JISMONIY TARBIYA VA SPORT TA’LIMINI LOYIHALASHTIRISH VA BOSHQARISH
Yuklangan vaqt
2024-06-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
37,4 KB
JISMONIY TARBIYA VA SPORT TA’LIMINI LOYIHALASHTIRISH VA
BOSHQARISH
Reja:
1.Jismoniy tarbiya va sport ta’limini loyihalashtirish, jismoniy tarbiya va
sportning dolzarb muammolarini hal etishda dasturiy – loyihaviy yondashuvning
imkoniyatlari hamda loyihalashtirishning metodologik jihatlari.
2.Sport faoliyatini boshqarishning funksiyalari va tarkibiy qismlari: gnostik,
loyihalashtiruvchi, kommunikativ, tashkiliy.
3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga bo‘lgan talablar.
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va uning istiqbol sari
dadil borishi ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy, madaniy ma’rifiy so‘zlarni yanada
takomillashtirishni taqazo etadi. Bu yo‘lda sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat,
texnika, iqtisod, ta’lim-tarbiya, jismoniy tarbiya va sport hamda boshqa sohalarda
chuqur islohotlar olib borilmokda. Ma’lumki, bu jarayonlarni hozirgi kun talablari
asosida tashkil kilish va boshqarish asosiy maqsad hisoblanadi.
Shu sababdan mamlakatimizning mustaqilligini to‘la ta’minlash, uning
jarayonida taraqqiy etgan davlatlardan biri sifatidagi nufuzini xalqaro huquqlar
asosida yuqori ko‘tarish kabi faoliyatlar nihoyatda muhim. Bu faoliyatlarni amalga
oshirishda esa mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Bunda O‘zbekistan Respublikasining Konstitutsiyasi, “Jismoniy tarbiya va sport
to‘g‘risida”gi, “Ta’lim to‘g‘isida”gi Qonunlar, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning kabul qilinishi alohida ahamiyatga molikdir.
Aholining salomatligini mustahkamlab borish, o‘quvchi yoshlarning jismoniy
va ma’naviy kamolotini oshirish, sog‘lom avlod tarbiyasini takomillashtirish
masalalari kelajagi buyuk davlat qurishning muhim omillaridan biridir.
Inson ruhiyati uning ijtimoii turmush va ta’lim-tarbiya jarayonida asosiy
omildir. Shu sababdan o‘qitish, tarbiya berish, yoshlarning ma’naviy va jismoniy
kamolotini tarbiyalab yetishtirish, ularni kasb-hunarga yo‘llashda ijtimoiy-
psixologik va pedagogik jarayonlarga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Bu jihatlar
jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni sportga
jalb etish, sportchilar mahoratini oshirish, ularni sport musobaqalariga ruhiy jihatdan
tayyorgarliklarini ta’minlash eng muhim pedagogik jarayon hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda xalq pedagogikasini takomillashtirishda
yetuk mutafakkir olimlarning hissalari kattadir. Ilmiy-pedagogik meroslarimizni
ta’lim tizimiga kiritish va ulardan keng foydalanish fikrlarini olg‘a surdilar.
Jahon xalqlari tarixi va pedagogikasida o‘chmas iz qoldirgan buyuk allomalar
Abu Ali ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy va boshqa sharq
olimlarining ma’naviy-ma’rifiy hamda ilmiy-pedagogik meroslari o‘quvchi yoshlar
va mehnatkashlar orasida barpo qilinmoqda.
Sport jamoalarining faoliyatini ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish va ilg‘or
tajribalarni ommalashtirishda yetuk yirik olimlarimiz o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.
Sport tashkilotlari faoliyatini boshqarish va ommaviy sog‘lomlashtirish
musobaqalarini tashkil etishda rahbar xodimlar, mas’ul tashkilotchilar hakamlar,
xizmatchilar, vakillar va hokazolar, jamoalar umumiy qoidalarga itoat etish, o‘zaro
yaxshi munosabatda bo‘lish. sport musobaqalari qoidalariga to‘la rioya qilish, yetik
estetik me’yorlarni bilish kabi talablarni bajaradilar.
Sport jamoalari faoliyatida, asosan, quyidagi ijtimoiy-ruhiy va pedagogik
jarayonlar muntazam ravishda mavjuddir:
1.
Jamoa rahbari voqelikni kuzatadi.
2.
Murabbiy o‘yinlar va barcha mashg‘ulotlarni tashkil qilish jarayonida
ularni kuzatib, tahlil qiladi.
3.
Jamoa ishtirokida rahbarlar va murabbiylar barcha faoliyatlarni,
shuningdek o‘yin natijalarini birgalikda muhokama qiladilar.
4.
Muhokama jarayonida g‘oliblar taqdirlanadi va rag‘batlantiriladi.
5.
Mag‘lublar tegishli vazifalarni oladilar.
Bu jarayonlar ijtimoiy-psixologik va pedagogik jihatdan bir-biriga
chambarchas bog‘lanib ketganligi uchun maqsad bu faoliyatlarni uyushtirish, aniq
yo‘nalishlar berish, kelgusi ish samarasini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shu jihatdan ham barcha yosh mutaxassislar sportning turlariga qarab bu
faoliyatlarni chuqur o‘rganishlari, amaliyot jarayonlarida qayta - qayta tajribalardan
o‘tkazishlari zarur.
Sport jamoalari rahbarlari, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari
ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda barcha sport mashg‘ulotlari jarayoni va
avvaldan mo‘ljallangan vaqtlarda suhbatlar o‘tkazishni yaxshi yo‘lga qo‘yishlari
lozim. Bunda:
1.
sport mashg‘ulotlari va o‘yinlari ijtimoiy-psixologik va pedagogik
jarayonlarga aniq qaratilishi;
2.
oldiga aniq vazifalar qo‘yilishi;
3.
suhbat rejalari aniq va ehtiyojga yarasha bulishi;
4.
suhbatning ta’sirli bo‘lishi uchun vaqt va joy mos kelishi;
5.
suhbat jarayonida aniq maqsadlarga erishish;
6.
olingan axborotlar, ma’lumotlar dalil sifatida aniq va to‘g‘ri haqqoniy
bo‘lishi;
7.
suhbatda maqsadga erishilgach, uni darhol to‘xtatish, boshqa vaqtda
davom ettirishga ehtiyojni uyg‘otish kerak bo‘ladi.
Suhbatlar ma’lum chegaralangan, maqsadga qaratilgan va erkin holda bo‘lishi
kerak. Imkoni boricha suhbatda barcha qatnashchilar o‘z fikr-mulohazalarini izhor
qilishlari kerak. Uning yakunida doimo barchadan qanoat hosil qilishi va yana
davom ettirishga qiziqish uyg‘otishi zarur.
Xulosa qilganda, jismoniy tarbiya jamoalari, sport klublari, sport jamoalari va
aholi o‘rtasida maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ishlar muhim ahamiyatga egadir.
Rahbar xodimlar, murabbiylar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari. jamoati xodimlar va
sport ixlosmandlari jismoniy tarbiyas og‘lomlashtirish va sport musobaqalarini
uyushtirish jarayonlarida e’tiborlarini ma’naviy-ma’rifiy va madaniy faoliyatlarni
yaxshilashga qaratish lozim.
Xulosa shundaki, aholi turar-joylarida eng avvalo sport inshootlari, oddiy
o‘yin maydonlaridan maqsadli foydalanish zarur. Sport ixlosmandlari, sportsevarlar,
mutaxassis xodimlar yoshlar o‘rtasida kuchlararo, mavzeylar, dahalar va mahalla
birinchiligi uchun ular sevgan sport musobaqalarini tashkil qilishlari kerak.
7.2.Sport faoliyatini boshqarishning funksiyalari va tarkibiy qismlari:
gnostik, loyihalashtiruvchi, kommunikativ, tashkiliy.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining mahorati to‘rtta (4) komponentga
asoslanadi:
1)pedagogi yo‘naltirish;
2)bilim
3)malaka
4)avtoritet (obro‘,e’tibor).
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisini pedagogik yo‘naltirish
Yo‘naltirish - bu shaxsning ma’lun bir mashg‘ulot turiga intilishi, u
mashg‘ulot turiga juda qiziqishga asoslanadi. Yo‘naltirish kishini ma’lum bir
faoliyat turi bilan shug‘ullanishga undovchi bir nech motiv (sabab)lar bilan
tavsiflanadi.
Pedagogik yo‘naltirish – pedagogi faoliyat bilan shug‘ullanishga intilishi.
Pedagogik yo‘naltirish ikkita motiv asosida shakllanadi:
a) bolalarga muhabbat
b) jismoniy tarbiyaga qiziqish
Bolalarga muhabbat – bu har bir bolaga g‘amho‘rlik qilish, e’tiborli
munosabat. Bu bolalar bilan muloqat qilishdan quvonish, bu bolalar bilan ishlashga
qiziqish, ularni o‘qimishli qilish istagi, ularni jismonan va psixologik rivojlanishiga
yordam berishdan iborat.
Jismoniy tarbiyaga qiziqish ikkinchi, asosiy motiv (sabab) hisoblanadi, u
o‘qituvchining
pedagogi
yo‘nalishini
shakllantiradi.
Jismoniy
tarbiya
o‘qituvchisining o‘z ishiga yo‘nalishi unga berilib ishlashi bilan ifodalanadi. Ish
uning hayoti mazmuniga aylanib qoladi. Bu ikki natijaga olib keladi.
Bir tomondan, o‘qituvchining o‘z kasbiga bo‘lgan muhabbati uchun doimiy
ravishda o‘z mahoratini oshirib borishga, o‘z hamkasblrining ishi bilan qiziqishga,
foydali tomonlarini o‘zlashtirishga, faol ijodiy xodim bo‘lishga undaydi. Boshqa
tomondan, agar o‘quvchilar mashg‘ulotlar o‘qituvchi uchun rohat emas og‘ir
majburiyat jamligini his qilsalar, ular ham o‘qituvchiga nisbatan xuddi shunday
munosabatda bo‘ladilar.
Jismoniy
tarbiya
o‘qituvchisining
bilimi
(eruditsiyasi)
Bilim
o‘qituvchining pedagogi faoliyatidagi imkoniyatlarini belgilab beruvchi omillardan
biridir.
O‘qituvchining eruditsiyasi- umumiy va maxsus bilimlardan tashkil topadi.
Umumiy bilimlar -(umumsiyosiy, adabiyot, san’at, tarix va h.k)
o‘qituvchining dunyoqarashi va umumiy madaniyatini bildiradi.
Maxsus bilimlar- o‘qituvchi uchun o‘z jismoniy tarbiya pedagogi faoliyatini
amalga oshirish uchun kerak (anatomiya, fiziologiya, psixologiya, pedagogika,
maxsus fanlar- futbol, basketbol va boshqalar bo‘yicha muammolar).
Bilimlar faqat kitob va jurnallar, hamda boshqa pedagoglarning tajribasidan
olinishi kerak emas, balki o‘qituvchi tomonidan o‘z o‘quvchilarini ularning fe’l-
atvori, qobiliyati, layoqati, jismoniy rivojlanishi darajasini o‘rganish jarayonida
orttirilgan bilimlar juda muhim.
K.D Ushinskiy ( buyuk rus pedagogi): “Insonni har tomonlama shakllantirish
uchun uni har tomonlama bilish zarur” degan edi.
O‘qituvchi egallagan maxsus bilimlarni nazariy, amaliy va uslubiy bilimlarga
bo‘lish mumkin.
Nazariy bilimlar- jismoniy tarbiya tarixi, odam organizmining ishlash
qonuniyatlari tarbiya va ta’lim tamoyillari va boshqalar
Amaliy bilimlar - avvalo u yoki bu mashqni bajarish uchun kerakli
bilimlardir.
Uslubiy bilimlar – bu boshqalarni qanday o‘rgatish bo‘yicha bilimlar ya’ni
mashqni shaxsan bajarish emas balki bu mashqlarni o‘quvchilar tomonidan
bajarilishidir.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining malakasi quyidagilar:
Malaka- bu alohida harakat yoki butun bir faoliyatni qoidalar va faoliyat
maqsadiga muvofiq ravishda bajarish usullarini amaliy egallash.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining malakasi konstruktiv, tashkilotchilik
komunikativ (didaktik va notiqlikni qo‘shgan holda), gnostik (perseptivni
qo‘shgan holda), harakatchanlik (amaliy faoliyatni qoshgan holda) malakalariga
bo‘linadi.
Konstruktiv malakalar o‘qituvchiga o‘z faoliyatini rejalashtirishga yordam
beradi. Ularga o‘quv materialini tanlash va tashkil etish malakasi, perseptiv (kelajak)
va doimiy rejalashtirishni amalga oshirish malakasi,sport anjomlari va asbob-
uskunalarini olish va ta’mirlash malakasi kiradi.
Tashkiliy malakalar o‘qituvchining rejalashtirgan ishlari ( masalan,
o‘qituvchi darajasining yaxshi konspektini tuzishi mumkin, lekin sinfda ishni yaxshi
tashkil qila olmaganligi uchun darsni yomon o‘tkazishi mumkin. Talaba darsni
o‘tkazish bo‘yicha uslubiy bilimalartga ega bo‘lmasdan turib, o‘zining
tashkilotchilik qobiliyatiga ko‘ra darsni yaxshi o‘tkazishi mumkin) amalga oshirish
bilan bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatning asosiy komponentlarini
tushina borib, boshqarishni bilishi, maqsadlarni aniqlay olishi kerak.
Mahoratni kasbiy faoliyatni tashkil etishni yuqori saviyada amalga
oshirilishini ta’minlaydigan shaxsiy kompleks xususiyatlar yig‘indisi degan
tushuncha nuqtai nazaridan yondashishga harakat qilamiz. Bunday muhim
xususiyatlarga faoliyatning shaxsning insonparvarlik yo‘nalishi kasbiy bilim
ko‘nikma malakalari pedagogi qobiliyat, pedagogi texnika, pedagogi muloqot va
pedagogi ijodiyot kiradi.
1.Shaxsning insonparvarlik yo‘nalishi O‘qituvchining professional jihatdan
muhim bo‘lgan sifatlari kiradi. Ularga g‘oyaviy, siyosiy bunga o‘qituvchini
dunyoqarashi, har bir o‘quvchining kelajagi uchun javobgarlik hissi kiradi.
O‘qituvchining axloqiy sifatlari: Xushmuomala insoniylik talabchanlik
optimizm (yaxshi kayfiyat) kiradi.
Kommunikativ sifatlari: (muomila qila olish qobiliyati) odamlarga yaqinlik,
dilkashlik , xushmuomalalilik, e’tiborlilik.
Pedagogik takt – bu mohir o‘qituvchi intelligentga xos bo‘lgan sifatlar,
o‘qituvchi mahorati bir bo‘lagi hisoblanib, taktik bo‘lish har insonga axloqiy
talabchanlik ayniqsa rivojlanuvchi shaxs bilan munosabatda bo‘luvchi pedagogga
talabchan bo‘lishni taqozo etadi.
Pedagogik takt – o‘quvchilarga o‘qituvchining maqsadga muvofiq ta’sir
me’yori, muomalaning samarali usulini qo‘llash ko‘nikmasidir. Takt o‘qituvchi
uchun darsning barcha bosqichlarida zarur. Ayniqsa, o‘quvchilar bilimlarini
tekshirish va baholash vaqtida o‘qituvchi o‘zining xulqiga e’tibor berishi kerak. Bu
o‘rinda takt avvalo, o‘quvchi javobini eshitishda namoyon bo‘lishi zarur.
Javoblarning mazmuni va shakliga o‘ta e’tibor va qiziqish bilan quloq solish,
ma’lum qiyinchilik yuzaga kelganda esa pedagogi o‘zini tuta bilmog‘i lozim.
Hamma o‘quvchilar qaysi o‘qituvchi yaxshi bo‘lsa, odob bilan e’tibor berib
eshitsa, o‘shanga javob berishni hohlaydi. Bu holatlarda tabassum, qarashlar,
mimika, bosh qimirlatish bilan javoblarni quvvatlab turish, yo‘l-yo‘lakay izoh
berish juda muhimdir.
Pedagogik takt o‘qituvchi hulqining ixcham, serma’no kasb etishini, ya’ni
taktik yo‘lni ham hisobga oladi. Odatda o‘qituvchi bolalar oldida turli rollarda,
ko‘rinishlarda chiqadi va u turli ohang, turli ko‘rinishlar bilan, taktik usullar orqali
ta’sir ko‘rsatishni talab etadi.
Pedagogik takt mahorat bilan birga tarbiyalanadi va egallanadi. U
o‘qituvchining ma’naviy yetuklik darajasi va maxsus bilimlarini egallash bo‘yicha
hamda bolalar bilan muomala ko‘nikmalarini shakllantirishi yuzasidan o‘z ustida
katta ishlar qilish natijasidir.
2.Kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar. Bularga fan bilimlari o‘qitish
uslublari pedagogika bilimlari, psixologiya bilimlari, nazariy bilimlar, kasbiy
ko‘nikma va malakalarga quyidagilar kiradi: bilimlarni yetkaza bilish, tekshirish
ko‘nikmalari, malakalarni hosil qilish ko‘nikmalari, shug‘ullanuvchilarni aqliy
faoliyatini boshqarish ko‘nikmalari (o‘qituvchini fikrlash qobiliyati aktivligini
qo‘zg‘ata bilish), mustaqil ishni uyushtirish ko‘nikmasi, o‘z-o‘zini boshqarish
ko‘nikmasi, har hil holatlarni tahlil qilish ko‘nikmasi, o‘quvchilarni qiziqishini
shakllantirish ko‘nikmasi.
3.Pedagogik faoliyatning yetakchi qobiliyatlari. Mohir o‘qituvchi o‘z
ishini, asosan, amalga oshirishini ta’minlaydigan eng asosiy qobiliyatlarni ajratib
olishimiz kerak. Pedagogik faoliyatning quyidagi sakkizta yetakchi qobiliyatlarini
sanab o‘tish mumkin:
1)perseptiv qobiliyat – pedagogning kuzatuvchangligi, ziyrakligi;
2)loyihalashtirish qobiliyatlari - rejalashtirish qobiliyatlari
3)ta’lim berish qobiliyatlari – bilimlarni yetkazib berish qobiliyatlari;
4)ekspressiv qobiliyatlari – bu fikr, hissiyot bilimni nutq orqali yetkazish;
5)kommunikativ qobiliyatlari – bu bolalar bilan til topa bilish;
6)uyushtirma bilish qobiliyatlari - musobaqa, bayram uyushtira olish;
7)akademik qobiliyatlari – bu ilmiy tajribalar o‘tkazish qobiliyati
(o‘qituvchining qobiliyati, imkoniyatini aniqlash);
8)maxsus qobiliyatlari – bu harakat qobiliyatlari (mashqlarni ko‘rsatib
berish). Demak yuqorida sanab o‘tilgan pedagogik faoliyatining asosiy tarkibiy
qismlarini pedagogi mahorat sohibi bo‘lishga intilgan kishi doimo kengaytirib,
takomillashtirib, o‘z faoliyatiga ularni qo‘llay bilishi zarur.
Barcha kasb-korlik tizimida o‘qituvchilik kasbi muhim o‘rinda turadi. Chunki
o‘qituvchi – pedagog yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy o‘sishida. Dastlabki texnik
bilimlarni egallashda, kasb-kor malakalari bilan qurollanishlarida asosiy zveno
(tarmoq) hisoblanadi, muhim ijtimoiy – mafkuraviy vazifani bajaradi. O‘z kasbini
bilimdoni bo‘lgan mohir pedagoggina shaxsning ma’naviy hayotini davr ehtiyojlari
asosida rivojlantira oladi, hamda o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatib, ularga qobiliyat,
is’tedod, qiziqish, e’tiqod va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtiradi.
Kommunikativ malakalar (didaktik va notiqlikni qo‘shgan holda)
kommunikativ malakalar o‘qituvchining o‘quvchilari, hamkasblari, ota-onalar bilan
muloqot qilishi bilan bog‘liq. Ularni uch guruhga bo‘lish mumkin:
a)shaxsiy komunikativ malakalar - o‘qituvchining kishilar bilan muloqotga
kirishish ish va shaxsiy munosabatlarni o‘rnatish malakasida ifodalanadi
(o‘qituvchining tashkilotchilik imkoniyatlariga bog‘liq);
b)didaktik malakalar o‘qituvchining o‘quv materilani o‘quvchilar ongiga
aniq va tushunarli tarzda yetkazib berish malakasiga bog‘liq (jisminiy tarbiya
o‘qituvchilari har doim ham bu ishni uddalay olmaydilar. Ko‘pincha
qiyinchiliklarga duch keladilar: o‘qituvchi jismoniy mashqlar haqida so‘zlab berish
kerakligi haqida bilmaydi; bilganda ham uni qay tarzda yetkazib berishni bilmaydi;
yoki xatoni qanday tuzatish kerakligini tushuntirib berolmaydi);
d)notiqlik malakasi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uchun eng avvalo
ma’naviy-ma’rifiy funksiyani amalga oshirishi uchun kerak. Buning uchun
o‘qituvchi katta eruditsiyaga va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi lozim.
g)gnostik malakalar ( perseptivni qo‘shgan holda) Gnostik malakalar
o‘qituvchining alohida o‘quvchilarni hamda jamoani bilib olishi bilan, pedagogi
vaziyatlarni va o‘z faoliyatini tahlil qila olishi bilan bog‘liq. Gnostik malakalar idrok
etish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq va perseptiv malakalarga asoslanadi,
ya’ni o‘qituvchining kuzatish, nazorat qilish, mashqlarni bajarishda xatolarni
to‘g‘irlash malakasida ko‘rinadi (gnostik malakalarga o‘quv - uslubiy va ilmiy
adabiyotlardan foydalanish malakasi, elementar (oddiy) tadqiqotlar o‘tkazish va
ularning natijasini tahlil qilish malakasi, o‘quvchilarni jismonan rivojlantirish
metodikasiga yangiliklar kiritish kiradi).
d)harakatchanlik malakalari ( amaliyotni qo‘shgan holda) harakatchanlik
malakalari eng avvalo o‘qituvchining jismoniy mashqlarini bajarish texnikasida aks
etadi, mashqlarni to‘g‘ri ko‘rsatib berish ko‘pincha o‘quvchilarga ta’lim berish
samaradorligii belgilab beradi. Harakatchanlik malakalariga ko‘pchilik amaliy
ko‘nikmalar kiradi, ular sport uskunalari va anjomlarini tuzatishda ko‘rinadi.
Malakaning har biri jismoniy tarbiya o‘qituvchisining bir yo‘la bir necha funksiyani
bajarishni ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining obro‘-e’tibori (avtoriteti) Pedagogi
faoliyatning muvaffaqiyatli kechishida o‘qituvchining obro‘-e’tibori katta o‘rin
tutadi. O‘quvchilar orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan o‘qituvchi kuchli tarbiyaviy
ta’sir ko‘rsatadi. Chunki obro‘-e’tiborga ko‘proq ishonadilar va unga taqlid qiladilar.
Biroq obro‘-e’tibor o‘qituvchining faoliyati jarayonida paydo bo‘ladi, shuning
uchun u o‘qituvchi mahoratining birlamchi komponenti emas, balki ikkilamchi
komponenti hisoblanadi. Obro‘-e’tiborli kishi deb ma’lum bir hayot sohasi va
faoliyatigda unung fikri bilan hisoblashishadigan, unga taqlid qilishga intilishadi,
unga u yoki bu masalalar yechimini ishonib topshiradigan kishi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchisining obro‘-e’tibori quyidagi
komponentlaridan iborat:
- jismoniy tarbiya va sport sohasidagi professional insonning obro‘-e’tibori
shu sohadagi bilim va malakasi, hamda o‘qituvchining sport razryadiga bog‘liq;
- Yosh obro‘-e’tiborni – o‘qituvchi o‘quvchilarga ko‘z o‘ngida yoshi katta,
tajribali inson bo‘lib ko‘rinadi;
- Lavozim obro‘-e’tibori ya’ni o‘qituvchining barcha huquq va majburiyatlari
bilan pedagog sifatidagi statusi (o‘rni);
- Ma’naviy obro‘-e’tiborining yo‘qligi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining
boshqa barcha obro‘-e’tibori komponentlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin;
- Bosish, engish obro‘-etibori (avtoriteti) o‘quvchilarning o‘qituvchidan
qo‘rqishiga asoslanadi (bunday o‘qituvchilar o‘quvchilar idroki itoatkorlikni qabul
qila olmasligini unutib qo‘yadilar);
- Oraliqni ushlash obro‘-etibori o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kamroq
muloqotda bo‘lishini bildiradi;
- Do‘stlik obro‘-e’tibori o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘ziga do‘st-sinfdoshga
muomala qilgandek ruxsat bergan holda paydo bo‘ladi;
- Man-manlik obro‘-e`tibori (avtoriteti) maqtanchoqlik o‘z qadr-qimmati va
o‘tmishdagi
xizmatlarini
ta’kidlashga
asoslanadi
(masalan,
o‘qituvchi
musobaqalarda qatnashib, yutuqli o‘rinlarni egallagan bo‘lsa va h.k.);
- Mehribonlik
obro‘-etibori
(avtoriteti)
ko‘pincha
o‘qituvchining
ko‘ngilchangligida ko‘rinadi (masalan, o‘qituvchi dasturdagi materialni o‘tish
o‘rniga o‘quvchilarga boshqa ishlar bilan shug‘ullanishga ruxsat beradi, yoki ularga
ko‘tarib baho qo‘yadi);
- Rezonerlik obro‘-e’tibori o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘zi tushunmaydigan
masalalarga o‘rgatadi;
- Pedantizm obro‘-e’tibori o‘qituvchining ongli intizomga rioya qilishidan
emas, balki byurokraktik (qog‘ozboz) rahbarligidan qonun-qoidalarga so‘zsiz rioya
qilishida ifodalanadi;
- Soxta obro‘-e’tibor o‘qituvchi tomonidan biror bir maqsadni ko‘zlamay
ham tashkil qilinishi mumkin. Lekin har qanday holatda ham u o‘quvchilarning
ta’lim va tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
O‘qituvchining imkoniyatlari ko‘p. Ular bilim-malaka, xususiyatlar shaklida
amalga oshirilishi, sabablar asosida kuchaytirilishi mumkin. Shu sababli
professional mahoratga erishish yo‘llari ham turlicha bo‘ladi. Lekin jismoniy tarbiya
o‘qituvchisining pedagogik mahoratining barcha komponentlaridan savodli va biror
maqsadga yo‘naltirilgan holda foydalanish pedagogik jarayonga rahbarlik qilishda
yordam beradi.
7.3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishga bo‘lgan talablar:
Dars, yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘qitishni tashkil etishning o‘zgarmas
shakli emas. O‘quv amaliyoti va pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish
yo‘llarini izlaydi. Bu sohada turli xil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilayotgan pedagogik
o‘qishlarda o‘rtaga qo‘yilayotgan ilg‘or o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari
diqqatga sazovordir.
Turli - tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda dars quyidagi
umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim:
1.
har bir jismoniy tarbiya dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga
qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim.
2.
har bir jismoniy tarbiya dars mustahkam g‘oyaviy - siyosiy yo‘nalishga
ega bo‘lmog‘i lozim.
3.
har bir dars turmush bilan, amaliyot bilan bog‘langan bo‘lmog‘i lozim.
4.
har bir jismoniy tarbiya darsi xilma-xil usul, uslub va vositalardan
unumli foydalangan holda olib borilmog‘i lozim.
5.
darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli
foydalanmoq lozim.
6.
har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini
ta’minlamog‘i lozim.
7.
darsga sinchiklab tayyorgarlik ko‘rish, darsda mehnatga bo‘lgan
munosabatni vujudga keltirish, o‘qish vaqtida javobgarlikni his ettirish va
ehtiyotkorlik muomalasini vujudga keltirish;
8.
darsda birgalikdagi faoliyatining muvaffaqqiyat sharti bo‘lgan mehnat
intizomini saqlash;
9.
o‘rgatishni samaradorligi uchun zarur bo‘lgan o‘zaro munosabat,
o‘zaro hurmatni yetik me’yorlarini saqlash;
10.
jihozlarga, asbob anjomlarga jamiyatni moddiy mulki ehtiyotkorlik
bilan qarashga o‘rgatish;
11.
komandalarni benuqson bajarish, saflash va qayta saflash, jamoa
faoliyatini muvaffaqqiyatli sharti ekanligini to‘g‘ri tushunish;
12.
zaruriy jihozlarni tayyorlash va ularni yig‘ishtirishda qatnashish, o‘z-
o‘ziga xizmat qilishni kollektiv faoliyati sifatida qarash;
13.
yagona formani talab etish, o‘z ramziga ega bo‘lishlik vatanparvarlik
va o‘z kollektivini yutuq va muvaffaqqiyatlarini his etishga o‘rgatish;
14.
o‘rtoqlari muvaffaqqiyatsizliklari ustidan kulishni qat’iyan taqiqlash
15.
darsda o‘quv materiallarining mazmuniga oid ko‘rsatmali qurollar,
texnika vositalari va komp`yuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmoq lozim.
16.
jismoniy tarbiya darslarida mashg‘ulotini butun sinf bilan yoppasiga
olib borish bilan har qaysi o‘quvchining individual xususiyatlari, ularning
mustaqilligini oshirish hisobga olinadi.
17.
har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalqimizning boy
pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq
lozim. Dars turlari va tuzilishi quyidagicha.Bir soatlik darsga mo‘ljallangan dastur
materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talablarga
muvofiq ravishda tashkil qilingan mashg‘ulot turi dars turlari deb yuritiladi. Ta’lim
tizimida eng ko‘p qo‘llaniladigan dars turlari quyidagilardir:
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. O‘tilgan materiallarni mustahkamlash darsi.
3.O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirish va baholash
darsi.
4. Takroriy – umumlashtiruvchi va kirish darslari.
5.Aralash dars (yuvoridagi dars turlarining bir nechtasini birga qo‘llanish).
Har bir dars turining ma’lum tuzilishi va xususiyatlari bor, bu narsa
o‘qituvchining o‘quv materialini to‘g‘ri va samarali tushuntirishiga, mustahkam
esda qoldirishga, takrorlashga va uning o‘zlashtirilishini nazorat qilib borishiga
yordam beradi.
Mavzu yuzasidan tayanch iboralar
Loyihalashtirish, boshqarish, rejalashtirish, jismoniy tarbiya, jismoniy
madaniyat, tizim, ilmiy boshqarish, ommaviy sport, eruditsiya, texnika,
kommunikativ qobiliyatlar, didaktik malakalar, notiqlik malakasi, obro‘ – e’tibor,
dars, harakatchanlik malakalari.
Nazorat savollari:
1.
Jismoniy tarbiya va sport ta’limi loyihalashtirishning ahamiyati.
2.
jismoniy tarbiya va sportning dolzarb muammolarini hal etishda
dasturiy – loyihaviy yondashuvning imkoniyatlari hamda loyihalashtirishning
metodologik jihatlari .
3.
Boshqarishda tamoyillarning ahamiyati.
4.
Sport faoliyatini boshqarish funksiyalariga tasnif bering.
5.
Sport faoliyatini boshqarish funksiyalarining tarkibiy qismlari.
6.
Sport faoliyatida loyihalashtiruvchi qobiliyatning ahamiyati qanday?.
7.
Sport faoliyatida kommunikativ qobiliyatning ahamiyati qanday?.
8.
Sport faoliyatida tashkilotchilik qobiliyatning ahamiyati qanday?.
9.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini sanang.