaqalari o‘tkazildi”. 2002 yilda Buxoro
shahrida “Universiada-2002” yuqori darajada o‘tkazildi. Bu sport anjumani yoshlar
o‘rtasida sportni rivojlanishiga sabab bo‘ldi. “Universiada-2002” o‘yinlarida asosiy
bahslar so‘zini, dzyu-do, kurash, yengil atletika sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Navoiy davlat pedagokika instituti talabalari suzish turi bo‘yicha asosiy oltin
medallarni qo‘lga kiritgan bo‘lsalar. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabari
jamoasi dzyu-do, basketbol, suzish, stol tennisi va shahmat bo‘yicha yuqori
Ilmiybaza.uz
ko‘rsatgishga erishdi. Futbol bo‘yicha esa jumladan: 1993 va 1996 yillarida
O‘zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish va futbol jamg‘armasini tashkil etish
to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilindi. Shuningdek boksni, tennisni rivojlantirish va
jamg‘armalarni tuzish bo‘yicha me’yoriy asoslar yaratildi. Birinchi Prezident
aytganidek “hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga tanita olmaydi”.
Ko‘pgina tadqiqotchi sportchilarning fikricha, sport jamiyatning madaniy
amaliy faoliyatida ikki asosiy vazifani bajaradi.
1.Sport orqali sportchilar o‘z millatini jahonga tanitadilar. Bu esa milliy birlikni
ta’minlashga xizmat qiladi.
2.Sport ma’lum millat vakillarining o‘z millatiga bo‘lgan his-tuyg‘usini mehr-
muhabbatini orttiradi.
3.Sport xalq salomatligini ta’minlaydi.
Mamlakatimiz tarixiy taraqqiyotning burilish davrlarida muhim mintaqa,
qolaversa muhim millat bo‘lganligi yurtimizdagi har bir yosh avlodga ma’lum bo‘lib
bormoqda. Yurtimizda tarixiy obidalarning “obodonlashtirilishi” va ta’mirlanishi
natijasida amalga oshirilayotgan ishlarning ulkanligi tariximizga e’tiborning
beqiyosligidan dalolatdir. Chetdan qaraganda bunday ishlarning mazmuni insonga
erish tuyuladi. Endi dunyoga tanilayotgan, oyoqqa turayotgan davlatga bunday
daromad manbai yo‘q ishlarga katta mablag‘lar ajratish samarasiz ko‘rinadi. Lekin
shunday bo‘lsada, mamlakatimiz mustaqilligining ilk kunlaridan milliy tariximizni
tiklash uchun ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xalqimizning o‘z tarixi yaratilib, o‘tmishda buyuk xalq bo‘lganligi, buyuk
avlodlari ulkan davlatlar barpo etib, dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo‘shganligi
yoshlarga sindirilmoqda. Yoshlar ota-bobolari o‘tmishidan, ular qoldirib ketgan
obidalarning buyukligidan faxrlanmoqda. Mana shunday buyuk tarix ularda o‘z
millatidan, ota-bobolar merosidan g‘urur, ifixor kabi tuyg‘ularning shakllanishiga
olib kelmoqda. Albatta, bugungi yoshlarning barkamol bo‘lib shakllanishida
faqatgina o‘tmishdagi buyuk yodgorliklar, jasoratlarni qayta tiklash orqali erishib
bo‘lmaydi. Ularga o‘tmishda ota-bobolarimiz qilgan xatolar, oqibatlarini ochiq
ko‘rsatish, o‘rgatish orqali ham ularni bunday xatolarni qilmaslikka, har doim
Ilmiybaza.uz
xalqning og‘ir va yengil kunlarida bir millat bo‘lib birlashishini, singdirmoq ham
kerakdir. Bunday holatlarni Urxun toshbitiklari muallifi, o‘z zamonasidan kelib
chiqadigan asosli izoh bera olgan. “U xonlarni “nodonlik va qo‘rqoqlikda”, beklar
va xalqni xonlarga bevafolikda, tabg‘achlarni yolg‘on hamda inini og‘aga gij-
gijlashida ayblaydi. Eng muhimi esa, turk xalqini noziklashtiradigan xitoy
dabdabasini qoralaydi. Yo‘llig‘ tegin mag‘lubiyat muqarrar edi, deb hisoblamaydi.
Aksincha, bitiklar kelajakda bunday holatlardan ehtiyot bo‘lishga chaqiradi”.1 Yana
buyuk alloma, XX asr imom Buxoriysi deb nom olgan Alixonto‘ra Sog‘uniy ham
millatni tarqoqligidan qayg‘urib, shunday fikrlarni keltiradi. “Forobiylar, Ibn Sinolar
chiqqan bu ulug‘ Vatanning va millatning kelgusi istiqboli uchun hech kim
qayg‘urmas edi. O‘qish-o‘qitish ishlari o‘rta asrdagidan farqi yo‘q edi. Yetarlik
iqtisodiy boylik mavjud bo‘la turib, davlatning mudofaa ishlariga hech qanday
ahamiyat bermadilar. Askariy tartib shu eski usulda bo‘lib, nizomiy tartib
kirgizilmagan va zamonaviy qurollar yo‘q edi. Bunday ongsiz hukumatning inqiroz
bo‘lishi tabiiydur. Bular Vatan va millat oldida eng kechirilmas jinoyatchi odamlar,
chunki davlatlarini inqirozga, millatlarini qullikka, Vatanlarini xorlikka olib
keldilar. Qani, qur’on hukmiga ularning amal qilganliklari?”2
1990 yillar oxiriga kelib komunistik tuzim, xalqaro moydondagi “sovuq
urush” barham topdi. “Sovuq urush”dan keyin dunyoda insonlar o‘rtasidagi farqlar,
ajratishlar g‘oyaviy, siyosiy yoki iqtisodiy asosga ega bo‘lmay qoldi. “Endi
ajratishlar, farqlar madaniyatlar orqali amalga oshirila boshlandi. Xalqlar va
millatlar har bir inson duch kelishi mumkin bo‘lgan, Biz kimmiz? degan savolga
javob berishga urinmoqdalar. Ular o‘zlari uchun muhim bo‘lgan tushunchalarga
murojaat qilib, an’naviy tarzda javob bermoqdalar. Insonlar kelib chiqish, din, til,
tarix, qadriyat, urf-odat va ijtimoiy institutlarga tayanib o‘zlarini belgilamoqdalar.
Ular o‘zlarini madaniy guruhlar: qabila, etnik guruh, diniy jamoa, millat va keng
miqiyosda sivilizatsiyalar sifatida aynanlashtirmoqdalar. O‘zining birgina kimligini
aniqlashtirmay, insonlar siyosatdan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalana
1 Гумилёв Л.Н. Қадимги Турклар. Т.: Фан. 2007, -225 бет.
2 Соғуний А. Туркистон қайғуси. Т.: Шарқ, 2003.-Б.46.
Ilmiybaza.uz
olmaydilar. Biz o‘zimiz kimligimizni, o‘zimizga kim emasligimiz ma’lum
bo‘lganidan keyin bilamiz va faqat shundan keyingina kimga qarshi ekanligimiz
bilamiz.”3 Bugun biz o‘zimizni kimligimizni, ota-bobolarimiz kim ekanligini,
bugungi kunda qanday imkoniyatlarga ega ekanligimizni, hamda boshqalardan qaysi
tomonlarimiz orqali ojizligimizni bilmas ekanmiz, yanada o‘zligimizni bilish
qiyinlashaveradi. Qachonlardir, “ba’zi masalalarda Osiyo Ovrupadan 300 yilga o‘tib
ketgan “4 ligi, hamda “Ovrupa madaniyatining rivojlanishi – islom madaniyati
xarobalanishining natijasi bo‘lishida hech shubha yo‘q”5ligida ham barchasida biz
o‘zligimizni unutganligimizda, bizni o‘zligimizni saqlab, rivojlantirib boruvchi
milliy-ma’naviy qadriyatlarimizga yetarlicha e’tibor bermaganligimizdadir.
“Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy
dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Avvalo, to‘g‘ri tarbiya,
sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va imon-e’tiqod hisobidan bunga
erishish mumkin. Men, bizga mustaqil fikrlaydigan avlod kerak, deganda ana shu
haqiqatni nazarda tutaman”6.
Hozirgi vaqtda globallashuv jarayoni yangi-yangi hudud va mintaqalarni,
barcha faoliyat sohalarini qamrab olmoqda. Bugungi axborot oqimlarining tezligi
oldida bu jarayonlar oddiygina bo‘lib ko‘rinsada, bunday xatti–harakatlar ostida
boshqa bir manfaatlar va maqsadlar borligi namoyon bo‘lmoqda. “Globallashuv
jarayonining yana bir o‘ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u
mafkuraviy ta’sir o‘tkazishning nihoyatda o‘tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy
kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat kilayotganini sog‘lom fikrlaydigan
har qanday odam albatta kuzatishi muqarrar”7.
Hozirgi paytga kelib, “globallashuv” jarayonini o‘rganish keng tus olib, uning
mohiyati va mazmunini belgilovchi turlicha ta’riflar yuzaga kelmoqda, lekin
shunday bo‘lsada bu jarayon mohiyatini aks ettiruvchi tushunchaning ma’nosiga
3 Хантингтон С. Столкновение цивилизаций. М.: Издательство АСТ, Стр – 10.
4 Гумилёв Л.Н. Қадимги Турклар. Т.: Фан, 2007.-Б.435.
5 Соғуний А. Туркистон қайғуси. Т.: Шарқ. 2003,-Б.156.
6 Каримов И.А. Мамлакатни модернизация қилиш ва иқтисодиётимизни барқарор ривожлантириш йўлида. Т. 16. –Т.:
Ўзбекистон, 2008.-Б.34.
7 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.:Маънавият, 2008.-Б.113.
Ilmiybaza.uz
ta’rif beradigan bo‘lsak, “Globallashuv” bo‘laklarning yiriklashuvi bir butun
holatiga kelayotganligidir. Yana ham aniqrog‘i, yuksak darajada taraqqiy qilgan
mamlakatlarning kuchli bosimi ostida millatlar, mamlakatlar va mintaqalarning
barcha sohalari bo‘yicha bir butunligi vujudga kelishining ko‘rinishi, namoyon
bo‘lishining ifodasidir”8, deb aytsak bo‘ladi. Albatta, bunday xatti–harakat va
tajovuzlarni insoniyat azaldan boshidan o‘tkazib kelayotgan bo‘lsada, xalqlar hech
qachon o‘zligini unutishga, boshqa mamlakatga tobe bo‘lishga rozi bo‘lgani yo‘q.
“Chunki bugungi kunga kelib aytish mumkinki, hatto eng “qashshoq”millat ham
qandaydir moddiy manfaatdorlik evaziga o‘zining o‘zgalarga qaram bo‘lishiga rozi
bo‘lmasligi aksiomaga aylandi"9. Bunday jarayonlardan millat birligini har doim
millatning o‘zligi saqlab kelgan bo‘lsa, o‘zlikni esa saqlab va boyitib keluvchi omil
ma’naviyatdir. Chunki ma’naviyatning inson, oila, millat va jamiyat hayotidagi o‘rni
nihoyatda kattadir. U o‘zining ahamiyati va salohiyati jihatidan jamiyatdagi
iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy omillarning asosini tashkil qiladi. Insonni och qolgan
qornini to‘ydirish bilan, unda o‘zlik, matonat, iymon, vatanparvarlik kabi
to‘yg‘ularni shakllantirib bo‘lmaydi, unga faqatgina ma’naviyat uning xatti-
harakatlarini, maqsadlarini belgilab beradi hamda unga kuch va qudrat bag‘ishlaydi.
Har bir tarixiy bosqichlarda millatning madaniyati takomillashib, rivojlanib
boraveradi. Mana shunday jarayonlarning bosqichlarida faqatgina millat
ma’naviyatidagi qadriyat darajasiga ko‘tarilgan qismi abadiylashib boradi. Millat
ma’naviyatining abadiylashgan qismini hech kim, hech qachon yo‘q qilaolmaydi va
yo‘qataolmaydi.
“Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi
zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib,
bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqsi bo‘lsa, avvalambor, uni
qurolsizlantirishga, uning eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va
ma’naviyatidan judo qilishga urinadi”10. Shu tariqa tajovuskor kuchlar o‘z
maqsadlariga erishib uzoq yillar davomida bosib olgan mamlakat va xalqdan o‘z
8 Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат.Т.:Янги аср авлоди, 2008.-Б.19.
9 Отамуратов С. Глобаллашув ва миллат.Т.:Янги аср авлоди, 2008.-Б.62.
10 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т.:Маънавият, 2008.-Б.11.
Ilmiybaza.uz
maqsadlari yo‘lida foydalanishga intiladilar. Ular birinchi navbatda millatning
birligini, o‘zligini namoyon qiladigan har qanday g‘oya va tushunchalarni, urf – odat
va an’analarini yo‘q qilishga intiladilar.
Shuning uchun ham davlatimiz oldidagi muhim masallardan biri bu
xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlarini saqlab qolish hamda mamlakat va millat
birligining uzviyligi va davomiyligini mustahkamlovchi yangi qadriyatlarni
shakllantirishdan iboratdir. “Odam bolasining qaysi yo‘ldan borishi, avvalo, har bir
kishining o‘ziga, tarbiyasiga, qanday qadriyatlarga tayanishiga bog‘liq. Ammo
ayrim hollarda insonning tuban yo‘llarga kirishi, jaholat botqog‘iga yetaklaydigan
maxsus usul va texnologiyalar yaratilishi, jamiyat va millat hayotiga befarq
bo‘lishidan manfaatdor kuchlar tomonidan aholining ba’zi qatlamlari, ayniqsa,
yoshlar ataylab buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga ham tushirilishi ham mumkin”11.
Ayniqsa, demokratiya sharoitida fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi bu kuchlar uchun qo‘l kelmoqda.
Bugungi ong va tafakkur rivojlangan dunyoda ular mamlakat hududiga to‘g‘ridan –
to‘g‘ri bostirib kirish mumkin emasligini yaxshi anglaydilar. Shuning uchun bunday
tajovuzkor kuchlar o‘z maqsadlarini har – xil yo‘llar bilan, ya’ni yoshlarni ongini
buzadigan video kliplar, kinolar, modalar orqali buzishga harakat qiladilar. “Jahon
axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning
ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya
berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning
talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Nega
deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o‘z
oldimizga qat’iy maqsad qilib qo‘yganmiz va bu yo‘ldan hech qachon qaytmaymiz
“12. Albatta, yoshlarimizni bunday illatlardan asrash uchun ularni har doim orqasidan
kuzatib yurish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan biridir. Ularni asrashning
birdan – bir yo‘li, bu ularda milliy ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdir.
O‘zining buyuk o‘tmishi, ota – bobolarining o‘gitlari, milliy ma’naviy
11 Назаров Қ., Эргашев И. ва бошқалар. Миллий ғоя ва раҳбар масъулияти.-Т:Ғофур Ғулом, 2007.-Б.610.
12 Каримов И.А. Юксак маънавият–енгилмас куч.Т.:Маънавият, 2008.-Б.114.
Ilmiybaza.uz
qadriyatlari bilan qurollangan insonni hech qanday g‘oya yoki oqimlar uning
ishonchi, imoni va e’tiqodini o‘zgartira olmaydi. Qolaversa, ezgu fazilatlarni o‘zida
jo qilgan insonda g‘urur, jur’at, matonat kabi tuyg‘ular ham shakllanishi shubhasiz.
Bunday insonlar har doim vatani va millatining osoyishtalagi uchun har qanday
vazifani o‘ziga sharaf deb biladilar.
Shuningdek, millat birligini ta’minlovchi omillardan bir sportning o‘rni ham bu
borada beqiyosdir. Sport – har bir xalq va millatning g‘ururi faxri hamda birdamlik
hamjihatlilikning mexanizmi sifatida har bir jamiyat siyosiy elitasining samarali
faoliyatini belgilaydi. Har bir jamiyatda sportning ravnaqi, taraqqiyoti, vujudga
kelishi turli sabab va oqibatlar asosida tahlil qilinadi. Masalan: Afrika davlatlarida
sport millatchilik sifatida qo‘llaniladi. 1956 yilda Janubiy Afrikaning millatparvar
partiyasi oq va qora tanlilarni alohida faoliyat yuritishlari borasida qarorlar qabul
qilgan shiorlar ostida namoyishlarni o‘tkazishgan. Ularning maqsadi boshqa millat
vakillaridan bo‘lgan o‘yinchilar ular urf-odatlariga rioya etishlari zarur edi.
Ammo, bunday qarorga Janubiy Afrikaliklar norozilik bildirishgandan so‘ng
Janubiy Afrika hukumati o‘z siyosatida sport sohasiga o‘zgartirish kiritib, G‘arb
sport sohasidagi hamkorlik hamdo‘stlik munosobatlarini tiklash yaxshilash borasida
qaror qabul qildi. Umuman olganda sportning insonparvarlik mohiyati shundaki,
unda inson yuqoriga yuksalish o‘zini ijobiy hislatlarda namoyon etish va oldiga
qo‘ygan maqsadiga erishishiga asosiy kuch bo‘lib hizmat qiladi. Bu soha o‘zida
tarbiyaning yangi turlarini, usullarini to‘la namoyon qila oladi. Chunki, bu usullar
keyinshalik jamiyatda, amaliyotda keng qo‘llaniladi. Buning yorqin misoli sifatida
XX asrning 80 yillarini keltirish mumkin. Olimpiya o‘yinlarida faqatgina Rossiya
yoki boshqa mamlakatlarning faxri bo‘lgan sportchilar qatorida o‘zbek
sportchilarining ham o‘rni borligini alohida ta’kidlash joiz. Shuningdek, Germaniya,
Gresiyadagi umumjahon olimpiya o‘yinlaridagi mamlakatlar faxriga aylangan
sportchilar yutuqlarini keltirish mumkin. Sport sohasi mustaqil keng qamrovli
unumli faoliyat tizimidir. Bu tizimning har qanday faoliyatini to‘sish, qisqartirish
mumkin emas. Bu soha erkin to‘siqlarsiz muvoffaqqiyatlarga erishadigan sohalardir.
Aks holda uning istiqboliga salbiy ta’sir etishi mumkin. Bugungi kunda sportning
Ilmiybaza.uz
ommaviyligini, jismoniy samaradorligini oshirish har bir shaxs uchun muhim bo‘lib
qolmoqda shuningdek, yakka faoliyat tizimi sifatida va turli xil fondlar asosidagi
taraqqiyoti ham yuksalib bormoqda. Ushbu sohada o‘tkazilayotgan sotsiologik
tadqiqotlarning bari quyidagi qiziqish va istaklar asosida amalga oshirilishi
kutulmokda.
1. Ushbu sohaning ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi rejalarini tuzish:
2. Soha uchun dastur kurslarini yaratilishi.
3. Turli xil mintaqa va sotsial guruhlarning taraqqiyotini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yana eng unumli tadqiqot yo‘nalishlaridan quyidagilarni alohida
ta’kidlash maqsadga muvofiqdir:
1. Aholining turli xil sotsial guruhlarini reabilitatsiya qilish, ijtimoiy taraqqiyot
dasturlarini ishlab chiqarish.
2. Jismoniy tarbiya hamda sportning tarixiy madaniy aspektlarini milliy va jahon
madaniyati urf-odatlari bilan uyg‘unligini tahlil qilish.
3. Sportning falsafiy – insonparvarlik tomonlarini taraqqiy ettirish hamda rivoji,
tuzulishini, yangi yo‘nalishlarini, bashorat qilish.
Birinchisi – professional musobaqalar va olimpiya o‘yinlaridan kuch olsa,
ikkinchisi – bugungi kunda o‘zida yangisha ko‘rinish va yo‘nalishlarni barpo
etmoqda. Endilikda, sportni eng yuqori yutuqlari aksiologik – etnik rejadagi falsafiy
sotsiologik tadqiqotlarda namoyon bo‘ladi. Chunki, endi uning ko‘p tomonlari o‘z
eskiligini yo‘qotib o‘zida yangisha kasbiy faoliyatni mujassamlashtiradi.
Bunga misol sifatida olimpiada o‘yinlarini keltirishimiz mumkin. Chunki,
olimpiada o‘yinlari o‘z davrida ham jismoniy, ham siyosiy ruhga ega edi.
Insonshunos olim P’er de Kuberten fikriga ko‘ra yangi olimpiya musobaqalari
millatlar, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikni, hamjihatlikni, birdamlikni yuzaga
keltiruvshi muhim omil hisoblanadi. Chunki, P’er de Kuberten o‘z davrida
Yevropadagi davlatlar muammolarini ushbu soha yutuqlari bilan bartaraf etishni
nazarda tutgan. Darhaqiqat, olimpiya o‘yinlari azaldan davlatlar o‘rtasidagi bo‘lib
o‘tayotgan teng huquqli musobaqalarning timsoli edi. Bugungi kunda esa bu
Ilmiybaza.uz
sohaning yangi qirralari oshilmoqda. Bu qirralar insonlarni har tomonlama yetuk,
sog‘lom, barkamol bo‘lishlariga samimiy yordam beradi.
Sohadagi yangi muammoli masalalardan biri sportdagi milliy birlik,
yagonalik masalalaridir. Sportning milliy birlikdagi siyosiy roli ahamiyatga molik
faoliyatdir. Ba’zi bir hollarda sport davlat ishida yagona hisoblangan “suveren”
milliylikni o‘zida namoyon etadi, har bir millatni, davlatni o‘ziga xos ehtiyoj
sezadigan sotsial institutlari mavjud. Masalan: siyosiy institutlarni olsak ya’ni
partiyalarni, siyosiy organlarning va boshqaruv organlari mavjud ya’ni, parlament.
Masalan, butun jahon sport musobaqalarida, qaerda bo‘lishidan qat’iy nazar o‘sha
yurt an’analari, udumlari, madaniyati namoyon qilinadi. Masalan Barselonadagi,
Gresiyadagi musobaqalarni misol qilish mumkin. Yana shuningdek, alohida jahon
chempionlarini misol qilib keltiradigan bo‘lsak, ular o‘z hatti harakatlarida, g‘oliblik
pog‘onalarini zabt etganlarida albatta o‘z Vatani bilan birga tug‘ilib o‘sgan joyini
ham hurmat bilan tilga oladi, chunki ular endi o‘sha joyning aholisining faxriga
aylanadilar.
Bugungi kunda mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, ijtimoiy
yo‘naltirilgan bozor iktisodiyoti va kuchli fukarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida
keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek,
oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz - mamlakatimizning buyuk kelajagi xam,
ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon
hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham - bularning barcha-barchasi,
avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar
bo‘lib voyaga yetishiga bog‘likdir13. Barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida har
bir sohada keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bolalar sportiga
katta
e’tibor
qaratilib,
qator
tadbir
va
o‘zgarishlar
amalga
oshirilib,
mamlakatimizning barcha hududlarida sport inshootlari zamonaviy talablar
doirasida qurilib, ular zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlanmoqda. Bunday
yaratilayotgan sharoitlar bolalarda saportga bo‘lgan munosabat o‘zgarishiga olib
kelish bilan birga faqat bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanishga emas, balki sport
13 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизни ривожлантиришда хал килувчи куч//Халқ сўзи, 2012 йил 18 февраль.
Ilmiybaza.uz
salomatlik va ko‘rkamlikning asosi ekanligini anglab muntazam shug‘ullanib
borishga odatlanmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak intellektual
saloxiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog‘lom turmush tarziga
rioya kiladigan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik insonlar etib voyaga yetkazishning
samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o‘g‘il-qizlarimizni
jismonan sog‘lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega insonlar qilib
tarbiyalashning bosh omili, o‘zbek sportining kelajagi, xalqaro maydondagi obro‘-
e’tiborini yuksaltirishning asosi bo‘lgan bolalar sportini rivojlantirish umummilliy
harakatga aylandi. Ushbu kutilgan nitajalarni berishda albatta avvalabor ayollar
sporti masalasini ko‘rib chiqish, ularni sportga keng miqyosda jalb qilish ishlarini
rivojlantirish tizimdagi asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Shu maqsadda
Oliy ta’lim dargohlarida ayol sport murabbiylarini tayyorlashga katta e’tibor
qaratilmoqda. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan bu ezgu sa’y-harakatlar natijasida
mamlakatimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida sport bilan
shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011-yilda 34,9 foizgacha, jumladan
qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha oshdi14.
Davlatimiz rahbarining 2010-yil 1-aprelda qabul qilingan “Qishloq joylardagi
bolalar sporti ob’ektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini
rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qizlarni, ayniqsa qishloq
joylardagi qizlarni sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish, bolalar sporti
ob’ektlari uchun yuqori malakali, professional ayol ustoz kadrlarni tayyorlash,
ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirishda muhim omil bo‘layotir.
Ushbu islohotlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida jismoniy tarbiya
darslarini qaytadan ko‘rib chiqish, zamonaviy talabalar doirasida yangi
texnologiyalarni yaratish muhim hisoblanadi. Chunki, o‘quvchi-yoshlarning
sog‘ligini saqlash va mustahkamlash, ularning jismoniy kamolatga erishishda
14 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизни ривожлантиришда хал килувчи куч//Халқ сўзи, 2012 йил 18 февраль.
Ilmiybaza.uz
jismoniy tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish o‘quv muassasalari va
mutaxassislarning ulug‘vor vazifalaridandir.
Bu borada ayollar sportini rivolantirish ishlari ham tahsinga sazovordir. Bizga
ma’lumki, jismoniy trabiya jarayonida yechimi topiladigan asosiy masalalardan biri
insonga xos xususiyatlar – jismoniy sifatlarni optimal rivojlanishini ta’minlashdir.
Jismoniy sifatlar deb insoning jismoniy faolligini ta’minlash imkonini beruvchi
tug‘ma (genetik orttirilgan) morfofunksional sifatlar bo‘lib, inson ular orqali
o‘zining maqsadli harakatli faoliyatini to‘liq namoyon qiladi. Asosiy jismoniy
sifatlarga muskul kuchi, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlik kiradi.
Jismoniy sifatlar ko‘rsatkichlarining dinamik o‘zgarishlariga muvofiq “rivojlanish”
va “tarbiyalash” tushunchalari qo‘llaniladi.
Rivojlanish tushunchasi jisomniy sifatlarning tabiiy o‘zarishini xarakterlaydi,
tarbiyalash tushunchasi esa jismoniy sifatlar ko‘rsatkichlarining o‘sishiga faol va
yo‘naltirilgan ta’sirni ifodalaydi. Zamonaviy adabiyotlarda “jismoniy sifatlar” va
“jismoniy (harakatli) layoqatlar” tushunchalari ishlatiladi. Biroq, ular bir-biriga mos
tushunchalar emas. Umumiy tarzda harakat layoqatlarini individual xususiyatlar
sifatida tushunish mumkin, ular insonning harakatlanish imkoniyatlarining
darajasini aniqlab beradi.
Insonning harakatlanish layoqatlarining asosini jismoniy sifatlar, namoyon
qilish shaklini esa haraatlantiruvchi malaka va mahorat tashkil qiladi.
Harakatlantiruvchi layoqatlarga kuch, tezlik, tezlik-kuch, harakatli-koordinatsion
layoqatlar, umumiy va muxsus chidamlilik kabilar kiradi.
Muskullar kuchini yoki tezlikni rivojlantirish haqida gap ketganda tegishli kuch
yoki tezlik layoqatlarini rivojlantiruvchi jarayonni tushunish lozim ekanligini esdan
chiqarmaslik kerak. Har-bir insoning harakatlanish layoqatlari o‘z holicha
rivojlangan. Layoqatlarning turli darajada rivojlanishi asosida ierarxik tug‘ma
anatomik-fiziologik (irsiy) iste’dod nishonalari yotadi: miya va asab tizimining
anotomik-morfologik xususiyatlari (asabli jarayonlarning xususiyatlari); kuch,
harakatchanlik, vazminlik, tana qatlami tuzulishining individul variantlari, alohida
qismlarning funksional yetuklik darajasi va boshqalar; fiziologik (yurak-tomir va
Ilmiybaza.uz
nafas olish tizimlarining xususiyatlari); kislorodni maksimal iste’mol qilish, sirtqi
qon aylanish ko‘rsatkichlari va boshqalar; biologik (biolgoik oksidlanish, endokrinli
nazorat, moddalar almashinuvi, muskullar qisqarishi va boshqalar); tana tuzulishi
(tana va qismlarining uzunligi, tana og‘irligi, muskul va yog‘ tuqimalarining vazni
va boshqalar); xromosomali (irsiy)15.
Harakatlanish layoqatlarining rivojlanishiga ruhiy-dinamik qobiliyatlar ham
ta’sir qiladi (ruhiy-dinamik jarayonlarning xususiyatlari, temperament, xarakter,
ruhiy holatni nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilishnig xususiyatlari va
boshqalar). Inson layoqatlarini baholashda faqatgina uning o‘rganish jarayonida
erishgan yutuqalariga qarab emas, balki ushbu sifatlarni qanchalik tez darajada
o‘zlashtirishiga ham e’tibor beriladi. Layoqatlar ma’lum bir faoliyatni amalga
oshirish jarayonida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi, lekin ushbu holat irsiy va
o‘rta omillarning o‘zaro hamkorligi natijasi hisoblanadi. Inson layoqatlarini
rivojlantirishnig amaliy chegaralari inson umrining davomiyligi, tarbiyalash va
o‘rgatish usullari va boshqa omillar orqali aniqlanadi, biroq layoqatlarga to‘liq
asoslanmaydi. Layoqatlarni rivojlantirish chegaralari kengayishi uchun tarbiyalash
va o‘rgatish usullarini takomillashtirishning o‘zi yetarlidir. Harakatlanish
layoqatlarini rivojlantirish uchun tezlik, kuch va boshqalarga tegishli jismoniy
mashqlarni qo‘llash orqali aniq harakatlanish imkoniyatlarini yaratish zarur. Ammo,
bundan tashqari ushbu layoqatlarni rivojlantrishga qaratilgan mashqalarning
samaradorligi tashqi yuklamalarga individual me’yorlarning reaksiyasi ham bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun ham ayollar salomatligini tiklashda ushbu omillarga e’tibor
qaratish muhim hisoblanadi. Bu borada rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan
usullar o‘z samarasini berayotganligi, ushbu usullarni mamlakatimizda ham tezlik
bilan qo‘llash halqimizning salomatligi, ayniqsa ayollar va qizlar salomatligini
saqlash va tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz o‘tkazgan tadqiqotlarimizda bugungi o‘quvchi-qizlarning sportga bo‘lgan
munosabatini
hamda
qiziqishlarini,
ularga
to‘sqinlik
qiluvchi
omillarni
o‘rganishdik. Umuman sport mashg‘ulotlari asosida o‘quvchi-qizlar salomatligini
15 Кошбахтиев И.А. Валеология студенческой молодежи.Ташкент, 2000.-С.147.
Ilmiybaza.uz
tiklashda quyidagi uslublarga tayanish lozim: a) Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni
o‘rganish tahlil qilish va umumlashtirish; b) pedagogik kuzatishlar va nazorat
testlari; v) maktab o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazish; g) savol-javob varaqalar
natijasini tahlil qilish; d) pedagogik tajriba; ye) matematik-statistik usullar.
Shuningdek,
o‘quvchi-qizlarni
sport
mashg‘ulotlari
asosida
salomatligini
ko‘tarishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishda quyidagi omillarga e’tibor berish
lozim:
1. Qiz-o‘quvchi-yoshlarning qiziqishlari tadqiq etish
2. Ularning yoshiga oid psixologik va fiziologik omillarni o‘rganish
3. Hududlarning o‘ziga xos xussiyatlari, turmush-tarzi, an’analari, qadriyatlari
inobatga olish
4. Bo‘sh vaqtga egaligi va undan oqilona foydalish darajasi belgilash
5. Ota-onalarning bolalar tarbisiga e’tiborini o‘rganish
6. Hududlarda sport turlariga yaratilgan sharoit va sport turlari bo‘yicha ayol malakali
mutaxassilarning mavjudligiga e’tibor qaratish zarur.
Sport mashg‘ulotlari orqali o‘quvchi-qizlar salomatligini tiklashning ilmiy-
nazariy asoslarini yaratishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan omillarni asoslash
maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim
maktabi o‘quvchilarini “Sport-salomatlik asosi” haqidagi nazariy bilimini aniqlash
uchun 50 ta qiz-o‘quvchilardan savol-javob (anketa) o‘tkazdik. Olingan natijalar 1
jadvalda qayd etdik.
1 jadval
№ Savollar
Ha
Yo‘q
1
Sporga qiziqasizmi?
76%
24%
2
Sport bilan shug‘ullanishga vaqtingiz bormi? 51%
49%
3
Yashayotgan
hududingizda
sport
bilan
shug‘ullanishga sharoitlar yetarlimi?
52%
48%
4
Ota-onangiz sport bilan shug‘ullanishga
ruxsat beradimi?
63%
37%
Ilmiybaza.uz
5
Sport inson salomatligini mustahkamlovchi
eng asosiy omil ekanligini bilasizmi?
65%
25%
6
Sizga ayol murabbiy-o‘qituvchilarning dars
olib borish uslubi yoqadimi?
66%
34%
7
Maktabingizda sport bilan shug‘ullanishga
sharoitlar yetarli deb, hisoblaysizmi?
61%
39%
8
Maktabingizda darsdan keyin sport bilan
shug‘ullanish uchun sport tugaraklari tashkil
qilinganmi?
47%
53%
Tadqiqotimizda bildirilgan ilmiy-nazariy fikrlar va o‘tkazilgan tadqiqot
natijalari asosida xulosa qilib quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: birinchidan,
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha pedagog turli harakatlanish layoqatlarini
rivojlantrishning asosiy vosita va metodlarini, shuningdek, mashg‘ulotlarni
tashkillashtirish usullarini ham yaxshi bilish kerak. Shundagina mutaxassis optimal
uyg‘unlashtirilgan vositalarni, aniq sharoitlarga yo‘naltirilgan takomillashtirilgan
forma va metodlarni aniqroq tanlay oladi; ikkinchidan, joylarda yoshlarning sport
turiga bo‘lgan qiziqishi, milliy qadriyatlari bilan uyg‘unligini o‘rganish, tadqiq etib
borish sport turining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi; uchinchidan, Oliy o‘quv
yurtlarining jismoniy tarbiya yo‘nalishlarida hamda O‘zbekiston Davlat jismoniy
tarbiya institutida bolalar ruhiyati va dunyoqarishini o‘rganishga qaratilgan
dasturlar, fan sohalarini joriy qilish bo‘lajak mutaxassislarning xalqning sportga
bo‘lgan fikrlarini o‘rganib, o‘z faoliyatlarini boshlashlarida asosiy ko‘makchi
vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi; to‘rtinchidan, o‘quvchi-qizlarning jismoniy
tarbiya va sportga bo‘lgan munosabati va qiziqishini o‘rganib borish, tegishli taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etib borish, mamlakatda
jismoniy tarbiya va sportning keng miqyosda rivojlanishiga olib keladi;
beshinchidan, o‘quvchi-qizlarning yoshi, qiziqishi va oilaviy sharoti asosida sport
mashg‘ulotlarning texnolgiyasini ishlab chiqish yoshlarning sportga bo‘lgan
qiziqishni yanada oshishiga olib keladi; oltinchidan, umumiy o‘rta ta’lim
maktablari o‘quvchilarida sportga bo‘lgan munosabatini shakllantirish jarayonida
Ilmiybaza.uz
ularga nisbatan individual yondoshuvga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero,
sportga bo‘lgan munosabat o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, ma’naviy-ahloqiy
sifatlari hamda dunyoqarashi negizida shakllanadi.
Ilmiybaza.uz