Jorj Bize ijodi (1838-1875)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

28,9 KB


Jorj Bize ijodi (1838-1875)
 
1. J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari.
2. Jorj Bizening estetik qarashlari.
3. J.Bizening musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.
4. Jorj Bizening “ Karmen” operasi .
 J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. Jorj Bize — XIX asrning
ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan buyuk frantsuz kompozitori. U musiqiy teatrlar
uchun  yaratilgan  eng  a’lo  ijod  namunalari  —  «Karmen»  operasi  va  Alfons
Dodening «Arlezianka» dramasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir.
Kompozitor nixoyatda qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da (u o’ttiz etti yoshga xam
to’lmagan edi), musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo’ldi. Bize
opera san’atining buyuk namoyandasi bo’lib etishdi. Bizening opera san’ati milliy
zaminda yaratilgan bo’lsa-da, u jahon san’atida xar doim etakchi o’rinlardan birini
egallab kelgan frantsuz opera teatrlari an’analariga tayangan edi.
XIX asrning 60-yillarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan «katta»
opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko’ngilochar tomoshaga, lirik
operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy
ijodiy yutuqlari teatr bilan bog’langan bo’lib, u teatr uchun o’zining eng yaxshi
asarlarini yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: «Men simfoniya uchun tug’ilgan
emasman, menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman», degan edi.
Faqat operadagina Bizening dahosi, uning dono, tiniq va xaq-qoniy mahorati
xalq  orasidan  chiqqan  oddiy  kishilarning  katta  fojiasini,  hayotning  go’zal
manzaralarini, uning yorqin xamda qorong’i tomonlarini ko’rsatishdagi mahorati
to’la ochildi.
Logotip
Jorj Bize ijodi (1838-1875) 1. J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. 2. Jorj Bizening estetik qarashlari. 3. J.Bizening musiqaviy dramaturgiya tamoyillari. 4. Jorj Bizening “ Karmen” operasi . J.Bizening asosiy obrazlari doirasi va mavzulari. Jorj Bize — XIX asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan buyuk frantsuz kompozitori. U musiqiy teatrlar uchun yaratilgan eng a’lo ijod namunalari — «Karmen» operasi va Alfons Dodening «Arlezianka» dramasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir. Kompozitor nixoyatda qisqa umr ko’rgan bo’lsa-da (u o’ttiz etti yoshga xam to’lmagan edi), musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo’ldi. Bize opera san’atining buyuk namoyandasi bo’lib etishdi. Bizening opera san’ati milliy zaminda yaratilgan bo’lsa-da, u jahon san’atida xar doim etakchi o’rinlardan birini egallab kelgan frantsuz opera teatrlari an’analariga tayangan edi. XIX asrning 60-yillarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan «katta» opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko’ngilochar tomoshaga, lirik operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy ijodiy yutuqlari teatr bilan bog’langan bo’lib, u teatr uchun o’zining eng yaxshi asarlarini yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: «Men simfoniya uchun tug’ilgan emasman, menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman», degan edi. Faqat operadagina Bizening dahosi, uning dono, tiniq va xaq-qoniy mahorati xalq orasidan chiqqan oddiy kishilarning katta fojiasini, hayotning go’zal manzaralarini, uning yorqin xamda qorong’i tomonlarini ko’rsatishdagi mahorati to’la ochildi.
Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning
taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi.
Yorqin xayotiy bo’yoqlarga, o’tkir syujetlarga moyillik, Bizening Janub va
Sharq xalqlarini ko’proq tasvirlashga olib keldi. «Javohir izlovchilar», «Jamila»,
provansalcha «Arlezianka» va ispancha-tsigancha «Karmen» singari sharqona ruh
bilan yo’g’rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelgan edi.
  Ispaniya va Sharq xalqlari hayotini aks ettirar ekan, Bize milliy ohanglardan
foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go’zal asarlarini yaratadi. Bize
XIX asr kompozitorlari orasida o’zining xalqsevarligi va «Karmen» operasi bilan
jahon musiqa madaniyati iftixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan ijodkorlar
toifasiga mansubdir.
Jorj Bize (Bizet, Georges) (1838—1875). Aleksandr Tsezar Leopold Bize (u
cho’qinayotgan  paytda  Jorj  nomini  olgan)  1838-yil  25-oktabrda  Parijda
musiqachilar  oilasida  dunyoga  kelgan.  Uning  otasi  va  ona  tomonidan  bobosi
ashuladan dars berishgan. Bizening musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo’lgan.
U to’rt yoshga kirganidayoq, yaqinlari musiqiy salohiyati va noyob xotirasini sezib
qolishgan. To’qqiz yoshida Bize Parij konservatoriyasiga o’qishga kiradi. U A. F.
Marmontelning  fortepiano  sinfida,  P.  Simmerman,  J.  F.  Galevilarning
kompozitsiya sinflarida muvaffaqiyat bilan o’qidi. Galevi sinfida Bize opera janri
bilan  yaqindan  tanishib,  bu  sohani  umrining  oxirigacha  xam  tark  etmadi.
Keyinchalik Galevining ukasi Leon, kompozitorning jiyani Lyudovik Bize bilan
uning librettochisi sifatida hamkorlik qilishdi.
Bizega frantsuz lirik operasining yirik ustasi Sharl Guno katta ta’sir ko’rsatdi.
Bize  Gunodan  kompozitsiya  sirlarini  o’rgandi.  Guno  opera  musiqasining  eng
yaxshi tomonlari Bizening ijodiy uslubiga ta’sir o’tkazmasdan qolmas edi.
Konservatoriya  yillarida  yaratilgan  asarlar  orasida  do  major  simfoniyasi
e’tiborga  sazovor.  Bize  konservatoriyada  o’qib  yurgan  yillarida  do  major
simfoniyasidan tashqari, bir aktli komik operasi «Doktorning uyi» va orkestr uchun
lya major uvertyurasini xam yaratadi. Konservatoriyani bitirish yili (1857) «Klovis
va Klotilda» kantatasi  uchun Bize  Nafis  san’at  akademiyasi  tomonidan ta’sis
etilgan Rim mukofotini oladi. Bu mukofot yosh musiqachiga davlat stipendiyasini
Logotip
Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi. Yorqin xayotiy bo’yoqlarga, o’tkir syujetlarga moyillik, Bizening Janub va Sharq xalqlarini ko’proq tasvirlashga olib keldi. «Javohir izlovchilar», «Jamila», provansalcha «Arlezianka» va ispancha-tsigancha «Karmen» singari sharqona ruh bilan yo’g’rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelgan edi. Ispaniya va Sharq xalqlari hayotini aks ettirar ekan, Bize milliy ohanglardan foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go’zal asarlarini yaratadi. Bize XIX asr kompozitorlari orasida o’zining xalqsevarligi va «Karmen» operasi bilan jahon musiqa madaniyati iftixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan ijodkorlar toifasiga mansubdir. Jorj Bize (Bizet, Georges) (1838—1875). Aleksandr Tsezar Leopold Bize (u cho’qinayotgan paytda Jorj nomini olgan) 1838-yil 25-oktabrda Parijda musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi va ona tomonidan bobosi ashuladan dars berishgan. Bizening musiqiy qobiliyati juda erta namoyon bo’lgan. U to’rt yoshga kirganidayoq, yaqinlari musiqiy salohiyati va noyob xotirasini sezib qolishgan. To’qqiz yoshida Bize Parij konservatoriyasiga o’qishga kiradi. U A. F. Marmontelning fortepiano sinfida, P. Simmerman, J. F. Galevilarning kompozitsiya sinflarida muvaffaqiyat bilan o’qidi. Galevi sinfida Bize opera janri bilan yaqindan tanishib, bu sohani umrining oxirigacha xam tark etmadi. Keyinchalik Galevining ukasi Leon, kompozitorning jiyani Lyudovik Bize bilan uning librettochisi sifatida hamkorlik qilishdi. Bizega frantsuz lirik operasining yirik ustasi Sharl Guno katta ta’sir ko’rsatdi. Bize Gunodan kompozitsiya sirlarini o’rgandi. Guno opera musiqasining eng yaxshi tomonlari Bizening ijodiy uslubiga ta’sir o’tkazmasdan qolmas edi. Konservatoriya yillarida yaratilgan asarlar orasida do major simfoniyasi e’tiborga sazovor. Bize konservatoriyada o’qib yurgan yillarida do major simfoniyasidan tashqari, bir aktli komik operasi «Doktorning uyi» va orkestr uchun lya major uvertyurasini xam yaratadi. Konservatoriyani bitirish yili (1857) «Klovis va Klotilda» kantatasi uchun Bize Nafis san’at akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan Rim mukofotini oladi. Bu mukofot yosh musiqachiga davlat stipendiyasini
ta’minladi va unga uch yil davomida xorijiy mamlakatlarda badiiy mahorat sirlarini
egallash imkoniyatini berdi.
Konservatoriyani tugatgach, Bize o’zining fortepiano bo’yicha o’qituvchisi
A.F. Marmontelning ta’biri bilan aytganda, «katta musiqachi» bo’lib etishdi. Guno
va Galevi  singari  opera janrining ikki  yirik ustasi  rahbarligida Bize XIX asr
o’rtalaridagi frantsuz opera madaniyati an’analari bilan tanishdi.
Bizening  uch  yil  davomida  Italiyada  yashashi  (1858—1860)  yosh
kompozitorning  dunyoqarashiga  kuchli  ta’sir  ko’rsatdi.  Rim  mukofoti
sovrindorlarining doimiy uchrashuv joyi Rimdagi Medichi villasi edi. Bu erda Bize
Marmontelning  shogirdi  Ernest  Giro  bilan  do’stlashadi.  Keyinroq  Giro  Parij
konservatoriyasida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Uning sinfidan Klod Debyussi va Pol
Dyuka singari kompozitorlar etishib chiqadi. Eng yaxshi asarlari Giro nomi bilan
bog’langan,  ulardan  biri  —  «Karmen»  operasi.  Bize  vafotidan  keyin  Giro
kompozitorning uslub qirralarini saqlab qolgan holda operaga rechitativ yozadi va
uni o’zi orkestrga moslashtiradi. Giro Alfons Dodening «Arlezianka» dramasiga
orkestr uchun ikkinchi syuitani tuzadi.
Italiyada Bize ikki ko’rinishdan iborat komik opera «Don Prokopio», «Vasko
da Gama», «Te Deum» qasida-simfoniyalarini yaratadi.
1869-yilda  Bize  Parijga  qaytadi.  1862-yilda  u  «Lirik  teatr»dan  «Javohir
izlovchilar» operasi uchun taklif oladi. Bu opera 1863-yilda qo’yilgan va muallifga
katta  muvaffaqiyatlar  keltirgan  edi.  «Javohir  izlovchilar»  operasida  frantsuz
kompozitorining Sharq ekzotikasi bilan qiziqishlari o’z ifodasini topgan. Asl sharq
ohanglaridan foydalanmasdan  turib xam  Bize  alohida  olingan  sharq koloritini
xaqqoniy va maftunkor tarzda ko’rsata olgan.
Bizening navbatdagi opera asari «Ivan Grozno’y» besh ko’rinishli katta opera
bo’ldi. U «Grand Opera» teatrining buyurtmasi edi. Opera partiturasi 1865-yilda
tugallangan bo’lishiga qaramay, Parij teatrlari uni rad etishgan edi. Operaning
librettosi  ancha  muvaffaqiyatsiz  chiqadi,  chunki  tarixiy  xaqiqatdan  bir  qadar
uzoqroq bo’lgan. «Katta opera» janrining o’zi kuchaytirilgan ehtiroslar, tashqi
tomoshabop ko’rinishlariga qaramay, Bize uchun yot edi. «Ivan Grozno’y»dan
keyin Bize «katta opera» janri bilan boshqa shug’ullanmaydi.
 
Logotip
ta’minladi va unga uch yil davomida xorijiy mamlakatlarda badiiy mahorat sirlarini egallash imkoniyatini berdi. Konservatoriyani tugatgach, Bize o’zining fortepiano bo’yicha o’qituvchisi A.F. Marmontelning ta’biri bilan aytganda, «katta musiqachi» bo’lib etishdi. Guno va Galevi singari opera janrining ikki yirik ustasi rahbarligida Bize XIX asr o’rtalaridagi frantsuz opera madaniyati an’analari bilan tanishdi. Bizening uch yil davomida Italiyada yashashi (1858—1860) yosh kompozitorning dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Rim mukofoti sovrindorlarining doimiy uchrashuv joyi Rimdagi Medichi villasi edi. Bu erda Bize Marmontelning shogirdi Ernest Giro bilan do’stlashadi. Keyinroq Giro Parij konservatoriyasida o’qituvchi bo’lib ishlaydi. Uning sinfidan Klod Debyussi va Pol Dyuka singari kompozitorlar etishib chiqadi. Eng yaxshi asarlari Giro nomi bilan bog’langan, ulardan biri — «Karmen» operasi. Bize vafotidan keyin Giro kompozitorning uslub qirralarini saqlab qolgan holda operaga rechitativ yozadi va uni o’zi orkestrga moslashtiradi. Giro Alfons Dodening «Arlezianka» dramasiga orkestr uchun ikkinchi syuitani tuzadi. Italiyada Bize ikki ko’rinishdan iborat komik opera «Don Prokopio», «Vasko da Gama», «Te Deum» qasida-simfoniyalarini yaratadi. 1869-yilda Bize Parijga qaytadi. 1862-yilda u «Lirik teatr»dan «Javohir izlovchilar» operasi uchun taklif oladi. Bu opera 1863-yilda qo’yilgan va muallifga katta muvaffaqiyatlar keltirgan edi. «Javohir izlovchilar» operasida frantsuz kompozitorining Sharq ekzotikasi bilan qiziqishlari o’z ifodasini topgan. Asl sharq ohanglaridan foydalanmasdan turib xam Bize alohida olingan sharq koloritini xaqqoniy va maftunkor tarzda ko’rsata olgan. Bizening navbatdagi opera asari «Ivan Grozno’y» besh ko’rinishli katta opera bo’ldi. U «Grand Opera» teatrining buyurtmasi edi. Opera partiturasi 1865-yilda tugallangan bo’lishiga qaramay, Parij teatrlari uni rad etishgan edi. Operaning librettosi ancha muvaffaqiyatsiz chiqadi, chunki tarixiy xaqiqatdan bir qadar uzoqroq bo’lgan. «Katta opera» janrining o’zi kuchaytirilgan ehtiroslar, tashqi tomoshabop ko’rinishlariga qaramay, Bize uchun yot edi. «Ivan Grozno’y»dan keyin Bize «katta opera» janri bilan boshqa shug’ullanmaydi.
2--:
 Estetik  qarashlari.1866—1871-yillar  oralig’ida  Bize  o’zining  yagona
musiqiy-tanqidiy asari  «Musiqa  xaqida  suxbatlar»ni  yozadi.  U musiqa  san’ati
muammolariga bag’ishlangan edi. Maqolada Bize san’atning asosiy muammolari
ustida  to’xtaydi:  san’atning  buyuk  emotsional  kuchini  tasdiqlaydi,  shu  bilan
birgalikda  o’zi  uchun  zamondosh  bo’lgan  Ikkinchi  Frantsiya  imperiyasida
san’atning ayanchli o’rni va ahvolini ko’rsatib beradi. Bize san’atdagi akademizm
va eskilikka qarshi chiqadi, san’atdan hayotni jur’at va iqtidor bilan tasvirlashni
talab qiladi. Maqolada Bize Verdini himoya qilib chiqadi. Akademik guruhlar uni
qo’pollik xamda nafosatdan holilikda ayblashayotgan edi.
 O’z ijodiy izlanishlari, birinchi navbatda, opera janrida Bize o’sha davrning
eng ulug’ opera kompozitorlari (Verdi, Vagner, Chaykovskiy) hayollarini band
etgan  ideal  —  musiqiy  dramaga  kirishi  kerak  edi.  Bizening  e’tirof  etishicha,
mavjud «katta opera» unga o’lik janr bo’lib ko’rinar, lirik opera meshchanlarga xos
chegaralanganligi  bilan  achchig’ini  keltirar,  komik  opera  boshqalaridan  ko’ra
ko’proq islohotga muhtoj edi. U o’zidagi demokratik unsurlari bilan diqqatga
sazovor bo’lgan.
60-yillarning eng ko’zga ko’ringan asari Valter Skottning  romani asosida
yaratilgan «Pert go’zali» operasi bo’ldi. Opera 1867-yilda «Lirik teatr»da qo’yilgan
va katta muvaffaqiyat qozongan. Opera qaxramonlari oddiy kishilar: temirchi Smit,
qo’lqop tikuvchi Simon Glover va uning qizi Katarina, lo’li qiz Mab edi. Bize
«Karmen»  va  «Arlezian  qizi»dan  xam  ustunroq  bo’lgan  yorqin  maishiy  va
ommaviy sahnalar yaratadi 1870-yilda frank-pruss urushi boshlanadi. Bize Milliy
Gvardiya qo’shinlari safida bo’ladi.
Bizening  vatanparvarlik  tuyg’ulari  Gyugoning  «Frantsiya  uchun  qurbon
bo’lganlar» she’ri  asosidagi  qo’shig’ida o’z ifodasini  topgan. 1871-yilda Parij
kommunasi e’lon qilinadi, uni Bize qabul qila olmaydi, zero, u siyosiy hayotdan
ancha uzoq bo’lgan burjuaziya tarbiyasidagi kishi edi.
 
3--:
 Musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.So’nggi besh yillikdagi asarlarga — xalq
hayotidan olingan musiqiy dramalar «Arlezian qizi», «Karmen», «Jamila» lirik-
Logotip
2--: Estetik qarashlari.1866—1871-yillar oralig’ida Bize o’zining yagona musiqiy-tanqidiy asari «Musiqa xaqida suxbatlar»ni yozadi. U musiqa san’ati muammolariga bag’ishlangan edi. Maqolada Bize san’atning asosiy muammolari ustida to’xtaydi: san’atning buyuk emotsional kuchini tasdiqlaydi, shu bilan birgalikda o’zi uchun zamondosh bo’lgan Ikkinchi Frantsiya imperiyasida san’atning ayanchli o’rni va ahvolini ko’rsatib beradi. Bize san’atdagi akademizm va eskilikka qarshi chiqadi, san’atdan hayotni jur’at va iqtidor bilan tasvirlashni talab qiladi. Maqolada Bize Verdini himoya qilib chiqadi. Akademik guruhlar uni qo’pollik xamda nafosatdan holilikda ayblashayotgan edi. O’z ijodiy izlanishlari, birinchi navbatda, opera janrida Bize o’sha davrning eng ulug’ opera kompozitorlari (Verdi, Vagner, Chaykovskiy) hayollarini band etgan ideal — musiqiy dramaga kirishi kerak edi. Bizening e’tirof etishicha, mavjud «katta opera» unga o’lik janr bo’lib ko’rinar, lirik opera meshchanlarga xos chegaralanganligi bilan achchig’ini keltirar, komik opera boshqalaridan ko’ra ko’proq islohotga muhtoj edi. U o’zidagi demokratik unsurlari bilan diqqatga sazovor bo’lgan. 60-yillarning eng ko’zga ko’ringan asari Valter Skottning romani asosida yaratilgan «Pert go’zali» operasi bo’ldi. Opera 1867-yilda «Lirik teatr»da qo’yilgan va katta muvaffaqiyat qozongan. Opera qaxramonlari oddiy kishilar: temirchi Smit, qo’lqop tikuvchi Simon Glover va uning qizi Katarina, lo’li qiz Mab edi. Bize «Karmen» va «Arlezian qizi»dan xam ustunroq bo’lgan yorqin maishiy va ommaviy sahnalar yaratadi 1870-yilda frank-pruss urushi boshlanadi. Bize Milliy Gvardiya qo’shinlari safida bo’ladi. Bizening vatanparvarlik tuyg’ulari Gyugoning «Frantsiya uchun qurbon bo’lganlar» she’ri asosidagi qo’shig’ida o’z ifodasini topgan. 1871-yilda Parij kommunasi e’lon qilinadi, uni Bize qabul qila olmaydi, zero, u siyosiy hayotdan ancha uzoq bo’lgan burjuaziya tarbiyasidagi kishi edi. 3--: Musiqaviy dramaturgiya tamoyillari.So’nggi besh yillikdagi asarlarga — xalq hayotidan olingan musiqiy dramalar «Arlezian qizi», «Karmen», «Jamila» lirik-