JUFT KORRELYATSION TAHLIL

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

4

File size

Fayl hajmi

106,6 KB


JUFT KORRELYATSION TAHLIL
1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish.
2. Korrelyatsiya koeffitsiyentining turlari: juft, Pirson, Fexner va Spirman.
3. Korrelyatsiya koeffitsiyentini о‘zgarish intervallari va Cheddok shkalasi.
Tayanch  iboralar:  bog‘lanish,  korrelyatsion  bog‘lanish,  chiziqli,  chiziqsiz
bog‘lanish, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli.
1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish
Ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlar  о‘rtasidagi  о‘zaro  bog‘lanishlarni  о‘rganish
ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir. 
Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki kо‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri bog‘liq
bо‘lmagan о‘zgaruvchilar, ikkinchisi bog‘liq о‘zgaruvchilar hisoblanadi. 
Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning о‘zgarishiga sababchi
bо‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa
natijaviy belgilar deyiladi.
Masalan,  iste’molchining  daromadi  ortib  borishi  natijasida  uning  tovar  va
xizmatlarga bо‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi,
unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil
qiymatlari  mos  keladigan  bog‘lanish  korrelyatsion  bog‘lanish  yoki  munosabat
deyiladi. 
Korrelyatsion  bog‘lanishning  xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  bunda
omillarning tо‘liq soni noma’lumdir.  Shuning uchun bunday bog‘lanishlar tо‘liqsiz
hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Logotip
JUFT KORRELYATSION TAHLIL 1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish. 2. Korrelyatsiya koeffitsiyentining turlari: juft, Pirson, Fexner va Spirman. 3. Korrelyatsiya koeffitsiyentini о‘zgarish intervallari va Cheddok shkalasi. Tayanch iboralar: bog‘lanish, korrelyatsion bog‘lanish, chiziqli, chiziqsiz bog‘lanish, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli. 1. Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda bog‘liqliklar turlarini о‘rganish Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanishlarni о‘rganish ekonometrika fanining muhim vazifalaridan biridir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki kо‘rsatkichlar ishtirok etadi, biri bog‘liq bо‘lmagan о‘zgaruvchilar, ikkinchisi bog‘liq о‘zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi turdagi belgilar boshqalariga ta’sir etadi, ularning о‘zgarishiga sababchi bо‘ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, iste’molchining daromadi ortib borishi natijasida uning tovar va xizmatlarga bо‘lgan talabi oshadi. Bu bog‘lanishda talabning ortishi natijaviy belgi, unga ta’sir etuvchi omil, ya’ni daromad esa omil belgidir. Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog‘lanish korrelyatsion bog‘lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog‘lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning tо‘liq soni noma’lumdir. Shuning uchun bunday bog‘lanishlar tо‘liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Korrelyatsiya  sо‘zi  lotincha  correlation sо‘zidan  olingan  bо‘lib,  о‘zaro
munosabat, muvofiqlik, bog‘liqlik degan ma’noga ega.
Ikki  hodisa  yoki  omil  va  natijaviy  belgilar  orasidagi  bog‘lanish  juft
korrelyatsiya deb ataladi.
Korrelyatsion bog‘lanishlarni о‘rganishda ikki toifadagi masalalar kо‘ndalang
bо‘ladi. Ulardan biri о‘rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya’ni
kuchli yoki kuchsiz) bog‘lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion
tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrrelyatsion  tahlil  deb  hodisalar  orasidagi  bog‘lanish  zichlik  darajasini
baholashga aytiladi.
Omillarning  о‘zaro  bog‘lanishi  2  turga  bо‘linadi:  funksional  bog‘lanish  va
korrelyatsion bog‘lanish.
1.-rasm. Bog‘lanish turlari
Yunalishlarning  о‘zgarishiga  qarab, bog‘lanishlar ikki turga bо‘linadi: tо‘gri
bog‘lanish va teskari bog‘lanishlar.
Analitik  ifodalarning  kо‘rinishlariga  qarab  ham  bog‘lanishlar  ikki  turga
bо‘linadi: tо‘g‘ri chiziqli va chiziksiz bog‘lanishlar.
Fuksional bog‘lanishlarda bir о‘zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa
о‘zgaruvchi belgining anik bitta qiymati mos keladi.
Logotip
Korrelyatsiya sо‘zi lotincha correlation sо‘zidan olingan bо‘lib, о‘zaro munosabat, muvofiqlik, bog‘liqlik degan ma’noga ega. Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog‘lanish juft korrelyatsiya deb ataladi. Korrelyatsion bog‘lanishlarni о‘rganishda ikki toifadagi masalalar kо‘ndalang bо‘ladi. Ulardan biri о‘rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (ya’ni kuchli yoki kuchsiz) bog‘lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi. Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog‘lanish zichlik darajasini baholashga aytiladi. Omillarning о‘zaro bog‘lanishi 2 turga bо‘linadi: funksional bog‘lanish va korrelyatsion bog‘lanish. 1.-rasm. Bog‘lanish turlari Yunalishlarning о‘zgarishiga qarab, bog‘lanishlar ikki turga bо‘linadi: tо‘gri bog‘lanish va teskari bog‘lanishlar. Analitik ifodalarning kо‘rinishlariga qarab ham bog‘lanishlar ikki turga bо‘linadi: tо‘g‘ri chiziqli va chiziksiz bog‘lanishlar. Fuksional bog‘lanishlarda bir о‘zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa о‘zgaruvchi belgining anik bitta qiymati mos keladi.