J.M.KEYNSNING IQTISODIY TA'LIMOTI. IQTISODITNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH TA'LIMOTLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
36,8 KB
J.M.KEYNSNING IQTISODIY TA'LIMOTI. IQTISODITNI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH TA'LIMOTLARI.
1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi sanoat jihatidan rivojlangan va
past rivojlangan mamlakatlarga katta zarba berdi. Avvalgi (klassik, neklassik)
ta'limotlar tadqiqotida mikroiqtisodiy tahlil (alohida korxona) asosiy o'rinni
egallagan bo'lsa, inqiroz katta ishsizlik sharoitida boshqacha, makroiqtisodiy tahlil
(davlat, jahon) ga zarurat tug'ulgan edi. Fanning bu sohasida hozirgi davrning taniqli
iqtisodchisi J.M.Keyns muhim kashfiyotni yaratdi.
Xuddi shu davrda ijtimoiy iqtisodiyot masalarida munozara kuchaydi. Unda
erkin xo'jalik faoliyati va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, trestlar va sindikatlar,
proteksionizm va fritrederlik muomalalari ko'ndalang bo'lib turar edi. Shu davrdagi
ilmiy tadqiqotlar muammosi hozirga davrda, hozirgi kunlarda ham nihoyat dolzarb,
chunki davlat bozor iqtisodiyotini tartibga solishi kerakligi kerkmi-yo'qmi masalasi
uzul-kesil hal etilmagan. Bu borada ikki yo'nalish xukmron. Keyns ta'limotigi to'la
asoslanuvchilar - keynschilar va unga qisman qo'shiluvchilar neoliberalllardir.
1. J.M.Keynsning iqtisodiy ta'limoti.
XX asrning birinchi yarmida iqtisodiy inqirozlarning damba-dam takrorlanishi
tufayli ko'pgina «kapitalizmni tartibga solishga» oid iqtisodiy g'oyalar soni ko'paydi.
Ana shunday yo'nalishning yorqin tarafdori bo'lib ingliz iqtisodchisi Jon Meynard
Keyns (1883-1946) shuhrat qozondi. Iqtisodchi, davlat arbobi bo'lgan Keyns Iton va
Kembridj universitetlarida iqtisodiyot va matematikadan ta'lim oldi, A.Marshall
qo'lida o'qidi (1902-1906, 1909-1915 yillarda o'qituvchilik qildi, 1920 yildan
Kembridj universitetida professor, 1913-46 yillarda iqtisodiy jurnal muharriri bo'lib
ishladi. 1909 yil «Indeks uslubi» iqtisodiy maqolasi, 1913 yilda uning birinchi asari
- «Pul muomalasi va Hindiston moliyasi» kitobi chop etildi. 1919 yilda «Versal
tinchlik shartnomasining iqtisodiy oqibatlari» nashr etilishi bilan u iqtisodchi
sifatida ko'pchilikka tanildi. Bu asarida u shartnomaga nisbatan bir qancha tanqidiy
fikrlar bildirgan edi. Keyns 20-30 yillarda iqtisodiyotga oid bir nechta kitoblar yozdi
(«Ehtimollik to'g'risidagi risola» (1921), «Pul islohoti to'g'risida risola» (1923),
«Mister Cherchelning iqtisodiy oqibatlari» (1925), «Erkin tadbirkorlikning intihosi»
(1926), «Pul to'g'risidagi risola» (1930) va boshqalar), ammo unga mashhurlik
keltirgan bosh asari - «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi»
(1936) kitobidir. 1940 yilda «Urush harajatlarini qanday qoplash mumkin»
degan kitobi ham nashr etildi. Bu asarlardagi bosh masala kapitalizmni oqlash, uning
inqirozlarsiz rivojini ta'minlashning abadiyligini isbotlashga urinishdir. Uning
yaratgan nazariyasi iqtisodiyot ta'limotlari tarixida alohida o'rin egallaydi va bu
o'ziga xos inqilob bo'lib, hozirgi davrda ham ahamiyatlidir. Keyns asosiy asarining
boshidayoq klassik maktabga qarshi ekanligini bayon etdi.
Keyns ta'limotining asosiy va yangi g'oya shuki, bozor iqtisodiy munosabatlari
tizimi mukammal va o'z-o'zini avtomatik ravishda tartibga sola olmaydi. Shu sababli
maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o'sishni faqat davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvi ta'minlay oladi. Bu ish davridagi amaliy iqtisodiyotdagi konkret ahvol
bilan chambarchas bog'liq edi. Etakchi olimlarning ta'kidlashicha (J.K. Gelbreyt,
M.Blaug), firmalar, monopoliya va oligopoliyalar faoliyatidagi tengsizlik nisbatan
kichik doiradagi odamlarning faoliyati bilan bog'liq, bu tengsizlik prinsipida
davlatning aralashuvi bilan tuzatilishi mumkin edi.
Aslida u iqtisodchi Alfred Marshallning - Kembridj maktabining davomchisidir,
ammo yondoshuv boshqacha. Asosiy nazariy muammolar qiymat, kapital, ish haqi
va boshqalar bo'yicha asoslanadi. Psixologik omillarning ustunligiga ishonadi va
qiymatning mehnat nazariyasini, qo'shimcha qiymatni inkor etadi, uni ishlab
chiqarish omillari konsepsiyasi bilan almashtiradi. Keyns kapitalizm bozor iqtisodi
illatlarini to'g'rilash uchun davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi tarafdori bo'lib
chiqdi. Vaholanki, avvalgi olimlar (klassik maktab) buni inkor etganlar va inqirozni
tasodifiy voqea deb hisoblaganlar. Avvalgi tadqiqotchilardan farqli ravishda
«samarali talab»ni, ya'ni iste'mol va jamg'arishni birinchi o'ringa qo'yadi. Yuqorida
qarab chiqilgan iqtisodiy ta'limotlardan biri - merkantilizimda davlatning iqtisodiyot
(siyosat)ga aralashuvi talab etiladi, proteksionim iqtisodiy siyosati shuni talab etadi.
J.M.Keyns u yaratgan konsepsiyaga mekantilistlarning ta'sirini imkor etmaydi.
Ikkala ta'limotdagi umumiy g'oyalar quydagilardan iborat:
Mamlakatda pul masalasini ko'paytirish uchun intilish (pulning qadrini biroz
pasaytirish), va shunga muaofiq ssuda foizini kamaytirish va ishlab chiqarishga
investisiyalarni qo'yishni rag'batlantirish vositasi sifatida, baho (narx-navo)lar
oshuvini qo'llash (savdo va ishlab chiqarishni rag'batlantirish usuli sifatida), pulning
etishmasligi ishsizlik sababi deb tan olinadi iqtisodiy siyosatning milliy (davlat)
xarakteriga ega ekanligi tushuniladi. U tadqiqotning makroiqtisodiy uslubini, ya'ni
makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'lgan milliy daromad va jamg'armalar o'rtasidagi
bog'lanish va nisbatlarni tadqiq qilish g'oyasini ilgari surdi. Bu tadqiqot usuli o'z
davrida fiziokratlar (F.Kene, A.Tyurgo) K.Marks tomonidan qo'llanilgan
Keynsgacha mikroiqtisodiy yondashuv, ya'ni alohida
xo'jalik ob'ektlari bo'lgan firmalar iqtisodiyotini tahlil etish
rasm bo'lgan edi. Firmaning rivoji millat mamlakat ravnaqi
bilan bir deb qaralar edi. Asosiy e'tibor umumiy
iqtisodiyotga emas, balki firmaga qaratilgan edi. Keyns
ta'limoti iqtisodiy siyosat bilan chambarchas bog'liqdir.
Agar Marks kapitalistik tizimning emirilishini ba1shorat qilgan bo'lsa, Keyns
kapitalizm muhandisi sifatida uni ta'mirlash yo'lini aniqlab berdi. Davlat tomonidan
rag'batlantiraladigan talab «samarali talab» konsepsiyasi ilgari suriladi.
Kapitalizmning bosh illatlari bu ishsizlik va inqirozlardir, Keyns bularning
sabablarini sohibkorlar psixologiyasidan topishga intiladi. Inqirozlar kapitalistning
qayfiyatiga qarab ro'y beradi, ya'ni optimizmdan pessimizmga o'tganda bo'ladi.
Asosiy e'tibor «iste'molga moyillik» va «jamg'arishga moyillik»ka qaratiladi.
J. M. Keyns J.M.Keynsning umumiy bandlik nazariyasi quyidagilarga asoslanadi:
Ish bilan bandlik ortishi tufayli milliy daromad va, demak, iste'mol ortadi, ammo
iste'mol daromadga nisbatan sekinroq ortadi, chunki daromad ortishi bilan
«jamg'arishga intilish» kuchayadi. Uningcha, asosiy psixologik qonun shundan
iboratki, odamlar odatda daromadlar ortishi bilan iste'molni ham o'stiradi, ammo bu
o'sish daromadlar darajasida bo'lmaydi. Oqibatda daromadlar o'sishi bilan jamg'arish
ortadi va iste'mol nisbati kamayib boradi. Oxirida esa «samarali talab» kamayadi,
talab shunday yo'l bilan ishlab chiqarish hajmlariga va bandlik darajasiga ta'sir etadi.
Iste'mol talabining etarlicha o'smasligi yangi investisiyalarga harajatlarning oshuvi
yo'li bilan qoplanishi, ya'ni ishlab chiqarish iste'molining ishlab chiqarish
vositalariga qarab oshuvi yo'li bilan qoplanishi mumkin. Shu sababli
investisiyalarning umumiy hajmi bandlik hajmini belgilashda hal qiluvchi rolni
o'ynaydi. Keynsning fikri bo'yicha investisiyalar hajmi investisiyalarga bo'lgan
intilishga bog'liq. Sohibkor investisiyalarni kapitalning «eng yuqori samaradorligi»
foiz darajasigacha pasaygan paytgacha kengaytiradi (foyda normasi o'lchanadigan
rentabellik). Kiyinchilik shundaki, kapitalning rentabelligi pasayadi, foiz darajasi
esa mo''tadil bo'ladi. Bu holat yangi investisiyalar uchun imkoniyatni pasaytiradi,
demak, bandlik o'sishi ham kamayadi. Kapital «eng yuqori samaradorligi»ning
pasayishi kapital massasining o'sishi, shuningdek, kapitalist-tadbirkorlarning
bo'lajak daromadlariga ishonchsizlikka «moyilligi» bilan tushuntiriladi. Keyns
ta'limoti bo'yicha bandlikning umumiy hajmi uch omilga - «iste'molga moyillik»,
«eng yuqori samaradorlik» va foiz normasiga bog'liq.
Keyns ochgan «asosiy psixologik qonun» uningcha istalgan jamiyat uchun
qo'llanilishi mumkin va iste'mol talabining kamomadi asriy tendensiyaga ega hamda
barcha uchun yagona iste'mol qonuni mavjuddir.
«Kapitalning eng yuqori samaradorligi», qo'shimcha kapital birligi tomonidan
vujudga keltiriladigan bo'lajak foydaning shu birlikka ketgan ishlab chiqarish
chiqimlariga nisbatidir. Keynsning fikricha daromad, foyda keltiradigan narsalar
kapital hisoblanadi (boshqa omillarda ham shunday). Uningcha, kapital noyobligi,
ya'ni cheklanganligi tufayli foyda keltiradi. Kapitalning ko'payishi borasida uning
samaradorligi yoki foydaliligi kamayib boradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida
va kapitalning tez jamlanishi tufayli bir avlod umri davomida «kapitalning eng
yuqori samaradorligi» nolga tenglashishi mumkin, deydi u. Kapitalning
samaradorligi psixologik omillarga bog'liq ekan, endi kapitalistning o'z
korxonasining kelajagiga beradigan bahosi uning qayfiyatiga qarab o'zgaradi.
Keyns foizga alohida e'tibor beradi, uni pul qarzi uchun berilgan haq deb
hisoblaydi. Foiz uningcha muomaladagi pul miqdoriga va «likvidlilik afzalligi»ga
bog'liq (likvidlilik - pulga tez aylana olish, qadrlilik demakdir). Uning miqdori
«likvidlilik
afzalligi»ga
to'g'ri
va
muomaladagi
pul
miqdoriga
teskari
proporsionaldir.
Keynsning fikricha, foiz normasi ma'lum davrga likvidlilikdan, ya'ni
boylikning likvid, pul shaklidan voz kechish hisobiga beriladigan mukofotdir.
Boylikning pul shakli eng harakatchan va qulaydir, shu sababli kapitalist doim o'z
boyligini pul shaklida saqlashga va undan ajralmaslikka intiladi. Mana shu niyat,
mana shu ishtiyoq Keyns tomonidan «likvidlilik afzalligi» deb ataladi. Bu kapitalist
likvid shaklda saqlamoqchi bo'lgan resurslarning miqdori bilan o'lchanadi.
Keynsning umumiy nazariyasida investisiyalarning umumiy bandlik hajmini
aniqlashdagi asosiy roli to'g'risidagi tezis muhimdir. Ular iste'mol talabining etarli
emasligini to'ldirishi (kompensasiyalash) kerak. Bunda ishlab chiqarishni
kengaytirish masalasi iste'mol talabi oshuvidan alohida qaraladi. Investisiyalarning
ko'payishi ishlab chiqarishga qo'shimcha ishchilarni jalb etishga olib keladi, bu esa
bandlik, milliy daromad va iste'mol o'suvini ta'minlaydi. Yangi investisiyalar tufayli
bandlikning dastlabki o'suvi yana qo'shimcha bandlikni vujudga keltiradi, chunki
qo'shimcha ishchilarning talabini qondirish zarurati tug'iladi. Qo'shimcha
bandlikning o'sish koeffisientini Keyns multiplikator deb ataydi, u bir tomondan
investisiyalar o'sishi, ikkinchi tomondan bandlik va daromadlarning o'sishi
o'rtasidagi nisbatni ko'rsatadi. Multiplikatorning formulasi
bunda,
K - multiplikator koeffisienti,
dJw
K dYw
Yw - daromad o'sishi;
Jw - investisiya o'sishi.
Multiplikator «iste'molga eng yuqori moyillik» bilan bog'liq, chunki u iste'molga
ketgan sarflar o'sishining daromadlar o'sishiga nisbatini bildiradi. «Iste'molga eng
yuqori moyillik» qancha yuqori bo'lsa, multiplikator ham shunchalik katta va
demakki, bandlik yaxshi bo'ladi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib,
AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2.5 ga teng ekan. Bu daromadlar o'sishi
investisiyalar ortishidan 2.5 marta ortiq, degani, ya'ni 1 dollar investisiya 2.5 dollar
daromad keltiradi. Olim o'zining iqtisodiy dasturini ilgari suradi. Unga ko'ra Keyns
kapitalistik jamiyatda ishsizlik va inqirozlarning muqarrarligini tan olmaydi. Ammo
kapitalistik tizim mexanizmi bu voqealarni avtomatik ravishda hal etish
imkoniyatiga ega emas. Hozirgi davrda shaxsiy tashabbus asosida echiladigan
masalalarni markazlashgan nazorat asosida hal qilish hayotiy zaruriyatga
aylanmoqda. Bunda davlat soliq tizimi, foiz normasini qisman cheklash, ba'zi
boshqa yo'llar bilan iste'molga moyillikni oshirishga yordam berishi kerak, deydi u.
Hozirgi davr tili bilan aytganda, Keynsning fikricha, bozor iqtisodiyotida talab va
taklif avtomatik tarzda muvozanatga kelmaydi. O'z davrida J.B.Sey va biz yuqorida
ko'rib chiqqan boshqa olimlar bu masalada yagona fikrda bo'lib, har qanday taklif
o'z-o'zidan talabni yaratadi («Bozor qonunlari») degan edilar. Keyns «Sey
qonuni»ga qarshi chiqadi, uni to'g'ri tanqid ostiga oladi.
Xususiy investisiyalarni rag'batlantirish uchun foiz normasini tartibga solish
taklif etiladi. Uningcha, davlat muomaladagi pul miqdorini oshirish yo'li bilan foiz
darajasini tartibga solish imkoniyatiga ega. Muomaladagi pul miqdorini oshirish
amalda inflyasiya (pulning qadrsizlanishi)ni qo'llash demakdir, ammo bunda ssuda
foizi kamayadi va pul ishlab chiqarishga qo'yish uchun rag'batlantiriladi.
To'la bandlikni ta'minlash uchun faqat investisiyalarning emas, balki milliy
daromadni ham tartibga solish taklif etiladi. Buni hal qilish vositasi sifatida
soliqlarga murojaat qilish kerak deyiladi. Aholining «jamg'armalari»ni muomalaga
kiritish maqsadida soliqlarni oshirish talab etiladi va bu omonatlar davlat
investisiyalarini oshirish uchun foydalanilishi mumkin deyiladi. Shu vaqtning o'zida
boylarning solig'ini oshirishga qarshilik qilinadi. Keyns o'z taklifini quyidagicha
tushuntiradi: Mehnatkashlarning soliqlarini oshirishdan maqsad - ularning
«jamg'armalari»ni kamaytirish va iste'molni rag'batlantirishdir. Real ish haqini
pasaytirish uchun inflyasiya asosida narx-navoni oshirish yo'li tavsiya etiladi. Real
ish haqini pasaytirmasdan to'liq bandlikni ta'minlash mumkin emas, degan fikr
ishchilarga uqtiriladi. Daromadlilikning pasayib borishi tufayli bandlikning
birmuncha ortishi ilgari band bo'lganlarning real daromadlari qisqarishi bilan
bog'liq. Keyns ishchilarga murojaat qilib, ish haqini oshirish uchun kurashish kerak
emas, deydi, chunki bu jami real ish haqining ishchilarning turli guruhlari o'rtasida
qayta taqsimlanishiga olib keladi, uning o'rtacha miqdori esa o'zgarmaydi. U ish
haqini «o'zgartirmaslik» siyosatini o'tkazish va shu yo'l bilan narx-navo o'sishi
sababli ish haqini oshirish talablarini yo'qqa chiqarishni taklif etadi. Uningcha,
ishchilar real ish haqining pasayishiga chidashlari kerak, chunki shu yo'l bilan
ishsizlikning oldi olinadi. Kapitalistlarga esa real ish haqini pasaytirishning
ahamiyati tushuntiriladi. Keyns bundan tashqari nominal ish haqini pasaytirishga
ham qarshi emas edi.
Ishsizlik va inqirozlarga qarshi kurash bahonasida unumsiz iste'molning
barcha ko'rinishlari turli yo'llar bilan reklama qilinadi. Iqtisodiyotni harbiylashtirish
bilan birga hukmron sinflarning parazitik iste'molini oshirish ana unday yo'llar
guruhiga kiritiladi.
Keynsni hozirgi davrda hammaga yaxshi tanish ibora bo'lgan «aralash
iqtisodiyot»ning otasi deyish mumkin, bu iqtisodiyotda hukumat hal qiluvchi o'rinni
egallaydi. Sof iqtisodiyot deyarli hech qaysi davlatda yo'q. Keynsning iqtisodiy
g'oyalari birinchi navbatda «buyuk inqiroz» ta'siri ostida paydo bo'ldi. 1929-1933
yillardagi bu buyuk inqiroz Amerikani larzaga keltirdi, ishlab chiqarish yarmiga
(50%)ga qisqardi. 17 mln odam ishsiz edi (25%), 9 mln omonatchi kuyib qoldi. Ana
shunday sharoitda iqtisodiyotni qutqarishning muhim yo'li - hukumat harajatlari
ekanligi ko'rsatib berildi. Keyns o'zining asosiy asarining birinchi satrlaridan
boshlaboq «klassik iqtisodiy maktabga qarshi» ekanligini yozadi (ayniqsa
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi masalasida turli fikrlar mavjud).
Keyns yaratgan sifat jihatidan yangi ta'limotda o'sha davrda aosan shaxsiy
xususiy tashabbusga berilgan masalalarni nazorat qilish uchun markazlashgan
nazoratni yaratishni hayotiy zarurat ekanligi ko'rsatiladiDavlat iste'molga moyillikni
oshirish uchun , qisman , mazkur soliqlar tizimi orqali, qisman foiz normasini
belgilash va boshqa mumkin bo'lgan usullar yordamida o'z rahbarlik ta'sirini
o'tkazishi kerak bo'ladi. chunki mavjud sistema (tizim) eng muhimi hozirda
ishlayotganlar mehnatini taqsimlashda emas, balki bandlik hajmini aniqlashda
yaroqsiz bo'lib qoldi, deb yozadi Keyns.
Albatta to'la bandlikni ta'minlashga zarur bo'lgan markazlashgan nazorat
muassasalari tufayli davlatning an'naviy funksiyalarini ancha kengaytirishni talab
etadi. Ammo shu bilan birga, shaxsiy tashabbus va ma'suliyatni amalga oshirish
uchun keng imkoniyatlar ham doim mavjud bo'ladi, deb o'qtiradi u davlat tomonidan
iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi davlat investisiyalari uchun
mablag'lar topish, aholini ish bilan to'la band qilish va foiz normasini qat'iy
belgilashga bog'liq bo'ladi.Foiz stavkalari qanchalik past bo'lsa, bu investisiyalarga
rag'batni shunchalik oshiradi, investision talab oshadi, bandlik o'sadi, ishsizlik
yo'qolib boradi.
Ishlab chiqarish omillari (kapital, mehnat, er) qanchalik to'la jalb etilsa,amalda
o'sib boruvchi boholarga ega bo'lamiz (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar to'liq
foydalanilmagan paydo boholarning mo''tadilligi saqlanish mumkin.
Keyns nazariyasi bo'yicha massasini 2 marta oshirish boholarning 2marta oshuviga
olib kelmaydi. Etakchi iqtisodchilar fikricha, «Keynscha inqilob haqiqatda ro'y
bergan».
2. Keynchilar va neokeynschilar
J.M.Keyns g'oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va uch
oqimga ajraldi, biz oqimlarni keynschilik deb ataymiz.
Keyns ta'limoti ayniqsa AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard universiteti
professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Xarris, J.M.Klarklarning asarlarida bu
g'oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi keynschilik, keyinroq esa ortodoksal
keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to'liq qabul qilindi, ammo masalan,
Xansen tomonidan stagnasiya nazariyasi bilan to'ldirildi.
Xansenning fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-
qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi tufaylidir. Davlat
xarajatlarini o'stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning fikricha ish
haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuningdek
«me'yordagi inflyasiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini to'ldirdilar.
Multiplikatorlar ta'siri keyingi qator davrlarda ham bo'ladi, ya'ni uni uzluksiz
jarayon deb qaradilar.
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni
tushuntirishga harakat qiladilar. Ular multiplikator prinsipini akselerasiya prinsipi
bilan to'ldirdilar. Bu prinsipga ko'ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o'sishi
investisiyalar o'sishiga olib kelishini ko'rsatuvchi koeffisient (multiplikator
tushunchasiga teskari). Multiplikator prinsipiga ko'ra investisiyaning qanday
ishlatilishi juda muhim ahamiyatga ega emas, u ish bilan bandlikni ta'minlab,
daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar esa investisiyaning qanday
ishlatilishiga katta e'tibor berib, industrlashgan investisiya tushunchasini kiritdilar.
Akselerator investisiya o'sishining daromad o'sishiga, ya'ni investisiyadan keyingi
va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba'zi bir asbob-uskuna, mashina va
mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab etiladi, shu muddatni
kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta'sir
etadi, bu esa real talabdan ortiq bo'ladi va investisiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g'oyalariga asoslanib iqtisodiyotning uzluksiz
o'sish sxemasi ishlab chiqildi, uning asosida davlat kapital qo'yilmalari yotadi.
Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibga solinadigan bosh mexanizm
hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o'sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi. Davlat
to'lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o'sish davrida kamayadi. Shu yo'l
bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi me'yorlashadi. Bunda xususiy kapital
qo'yilmalarini tartibga solish va davlat harajatlarini sharoitga qarab o'zgartirish
chegaralari ham belgilanadi. O'sish davrida davlat harajatlarini cheklash, inqirozlar
davrida uni oshirish va shu yo'l bilan xususiy harajatlarni kompensasiyalash taklif
etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni kon'yunkturani me'yorlashning eng yaxshi
vositasi deb qaraladi (AQShda harbiy harajatlar doim yuqori bo'lishiga e'tibor
bering).
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlari. XX asrning 40-yillari Keyns g'oyalari
Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g'oyalarini to'laligicha (G.Ardan,
P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham bo'ldi. Ba'zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga
solishni samarasiz deb hisobladilar, bundan ko'ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif
etildi. Bunda davlat yo'li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy
manfaatlariga moslashtirish kerak deyiladi. Fransuz olimlari imperativ va indikativ
rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv xarakterga ega (sosialistik
rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja markazi asosiy maqsadlarni belgilaydi
va turli uslublar bilan tadbirkorlarni ma'lum hatti-harakatlarga yo'naltiradi. Ular
faqat davlat sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya
va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qo'llaniladi). Uzoq
muddatli prognozlar va rejalar tuzish keng qo'llanilmoqda (bu haqda to'laroq
ma'lumot quyida beriladi).
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlarning oldini olishga qaratilgan
edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSh va boshqa mamlakatlarda bu inqirozlar
davom etmoqda. 1948-49, 1953-54, 1957-58, 1960-61, 1967, 1969-71, 1974-75 va
1981-82 yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.
Bular Keyns ta'limotini tanqid qilish uchun asos bo'ldi. Masalan, S.Xarrisning
fikricha, Keyns barcha qiyinchiliklarni hisobga ola olmagan, masalan, to'la
bandlikka erishish haqida gap boradi-yu, qanday qilib uni doimo ta'minlash haqida
taklif yo'q, inflyasiyaning eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi
ham berilmagan.