Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

37,4 KB


Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901)
 
Reja:
1. J.Verdining tarjimai holi.
2. J.Verdi ijodining davrlashtirilishi .
3. Verdining opera g’oyalari. “Aida”operasi .
4. J.Verdining dramaturgiya tamoyillari .
 
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901). Kompozitorning tarjimai holi.  Juzeppe
Verdi 1813-yilning  10-oktabrida  Busseto  shaharchasi  yaqinidagi  Le-Ronkole
qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo’lib, oilani ancha qiyinchilik
bilan tebratgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini
eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u ota-onasidan musiqadan
dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo’lida o’qiydi va
spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o’qitish
uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda
vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi bo’lib ishlardi.
Juzeppe taqdirida Antonio Baretsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar
bo’lsa-da, musiqa  uning  hayotida jiddiy o’ringa  ega  edi. Baretsi  Verdini  idora
xodimi va savdo ishlarida hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli
bo’lsa-da,  og’ir  emas  edi,  musiqa  bilan  shug’ullanish  uchun  esa  vaqt  bemalol
bo’lardi. Verdi ishtiyoq bilan partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda
ishtirok
 etar,
 havaskor  musiqachilarga  partiyalarni  o’rganishlari  uchun
ko’maklashardi.
Busseto  musiqachilari  orasida  Ferdinando  Provezi  etakchi  mavqe  tutardi,  u
soborda organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib
ishlardi.  U  Verdini  kompozitsiya  va  dirijyorlik  texnikasining  asoslari  bilan
Logotip
Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901) Reja: 1. J.Verdining tarjimai holi. 2. J.Verdi ijodining davrlashtirilishi . 3. Verdining opera g’oyalari. “Aida”operasi . 4. J.Verdining dramaturgiya tamoyillari . Juzeppe Verdi ijodi. (1813-1901). Kompozitorning tarjimai holi. Juzeppe Verdi 1813-yilning 10-oktabrida Busseto shaharchasi yaqinidagi Le-Ronkole qishlog’ida dunyoga kelgan. Uning otasi traktorchi bo’lib, oilani ancha qiyinchilik bilan tebratgan. Verdi etti yoshida qishloq cherkovida ilk marta organ tovushini eshitgan edi. Eshitganlari uni shu qadar to’lqinlantirardiki, u ota-onasidan musiqadan dars olishni iltimos qiladi. Verdi uch yil davomida Baystrokkining qo’lida o’qiydi va spinet chalishni o’rganadi. O’n ikki yoshida otasi Verdini shahar maktabida o’qitish uchun Busseto shahriga jo’natadi. Yakshanba kunlari u o’z qishlog’iga borar, u erda vafot etgan Baystrokkining o’rnida organchi bo’lib ishlardi. Juzeppe taqdirida Antonio Baretsi juda katta rol o’ynagan. U aslida savdogar bo’lsa-da, musiqa uning hayotida jiddiy o’ringa ega edi. Baretsi Verdini idora xodimi va savdo ishlarida hisobchi vazifasiga qabul qiladi. Idora xizmati zerikarli bo’lsa-da, og’ir emas edi, musiqa bilan shug’ullanish uchun esa vaqt bemalol bo’lardi. Verdi ishtiyoq bilan partitura va partiyalarni ko’chirar, repetitsiyalarda ishtirok etar, havaskor musiqachilarga partiyalarni o’rganishlari uchun ko’maklashardi. Busseto musiqachilari orasida Ferdinando Provezi etakchi mavqe tutardi, u soborda organchi, filarmoniya orkestrida dirijyor, kompozitor va nazariyotchi bo’lib ishlardi. U Verdini kompozitsiya va dirijyorlik texnikasining asoslari bilan
tanishtirdi,  uning  musiqiy-nazariy  bilimlarini  boyitdi,  organ  chalish  mahoratini
takomillashuviga  yordam  berdi.  O’smirdagi  katta  musiqiy  iste’dodga  ishonch
bildirib,  uning  porloq  kelajagini  bashorat  qildi.  Italiyadagi  eng  yaxshi  o’quv
yurtlaridan biri — Milan konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi.
Milanga borish va konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida)
Verdi  600  lira  hajmida  stipendiya  olar  edi.  Bunga  Baretsi  xam  shaxsiy
jamg’armasidan bir ozgina mablag’ qo’shib turadi.
1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri,
Lombardiyaning poytaxti  edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan
konservatoriyasining  direktori  Franchesko  Bazili  uni  konservatoriyaga  qabul
qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqasizlikni ko’rsatadi.
Milan  konservatoriyasining  eshiklari  Verdining  oldida  bekilar  ekan,  uning
birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini
izlash  bo’ldi.  Tavsiya  qilinganlar  orasidan  u  kompozitor  Vinchenso  Lavinyani
tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi.
Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib
bergani bo’ldi.
Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. Yosh
Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish
qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining
repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi.
Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy  debyuti juda katta rol
o’ynadi.  Avstriyalik  kompozitor  Iosif  Gaydnning  «Dunyoning  yaratilishi»
oratoriyasi repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning
barchasi  esa o’z joylarida  edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat
rahbari P. Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni
iltimos qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat
qilgan edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam
etib keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya
jamiyati  boshlig’i,  shu  bilan  birga,  teatrning  direktori  bo’lgan  Mazini  berdi.
Verdining dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan
librettosi turar edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’lmadi.
Logotip
tanishtirdi, uning musiqiy-nazariy bilimlarini boyitdi, organ chalish mahoratini takomillashuviga yordam berdi. O’smirdagi katta musiqiy iste’dodga ishonch bildirib, uning porloq kelajagini bashorat qildi. Italiyadagi eng yaxshi o’quv yurtlaridan biri — Milan konservatoriyasiga kirish fikri shu zaylda paydo boidi. Milanga borish va konservatoriyada o’qish uchun (dastlabki ikki yil davomida) Verdi 600 lira hajmida stipendiya olar edi. Bunga Baretsi xam shaxsiy jamg’armasidan bir ozgina mablag’ qo’shib turadi. 1831-yilda Verdi Milanga keladi. Milan Shimoliy Italiyaning eng katta shaxri, Lombardiyaning poytaxti edi. Biroq, Verdini achchiq bir xaqiqat kutardi: Milan konservatoriyasining direktori Franchesko Bazili uni konservatoriyaga qabul qilishdan bosh tortadi, bunga sabab qilib esa kasbiy layoqasizlikni ko’rsatadi. Milan konservatoriyasining eshiklari Verdining oldida bekilar ekan, uning birinchi tashvishi shahar musiqachilari orasidan bilimdon va tajribali o’qituvchini izlash bo’ldi. Tavsiya qilinganlar orasidan u kompozitor Vinchenso Lavinyani tanladi. U xam Verdi bilan shug’ullanish uchun mamnuniyat bilan rozilik berdi. Uning dastlab qilgan ishi «La Skala» spektakllariga bepul kirish imkoniyatini yaratib bergani bo’ldi. Ko’plab spektakllar mamlakatning eng kuchli artistlari ishtirokida o’tar edi. Yosh Verdining mashhur qo’shiqchilarni qanday hayajon bilan tinglaganini tasavvur etish qiyin emas. U Milanning boshqa teatrlariga, shuningdek, Filarmoniya jamiyatining repetitsiya va kontsertlariga xam borib turardi. Verdining taqdirida uning dirijyor sifatidagi tasodifiy debyuti juda katta rol o’ynadi. Avstriyalik kompozitor Iosif Gaydnning «Dunyoning yaratilishi» oratoriyasi repetitsiyasi vaqtida dirijyorlardan birontasi xam kelmaydi, ijrochilarning barchasi esa o’z joylarida edi, ular sabrsizlik qila boshlaydilar. Shunda Jamiyat rahbari P. Mazini zalda hozir bo’lgan Verdidan noqulay vaziyatda qo’llab yuborishni iltimos qiladi. Milan musiqachiligi Verdiga birinchi marta xuddi shu tarzda murojaat qilgan edi. Nihoyat, yosh kompozitor hayotida orziqib kutilgan baxtli daqiqalar xam etib keldi: u birinchi operasi uchun buyurtma oldi. Bu buyurtmani Filarmoniya jamiyati boshlig’i, shu bilan birga, teatrning direktori bo’lgan Mazini berdi. Verdining dastlabki operasi «Oberto» asosida librettochi F. Soler qayta ishlagan librettosi turar edi. Operaning yozilishi istalgan darajada tez bo’lmadi.
 
 2--:
J. Verdi ijodining davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi.
Ona diyor — Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun
ishlay boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori
lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning
musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar  edi. 1836-yilning bahorida
Verdining Margarita Baretsi bilan nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto
Filarmoniya jamiyatida tantanali nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi.
1837-yil martida qizi Virjiniya, 1838-yil iyulida o’g’li Ichilyao dunyoga keladi.
1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar
(yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi
bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini
qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini Filodramatik
teatrning  emas, balki Lavinya teatrining direktori  edi. Bu ishlarda ko’p foydasi
tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi.
«Oberto»ning  prem’erasi  1839-yil  17-noyabrda  bo’lib  o’tadi  va  katta
muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u
ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi
«Soxta  Stanislav»  komik  operasini  yaratadi,  opera  1840-yilda  qo’yiladi,  biroq
shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi
fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod qilish
istagi umuman qolmaydi.
«Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida  eng
yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha,
teatrda  ko’pdan  beri  bunday  gulduros  va  hayajonli  qarsaklar  bo’lmagan  edi.
Ko’rinishlar  so’nggida  butun  omma  o’rnidan  turadi  va  kompozitorni  qizg’in
tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor-
yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik
bilan qarshi olishgan  edi.  Endi  esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan
ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro  etiladi. Bu «La
Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
Logotip
2--: J. Verdi ijodining davrlashtirilishi. Milandagi o’qish yillari nihoyasiga etadi. Ona diyor — Bussetoga qaytish vaqti etadi va shahar stipendiyasini olish uchun ishlay boshlaydi. Qaytib kelganidan ko’p o’tmay, Verdi shahar kommunasi dirijyori lavozimiga tayinlanadi. Verdining ko’p vaqti filarmoniyaga rahbarlik qilish va uning musiqachilari bilan mashg’ulotlar o’tish uchun ketar edi. 1836-yilning bahorida Verdining Margarita Baretsi bilan nikox to’yi bo’lib o’tadi. To’y Busseto Filarmoniya jamiyatida tantanali nishonlanadi. Verdi tez orada ota xam bo’ladi. 1837-yil martida qizi Virjiniya, 1838-yil iyulida o’g’li Ichilyao dunyoga keladi. 1835—1838-yillarda Verdi kichik shakldagi ko’plab musiqiy asarlar marshlar (yuzga yaqin), raqslar, qo’shiqlar, romanslar, xor va boshqa asarlarni yaratadi. Oilasi bilan birgalikda Milanga ko’chib kelganidan keyin, Verdi «Oberto» postanovkasini qo’yish uchun tayyorlandi. Bu paytda operaga buyurtma bergan Mazini Filodramatik teatrning emas, balki Lavinya teatrining direktori edi. Bu ishlarda ko’p foydasi tegishi mumkin bo’lgan u xam vafot etadi. «Oberto»ning prem’erasi 1839-yil 17-noyabrda bo’lib o’tadi va katta muvaffaqiyat qozonadi. Biroq ayni shu vaqtlar Verdi uchun juda fojiali kechadi: u ketma-ket qizi, o’g’li, nihoyat suyukli xotinidan ajrab qoladi. Bu paytda Verdi «Soxta Stanislav» komik operasini yaratadi, opera 1840-yilda qo’yiladi, biroq shuhrat qozonmaydi. Spektakl xushtakbozlik bilan yakunlanadi. Shaxsiy hayotdagi fojia va operaning muvaffaqiyasizligi Verdining shashtini qaytaradi. Unda ijod qilish istagi umuman qolmaydi. «Nabukko» operasining prem’erasi 1842-yil 9-martda «La Skala» teatrida eng yaxshi ijrochilar ishtirokida bo’lib o’tdi. Zamondoshlarining guvohlik berishicha, teatrda ko’pdan beri bunday gulduros va hayajonli qarsaklar bo’lmagan edi. Ko’rinishlar so’nggida butun omma o’rnidan turadi va kompozitorni qizg’in tabriklaydi. Avvalida u buni axmoqona ustidan kulish deb qabul qiladi. Zero, bor- yo’g’i bir yarim yil oldin xuddi shu erda «Soxta Stanislav» uchun uni xushtakbozlik bilan qarshi olishgan edi. Endi esa, kutilmaganda shunchalik salobatli va aqldan ozdirgudek muvaffaqiyat! 1842-yil oxirigacha opera 65 marta ijro etiladi. Bu «La Skala» sahnasidagi eng noyob hodisadir.
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda  ediki, Verdi «Nabukko»da o’z
vatandoshlarining  eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira
olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan.
«Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch taqib
yurganlar  timsolida  zamonaviy  Italiyaning  vatanparvarlari  tasvirlangan.  Opera
g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun mamlakat
bo’ylab  katta  g’alaba  qozonishiga  asos  bo’ldi.  Biroq,  operaning  vatanparvarlik
mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular postanovkaning
amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga tegishli o’zgarishlar
kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat berishdi.
«Lombardliklar»  prem’erasi  «La  Skala»  teatrida  1843-yil  11-fcvralda  bo’lib
o’tdi.  Spektakl  yorqin siyosiy  namoyish  bilan  uyg’unlashib  ketgan  edi, bu  hol
Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori
Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul
qilingan edi.
«Lombardliklar»ning  Milandagi  namoyishidan  keyin  Italiyaning  boshqa
shaharlarida  xam  muvaffaqiyat  bilan  qo’yila  boshlandi.  U  Evropaning  boshqa
mamlakatlarida,  jumladan,  Rossiyada  xam  qo’yilgan  edi.  «Nabukko»  va
«Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri-
biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki
buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini
kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya
qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon
do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam
Piavening librettosi asosida yaratilgan.
Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha
adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va shoiri
Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo «Parijdagi Bibi
Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi.
«Ernani»  dramasi  dastlab  Parijda  1830-yilning  fevralida  qo’yildi.  «Ernani»
ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar  ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt
ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart
Logotip
Bunday oliy darajadagi yutuq sababi shunda ediki, Verdi «Nabukko»da o’z vatandoshlarining eng oliyjanob tuyg’ularini, o’y va orzularini mujassamlashtira olgan edi. Vaholanki, uning syujeti muqaddas Injil kitobidan olingan. «Lombardliklar» Verdining to’rtinchi operasidir. «Lombardliklar»da xoch taqib yurganlar timsolida zamonaviy Italiyaning vatanparvarlari tasvirlangan. Opera g’oyasining bu tarzda talqin qilinishi tez orada «Lombardliklar»ning butun mamlakat bo’ylab katta g’alaba qozonishiga asos bo’ldi. Biroq, operaning vatanparvarlik mohiyati Avstriya xukmdorlari e’tiboridan xam chetda qolmadi: ular postanovkaning amalga oshishi uchun ko’p to’sqinliklar qilishdi, faqat librettoga tegishli o’zgarishlar kiritilganidan keyingina uning sanada qo’yilishiga ruxsat berishdi. «Lombardliklar» prem’erasi «La Skala» teatrida 1843-yil 11-fcvralda bo’lib o’tdi. Spektakl yorqin siyosiy namoyish bilan uyg’unlashib ketgan edi, bu hol Avstriya xukumatini jiddiy tashvishga soldi. Xoch taqqanlarning yakunlovchi xori Italiya xalqining o’z mamlakatini ozodligi uchun kurashga chaqiriq o’rnida qabul qilingan edi. «Lombardliklar»ning Milandagi namoyishidan keyin Italiyaning boshqa shaharlarida xam muvaffaqiyat bilan qo’yila boshlandi. U Evropaning boshqa mamlakatlarida, jumladan, Rossiyada xam qo’yilgan edi. «Nabukko» va «Lombardliklar» Verdining shuhratini butun Italiyaga yoydi. Opera teatrlari biri- biridan keyin unga yangi operalar uchun buyurtmalar bera boshlashdi. Eng dastlabki buyurtmalardan birini Venetsiyadagi «La Feniche» teatri berdi, u syujet tanlovini kompozitorning o’z ihtiyoriga berdi, faqat librettochi Franchesko Piaveni tavsiya qilishdi, xolos. U o’sha paytdan boshlab, Verdining eng yaqin hamkori va qadrdon do’sti bo’lib qoldi. Uning «Rigoletto» va «Traviata» singari durdona asarlari xam Piavening librettosi asosida yaratilgan. Buyurtmani qabul qilib olgan kompozitor syujet izlashga kirishadi. Bir necha adabiy asarlarni ko’rib chiqqan kompozitor frantsuz yozuvchisi, dramaturgi va shoiri Viktor Gyugoning «Ernani» dramasida to’xtaydi. U paytda V. Gyugo «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» romani bilan butun Evropada tanilgan edi. «Ernani» dramasi dastlab Parijda 1830-yilning fevralida qo’yildi. «Ernani» ustida ishtiyoq va zavq bilan ishlar ekan, kompozitor bir necha oy ichida to’rt ko’rinishli operaning partiturasini yozadi. «Ernani»ning prem’erasi 1844-yil 9-mart
kuni  Venetsiyadagi  «La  Feniche»  teatrida  bo’lib  o’tadi.  U  juda  katta  zafarga
erishadi. Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi:
Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni  eslatar, suiqasd
qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or-
nomusi  va  jasoratini  ulug’lash  vatanparvarlik  tuyg’ularini  qo’zg’atib  yuborardi.
«Ernani»ning to-moshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar  edi. O’sha
yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli  edi: prem’era ketidan prem’era
qo’yilardi.  «Ernani»ning  prem’erasidan  sakkiz  oy  xam  o’tmasdan,  1844-yil  3-
noyabrda Rimning «Arjentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki
Foskari»  tomoshalari  qo’yiladi.  Asar  ingliz  shoiri  va  dramaturgi  Jorj-Gordon
Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi.
Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller ijodiga
qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni qiziqtirib
qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning qahramonona, shu
bilan birga,  hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler librettosi) operasini
yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La Skala» teatrida 1845-yil
15-fevralida bo’lib o’tadi.
Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira» operasining
namoyishi  bo’lib  o’tadi.  Verdining  navbatdagi  operasi  «Atilla»  uchun  nemis
dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi.
Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning tragediyalari,
dramalari,  tarixiy  xronikalari,  komediyalarini  qayta-qayta  o’qir,  ularning
namoyishlarida ishtirok  etardi.  O’zining muqaddas orzusi — Shekspir syujetlari
asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi o’ninchi
operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi.
«Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu
erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam
Shekspir  ijodiga  bir  necha  marotaba  murojaat  qiladi  («Qirol  Lir»,  «Otello»,
«Falstaf»).  «Makbet»ning  musiqiy-dramatik  uslubi  keyinroq  Verdi  tomonidan
yaratilgan  ko’plab  operalarga  ko’tarinkilik  bag’ishlab  turadi  va  Verdi  musiqiy-
dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bosqich bo’ldi.
Logotip
kuni Venetsiyadagi «La Feniche» teatrida bo’lib o’tadi. U juda katta zafarga erishadi. Operaning syujeti, uning g’oyaviy mazmuni italiyaliklarga uyg’un keladi: Ernanining mardona qiyofasi Vatanidan quvilgan vatanparvarlarni eslatar, suiqasd qilayotganlar xorida vatan ozodligi uchun kurash ohanglari yangrar, ro’tsarlar or- nomusi va jasoratini ulug’lash vatanparvarlik tuyg’ularini qo’zg’atib yuborardi. «Ernani»ning to-moshasi yorqin siyosiy namoyishlarga aylanib ketar edi. O’sha yillarda Verdining ijodiy faoliyati keng qamrovli edi: prem’era ketidan prem’era qo’yilardi. «Ernani»ning prem’erasidan sakkiz oy xam o’tmasdan, 1844-yil 3- noyabrda Rimning «Arjentina» teatrida Verdining yangi oltinchi operasi — «Ikki Foskari» tomoshalari qo’yiladi. Asar ingliz shoiri va dramaturgi Jorj-Gordon Bayronning shu nomli fojiasi asosida yaratildi. Bayrondan keyin Verdi buyuk nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller ijodiga qiziqa boshladi. Uning tarixiy fojiasi— «Orleanlik juvon» kompozitorni qiziqtirib qo’yadi. Shiller fojiasida mujassamlashgan vatanparvar qizning qahramonona, shu bilan birga, hayajonli obrazi Verdining «Janna d Ark» (Soler librettosi) operasini yozishga ilhomlantiradi. Uning prem’erasi Milandagi «La Skala» teatrida 1845-yil 15-fevralida bo’lib o’tadi. Tez orada yana bir prem’era — Volter tragediyasi asosida «Alzira» operasining namoyishi bo’lib o’tadi. Verdining navbatdagi operasi «Atilla» uchun nemis dramaturgi Saxarias Vernerning «Attila — gunnlar shohi» asari asos bo’ladi. Verdi bolalik chog’laridanoq Shekspir ijodi bilan qiziqardi. Uning tragediyalari, dramalari, tarixiy xronikalari, komediyalarini qayta-qayta o’qir, ularning namoyishlarida ishtirok etardi. O’zining muqaddas orzusi — Shekspir syujetlari asosida opera yozishni 34 yoshidagina amalga oshira oladi: navbatdagi o’ninchi operasi uchun u adabiy manba sifatida «Makbet» fojiasini tanladi. «Makbet» prem’erasi 1847-yil 14-martda Florentsiyada bo’lib o’tdi. Opera bu erda xam, tez orada Venetsiyada xam katta muvaffaqiyat qozondi. U keyin xam Shekspir ijodiga bir necha marotaba murojaat qiladi («Qirol Lir», «Otello», «Falstaf»). «Makbet»ning musiqiy-dramatik uslubi keyinroq Verdi tomonidan yaratilgan ko’plab operalarga ko’tarinkilik bag’ishlab turadi va Verdi musiqiy- dramatik realizmining rivojlanish yo’lidagi muhim bosqich bo’ldi.
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qaroqchilar»ning
prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan.
1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli viloyatlaridagi
qo’zg’olonlar  xaqida  eshitganidan  keyin,  u  Milanga  shoshiladi.  U  Madzini  va
Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga  hamdardlik bildiradi. Inqilobiy voqealar
ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi.
 1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi
jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha  esa Verdi «Korsar»
(Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi.
«Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan teatrda
o’tkaziladi,  unda  1849-yil  fevralida  mamlakatda  Respublikani  e’lon  qilgan
rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi.
1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller» operasi
qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi  edi.
Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan edi.
«Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir.
«Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir
qator  sahnalarida  xam  qo’yiladi.  Bu  operadagi  asosiy  yangilik  shunda  ediki,
tomoshabinlar ko’zi oldida  injil yoki tarixiy syujetlar  emas, balki oddiy odamlar
hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan
bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi
bilan  umumiy  bo’lgan  qirralar  uchraydi.  «Luiza  Miller»  operasidan  boshlab
Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas
ijtimoiy  tuzum  sharoitida  dahshatli  muhit  bilan  to’qnashuv  natijasida
qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi.
 
 3--:
 Verdining  opera  g’oyalari.XIX  asrning  50-yillarida  Verdi  oltita  opera
yozadi:  «Rigoletto»,  «Trubadur»,  «Traviata»,  «Sitsiliya  oqshomlari»,  «Simon
Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi
eng mashhur operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin
yaratilgan va musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos
trilogiyani tashkil etadi.
Logotip
1847-yil yozida Londonda Verdining yana bir operasi — «Qaroqchilar»ning prem’erasi bo’lib o’tadi. U Shillerning shu nomli dramasi asosida yaratilgan. 1848-yilgi qo’zg’olon paytida Verdi Parijda edi. Italiyaning turli viloyatlaridagi qo’zg’olonlar xaqida eshitganidan keyin, u Milanga shoshiladi. U Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlariga hamdardlik bildiradi. Inqilobiy voqealar ta’siri ostida Verdi qaxramonona madxiya «Jaranglagin, truba»ni yaratadi. 1848-yilgi inqilobiy voqealarga hamohang holda mashhur «Lenyano yonidagi jang» qaxramonlik-vatanparvarlik operasi yozilgan. Bungacha esa Verdi «Korsar» (Bayronning shu nomdagi asariga Piave librettosi) operasini tugatib ulgurgan edi. «Lenyano yonidagi jang» tomoshalari milliy bayroqlar bilan bezatilgan teatrda o’tkaziladi, unda 1849-yil fevralida mamlakatda Respublikani e’lon qilgan rimliklarning yorqin vatanparvarlik namoyishlari xam bo’lib o’tadi. 1849-yilda Neapoldagi «San Karlo» teatrida Verdining «Luiza Miller» operasi qo’yiladi. Uning adabiy manbayi Shillerning «Makr va muhabbat» dramasi edi. Drama ruhi qabilaviy tengsizlik va knyazlik mustabidligiga qarshi qaratilgan edi. «Luiza Miller» — Verdining lirik-maishiy yo’nalishdagi birinchi operasidir. «Luiza Miller» Neapolda qo’yilganidan keyin Italiya va boshqa mamlakatlarning bir qator sahnalarida xam qo’yiladi. Bu operadagi asosiy yangilik shunda ediki, tomoshabinlar ko’zi oldida injil yoki tarixiy syujetlar emas, balki oddiy odamlar hayotidan olingan dramalar yuz bera boshlaydi. o’zi-ning intim-lirik mazmuni bilan bu opera «Traviata»dan xam yuksak edi. Luizaning musiqiy tavsifida Violetta obrazi bilan umumiy bo’lgan qirralar uchraydi. «Luiza Miller» operasidan boshlab Verdining opera ijodkorligida yangi mavzu — ijtimoiy tengsizlik fojiasi, yaramas ijtimoiy tuzum sharoitida dahshatli muhit bilan to’qnashuv natijasida qahramonlarning nobud bo’lishi mavzusi paydo bo’ladi. 3--: Verdining opera g’oyalari.XIX asrning 50-yillarida Verdi oltita opera yozadi: «Rigoletto», «Trubadur», «Traviata», «Sitsiliya oqshomlari», «Simon Bokkanegra», «Bal-maskarad». «Rigoletto», «Trubadur» va «Traviata» dunyodagi eng mashhur operalar qatoridan o’rin oldi. Ikki yillik muddat orasida birin-ketin yaratilgan va musiqiy xarakteriga ko’ra, o’zaro yaqin bo’lgan bu asarlar o’ziga xos trilogiyani tashkil etadi.
«Rigoletto» operasi  Viktor Gugoning  eng yaxshi  fojiasidan biri  bo’lgan
«Qirol ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi
ijtimoiy g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan
saroy qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga qarshi qo’yiladi.
Gyugo dramasini Parijda qo’yishga  tsenzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos
qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi. Verdi harakatlarni
Parijdan  Italiyaning  kichkinagina  viloyati  Mantuyaga  ko’chiradi,  frantsuz  qiroli
Mantuan gertsog bilan almashtiriladi.  Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari
xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o’rniga
Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy g’oyasi: oddiy odamlarning
ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va  ezguligini aristokrat — gertsogning iflosliklariga
qarshi  qo’yishi  yo’qotolmas  edi.  Asarda  ijtimoiy  tengsizlik  fojiasi  xam
shundayligicha qoldirilgan.  «Rigoletto»ning  1851-yilda  Milandagi  namoyishidan
keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Truba-dur»ning stsenariysi ustidagi
ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko’rishi uchun ikki
yilga yaqin vaqt ketdi.
«Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda
bo’lib o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n
beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh  etiladi. Verdining barcha
operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga
aylangan  kuylar  juda  ko’p.  Butun  Italiya  Azuchenining  «Alanga  lovullaydi»
ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko jangovar
xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi.
Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar bilan
boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod
bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon uchun
noodatiyligida  edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi
bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera sahnasi uchun
o’taketgan  dag’allik  bo’lib  tuyulgan.  Operaning  g’oyasi  —  burjua  jamiyatidagi
ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi
meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda Alfredni sevgan
Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — avvalida
Logotip
«Rigoletto» operasi Viktor Gugoning eng yaxshi fojiasidan biri bo’lgan «Qirol ovunadi»ning syujeti asosida yaratilgan. Kompozitorni Gyugo dramasidagi ijtimoiy g’oya qiziqtiradi: ezgu fe’lli oddiy odam, katta fojialarni boshidan kechirgan saroy qiziqchisi Tribule yaramas frantsuz qiroli Frantsisko II ga qarshi qo’yiladi. Gyugo dramasini Parijda qo’yishga tsenzura qarshilik qiladi, u yaramas va iflos qirol obrazida qirollik hokimiyatining qoralanishini ko’rgan edi. Verdi harakatlarni Parijdan Italiyaning kichkinagina viloyati Mantuyaga ko’chiradi, frantsuz qiroli Mantuan gertsog bilan almashtiriladi. Harakatlanayotgan qahramonlarning nomlari xam o’zgartiriladi: Tribule o’rniga — Rigoletto, Blansh (Tribulening qizi) o’rniga Jilda qo’yiladi. Bu o’zgartirishlar dramaning asosiy g’oyasi: oddiy odamlarning ahloqiy-ma’naviy pokizaligi va ezguligini aristokrat — gertsogning iflosliklariga qarshi qo’yishi yo’qotolmas edi. Asarda ijtimoiy tengsizlik fojiasi xam shundayligicha qoldirilgan. «Rigoletto»ning 1851-yilda Milandagi namoyishidan keyin, Verdi birdaniga navbatdagi operasi — «Truba-dur»ning stsenariysi ustidagi ishlarini boshlab yuboradi. Biroq, bu dramaning sahna yuzini ko’rishi uchun ikki yilga yaqin vaqt ketdi. «Trubadur»ning prem’erasi Rim teatri «Apollo»da 1853-yil 19-yanvarda bo’lib o’tadi. «Trubadur» operasi Guteres dramasi asosida yozilgan bo’lib, unda o’n beshinchi asrda Ispaniyadagi yaramas feodal tuzum fosh etiladi. Verdining barcha operalari orasida «Trubadur»da tezda katta shuhrat qozongan xamda xalq mulkiga aylangan kuylar juda ko’p. Butun Italiya Azuchenining «Alanga lovullaydi» ariyasini kuylardi, u xalq qo’shig’iga aylanib ketgan edi. Kabaletta Manriko jangovar xarakterdagi musiqasi tufayli inqilobiy qo’shiq maqomini oladi. Agar «Rigoletto» va «Trubadur»larning namoyishi katta mu-vaffaqiyatlar bilan boshlangan bo’lsa, «Traviata» operasining 1853-yildagi birinchi namoyishi barbod bo’ldi. Operaning barbod bo’lishi sababi «Traviata» syujetining o’sha zamon uchun noodatiyligida edi: o’g’il Dyumaning «Kameliya gullari tutgan ayol» dramasidagi bosh qaxramon — fohisha, yuz tuban ketgan ayol o’sha davr opera sahnasi uchun o’taketgan dag’allik bo’lib tuyulgan. Operaning g’oyasi — burjua jamiyatidagi ayolning fojiali taqdirini ochib berish. Verdining operasi xuddi Dyuma romani kabi meshchan burjua axloqining o’ziga xos qoralanishi bo’ldi. Unda Alfredni sevgan Violetta qurbon bo’ldi. Opera mazmuni Violetta atrofida jipslashadi — avvalida
engiloyoq fohisha kuchli  hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va tomoshabinlar
ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo’ysunishga va
o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi qarama-qarshilikning
asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma’no kasb etadi. Verdi
o’zining  barcha  operalarida  xalq  xayotidagi  maishiy  qo’shiqlar  va  raqslar
ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil yanada kattaroq ahamiyat
kasb  etadi.  «Traviata»dagi  qo’shiq-raqs  janrlari  alohida  obrazlar,  tuyg’u  va
kechinmalar  tavsifi  uchun  eng  muhim  vosita  bo’lgan.  Operadagi  chuqur
demokratizm shundaki, uning barcha dramatik xhrakatlari raqs va qo’shiqlar
orqali o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol
o’ynagan.
1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib o’tadi.
Bu  gal  u  «San  Benedetto»  teatrida  qo’yiladi.  Opera  katta  shuhrat  qozonadi:
tinglovchilar  uni  tushunibgina  qolmasdan,  yaxshi  ko’rib  qolishdi.  Tez  orada
«Traviata» Italiya va dunyodagi  eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi
qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga
professional  sifatida  «Rigoletto»ni  yuqori  qo’yishini,  -havaskor  sifatida  esa
«Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan.
1850--1860-yillarda  Verdi  operalari  Evropaning  eng  yirik  sahnalari  yuzini
ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya
oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi.
«Sitsiliya  oqshomlari»  Sitsiliya  xalqining  fransuz  bosqinchilariga  qarshi
kurashi  tarixi  syujeti  asosida  yozilgan  boiib,  italyan  operalari  xususiyatlari  va
frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan.
Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad» operasidir, u
1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan bo’lib, shved
qiroli Gustav  III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya  tsenzurasi,
frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan tashvishlanib,
operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni  o’ldirish
voqealari  aks  etgan  edi-da!  Verdi  voqealar  yuz  bergan  joyni  Shvetsiyadan
Amerikaga  ko’chirishga  majbur  bo’ladi.  Shved  qirolini  esa  Boston  gubernatori
Richard Varvikka aylantiradi.
Logotip
engiloyoq fohisha kuchli hissiyotlar ta’siri ostida qayta tug’iladi va tomoshabinlar ko’z oldida o’sib boradi. U meshchanlarning sarqit urf-odatlariga bo’ysunishga va o’z muxabbatidan voz kechishga majbur bo’ladi. Operadagi qarama-qarshilikning asosiy mohiyati shundan iborat. Unda shaxsiy fojia ijtimoiy ma’no kasb etadi. Verdi o’zining barcha operalarida xalq xayotidagi maishiy qo’shiqlar va raqslar ohanglaridan keng foydalangan. «Traviata»da bu tamoyil yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. «Traviata»dagi qo’shiq-raqs janrlari alohida obrazlar, tuyg’u va kechinmalar tavsifi uchun eng muhim vosita bo’lgan. Operadagi chuqur demokratizm shundaki, uning barcha dramatik xhrakatlari raqs va qo’shiqlar orqali o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, opera musiqasida vals janri katta rol o’ynagan. 1864-yil 6-martda Venetsiyada operaning ikkinchi marta namoyishi boiib o’tadi. Bu gal u «San Benedetto» teatrida qo’yiladi. Opera katta shuhrat qozonadi: tinglovchilar uni tushunibgina qolmasdan, yaxshi ko’rib qolishdi. Tez orada «Traviata» Italiya va dunyodagi eng mashhur operalardan biriga aylandi. Shunisi qiziqki, Verdining o’zi: «Siz qaysi operangizni ko’proq yaxshi ko’rasiz», savoliga professional sifatida «Rigoletto»ni yuqori qo’yishini, -havaskor sifatida esa «Traviata»ga mehri "balandligini aytib o’tgan. 1850--1860-yillarda Verdi operalari Evropaning eng yirik sahnalari yuzini ko’radi. Peterburg uchun kompozitor «Taqdirning kuchi», Parij uchun «Sitsiliya oqshomlari», «Don Karlos», Neapol uchun — «Bal-maskarad»ni yozadi. «Sitsiliya oqshomlari» Sitsiliya xalqining fransuz bosqinchilariga qarshi kurashi tarixi syujeti asosida yozilgan boiib, italyan operalari xususiyatlari va frantsuzlarning «katta opera» an’analari bilan uyg’unlashtirilgan. Verdining 50-yillardagi eng yaxshi asarlaridan biri «Bal-maskarad» operasidir, u 1859-yilda yozilgan. Skribning librettosi italyan tiliga tarjima qilingan bo’lib, shved qiroli Gustav III ga qilingan suiqasd xaqida bayon qilingan. Avstriya tsenzurasi, frantsuz imperatori Napoleon III ga qilingan suiqasd xabarlaridan tashvishlanib, operani ta’qiqlab qo’yadi, axir unda xam qirolga suiqasd qilish va uni o’ldirish voqealari aks etgan edi-da! Verdi voqealar yuz bergan joyni Shvetsiyadan Amerikaga ko’chirishga majbur bo’ladi. Shved qirolini esa Boston gubernatori Richard Varvikka aylantiradi.
Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya zulmiga
qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan Madzini va
Garibaldilarning  inqilobiy  faoliyatlarini  ma’qullaydi.  U  1860-yilda  Italiyaning
birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining nomi
Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi. Ijtimoiy va
siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik topish
uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo’shiqchisi
Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha sodiq
do’st topgan edi.
60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi.  «Taqdirning kuchi» operasi
Peterburg Imperatori teatri direkstsyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan
buyon doimiy  ravishda  Peterburgda  faoliyat  ko’rsatadigan  va  favqulodda
muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi.
Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati
bo’lib,  ular  har  qanday  chet  elliklarga  sajda  qilishardi.  Italiya  operalari  rus
poytaxtida saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar  ekan, rus
klassik operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus
klassik  operalaridagi  realizm,  hatto  Verdining  «Rigoletto»,  «Trubadur»  yoki
«Traviata»  singari  eng  mashhur  asarlari  realizmi  bilan  solishtirilganida  xam,
anchabaland mavqega ega edi.
Odoevskiy, Stasov, Serov va Chaykovskiylarning Rossiyadagi «italiyachilik»ka
qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar  edi. Shu bilan birgalikda, ular umumiy
tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini  e’tirof  etsalar-da, uning ijodiga bergan
umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg juda sovuq qarshi
oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda  holatlardagi musiqiy
go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritib
bo’lmaydi.  Operaning  muvaffaqiyat  qozonmaganligining  sababi  librettoning
nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan o’zlashtirilgan  edi. Shunga
qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom ma’noda Verdining keyingi
operalarida  o’z  aksini  topdi.  Bular:  orkestr  dramaturgik  vazifalarining  ortishi,
psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan garmoniyaning boyitilishi,
Logotip
Verdining siyosiy faoliyati. 50—60-yillarda Italiya xalqining Avstriya zulmiga qarshi milliy-ozodlik kurashi faollashadi. Verdi chuqur hamdardlik bilan Madzini va Garibaldilarning inqilobiy faoliyatlarini ma’qullaydi. U 1860-yilda Italiyaning birinchi ijtimoiy parlamenti a’zoligiga saylanadi. Shunday qilib, Verdining nomi Italiya xalqining birlashish uchun kurashlari bilan bog’lanib ketadi. Ijtimoiy va siyosiy faoliyat Verdini ijodiy ishlardan chalg’itar edi. Biroz osoyishtalik topish uchun u ko’proq Santa-Agatadagi villasida yashardi. 1859-yilda u opera qo’shiqchisi Juzeppine Strepponiga uylanadi. Bu ayol qiyofasida u umrining oxirigacha sodiq do’st topgan edi. 60-yillarda Verdi bor-yo’g’i ikki opera yozadi. «Taqdirning kuchi» operasi Peterburg Imperatori teatri direkstsyasi buyurtmasi bilan yozilgan. U 1843-yildan buyon doimiy ravishda Peterburgda faoliyat ko’rsatadigan va favqulodda muvaffaqiyat qozonayotgan italyan truppasi uchun mo’ljallangan edi. Italyanparastlik rus saroy aristokratik doiralarining ko’rinib turgan xususiyati bo’lib, ular har qanday chet elliklarga sajda qilishardi. Italiya operalari rus poytaxtida saroy amaldorlari tomonidan zo’rma-zo’rakilik bilan kiritilar ekan, rus klassik operasi musiqiy hayotda munosib o’rin egallashi uchun xalaqit berar edi. Rus klassik operalaridagi realizm, hatto Verdining «Rigoletto», «Trubadur» yoki «Traviata» singari eng mashhur asarlari realizmi bilan solishtirilganida xam, anchabaland mavqega ega edi. Odoevskiy, Stasov, Serov va Chaykovskiylarning Rossiyadagi «italiyachilik»ka qarshi chiqishlari tarixan ilg’or xarakatlar edi. Shu bilan birgalikda, ular umumiy tarzda Verdining juda -katta qobiliyatini e’tirof etsalar-da, uning ijodiga bergan umumiy baholarida noxaq edilar. «Taqdirning kuchi»ni Peterburg juda sovuq qarshi oldi. Yorqin dramatizmi, psixologik detallar nozikligi xamda holatlardagi musiqiy go’zalliklariga qaramasdan bu operani Verdining eng yaxshi asarlari qatoriga kiritib bo’lmaydi. Operaning muvaffaqiyat qozonmaganligining sababi librettoning nomuvofiqligi bo’ldi, u ispan romantik dramalaridan o’zlashtirilgan edi. Shunga qaramay operada yangi qirralar xam bo’lib, ular tom ma’noda Verdining keyingi operalarida o’z aksini topdi. Bular: orkestr dramaturgik vazifalarining ortishi, psixologik vaziyatlarda nozik va aniq bo’lib borayotgan garmoniyaning boyitilishi,
leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning kuchi» operasi Verdining ijodiy
yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi.
1862-yilda Verdi  Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi  uchun «Millatlar
madhiyasi»  kantatasini  yozadi.  Uning  matni  kompozitor,  shoir,  Gyotening
«Faust»i  asosida  «Mefistofel»  operasini  yozgan  Arrigo  Boytoga  tegishli  edi.
Keyinchalik Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil
boshlarida Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi,
1864-yilda «Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada
bo’lishi uning ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij
uchun yozilgan xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini
topgan.
«Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan.  U
qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning
ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi.
Operaning  bosh  xarakatlanuvchi  shaxslari  musiqada  bo’rttirilgan,  psixologik
nozik va aniq tavsifini topgan  edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha
ortadi, bu  holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera
dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va
ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr
talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi.
1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari
munosabati  bilan  Qoxiradagi  yangi  teatr  uchun  Misr  xayotidan  olingan
vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning
frantsuzcha matnini  prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga
tarjima qildi.
“Aida” operasi.  «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-dekabrda
bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera tarixida
eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning boshqa
italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u butun
Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi. Shundan
keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto Verdi ijodiga
bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar, tanqidchilar
Logotip
leytmotivlar va hokazo. Shunday qilib, «Taqdirning kuchi» operasi Verdining ijodiy yuksalishida katta ahamiyat kasb etdi. 1862-yilda Verdi Londondagi Butunjaxon ko’rgazmasi uchun «Millatlar madhiyasi» kantatasini yozadi. Uning matni kompozitor, shoir, Gyotening «Faust»i asosida «Mefistofel» operasini yozgan Arrigo Boytoga tegishli edi. Keyinchalik Boyto Verdining so’nggi operalari librettosi muallifi bo’ladi. 1863-yil boshlarida Verdi Ispaniyaga «Taqdirning kuchi»ni Madridda qo’yish uchun boradi, 1864-yilda «Makbet»ni Parij sahnasi uchun qayta ishladi. Verdining Ispaniyada bo’lishi uning ispan xalq musiqasiga bo’lgan qiziqishlarini oshirdi, bu narsa Parij uchun yozilgan xamda 1867-yilda Parijda qo’yilgan «Don Karlos»da o’z ifodasini topgan. «Don Karlos» operasi Shillerning shu nomli dramasi asosida yozilgan. U qonxo’r Filipp II qirolligi davridagi Ispaniya tarixi xaqida hikoya qiladi. Operaning ilg’or g’oyaviy mohiyati shunda ediki, u yaramas katolik reaktsiyasini fosh etardi. Operaning bosh xarakatlanuvchi shaxslari musiqada bo’rttirilgan, psixologik nozik va aniq tavsifini topgan edi. Operada simfonik muqaddimaning roli ancha ortadi, bu holat qahramonlar kechinmalarini ochib berishga xizmat qiladi. Opera dramatik sahnalar rivojidan tarkib topgan. Opera musiqasida ispan xalq ohanglari va ritmlari sezilib turadi. Parijdagi Grand Opera teatri uchun yozilgan va shu teatr talablari ruhiga uyg’un bo’lgan bu asar Meyerber operalaridan tubdan farq qiladi. 1869-yilda Verdi Misr xukumatidan Suvaysh kanalining ochilishi tantanalari munosabati bilan Qoxiradagi yangi teatr uchun Misr xayotidan olingan vatanparvarlik mavzusida opera yozib berish taklifini oladi. Dyu Lokl librettoning frantsuzcha matnini prozada yozib berdi, shoir A. Gislansoni uni italyan tiliga tarjima qildi. “Aida” operasi. «Aida»ning Qoxiradagi prem’erasi 1871-yil 24-dekabrda bo’lib o’tdi. Akademik B.V. Asaf’evning ta’kidlashicha, «bu butun opera tarixida eng go’zal va zo’r tomosha bo’lgan edi». 1872-yildan boshlab «Aida»ning boshqa italyan shaharlari bo’ylab tantanavor «yurishlari» boshlanadi, tez orada u butun Evropada mashhur bo’lib ketdi, bunga Rossiya va Amerika xam qo’shildi. Shundan keyin Verdi xaqida buyuk kompozitor sifatida gapira boshlashdi. Xatto Verdi ijodiga bir qadar tayyor xulosalar bilan qaraydigan professional musiqachilar, tanqidchilar