JUZEPPE VERDI (1813-1901)
Reja:
1.Ijodini davrlashtirilishi.
2.«Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir.
3.Verdining siyosiy faoliyati.
4.«Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan.
5.JUZEPPINA STREPPONI
Juzeppe Verdi ijodi jahon opera san’atining eng katta yutuqlaridan biri bo’lib,
19-asrda italyan operasi rivojlanishining cho’qqisi hisoblanadi. U 26 ta opera,
rekviem, torli kvartet va bir qancha durdona asarlar yaratdi. Bastakorning eng yaxshi
operalari: “Bal- maskarad”, “Rigoletto”, “Trubadur”, “Traviata” va ijodining
cho’qqisi hisoblangan “Aida”, “Otello”, “Falstaf” operalaridir.
Kompozitorning tarjimai holi. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10-oktabrida
Busseto shaharchasi (avvallari Parma gertsogligi) yaqinidagi Le-Ronkole
qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi Karlo Verdi mehmonxona restoranini
yuritgan, onasi Luidja Uttini ip yigiruvchi bo’lgan. Qashshoqlikda yashagan oilada
Juzeppening bolalik davri og’ir kechgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk
marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u
ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Petro
Baystrokkining qo’lida o’qiydi va spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi
Verdini shahar maktabida o’qitish uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba
kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi
bo’lib ishlardi.
Juzeppe taqdirida Antonio Baretstsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar
bo’lsa-da, musiqa uning hayotida jiddiy o’ringa ega edi. Juzeppening buyuk
bastakor bo’lib etishishiga ishongan Baretsi Verdini idora xodimi va savdo ishlarida
hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli bo’lsa-da, og’ir emas edi,
musiqa bilan shug’ullanish uchun esa vaqt bemalol bo’lardi. Verdi ishtiyoq bilan
partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda ishtirok etar, havaskor
musiqachilarga partiyalarni o’rganishlari uchun ko’maklashardi.
Busseto musiqachilari orasida Ferdinando Provezi etakchi mavqe tutardi, u soborda
organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib ishlardi.
U Verdini kompozitsiya va dirijyorlik texnikasining asoslari bilan tanishtirdi, uning
musiqiy-nazariy bilimlarini boyitdi, organ chalish mahoratini takomillashuviga
yordam berdi. O’smirdagi katta musiqiy iste’dodga ishonch bildirib, uning porloq
kelajagini bashorat qildi. Italiyadagi eng yaxshi o’quv yurtlaridan biri — Milan
konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi. Milanga borish va
konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida) Verdi 600 lira hajmida
stipendiya olar edi. Bunga Baretstsi xam shaxsiy jamg’armasidan bir ozgina mablag’
qo’shib turardi.
1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri,
Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan
konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul
qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqatsizlikni ko’rsatadi.
Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning
birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini
izlash bo’ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani
tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi.
Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini
yaratib bergani bo’ldi.
Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. Yosh
Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish
qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining
repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi.
Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy debyuti juda katta rol o’ynadi.
Avstriyalik kompozitor Iosif Gaydnning «Dunyoning yaratilishi» oratoriyasi
repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning barchasi
esa o’z joylarida edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat rahbari P.
Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni iltimos
qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat qilgan
edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam etib
keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya jamiyati
boshlig’i, shu bilan birga, teatrning direktori bo’lgan Mazini berdi. Verdining
dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan librettosi turar
edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’l-madi.
Ijodini davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi. Ona diyor
— Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun ishlay
boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori
lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning
musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar edi. Antoni Baretstsi Juzeppega
qizi Margarita pianino saboqlarini berishni so’raydi. Ikki yoshning qalblarida
muxabbat uyg’onib, 1836-yilning bahorida Verdining Margarita Baretstsi bilan
nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto Filarmoniya jamiyatida tantanali
nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi. 1837-yil martida qizi Virjiniya
Mariya Luiza (26 marta 1837 — 12 avgusta 1838), 1838-yil iyulida o’g’li Itsilio
Romano (11 iyulya 1838 — 22 oktyabrya 1839) dunyoga keladi. Verdi o’zining
birinchi operasi ustida ishlayotganida, ikkala bola ham go’dakligida vafot etadi.
Biroz vaqt o’tgach (1840 yil 18 iyun) 26 yoshida, bastakorning rafiqasi Margarita
bosh miya yallig’lanishidan vafot etadi
1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar
(yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi
bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini
qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini
Filodramatik teatrning emas, balki Lavinya teatrining direk-tori edi. Bu ishlarda
ko’p foydasi tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi.
«Oberto»ning prem’erasi 1839-yil 17-noyabrda bo’lib o’tadi va katta
muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u
ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi
«Soxta Stanislav» komik operasini yaratadi, opera 1840-yilda qo’yiladi, biroq
shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi
fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod
qilish istagi umuman qolmaydi.
«Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida eng
yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha,
teatrda ko’pdan beri bun-ay gulduros va hayajonli qarsaklar bo’lmagan edi.
Ko’rinishlar so’nggida butun omma o’rnidan turadi va kompozitorni qizg’in
tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor-
yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik
bilan qarshi olishgan edi. Endi esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan
ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro etiladi. Bu «La
Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda ediki, Verdi «Nabukko»da o’z
vatandoshlarining eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira
olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan.
«Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch
taqib yurganlar timsolida zamonaviy Italiyaning vatanparvarlari tasvirlangan. Opera
g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun
mamlakat bo’ylab katta g’alaba qozonishiga asos bo’ldi. Biroq, operaning
vatanparvarlik mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular
postanovkaning amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga
tegishli o’zgarishlar kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat
berishdi.
«Lombardliklar» prem’erasi «La Skala» teatrida 1843-yil 11-fcvralda bo’lib
o’tdi. Spektakl yorqin siyosiy namoyish bilan uyg’unlashib ketgan edi, bu hol
Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori
Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul
qilingan edi.
«Lombardliklar»ning Milandagi namoyishidan keyin Italiyaning boshqa
shaharlarida xam muvaffaqiyat bilan qo’yila boshlandi. U Evropaning boshqa
mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada xam qo’yilgan edi. «Nabukko» va
«Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri-
biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki
buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini
kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya
qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon
do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam
Piavening librettosi asosida yaratilgan.
Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha
adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va
shoiri Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo
«Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi.
«Ernani» dramasi dastlab Parijda 1830-yilning fevralida qo’yildi. «Ernani»
ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt
ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart
kuni Venetsiyadagi «La Feniche» teatrida bo’lib o’tadi. U juda katta zafarga
erishadi. Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi:
Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni eslatar, suiqasd
qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or-
nomusi va jasoratini ulug’lash vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’atib yuborardi.
«Ernani»ning tomoshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar edi. O’sha
yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli edi: prem’era ketidan prem’era
qo’yilardi. «Ernani»ning prem’erasidan sakkiz oy xam o’tmasdan, 1844-yil 3-
noyabrda Rimning «Argentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki
Foskari» tomoshalari qo’yiladi. Asar ingliz shoiri va dramaturgi Jorj-Gordon
Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi.
Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller
ijodiga qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni
qiziqtirib qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning
qahramonona, shu bilan birga, hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler
librettosi) operasini yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La
Skala» teatrida 1845-yil 15-fevralida bo’lib o’tadi.
Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira»
operasining namoyishi bo’lib o’tadi. Verdining navbatdagi operasi «Atilla» uchun
nemis dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi.
Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning
tragediyalari, dramalari, tarixiy xronikalari, komediyalarini qayta-qayta o’qir,
ularning namoyishlarida ishtirok etardi. O’zining muqaddas orzusi — Shekspir
syujetlari asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi
o’ninchi operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi.
«Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu
erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam
Shekspir ijodiga bir necha marotaba murojaat qiladi («Qirol Lir», «Otello»,
«Falstaf»). «Makbet»ning musiqiy-dramatik uslubi keyinroq Verdi tomonidan
yaratilgan ko’plab operalarga ko’tarinkilik bag’ishlab turadi va Verdi musiqiy-
dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bos-qich bo’ldi.
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qa-roqchilar»ning
prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan.
1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli
viloyatlaridagi qo’zg’olonlar xaqida eshitganidan keyin, u Milanga shoshiladi. U
Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga hamdardlik bildiradi. Inqilobiy
voqealar ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi.
1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi
jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha esa Verdi «Korsar»
(Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi.
«Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan
teatrda o’tkaziladi, unda 1849-yil fevralida mamlakatda Respublikani e’lon qilgan
rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi.
1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller»
operasi qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi
edi. Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan
edi.
«Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir.
«Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir
qator sahnalarida xam qo’yiladi. Bu operadagi asosiy yangilik shunda ediki,
tomoshabinlar ko’zi oldida injil yoki tarixiy syujetlar emas, balki oddiy odamlar
hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan
bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi
bilan umumiy bo’lgan qirralar uchraydi. «Luiza Miller» operasidan boshlab
Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas
ijtimoiy
tuzum
sharoitida
dahshatli
muhit
bilan
to’qnashuv
natijasida
qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi.
Verdining opera g’oyalari.XIX asrning 50-yillarida Verdi oltita opera
yozadi: «Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon
Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi
eng mashhur operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin
yaratilgan va musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos
trilogiyani tashkil etadi.
«Rigoletto» operasi Viktor Gyugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo’lgan
«Qirol ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo
dramasidagi ijtimoiy g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni
boshidan kechirgan saroy qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga
qarshi qo’yiladi. Gyugo dramasini Parijda qo’yishga tsenzura qarshilik qiladi, u
yaramas va iflos qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi.
Verdi harakatlarni Parijdan Italiyaning kichkinagina viloyati Mantuyaga ko’chiradi,
frantsuz qiroli Mantuan gertsog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan
qahramonlarning nomlari xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh
(Tribulening qizi) o’rniga Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy
g’oyasi: oddiy odamlarning ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat —
gertsogning iflosliklariga qarshi qo’yishi yo’qotolmas edi. Asarda ijtimoiy
tengsizlik fojiasi xam shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda
Milandagi namoyishidan keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi —
«Trubadur»ning stsenariysi ustidagi ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning
sahna yuzini ko’rishi uchun ikki yilga yaqin vaqt ketdi.
«Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda
bo’lib o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n
beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha
operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga
aylangan kuylar juda ko’p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi»
ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko
jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi.
Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar
bilan boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi
barbod bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon
uchun noodatiyligida edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol»
dramasidagi bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera
sahnasi uchun o’taketgan dag’allik bo’lib tuyulgan. Operaning g’oyasi — burjua
jamiyatidagi ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma
romani kabi meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda
Alfredni sevgan Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi
— avvalida engiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va
tomoshabinlar ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga
bo’ysunishga va o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi
qarama-qarshilikning asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy
ma’no kasb etadi. Verdi o’zining barcha operalarida xalq xayotidagi maishiy
qo’shiqlar va raqslar ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil
yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. «Traviata»dagi qo’shiq-raqs janrlari alohida
obrazlar, tuyg’u va kechinmalar tavsifi uchun eng muhim vosita bo’lgan. Operadagi
chuqur demokratizm shundaki, uning barcha dramatik harakatlari raqs va
qo’shiqlar orqali o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri
katta rol o’ynagan.
1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib
o’tadi. Bu gal u «San Benedetto» teatrida qo’yiladi. Opera katta shuhrat qozonadi:
tinglovchilar uni tushunibgina qolmasdan, yaxshi ko’rib qolishdi. Tez orada
«Traviata» Italiya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi
qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga
professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo’yishini, havaskor sifatida esa
«Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan.
1850--1860-yillarda Verdi operalari Evropaning eng yirik sahnalari yuzini
ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya
oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi.
«Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga qarshi
kurashi tarixi syujeti asosida yozilgan boiib, italyan operalari xususiyatlari va
frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan.
Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad»
operasidir, u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan
bo’lib, shved qiroli Gustav III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya
tsenzurasi, frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan
tashvishlanib, operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni
o’ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan
Amerikaga ko’chirishga majbur bo’ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori
Richard Varvikka aylantiradi.
Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya
zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan
Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlarini ma’qullaydi. U 1860-yilda
Italiyaning birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib,
Verdining nomi Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi.
Ijtimoiy va siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik
topish uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera
qo’shiqchisi Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining
oxirigacha sodiq do’st topgan edi.
60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi. «Taqdirning kuchi» operasi
Peterburg Imperatori teatri direktsiyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan
buyon doimiy ravishda Peterburgda faoliyat ko’rsatadigan va favqulodda
muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi.
Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati
bo’lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qilishardi. Italiya operalari rus
poytaxtida saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar ekan, rus
klassik operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus
klassik operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto», «Trubadur» yoki
«Traviata» singari eng mashhur asarlari realizmi bilan solishtirilganida xam,
anchabaland mavqega ega edi.
Odoevskiy,
Stasov,
Serov
va
Chaykovskiylarning
Rossiyadagi
«italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar edi. Shu bilan birgalikda,
ular umumiy tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini e’tirof etsalar-da, uning
ijodiga bergan umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg
juda sovuq qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda
holatlardagi musiqiy go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi
asarlari qatoriga kiritib bo’lmaydi. Operaning muvaffaqiyat qozonmaganligining
sababi librettoning nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan
o’zlashtirilgan edi. Shunga qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom
ma’noda Verdining keyingi operalarida o’z aksini topdi. Bular: orkestr dramaturgik
vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan
garmoniyaning boyitilishi, leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning
kuchi» operasi Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi.
1862-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar
madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompozitor, shoir, Gyotening
«Faust»i asosida «Mefistofel» operasini yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi.
Keyinchalik Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil
boshlarida Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi,
1864-yilda «Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada
bo’lishi uning ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij
uchun yozilgan xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini
topgan.
«Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan. U
qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning
ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi.
Operaning bosh xarakatlanuvchi shaxslari musiqada bo’rttirilgan, psixologik
nozik va aniq tavsifini topgan edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha
ortadi, bu holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera
dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va
ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr
talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi.
1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari
munosabati bilan Qoxiradagi yangi teatr uchun Misr xayotidan olingan
vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning
frantsuzcha matnini prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga
tarjima qildi.
“Aida” operasi. «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-
dekabrda bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera
tarixida eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning
boshqa italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u
butun Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi.
Shundan keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto
Verdi ijodiga bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar,
tanqidchilar xam endilikda uning beqiyos iste’dodini, opera san’ati sohasidagi
buyuk xizmatlarini e’tirof eta boshlaydilar. Chaykovskiy «Aida»ning ijodkorini
«buyuk» deb tan oldi xamda uning nomi tarix saxifalarida eng mashhur nomlar bilan
yonma-yon qayd etilishi kerakligini ta’kidladi.
«Aida» operasida Verdi ijodidagi ikki an’ana, ikki oqim: Verdining ilk
operalari «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos»dan kelayotgan «katta» qaxramonlik
operasi oqimi xamda «Luiza Miller» va «Traviata»dan boshlangan lirik-psixologik
yo’nalish o’zaro qo’shilib ketadi. «Aida» operasida kompozitor-dramaturg
mahoratining oliy darajasi namoyon bo’lgan. «Aida»ning musiqiy mukammalligi
uning ohanglarga boyligi va rang-barangligi bilan kishini hayratga soladi.
Verdi bironta operasida xam musiqiy ijodkorlikka, kashfiyotga bu qadar
sahovat va mahorat ko’rsatmagan edi. Buning ustiga «Aida»ning kuylari favqulodda
go’zalligi, ta’sirchanligi, ulug’vorligi, o’ziga xosligi bilan ajralib turadi; ularda
qadimiy italyan opera kompozitorlari yo’l qo’yadigan qoliplilik, eskilikning izi xam
yo’q edi. Bu operada Radamesning «Aziz Aida» romansini istisno qilganda, eski
italyan opeasidagi nomerli tarkib bartaraf etilgan edi, opera butunlay katta dramatik
sahnalardan tuzilgan. Shaklning tekisligi va aniqligi buzilgan emas. Voqealar rivoji
va matnga nozik darajada rioya etgan xolda xar bir ariya, duet yoki ansambl tarkiban
yakunlangan, mantiqan rivojlanib boruvchi musiqiy organizm sifatida taassurot
qoldiradi.
1873-yilning may oyida Verdi Santa-Agatada yashar edi. Bu erda u shoir
Alessandro Mansonining vafoti xaqidagi xabarni eshitadi va bundan juda chuqur
iztirob chekadi. Verdining bu vatanparvar shoirga bo’lgan hurmati va muxabbati
cheksiz edi. O’zining shonli yurtdoshi vafotining xotirasini munosib qadrlash uchun
u do’sti vafotining bir yilligiga Rekviem yaratishni mo’ljallab qo’yadi. Rekviemni
yaratish uchun Verdi o’n oyga yaqin vaqt sarfladi va bu asar 1874-yil 22-mayda
birinchi marotaba Milandagi muqaddas Mark cherkovida muallif boshqaruvida ijro
etildi. Kuyning boyligi va ta’sirchanligi, uyg’unlikning yangiligi va qatiyati,
orkestrlashtirishning yorqinligi, shaklning mukammalligi, polifonik texnikadagi
mahorat Verdi Rekviemini mazkur janrdagi eng mashhur asarlar qatoriga olib
chiqdi. Bu asar musiqasi an’anaviy diniy marosimlar matniga zid o’laroq,
aqidaparastlikdan mutlaqo chetda edi. U boshidan oxirigacha teatrga xos boigan
operaviylik xususiyatiga ega edi.
Rekviemda to’lqinlantiruvchi fojiaviy pafos lirik kuylar bilan almashinib
turadi, bunday go’zallik kishini o’ziga asir qiladi. Bir necha marta takrorlanuvchi
«Dies irae» musiqasi, leytmotiv ahamiyatiga ega bo’lib, junbushga kelgan tabiat
xodisasi tasavvurini uyg’otadi. Unda bir-biriga zid bo’lgan «Lakrimoza» («Ko’z
yoshlari») yoki «Agnus Dei» («Ilohiy Agnes») singari kuylar mavjud, ularda yuksak
insoniy kechinmalar juda samimiy aks etgan.
Dramaturgiya tamoyillari. Verdi va Vagner. Verdi Vagner ijodi bilan
qiziqadi xamda uning shaxsini mashhur va tengsiz, deb biladi. Shu bilan birgalikda
u vagnercha musiqiy dramaning italyan milliy operasi an’analariga yot ekanligini va
italyan operasining Vagner ko’rsatgan yo’ldan yurishga majbur emasligini xam
yaxshi idrok etadi. Shuning uchun xam Verdi Vagner dahosini yuqori darajada
qadrlagan holda italyan operasidagi vagnerchilikka qarshi kurash olib bordi. Biroq
Verdi Vagnerdan butunlay chetlashish nuqtayi nazarini tanlagani yo’q. U
Vagnerning ayrim yutuqlari: leytmotivlarni kiritish, tugal nomerlarning (ariyalar,
duetlar va boshq.) dramatik sahnalarga o’tishi, orkestr rolining ko’tarilishi,
uyg’unlik tilining boyishi: italyan operasida qo’llanishi mumkinligini e’tirof etadi.
Alohida ta’kidlash joizki, ko’pgina narsalar Verdi tomonidan Vagnerga
bog’liq bo’lmagan holda mustaqil ravishda topilgan xamda opera spektaklining
barcha unsurlarini dramatiklashtirish natijasi sifatida maydonga kelgan edi. Zero,
«Rigoletto» va «Traviata»dagi duetlar katta dramatik sahnalardir (Rigoletto va
Jildaning har ikki sahnasi, Violetta va Jermon sahnasi). Ushbu katta dramatik
sahnalarda klassik tarkib saqlab qolingan, ularda vag-nercha uzluksiz davom
etadigan «tamom bo’lmas musiqa»ga zid holda bir qator tugallangan epizodlar
mavjud. Vagnerning va Verdining opera musiqalan bir-biriga mutlaqo ziddir. Verdi
har doim italyan milliy san’atkori bo’lib qolaverdi, u xech qachon italyan milliy
realistik operasini yaratish singari asosiy vazifadan chekinmadi.
Verdining keyingi ijodi uchun uning Milanda 1879-yilda Arrigo Boyto bilan
uchrashuvi katta ahamiyat kasb etdi. Uning matniga san’atkor Londondagi halqaro
ko’rgazma uchun kantata yaratadi. Boyto Verdiga Shekspirning mashhur fojiasi
«Otello» syujetiga libretto stsenariysini olib keladi. Shekspir fojiasidagi dramatik
g’oya va sahna harakatlarining asosiy yo’nalishlarini saqlagan holda Verdi va Boyto
dramani opera librettosiga aylantirishda mahorat ko’rsatishdi: matni qisqartirildi,
opera uchun yordamchi va keraksiz bo’lgan o’rinlarni olib tashlashdi va asosiy
urg’uni etakchi qahramonlar Otello, Dezdemona va Yagoga qaratishdi. Buning
natijasida Shekspirning mashhur fojiasi aziyat chekmadi, balki Verdining musiqasi
unga yangicha hayot baxsh etdi.
1886-yilda «Otello» operasi partiturasi tayyor bo’ldi. Uning bi-rinchi
postanovkasi 1887-yil fevralda Milandagi «La Skala» teatrida bo’lib o’tdi. Opera
uzluksiz xamda hayajonli rivojlanadigan mu-iqiy-dramatik ko’rinishlardan iborat
bo’lib, ular alohida nomerlarga — eski shartli opera shakllariga bo’linmas edi. Opera
biridan ikkinchisiga bevosita o’tib ketaveradigan katta dramatik ko’rinishlardan
iborat edi. Undagi qo’shiqlar uzluksiz rivojlanib boradi. Verdi tugallangan opera
shakllarini bartaraf qilishga kirishib ketmaydi, balki ularni uzluksiz harakatlar bilan
uyg’unlashtirgan holda katta dramatik sahnalarga qo’shib yuboradi. Bu jihatdan
Verdining «Otello» dramasi Chaykovskiyning «Pikovaya dama»sidan farq qiladi.
Keyinchalik italyancha «bel canto» vokal uslubini rivojlantirgan xamda oldingi
operalarda mavjud bo’lgan vokal maktab uslubidan voz kechmagan holda Verdi o’z
vokal partiyalarini yorqin deklamatsion ifodaviyik bilan boyitadi. «Otello»da yangi
sintetik
ariozo-deklamatsion
uslub
asosiy,
ope-raning
musiqiy-dramatik
ifodaviyligini belgilab beruvchi manbaga aylanadi. Bu erda ariozo-melodik xamda
rechitativ holatlarga ajratish yo’q: ularning yangi sifatdagi o’zaro yaxlit qo’shilishi
yuz bergan. U yoki bu harakatdagi qahramonning vokal partiyasi uning juda nozik
va his-tuyg’u jixatidan aniq tavsifini taqdim etadi. Orkestr butun opera davomida
dramatik harakatlarga moslashib borishi bilan uning emotsional ma’nosini yanada
chuqurroq ochib beradi. «Otello» operasi Verdi ijodiy evolutsiyasining yakuni, ayni
paytda, u sifat jihatidan yangi, reformatorlik xususiyatiga ega musiqiy drama
bo’ldi.
«Otello» postanovkasini Verdi o’zining oxirgi operasi deb hi-soblardi. Qarilik
kelishi bilan ijod xam to’xtasa kerak, deb o’ylagan edi. Uning san’atiga ta’zim qilgan
xamda u bilan hamkorlik qilishga tashna bo’lgan Boyto Verdini Shekspirning
«Falstaf» komediyasi asosidagi «Vindzor to’polonchilari» operasi ustida ishlashga
ko’ndiradi.
Operaning birinchi postanovkasi Milandagi «La Skala» opera teatrida 1893-
yilda bo’lib o’tadi va katta muvaffaqiyat qozonadi. «Otello»da Verdi italyan musiqiy
fojiasi sohasida reforma o’tkazgan bo’lsa, «Falstaf» operasida u italyan komik
operasi (opera buffa) isloxotchisi sifatida namoyon bo’ladi. Xuddi «Otello»da
bo’lgani kabi, «Falstaf» xam uzluksiz musiqiy rivojllanish tamoyiliga asoslanadi,
unda tugallangan nomerlarning sun’iy bo’linishlari yo’q. Operada ariozo-melodik
va rechitativ-deklamatsion vokal uslublari tabiiy holda uyg’unlashib ketgan.
Falstaf» — komediya bo’lib, shuning uchun xam operaning musiqiy tuzilishi
«Otello»dan tubdan farq qiladi. «Falstaf»da tez aytishlar ustunlik qiladi, bu sho’x
komediya xarakterini mahorat bilan berish uchun qo’l kelgan. Operada ansambl xam
katta rol o’ynagan, ular orqali bir-biri bilan almashinib turuvchi komik vaziyatlar
nozik darajada ifodalangan, unda har bir qaxramon o’zining aniq va favqulodda
tavsifiga ega. «Falstaf» operasi sakson yoshli kompozitor tomonidan yozilgan
bo’lishiga qaramasdan unda qarilik bilan aloqador tuyg’ular mutlaqo aks etgan
emas, undagi barcha qismlar yoshlikka xos yangi, bevosita va jo’shqindir.
«Falstaf» qo’yilgach, Verdi Sant-Agatada sakkiz yil yashadi va jamoatchilik
xamda xayriya faoliyati bilan mashg’ul bo’ldi: bir qator filantropik muassasalarni
tuzdi, gospital, Milanda keksa musiqachilar uyini barpo qildi. Verdi Sant-Agatada
1901-yil 27-yanvarda 88 yoshida vafot etdi. Unung vafoti munosabati bilan butun
Italiyada motam e’lon qilindi.
«Rigoletto» operasi. Verdining «Rigoletto» operasi Viktor Gyugoning
«Qirol ovunchog’i» dramasi syujeti asosida yozilgan. Gyugoning p’esasi o’zining
dramatik jihatlari bilan Verdining diqqatini o’ziga tortdi. Bundan tashqari, unda
Verdi o’zining shaxsiy intilishlari, demokratik ideallariga yaqin bo’lgan mavzularni
topdi.
Gyugoning asosiy qahramonlari — jamiyat tomonidan kamsitilgan, xo’rlangan
odamlar edi. Ularga yuksak ahloqiy sifatlar berib, Gyugo o’z qaxramonlariga
nisbatan achinish tuyg’usini, ularning yaxshi hayot uchun kurashlariga, baxt
topishlariga ishonch uyg’otadi. Uning dramalarida masxaraboz Tribule, engiloyoq"
ayol Marion, qaroqchi Ernani; «Parij Bibi Maryam ibodatxonasi» romanidagi
Kvazimodo xam; «Xo’rlanganlar» romanining asosiy qaxramoni Jan Valjan shular
jumlasidandir.
Opera ustida ishlashni Verdi 1850-yilda boshladi va avvaliga operani
«La’nat» deb nomlamoqchi bo’ldi, zero, Gyugoning fikricha, qizini xo’rlangani
uchun qirolni ota tomonidan la’natlanishida — dramaning tuguni mujassamlashgan.
Qirol va masxaraboz la’natlanadi, lekin hanuz o’zining beandisha qiliqlarini davom
ettirayotgan qirolga la’nat ta’sir qilmaydi. Taqdir jazolanishi lozim bo’lganlarning
jazosini bermaydi. Ijobiy qaxramonlar halok bo’lishadi. Bunday echim bilan muallif
ularga bo’lgan achinish tuyg’usini kuchaytirib, halokati aybdorlarga nisbatan nafrat
tuyg’usini uyg’otadi va bunday fojiani keltirib chiqargan ijtimoiy sharoitga qarshi
isyon hissini uyg’otadi. ,o’zining yagona qizini yo’qotayotgan Rigolettoning fojiasi
operaning dramatik o’zagini tashkil qiladi. Ushbu fojianing manbayi — qariya
Monterone la’natidir.Gyugo dramasining dinamikaga to’la, sahnabop syujeti Verdi
dramatik qobiliyatining to’la-to’kis namoyon bo’lishiga imkoniyat yaratib berdi.
1901 yilning 21 yanvarida Milan shahridagi “Grand et De Milan”
mehmonxonasiga tashrif buyurgan Verdi miyaga qon quyilishi (insult) ga uchradi.
Buning oqibatida falaj bo’lib qolgan Juzeppe kun sayin og’irlashib, 6 kundan so’ng
27 yanvar 1901 yilda vafot etdi.
JUZEPPE VERDI XAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR!
Oilasidan ayrilgach deyarli ikki yil davomida Verdi zo’rg’a kun kechirdi va
ijodini tashlamoqchi bo’ldi. Ammo yana tasodif tufayli, “Nabukko” operasi
yaratildi, 1842 yilda “Nabukko” operasi taqdimoti muvaffaqiyatga erishdi va
umumevropa e’tirofiga sazovor bo’ldi. 40-50 yillar ijodkorlik nuqtai nazaridan
Verdi uchun eng samarali bo’ldi.
JUZEPPINA STREPPONI
1847 yildan boshlab "Nabukko" taqdimotida Abigaylning rolini ijro etgan
opera xonandasi Juzeppina Strepponi bastakorning haqiqiy rafiqasiga aylandi. Verdi
uni mehr bilan Peppina deb chaqirardi, lekin ular faqat 12 yildan keyin qonuniy
nikohni qayd etdilar. Juzeppina o’sha davrning axloqi nuqtai nazaridan shubhali
bo’lgan o’tmishi va turli erkaklardan uchta farzandi bor edi. Er-xotinning umumiy
farzandlari yo’q edi va 1867 yilda ular jiyanini asrab olishdi. 1851 yildan Verdi
Sant -Agatada, Busetto yaqinidagi o’z mulkida yashaydi, qishloq xo’jaligi va
otboqarchilik bilan shug’ullanadi. Sevimli yori Juzeppina uy ishlarida ro’zg’orbop
ayol bo’lib, Juzeppega g’amxo’rlik qilar edi. Birinchi oilasini erta yo’qotgan Verdi
bu ayol bilan nikohdan o’tishga oshiqmadi. Juzeppe Verdi va Juzeppina o’rtasidagi
munosabatlar 1859 yilda Jenevada rasmiylashtirildi. Juzeppina 1897 yilda Busseto
yaqinidagi San-Agata mulkida vafot etguniga qadar, umrining qolgan qismini
erining ijodiy mavqeini qo’llab-quvvatlash va ilhomlantirishga bag’ishladi.
Bastakor o’z mamlakatining siyosiy hayotida faol ishtirok etgan. 1860 yilda u
birinchi Italiya parlamentining deputati, 1874 yilda esa Rimda senatori bo’lgan.
1899 yilda Milanda uning hisobidan qurilgan keksa musiqachilar uchun pansionat
ochilgan.
Juzeppe Verdining hayotiga Antonio Baretstsii ismli shaharlik boy savdogar va
musiqa san’atining ishqibozi katta ta’sir ko’rsatgan. Aynan u yosh Juzeppeni
mehmonxona egasi emas, balki buyuk bastakor bo’lish taqdiriga ishontirdi va
musiqa o’rganishga undadi. U ilk bor 17 yoshida Baretstsii uyida omma oldiga
chiqib, debyut kontsertini bergan.
18 yoshida Juzeppe Verdi Milanga jo’nab ketadi, u erda konservatoriyaga kirishga
harakat qiladi, ammo pianinoda ijro qilish mahoratining etarli emasligi sababli rad
etiladi. U tushkunlikka tushmaydi, o’z mahoratini oshirib, mashq qilishni va shaxsiy
musiqiy darslarni olishni boshlaydi. Juzeppe Verdi qabul qilinmagan o’sha Milan
konservatoriyasi keyinchalik uning nomi bilan atalgan.
Italiyalik bastakor nemis bastakori Rixard Vagnerni yoqtirmasdi va bu yoqtirmaslik
ikkitaraflama edi. Har ikkalasining bir-birining ijodi haqidagi mulohazalari bugungi
kungacha saqlanib qolgan va bu sharhlar butunlay salbiydir.
O’zining musiqiy iste’dodi tufayli Juzeppe Verdi moliyaviy ahvolini
yaxshilashga va hatto boyib ketishga muvaffaq bo’ldi. “Ernani” operasi shu qadar
muvaffaqiyatli bo’ldiki, unga ko’p daromad olib keldi, hatto mulk sotib olishga
ham etdi.
49 yoshida Juzeppe Verdi ijodiy faoliyatini tugatishga qaror qildi, bu vaqtga
kelib u allaqachon boy, mashhur va ikkinchi marta baxtli turmush qurgan edi. Ammo
uning rafiqasi, opera qo’shiqchisi Juzeppina Strepponi uni ijod qilishda
to’xtamaslikga ishontira oldi.
Umrining so’nggi 12 yilida Verdi deyarli ijod qilmadi, yangi asarlar yozmadi,
faqat eskilarini tahrir qildi, o’ziga ajratilgan vaqtdan zavq olishni afzal ko’rdi. Buyuk
bastakor ancha vaqt yashab, 87 yoshida vafot etdi.
O’sha davrning boshqa bastakorlaridan farqli o’laroq, Juzeppe Verdi hech qachon
diniy mavzularda asar yozmagan. U odatda cherkov musiqasiga unchalik qiziqmas
edi.
Verdi hayotiga oid ko’proq faktlarni uning tarjimai holiga asoslangan va 1982
yilda Italiyada suratga olingan 9-qismli “Jizn Djuzeppe Verdi” mini-serialida ko’rish
mumkin. Ushbu bastakor tomonidan yaratilgan musiqa ushbu serialda musiqiy
hamrohlik sifatida ishlatiladi.
Verdi ijodiy merosining asosini aynan operalar tashkil etadi. Ularning
ba’zilarini zamondoshlari sovuqqonlik bilan qabul qilishgan, ammo bugungi kunda
ular mashhur operalarga aylangan.
Tayanchi iboralar:
1. Sobor—Bosh cherkov, eng katta butxona.
2. Kommuna—Ba’zi mamlakatlarda ichki ishlarni o’zi boshqaradigan ma’muriy
xudud.
3. Gunn—VI asrda Evropaga bostirib borgan qadimiy turkiy qabila.
4. Debyut—Birinchi chiqish boshlash.
5. Xronika—Biro voqea tarixi yoritilgan asar.
6. Tsenzura—Sahnaga qo’yiladigan material yoki asarlarni nazorat qilish.
7. Evolyutsiya—Tabiat va jamiyatda uzluksiz o’zgarish rivojlanish.
8. Reformator—Islohotchi.
9. Filantropik—Hayr, ehson qilish bilan shug’ullanish.
JUZEPPE VERDI OPERALARI:
Oberto, graf di San-Bonifacho — 1839; v 2 aktax.
Korol na chas — 1840; v 2 aktax.
Nabukko, ili Navuxodonosor — 1842; v 4 aktax.
Lombardtso’ v pervom krestovom poxode — 1843; v 4 aktax.
Ernani — 1844; v 4 aktax.
Foskari — 1844; v 3 aktax.
Janna d’Ark — 1845; v 3 aktax s prologom.
Alzira — 1845; v 2 aktax s prologom.
Attila — 1846; v 3 aktax s prologom.
Makbet — 1847; v 4 aktax. Vtoraya redaktsiya — 1865.
Razboyniki — 1847; v 4 aktax.
Korsar — 1848; v 3 aktax.
Bitva pri Lenyano — 1849; v 4 aktax.
Luiza Miller — 1849; v 3 aktax.
Stiffelio — 1850; v 3 aktax. Vtoraya redaktsiya pod nazvaniem Aroldo — 1857;
v 4 aktax.
Rigoletto — 1851; v 3 aktax.
Trubadur — 1853; v 4 aktax.
Traviata — 1853; v 3 aktax.
Sitsiliyskaya vechernya — 1855; v 5 aktax.
Simon Bokkanegra — 1857; v 3 aktax s prologom.
Bal-maskarad — 1859; v 3 aktax.
Sila sudbo’ — 1862; v 4 aktax.
Don Karlos — 1867; v 5 aktax. Vtoraya redaktsiya — 1884; v 4 aktax.
Aida — 1871; v 4 aktax.
Otello — 1887; v 4 aktax.
Falstaf — 1893; v 3 aktax.
Diniy asarlari
— To’rt yakkaxon, xor va orkestr uchun rekviem.
— «Ave Maria, Laudi».
— «Stabat mater».
— «Te deum».
Vokal-simfonik asarlari
— «Truba yangrar» madhiya.
— «Millatlar madhiyasi» kantata.
Romanslar va qo’shiqlari
— 26 tadan ortiqrog’i saqlangan.
VERDI OPERALARINING MAShHUR XOR SAHNALARI
“Traviata” - Xor tso’gan ("Vremeni verno’y vedet schet priroda...") ("Vedil Le
fosche notturne...")
“Traviata” - Xor-introduktsiya ("Ey, so’graem, brattso’, v kosti...") ("Or co'dadi,
ma fra poco...")
“Traviata” -Xor matadorov- Chorus of Spanish Matadors
“Trubadur”- Xor tso’gan
“Trubadur” - "Tso’ganskoe utro"
“Trubadur” -Xor soldat iz opero’
“Aida”- Xor «Kto tam s pobedoy k slave?»
“Trubadur” - Xor soldat. Stsena i tertset
“Nabukko” –Xor plenno’x «Va pensiero» “To’ prekrasna, o Rodina nasha”
“Aida” - “Xor jretsov i jrits”
“Aida” - «Xor i Marsh»
“Aida”-“Kto tam s pobedoy slavoy”
“Aida” Xor rabo’n
“Rigoletto” - "Tishe, tishe" xor pridvorno’x
Rekviem -Requiem aeternam
“Sila sudbo’” - “Rataplan,Rataplan, Della Gloria”
“Makbet”- “Xor vedm”
“Ernani”- “Xor razboynikov”
“Otello” -“Ave Maria”
“Otello”- “Burya”
“Otello”- “Pobeda”
“Oberto” - “Xor ro’tsarey”
“Don Karlos” Xor- final