JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING SOTSIOLOGIK XUSUSIYATLARI, ULARNING ASOSIY FARQLARI VA UYG‘UNLASHTIRISH YO‘LLARI (Jismoniy tarbiya va sportning sotsial tabiati)
Yuklangan vaqt
2024-05-13
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
54,0 KB
Ilmiybaza.uz
JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING SOTSIOLOGIK
XUSUSIYATLARI, ULARNING ASOSIY FARQLARI VA
UYG‘UNLASHTIRISH YO‘LLARI
Reja:
1. Jismoniy tarbiya va sportni yuzaga kelishining tarixiy-madaniy shart-sharoitlari
2. Jismoniy tarbiya va sportning sotsial tabiati
3. Sport va jismoniy madaniyat – mustaqil sotsial fenomenlar: funksional farqlar va
uslubiy mos kelmaslik.
Ilmiybaza.uz
1. Sport deganda tor ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati tushunilsa, keng
ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati asosida kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik
hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.
Sport inson o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun etakchi omillardan biri sifatida talqin
etiladi. Sportdagi ko‘rsatkichlarning o‘sish me’yoriga qarab sportchi nafaqat
jismoniy, balki ruhiy, aqliy, axloqiy, ma’naviy va vatanparvarlik nuqtai nazaridan
tarbiya jarayoniga kirib boradi. Bu borada sportning ahamiyati nihoyatda kattadir.
Sport bilan shug‘ullanish yoki sport o‘yinlarini tomosha qilish jarayonida jamiyat
qadriyatlari shaxs qadriyatlariga aylanib boradi. Sport bilan doimiy shug‘ullanish
orqali insonda shaxs belgilari, tashabbuskorlik, kurashchanlik, chidamlilik sifatlari
rivojlanadi. Jismoniy mashqlar vositalari orqali shaxs ijtimoiylashuvining ijobiy
tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham vujudga kelishi mumkin. Medallar,
shon-shuhrat ketidan quvish uchun har qanday vositalardan foydalanish sportchida
shafqatsizlik, zo‘rlik kabi salbiy jihatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Inson
jismoniy mashqlarni doimiy ravishda rejali asosda bajarib borishni odatga aylantirsa
va shunga amal qilsa, katta boyligi hisoblangan sog‘lig‘ini yo‘qotmaydi, aksincha,
uni tiklaydi. Bu haqda A.Shopengauer o‘zining “Hayotiy donishmandlik
aforizmlari” nomli kitobida shunday yozadi: “Bizning baxtimizning 10 dan 9 qismi
sog‘ligimiz bilan bog‘liq. Sog‘liq bo‘lsa, hamma narsa bo‘ladi. Usiz hech qanday
katta farovonlik ham rohat bag‘ishlamaydi. Hatto aql sifati ham kasallik holati
natijasida kamayadi.”4 Faylasuf ta’kidlagan baxtga - sog‘liqqa erishish uchun
albatta jismoniy mashqlarni bajarib yurish maqsadga muvofiqdir. O‘z tabiatiga ko‘ra
sport insonparvardir. U shaxsning organizmi va ruhiyatining o‘rganilmagan
imkoniyatlarini ochib berishga yordam beradi.
Sportchi sport bilan shug‘ulanishni boshlashi bilanoq g‘alaba nashidasi va
mag‘lubiyat azobini tatib ko‘rishni boshlaydi. Barcha birdek bu jarayondan ijobiy
o‘ta
olmasligini sport sohasida
yaxshi o‘rganib chiqishgan. Sportning
mashaqqatlariga chidab, keyingi bosqichga qolgan yoshlar mahoratlarini oshirib,
yangi ijtimoiy munosabatlar darajasiga o‘tadilar. Sport to‘garaklari yoki sport
4. Шопенгауэр А. Афоризмы жетийской мудрости.// Человек.-М: Наука, 1995 г. 281 с.
Ilmiybaza.uz
maktablariga kelgan yoshlar yangi ijtimoiy muhitga tushib qoladi. Yangi
murabbiylar, yangi jamoa, hakamlar, yangicha mashg‘ulotlar uchun hamkorlar
bularning hammasi shaxs ijtimoiylashuvining yangi jihatlari hisoblanadi. Sport
orqali dastlabki ijtimoiylashuvda shaxsning psixofizik va axloqiy sifatlari
tarbiyalanadi. Bunda oila, maktab bilan birga jismoniy tarbiya va sport ijtimoiy
institutlari aktiv ishtirok etadi. Ijtimoiylashuv jarayonida oilada ota-ona, aka-uka va
qarindoshlar, maktabda o‘qituvchilar, sport to‘garaklari hamda sport maktablarida
ustozlar, murabbiylar muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning shaxsiy sifatlarini bola
o‘ziga singdirishga, ularga o‘xshashga, ulardan o‘rnak olishga harakat qilishi tabiiy
holdir. Shaxs sport bilan shug‘ullana turib ijtimoiy ma’suliyatni esdan chiqarmasligi
kerak.
Sport (ing. sport – o‘yin) jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, jismoniy
tarbiya vositasi va usuli, jismoniy mashqlarning turli majmualari bo‘yicha
musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimidir.
“O‘zining rivojlanish jarayonida sport shunday yuqori cho‘qqilarga
ko‘tarildiki, ko‘rsatilgan natijani yoki bir sportchining boshqasidan ustunligini
ob’ektiv baholash va aniq belgilash borgan sari murakkablashib bormoqda.
Sportning har bir turida muayyan qoidalar mavjud bo‘lib, ularga mos ravishda
sportchilar harakatlanadilar, sport kurashi olib boriladi, harakatga baho beriladi,
natija va g‘olib aniqlanadi.”5 Sport bu hech bir odamni befarq qoldirmaydigan
ijtimoiy hodisadir. Shu bilan birga sport bu imkoniyatlarning eng yuqori chegarasida
natijalarni namoyon qilishga sport kurashida g‘oliblikka halol va pok yo‘l bilan
intilishdir. “Har bir odam oxirgi bo‘lishni xohlamaydi va hech bo‘lmaganda
uchinchi o‘rinni egallashga intiladi. Bu barcha kishilarning tabiatiga xosdir. Shuning
uchun ham Yapon xalqining madaniyati musobaqada bir kishining ikkinchisining
ustidan musobaqadagi ustunligi bilan haqorat qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu tufayli
ular mashqlar bilan yakka tartibda shug‘ullanishni afzal ko‘radilar”6.
5 Исроилов Ш. Волейбол бўйича спорт хакамларини танлаш ва тайёрлашнинг мазмуни ва услубияти пед.ф. илмий
даражасини олиш учун ёзилган диссиртация. Тошкент-2008й.
6 Алламуродов Ш. Спортда танлаш фалсафаси. // Фан спортга 3-сон 2010 й.
7 Платон. Государство 1960., - 375 с.
Ilmiybaza.uz
Qadimgi yunon olimi Platon o‘zining “Davlat”7 asarida odam ruh kiritilgan
tanadir, ruh va tanadan iborat bo‘lgan odamzod ikki olamga mansubdir, deb yozgan.
Ko‘hna yunonliklar tasavvurida, har taraflama mukammallik, faqatgina ma’budlar
va afsonaviy qahramonlargagina xos bo‘lgan. Buning timsoli sifatida afsonaviy
Geraklning o‘n ikki qahramonligini keltirish mumkin. Gerakl mo‘jizaviy, ammo
vayronkor kuchga ega turli mahluqlarni yengadi. O‘zi yugurishda ohudan ham o‘zib
keta oladi, kamondan bexato o‘q uzadi, har qanday pahlavonning kurashda yelkasini
yerga tekkizadi. Shu bilan birga u san’at ixlosmandi hamdir. U kifora (yun. olg‘usi)
chalishni o‘rgangan, haykaltaroshlikka qiziqqan. Bu o‘sha davr kishilarning ham
beqiyos jismoniy kuchning o‘zigina inson mukammalligi mezoni bo‘la olmasligi
to‘g‘risidagi tasavvurlariga yorqin misoldir. Shuning uchun afsonaviy yunon
qahramonlari Gerakl, Appolon, Odisseylarning mukammal tana tuzilishlari, kuchga
to‘la mushaklari, ya’ni jism go‘zalligi bilan zavqlanishgan. Ularning ma’naviy
qiyofalarini yanada jozibaliroq ifodalashgan.
Aleksandr Makedonskiy o‘z askarlarini tanlab olish jarayonida ularning aqliy
qobiliyatlari bilan birga qo‘rqmaslik, jasoratlilik, epchillik va chaqqonlik kabi
jismoniy sifatlariga ham katta e’tibor bergan. Bu jarayonni lashkarlarning har birini
yovvoyi hayvonlar bilan yuzlashtirish orqali tekshirib ko‘rganligi haqida Alisher
Navoiyning Saddi Iskandariy asarida ma’lumotlar uchratish mumkin8. Shu sababdan
inson komilligi namoyishi olimpiya sport o‘yinlarining asosiy g‘oyasi bo‘lganligi
tasodifiy emas. Ilk umum ellin oliy bayramlarida sport maydonlaridagi kuchlilik,
chaqqonlik, epchillik bo‘yicha musobaqalar tomoshagohlarida musiqa, she’riyat
tanlovlariga ulanib ketgan. Olimpiya o‘yinlari stadiondagi yugurish yo‘lakchalariga,
kurash gilamlariga chiqadigan, otchoparda aravalar poygasida qatnashadigan
bevosita sportchilar bilan birga faylasuflar, musiqachilar, shoirlar, haykaltaroshlar,
rassomlar ham ishtirok etishgan.
8.Навоий А. Хамса. Садди Искандарий. Т., Ғофур Ғулом нашриёти. 1966 й.
Ilmiybaza.uz
Mashhur tarixchi Geradot bu yerga Afinadan yayov kelganligi haqida
ma’lumotlar bor. Matematik Pifagor umumellin sport musobaqalarida musht jangida
g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. “Tibbiyotning otasi” Gippokrat ko‘zga ko‘ringan ellin
kurashchisi va mashhur chavondoz edi. Faylasuf Aflotun o‘z davrining eng kuchli
gimnastikachilaridan biri ekanligi bilan ham tanilgan, Olimpiadalar o‘rtasida har
ikki yilda bir marta dengiz ilohi Poseydon sharafiga o‘tkaziladigan mashhur Istma
o‘yinlarida kurash bo‘yicha musobaqalarda g‘olib chiqqan.
Aflotun tomonidan falsafada birinchi marta inson komilligi masalasining
qo‘yilishiga ham olimpia sport o‘yinlari turtki bo‘lgan. Chunki, uning o‘zi bu
musobaqalarning insonni kamol toptirishdagi ahamiyatining bevosita shohidi edi.
Ko‘hna Yunonistonda umumiy ta’lim otasi hisoblangan Isokrat (mil. avv. 436-
338 yillar) yoshlarni tarbiyalashda sport mashqlarini bajarish va musobaqalashish
tizimi va falsafani uzviy bog‘lash zarurligini ta’kidlaydi. “Bizdan ancha ilgari
yashagan odamlarning ba’zilari hayotning barcha jabhalari bilan bog‘liq bo‘lgan
san’at turlari ko‘pligini, ammo ular orasida jism va ruh tarbiyasi bilan
shug‘ullanadiganlari yo‘qligini anglagan holda bizga bu ikki fanni ob’ekti inson
jismi bo‘lgan petodribika (uning bir qismi gimnastikadir), ikkinchisi inson ruhi bilan
shug‘ullanadigan falsafani vasiyat qilib qoldiradilar. Bu ikki fan bir-biriga muvofiq,
o‘zaro bog‘liq va mutanosibdir. Ustozlar ular yordamida inson qalbini oliyjanobroq,
jismini esa mukammalroq qiladilar”. Bu tarixiy ma’lumotlar sport va falsafaning bir-
biriga chambarchas bog‘liqligi hamda ularning mohiyat va mazmun jihatdan
yaqinligini anglatadi. Ular doim bir-birini boyitib, to‘ldirib kelgan va kelmoqda.
Manbalardan ma’lumki, mashhur faylasuflarimizdan biri Aflotun ham o‘z asarlarini
yozayotganda sport va jismoniy tarbiya masalalariga alohida to‘xtalib o‘tadi. Ya’ni,
komil insonni tarbiyalashda va uni shakllantirishda ruh va jism tushunchalari muhim
omil ekanligini ta’kidlaydi va buni dalillar asosida isbotlab beradi. Falsafa o‘zining
ilmiy mazmunini ma’rifat, ma’naviyat ayniqsa, sportsiz boyita olmaydi va ma’lum
ma’noda ularsiz shakllana ololmaydi ham.
O‘zbekiston tarixida sportning rivojiga e’tibor bersak, ming yillar osha
shakllanib kelgan qadimiy madaniyatning bir ko‘rini-shidir. Jismoniy tarbiya va
Ilmiybaza.uz
sportning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aniq ifodalangan milliy xarakterdagi
ag‘darish, ko‘pkari, poyga, kurash kabi xalq o‘yinlarining borligidir. Bu sport
turlarining hammasi qadim zamonlarda paydo bo‘lgan, taraqqiyotning har bir tarixiy
bosqichida turli ijtimoiy vazifani bajargan. Turli tumanlarda yashovchi ayrim
urug‘larning alohida jismoniy mashq va o‘yinlari mavjud bo‘lib, mazkur turlari
muntazam rivojlanish tarixiga ega.
O‘zbekiston zaminidan topilgan arxeologik ashyolar va bizgacha etib kelgan
qadimgi qo‘lyozmalar bu yerda yashagan xalqlar turmush tarzida jismoniy mashqlar
muhim o‘rin egallaganidan dalolat beradi. Qadim zamonlardan jismoniy tarbiya
sohasi jamoa zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklagan. Yosh qiz va yigitlar
hayotida kerak bo‘ladigan epchillik, chidamlilik, chaqqonlik, jasurlik va qat’iylik
kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan. Ajdodlarimiz yigitlarning harbiy-
jismoniy tayyorgarligiga katta e’tibor berganlar, shuning natijasida qurollangan otliq
askarlar jangda yaxshi harakat qila olganlar. Ular tezlik bilan chopib kelayotgan ot
ustida mohirona yoy otganlar, qilich va uzun nayzalarni mohirlik bilan ishlatganlar,
epchilik bilan egardan sakrab tushganlar va unga sakrab chiqa olganlar. Bundan
tashqari otliq askarlar qilichbozlik va suzishni yaxshi bilishlari shart bo‘lgan. O‘rta
Osiyoda feodalizm kuchayib ketganligi sababli o‘smir bolalar qadimiy
spartakliklarday soqchilik xizmatiga o‘rgatilgan. Mil. av IV-I asrlarga mansub
Qoratog‘ (Navoiy viloyati)dagi Sarmishsoy rasmlarida musobaqalashayotgan
kishilar tasvirlari, qadimgi Baqtriya (O‘zbekiston jan.)da yasalgan sopol idish
parchasidagi ikki kurashchining aks ettirilgani ana shunday arxeologik
ashyolardandir. Yillar o‘tgan sayin qadim Turonda hayot tarzidan kelib chiqqan
holda jismoniy mashqlar ham rivojlanib borgan. Masalan, ovchilarda merganlik,
chorvadorlarda chavandozlik, baliqchilarda suzish, harbiylarda qilichbozlik kabi
sport turlari rivojlangan. Uch ming yillik tarixga ega “Avesto”da bizga shunday
kamyoblik baxsh aylagilki, navqiron va kuchli yorlar topaylik. Toki ulardan hushyor
va sog‘lom farzandlar dunyoga kelsin”9 deya ta’kidlangani shu davrlardanoq
9 Авесто. Шарқ нашриёти. Тошкент-2001й. 268 б.
Ilmiybaza.uz
insoniyatning jismoniy mashqlar yordamida sog‘lom avlodni tarbiyalashiga katta
e’tibor qaratganidan dalolat beradi. “Avesto” kitobida yoshlarning jismoniy
chiniqishlari uchun hayotda kerak bo‘ladigan mashqlar bajarganliklarini, ya’ni
yoshlikdan otda yurish, ovchilikda kerak bo‘ladigan mashqlarni bajarish va boshqa
jismoniy mashqlar bilan shug‘ul-lantirilganligini ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘zbek xalqining qahramonlik eposi «Alpomish» dostonida kurash, merganlik
va chavandozlik musobaqalariga katta o‘rin berilgan. Dostonda yozilishicha, qizlar
Alpomishdek oldilariga qo‘yilgan shartni bajargan yigitlarnigina kuyovlikka loyiq
ko‘rishgan. Sug‘diyona va Baqtriya davlatlari mavjud bo‘lgan davrlarda miloddan
oldingi IV-I asr O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar orasida epchil dorbozlar juda
mashhur bo‘lgan. Epchil, jismoniy jihatdan juda chiniqqan dorbozlar, chig‘iriqli
simbozlar Yunoniston, Vizantiya va Eron kabi mamlakatlarga borib, o‘zlarining
ajoyib va xatarli o‘yinlarini qiziqchi va masxarabozlarning o‘tkir satira va kulgi
bilan sug‘orilgan turli sahnalarni va kishi aqli bovar qilmaydigan pahlavonlarining
o‘yinlarini ko‘z-ko‘z qilganlar.
VIII-X asrlarda yashab ijod etgan faylasuflarimiz ham jismoniy tarbiya haqida
yozib qoldirishgan. Jumladan, Abu Nasr Faroboiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu
Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”10 asarlarida o‘rta asrlarga xos jismoniy mashqlar
haqida ma’lumotlar berilgan. Ibn Sino “Tib qonunlari” asarining birinchi kitobida
jismoniy mashg‘ulotni kishining yoshiga, sog‘-salomatligiga va kasalligiga qarab,
turlicha shakl va usullarda o‘tkazish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino jismoniy
tarbiya to‘g‘risida fikr yuritar ekan, uni tashkil etishda kishilarning turli yoshi va
jinsini ham hisobga olish kerakligiga alohida e’tibor qaratadi. Ibn Sino har qaysi
yosh davrning o‘z individual xususiyati bo‘lishligini gapirib, bu davrni doimo
o‘zgarishda, rivojlanishda deb biladi. Bu o‘rinda u bola hamisha to‘xtovsiz va sekin-
asta o‘sib boradi, degan fikrni ta’kidlaydi, shuning uchun, deydi u, - bolaning
o‘sishdan to‘xtashi va o‘z kamolotida orqaga qarab ketishi mumkin emas. Bu fikri
bilan Ibn Sino bolalarni doimo o‘stirib borish g‘oyasini qattiq himoya qiladi.
10 Форобий. “Фозил одамлар шаҳри”.-Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти.1998й. Абу Али ибн Сино.”Тиб
қонунлари”. -Т.: А.Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти.1993й.
Ilmiybaza.uz
Ayniqsa, bolalik, o‘smirlik, yigitlik va qarilik chog‘larida kishi jismoniy
mashg‘ulotga turlicha munosabatda bo‘lishi kerakligi masalasini ko‘tarib chig‘ishi
Ibn Sinoning odam anatomiyasi va fiziologiyasini mukammal bilganligidan, kishi
organizmining doimo taraqqiy etib borishini ilmiy asosda tushunganligidan dalolat
beradi.
IX-X asrlar Somoniylar davlati davrida askarlarning urushga jismoniy
tayyorlash nazariyasi ishlab chiqilgan. Saroy ahli uchun yozilgan “Oynoma”da
berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, somoniylar davrida zodagonlarning bolalari 6
yoshgacha ota-onalarining uyida yashar, 7 yoshga etgandan keyin davlat tarbiyasiga
o‘tkazilib, hukmdor ixtiyorida bo‘lgan maxsus maktabga joylashtiriladi va 19
yoshga etgunga qadar ana shu maktabda ilmiy va jismoniy jihatdan tahsil ko‘rganlar.
O‘z bilimi va bahodirligi bo‘lgan kishilar maktabda murabbiylik vazifasini
o‘taganlar. Somoniylar maktabida bolalarni jismoniy tarbiyalashga alohida
ahamiyat berilar edi. Ular sovuqqa, ochlikka, chanqoqlikka, og‘riqqa chidamli
bo‘lish, tez yugurish, uzoqga sakrash, otga chaqqon minish, kamon va o‘q-yoy otish,
qilichbozlik, mo‘ljallash, sezgir bo‘lish, kurashish, jang usullarini yaxshi bilishi
talab qilinadi.
IX-X asrda yashab o‘tgan buyuk shoir va kuragi erga tegmagan polvon
xorazmlik Pahlavon Mahmuddir. O‘z davrida Hindiston, Eron, Turon zaminida
kurashning keng ko‘lamda tarqalishiga katta hissa qo‘shgan. O‘rta asrlarda
yaratilgan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”11 asarida barkamollikdagi
jismoniy etuklikning o‘rniga alohida ahamiyat berilgan. Asarda voyaga etayotgan
hukmdorga ma’naviy etuklik bilan bir qatorda jismoniy etuklik ham muhim
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tish bilan bir qatorda jismoniy mashqlarning
nomlarini, o‘tkazish joylarini, o‘tkazish vositalari bayon etilgan. Jismoniy mashqlar
insonning yoshiga qarab belgilanishi bilan bir qatorda ot bilan bajariladigan
mashqlardan kamon, qilich bilan bajariladigan mashqlar ko‘rsatilgan XIV-XV
asrlarda Amir Temur va temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning barcha
sohalarida bo‘lgani kabi jismoniy tarbiya va harbiy mahoratni rivojlantirishga
11 Юсуф Хос Хожиб “Қутадғу билиг”.Т.: “Фан”.1972й. 37б.
Ilmiybaza.uz
alohida e’tibor qaratildi. Bu davrda kurash, qilichbozlik, shatranj (shaxmat) kabi
turlar bo‘yicha muntazam ravishda musobaqalar o‘tkazilib turilgan. Sharofiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma”, Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy”, Zahiriddin
Muhammad Boburning “Boburnoma” kabi asarlarida o‘sha davrdagi musobaqalar
va ularning qatnashchilari qalamga olingan. E’tiborlisi, musobaqa g‘oliblari
kurashchilar – pahlavon, qilichbozlar – bahodir, shatranjchilar – oliya kabi unvonlar
va katta mukofotlar bilan sharaflanganlar.12
O‘rta asrning oxirlarida bahodirlarning qurol ishlatish san’ati bo‘yicha
musobaqalari keng tarqalgan. Bu o‘yinlarga voqiflar rahbarlik qilar edi. Ular
bahodirlar orasida o‘yinlar boshlanishidan bir oy ilgari sport salaflari tomonidan
saylanar edi. Voqiflarning vazifalari musobaqa joyini tanlashdan, musobaqalarda
g‘olib chiqqanlarga mukofotlar berishdan iborat bo‘lgan. Asosiy mukofot sifatida
tulpor otlar, qimmatbaho sarpolar, pul mukofotlari berilar edi. Ko‘pincha navbatdagi
o‘yinlargacha bo‘lgan davr ana shu g‘olibning nomi bilan atalar edi.
XVIII-XIX asrlarda milliylik xususiyati yorqin ifodalangan jismoniy tarbiya
tizimlari yuzaga kela boshladi. Ulardan nemis jismoniy tarbiya tizimi – Guni-Muts
(1759-1838), Vits (1763-1836) va Yan (1778-1852); shved jismoniy tarbiya tizimi
– Ling (1776-1839); chex jismoniy tarbiya tizimi – Tirsh (1832-1884); daniya
jismoniy tarbiya tizimi – Naxtegall (1777-1847); fransuz jismoniy tarbiya tizimi –
F.Amoros (1770-1847) va boshqalar tomonidan yaratilgan jismoniy tarbiya
tizimlaridir.13
Turkiston podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng evropa xalqlari
o‘rtasida ommalashgan sport turlari o‘lkaga kirib kela boshladi. 1882 va 1894-
yillarda Toshkent va Samarqandda chavandozlar jamiyatlari tashkil topdi. 1895-yil
Toshkentda havaskor velosipedchilar jamiyati tuzildi. 1900-yil velosiped sporti
havaskorlari va professional velosipedchilar musobaqalarini o‘tkazish uchun
Toshkentda qurilgan maydonda velopoygalar tashkil qilindi. 1903-yil Toshkentda
birinchi tennis korti ishga tushdi. 1904-yil esa gimnastika va jismoniy mashqlar
12 Шарофиддин Али Яздий. “Зафарнома”. Т.: Шарқ.1997 . Захириддин Мухаммад Бобур”Бобурнома”
13 Керимов Ф.А. “Спорт кураши назарияси ва услубияти”. Т., ЎзДЖТИ, 2009. 12 б.
Ilmiybaza.uz
havaskorlari jamiyati tuzilib, 1905-yildan bolalar o‘rtasida yugurish, sakrash, koptok
irqitish kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bu
Toshkentda sportning yengil atletika turi rivojlanishiga zamin yaratdi. 1908-yil
Toshkent sirkida taniqli kurashchi va mahalliy polvonlar ishtirokida fransuzcha
kurash (oz. yunon-rum kurashi) bo‘yicha chempionat o‘tkazildi (bu musobaqa
o‘zbek kurashiga birmuncha o‘xshash sportning shu turi rivojlanishida alohida rol
o‘ynadi). 1910-yil Toshkentdagi harbiylar markaziy binosida gimnastika,
qilichbozlik maktabi ochilib, unda (asosan, rus zobitlari o‘rtasida) shu sport turlari
bo‘yicha mashqlar, musobaqalar o‘tkazilib turildi. Ishchilarning dastlabki sport
to‘garaklari 1910-yil Toshkentda harbiy okrug shtabi bosmaxonasi matbaachilari
tomonidan tashkil etildi. Ularda gimnastika, yengil atletika va boshqa sport turlari
bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilgan. 1912-yil Qo‘qonda, keyinchalik Farg‘ona,
Toshkent va Andijonda futbol jamoalari tuzildi. Turkistonda eng yirik hisoblangan
sport havaskorlari jamiyati (1913-yil tashkil topgan)ning futbol, yengil atletika va
laun-tennis bo‘limlari bor edi. 1915-yil Toshkentda gimnastika o‘qituvchilari kursi
ochildi. Suv sporti bilan shug‘ullanuvchilar uchun dastlabki sun’iy havzalar barpo
qilindi. Umuman olganda, XX asr boshlarida sport jamiyatlari va to‘garaklari
Turkistonga ko‘chib kelgan rus va evropalik fuqarolarga xizmat qilgan. Keng xalq
ommasi uchun mo‘ljallangan sport inshootlari amalda yo‘q edi.14
Sport musobaqalarida asosan rus va yevropalik fuqarolar ishtirok etganlar.
Sobiq Ittifoq davrida ham bu an’ana davom etib, xalq an’analariga, milliy
o‘yinlariga bo‘lgan e’tibor juda susayib ketdi.
Shuning uchun ham ko‘p musobaqalar, ko‘rik tanlovlar ommaviy tus olmas,
tomoshabinlar kam yig‘ilar edi. Keng xalq ommasi uchun mo‘ljallangan sport
inshootlari amalda yo‘q edi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari hamda
musobaqalari harbiy o‘quv yurtlari, gimnaziya, sport klublari bazasidagi sport zallari
va maydonchalarida o‘tkazilardi.15
14“Ўзбекистон миллий энциклопедияси” 12 том. – 2006 й.361 б.
15“Ўзбекистон миллий энциклопедияси”12том. - 2006 й. 364 б.
16 “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” 12 том. – 2006 й.364 б.
17“Правда“ газетаси 11май 1987 й.
Ilmiybaza.uz
Odamzod jismoniy kamolotida bolalikdagi o‘yinlari muhim ahamiyat kasb
etadi. O‘zbeklar yurti xilma-xil xalq o‘yinlariga boy o‘lka hisoblanadi. Arg‘imchoq,
bekinmachoq, oq terakmi–ko‘k terak, tortishmachoq, chillak, podachi, bo‘ri keldi,
xo‘roz va tovuq, oqsoq bo‘ri va qo‘ylar, olomon poyga, bo‘ron, qirq tosh, cho‘nqa
shuvoq, otib qochar, soqqa, bir tayoq, yelkada kurash, mindi va boshqa o‘yinlar
shular jumlasidandir. Bu o‘yinlar odamlar salomatligini mustahkamlashga xizmat
qilishi bilan birga sport turlari paydo bo‘lishiga zamin yaratgan, masalan, podachi
o‘yinidan chavgon, keyin xokkey; qabaq o‘yinidan merganlik, keyin kamondan
otish kabi sport turlari paydo bo‘lgan. Lekin XX asrning 2-yarmida zamonaviy sport
turlarini rivojlantirish bahonasida o‘zbek xalq o‘yinlariga nopisandlik bilan qaraldi,
katta to‘ylarda o‘tkazib kelingan kurash, uloq-ko‘pkari musobaqalari ta’qiqlandi.16
Sobiq Ittifoq davrida jismoniy tarbiyaning mazmuni katta yo‘qotishlarga
uchradi. Kuch, tezkorlik, chiniqish tarbiyasida ma’naviyatni tarbiyalash, iymon-
insofga asoslangan axloq, odobni kamolga etkazish qashshoqlashdi. Bu mahalliy
aholini jismoniy tarbiyadan uzoqlashtirishga olib keldi. 1952-yilda Xelsinkida
o‘tgan XV Olimpiada o‘yinlarida sport gimnastikachisi Galina Shamray oltin va
kumush medallarga sazovor bo‘ldi. Voleybolchi Vera Duyunova esa ikki karra
Olimpiada o‘yinlari chempionidir (1968, Mexiko; 1972, Myunxen). 1972-yilda
chavandoz Mamajon Ismoilov o‘zbek sportchilari orasida ilk marta Olimpiada
o‘yinlarida ishtirok etdi. Keyingi Olimpiada o‘yinlarida boksda Rufat Risqiev (1976,
Monreal) va qilichbozlikda Sobirjon Ro‘ziev (1980, Moskva) kumush medallarni
qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonda 80 yillar oxirlarida jismoniy tarbiya va sportga mamlakat sport
komiteti, bir qator vazirlik va idoralar, 14 hududiy jismoniy tarbiya tashkilotlari, 10
ko‘ngillilar jamiyatlari, 218 shahar va tuman sport komitetlari, 76 viloyat, 80 shahar
va 314 tuman ko‘ngilli sport jamiyati sovetlari, 1443 jismoniy tarbiya boshlang‘ich
kengashlari rahbarlik qilar edi.17
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston sportchilari 1952-88-yillarda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida 11 ta
oltin, 10 ta kumush va 9 ta bronza medali bilan taqdirlanishdi. Shu yillarda o‘tgan
nufuzli musobaqalarda ulardan tashqari Venera Zaripova (badiiy gimnastika),
Ravila Salimova, Aljan Jarmuhamedov (basketbol), Vladimir Shin, Nikolay
Anfimov (boks), Aleksandr Panfilov, Mixail Kolyushev (velosport), Larisa Pavlova
(voleybol), boksda Rufat Risqiev (1976, Monreal) va qilichbozlikda o‘tgan nufuzli
musobaqalarda ulardan tashqari Venera Zaripova (badiiy gimnastika), Ravila
Salimova, Aljan Jarmuhamedov (basketbol), Vladimir Shin, Nikolay Anfimov
(boks), Aleksandr Panfilov, Mixail Kolyushev (velosport), Larisa Pavlova
(voleybol), Olga Zubareva (gandbol), Rodion Gataulin, Svetlana O‘lmasova (yengil
atletika), Natalya Butuzova, Olga Rogova (kamondan otish), Yuriy Kovshov,
Anatoliy Tankov (ot sporti), Noil Muhamadyorov, erkin Karimov (og‘ir atletika),
Elvira Saadi, Sergey Diomidov (sport gimnastikasi), Erkin Shagaev (suv polosi),
Svetlana Babanina, Natalya Ustinova, Sergey Zabolotnov (suzish), Gennadiy
Krasniskiy, Birodar Abduraimov, Vasilis Xadzipanakis (futbol), Laylo Axmerova,
Valentina Zazdravnix (chim xokkey), Arsen Fadzaev, Maharbek Xadarsev (yerkin
kurash), Rustam Kazakov, Komil Fatxullin (yunon-rum kurashi), Rustam
Yambo‘latov (o‘q otish), Vitaliy Logvin (qilichbozlik), Sayfiddin Hodiev, Sobir
Qurbonov (sambo), Georgiy A’zamov, Flyura Hasanova (shaxmat), Ozoda
Ahmedova (shashka) kabi sportchilar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi.18
Shunga qaramasdan, qanchadan-qancha iste’dodlar, yillab tayyorgarlik
ko‘rgan, ne-ne sinovlardan o‘tgan sportchilar nazarga olinmadi. Ularning
ko‘pchiligi uchun Olimpiada o‘yinlari, jahon chempionatlarida qatnashish armon
bo‘lib qoldi. “O‘zbekistonda fizkultura tarixi” kitobida R.Ismoilov va
Yu.Sholomitskiylar sport inshootlari etishmasligi fizkultura va sportning
ommaviyligi hamda sportchilarning mahorati yuksalishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Sport ashyolari va tovarlarining ishlab chiqarilmasligi, chetdan olib kelinishi va
sotilishi sport tashkilotlari hamda aholining talabini qondirmayotir. Fizkultura va
18 “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”. 12 том. Ўзбекистон Республикаси - 2006.362 б.
Ilmiybaza.uz
sportni targ‘ib etish bir tomonlama olib borilmoqda. Bu ish asosan sport
musobaqalari va ularni yoritishga qaratilgan. Fizkultura va sportning ijtimoiy
ahamiyati ularni kishilarning tarbiyalash va salomatligini yaxshilashdagi roli yaxshi
ko‘rinmayotir deb kuyinib yozishgan edilar”.19 Sobiq ittifoq davrida sport
pedagogikasi, meditsinasi, sport gegienasi haqida ko‘plab ilmiy adabiyotlar,
risolalar, tadqiqotlar natijalari nashr qilindi.20 Ammo, sport falsafasi haqida ilmiy
izlanishlar amalga oshirilmadi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda jismoniy tarbiyaga
davlat ahamiyatiga molik darajada e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezident 1996-
yildayoq “Biz uchun Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan ustivor vazifa – nafaqat
ma’naviy yetuk, zukko va bilimdon, shu bilan birga sport va kurash maydonlarida
toblangan, qiyinchiliklarni yengishga qodir, iroda va e’tiqodi baquvvat,
bellashuvlarda chiniqqan mard farzandlarni tarbiyalash – bu bir-birini to‘ldiradigan,
bir-biridan ajralmas yagona maqsad bo‘lishi darkor deya ta’kidlagan edi.21
Chunki, mehnatkashlarning salomatligi, jismoniy tayyorgarligi ijtimoiy
mehnat unumdorligiga va mamlakatning mudofaa qobiliyatiga jiddiy va bevosita
ta’sir etadi. Jismoniy tarbiya va sport yosh avlodni axloqiy etuk hamda g‘oyaviy
yuksak kadrlar etib tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga ega. Davlat hujjatlarining
hammasida yoshlarning garmonik rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qilish fikri ochiq
ko‘zga tashlanadi. Yoshlarning ma’naviy rivoj-lanishi ma’naviy boylik axloqiy
soflik va jismoniy kamolot bilan xarakterlanadi.
Bizning yoshlarimiz har tomonlama ma’lumotli va ma’naviy go‘zalgina emas,
balki sog‘lom, chiniqqan, jismoniy baquvvat bo‘lishi ham kerak. Bunday bo‘lish
19 Исмоилов Р., Шоломиский Ю.“Ўзбекистонда физкультура тарихи”. T., Ўқитувчи наширёти. 1979-йил 112-бет.
20 Ўзбекистон спортчилари - СССР халқ спартакиадаси. Т.: “Ўзбекистон” 1981. 31 б.Минх А. А. “Умумий ва спорт
гигиенаси асослари.” Т.: “Медицина наширёти” 1981. 3 б. “Ўзбек халқининг от спорти ўйинлари.” Т.: “Ўз.Давр нашр.
1961. 52б. Флоров В. Г. “Сайрда жисмоний тарбия машғулотлари” Т.: “Ўзбекистон” 1990. 176 б. “Истиқомат жойларда
маданий спорт комплекслари бўлган шароитда болалар, ўсмирлар ва ёшлар клуб бирлашмаларини ташкил этиш .
”Т.:1989.8 б. Нуржин Ж. “Ўзбекча миллий кураш қоидалари”. Т.: 1987. 5 б. Яковлев Н. Н. “Спортчи қандай овқатланиши
керак ” Т.: “Ўздаврнашр” 1963. 3 б.
21 Каримов И.А.“Ёшларимиз халқимизнинг ишончли таянчи” Т.: “Маънавият” 2006. 96 б.
Ilmiybaza.uz
uchun sport harakatining ommaviyligiga e’tibor berish, jismoniy tarbiyani
rivojlantirish yoshlarning, ularning irodaviy sifatlarini chiniqtirish, yigit va
qizlarning jismoniy jihatdan mehnat va mudofaaga tayyorlash zarur bo‘ladi. So‘ngi
yillarda o‘zbek sporti o‘zining yuksak natijalari bilan mamlakatimiz shuhratini jahon
hamjamiyati oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab xalqaro standartlarga mos
sport majmualari qad ko‘tarayotganligi yurtimizning turli hududlarida eng nufuzli
musobaqalarning o‘tkazib kelinayotganligi amalga oshirayotgan ishlarimizning
mahsulidir.
Mamlakatimiz
birinchi
Prezidenti
Islom
Karimovning
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22-yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi “Mamlakatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya
qilishga qaratilgan taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirish – bosh
maqsadimizdir” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, Sog‘lom bola yili deb nom
olgan joriy 2014-yilimiz ham o‘z yakuniga yetmoqda. Barchamiz uchun, butun
xalqimiz uchun chuqur amaliy ma’no-mazmunga ega bo‘lgan maqsadlarni, sog‘lom
avlodni tarbiyalashdek ezgu va pok niyatlarimizni o‘ziga qamrab olgan ana shu yil
munosabati bilan qabul qilgan umummilliy Dasturimizning bajarilishi bo‘yicha
qisqacha to‘xtalib o‘tsak, ayni muddao bo‘lar edi.
2. Sotsiologiyaga oid zamonaviy adabiyotlarda jamiyatning rivojlanishida
ikkita asosiy sivilizatsiya bosqichi: an’anaviy yoki zamonaviygacha bo‘lgan jamiyat
hamda zamonaviy tipdagi jamiyat ajratib ko‘rsatilgan nuqtai nazar uchraydi.
M.S. Komarovning yozishicha, jamiyatni o‘rganishga bunday yondoshuvning
asoslari sotsiologiya klassiklari bo‘lgan quyidagi olimlarning asarlarida poydevor
qo‘yilgan edi. Fransiyalik sotsiolog Emil Dyurkgeym (1858-1917) inson haqidagi
fanlar qatorida sotsiologiyaning o‘rni va rolini asoslab bergan. Nemis sotsiologi
Ferdinand Tennis (1855-1936) umumiylik va jamiyat sotsiologik tushunchalari
o‘rtasidagi farqni ularning birinchisi oila va xalq ichida birgalikda yashashning
davomiy va asl shakli bo‘lsa, ikkinchisi mexanik maqsadga muvofiq tuzilma ekanini
ko‘rsatib bergan. Yana bir nemis sotsiologi Alfred Veber (1868-1958), kapitalistik
ruhiyatning milliyligi haqidagi kopsepsiya muallifidir. Ingliz faylasufi va sotsiologi
Ilmiybaza.uz
Gerbert Spenser (1820-1903). “harbiylashgan va sanoatlashgan jamiyat”
kopsepsiyasi asoschi bo‘lgan.
Mazkur sotsiologlarning g‘oyalari “sanoatlashgan jamiyat” konsepsiyasi
tarafdorlari bo‘lgan olimlar – fransiyalik Raymon Aron (1905-1958), sotsiolog va
iqtisodchi Uolt Rostou (1916), nemis sotsiologi Ralf Darendorf, sotsiolog Den sellon
Velt va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Ular jamiyat qurilishini “an’anaviy” va
“zamonaviy” bo‘linishini yanada aniqroq asoslab berishgan.
Zamonaviy akademik va nazariy sotsiologiya vakillari T. Parsons, N.
Smelzer, M. Levi, S. Ayzenketadt va boshqalar yuqoridagi nazariyalar asosida
dastlabki jamiyatdan zamonaviy bosqichgacha rivojlanishning nisbatan chuqur va
har tomonlama tasvirini tavsiya etishdi, bunda ular oraliq bo‘g‘inlar mavjud bo‘lishi
mumkinligini ham nazarda tutishgan. Nazariy sotsiologiya bilan bir vaqtda mavjud
bo‘lgan empirik sotsiologiya zamonaviy jamiyatni batafsil tahlil qilib chiqdi va
uning keng ko‘lamli tahlilini taqdim etdi, hamda turlicha ijtimoiy soha va tizimlar
rivojlanishining qonuniyatlarini ko‘rsatib berishdi.
Shu bois sotsiologlar zamoanviy jamiyat haqida so‘z yuritishganda yuqorida
bayon etilgan uchta manbaga asoslanishadi, chunki ular o‘rtasida g‘oyaviy-nazariy
vorislik aloqasi mavjud. Aksariyat ko‘pchilik mutaxassislarning fikriga mos
ravishda, biz mazkur tadqiqot ishida qabul qilingan jamiyatni ikkita katta asosiy
tipga bo‘lish prinsipiga amal qilamiz. Ular esa o‘z navbatida kichik mustaqil tarixiy
davrlarga bo‘linadi, ya’ni: an’anaviy jamiyat (unga ibtidoiy jamoa, qadimgi dunyo,
o‘rta asrlar kiradi) va zamonaviy jamiyat (XVII asrdan boshlangan yangi davr va
XX-XXI asrlarni o‘z ichiga oluvchi eng yangi davr).
Mazkur davriylashtirish prinsipiga tayangan holda biz jismoniy tarbiyaning
ijtimoiylashtiruvchi roli haqidagi o‘z tadqiqotimizni ibtidoiy jamoa tuzumi davridan
boshlaymiz. Zero, aniqki, ijtimoiy hayotning har qanday masalasini o‘rganib
chiqishda tarixiy aloqani unutmaslik, har bir masalaga u yoki bu tarixiy hodisa
qanday yuzaga kelganligi, o‘z rivojida qanday shakllanish bosqichlaridan o‘tganligi,
tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan qaraganda, u hozir nimaga aylangani jihatidan
Ilmiybaza.uz
yondoshish zarur bo‘ladi. Bizning misolimizda hodisa deganda jismoniy tarbiya
nazarda tutiladi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida jismoniy tarbiya o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan hamda urug‘doshlik jamoasining rivojlanishi davriga kelib jismoniy
tarbiya bevosita insonning mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan, unga chatishib
ketgan va shu orqali insonni jamoaning hayotiga aralashtirib, ijtimoiylashtiruvchi
vazifani bajargan.
Mehnat, birinchi galda ov jarayonida inson yugurish, sakrash, uloqtirish
bo‘yicha zarur ko‘nikma va mahoratga ega bo‘lib, o‘zining jismoniy kuchini,
irodasini, chaqqonligini, fikrlash qobiliyatini oshirib borgan. Jismoniy tarbiya
vositasida mehnatga o‘rgatish bolalikdan boshlangan. Avtraliya aborigenlarining
hayoti bilan bevosita tanishgan ingliz etnografi Frederik Rouzning yozishicha,
“Kichkina o‘g‘il bolalar o‘yinchoq nayzani uloqtirish mashqlarini bajarishgan”.
Qizlar esa o‘smir bolalar singari o‘zlarining bo‘lg‘usi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalariga
uzoq muddat o‘rgatib borilgan. Yoshlarni bunday tarbiyalash an’anaviy jamiyatning
zaruriy tarkibiy qismi bo‘lib, Rouzning fikricha, aborigenlar ular bilan har qancha
faxrlanishsa arziydi. “Zero, ularning insonparvarlik aqidasi jamiyat turmushini
mavjud tabiiy sharoitlarga eng maqbul tarzda moslashgan shakllarda davom ettirish
uchun inson va tabiatning takror ishlab chiqarishini ta’minlashdan iborat bo‘lgan”.
O‘sha davrga xos jismoniy tarbiyani zamonaviy ilmiy
mazmunga
mos
tarzda tushunmaslik kerak. Bu davrda jamiyatda nafaqat kuchli, chaqqon, chidamli
odamlarga, balki topqir, irodali, jamoaga birlashgan, mehnatga moslashgan
insonlarga ham extiyoj kuchli bo‘lgan. Chunki endi o‘z o‘zidan paydo bo‘ladigan
tabiiy qobiliyatlarning o‘zi yetarli bo‘lmay qolayotgandi. Insonning sezgisi va aqli,
to‘plagan tajribasi va qaror topgan ijtimoiy uyushma tabiiy yo‘l bilan
urug‘doshlarining jismoiny tarbiyasi zarurligini anglab yetishiga zamin yaratadi.
Hamma gap shundaki, jismoniy tarbiya insonning biologik tuzilishiga ta’sir
ko‘rsatib, shubhasiz, aqliy, hissiy, ma’naviy imkoniyatlariga, botirlik va
qat’iyatlilik, tashabbuskorlik, topqirlik, iroda, uyushqoqlik, intizom, jamoaviylik va
boshqa ijobiy sifatlarga ham ta’sir etadi.
Ilmiybaza.uz
L. Morganning yozishicha, urug‘doshlik jamoasining o‘smir o‘g‘il va qizlari
odatlarga ko‘ra o‘rnatilgan dasturlar asosida jismoniy tarbiya maktabini o‘tashgan,
keyin esa, balog‘atga yetib, jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylanish arafasida jiddiy,
xattoki juda og‘ir sinovdan o‘tishgan, ya’ni: o‘g‘il bolalar jangchi va ovchilik
botirligida; qizlar esa yaralanganlarga yordam ko‘rsatish, dorivor giyohlarni topish
va ulardan shifobaxsh damlamalar tayyorlash kabilarda imtihon topshirganlar.
Umuman olganda matriarxat davrida ayollarning jangari bo‘lishganligi va jang
san’atini yuqori darajada egallashgani haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Shunday qilib, insonni hayotning jiddiy sinovlariga tayyorlash – jismoniy
tarbiyaning genetik jihatdan ilk vazifasi ana shundan iborat bo‘lgan. Ammo yana bir
boshqa, ya’ni dam olish, tanani yengillashtirish kabi vazifasi ham bo‘lgan, ammo u
kengroq tarzda namoyon bo‘ladi Lekin, o‘sha davrlarda ham xuddi hozirda
bo‘lganidek, hayot faqat yutuq va muvaffaqiyatlardan iborat bo‘lgan emas. Hayotda
omadsizliklar, o‘yinda mag‘lubiyatlar bo‘lgan, shu bois ana shunday holatlardan
munosib tarzda chiqib keta olishni, sovuqqon bo‘lish va aql bilan ish ko‘rishni
o‘rganish muhim ahamiyat kasb etgan. Urug‘doshlik jamoasi davrida jismoniy
tarbiya zimmasidagi vazifalardan biri ana shu edi.
Yozuvchi Aleksandr Kiknadze aqlni lol qoldiruvchi qasr va ibodatxonalar,
butun dunyoga mashhur piramidalarni qurgan hindu qabilasi – asteklar qanchalik
o‘z obro‘larini saqlagan holda, umidsizlikka tushmasdan muvaffaqiyatsizlik va
mag‘lubiyatlarni qabul qilishganini tasvirlaydi. Yangilanish bayrami kunlari mazkur
ibodatxonalar oldidagi maydonda turli o‘yin va musobaqalar, jumladan to‘p bilan
o‘ynaladigan o‘yinlar tashkil etilgan. Ularda ikki jamoa bir biriga qarshi
bahslashgan.
Musobaqadan keyin g‘olib chiqqanlar maxsus uyushtiriladigan tantanaga
taklif etilgan, mag‘lublar esa mavjud udumga ko‘ra o‘z jonlariga qasd qilishga
tayyorlanishgan. Ularning soyalar olamiga ketishiga bag‘ishlab maxsus marosim
o‘tkazilgan. Asteklarning e’tiqodiga ko‘ra, g‘oliblar qudratli ilohlarga aylanishgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri madaniyati tadqiqotchisi M.O.Kosven
odamlarning harakatga intilishganini qayd etadi: “kechqurun, kun davomidagi
Ilmiybaza.uz
toliqtiruvchi mehnatdan so‘ng dam olgach, ibtidoiy odamga tana a’zolarining
chigalini yozish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ertalab ovga yoki yurishga jo‘nab ketish
oldidan ijro etilgan ov va jang sahnalariga asoslangan raqslar jismoniy-chigalyozdi
yoki o‘ziga xos hissiy qo‘zg‘atuvchi vazifasini o‘tagan”. Yuqorida nomlari sanab
o‘tilgan mualliflarning ta’kidlashlaricha, urug‘doshlik jamoasi davriga kelib, o‘g‘il
va qiz bolalarga jismoniy tarbiya berishda farq yuzaga kela boshlagan. O‘g‘il bolalar
ov va jang sahnalariga asoslangan o‘yinlarni; qizlar esa ayollarning turmushi va
kundalik hayotini aks ettiruvchi o‘yin, raqs va mashqlarni bajarishgan.
Shu bilan birga yangi paydo bo‘lgan urug‘doshlik jamoasi turmush tarzida
jismoniy mashqlar katta o‘rin tuta borgan hamda o‘sib kelayotgan avlodni
tarbiyalash va ijtimoiy hayotga jalb etishning eng muhim vositalaridan biriga aylana
boshlagan. Shunday qilib, jamiyat rivojlanishining mazkur ilk bosqichlaridayoq
jismoniy tarbiya nisbatan yaqqol namoyon bo‘la boshlagan ijtimoiylashtiruvchi
vazifani bajara, qadimgi odamning turmush tarzi va umumiy madaniyatininng
asosiy qismlaridan biriga aylana boshlagan edi. U mehnat faoliyatida, dam olishda,
axloqiy va ekzotik qoidalarning shakllanishida muhim elementlardan biri, nihoyat,
u odamlar sog‘lig‘i va umumiy jismoniy holatini mustahkamlash vositasi edi.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishiga bog‘liq tarzda rivojlanib boradi. Tabiiy usulda
yuz bergan dehqonchilik va chorvachilikning ajralishi urug‘doshlik tuzumining
parchalanishiga olib keldi. Insoniyat tarixidagi mazkur ulkan rivojlanish natijasida
ajralib chiqqan harbiy sardorlar va urug‘ zodagonlari o‘z atrofidagilarning harbiy va
jismoniy tayyorgarligini oshirishga e’tibor qaratishgan. Urushlar xalq turmushining
ajralmas qismiga aylanib qoladi va, tabiiyki, jismoniy tarbiyada harbiy yo‘nalish
borgan sari ustun bo‘la boradi. V.V.Stolbovning qayd etishicha, bu jarayon
bosqichma bosqich kechgan, ammo harbiy va urug‘ zodagonlari turmush tarzining
o‘z urug‘dosh, qabiladoshlarining asosiy qismi turmush tarzidan uzoqlashishi
yo‘lidan borgan. Zodagonlarning ajralib chiqqan tabaqasi o‘z mavqei va obro‘sini
ko‘pincha
“yaxshi
harbiy-jismoniy
tayyorgarlikka
egaligi
va
harbiy
musobaqalardagi g‘alabalari” bilan mustahkamlar edi. Jamiyatning oddiy a’zolari
Ilmiybaza.uz
ijtimoiy hayotda, jismoniy mashqlar va o‘yinlarda ishtirokdan borgan sari chetga
chiqib borishardi. Ularning zimmasida faqatgina jismoniy mehnat va zodagonlarga
xizmat qilish vazifasi bor edi.
Bunday sharoitda jismoniy tarbiyaning mehnat bilan aloqasi yo‘qola boradi.
Jismoniy tarbiya harbiylashadi va ijtimoiy-sinfiy belgisiga ko‘ra ikki yo‘nalishga
ajraladi, ya’ni: siyosiy va ijtimoiy hayot uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya
hamda xalq ommasi uchun mo‘ljallangan jismoniy tarbiya. Shu asosda u turlicha
ijtimoiylashtiruvchi vazifalarni bajaradi. Ushbu davr bo‘yicha fikrlarga xulosa yasar
ekanmiz, ijtimoiy tarixning ibtidoiy jamoa tuzumi deb atalgan juda katta davrini o‘z
ichiga oluvchi bo‘lagi oxirida jismoniy tarbiya san’at, din va boshqalar bilan bir
qatorda turmush tarzining alohida mustaqil elementiga aylana boshlaganini qayd
etib o‘tishimiz zarur.
Sharq va G‘arbdagi ibtidoiy jamoalar o‘rnida fuqarolarning ijtimoiy
tengsizligiga asoslangan yangi ijtimoiy tuzum, quldorlik tuzumi davlatlari paydo
bo‘la boshladi. Bizning zamonimizgacha o‘sha uzoq o‘tmishda yuz bergan voqea-
hodisalarga shohid bo‘lgan, o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va shaxsan ishtirok etgan
mualliflar asarlarining ayrim namunalarigina yetib kelgan.
Shu bois ham Igor Kon biz o‘tmishga qanchalik chuqurroq kirib borsak, uning
manbalari shu qadar kamayib, borlarining ham talqini, sharhi murakkablashib
boraveradi, deb ta’kidlaydi. Fikrini davom ettirar ekan u S.S.Lverpitsevning
quyidagi ramziy so‘zlarini keltirib o‘tadi: “Sharhlovchi qadimgi muallif va o‘z
zamondoshi o‘rtasidagi insoniy muloqot jarayonida tilmoch yoki tarjimonga
o‘xshaydi. U asrlar osha qadimgi muallifning yuziga boqadi. U o‘z zamondoshining
ham yuziga boqib turib, qadimgi muallifning o‘tmishdan aks sado berib turgan
so‘zlari nima maqsadda aytilgani va qanday ma’no anglatishi haqidagi savolga
asosli va gapni aylantirmasdan javob berish mas’uliyatini zimmasiga oladi”.
Shunga qaramay, bizgacha yetib kelgan ma’lumotlar qadimgi tarixning
umumiy tasvirini tasavvurimizda qayta jonlantirish imkoniyatini beradi. Bu
jarayonda o‘sha davrlarda yozilgan, jumladan tadqiqot davomida o‘rganib chiqilgan
manbalar qo‘l keladi. Tadqiq etilayotgan davrda ijtimoiy munosabatlar borasida
Ilmiybaza.uz
jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi, bu narsa jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotining
barcha jabhalarida, xususan jismoniy tarbiyada ham o‘z aksini topdi. Uning
ijtimoyilashtiruvchi yo‘nalishi ham o‘zgardi.
Eramizdan oldingi IV-IX ming yilliklarda mehnatning dehqonchilik va sanoat
o‘rtasida bo‘linishi so‘nggi urug‘doshlik tuzumi davrlariga nisbatan kengroq
miqyosda kechdi. Bu esa bir tomonda ijtimoiy tabaqalanishning yanada
kuchayishiga, ikkinchi tomondan esa, Qadimgi Sharq hamda qadimgi Yunoniston
va Rimdagi davlatlarda madaniyatning, shu jumladan, jismoniy tarbiyaning keng
tarqalishi va taraqqiy etishi uchun qulay sharoitlarni yuzaga keltirdi. Qadimgi
Hindiston, Xitoy, Misr, Fors, Vavilon, Assiriya davlatlarida jismoniy mashqlar va
o‘yinlarning ko‘plab turlari ommalashgan edi. Xususan, qadimgi Misrda fir’avnlar
maqbaralarida olib borilgan qazish ishlari paytida devorga ishlangan suratlarda
ularning 400 dan ortiq turi topilgan.
Shu bilan birga, o‘sha davrda jismoniy tarbiyaning tabaqalashuvi ko‘zga
tashlanib qolganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Birinchidan, jismoniy tarbiya u yoki
bu ijtimoiy tabaqa vakillarining ijtimoiy mavqeini aks ettirib, ijtimoiy burtma
vazifasini bajara boshlagan. Xususan, eramizdan oldingi I asrlarda xalq ommasini
jismoniy jihatdan tarbiyalashning asosiy vositalari kurash, akrobatika mashqlari,
kamondan otish, tosh ko‘tarish bo‘lgan. Zodagonlar orasida esa ko‘proq jismoniy
mashqlar va o‘yinlarning maxsus arava yoki otda ov qilish, ot hamda arava poygasi
kabi “kiborlarga xos” turlari ommalashgan edi.
Ikkinchidan, jismoniy madaniyat va tarbiya harbiy-jismoniy tayyorgarlikda,
musobaqalardagi g‘alabalari bilan o‘zlarini shon-sharafga burkagan fir’avnlarning
istilochilik siyosatining yukini tashigan.
Shaxsning ijtimoiylashuvi uchun muhim bo‘lgan yana bir jihat mavjud, u
sivilizatsiya davriga xos bo‘lib, sharq va g‘arb davlatlarining jismoniy madaniyatida
o‘z aksini topgan. Bu mazkur davlatlar madaniyatlariga xos bo‘lgan o‘zlikni anglash
tiplaridir. I. Konning qayd etishicha, shaxsning faollik, mustaqillik, mas’uliyatlilik,
yuutuqlarga erishish extiyoji kabi umumiy psixologik o‘lchov va xususiyatlari ham
madaniy-o‘ziga xosdir. Bu o‘rinda gar ma’lum bir madaniyatlar va individlar
Ilmiybaza.uz
boshqalariga nisbatan faolroq ekanida ham emas, balki ularning faolligi qay
tomonga yo‘naltirilganligidadir. Shaxsning jamiyat uchun istalgan sifatlari ham
o‘xshash bo‘lgan. Mardlik va mehnatsevarlik barcha madaniyatlarda ham ijobiy
baholansa, qo‘rqoqlikka munosabat salbiydir. Ammo, turli madaniyatlarda shunday
vaziyatlar mavjudki, masalan, dunyoni o‘zgartirish uchun kurashish o‘rniga uni
boricha qabul qilish va o‘z imkoniyatlari cheklanganini tan olish; mavjud dunyo
tuzilishini yagona mumkin bo‘lgan tuzilma sifatida tan olish; chunki shunday
yashash qulay va oson. Ana shunday moslashuvning shakllari ham turlicha bo‘ladi,
jumladan, bu kuchlilar tomonga ochiqdan ochiq o‘tish va shu orqali individ o‘zini
kuchliroq his etishi; xudoga e’tiqod orqali his etiladigan erkinlik tuyg‘usi, yoxud
o‘zni anglash va o‘zni kamolga yetkazishga qaratilgan ichki kuchli faollik bo‘lishi
mumkin. Sharqdagi ko‘plab diniy-falsafiy ta’limotlar ana shunday dunyoga
kuzatuvchi bo‘lib qo‘shilishib ketish, absolyutga singib ketish g‘oyasini ilgari
surgan.
Xitoy va Yapon falsafiy tafakkurining konfutsiylik, buddaviylik va daosizm
singari ta’limotlari insonning o‘zini kamolotga yettishtirishi masalasida yakdil
qarashga ega. Ammo mazkur sifatlar jamiyat tomonidan qabul qilingan rasmiy
mafkuraga mos kelgandagina qadrli bo‘ladi. Aynan ana shu ruhda ijtimoiylashgan
inson mazkur sotsiumning ma’naviy-axloqiy qadriyatlariga erishadi. Jumladan,
konfutsiylik tartib bo‘lishi, odob-axloq doirasidan chiqmasdan hukmdorlarga itoat
etish va boshqa axloqiy qoidalraga asoslangandir. Odob saqlash – jamiyatdagi o‘z
o‘rnini bilish va ana shu mavqeiga mos tarzda harakat qilish deganidir.
V.Ovchinnikov Yaponiyadagi jamiyat va shaxs munosabatini ham taxminan
shunday ta’riflaydi. An’anaviy yapon madaniyati individning o‘zi mansub bo‘lgan
ma’lum bir ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lishini nazarda tutadi. U shaxsni umumiy
qoida va me’yorlardan kelib chiqadigan ko‘plik, bir qancha turlicha majburiyatlar
yig‘indisi sifatida tushunadi. “Yaponlar, - deydi V. Ovchinnikov, - insonning
xarakteri va xatti-harakatlari haqida umumiy fikr yuritishdan qochishadi, hamda
uning xatti-harakatlarini har birining o‘z qonun-qoidalari, o‘z axloqiy kodeksi
bo‘lgan ayrim sohalarga bo‘lishadi”.
Ilmiybaza.uz
Insonning hayotiy faoliyati kechadigan hayot falsafasi, turmush tarzi, ijtimoiy
sharoitlar ana shunday. Ular birga olib qaralganda ham hech qachon qandaydir
begona bo‘lmaydi, faqatgina inson faoliyatiga nisbatan tashqi bo‘lishi mumkin
xolos. Bu fikr to‘la ma’noda sharq mamlakatlari jismoniy madaniyatiga, xususan,
harbiy-sport san’atiga ham taalluqli. Ularning barcha turlarni batafsil tasvirlar ekan,
I.D. Ladanov shunday xulosaga keladi: “Yaponiyaning boshqa harbiy-sport
san’atlari singari karateda ham Yaponiyani ichkaridan his etish mumkin. Karate,
aykido, taekvandoda insonlar nafaqat kurashga, balki turmush tarziga ham
o‘rganishadi. Harbiy-sport san’atlari ustalari yoshlarni an’anaga aylanib qolgan
kattalarni va o‘rnatilgan tartiblarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashadi. Yuqorida
sanab o‘tilgan sport turlarining barchasi uzoq vaqt va sabr-bardosh bilan mashq
qilishni talab etgani bois ular iroda mustahkamligi, sabr, maqsadga intiluvchanlik,
qat’iyat kabi xislatlarni tarbiyalaydi, deb hisoblanadi”.
Qadimgi zamonlarda paydo bo‘lgan karate o‘sha davrda yashagan
yaponlarning asosiy hayotiy falsafasiga to‘la mos kelgan. Yaxshi bilmagan odamga,
deb yozadi yuqorida qayd etib o‘tilgan muallif, karate jangchisining harakatlari
passiv bo‘lib ko‘rinib, uning himoya uchun yetarlicha harbiy tayyorgarlikka ega
emasligi borasida noto‘g‘ri tasavvur uyg‘otishi mumkin. Bu tasavvurning
uyg‘onishiga sabab karate ustasi o‘z faoliyatini “harakatsizlik” prinsipiga
bo‘ysundiradi. Unga ko‘ra, harakatsizlik o‘zni bo‘sh qo‘yish, zo‘riqishdan qochish,
kuchni boshqarishni nazarda tutadi.
Uzoq o‘tmishda Yaponiyada qilichbozlik san’ati (kendo) ham paydo bo‘lgan.
Uni yapon turmush tarzi bilimdonlari asl yaponcha narsa deb atashadi. Garchi
zamonaviy sharoitlarda kendo jangovar sport san’ati sifatida o‘z ahamiyatini
yo‘qotgan bo‘lsa-da, u irodaviy sifat va xarakterni tarbiyalashda marosimiy tizim
sifatida saqlanib qolgan. Kendo o‘zni kamolga yetkazish yo‘lidir. Yaponiyaning
boshqa jangovar sport san’atlarida bo‘lgani kabi kendo ham nafas mashqlariga,
marosimiy harakat va usullarga boy bo‘lib, ular uzoq va jiddiy mashqlar natijasida
shaxsning shakllanishiga, o‘ziga xos psixologik timsol yuzaga kelishiga xizmat
qiladi. Shunday qilib, sharq mamlakatlarining jangovar sport san’atlari o‘zlarining
Ilmiybaza.uz
sharq davlatlaridagi turlicha yo‘nalish, usul va uslublarda kechadigan shaxsning
ijtimoiylashuvi jarayoniga aloqadorligini yaqqol namoyon etadi.
Birinchidan, ular milliy birlikning qaror topishiga ma’lum bir hissa
qo‘shishgan. Jumladan, karate o‘ziga Okinava orolida o‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga chiqqan yapon umummilliy kurashining – butun Yaponiya bo‘ylab
tarqalgan qurolsiz jang usuli okinava-gening bir qancha turlarini singdirib yuborgan
edi.
Ikkinchidan, ular qo‘shni bo‘lib yashayotgan sharq xalqlari o‘rtasidagi
aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan. Masalan, okinava-ge orolning
Xitoy va Koreya bilan qadimiy aloqalari bois Xitoyning kempo va Koreyaning
taekvando jangovar sport san’atlari rivojiga turtki bergan.
Uchinchidan, sport san’atlari shaxsning talab qilingan umumiy irodasini
tarbiyalovchi vazifasini ham bajargan. Ya’ni ular shaxsda zarur jismoniy sifatlar
bilan birga iroda mustahkamligi, sabr, maqsadga intilish, qat’iyat kabi turmush
tarziga va dunyoqarashga mos keladigan ichki sifatlarni kamol toptirishga ham
xizmat qilgan.
To‘rtinchidan, jangovar sport san’atlari murabbiylari o‘zlarining yosh
shogirdlarini shunchaki kurash usullariga o‘rgatishmagan, balki axloqiy tarbiyani
ham uyg‘un tarzda olib borishgan. Ular shogirdlarga tana va ruhni birlashtirishni
maslahat berishgan. Buning uchun ular xatti-harakatlarning ideal modelini
yaratishga o‘rgatishgan. Unga ko‘ra, ong tanani, tana esa ongni o‘ziga
bo‘ysundiradi.
Shu bilan birga, modelning eng muhim tarkibiy qismini xatti-harakatlarning
axloqiy kodeksi tashkil etib, u tizimli ravishdagi murakkab mashqlar jarayonida
o‘zlashtiriladi va butun umr davom etadi. Ko‘rib turganimizdek, gap
sivilizatsiyaning ilk davrlarida sharq mamlakatlarida mavjud bo‘lgan jangovar sport
san’atlarining ijtimoiylashtiruvchi roli haqida bormoqda. Bundan ayon bo‘ladiki,
xalq ommasining o‘yin va jismoniy mashqlar, boshqacha aytganda jismoniy
tarbiyaga qo‘shilishi cheklangan edi. Bu o‘rinda ham ijtimoiylashuvning yo‘nalishi
jamiyatga bog‘liq bo‘ladi va shunga mos tarzda tarbiyaning, jumladan, jismoniy