Karbon kislotalar va ularning tibbiyotda qo’llaniladigan pereparatlari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
759,0 KB
Karbon kislotalar va ularning tibbiyotda qo’llaniladigan pereparatlari
Kerakli asboblar va reaktivlar: Xiniofen, sulfadimezin, streptotsid, bromli
suv, distillangan suv, natriy gidroksid eritmasi, bariy xlorid BaCl2, suyultirilgan
xlorid kislota HCl, temir III xlorid FeCl3, kobalt II xlorid CoCl2, mis II sulfat CuSO4,
probirkalar, 100 ml o‘lchov kolbasi, ajratuvchi kolba, kimyoviy stakan, pipetka, filtr
qog’oz, suv hammomi, anlitik tarozi, quritish uchun elektr plitka.
Nazariy qism.
trat va natriy sitrat turli kasalliklarni davolashda qo’llanadi. Ular turli usullar
yordamida olinadi. Masalan, kaliy atsetatni odatdagicha, sirka kislotasini kaliy
karbonat yoki kaliy gidrokarbonat bilan neytrallab olinadi:
2CH3COOH + K2CO3→2CH3COOK+ CO2 +H2O
Natriy
ν-oksibutirat
olishda
avval
quyidagi
tenglama
bo'yicha
1.4-butandiolni mis katalizatori ishtirokida 300°C haroratgacha qizdirib, ν-
butirolaktonga o'tkaziladi, so'ngra unga natriy gidroksid eritmasi ta’sir ettirib
preparat olinadi:
Kaliy tartrat yoki vino kislotasining kaliyli tuzi tabiatda juda ko‘p tarqalgan
bo'lib, ayniqsa, vino ishlab chiqarishda uzum shirasini bijg'itish natijasida bochkalar
tagiga cho'kma holida ajralib chiqadi. Uni vino toshi deb ham ataladi. Tibbiyotda
ishlatiladigan kaliy tartratni vino toshidan qayta kristallab olinadi. Uni yana vino
kislotasini kaliy karbonat bilan neytrallab ham olinadi. Bunda avval vino
kislotasining suvda eruvchan normal tuzi hosil bo'ladi. Keyinchalik unga yana
ma’lum miqdorda vino kislotasini qo'shib, tibbiyotda ishlatiladigan nordon tuzga
o'tkaziladi:
Amaliy tavsiyalar. Talabalar tomonidan karbon kislotalar va ularning
tibbiyotda qo’llaniladigan moddalarni kimyoviy farmakologiyasi va kinetikasi
haqidagi ma’lumotlarni internet orqali o’rganib amaliy mashg’ulot daftarlariga qayd
etish tavsiya qilinadi.