JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING SOTSIOLOGIK MUAMMOLARI (Ijtimoiy-biologik nuqtai nazaridan inson tabiati, Yosh avlodning jismoniy madaniyat qadriyatlari va jismoniy madaniyatga munosabati yuzasidan sotsiologik tahlil)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
50
Faytl hajmi
72,6 KB
Ilmiybaza.uz
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING SOTSIOLOGIK MUAMMOLARI
Reja:
1.
Ijtimoiy-biologik nuqtai nazaridan inson tabiati.
2.
Zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyatni harakatga keltiruvchi
kuchlar tizimi
3.
Yosh avlodning jismoniy madaniyat qadriyatlari va jismoniy
madaniyatga munosabati yuzasidan sotsiologik tahlil
Ilmiybaza.uz
Tayanch tushunchalar: ma’naviy qadriyatlar, ruhiy jarayonlar dinamikasi,
tabiiy va ijtimoiy sifatlar, jismoniy madaniyat, jismoniy faollik, ijtimoiy sifatlar,
axloqiy sifatlar, madaniy sifatlar, sotsial-iqtisodiy omillar, ijtimoiy-siyosiy omillar,
ijtimoiy-madaniy omillar, barkamol avlod, sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiena,
jismoniy sog‘lomlik, sportdagi hamkorlik, jismoniy faollik va sprotdagi natija.
Insonning mavjudligi va mohiyatining falsafiy asoslari uning ijtimoiy va
biologik qay darajada bog‘liqligi masalasi bilan izohlanadi. Bir tomondan, odam –
biologik taraqqiyotning oliy darajasi, tirik tabiat unsuridir. Odamdagi biologik
jihatlar – uning jismi, ya’ni, jismoniy tuzilmaga ega tanasi, mijozi, ruhiy jarayonlar
dinamikasi, harakatlanish qobiliyati hisoblanadi. Boshqa tomondan esa, u ijodkor,
moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy qadriyatlar tarixiy rivojlanish jarayonlarining
faol ishtirokchisi, ijtimoiy hayotning bir qismi, bo‘lagi. U o‘z hatti-harakatlarini
jamiyatda shakllangan me’yorlar va qadriyatlar asosida amalga oshiradi.
Bu ilk ikki asos – tabiiy va ijtimoiy sifatlar bir biri bilan qay darajada bog‘liq,
yoki ular hayotiy faoliyatning turli sohalarida bir biriga qanchalik yaqin yoxud
uzoq?
Muammoning u yoki bu tarzda hal qilinishi, ya’ni, tabiiy yoki ijtimoiy
xususiyatlarning ustunligi ijtimoiy hayot taraqqiyotini, uning manbalarini, madaniy
(shu jumladan, jismoniy) rivojlanish tamoyillarini shaxsga xos muammolar va
o‘ziga xoslik namunasi sifatida qay darajada tushunish bilan bog‘liq.
Bizningcha, muammoni hal qilishning ikkita tomoni bor: birinchidan,
ijtimoiy shartlilik va shunga mos tarzda odam biologiyasini fosh etish, ikkinchidan,
ijtimoiy yetakchilikning odam biologiyasi, uning ijtimoiy, moddiy va ma’naviy
faoliyatiga teskari ta’sirini, ijtimoiy munosabatlar va vazifalarning xilma-xilligini
o‘rganish – masalaning yechimi bo‘la oladi. Falsafa va sotsiologiyada mazkur
muammoni tushunishning bir necha tamoyillari mavjud, ammo, bizga insonni –
biosotsiomadaniy tizim sifatida o‘rganadigan olimlarning qarashlari muhimroq.
Ularning fikricha, bu tizim noyobligi shundaki, u individning tabiiy, tug‘ma
qobiliyati, unga shakllanish jarayonida singdirilgan madaniy qadriyatlar, u kamol
Ilmiybaza.uz
topgan ijtimoiy muhit ta’siri bilan belgilanadi. Bir paytning o‘zida sotsiallashuv
xususiyatlari individuumning tabiiy xususiyatlariga umuman bog‘liq emas, deb ham
bo‘lmaydi: uning jismonan va ruhiy o‘ziga xosligi, mijozi, tafakkur salohiyati, uning
talablari, qobiliyatlari, iste’dodi va o‘z o‘zini idora qila olishi shular jumlasidan.
Zamonaviy ilm-fan inson tanasining biologik xilma xilligi sabablarini
aniqlash bilan cheklanib qolgani yo‘q, balki bu turfalik inson jismining ruhiy
xususiyatlari bilan uzviy bog‘liqligini isbotladi. Shuning uchun ham insonni
faqatgina “sotsium bo‘lagi” sifatida qabul qilib bo‘lmaydi, balki u o‘zining
shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy va biologik unsurlar
uyg‘unligidir. Muammo shundaki, bu o‘zaro ta’sirning, ya’ni ijtimoiy va biologik
omillarning munosabatlarini tushunish uchun masalaga chuqurroq yondashish talab
etiladi. Boisi, masala yechimiga to‘g‘ri yondashuv insonning hayoti maqsadi va
mohiyatini talqin qilishga to‘g‘ri uslubiy yondashuvni tanlash imkonini beradi. Shu
bilan birga, mazkur yondashuv insonning jismoniy imkoniyatlari, vazifalari,
rivojlanishi va boshqa tushunchalarga ham birdek taalluqli. Nisbatan keng ko‘lamga
ega boshqa muammolar ham yuzaga keladi, bu jarayonda: insonlar jamiyatining
shakllanishi sabablari va mohiyati masalasi, uning tarixi va zamonaviy holati, inson
va texnika, inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va
boshqalar. Ularning barchasi zamonaviy jamiyat, fan, texnika inson ruhiyatiga ta’sir
ko‘rsatishi bilan izohlanadi. Shuningdek, shaxs va uning faoliyati ahamiyati
zamonaviy jamiyatda yuksak baholanadi. Buni shaxsning jamiyatdagi roli tobora
oshib borayotgani bilan izohlash mumkin.
Ijtimoiy va biologik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liqligini inobatga olmagan
holda ishlab chiqilgan xato uslubiy yondashuvlar zamonaviy tibbiyotda ham yaqqol
kuzatiladi. Jumladan, jismoniy madaniyat nazariyasi va amaliyoti rivojida,
antropologiya, inson irsiyatini o‘rganish va boshqa fanlarda ham kuzatiladi.
Inson mohiyatini tushunish va kashf etishga juda ko‘plab faylasuf,
ruhshunos va ustozlar intilishgan. Misol uchun, XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari
Sh.Fure, J.J.Russo, K.A.Sen Simon kabilar ta’kidlaganidek, inson – muhit va sharoit
mahsulidir, ammo muhit tushunchasini bu olimlar inson g‘oyalari, nafsi, ehtirosi va
Ilmiybaza.uz
his-tuyg‘ularining bir ko‘rinishi sifatida ta’riflaganlar. Bundan kelib chiqadiki,
insonning biologik mohiyatini tushunish, ustun qo‘yish va odamlar o‘rtasidagi
ijtimoiy munosabatlarni rad etish mazkur yondashuvning asosi hisoblanadi. Bu
yondashuvning tarafdorlari zamonaviy fanda juda ko‘plab topiladi. Misol uchun,
V.G.Afanas’evning ta’kidlashicha, insonning ijtimoiy xususiyatlari “o‘z o‘zidan”
paydo bo‘lib qolmagan va rivojlanmagan. U ma’lum bir biologik omillarga
bo‘ysunadi. Bundan tashqari, ayni paytda, ya’ni, ijtimoiy, sotsial xususiyatlari inson
mohiyatining asosiy qismini tashkil etsada, ammo bir paytning o‘zida inson –
biologik mavjudot hisoblanadi. Inson – biosotsial tizimdir, ammo, tabiiy jihatlar
uning asosiy ko‘rsatkichlari emas. Chunki inson mohiyatiga ko‘ra, faqatgina
biologik mavjudotgina emas, balki, sifat jihatidan yangi, insonlarning o‘zaro
munosabatlarida
shakllanadigan,
kamol
topadigan,
o‘ziga
xos
ijtimoiy
xususiyatlarga ega shaxsdir.
Xo‘sh, bizning fikrimizga ko‘ra, insonning falsafiy mohiyati nimada
namoyon bo‘ladi? Bu o‘rinda so‘z insonga xos biologik va ijtimoiy xususiyatlarning
“oltin o‘rtaligini” topish xususida bormayapti, balki biz insonning biosotsial tabiati
xususida so‘z yuritmoqchimiz. Shuning uchun ham, bu o‘rinda K.Yaspertsning
mulohazalarini yodga olish o‘rinlidir: u insonga his-tuyg‘uli mavjudot sifatida
ta’riflaydi, “hayvonlar ichida oliy mavjudot”, ammo u “farishtalar ichida eng past
o‘rinda” turadi. Inson hayvon ham, farishta ham emas, ammo u o‘z mohiyatining bu
ikki unsuriga birdek daxldor. Bu ikki unsur bilan qiyoslaganda, inson ustunlik qiladi,
u bularga xos bo‘lmagan xususiyatlarga ega.
Bioijtimoiylashuv shunday bir o‘ziga xos dunyoni yaratadiki, bir tomondan
qaraganda, inson his qilish, qayg‘urish, kuchli bo‘lish, hayotiy kuchga ega bo‘lish
qobiliyatiga ega. Boshqa tomondan esa, hayvonlarcha yo‘l tutmaslik, faqatgina o‘zi
uchun emas, atrofdagilar taqdiri uchun qayg‘urish, xursandchilik, quvonchni his
qilish, dunyodagi ajoyibotlardan hayratlanish – bu hislar insonga xosdir. Ijtimoiy
xususiyatlar tabiiy ko‘rsatkichlardan ustunlik qiladi. Insonda tabiat in’om etgan
hayotiy asos mavjud. Ammo bu hayot biologik jism emas, sotsial mavjudotga
Ilmiybaza.uz
tegishli. Ijtimoiylashuv – hayotning sifat jihatdan yangi ko‘rinishi, uni tartibga solish
shakli.
Inson
shaxsiyatini
o‘rganganda,
uni
namoyon
etuvchi
quyidagi
xususiyatlarni tasniflash mumkin:
- tabiiy xususiyatlar – bu insonda atrofdagilarning ta’sirisiz mavjud bo‘lgan
va rivojlanadigan xususiyatlar hisoblanadi;
- biologik xususiyatlar – insonning kelib chiqishiga xos bo‘lgan fazilatlar;
- irsiy xususiyatlar – ota-onalarning geni ta’sirida mavjud bo‘ladigan va
rivojlanadigan xususiyatlar;
- ijtimoiy xususiyatlar – inson tomonidan ijtimoiylashuv jarayonida, boshqa
insonlar bilan muloqot qilish natijasida shakllangan xususiyatlar;
Ijtimoiylashish xususiyatlari keng ma’noda uchta asosiy tarkibiy qismdan
iborat:
1.
Shaxsiy ijtimoiy sifatlar – o‘zining sotsial vazifalarini normal holda
bajarish uchun zarur bo‘ladigan xususisiyatlar jamlanmasi;
2.
Maxsus madaniy sifatlar – avtomatik ravishda amal qilinadigan axloq
qoidalari va me’yorlari jamlanmasi bo‘lib, ular shaxsning ajralmas xususiyatlariga
aylangan va uni tarbiyali deyishga asos bo‘la oladi;
3.
Axloqiy sifatlar – insonga xos ijtimoiy va madaniy fazilatlarning oliy
ko‘rinishi, axloqiy me’yorlarni eng oliy talab sifatida qabul qilish va amal qilish
natijasi.
Insonning tabiiy xususiyatlari va ijtimoiy mohiyati xususida.
Ko‘rib chiqilayotgan mazkur tushunchalarning ilmiy chegaralari insonning
ikkita asosini (agar shunday izohlash mumkin bo‘lsa, insonning ikkita dualistik
mohiyatini) – tabiiy-ijtimoiy va bio-ijtimoiy sifatlarini to‘g‘ri tushunish imkonini
beradi. Insonning tabiiy sifatlari, tabiiy ibtidosini rad etib bo‘lmaydi, ammo uning
shakllanishida ijtimoiy muhit ham yetakchi ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lum bo‘lishicha,
sotsiologiya tarixida mazkur ikkita nuqtai nazar muhim ahamiyatga ega: insonning
tabiiy asoslaridan to‘laligicha chekinishi va ijtimoiy xususiyatlarga qarshi borib
tabiiy sifatlarni mutloqlashtirish haqidagi qarashlar.
Ilmiybaza.uz
Insonning rivojlanishida biologik va ijtimoiy xususiyatlarining o‘zaro
munosabatlari muammosini tarixiy nuqtai nazardan o‘rganishga urunishlar bo‘lgan.
Insonning shakllanish bosqichlari soni va davomiyligiga oid bir necha qarashlar
mavjud. Ammo ko‘pgina tadqiqotchilarning fikri bir nuqtada kesishadi: ya’ni
sotsiogenez bir paytning o‘zida shartli ravishda antropogenezga asos bo‘ladi.
T.V.Korsaevskayaning yozishicha, “insonning ijtimoiy xususiyatlari asosan uning
tabiiy xususiyatlaridan, jismoniy tuzilishidan kelib chiqadi”. Bir paytning o‘zida
“uning biologiyasi qay darajada ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadi”. K.Ye.Tarasova
va Ye.K.Chernenko qayd etishicha, insonning o‘ziga xos biologiyasi shakllanishida
sotsiogenez hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ammo bu antropogenezning ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan sotsiallashuvi, umumiy biologik sabablar emas. Odam tanasining
umumiy universallashuvi va rivojlanishi faqatgina biologik omillar emas, balki
ijtimoiy mehnat sharoiti, muloqot va hayot tarzi bilan ham bog‘liq. Ammo, bu
xildagi nazariy qarashlar juda muhim ilmiy tadqiqotlarning mavzusiga aylanishi
lozim.
Ijtimoiy muhit va inson tanasini bog‘lovchi unsur uning shaxsiyati bo‘lib, u
insonga xls xususiyatlar va hayotga munosabati jamlanmasidan iborat. Aynan shaxsi
orqali inson tanasi ijtimoiy omillar ta’sirini his qiladi. “Inson” tushunchasi o‘z ichiga
uning biologik xususiyatlarini tavsiflovchi “odam individi” tushunchasini oladi,
“shaxs” tushunchasi esa uning ijtimoiy tomonlarini aks ettiradi. “Odam individi”
xuddi “jism” yoki “tana” tushunchalari singari hech qanday sotsial xususiyatga ega
emas. Bu tushunchalar insonning tabiati, biologik kelib chiqishini ta’riflaydi. Shaxs
tushunchasi esa biologik xususiyatlar bilan emas, ijtimoiy sifatlar bilan tavsiflanadi.
Shaxs ma’lum bir sotsial funksiyalarni bajaradi, ularning tashuvchisi hisoblanadi.
Ammo u o‘z vazifalarini bajarish jarayonida o‘zigagina mansub bo‘lgan fazilatlar
bilan boyitadi – irodasi, xarakteri, tafakkur kuchi, qiziqishlari va ehtiyojlari,
bilimlari, qadriyatlarga munosabati va dunyoqarashi kabilar shularga xosdir.
Insonning sotsial va shaxsiy xususiyatlari faqat ijtimoiy muhit ta’sirida
shakllanadi va ijtimoiy faoliyat jarayonida u jamiyatda ijro etayotgan roli orqali
namoyon
bo‘ladi.
Bir
paytning
o‘zida
insondagi
sotsial
va
biologik
Ilmiybaza.uz
munosabatlarning o‘zaro ta’sirini ko‘rib chiqar ekanmiz, shuni qayd etish lozimki,
biologik xususiyatlar substansional xususiyatga ega. Inson hayotiy faoliyatining
biologik tomonlari shartli ravishda shaxsning ijtimoiy faolligini belgilab beradi.
Insonning barcha faoliyati biologik xarakterga ega jarayonlar bilan bog‘liq tarzda
kechadi. Shundan kelib chiqqan holda xulosa qilish mumkinki, pedagogika va
sotsiologiyada kuzatiladigan shaxs shakllanishi jarayonida uning biologik sifatlarini
inobatga olmaslik qonuniy emas, deb hisoblaymiz. Faqatgina tabiiy va ijtimoiy
xususiyatlarning yakdilligiga erishgan holda inson rivojlanishi mumkin. Ijtimoiy va
biologik birlikning mohiyati haqidagi tasavvurlardan kelib chiqib, alohida inson
yoki butun insoniyatning jismoniy madaniyatini shakllantirish muammosini
o‘rganib chiqish mumkin. V.K.Balsevichning ta’kidlashicha, jismoniy salohiyat
ko‘plab biologik va ijtimoiy xarakterdagi omillardan tarkib topadi. Va nihoyat
oxirida vazifa shunga kelib taqaladiki, insonning jismoniy qobiliyatlari tadrijiy
rivojlanishiga asos bo‘ladigan tabiat qonunlarini anglash va shundan so‘nggina
uning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish yo‘llarini ishlab chiqish mumkin. Ya’ni
mazkur
qobiliyatlarni
ro‘yobga
chiqarishning
pedagogik
va
tashkiliy
rag‘batlantirish yo‘llarini ishlab chiqish va amalga oshirish talab etiladi. Bu
jarayonda biologik jihatlarning ustunligi shundaki, u muntazamlik strategiyasini
shakllantiradi, jismoniy mashqlar davomiyligi jismoniy qobiliyatlar rivojlanishini
ta’minlaydi. Ijtimoiy sifatlar ustunligi shundaki, u bir tomondan tabiatni aql bilan
anglashga yordam beradi. Ikkinchi tomondan – jamiyatdagi ustuvor axloq
me’yorlariga muvofiq tarzda uning natijalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyatni rivojlantirishning biosotsial muammolarining
uslubiy tahlili. Afsuski, jismoniy madaniyat sohasidagi sotsial-biologik
muammolar hali yetarlicha o‘rganilmagan. N.I.Ponomorev ham biologizmni tanqid
qilar ekan, jismoniy tarbiya tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanishi
masalasini atroflicha o‘rganadi. V.K.Balsevichning fikricha, jismoniy faollik
tushunchasining mohiyatini anglashning uslubiy asosi – tadrijiy yondashuv
hisoblanadi. Bu esa insondagi jismoniy imkoniyatlar va qobiliyatlarni sotsial-
biologik qonuniyatlarni hisobga olgan holda samarali rivojlantirish yo‘llarini
Ilmiybaza.uz
o‘rganishga imkon yaratadi. Tadrijiy taraqqiyotning gnoseologik (falsafaning asosiy
yo‘nalishlaridan biri) vazifalari insonning jismoniy salohiyati rivojiga oid ilmiy
bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, jismoniy madaniyat unsurining o‘ziga
xosligi va boshqa sohalardan farqi shundaki, u insondagi ijtimoiy va biologik
sifatlarni yagona tizimga uyg‘unlashtira oladi. Istalgan insonning jismoniy
rivojlanish jarayoni organizm shakli va funksiyalarining takomillashuvida, jismoniy
qobiliyati namoyon bo‘lishida o‘z aksini topadi. Ammo, odamning rivojlanishidagi
biologik jarayonlar ijtimoiy funksiyalardan xoli tarzda kechadi va jamoatchilik
munosabatlari bunga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi, degan fikrni ilgari surish noto‘g‘ri
bo‘lar edi. Odamning jismoniy salohyaiti rivojlanishiga tabiiy unsurlarning ta’sir
o‘tkazishi ob’ektiv xarakterga ega, u aqlan qonunlar va mohiyatni anglash orqali
ob’ektiv jarayonlar yo‘nalishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Yaqin o‘tmishda insonning jismoniy takomillashuviga sotsial omillarning
ta’sirini asoslashda ko‘pincha ishlab chiqarish munosabatlari tushunilar edi, ayniqsa,
mehnat odamning tabiatga o‘tkaza oladigan faol ta’sirining eng oliy cho‘qqisi
sifatida talqin etilgan. Mazkur tabiiy ta’sirlar inson irodasidan mustaqil tarzda
kechadi, ammo, ular aynan jamiyatdagi taraqqiyot ta’sirida o‘zgaradi. Odamga ta’sir
o‘tkazadigan boshqa sotsial omillar uning ongi va irodasi bilan bog‘liq. Ulardan biri
jismoniy madaniyatdir. Insonning jismoniy takomillashuviga maqsadli ta’sir
o‘tkazib, u odamga tegishli bo‘lgan eng muhim jismoniy sifatlar va qobiliyatining
yanada rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uning ta’sir shakllaridan biri bu
jismoniy tarbiyadir. Ko‘pgina olimlarning fikrlariga ko‘ra, jismoniy tarbiyaning
farqlanadigan xususiyatlari asosan pedagogik tashkillashtirilgan jarayonda yanada
oydinlashadi. Odamning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, harakatlanish haqidagi
bilimlarini shakllantirish haqidagi bilimlar jamlanmasi pedagogik tarbiya jarayonida
shakllanadi. Boshqacha aytganda, jismoniy tarbiya odam organizmining biologik
rivojlanish jarayonlariga sotsial ta’sir o‘tkazishning bir shaklidir.
Ammo, jismoniy madaniyatni jamiyat a’zosi bo‘lgan insonning jismoniy
qobiliyatini yuzaga chiqaruvchi vosita sifatida qarash – yuzaki qarash bo‘lib qoladi.
Ilmiybaza.uz
Jismoniy tarbiyaning ixtisoslashgan vazifasi – shaxsning shakllanishiga ta’sir
o‘tkazish, jumladan, uning bir jihatlaridan biri bo‘lgan jismoniy madaniyatiga.
Shuning uchun ham, “jismoniy rivojlanish”, “jismoniy tarbiya” va “jismoniy
madaniy tarbiya” tushunchalarini o‘zaro aralashtirish kerak emas. Birinchi
tushuncha ob’ektiv jarayon bo‘lib, odam organizmida ro‘y beradi. Ikkinchisi – bu
jarayonga odamning faol ta’siri bo‘lsa, uchinchisi esa insonlarning jismoniy
madaniyat qadriyatlariga nisbatan munosabatlarini shakllantirishni anglatadi.
Shunday qilib, jismoniy madaniy tarbiya va uning tarkibiy qismlari – bu bosqichma
bosqich pedagogik jarayondir. U maqsadli tarzda insonning doimiy o‘zgarib
turuvchi jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga, kamolotiga moslashib boradi. Uning
asosiy vazifasi shundan iboratki, odamning tabiat tomonidan in’om etilgan jimoniy
tana imkoniyatlarini to‘g‘ri aniqlash va rivojlantirishdan iborat.
Jismoniy madaniyatning zamonaviy nazariyasida jismoniy madaniyat
hodisasini talqin qilishda falsafiy-madaniy yondashuvdan foydalanish amaliyoti va
uning har bir shaxs tomonidan shakllantirish mexanizmlari juda aniq rivojlanib
bormoqda. Shuning uchun ham, insonning “jismoniy” tarbiyasi dolzarb emas,
“jismoniy madaniy” tarbiyasi kun tartibiga qo‘yiladi. Agar “jismoniy” so‘zida
odatda urg‘u harakat tayanch tizimi tushunilsa, “jismoniy madaniy” atamasi esa
madaniyat orqali tarbiyalashni nazarda tutadi. Bu esa jismoniy madaniyatga xos
qadriyatlarni o‘zlashtirish orqali kechadi. Shunday qilib, biologik va sotsial
tushunchalarining o‘zaro munosabati bu falsafiy omillarning uyg‘unligi va bir biriga
bog‘liqligi g‘oyasini ifoda etadi. Inson jismoniy madaniyat qadriyatlarini
o‘zlashtirish jarayoni ishtirokchisidir.
2. Zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyatni harakatga keltiruvchi kuchlar
tizimi
Zamonaviy dunyoda jismoniy madaniyat tushunchasi shaxs va jamiyatga
xos umumiy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olinmoqda, e’tirof etilmoqda.
Ammo, bu masalning juda ko‘p qirralari hali ham bahstalab va yetarli darajada
mukammal ishlab chiqilmagan. Buning asosiy sabablaridan biri – madaniyat
konsepsiyalarining xilma xilligi bo‘lib, uning har bir turi qisman mohiyatni o‘z
Ilmiybaza.uz
ichiga oladi. Madaniyatshunoslikda to hanuzga qadar madaniyatning umum tan
olingan yagona nazariyasi mavjud emas. “Madaniyat” atamasi zamonaviy ilmiy fan
tilida ko‘lami va mazmuni jihatidan turfa xil tushunchalarni aks ettiradi. Inson
tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar jamlanmasi, sun’iy (ikkinchi)
tabiat, inson faoliyatining umumiyligi, uning faoliyat turlari va natijalari, yaxlit
jamiyat, jamiyatning ma’naviy hayoti, jamiyat sifati, insonning sifati, inson va yaxlit
jamiyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar tizimi sifatida qayd etiladi. Bu shundan
dalolat beradiki, madaniyat – juda murakkab sotsial hodisadir.
Madaniyat rivojining zamonaviy bosqichini shunday ta’riflash mumkinki,
unga xos holatlar ixtisoslashgan tor doirada emas, insonni ijtimoiy va biologik bir
butunlik tarzida o‘rganishga tizimli yondashuv shaklida rivojlanyapti. Shuning
uchun ham, jismoniy madaniyat mohiyatini umumiy madaniyatning bir turi sifatida
qayta anglash zaruriyati yuzaga kelyapti. Jismoniy madaniyat moddiy (insonning
jismoniy qobiliyat, harakatlanish imkoniyatlari va bilimlarini rivojlantirish, moddiy-
texnik bazani rivojlantirish) va ma’naviy (u insonning ma’rifiy va qadriyatlarga
munosabati bilan bog‘liq) madaniyatda o‘zining yangidan yangi ifoda shakllarini
topib bormoqda. Haqiqatdan ham, inson o‘zining (biologik) tabiatini, tuzilishini
o‘zgartirganda – ya’ni, o‘z jismoniy qobiliyatini rivojlantirish, bu haqdagi
bilimlarini takomillashtirish uchun ham sport bilan shug‘ullanish haqiqatini,
mashaqqatini ma’nan qabul qilish, irodasini mustahkamlash, buning uchun zarur
bo‘ladigan vositalar va usullarni o‘zlashtirish talab etiladi. Insonning yangilangan
tabiati eng avvalo, uning bu jarayonga qay darajada tayyor ekani bilan bog‘liq.
Shuning uchun ham jismoniy madaniyat sohasida mashhur mutaxassis
I.M.Bыxovskaya tananing jismoniy imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni
ko‘rib chiqar ekan, qayd etadiki, “jismoniy tarbiya”ning yaxlit mohiyati o‘z tanasini
“yana qayta yaratish” demakdir. Faqat bu insonning ma’naviy dunyoqarashi, irodasi,
mavjud ijtimoiy-madaniy makon bilan ham bog‘liq.
Jismoniy madaniyat haqidagi zamonaviy qarashlar unga umumiy
madaniyatning ixtisoslashgan qismi, bo‘lagi sifatida qarashga yo‘naltirilgan. U
individni jismonan rivojlantirish, ijtimoiy va mehnat faolligini ta’minlash
Ilmiybaza.uz
jarayonlari butligini nazarda tutadi. Ammo, odamning jismoniy qobiliyatini
rivojlantirishni uning shaxsiy fazilatlari, xarakteridan ayri jarayon deb bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, aynan jismoniy qobiliyatni rivojlantirishni ham inson irodasi
boshqaradi. Jismoniy-madaniy faoliyat bilan shug‘ullanayotganlarning ish
samaradorligi bunga talab va motivatsiya (talab, qiziqish, ehtiyoj, qadrli maqsad va
motivatsiyaning shakllanishi) qay darajada ekani, bilim va tafakkur doirasi bilan
belgilanadi. O‘z o‘zidan bu shaxsning ijtimoiylashuviga ham xizmat qiladi. Bundan
kelib chiqadiki, jismoniy madaniyatning tarkibi ijodiy xarakterga ega faoliyatdir.
Shunday qilib, jismoniy madaniyat – bu umumiy madaniyatning bir ko‘rinishi yoki
tizimi, sotsial faoliyat sohasi bo‘lib, moddiy va ma’naviy qadriyatlar jamlanmasi
hisoblanadi. U insonning jismonan rivojlanishi, sog‘liini mustahkamlashi, harakat
tayanch faolligini takomillashtirishi uchun jamiyat tomonidan yaratiladi va
foydalaniladi. Shaxs nuqtai nazaridan qaraganda, jismoniy madaniyat shaxsning har
tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan me’yor va usulga aylanadi. Boshqa
madaniy sohalardan farqli ravishda u insonning tabiiy va ijtimoiy-madaniy sifatlari
asosida shakllanadi. Ijtimoiy-madaniy muhit va inson organizmi o‘rtasida shaxs
uyg‘unlashtiruvchi omil bo‘lib, nafaqat biologik xususiyatlari, balki, ijtimoiy
faolligi bilan ham ajralib turadi.
Jismoniy madaniyatni amalga oshirishning asosiy maqsadi – shaxsni
zamonaviy jamiyatning oliy qadriyati sifatida shakllantirishdir. Bu o‘rinda
tizimlashtiruvchi omil inson faoliyati bo‘lib, u jismoniy takomillashuvga
yo‘naltirilgan. Bir paytning o‘zida jismoniy madaniyat tarkibida inson ma’naviyatini
rivojlantirish faoliyati ham mavjud bo‘lib, u insonning jismoniy muvaffaqiyatlarini
qo‘lga kiritishda ichki, ruhiy dunyosini tarbiyalashni ham nazarda tutadi.
I.M.Bыxovskaya bergan aniq va lo‘nda ta’rifga ko‘ra, jismoniy madaniyat – bu
faqatgina “tana bilan ishlash” sohasi emas, garchi jismoniy tayanch harakat tizimlari
bu faoliyatning asosiy predmeti bo‘lsa ham. Madaniyatning istalgan turi singari
jismoniy madaniyat – eng avvalo, odam “ruhiyati, ichki olami va irodasi” bilan,
uning ichki va tashqi dunyosi bilan ishlash demakdir. Jismoniy madaniyatning
Ilmiybaza.uz
rivojlanish jarayonlarini tushunish va uning tarixdagi o‘rnini to‘g‘ri baholash uchun
ijtimoiy munosabatlar kesimida uni batafsil ko‘rib chiqish zarur.
Jismoniy madaniyatning tarixiy xarakteri, jamiyat rivojining turli
bosqichlarida uning o‘zgarishi. Jismoniy madaniyatning yuzaga kelishi ijtimoiy
guruhlar va birlashmalarning o‘zaro ta’siri sabablariga borib taqaladi.
Tarixchilarning qayd etishicha, ibtidoiy jamiyatdagi dastlabki ijtimoiy birlashmalar
mehnat qila olish qobiliyatiga qarab, jinsi va yoshi nuqtai nazaridan guruhlarga
ajratilgan: ayollar, bolalar va qariyalar yig‘ish-terish ishlari bilan shug‘ullangan,
balog‘atga yetgan erkaklar esa – ov va baliq tutish bilan shug‘ullangan.
Og‘ir mehnat uchun zarur bo‘ladigan harakatlanish qobiliyati va jismoniy
sifatlar asta-sekinlik bilan jarayonda rivojlanib boradi. Yig‘im-terim va uy ishlari
uchun tabiiy jismoniy tayyorgarlik yetarli darajada bo‘lgan. Yirik yovvoyi
hayvonlarni ov qilish esa – bu boshqa gap. Ov jarayoni kuchni, tezlikni,
chidamlilikni, umuman aytganda, agar ovchi o‘z maqsadiga erishishni xohlasa
alohida tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham, ibtidoiy jamoa sharoitida
ovchilarning professional darajadagi tayyorgarligi ehtiyoji yuzaga kelgan. Bunday
tayyorgarlik jarayoni guruh-guruh bo‘ilb, ya’ni ijtimoiy xarakterga ega edi. Boisi,
ovning muvaffaqiyati barcha ovchilarning birgalikdagi xatti-harakatlariga bog‘liq
bo‘ladi. Taxmin qilish mumkinki, ovchilarga xos jismoniy holatni shakllantirish va
saqlab turish uchun maxsus faoliyat, harakat yuzaga kelgan. Uni alohida amalga
oshirishning iloji yo‘q, va tabiiyki, mehnat jarayoni davomida birga amalga
oshirilgan.
Tarixga oid ilmiy tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ibtidoiy jamoa
davridayoq qabilalar va guruhlar o‘rtasida qurolli nizolar yuzaga kelgan, ular
ko‘pgina hollarda urush bilan yakunlangan. Qurolli to‘qnashuvlarda g‘alaba
qozonish uchun alohida jismoniy harbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish kerak edi. Harbiy
nizolar jarayonida bu xildagi sifatlarni o‘z o‘zidan tarbiyalashning imkoni yo‘q:
urushga tayyorganligi bo‘lmagan jangchi o‘limga mahkum. Shuning uchun ham,
harbiy jangchilarni tayyorlash lozim edi. Zamonaviy tilda aytganda, qurolli
to‘qnashuvlar va nizolarda ishtirok etish uchun odamlarni mashq qildirish,
Ilmiybaza.uz
ko‘nikmalarini shakllantirish lozim edi. Albatta, bu tayyorgarlik, tashkiliy
xarakterdagi jarayon bo‘lib, zamonaviy jismoniy-madaniy, sport faoliyatining
oddiygina ko‘rinishi edi, xolos.
Jamiyatning keyingi sotsial taraqqiyot bosqichlari jismoniy mehnatni aqliy
mehnatdan ajratish yo‘lidan bordi, sinflar va davlatlar yuzaga keldi. Ijtimoiy
tengsizlik va odam mehnatini ekspluatatsiya qilish rivojlandi. Jismoniy madaniyat
rivojini ta’minlovchi yangi ijtimoiy omillar paydo bo‘la boshladi. Bunday
omillarning eng asosiysi mehnatni taqsimlash bo‘ldi. Aqliy mehnat bilan
shug‘ullanayotgan
ishchilar
o‘zining
jismoniy
qobiliyatini
maxsus
tashkillashtirilgan jismoiy madaniyat bilan boshqarishga majbur bo‘lishdi. Qoidaga
ko‘ra, boshqaruvchi sinfga mansublar aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, ular
jismoniy-madaniy, sport faoliyatini tashkil etgan dastlabki ijtimoiy guruhlardir.
Qulga egalik qilish, uni oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish qullarni egallash, ularni
ixtiyorsiz mehnatga majburlashni talab etar edi. Shuning uchun ham, bu qul
egalaridan maxsus harbiy-jismoniy tayyorgarlikni talab etar edi. Bu xildagi
tayyorgarlikka barcha qul sanoati egalari yoki boshqaruvchilik doirasidagi erkaklar
ega bo‘lishi kerak edi. Shuning uchun ham, qullarga egalik qilayotgan o‘rtasida
jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha maxsus faoliyat tashkil etiladi. Aynan qulchilik
davridan boshlab, jismoniy madaniyat guruhlarga va harbiy-jismoniy yo‘nalishlarga
ega bo‘ladi. N.A.Ponomarev tomonidan olib borilgan jismoniy madaniyatning
tarixiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, feodal jamiyatda jismoniy madaniyat guruhlarga
xos mohiyatini va maxsus harbiy-jismoniy yo‘naltirganligini saqlab qoladi.
Burjuaziya sinfi yetakchilik qiladigan an’naviy jamiyatdan sanoatlashgan
jamiyatga o‘tish bu holatni tubdan o‘zgartiradi. Mehnatkashlar ekspluatatsiyasining
asosiy usuli – iqtisodiy ehtiyojlarga aylanadi. Endilikda ishchi kuchini ishg‘ol qilib
keltirish va ishlashga majburlashning keragi yo‘q edi. Endilikda urushlar faqat
maishiy bozorlar, xomashyo manbai va yangi hududlar uchun olib borilar edi.
Armiyalarning boshida ham o‘z ishining ustalari turar edi – yollangan ofitserlar o‘z
armiyalarini harbiy yurishlar uchun professional darajada tayyorlar edilar. Bu esa
hukmron sinfning har doim birdek harbiy-jismoniy tayyorgarlikda yurish
Ilmiybaza.uz
zaruriyatini yo‘qqa chiqardi. Bunday sharoitda jismoniy madaniyat o‘zining harbiy
yo‘naltirilganlik sifatini yo‘qotdi va hukmron sinf vakillarining har tomonlama
rivojlanish vositasi, o‘z bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish usuliga aylandi.
Sanoat inqilobi, mexanikalashgan ishlab chiqarish mehnat ahlining jismoniy
madaniyatga munosabatini o‘zgartirdi. Qo‘l bilan qilingan jismoniy mehnat ma’lum
ma’noda aholining jismoniy rivojlanish darajasini belgilab berar edi. Ammo, ishlab
chiqarishga texnologiyalarning joriy etilishi bir xil shakldagi, har tomonlama
jismonan rivojlangan xodimlarga talabni kuchaytirdi. Ishchilarning o‘zini jismoniy
tayyorgarlikdan o‘tkazish uchun maxsus faoliyat talab etildi. Jismoniy madaniyat
umumning ehtiyojiga aylandi. Aynan shu zamonaviy jismoniy madaniyat paydo
bo‘lishning asosiy sabalariga aylandi. U deyarli barcha aholining jismoniy
rivojlanishi va maxsus tayyorgarlikdan o‘tishiga yo‘naltirildi.
Shunday qilib, jismoniy-madaniy faoliyat o‘z taraqqiyot yo‘lida jamiyatning
rivojlanish bosqichlariga mutanosib tarzda bir necha yo‘llarni bosib o‘tgan.
Dastlabki bosqichlarda jismoniy madaniyat alohida ajralib turmaydi, jismoniy
rivojlanish tabiiy mehnat faoliyatida kechadi. Va asosan jismoniy xarakterga ega
bo‘ladi. Faqatgina aholining alohida guruhlari (ovchilar, harbiylar) jismoniy
faoliyatga ehtiyoj sezadi. Ammo jamiyat rivojining keyingi bosqichlarida (qulchilik
va feodal tuzumi davrlari) hukmron sinflarning o‘sib kelayotgan avlodlarini
jismoniy tarbiyalash uchun maxsus tashkil etilgan va harbiylarni jismoniy
tayyorlashga ixtisoslashgan tuzilmalar paydo bo‘ladi. Faqat rivojlangan kapitalistik
jamiyat sharoitida jismoniy madaniy faoliyat aholining barcha qatlamlari ehtiyojiga
aylanadi, ommaviy xarakterga ega bo‘ladi, alohida sotsial institut sifatida qayd
etiladi.
Zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyat rivojiga o‘z ta’sirini
o‘tkazuvchi ijtimoiy omillar. Jamiyat hayotiga ta’sir etuvchi omillar bir nechta.
Sotsiologiyada bu omillarni harakatga keltiruvchi kuch sifatida, birinchi navbatda,
odamlarning o‘z talablarini qondirishga bo‘lgan intilishi tushuniladi. Qondirilgan
ehtiyoj va ehtiyojni qondirish jarayonining o‘zida yangi talablar yuzaga keladi.
Ilmiybaza.uz
Shunday qilib, inson va jamiyat hayotiy faoliyati yanada o‘zgarib va takomillashib
boradi.
Ammo, yangi ehtiyojlar, talablar, qaerdan, qanday qilib paydo bo‘ladi,
ularning rivojlanish mexanizmlari qanday?
Zamonaviy psixologiyada qayd etilishicha, yangi ehtiyojlar insonning o‘z
o‘zini rivojlantirish natijasida yuzaga keladi. Uning mexanizmi u yoki bu predmetga
ta’sir o‘tkazish orqali bo‘ladi. O‘sha predmetni o‘zgartirar ekan, inson avalo, o‘ziga
ta’sir o‘tkazadi, ichidagi mudroq kuchlarni uyg‘otadi. Umuman olganda, hayot
o‘zining barcha shakllarida istiqbolni namoyon etadi. Bu haqiqat tiriklikning
zamirida mavjud, inson ehtiyojlari xarakterida ham. Talab qandaydir mohiyatiga
ko‘ra, uchrashi kutilayotgan mavhum ob’ektni taklif etadi; talabgorlik holati o‘z
o‘rniga (talab etilayotgan narsa muvaffaqiyatli amalga oshsa) qoniqish hissi bilan
almashadi. Inson takomilining muhim ko‘rsatkichlaridan biri – uning talab qilish
sohasidir. Bir paytning o‘zida, insonning o‘z-o‘zidan, qilayotgan ishlaridan
qoniqmasligi o‘z ustida yanada ishlashga turtki beradi, faoliyati, atrofdagilarni
yanada ijobiy tarafga o‘zgarishga boshlaydi. Vaziyatni yaxshilash, kamchiliklari
ustida ishlash, yangi sifat darajasiga intilish kuchi inson va jamiyatni boshqaradi.
Ehtiyojlarni qondirish mexanizmini shakllantirish asosida har bir insonga
xos bo‘lgan individual harakatlantiruvchi kuchlar, ular asosida esa jamiyatni
harakatga keltiruvchi kuchlar yotadi. Bu xildagi individual kuchlar asosini inson
uchun qadrli qadriyatlar, motivatsiya, ehtiyojlar va o‘z faoliyatidan qoniqish
natijalari tashkil etadi.
Insonlarning ijtimoiy hayoti jamiyat ehtiyojlarini rivojlantiradi, ular shaxsiy
ehtiyojlardan yuqori turadi. Shaxsiy ehtiyojlarni boshqaradi, rivojlanishini
ta’minlaydi va yangilarini shakllantiradi. Jamiyat ehtiyojlarini qondirish – yangi
sotsial tuzilmalarni tashkil etish, ularni umumlashtirish orqali jamiyat sohalarini
ta’minlashni talab etadi – ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy. Bu sohalarning
har birida o‘zining mustaqil harakatlantiruvchi kuchlari rivojlanadi va faoliyat olib
boradi.
Ilmiybaza.uz
Jamiyatning ijtimoiy sohasini harakatlantiruvchi kuchlar odamlarni
birgalikdagi ijtimoiy hayotga tayyorlashga ehtiyojlarda, o‘sib kelayotgan avlodni
jamiyat hayotiga moslashtirish ehtiyojlarida, u yoki bu sohada hamkorlikdagi
faoliyat uchun odamlarning guruhlarga birlashish ehtiyojlarida, hayotning
muntazam ravishda o‘zgarib turishiga keng ommani moslashtirish ehtiyojlarida,
jamiyat hayotini boshqarish va uning ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish
jarayonlarida aks etadi.
Jismoniy madaniyat ham jamiyatning ijtimoiy sohasiga taalluqli tushuncha.
Uning asosida odamlarning jismoniy yetuklikka erishishdagi sotsial talablari yotadi.
Ularda harakatlanish bilimlari va qobiliyatini tarbiyalash, sog‘lomlashtirish,
jismoniy moslashish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish kabilan shular jumlasidan.
Aynan shu talablar o‘ziga xos sotsial institut – jismoniy madaniyat tushunchasining
paydo bo‘lishiga zamin yaratdi. Jismoniy madaniy faoliyatda insonlarning o‘z
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga intilishi va zaruriyati jismoniy madaniyatning
rivojlanshida muhim omil bo‘ldi.
Jamiyat hayoti unga oid barcha sohalarning birdek taraqqiyotini talab
qiluvchi yagona sotsial organizmdir. Bu o‘rinda jamiyat hayotiga oid yagona bir
sohani tanlab, faqat u ustun deb aytish mushkul. Ammo, shunday bo‘lsada,
iqtisodiyot, madaniyat, siyosat singari sotsial institutlar ko‘pgina hollarda istalgan
turdagi jamiyatning sotsial hayoti darajasini belgilab beradi. Jamiyat hayotining bu
yetakchi sohalarini harakatga keltiruvchi kuchlar boshqalariga sezilarli ta’sir
o‘tkazadi, ba’zan ularning rivojlanishini sekinlashtirsa, ayrim hollarda aksincha
jadallashtiradi. Shunday qilib, natijada integral ijtimoiy omillar yuzaga keladi:
ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy kabi omillar shartli ravishda
butun bir jamiyat va uning turli sohalari rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Jismoniy
madaniyatda iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy omillarning ta’siri yaqqol seziladi.
Jismoniy madaniy faoliyatning predmeti – insonning jismoniy holati, tanasi,
jismoniy sog‘ligi bo‘lib, usiz jamiyat faoliyatining hech qaysi sohasi rivojlana
olmaydi. Qaysi soha egasi bo‘lishidan qat’iy nazar har bir insonga eng avvalo,
yaxshi, mustahkam sog‘liq kerak. Jismoniy madaniyat jismoniy takomillashuv,
Ilmiybaza.uz
sog‘lomlashtirish ta’siri orqali jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy
sohalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy sotsium tizimida jismoniy
madaniyatni tadqiq etish sotsiologik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi,
chunki bu orqali bir necha muhim savollarga javob topish mumkin: jamiyatda
jismoniy madaniyatning o‘rni qanday, u boshqa sotsial institutlar bilan qanday aloqa
qilishi mumkin?
Jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchlar mavjudligi va faoliyat mexanizmini,
jumladan, jismoniy madaniyat mezonlarini ham umumiy iasavvur qilish qiyin.
Ammo, biz bu jarayonning umumiy tavsifiga oid sifatlarni keltirib o‘tdik, xolos.
Yetakchi omillarning o‘rni va hamiyatini sinchiklab tahlil qilish ularning ta’sirini
baholashga, jumladan, jismoniy madaniyatning sotsiomadaniy hodisa sifatida talqin
etish imkonini beradi.
Sotsial-iqtisodiy omillar. Har bir inson, umuman, jamiyat hayotida
iqtisodiyotning ahamiyatini va o‘rnini aniq belgilash va chegaralash mushkul.
Chunki insonlar avvalo, o‘z hayotini biologik ta’minlashga majbur – ovqatlanish,
yeyish, ichish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish. Bularning barchasiga ega bo‘lish
uchun mehnat qilish, moddiy farovonlikka erishish, pullarini to‘g‘ri taqsimlash,
ya’ni, o‘z atrofini aql bilan hayoti uchun muhim va foydali ob’ektlarga aylantirishi
lozim. Shunisi ma’lumki, mehnat qilish jarayonida insonning o‘zi ham shakllanib
boradi, uning qobiliyati yaxshilanib, bilimlari ortib boradi. Shu bilan birga talab va
ehtiyojlari ham yuzaga keladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonini istadgan
jamiyatdagi odamlar hayotining asosiy fundamentiga aylantiradi.
Iqtisodiyot jamiyatning barcha sohalari rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu
jumladan, ijtimoiy sohaga ham. Iqtisodiy faoliyatning sotsial faoliyatga o‘zgarishi
sotsiologiyada ijtimoiy-iqtisodiy omil nomini olgan. Sotsiumning ajralmas qismi
bo‘lgan jismoniy madaniyat ham uning mavjudligi va rivojini ta’minlovchi ijtimoiy-
iqtisodiy omillarga ega. Jismoniy madaniyat davlat va jamiyat hayotining iqtisodiy
sohasiga muntazam ta’sir o‘tkazadi – ish kuchining sifati, talab va ehtiyojning
tuzilishi, iste’molchilarning talabi shular jumlasidan. Jamiyat farovonligini oshirish
uchun iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash lozim, bu esa ko‘pgina
Ilmiybaza.uz
omillarga borib taqaladi. Eng avvalo, ishchi kuchining yuqori sifati va samarasi
yuqori bo‘lgan mehnat. Jismoniy mashqlar bilan tizimli ravishda shug‘ullanish
odamning jismoniy mehnat qobiliyatini sezilarli darajada oshirib, uning aqliy
faoliyatiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ko‘pgina hollarda bu jismoniy faoliyatning
odam organizmiga ijobiy ta’siri bilan bog‘liq. U chidamlilikni oshiradi, irodasini
mustahkamlaydi, ma’naviy fazilatlarini tarbiyalaydi, mehnat faoliyatining yanada
samarali va muvaffaiyatli bo‘lishiga xizmat qiladi. Ko‘pgina tadqiqotlarda
isbotlanganidek, tizimli ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish insonning
mehnat qilibiliyatini oshiradi, uning umrini uzaytiradi. Dunyoning ko‘plab taraqqiy
etgan mamalkatlarida qariyalar soni muntazam oshib borayotgan, tug‘ilayotgan
go‘daklar soni esa aksincha, kamayib borayotgan zamonaviy jamiyatda mehnat qila
olish yoshini uzaytirish muammosi birinchi galdagi vazifaga aylanadi.
Jismoniy madaniy mashqlarning millat sog‘ligiga ijobiy ta’siri umum tan
olgan haqiqat. Yangidan yangi sport inshootlari, sifatli sport mahsulotlarining ishlab
chiqarilishi bunga isbot bo‘la oladi. Shunday qilib, aynan iqtisodiyot jismoniy
madaniy faoliyat samaradorligi uchun sharoitlarni yarata oladi. Moddiy bazaning
iqtisodiyot rivojiga bog‘liqligi – bu aniq haqiqat. Dastlab jismoniy madaniyat
faoliyati alohida sharoitlarni tashkillashtirishni talab etmas edi. Tabiiy bir necha
vositalarning o‘zi yetarli edi: yugurish uchun yo‘lakchalar, suzish uchun hovuzlar
va boshqalar. Keyinchalik esa maxsus ixtisoslashtirilgan inshootlar qurila boshlandi,
gimnastika snaryadlari, maydonchalar, stadionlar, basseynlar, sport o‘yinlari uchun
zallar, trassalar, muzda uchish trassalari va boshqalar. Jismoniy madaniyat amaliyoti
shug‘ullanish uchun sun’iy muhit yaratishni ham boshladi – trenajerlar, maxsus
mashqlarni bajarishga ixtisoslashgan qurilmalar. Iqtisodiyotning rivoji bilan
jismoniy madaniyat bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, ta’minlash sharoitlari
yaratildi. Bu faoliyat moliyaviy, kadrlar saolohiyati va ilmiy izlanishlar bilan boyidi.
Faol mustaqil jismoniy madaniy faoliyat olib borishning eng muhim sharti
odamlarning iqtisodiy farovonligi hisoblanadi. Iqtisodiyot inson farovonligining
muhim darajasini belgilab beradi, bo‘sh vaqtini va undan to‘g‘ri foydalanish uchun
sharoit yaratadi.
Ilmiybaza.uz
Jismoniy madaniy faoliyatning iqtisodiy-ijtimoiy omillarini tadqiq etishda
sotsiologik usullardan foydalaniladi. Ko‘pincha hujjatlarni tadqiq etish usulidan:
barcha ko‘rinishdagi hisobotlar, davriy nashrlar va statistik ma’lumotlar o‘rganiladi.
Jismoniy madaniyat sohasidagi dastlabki sotsiologik tadqiqotlardan biri
ijtimoiy hayotda jismoniy faoliyatning iqtisodiy samaradorligi va rolini o‘rganishga
qaratilgan edi. 1963 yildan 1975 yilgacha Rossiyaning jismoniy-sport harakatlari
anchagina rivojlangan Severodonesk shahrida (“Sog‘lik va sport shahri”) bir necha
sanoat korxonalarida mehnat qiluvchilar tadqiq etildi, ommaviy sotsiologik
so‘rovlar o‘tkazildi. Ularning natijasiga ko‘ra, jismoniy mashqlar bilan tizmili
shug‘ullanish iqtisodiy samaradorlikni ham ta’minlashi ilmiy asoslandi. Xuddi
shunga o‘xshash sotsiologik tadqiqotlar Boshqirdistondagi kimyogarlar shahri
bo‘lgan Salavatda ham o‘tkazildi. Krasnogor mexanika zavodi, Uralmash,
Kamensk-Ural metallurgiya zavodi va shunga o‘xshash yirik ishlab chiqarish
tarmoqlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jismoniy-madaniy mashg‘ulotlarni
tashkil etishning yangidan yangi shakllari aniqlandi. Korxonalarda tashkil etilgan
“Sog‘lik sexi”, “Sog‘lik sektori” kabi tuzilmalar mehnatkashlarning kasallikka
chalinish ko‘rsatkichlarini pasaytirib, mehnat samaradorligini oshishiga xizmat
qilgan. Tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatdiki, jismoniy faoliyat bilan muntazam
shug‘ullanib yurgan har bir xodim har yili o‘z korxonasiga o‘rtacha 440 rubl
miqdorida qo‘shimcha daromad keltirgan.
Ijtimoiy-siyosiy omillar. Siyosat – bu davlat va uning siyosiy institutlari
yordamida jamiyatni boshqarish deganidir. Siyosiy faoliyat hokimiyatni qo‘lga
kiritish, saqlash va foydalanish bilan bog‘liq. Uning mohiyati hokimiyatdan
foydalanish, odamlarga ta’sir o‘tkaza olishidadir. Shundan kelib chiqadiki, ijtimoiy-
iqtisodiy omil – siyosatning ijtimoiy jarayonlarga, u yoki bu sotsial faktlarga,
odamlarning hayot tarziga ta’sir o‘tkazishi demakdir. Siyosat tizimida jamiyat va
uning tarkibiy qismlari bo‘lgan ijtimoiy institutlar mavjud. Jismoniy madaniyat ham
bundan mustasno emas.
Jismoniy madaniyatda siyosatning roli shundan iboratki, jismoniy madaniy
harakatning huquqiy va g‘oyaviy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Jamiyatda
Ilmiybaza.uz
sportning nufuzini aniqlashtiradi. Shunday qilib, jamiyatning siyosiy sohasi
odamlarning jismoniy madaniyat faoliyatini olib borishi uchun sharoitlar yaratib
beradi. Aholining o‘z talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, sport bilan shug‘ullanish
huquqini ta’minlaydi. Bir paytning o‘zida davlat siyosati rag‘batlantiruvchi rol ham
o‘ynashi mumkin, jismoniy madaniyatning o‘zi uchun manfaatli bo‘lgan sotsial
turlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash orqali.
A.N.Ponomorevning tadqiqotlarida keltirilishicha, Rossiyada harbiy
kuchlarning maxsus jismoniy tayyorgarligi haqidagi taklif dastlab hukmron
sinflarning taklifi bilan XVIII asrda kiritilgan ekan. Ilk marotaba maxsus jismoniy
tayyorgarlik suvorov armiyasida joriy etiladi. Keyinchalik kadet korpuslarida ham
gimnastika bilan shug‘allanish yo‘lga qo‘yiladi. XIX asrning o‘rtalarida harbiy
jismoniy tarbiyani olib borishi uchun o‘qituvchilar tayyorlashga ixtisoslashgan
kurslar tashkil qilingan. Nufuzli va yetakchi oliy o‘quv yurtlarida ham gimnastika,
qilichbozlik va raqslarni o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar kiritiladi. Buning uchun
maxsus zallar qurila boshlaydi.
Jismoniy madaniyat va sport targ‘ibot maqsadlarida ham keng qo‘llaniladi.
Ayniqsa, siyosiy yetakchilarni, partiya va harakatlarni va boshqa kampaniyalarni
ommalashtirishda. Shunday qilib, tabiiyki, jismoniy madaniyat siyosatga xizmat
qiladi. Zamonaviy davlat tuzilmalarida jismoniy madaniyatni boshqaradigan maxsus
tashkilotlar bo‘lib, ular odamlarning jismoniy faolligini nazorat qiladi, qo‘llab-
quvvatlaydi va rag‘batlantiradi.
Ijtimoiy-madaniy omillar. Jamiyatning ma’naviy hayotiga ta’sir o‘tkazish
ijtimoiy-madaniy omillar orqali kechadi. Bu kabi omillarga jamiyat ongi, axloq
me’yorlari, badiiy qarashlar va tanlovlar, diniy e’tiqod, fan va san’at kiradi.
Jamiyatning ma’naviy sohasi – dunyoqarash, bilimlar, g‘oyalar va qarashlar, axloq
me’yorlari, e’tiqodni shakllantirish, ularni ta’lim, tarbiya, ommaviy axborot
vositalari, ommaviy tadbirlar va boshqa sotsial vaziflarni bajarish orqali amalga
oshiradi.
Sotsiologiyaning vazifasi ijtimoiy-madaniy omillarni jamiyat rivojining
asosiy tarkibiy qismi sifatida o‘rganishdan iborat. Jismoniy madaniyat sotsiologiyasi
Ilmiybaza.uz
esa o‘z navbatida jismoniy faoliyatga ta’sirini va uning aksi ravishda jismoniy
madaniyatning jamiyatning ma’naviy hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganadi.
Ijtimoiy-madaniy omillarning ta’siri shundaki, aholining turli qatlamlari o‘rtasida
jismoniy madaniyatga nisbatan ijobiy fikr uyg‘otadi, bu faoliyatni tartibga soladi,
tashkiliy-boshqaruv xarakterini beradi. Jismoniy madaniyat sotsiologiyasida bu
jarayonlarning samaradorligini o‘rganish ham juda muhim.
Sportga nisbatan yaxshi munosabatni shakllantirish mexanzmi ko‘pgina
hollarda jismoniy madaniyat va sportning qanchalik foydaligi haqida jamiyatning
fikrini uyg‘otish bilan bog‘liq. Targ‘ibot, reklama, jismoniy ta’lim va tarbiya sifati,
jismoniy mashqlarga o‘rgatish orqali amalga oshiriladi bu. Bu jarayonda siyosiy
g‘oya ham muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, millatni sog‘lomlashtirish, ayniqsa,
o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol o‘sishini ta’minlash orqali milliy
xavfsizlikka xizmat qilish hozirda jamiyatda sport va jismoniy madaniyatni
rivojlantirishning muhim shioriga aylangan.
Jamiyat rivoji tarixiga ko‘ra, e’tiqod instituti bu jarayonda muhim o‘rin
egallaydi. Boisi, sportdagi g‘alaba xudolarning sovg‘asi sifatida qabul qilingan.
Zamonaviy jamiyatda ham cherkov turli musobaqalarga diniy sifat berishga harakat
qiladi: diniy taqinchoqlar, sportchilarning o‘yin oldidan qiladigan duolari – bu
hozirgi davrda o‘tkaziladigan sport musobaqalarida kuzatiladigan oddiy holatlar.
Ilmiy tadqiqotlar natijalari jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar
sog‘ligi, jismoniy faolligi uchun foydali ekanini isbotladi. Ijtimoiy-madaniy omillar
jismoniy madaniyatni rivojlantirishning yo‘nalishlarini belgilab beradi, g‘oyaviy
to‘yintiradi, maqsadlar va vazifalar bilan boyitadi.
Bir paytning o‘zida jismoniy madaniyat jamiyatning ma’naviy hayotiga ham
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Buning uchun badiiy asarlar va ertaklardagi qahramonlarni
yodga olish kifoya. Ular faqat iroda kuchi bilan emas, tezligi, chidamliligi, baquvvat
tanasi bilan ham ajralib turadi. Jismoniy go‘zallik hamma zamonda estetik qadriyat
sifatida yuksak baholangan. Istalgan go‘zallik tanlovida jismoniy go‘zallik asosiy
omil sifatida baholanadi. Chiroyli va sog‘lom insonlar jamiyatda farovonlik muhitini
yaratadilar va uni rivojlantirish kafolati hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Jismoniy madaniyat sotsiologiyasi ijtimoiy-madniy omillarning jamiyatning
mazkur sohasini rivojlantirishdagi o‘rnini o‘rganish imkonini beradi.
3. Yosh avlodning jismoniy madaniyat qadriyatlari va jismoniy
madaniyatga munosabati yuzasidan sotsiologik tahlil
Jamiyat
hayotining
barcha
sohalarida
kechayotgan
o‘zgarishlar,
yangilanishlar ma’lum ma’noda jismoniy madaniyatga munosabatga ham o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlar
ilmiy-texnik taraqqiyot natijasi sifatida jismoniy madaniyatga nisbatan qimmatli
munosabatni shakllantirishda ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. U inson hayotining
rivojlanish bosqichlari va darajasiga chambarchas bog‘liq.
Jamiyatning nisbatan mobil qatlami bu albatta yoshlar. Zamonaviy faol
yoshlarning jismoniy madaniy sportdagi ishtiroki jamiyatda jismoniy madaniyatga
qanchalik ehtiyoj borligi va uning rivoji samaradorligini belgilab beradi. “Aynan
yoshlik chog‘idan sport bilan do‘st bo‘lish bolaning o‘z ustida ishlashi, xarakterining
toblanishi, musobaqalarda qatnashish orqali qatiyatlik va mardlik xususiyatlarining
shakllanishi, g‘alabaga intilishi, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo o‘z ustidan g‘alaba
qozonishi, bir so‘z bilan aytganda, mustahkam irodagi ega bo‘lishi uchun puxta
zamin yaratadi”.1 Shuning uchun ham, yoshlarni bu faoliyatga yanada ko‘proq jalb
etishning, jalb etuvchi kuchlarning tahlilini olib borish kerak. O‘zbekiston
mustaqillikka erishib, yangi demokratik davlat sifatida butun dunyoda tanilgash,
mamlakatimizda keng miqyosda iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Shu
bilan birga Birinchi Birinchi Prezident I. A. Karimov farmonlari bo‘yicha
Respublika aholisini sog‘lomlashtirish, xalq sog‘ligini mustahkamlash uchun
jismoniy madaniyatga va sportga katta e’tibor berilmoqda.
Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab yashnashi va rivojlanishi
ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z
navbatida Vatanimizning kelajagi – farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy
kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi.
1Каримов И.А. Болалар спорти – Ўзбек спортининг келажаги, унинг халқаро майдондаги обрў-эътиборини
юксалтиришнинг пойдеворидир//Туркистон, 2011 йил 26 февраль №17 (15447).
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: “Biz sog‘lom
avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy
sog‘lomlikni emas, balki sharqona odob – axloq va umumbashariy g‘oyalar ruhida
kamol topgan insonni tuchunamiz”, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy
majlisining birinshi yig‘ilishidagi ma’ruzasida. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis
etilganligi, xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom
va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi.
Sog‘lom turmush tarzi inson madaniy, jismoniy rivojlanishi, mehnat
unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o‘z ishiga oladi. Sog‘lom turmush
tarzining asosiy tarkibiy qismlari – samarali ish faoliyati, shaxsiy gigiena, zararli
odatlardan voz keshish, belgilangan bir vaqtda to‘g‘ri ovqatlanish, jismonan
chiniqish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib turishdan iborat. Yoshlar,
o‘quvshilar sog‘lom turmush tarzining shakllanishi har tomonlama gormonik yetuk,
faol shaxsni tarbiyalashda muhim omil hisoblanadi.
Har kim o‘zini jismonan tarbiyalashi uchun jismoniy madaniyat va sportning
zarurligini tushunib yetishi va qunt bilan o‘ziga yoqqan ma’lum bir jismoniy
mashg‘ulotlar tizimi asosida salomatligini shakllantirishi kerak.
Xalqimiz farzandlarining jismoniy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish
tarbiyaning ajralmas qismi bo‘lgan jismoniy madaniyat jarayonida amalga
oshiriladi. Ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirish xalq salomatligi tiklashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Ana shu ezgu maksadlarni amalga oshirish mamlakatimiz
mustakil tarakkiyot yo‘lidagi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan etib
belgilandi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yosh avlodni yuksak
intellektual saloxiyatli, zamonaviy bilim va tafakkurga ega, ayni paytda sog‘lom
turmush tarziga rioya kiladigan, jismonan sog‘lom, ruhan tetik insonlar qilib voyaga
yetkazishning samarali tizimi hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bu jarayonda o‘g‘il-
qizlarimizni jismonan sog‘lom, kuchli iroda va yuksak intellektual salohiyatga ega
insonlar qilib tarbiyalashning bosh omili, o‘zbek sportining kelajagi, xalqaro
maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning asosi bo‘lgan bolalar sportini
rivojlantirish umummilliy harakatga aylandi. “Bolalarni 3-5 yoshdan sportga jalb
Ilmiybaza.uz
etish katta ahamiyatga ega. Chunki ayni shu davrda har bir bolaning xarakteri
shakllana boshlaydi, hayotga teran ko‘z bilan qarashga o‘rganadi. Sportga mehr
qo‘ygan bola bir umr sportga oshno bo‘lib qoladi. Sport bolaning nafaqat
salomatligini mustahkamlaydi, balki zararli illatlardan uni himoyalaydi, xarakterini
toblaydi”2.
I.A. Karimov O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘ar-masi
Xomiylik kengashining navbatdagi yig‘ilishida (10.02.2012) sport bugun yurtimiz
ta’lim-tarbiya tizimining uzviy kismiga aylanganini alohida kayd etdi. Sportni
ta’lim-tarbiya bilan mutanosib ravishda izchil rivojlantirish - bu biz tanlagan
yo‘lning ajralmas qismidir3.Tarbiyaning birinchi vazifasi – sog‘lomlikni o‘rgatish,
mustahkamlash, ikkinchisi sog‘lom tanga puxta bilim berishdir. Shu maqsadda,
kadrlar tayyorlash milliy dasturimiz yaxlit va tizimlilik asosida shaxs, davlat va
jamiyat manfaatlariga xizmat qilib kelmoqda. Uzluksiz ta’lim, ilm-fan va ishlab
chiqarish bu yaxlit jarayonning uzviy tarkibiy qismlaridir. Mazkur dastur
mamlakatimiz iqtisodiyoti va hayotining barcha jabhalari uchun yuqori malakali,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning samarali
integratsiyalashuvini ta’minlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar
asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalash vazifasini muvaffaqiyatli hal etishga xizmat
qilmoqda.“Bugun Davlat budjeti jami sarf-harajatlarining qariyb 60 foizi shu
maqsadlarga yo‘naltirilmoqda”4.
Bugungi kunda Birinchi Birinchi Prezident tashabbusi bilan O‘zbekiston
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, yoshlar o‘rtasida sportni
ommalashtirish, bolalar sportini rivojlantirishning noyob tizimiga asos solindi.
Davlatimiz rahbarining 2002 yil 24 oktabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini
rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi va 2004 yil 29 avgustdagi
“O‘zbekiston
Bolalar
sportini
rivojlantirish
jamg‘armasi
faoliyatini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari bolalar sportini
2 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизнинг мустаҳкам таянчи// Халқ сўзи, 2012 йил 11 февраль.
3 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизнинг мустаҳкам таянчи// Халқ сўзи, 2012 йил 11 февраль.
4И.А.Каримовнинг “Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш - мамлакатни барқарор тараққий
эттириш ва модернизация қилишнинг энг муҳим шарти” мавзуидаги xалкаро Конференциядаги нутқи, //Халқ сўзи, 2012
йил 18 февраль.
Ilmiybaza.uz
rivojlantirishda muhim dastur bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek,
Davlatimiz rahbarining 2010 yil 1 aprelda qabul qilingan “Qishloq joylardagi bolalar
sporti ob’ektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qizlarni, ayniqsa qishloq joylardagi qizlarni
sport bilan shug‘ullanishga faol jalb etish, bolalar sporti ob’ektlari uchun yuqori
malakali, professional ayol ustoz kadrlarni tayyorlash, ularning mehnatini moddiy
rag‘batlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan bu ezgu
sa’y-harakatlar natijasida mamlakatimizda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan
o‘kuvchilar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar 2008-yildagi 29,2 foizdan 2011-
yilda 34,9 foizgacha, jumladan qiz bolalar o‘rtasida 24,1 foizdan 31,4 foizgacha
oshdi5.
Bolalar va yoshlarni sport bilan faol va muntazam shug‘ullanishga ommaviy
jalb qilish tarbiya jarayonining yana bir uzviy qismidir. Negaki, sport salomatlikni
mustahkamlash bilan birga, insonda fe’l-atvor, iroda, qiyinchiliklarni yengish
qobiliyatini shakllantiradi. Mamlakatimizda maktab o‘quvchilarining “Umid
nihollari”, kollej va litsey o‘quvchilarining “Barkamol avlod” hamda talabalarning
Universiada bellashuvlarini o‘z ichiga olgan noyob uch bosqichli sport musobaqalari
tizimi tashkil qilinganligi sog‘lom avlodni shakllanishida muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Barcha o‘kuv yurtlari, shu jumladan qishloqlarda bugun xalqaro
standartlarga mos jihozlangan sport zallari, komplekslari faoliyat yuritmoqda.Sport
ob’ektlarini murabbiy kadrlar, ayniqsa murabbiyalar bilan to‘ldirishga qaratilgan
ushbu amaliy sa’y-harakatlar natijasida ayol sport ustozlari o‘tgan yilning o‘zida 1,6
barobardan ko‘proq oshdi6. “Qizlarining sport bilan shug‘ullanishi ularning nafaqat
salomatligida, ayni paytda qaddi-qomati to‘g‘ri shakllanishida, yurish-turishida
naqadar muhim ahamiyat kasb etayotganini bugun ota-onalarning o‘zlari quvonch
bilan ta’kidlashmoqda. Qizlarimizning mana shunday sog‘lom bo‘lib ulg‘ayishi
ertangi
kunimizning,
dunyoga
keladigan
barkamol
avlodning
muhim
omillaridandir”7.
5 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизнинг мустаҳкам таянчи// Халқ сўзи, 2012 йил 11 февраль.
6 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизнинг мустаҳкам таянчи// Халқ сўзи, 2012 йил 11 февраль.
7 Каримов И.А. Баркамол авлод - мамлакатимизнинг мустаҳкам таянчи// Халқ сўзи, 2012 йил 11 февраль.
Ilmiybaza.uz
Sport yoshlarimiz hayotiga tobora chuqur kirib borayotgani, minglab yigit-
qizlar sport bilan shug‘ullanishni kundalik vazifasiga aylantirgani ularning jismoniy
holatiga, salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmokda. Jumladan, 2005-2011-yillarda
mutlaq sog‘lom bolalar mamlakat bo‘yicha 52,7 foizdan 62,9 foizgacha o‘sdi,
surunkali kasalliklarga chalingan bolalar soni esa keskin kamaydi. O‘g‘il va qiz
bolalarning o‘rtacha bo‘yi va vazni oshmoqda. Harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar
orasida xizmatga loyiq deb topilganlar sezilarli darajada ortgani ham bu boradagi
ishlarning amaliy natijasidir.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar qatoriga iqtisodiy omillarning tanho
o‘zi bilan o‘tib bo‘lmaydi. Bu borada barcha omillarning ahamiyati behad katta.
Jamiyatda yangi qadriyatlar tizimini shakllantirishda kishilarning ruhiyatini
o‘zgartirish, ularda islohotlarning talabiga mos keladigan yangi tafakkur tarzini
shakllantirish nihoyatda muhim. Agar kishilarning ongida mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatlariga ishonch ruhi paydo bo‘lmas ekan,
unda yangicha tafakkurni shakllantirishning iloji yo‘q.
Bu borada Vataniga sodiq, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, yetuk
tafakkurga ega bo‘lgan ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash barcha davrlarda
davlat va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi omillardan biri bo‘lib kelgan. Zero,
insonni shaxs sifatida shakllanib borishida ta’lim-tarbiya hamda ilmiy-tadqiqotlar
asosida
shakllanadigan
ko‘nikmalarning
o‘rni
va
ahamiyati
beqiyosdir.
O‘zbekistonda ushbu tizim doirasida bugungi kunga qadar bir qancha islohotlar
amalga oshirildi. Xususan, kadrlar tayyorlash qonuni va milliy dasturining qabul
qilinishi sohaning rivojlanishida muhim qadamlardan biri bo‘lib kelmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-4456-sonli Farmoni asosida
ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning
bir
bosqichli
tizimga
o‘tilishi
mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashning zamonaviy talab va
me’yorlar asosidagi bosqichga ko‘tarilishini ta’minladi.
Ilmiybaza.uz
Zamonaviy talablarga javob beruvchi kadrlarni tayyorlash borasidagi barcha
huquqiy qoidalar va talablari qabul qilingan bo‘lsada amaliyot bu sohada bir qancha
muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy
salohiyatning kamayib borishi, ilmiy-tadqiqot ishlarida professor-o‘qituvchilarning
o‘quvsizligi bunday muammolarni bartarf etib borish bo‘yicha tizimli dasturlarni
ishlab chiqib, ularning izchilligini ta’minlashni zaruriyat qilib qo‘ymoqda.
Davlatimiz o‘zining dasturlari doirasida ilmiy-tadqiqot loyihalar tanlovini tashkil
qilib kelayotgani, undan tashqari nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatini
rag‘batlantirish, ushbu tashkilotlardagi muammolarning ilmiy yechimlarini topish,
ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha loyihalar e’lon
qilib kelayotgan bo‘lsada, ushbu tanlovlarda ma’lum bir soha vakillarining faol
ishtiroki sezilmayabdi hamda professor-o‘qituvchilarning bunday tanlovlarga
bo‘lgan qiziqishi tobora kamayib bormoqda.
Mutaxassislarning
ta’kidlashicha
kadrlarda
ilmiy
layoqatning
rivojlanmayotganligining asosiy sabablaridan biri ulardagi bilim, ko‘nikma va
malakalarning talab doirasida shakllanmayotganligidir. Hozirda zamonaviy talablar
doirasida bajarilayotgan dissertatsiyalar loyihalar asosida bajarilayotganligi
mamlakatimizda ta’lim tizimini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘lashni yanada
chuqur izchillik bilan rivojlantirib borishni taqoza etmoqda. Bu borada yoshlardagi
intilish va qiziqish layoqatlarini inobatga olish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlarida
ishtirok etishlarini ta’minlash, loyihalarni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish,
ma’lumotlarni elektron tarmoqlarda to‘g‘ri joylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirib
borish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, loyihalarni tayyorlashdan ko‘ra
ularni to‘g‘ri rasmiylashtirishni o‘rganish va bilish bugungi kunda muammoli
vaziyatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki, katta avlod loyihalarni ishlab chiqishni
bilsada, elektron tarmoqlarda ishlay olmasligi, kichik avlod elektron tarmoqda ishlay
olsada, loyihalarni ishlab chiqish malakasiga ega emasligi ikki avlod o‘rtasida ilmiy
hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirib borishini ko‘rsatmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport tizimida ham ilmiy yondoshuvni kuchaytirish
tizimida vujudga kelayotgan ilmiy tadqiqotlarga bo‘layotgan talablar doirasidagi
Ilmiybaza.uz
tendensiyalar bilan izohlash mumkin. Bugungi zamonaviy taraqqiyotning sur’atlari
tobora tezlashib bormoqda, bu esa jismoniy tarbiya va sport tizimida turli
sohalarning kirib kelishini kuchaytirishi bilan birgalikda, jismoniy tarbiya va sportni
hamkorlikda rivojlanishini belgilab bermoqda. Xususan, jismoniy tarbiya va
sportdagi ijtimoiy-madaniy muammolar ahamiyatining ortib borishi hamda kirib
kelayotgan texnika va texnologiyalarning turli darajadagi ta’sirlari sportchilarning
sotsial qiyofasini o‘rganish, milliy-ma’naviy qadriyatlar, din, madaniyat prizmasi
ostida olib qarash orqali muammolarning xususiyatlarini tasniflash asosida tadqiq
etish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Bir qator fanlarning o‘zaro hamkorligining zaruriyati jismoniy tarbiya va
sportda o‘tazilayotgan tadqiqotlarning o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Jumladan,
sotsiologiya fani metodlari asosida jismoniy tarbiya va sportdagi ijtimoiy
jarayonlarni o‘ranish sport sotsiologiyasi fanining taraqqiyotini belgilab berdi.
Shuningdek, sport sotsiologiyasini alohida fan sifatida shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etdi. Sotsiologik tadqiqotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasida
keng miqyosda qo‘llanilishi tizimdagi ijtimoiy muamolarni o‘rganish imkoniyatini
berish bilan birga, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tvsiyalar ishlab chiqishda
hamda ularning yechimini ko‘rsatib berishda o‘z samarasini bermoqda. Jismoniy
tarbiya va sport sohasida yetishib chiqayotgan mutaxissislarni bunday bilimlar bilan
qurollantirish, o‘z sohasining yuksak bilimdoni qilib tarbiyalash orqali sohasini keng
miqyosda angash, unda ro‘y berayotgan jarayonlarni to‘liq idrok etish kabi sifatlarga
ega bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, mamlakatimizda
ushbu soha doirasidagi kadrlarni tayyorlayotgan yagona tayanch Oliy ta’lim
muassasasi hisoblangan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabalariga
sotsiologik tadqiqotlar haqida bilim berish hamda ularda amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantirish zamon talabi asosidagi yetuk mutaxassislarni
tayyorlashning garovi hisoblanadi.
Umuman, ushbu yo‘nalishi doirasida olib borilayotgan islohotlar va ko‘zga
tashlayonayotgan muammolarning mohiyatlaridan kelib chiqib qo‘yidagi takliflarni
berish mumkin: birinchidan, jismoniy tarbiya va sport tizimidagi mutaxassislar,
Ilmiybaza.uz
professor-o‘qituvchi va olimlarning kasbiy jihatdan jamiyatda tutgan o‘rnini,
nufuzini oshirish zarur. Chunki yoshlar orasida bugungi kunda ko‘p daromad
keltiradigan sohalarga intilish, ushbu sohalarning jamiyatdagi nufuzi tobora oshib
borayotganligi o‘qituvchi va olim kasbiga bo‘lgan qiziqish va intilishning susayib
borayotganligini ko‘rsatmoqda. Hatto, o‘qituvchi va olim kasblari qadrining
yo‘qolishi bu tizimga yetarlicha bilim va malakaga ega bo‘lmagan kadrlarning kelib
qolishini kuchaytirmoqda; ikkinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-
pedagogik
kadrlarni
tayyorlashda
ulardagi
ilmiy-tadqiqotlarda
ishlash
ko‘nikmalarini ham rivojlantirib borish zarur. uchinchidan, institutda ilmiy-tadqiqot
ishlarini yanada rivojlantirish hamda yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlashda
ularning ilmiy izlanishlari natijalari yoritib borishga yordam ko‘rsatib borish muhim
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalari jurnallari sahifasida yosh
olimlar uchun alohida bo‘lim tashkil qilish hamda ushbu bo‘limda yosh olimlarning
ilmiy izlanishlarini nashr etish, shaxsiy ish rejalarida ko‘rsatilgan ilmiy tadqiqot
ishlarini olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari mavzulari (doktorlik dissertatsiyalari)
bilan
muvofiqlashtirish
o‘z
samarasini
beradi;
to‘rtinchidan,
professor-
o‘qituvchilarda sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘ztkazish bo‘yicha ilmiy-
ijodiylik ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, rivojlantirishda ilmiy anjumanlar,
seminar hamda davra suhbatlarini tashkil etib borish muhim hisoblanadi. Chunki,
ma’lum bir soha miqyosidagi mutaxassislarni bir davrada yig‘ib, ularni qiziqtirgan
muammolar bo‘yicha o‘z fikrlarini o‘rtoqlashishi ularning o‘zaro hamkorligini
kuchaytirish bilan birga, fikrlar almashish imkoniyatini ham yaratib beradi;
beshinchidan, ushbu jarayonlarni va hamkorlik aloqalarining samaradoriligini
o‘rganishda ham sotsiologik tadqiqotlardan foydalanish mumkin. Bu esa,
sotsiologik tadqiqotlarning jismoniy tarbiya va sportdagi jarayonlarni o‘rganish
imkoniyatining mavjudligi – sotsiologik tadqiqotlarni o‘rganish, tashkil etish va
o‘tkazish qonuniyatlarini o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ymoqda
Ma’lum bo‘lishicha, agar insonlarda jismoniy madaniy faoliyatga qiziqish
shakllangan bo‘lsa, bu ular uchun psixo-somatik qulaylik, bahra olishning manbaiga
aylanar ekan. Rus olimi P.F.Lesgraft buni “qoniqishning oliy hissi, ko‘rinishi” deya
Ilmiybaza.uz
ta’riflagan edi. Agar jismoniy madaniy jarayonlarda ishtirok ichki tashabbus bilan
boshlangan va ijobiy qiziqishlar, his-tuyg‘ularga sabab bo‘lsa, shaxsning kamolida
jismoniy mashqlarning ijbiy ta’siri haqida aytish mumkin.
Mazkur nazariy qarashlardan kelib chiqib, sotsiologik tadqiqot o‘tkazamiz.
Misol uchun, o‘tkazilgan anketa so‘rovnomalari, suhbatlar, kuzatishlar, Sibir oliy
yurtlaridagi o‘quv va ommaviy jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanish uchun
yaratilgan sharoitlar tahlili ob’ektiv holatni baholash imkonini berdi. Bu jarayonda
talabalar qaysi sport turi bilan ko‘proq qiziqishi, sport faoliyatiga undagan motivlar
ham inobatga olindi.
Sotsiologik tadqiqotda talabalarning jismoniy madaniy faolligi darajasiga
turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Ko‘pincha
talabalarning jinsi va yoshi, o‘qiyotgan bosqichi va mutaxassisligi bunga katta ta’sir
ko‘rsatishi aniqlandi.
Jismoniy madaniy faollik – bu jismoniy madaniyat vositalari orqali
odamning biosotsial tabiatini yanada takomillashtirish deganidir. Bir paytning
o‘zida son va sifat tavsifi unga ajratilgan vaqt, mashqlarning muntazamligi,
talabalarning jismoniy madaniyat bilan shug‘ullanishga qanchalik motivatsiyasi
borligi bilan ham belgilanadi.
Tadqiqotda ishtirok etgan talabalar ularning jismoniy madaniyatga
munosabatidan qat’iy nazar shartli ravishda uch guruhga ajratildi:
Jismoniy-sport faolligi past bo‘lgan talabalar, ular haftasiga 3 soat vaqt
ajratishadi, sport bilan shug‘ullanish uchun (28,1%);
Optimal darajada sport bilan shug‘ullanadigan talabalar, haftasiga 6
soat vaqtini sportga sarflaydi (15,1%);
Jismoniy madaniy sport bilan umuman shug‘ullanmaydigan, buning
uchun vaqt ajrata olmaydigan talabalar (28,1%).
Talabalarning jismoniy-madaniy sport faolligini xolis baholash uchun
ularning tizimli dars mashg‘ulotlarini tahlil qilish lozim. 1-jadvalda keltirilgan
tahlillar jismoniy faollikning barqarorlik darajasini baholash imkonini beradi: 21,8%
talabalar jismoniy mashqlarga muntazam qatnashadi, 50,1% ba’zan ba’zan, 28,1%
Ilmiybaza.uz
bo‘sh vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydi. Umuman olganda, faqat
15,1% talabalarning sport bilan shug‘ullanishi muntazamligi harakatlanish rejimi
talablariga to‘g‘ri keladi.
1 jadval.
Talabalarning jismoniy-madaniy mashg‘ulotlarga munosabati
Talabalarning
jismoniy-madaniy
mashg‘ulotlarga
munosabati
Talabalar jinsi
Barcha
talabalar
Ayollar
Erkaklar
Tizimli shug‘ullanadi 36,9
12,6
21,8
Ba’zan shug‘ullanadi 44,5
53,5
50,1
Bo‘sh
vaqtida
shug‘ullanmaydi
18,6
33,9
28,1
Sotsial tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, talabalarning jismoniy sport
mashqlariga munosabati ko‘pincha ularning qiziqishlari va motivatsiyasidan kelib
chiqadi. Bundan tashqari, bizning fikrimizcha, shakllantirilgan qiziqishlar va
motivlar talabalarning shaxsiy jismoniy madaniyatini namoyon etadi. Qiziqish
bo‘lsagina harakatlanishga xohish tug‘iladi, ehtiyojlarini amalda sinashga undaydi.
Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 73,2 foizi
jismoniy madaniyatning sotsial ahamiyatini yuqori baholaydi. Uni inson
madaniyatining muhim belgisi deb hisoblaydi. (2 jadval)
2 jadval
Talabalarning jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyatiga munosabati, %
Jismoniy madaniyat – talabaning
umumiy madaniyatidagi muhim
element
Talabaning jinsi
Barcha
talabalar
erkaklar ayollar
Ha
73,3
72,9
73,2
Yo‘q
12,5
6,6
8,8
Ilmiybaza.uz
Javob berishga qiynalaman
10,1
18,5
15,3
Javob yo‘q
4,1
2,0
1,7
2 jadvalda ko‘rinib turganidek, so‘rovda qatnashgan talabalarning 18
foizidan ziyodi jismoniy madaniyatning talaba madaniyatidagi o‘rnini baholashda
qiynaldi. Bizningcha, bu holat birinchi navbatda, talabalarning jismoniy
madaniyatning ijtimoiy ahamiyati haqidagi bilimlari yetarli darajada emasligidan
kelib chiqadi.
Jismoniy madaniyatga qiziqish – bu harakatdagi ijtimoiy omil bo‘lib,
insonning butun umri davomida shakllanadi. Oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayonida
talabalarning 15,7%da jismoniy faoliyatga nisbatan qiziqishning yuqoriligi
kuzatildi. 62,1% ida bu qiziqish oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha qolgan,
18,9%ida esa bu ko‘rsatkich pasaygan. (3 jadval)
3 jadval
O‘qish davrida turli ixtisoslikdagi talabalarning jismoniy madaniyatga
munosabatining rivojlanish dinamikasi
Jismoniy
madaniyatga
qiziqish
Oliy o‘quv yurti ixtisoslashuvi
Barcha
talabalar
gumanitar
Texnik
aralash
Oshdi
19,8
18,9
6,6
15,7
O‘zgarishsiz qoldi
66,3
59,0
60,5
62,1
Pasaydi
12,8
14,3
32,2
18,9
Javob yo‘q
1,1
2,9
0,7
3,3
Shu fakt tashvishga soladiki, aralash profildagi oliy o‘quv yurtlari
talabalarining asosiy qismida o‘qish davrida sport mashg‘ulotlariga munosabat
pasaygan. Bu shundan dalolat beradiki, bu ta’lim muassasalaridan jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlari qoniqarsiz va talabalarning qiziqishi ham juda past.
Jismoniy sport faoliyatiga qiziqishni shakllantirishda ko‘pgina tashqi omillar
ham ta’sir ko‘rsatadi (4 jadval)
Ilmiybaza.uz
Aralash mutaxassislikdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan
talabalarning jismoniy sport faoliyatiga qiziqishini shakllantirishda tashqi
omillarning ta’siri, %
Jismoniy
sport
faoliyatiga
qiziqishni
orttiruvchi omillar
Oliy o‘quv yurti ixtisoslashuvi
Barcha
talabalar
Gumanitar
Texnik
Aralash
Mashg‘ulotlar
sifati
yaxshilandi
38,0
35,8
50,8
40,9
Sport
turini
tanlash
imkoniyati
37,7
36,7
32,2
35,6
Zamonaviy
jihozlangan
moddiy baza
20,1
18,6
14,3
17,9
Mashg‘ulotlar reklamasi
2,7
2,6
1,9
2,5
Javob yo‘q
1,5
6,6
0,8
3,1
O‘tkazilgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatadiki, jismoniy mashug‘ulotlar
sifatini tubdan yaxshilash talab etiladi. 40,9% talabalar bu omil ularning jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlariga nisbatan qiziqishini oshirishga ta’sir qilishini aytishdi,
ayniqsa, gumanitar-texnik yo‘nalishdagi talabalar uchun. 50,8% talabalar jismoniy
tarbiya mashg‘ulotlarining sifatini oshirish zarurati borligini ta’kidlashgan.
O‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, sport zallarining moddiy bazasini
yaxshilash, sport bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun noan’anaviy uslubiy
yondashuvlardan foydalanish talab etiladi buning uchun.
Talabalar uchun yana bir muhim tomoni – shug‘ullanish imkoni bo‘lgan
sport turlarini tanlash imkoniyati. So‘rovda qatnashgan talabalarning 35,6%i oliy
ta’lim muassasalarida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish turlarini oshirish
lozimligini qayd etishgan.
16,9 foiz talabalarga zamonaviy shart-sharoitlar, yaxshilangan moddiy
bazasi bor zallarda sport bilan shug‘ullanish istagi borligini ma’lum qilishgan.
Ilmiybaza.uz
Olingan ma’lumotlarga qarab aytish mumkinki, so‘ralganlarning asosiy
qismi jismoniy mashg‘ulotlar reklamasi va targ‘ibotiga unchalik e’tibor
qaratmaydilar: ulardan 2,5 foizigina yaxshi reklama sportbilan shug‘ullanishga
undashi mumkinligini aytib o‘tgan. Balki bu holatda jamiyatimizda sportning yetarli
darajada targ‘ib etilmayotganini qayd etish mumkin. Mavjud targ‘ibot darajasining
pastligi va sifatsizligi sababli talabalar jismoniy madaniyatning haqiqiy bahosi va
o‘ziga nisbatan ijobiy ta’sirini yaxshi anglab yetmayapti.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, talabalarning jismoniy madaniyat faoliyatiga
qiziqishini shakllantirish darajasi ko‘pgina hollarda o‘zi istagan sport turini tanlashi
bilan
belgilanadi.
Oliy
ta’lim
muassasalarida
jismoniy
madaniyat
mashg‘ulotlarining sifatini yana bir bor qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. (5
jadval)
5-jadval
Turli oliy o‘quv yurtlari talabalarining jismoniy faollik shakllarini
tanlashi
Jismoniy
faollik
shakllari
Oliy
ta’lim
muassasasining
ixtisoslashuvi
Barcha
talabalar
gumanitar
Texnik
Aralash
Sport
turlari
bo‘yicha
klublar
17,6
16,6
18,2
17,4
Mustaqil mashg‘ulotlar
21,3
23,1
17,8
20,9
Sport
turlari
bo‘yicha
seksiya mashqlari
27,7
37,8
31,0
32,1
Faol dam olish: sayohat,
o‘yinlar va
30,4
16,3
31,4
25,8
Ommaviy sport tadbirlari
va
sog‘lomlashtirish
tadbirlari
1,2
0,8
0,7
Javob yo‘q
1,8
6,2
0,8
3,1
Ilmiybaza.uz
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, talabalar sport turlari xilma xil bo‘lgan
seksiyali mashg‘ulotlarga katta qiziqish bildirishgan: 32,1% so‘rovda qatnashganlar
agar bu xildagi jismoniy-madaniy mashg‘ulotlar tashkil etilsa, qatnashish istagini
bildirgan. Seksiyalarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlarga ayniqsa, texnik
yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalar juda qiziqishgan: 37,8% talabalar sport turlari
bo‘yicha seksiyalarda shug‘ullanish afzalligini ma’lum qilishgan. Bunday
taqsimlanishning yana bir omili texnik ta’lim muassasalarining asosiy talabalar
erkaklardan (74% erkaklar) iborat bo‘lgani bilan izohlash mumkin. Asosan qizlar
(82%) tahsil oladigan gumanitar va aralash yo‘nalishdagi ta’lim muassasalaridagi
talabalar
esa
sog‘lomlashtirishga
yo‘naltirilgan
mashg‘ulotlarni
qo‘llab-
quvvatlashgan: so‘ralganlarning 31%ini sayohatlar, mustaqil reglament bo‘yicha
tashkil etilgan o‘yinlar, suzish qiziqtiradi. Talabalarning asosiy qismi bo‘sh vaqtida
o‘zi istagan sport turi bilan shug‘ullanishlarini ham aytib o‘tishgan: 20,9% so‘rovda
qatnashgan talabalar erkin tanlov istagini tma’lum qilishgan.
Shuni alohida qayd etish lozimki, talabalar oliy o‘quv yurtlarida
o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish tadbirlari, ommaviy sport tadbirlarida ishtirok
etishga unchalik qiziqishmaydi, faollik bildirishmaydi. Ommaviy sport-
sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkilotchilari, o‘quv muassasalarida faoliyat olib
boruvchi sport klublari bu haqda yaxshiroq o‘ylab ko‘rsa va ish tarzini o‘zgartirsa,
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shablonga aylanib qolgan tadbirlar, spartakiadalardan
voz kechib, sportga jalb etishning yangidan yangi shakllarini topish kerak.
Amaliyotda ma’lumki, bu kabi spartakiadalarga kuchli tayyorgarlik ko‘rmagan
talabalar qatnashadi va musobaqalar yoshlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan sport turlari
bo‘yicha o‘tkazilmasligi bunga salbiy ta’sir qiladi. Talabalarning qiziqishini
so‘ndiradi.
So‘rovda ishtirok etgan talabalarning katta qismi sog‘lomlashtirish va faol
dam olishni tashkil etish uchun pulli xizmatlardan foydalanish taklifini bildirdi (6
jadval).
6-jadval
Ilmiybaza.uz
Talabalarning faol dam olishini tashkil etish uchun pulli xizmatlar
tanlovi, %
Pullik
xizmatlar
turlari
Oliy ta’lim muassasasining ixtisoslashuvi Barcha
talabalar
gumanitar
texnik
Aralash
Massaj
48,4
30,6
48,4
42,5
Sauna
23,4
21,5
18,2
21,3
Basseyn
19,5
30,0
23,6
24,3
Tennis korti
4,6
4,2
2,7
3,9
Asboblarni
ijaraga olish
0,6
1,3
2,7
1,5
Mutaxassislar
maslahati
0,9
2,6
2,3
1,9
Trenajerlar
1,5
7,8
1,2
3,6
Mamlakatda o‘zgarib borayotgan iqtisodiy sharoitlarda bu dalil juda muhim.
U mutaxassislardan oliy ta’lim muassasalarida jismoniy-sog‘lomlashtirish
mashg‘ulotlarini tashkil etishning yangi shakllarini topishni talab qiladi.
Talabalar o‘rtasida nisbatan keng tarqalgan sport-sog‘lomlashtirish turlari:
sauna, basseyn, massaj hisoblanadi. Bu xildagi pulli xizmatlar allaqachon xalq
tomonidan keng foydalaniladi, u odamning sog‘ligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Albatta ulardan muntazam foydalanish moliyaviy qo‘llabquvvatlashni ham talab
etadi. Shuning uchun ham, so‘rovda ishtirok etganlarning katta qismi (81%) mazkur
xizmatlar uchun pul to‘lash va bo‘sh vaqtida muntazam ravishda foydalanish istagini
bildirgan.
So‘nggi yillarda o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar bir necha bor isbotladiki,
sotsial faollik (jumladan, jismoniy-sport faolligi ham) ko‘pgina hollarda ma’naviy
ehtiyojlari va shaxs sifatidagi talablari, motivlari, uning uchun qadrli qadriyatlar,
hayotida muhim deb bilgan tushunchalar bilan bog‘liq. Ma’lumotlar tahlili shuni
ko‘rsatdiki, talabalarning sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga
nisbatan
Ilmiybaza.uz
munosabatini shakllantiruvchi ob’ektiv (tashqi) sharoitlar va sub’ektiv (ichki)
omillar aniqlandi. Talabalarning fikriga ko‘ra, ularning talablari, qiqziqishlari va
motivlari moddiy sport bazasining holati, o‘quv jarayonlarining mundarijasi,
ommaviy sport musobaqalarining qay darajada tashkillashtirilishi bilan bog‘liq (7-
jadval).
7-jadval
Turli ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarning sport
mashg‘ulotlariga qatnashishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablar
Sport-sog‘lomlashtirish
mashg‘ulotlariga
faol
qatnashishga
to‘sqinlik
qiluvchi sabablar
Oliy ta’lim muassasasi ixtisoslashuvi
Barcha
talabalar
gumanitar
Texnik
Aralash
Bo‘sh vaqt yo‘qligi
41,9
55,8
47,6
48,3
Mustaqil
mashg‘ulotlar
o‘tkazish uchun jismoniy
tarbiya
bilimlarining
yetishmasligi
11,6
6,5
13,2
10,2
Sport
inventarlari
va
formalarining
yetishmasligi
7,0
8,8
7,8
7,8
Sport
turini
tanlash
imkonining yo‘qligi
5,5
6,6
9,3
7,0
Oliy ta’lim muasasasida
ommaviy
sport
tadbirlarining
sifatsiz
tashkil etilishi
7,3
3,9
3,5
5,0
Sabablari
haqida
o‘ylamaganman
26,7
13,0
18,2
19,6
Javobim yo‘q
5,2
0,4
2,1
Ilmiybaza.uz
Jadvalda ko‘rinib turibdiki, talabalarning fikriga ko‘ra, mazkur omillar
jismoniy-madaniy mashg‘ulotlarga faol qatnashishga to‘sqinlik qiladi. Ularning
qayd etishicha, eng asosiy sabab – bo‘sh vaqtning yetarli emasligi: 48,3%
ishtirokchilar bu sababni asosiy sifatida qayd etishgan. Ammo talabalarning vaqt
budjetini o‘rgangan yetakchi sotsiologlarning fikriga ko‘ra, ularning bo‘sh vaqti
yetarli darajada: kuniga 1,5 soatdan 3,5 soatgacha o‘quv jarayoni kechadi.
Misol uchun, Novosibirsk instituti talabalarning bo‘sh vaqti yuzasidan
o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalariga ko‘ra, ularning bo‘sh vaqti 4 soatu 46
daqiqani tashkil etgan. Olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va bir biri bilan qiyoslash
natijasida ma’lum bo‘ladiki, jismoniy-sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etish
faqatgina talabalarning bo‘sh vaqti kam emasligi bilan bog‘liq emas, balki o‘z
vaqtini to‘g‘ri tashkillashtira olmasligidadir. Yana bir muhim tomoni talabalar
jismoniy sport mashg‘ulotlariga yetarli darajada vaqt ajratishni muhim deb
o‘ylamaydilar. Bu xulosaga kelishga 19,8% so‘rovda ishtirok etganlarning javobi
sabab bo‘lgan. Ular o‘zlarining sport mashg‘ulotlariga ishtiroki nega past ekanligi
haqida o‘ylab ko‘rmagan. Bundan tashqari, gumanitar yo‘nalishdagilarning 27%i
shu fikrni bildirgan.
Shuni qayd etish lozimki, talabalarning mustaqil sport mashg‘ulotlarini
tashkil etish uchun bilimlari yetarli darajada emas: 10,2% talabalar aynan shu
sababli sport mashg‘ulotlarida faol emasliklarini izohlagan. Shuning uchun ham,
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarning ta’lim yo‘nalishini
yanada kuchaytirish lozim.
So‘rovda qatnashgan talabalarning 15%i o‘zlari istagan sport turi bilan
shug‘ullanish uchun tanlov imkoni, sport formalari va inventarlari ham yo‘qligini
ta’kidlagan. Tahlil jarayonida shu narsa oydinlashdiki, bu kabi holat ixtisosligidan
qat’iy nazar, barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun
taalluqli. Shunday qilib, talabalarning sport mashg‘ulotlariga e’tiborini sustligi
sabablaridan biri jismoniy-sport sanoatining yetarli darajada rivojlanmaganligi
hamdir.
Ilmiybaza.uz
Jismoniy va sport mashg‘ulotlarida faol qatnashishga to‘sqinlik qiluvchi
ichki va tashqi omillarni o‘rganish natijalari shundan darak beradiki, agar ta’lim
jarayonidagi mazkur kamchiliklar o‘z vaqtida oldi olinmasa va tegishli choralar
ko‘rilmasa, talabalarning sport-jismoniy mashg‘ulotlarga faol ishtirokini ta’minlash
mushkul.
Talablar, qiziqishlar va motivlarni shakklanish jarayoniga oid ma’lumotlarni
tahlil qilish shaxsning sub’ektiv undovchi omillarini hisobga olmasak, to‘liq
bo‘lmaydi, albatta. (8-jadval)
8-jadval
Turli ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning sport
jismoniy mashg‘ulotlariga faol ishtirokka undovchi sub’ektiv omillar, %
Omillar
Oliy
ta’lim
muassasasining
ixtisoslashuvi
Barcha
talabalar
Gumanitar
Texnik
Aralash
Jismoniy
tayyorgarligini
oshirish istagi
28,9
48,5
21,3
33,5
O‘z
vaznini
optimallashtirish va
ozish zarurati
48,6
28,3
52,7
42,8
Charchoqni
chiqarish
va
ish
qobiliyatini
yaxshilash istagi
7,3
11,4
11,2
9,8
Chiroyli manera va
harakatlar
go‘zalligini
ta’minlash
3,6
1,6
6,2
3,5
Sportdagi
muvaffaqiyatlarni
1,0
0,7
0,6
Ilmiybaza.uz
qo‘lga kiritish
Iroda, xarakter va
maqsadga intilishni
tarbiyalash
1,0
0,6
0,5
Bo‘sh vaqtini to‘g‘ri
tashkillashtirish
1,1
0,8
0,6
Jismoniy tarbiyadan
reyting
ballarini
olish
7,0
3,0
7,3
5,7
Hech qachon o‘ylab
ko‘rmaganman,
bilmayman
3,3
6,0
3,0
Texnik yo‘nalishdagi talabalar sport bilan muntazam shug‘ullanishga
motivatsiya berishga undovchi omillardan biri sifatida jismoniy tayyorgarlikning
oshishini ta’kidlab o‘tishgan: so‘rovda ishtirok etganlarning 48,5%i bu sport-
jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishga undovchi muhim omil bo‘lishini
aytishgan.
Gumanitar va aralash yo‘nalishda o‘qiydigan talabalar uchun jismoniy
mashqlarga undovchi muhim omil bu o‘z vaznini optimallashtirish va ozish
zaruratini ta’kidlashgan: so‘ralganlarning 48,6% va 52,7%i shu sababli muntazam
ravishda jismoniy mashg‘ulotlarga qatnashishini ma’lum qilgan. Bizning
fikrimizcha, bu mazkur oliy ta’lim muassasalarida qizlar soning ko‘pligi bilan
izohlanadi. Qiz talabalar uchun o‘z vazni haqida qayg‘urish va uning oshib
ketmasligining oldini olish uchun faol jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishini
aytib o‘tgan. Ammo, bu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, jismoniy tayyorgarlik
nafaqat qiz talabalar uchun, balki bu yoshdagi barcha uchun bir xil zarur va
muhimdir. (9 jadval).
9-jadval
Ilmiybaza.uz
Turli jinsdagi talabalarni jismoniy-sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok
etishga undovchi sub’ektiv omillar, %
Omillar
Oliy
ta’lim
muassasasining
ixtisoslashuvi
Barcha talabalar
Erkaklar
Ayollar
Jismoniy tayyorgarligini oshirish
istagi
20
55,5
33,5
O‘z vaznini optimallashtirish,
zararsiz ozish
56,2
20,8
42,8
Charchoqni chiqarish va ish
qobiliyatini yaxshilash istagi
9,9
9,8
9,8
Chiroyli manera va harakatlar
go‘zalligini ta’minlash
4,5
1,8
3,5
Sportdagi
muvaffaqiyatlarni
qo‘lga kiritish
0,2
1,2
0,6
Iroda, xarakter va maqsadga
intilishni tarbiyalash
0,3
0,6
0,5
Bo‘sh
vaqtini
to‘g‘ri
tashkillashtirish
0,5
0,9
0,7
Jismoniy
tarbiyadan
reyting
ballarini olish
6,3
4,7
5,7
Hech
qachon
o‘ylab
ko‘rmaganman, bilmayman
2,0
4,7
2,3
O‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, barcha oliy ta’lim muasasalari
talabalari uchun sportda muvaffaqiyatga erishish omili muhim ahamiyatga ega
emas: so‘rovda qatnashganlarning 0,5%igina bu omilni ularni jismoniy mashqlar
bilan shug‘ullanishga undovchi omil sifatida ko‘rsatishgan, xolos. Aynan shu omil
talabalarning ommaviy sport tadbirlarida faol ishtirok etmasligini izohlasa kerak.
Ilmiybaza.uz
Demak, oliy ta’lim muassasalaridagi sport mashg‘ulotlarini ko‘proq sport-
sog‘lomlashtirish yo‘nalishiga urg‘u berish kerak: sport bayramlarini o‘tkazish,
“sog‘lik kunlari”ni tashkil etish, jismoniy-sport qiziqishlariga qarab, turli klublari va
norasmiy birlashmalar tashkil etish lozim. bu jismoniy madaniyat va sport sohasida
o‘z o‘zini boshqarishni rivojlantirish, jarayonga ijodiy yondashuvni kuchaytirishga
xizmat qiladi.
Tadqiqotning bu qismidan qilinadigan yana bir tashvishga soladigan tomoni
shundaki, talabalar jismoniy mashg‘ulotlar insonning iroda kuchini, maqsadga
intilish kabi fazilatlarini shakllantirishga, chiroyli manera va go‘zal xulqini
ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri baholashmagan. Bundan tashqari, o‘z
vaqtini to‘g‘ri taqsimlashdagi ahamiyatini ham xuddi shunday past baholagan:
so‘rovda ishtirok etganlarning faqtgina 4,6%igina sport insondagi motivatsiyalarni
mustahkamlaydi, degan fikrda. Sotsiologlar yuzaga kelgan bunday vaziyatni o‘quv
mashg‘ulotlarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatining, salohiyatining pastligi bilan
izohlashmoqda. Buni 6,3% qiz talabalar va 4,7% yigit talabalarning fikri ham
ko‘rsatib turibdi. Ular uchun jismoniy tarbiyadan reyting ballarini olish ijobiy
motivatsiya etib ko‘rsatilyapti.
Motivatsiyalar tizimida noaniqlik shundan darak beradiki, o‘quv-tarbiyaviy
ishlarni rejali va aniq bir maqsadga yo‘naltirgan holda tashkil etish zarurb bu
talabalarning kelgusida sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyatini
to‘g‘ri anglashiga yordam beradi.
Sotsiologik tadqiqot natijalarini tahlil qilar ekanmiz, shuni qayd etish
lozimki, talabaning jismoniy madaniyatini to‘g‘ri tarbiyalashning muhim sharti –
uni sport-jismoniy faoliyatiga faol jalb etishdir. Natijalar shuni ko‘rsatadiki,
jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga muntazam jalb etilgan talabalarning
hayotiy tonusi, o‘z kuchigi ishonchi va optimistligi juda yuqori. Ularning orasida
o‘z hayotidan mamnun, yangidan yangi rejalarga kirishgan va ortidan ko‘plab
insonlarni ergashtira oldigan insonlar ko‘p. Jismoniy tarbiya bilan muntazam
shug‘ullanish talabaga o‘z vaqtini to‘g‘ri tashkillashtirish, o‘z imkoniyatlarini,
qobiliyatini to‘laligicha yuzaga chiqarishga sharoit yaratadi. Jismoniy sport
Ilmiybaza.uz
faoliyatining maqsadli xarakteri talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishning
muhim omiliga aylanishi mumkin. Pedagoglar oldida turgan muhim vazifa –
talabalarda unga nisbatan faol munosabatni shakllantirishdan iborat.
Sotsiologik tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar quyidagi xulosalarga
kelishga asos bo‘ldi:
Jismoniy-sport faoliyati boshqa faoliyat turlari kabi talabalarning hayot
tarziga kiradi. Ularning ko‘pchiligi (so‘rovda ishtirok etganlarning 73%i) jamiyat
hayotida jismoniy madaniyatning ijtimoiy ahamiyatini yuqori baholaydilar. Ammo,
o‘qishdan tashqari paytda faqat 21,8% talabalar jismoniy madaniyat vositalaridan
foydalanadilar;
Jismoniy madaniyatga qiziqishni dinamik rivojlanadigan sotsial omil
desak, ammo, talabalik davrida uning barqarorlashishi kuzatiladi (so‘rovdagilarning
62,1%i bu faktni ta’kidladi). Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga nisbatan
qiziqishning
pasayishini
oliy
ta’lim
muassasalarida
jismoniy
tarbiya
mashg‘ulotlarining samarasiz tashkil etilishi va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga
yetarli darajada e’tibor qaratilmagani bilan izohlash mumkin;
Qiziqishning darajasiga shuningdek, bir necha ob’ektiv omillar ham
ta’sir o‘tkazadi. Ya’ni, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining o‘tkazish sifati (40,9%
talabalar), mashg‘ulotlar shakli va sport turini tanlash imkoniyati (35,7%). Bir
paytning o‘zida jismoniy tarbiya va sportning yetarli darajada targ‘ib etilmasligi,
reklama sifatining pastligi talabalarga sportning haqiqiy qadrini bilishiga, to‘g‘ri
anglashiga to‘sqinlik qiladi;
Talabalar uchun nisbatan qiziqarli va jozibali sport mashg‘ulotlari bu
har xil sport turlari bo‘yicha seksiyalarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar (32,1%)
hisoblanadi. Bu sport-sog‘lomlashtirish klublari yoki boshqa norasmiy birlashmalar
bo‘lishi mumkin;
Faol dam olish va sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun talabalar
pullik xizmatlardan foydalanishga ham tayyor. Ulardan ayniqsa, basseyndagi
mashg‘ulotlar, massaj va saunalarga qiziqadiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi;
Ilmiybaza.uz
Talabalarning sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga ishtirokini bir
necha ob’ektiv sabalarni oldini olish orqali erishish mumkin. Buning uchun ularning
vaqtini to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish, sport infratuzilmasini rivojlantirish, oliy
ta’lim muassasalarida ma’nan eskirgan sport zallarini zamonaviy jihozlashga katta
e’tibor qaratish talab etiladi;
Jismoniy madaniyatga nisbatan ongli munosabat turli sub’ektiv omillar
ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham, bu omillar talablarning o‘z jismoniy
tayyorgarligini oshirish istagi (33,5%), o‘z vaznini optimallashtirish va zararsiz
ozish istagi, charchoqni chiqarish va ish qobiliyatini oshirish istagi bilan bog‘liq. Bir
paytning o‘zida talabalar tomonidan motivatsiyani shakllantirishga xizmat qiladigan
bir qator sub’ektiv omillarning to‘g‘ri baholanmasligi oliy ta’lim muassasasida
sportmashg‘ulotlarining past saviyada tashkil etilayotgani bilan izohlanadi. Yuzaga
kelgan salbiy holat chuqur va har tomonlama tahlilni talab etadi. Ta’lim
muassasalarida
sport mashg‘ulotlarining axborot-tahliliiy yukini oshirish,
talabalarning darsdan tashqarida sport bilan shug‘ullanishlari uchun yangidan yangi
shakllarni joriy etishni talab etadi, bu holat.
Savollar va vazifalar
1.
Odamning
shakllanishi
uchun
muhim
omil
nima:
tabiiy
xususiyatlarimi, biologik tuzilishimi, nasliy yoki ijtimoiy xususiyatlarmi?
2.
Inson shaxsining odam tanasi va ijtimoiy muhitni bog‘lab turuvchi
vosita ekanini izohlang.
3.
Shaxsning jismoniy madaniyatini shakllantirishda biologik va sotsial
omillarning uyg‘unligining mohiyati nimadaligini tushuntirib bering.
4.
Jismoniy madaniyatga jamiyat va shaxs madaniyatining tarkibiy qismi
sifatida ta’riflang.
5.
Siz jismoniy madaniyat faoliyatning asosiy maqsadi nimalarda deb
bilasiz?
6.
Jamiyatning asosiy taraqqiyot bosqichlarini tahlil qiling va bu
jarayonlarning jismoniy madaniyat bilan qanday aloqasi borligini izohlang.
Ilmiybaza.uz
7.
Jamiyat rivojiga ta’sir ko‘rsatuvchi, uni harakatlantiruvchi kuchga
aylangan sotsial mexanizmning mohiyati nimada?
8.
Jiсmoniy madaniyaт rivojining aсoсiy omillariga тaъriф bering.
9.
Yoшlarning jiсmoniy madaniyaтga mуnoсabaтini тaҳlil қiling.
Adabiyoтlar
1. Karimov I.A. Bolalar сporтi – Ўzbek сporтining kelajagi, уning хalқaro
maydondagi obrў-eътiborini yukсalтiriшning poydevoridir. -Туrkiстon, 2011 yil 26
фevralь.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod - mamlakaтimizning mустaҳkam тayanчi// Хalқ
сўzi, 2012 yil 11 фevralь.
3. I.A.Karimovning “Yukсak bilimli va inтellekтуal rivojlangan avlodni тarbiyalaш
- mamlakaтni barқaror тaraққiy eттiriш va modernizatsiya қiliшning eng mуҳim
шarтi” mavzуidagi хalkaro Konфerensiyadagi nутқi, Хalқ сўzi, 2012 yil 18 фevralь.
4. Aфanaсьev V. G. Чelovek v уpravlenii obщeстvom. - M., 1977.
5. Balьсeviч V. K. Inтellekтуalьnыy vekтor фiziчeсkoy kуlьтуrы: (K probleme
razviтiya фizkуlьтуrnogo znaniya) // Тeoriya i prakтika фiziчeсkoy kуlьтуrы. -
1991. - № 7.
6. Balьсeviч V. K, Zaporojanov V. A. Фiziчeсkaya akтivnoсть чeloveka. - Kiev,
1987.
7. Govallo V. I. Poчemу mы ne poхoji drуg na drуga: Oчerki o biologiчeсkoy
individуalьnoстi // Naуka i progreсс. - M., 1984.
8. Kagan M. С. Чeloveчeсkiy фakтor razviтiya obщeстva i obщeстvennыy фakтor
razviтiya чeloveka // Voproсы фiloсoфii. - 1987. - № 16.
9. Kaznaчeev V. P., Сpirin Ye.A. Фenomen чeloveka: Komplekс сotsioprirodnых
сvoyстv // Voproсы фiloсoфii. - 1988. - № 7.
10. Kon I. С. Сotsiologiya liчnoстi. - M., 1967.
11. Korsaevskaya T. V. Sotsialnaya i biologicheskaya obuslovlennost izmeneniy v
fizicheskom razvitii cheloveka. - L., 1970.
Ilmiybaza.uz
12. Kuzin V. V., Nikityuk B. A. Integrativnaya pedagogicheskaya antropologiya. -
M, 1996.
13. Ponomarev I. I. Vozniknovenie i pervonachalnoe razvitie fizicheskogo
vospitaniya. - M., 1970.
14. Parsons T. Chelovek v sovremennom mire: Per. s angl. / Pod obщ. red.
V.A.Kuvakina. - M., 1985.
15. Rusalov V. M. Biologicheskie osnovы individualno-psixologicheskix razlichiy.
- M., 1979.
16. Semenov Yu. I. Kak vozniklo chelovechestvo. - M., 1966.
17. Sotsialno-biologicheskie problemы fizicheskoy kulturы i sporta / M.M.Baka,
V. S.Boyko, S.S.Gurvich, I.V.Muratov. - Kiev, 1983.
18. Tarasov K. Ye., Chernenko Ye. K. Sotsialnaya determinirovannost biologii
cheloveka. - M., 1979.
19. Shoroxova Ye.V. O yestestvennoy prirode i sotsialnoy suщnosti cheloveka //
Biologicheskoe i sotsialnoe v razvitii cheloveka. - M., 1977.
20. Yaspers K. Smыsl i naznachenie istorii. - M., 1994.
21. Lubыsheva L. I. Desyat leksiy po sotsiologii fizicheskoy kulturы i sporta. - M.,
2000.
22. Ponomarev N.A. Sotsiologiya fizicheskoy kulturы: Uchebnoe posobie. - SPb.,
1998.
23. Stolyarov V. I. Sotsiologiya fizicheskoy kulturы i sporta:
(Osnovnыe problemы, novыe podxodы i konsepsii). - M., 1999.
1. Odam – biologik taraqqiyotning oliy darajasi, .........
*A.tirik tabiat unsuridir B.o‘simlik unsuridir
S. jamiyat unsuridir D. Olov unsuridir
2. Inson shaxsiyatini o‘rganganda, uni namoyon etuvchi xususiyatlarni ko‘rsating?
A. tabiiy xususiyatlar B. biologik xususiyatlar
Ilmiybaza.uz
S. irsiy xususiyatlar *D. tabiiy xususiyatlar, biologik xususiyatlar, irsiy xususiyatlar
va ijtimoiy xususiyatlar
3. Insonda atrofdagilarning ta’sirisiz mavjud bo‘lgan va rivojlanadigan
xususiyatlarni aniqlang?
*A. tabiiy xususiyatlar B. biologik xususiyatlar
S. irsiy xususiyatlar D. ijtimoiy xususiyatlar
4. Insonning kelib chiqishiga xos bo‘lgan fazilatdagi xususiyatlar ko‘rsating?
A. tabiiy xususiyatlar * B. biologik xususiyatlar
S. irsiy xususiyatlar D. ijtimoiy xususiyatlar
5. Ota-onalarning geni ta’sirida mavjud bo‘ladigan va rivojlanadigan xususiyatlarni
belgilang?
A. tabiiy xususiyatlar B. biologik xususiyatlar
*S. irsiy xususiyatlar D. ijtimoiy xususiyatlar
6. Inson tomonidan ijtimoiylashuv jarayonida, boshqa insonlar bilan muloqot qilish
natijasida shakllangan xususiyatlar qaysi?
A. tabiiy xususiyatlar B. biologik xususiyatlar
S. irsiy xususiyatlar *D. ijtimoiy xususiyatlar
7. .......... – o‘zining sotsial vazifalarini normal holda bajarish uchun zarur bo‘ladigan
xususisiyatlar jamlanmasi.
A. Maxsus madaniy sifatlar *B. Shaxsiy ijtimoiy sifatlar
S. Axloqiy sifatlar D. Axamyatsiz sifatlar
8. Avtomatik ravishda amal qilinadigan axloq qoidalari va me’yorlari jamlanmasi
bo‘lib, ular shaxsning ajralmas xususiyatlariga aylangan va uni tarbiyali deyishga
asos bo‘la oladi sifatlarni aniqlang?
*A. Maxsus madaniy sifatlar B. Shaxsiy ijtimoiy sifatlar
S. Axloqiy sifatlar D. Axamyatsiz sifatlar
9. ......... -insonga xos ijtimoiy va madaniy fazilatlarning oliy ko‘rinishi, axloqiy
me’yorlarni eng oliy talab sifatida qabul qilish va amal qilish natijasini nuqtalar
o‘rnida ishlaring?
A. Maxsus madaniy sifatlar B. Shaxsiy ijtimoiy sifatlar
Ilmiybaza.uz
*S. Axloqiy sifatlar D. Axamyatsiz sifatlar
10.
Turli
ta’lim
muassasalarida
tahsil
oluvchi
talabalarning
sport
mashg‘ulotlariga qatnashishiga to‘sqinlik qiluvchi sabablardan biri, bo‘sh vaqt
yo‘qligi, gumanitar sohada qancha foizni tashkil etadi?
*A. 41,9 % B. 55,8%
S. 47,6 % D. 48,3%
11.OTMdagi talabalarning sport mashg‘ulotlariga qatnashishiga to‘sqinlik qiluvchi
sabablardan biri, mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jismoniy tarbiya
bilimlarining yetishmasligi barcha talabalar uchun necha foizni tashkil etagan?
A. 11,6% B. 6,5%
S. 13,2% * D. 10,2%
12. OTMdagi talabalarning sport mashg‘ulotlariga qatnashishiga to‘sqinlik qiluvchi
sabablardan biri, sport turini tanlash imkonining yo‘qligi barcha talabalar uchun
necha foizni tashkil etagan?
A. 5,5% B. 9,3%
*S. 7,0% D. 6,6%
13. Turli jinsdagi talabalarni jismoniy-sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok
etishga undovchi sub’ektiv omillar, chiroyli manera va harakatlar go‘zalligini
ta’minlash erkaklar va ayollar uchun necha foizni tashkil etagan?
A. 0,3% - 0,5% * B. 4,5% - 1,8%
S 0,2% - 1,2% D. 0,6% - 0,9%
14. Mamlakatimizda maktab o‘quvchilari uchun qanday sport musobaqa
tizimi tashkil etilgan?
A. Barkamol avlod B. Milliy sport musobaqalari
S. Universiada *D. Umid nihollari
15. Mamlakatimizda kollej va litsey o‘quvchilari uchun qanday sport
musobaqa tizimi tashkil etilgan?
*A. Barkamol avlod B. Milliy sport musobaqalari
S. Universiada D. Umid nihollari
Ilmiybaza.uz
16. Mamlakatimizda talabalar uchun qanday sport musobaqa tizimi tashkil
etilgan?
A. Barkamol avlod B. Milliy sport musobaqalari
*S. Universiada D. Umid nihollari
17. Mamlakatimizda nechta bosqichli sport musobaqalari tizimi tashkil
etilgan?
A. 2 B. 1
S. 4 *D. 3
18. Respublikamizda “Barkamol avlod yili” deb qachon e’lon qilingan?
A. 2001y B. 2005y
*S. 2010 y D. 2015y
Ilmiybaza.uz