KARTALARDAN FOYDALANISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

21,1 KB


KARTALARDAN FOYDALANISH
Reja.
1. Karta va atlaslarni loyihalash
2. Kartalarni tahrir qilish
3. Kartani tuzish va jihozlash
4. Kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish
Tayanch so’zlar: loyixalash, tahrir qilish, tuzish, jihozlash, nashr, kameral, 
dala sharoiti. 
Geografiya o’qituvchisi  yoki  kartadan  foydalanadigan har  bir  kishi  o’zi
foydalanayotgan karta yoki atlasning qanday va qay tartibda yaratilganligini, uni
qanday ishlatishni yaxshi bilib olishi shart. Shuning uchun karta yoki atlaslarning
qanday va qay tartibda tayyorlash jarayoni bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, kartalar va atlaslar yaratish juda mashaqqatli ish bo’lib, ko’p
texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Kartalar asosan 2 xil usulda:
1. Bevosita dalada s’yomka qilish yo’li bilan (fototopografik usulda) va
maxsus s’yomka qilish masalan, geologik s’yomka, tuproq s’yomkasi (kadastrlash
s’yomkasi), geobotanik, geofizik s’yomka va boshqa yo’llar bilan ishlanadi.
2.
Kameral  sharoitda,  ya’ni  kabinetda,  yig’ilgan  har  xil  manba  va
ma’lumotlar (astronomik, topografik, s’yomka manbalari, kartografik, geografik,
iqtisodiy-statistik,  aerokosmik  suratlar  va  boshqa  manbalar)  asosida  maxsus
mutaxassis kartograflar tomonidan tuziladi. Hozirgi kartografiya darsliklarida va
qo’llanmalarda  topografik  va  geografik  kartalarni  dala  va  kameral  sharoitda
yaratish to’g’risida ma’lumot berilgan. 
Logotip
KARTALARDAN FOYDALANISH Reja. 1. Karta va atlaslarni loyihalash 2. Kartalarni tahrir qilish 3. Kartani tuzish va jihozlash 4. Kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish Tayanch so’zlar: loyixalash, tahrir qilish, tuzish, jihozlash, nashr, kameral, dala sharoiti. Geografiya o’qituvchisi yoki kartadan foydalanadigan har bir kishi o’zi foydalanayotgan karta yoki atlasning qanday va qay tartibda yaratilganligini, uni qanday ishlatishni yaxshi bilib olishi shart. Shuning uchun karta yoki atlaslarning qanday va qay tartibda tayyorlash jarayoni bilan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Umuman, kartalar va atlaslar yaratish juda mashaqqatli ish bo’lib, ko’p texnologik jarayonlarni o’z ichiga oladi. Kartalar asosan 2 xil usulda: 1. Bevosita dalada s’yomka qilish yo’li bilan (fototopografik usulda) va maxsus s’yomka qilish masalan, geologik s’yomka, tuproq s’yomkasi (kadastrlash s’yomkasi), geobotanik, geofizik s’yomka va boshqa yo’llar bilan ishlanadi. 2. Kameral sharoitda, ya’ni kabinetda, yig’ilgan har xil manba va ma’lumotlar (astronomik, topografik, s’yomka manbalari, kartografik, geografik, iqtisodiy-statistik, aerokosmik suratlar va boshqa manbalar) asosida maxsus mutaxassis kartograflar tomonidan tuziladi. Hozirgi kartografiya darsliklarida va qo’llanmalarda topografik va geografik kartalarni dala va kameral sharoitda yaratish to’g’risida ma’lumot berilgan.
Lekin dala sharoitida ham topografik kartalar asosida tuzilgan yirik va o’rta
masshtabli  mavzuli  kartalar  ham  bo’ladi,  ular  geologik,  geobotanik,  tuproq,
landshaft  kartalaridir. Bundan  kartalar  yaratish  yo’llarini  maxsus  fanlar, ya’ni
tuproqshunoslik kartografiyasi, geologik kartografiya va geobotanik kartografiya
fanlari o’rgatadi.
Kartografiyada  bir-biriga  o’xshash  va  bir-birlariga  yaqin  bo’lgan,  lekin
o’zaro farq qiladigan 3 ta kartografik termin mavjud. Ular quyidagilar:kartalarni
loyihalash, tahrir qilish va tuzish.
Kartalarni loyihalash yangi kartani yaratish va mavjud kartalarni 
modernizasiyalash, ya’ni yangilash demakdir.
Kartalarni tahrir qilish deganda, karta yaratishning tahririy hujjatlarini ishlab
chiqish  va  karta  yaratish  jarayonida  ilmiy-texnikaviy  ishlarga  rahbarlik  qilish
usullari tushuniladi.
Kartalarni  tuzish  deganda,  kartaning  dastlabki  nusxasini  yaratish  usuli
tushuniladi,  bu  matematik  asos,  kartaning  mazmuni,  generalizasiyalangan
kartografik tavsif aks etgan nusxadir. 
Loyihalashning  maqsadikartani  yaratish  va  yangilash  jarayonida  olib
boriladigan ishlarni tashkil qilish  baholashdan iboratdir.
Karta va atlaslarni loyihalashtirish vazifalariga quyidagilar kiradi:
a) buyurtmachi bilan birgalikda texnikaviy vazifalarni ishlab chiqish, yirik
kartografik asarlar bo’lsa uning umumiy dasturini ishlab chiqish;
b)  kartaning  matematik  asosini  (masshtabi,  proyeksiyasi,  formati
(o’lchamlari),  komponovkasi,  atlas  bo’lsa  uning  maket  komponovkasi)  ishlab
chiqish;
v) kartaning mazmunini ishlab chiqish, shartli belgilari, tasvirlash usullarini,
tajriba nusxasini va mualliflik maketini (nusxasini) tayyorlash;
g) kartani oson va arzon yo’l bilan sifatli qilib tayyorlash yo’lini ishlab
chiqish;
d)  karta  va  atlasni  yaratish  uchun  zarur  bo’lgan  tashkiliy  ishlarni
rejalashtirish va amalga oshirish;
j) karta va atlaslarning texnikaviy-iqtisodiy asosini ishlab chiqish.
Karta yoki atlasning programmasi  (dasturi) loyihalashning negizidir.
Logotip
Lekin dala sharoitida ham topografik kartalar asosida tuzilgan yirik va o’rta masshtabli mavzuli kartalar ham bo’ladi, ular geologik, geobotanik, tuproq, landshaft kartalaridir. Bundan kartalar yaratish yo’llarini maxsus fanlar, ya’ni tuproqshunoslik kartografiyasi, geologik kartografiya va geobotanik kartografiya fanlari o’rgatadi. Kartografiyada bir-biriga o’xshash va bir-birlariga yaqin bo’lgan, lekin o’zaro farq qiladigan 3 ta kartografik termin mavjud. Ular quyidagilar:kartalarni loyihalash, tahrir qilish va tuzish. Kartalarni loyihalash yangi kartani yaratish va mavjud kartalarni modernizasiyalash, ya’ni yangilash demakdir. Kartalarni tahrir qilish deganda, karta yaratishning tahririy hujjatlarini ishlab chiqish va karta yaratish jarayonida ilmiy-texnikaviy ishlarga rahbarlik qilish usullari tushuniladi. Kartalarni tuzish deganda, kartaning dastlabki nusxasini yaratish usuli tushuniladi, bu matematik asos, kartaning mazmuni, generalizasiyalangan kartografik tavsif aks etgan nusxadir. Loyihalashning maqsadikartani yaratish va yangilash jarayonida olib boriladigan ishlarni tashkil qilish baholashdan iboratdir. Karta va atlaslarni loyihalashtirish vazifalariga quyidagilar kiradi: a) buyurtmachi bilan birgalikda texnikaviy vazifalarni ishlab chiqish, yirik kartografik asarlar bo’lsa uning umumiy dasturini ishlab chiqish; b) kartaning matematik asosini (masshtabi, proyeksiyasi, formati (o’lchamlari), komponovkasi, atlas bo’lsa uning maket komponovkasi) ishlab chiqish; v) kartaning mazmunini ishlab chiqish, shartli belgilari, tasvirlash usullarini, tajriba nusxasini va mualliflik maketini (nusxasini) tayyorlash; g) kartani oson va arzon yo’l bilan sifatli qilib tayyorlash yo’lini ishlab chiqish; d) karta va atlasni yaratish uchun zarur bo’lgan tashkiliy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish; j) karta va atlaslarning texnikaviy-iqtisodiy asosini ishlab chiqish. Karta yoki atlasning programmasi (dasturi) loyihalashning negizidir.
Bu  jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi: karta tuziladigan hududning
nomi, kimlar uchun mo’ljallanganligi, kartografik to’ri, tipi, karta va atlaslarning
mavzulari, matematik asosi, kartalar mazmuni, generalizasiya prinsiplari, tasvirlash
usullari va shakllari, statistik va kartografik manbalar, ulardan foydalanish tartibi
hamda karta yoki atlasni tayyorlash texnologiyasi.
Dasturga qo’shimcha yana texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, texnikaviy-
tashkiliy  ishlar  va  kartaning  ilmiy-texnika  loyihasi kiradi. Tuzilgan  karta  va
atlasning  loyihasi  yaratilayotgan  karta  yoki  atlas  to’g’risida  to’liq  ma’lumot
beribgina qolmay, uning to’liq qiymati va tannarxi karta hamda atlasning ma’lum
texnologik  jarayonlari,  mualliflik  maketini  tayyorlash,  tuzish  va  tahrir  qilish
nusxasini tayyorlash hamda nashr qilish maketini tayyorlash jarayonlarini bajarish
vaqtlari ham ko’rsatiladi.
Yuqorida  ko’rsatilgan  ishlar  bajarilib,  mutaxassislar  va  buyurtmachilar
tomonidan muhofaza qilinib, tasdiqdan o’tgandan so’nggina asosiy xujjat bo’lib
hisoblanadi va ishga kirishiladi. YUqorida karta va atlaslarning loyihalash  jarayoni
sxemasi berilgan. 
Karta va atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
-karta va atlaslarning maqsadi va mavzulari;
-atlas kartalarining ro’yxatini aniqlash;
-matematik asosni ishlab chiqish;
-maket komponovkani tayyorlash;
-kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro’yxatini tuzish;
-karta mazmunini ishlab chiqish va tasvirlanadigan tafsilot va ob’ektlarni,
voqea va hodisalarni tasniflab, aniqlash;
-shartli belgilarni ishlab chiqish, karta va atlaslarni badiiy jihatdan jihozlash
yo’llarini  ishlab  chiqish,  ramka  va  uning  tashqarisidagi  bezak,  kesma  va
qo’shimcha kartalar, hamda atlasning ustki qismlarini, kartalardagi ochiq joylarni
surat va rasmlar bilan bezash;
-atlas yoki karta dasturini (programmasini) ishlab chiqish;
-ish jarayonlari texnologiyasini ishlab chiqish;
-atlaslar uchun geografik asoslarning tiplarini ishlab chiqish va mualliflik
maketlarining mazmunini aniqlash;
Logotip
Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi: karta tuziladigan hududning nomi, kimlar uchun mo’ljallanganligi, kartografik to’ri, tipi, karta va atlaslarning mavzulari, matematik asosi, kartalar mazmuni, generalizasiya prinsiplari, tasvirlash usullari va shakllari, statistik va kartografik manbalar, ulardan foydalanish tartibi hamda karta yoki atlasni tayyorlash texnologiyasi. Dasturga qo’shimcha yana texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, texnikaviy- tashkiliy ishlar va kartaning ilmiy-texnika loyihasi kiradi. Tuzilgan karta va atlasning loyihasi yaratilayotgan karta yoki atlas to’g’risida to’liq ma’lumot beribgina qolmay, uning to’liq qiymati va tannarxi karta hamda atlasning ma’lum texnologik jarayonlari, mualliflik maketini tayyorlash, tuzish va tahrir qilish nusxasini tayyorlash hamda nashr qilish maketini tayyorlash jarayonlarini bajarish vaqtlari ham ko’rsatiladi. Yuqorida ko’rsatilgan ishlar bajarilib, mutaxassislar va buyurtmachilar tomonidan muhofaza qilinib, tasdiqdan o’tgandan so’nggina asosiy xujjat bo’lib hisoblanadi va ishga kirishiladi. YUqorida karta va atlaslarning loyihalash jarayoni sxemasi berilgan. Karta va atlaslarni loyihalash quyidagi bosqichlarga bo’linadi: -karta va atlaslarning maqsadi va mavzulari; -atlas kartalarining ro’yxatini aniqlash; -matematik asosni ishlab chiqish; -maket komponovkani tayyorlash; -kartografik va boshqa manbalarni aniqlab ro’yxatini tuzish; -karta mazmunini ishlab chiqish va tasvirlanadigan tafsilot va ob’ektlarni, voqea va hodisalarni tasniflab, aniqlash; -shartli belgilarni ishlab chiqish, karta va atlaslarni badiiy jihatdan jihozlash yo’llarini ishlab chiqish, ramka va uning tashqarisidagi bezak, kesma va qo’shimcha kartalar, hamda atlasning ustki qismlarini, kartalardagi ochiq joylarni surat va rasmlar bilan bezash; -atlas yoki karta dasturini (programmasini) ishlab chiqish; -ish jarayonlari texnologiyasini ishlab chiqish; -atlaslar uchun geografik asoslarning tiplarini ishlab chiqish va mualliflik maketlarining mazmunini aniqlash;
-har bir ish jarayoni bo’yicha sarf-xarajatlarni hisoblab chiqish;
-jarayonlar bo’yicha ish grafigini ishlab chiqish;
Ilmiy texnikaviy loyihaning (ITL) asosiy hujjati karta va atlasning dasturi
hisoblanadi. Karta va atlas dasturida quyidagi bo’limlar mavjud.
 -karta va atlasning nomi,  ishlatilishi va ularga bo’lgan talablar;
-kartaning matematik asosi;
-kartaning mazmuni, tasvirlash usullari va generalizasiyalash prinsiplari;
-kartografik manbalar va ulardan foydalanish yo’llarini ko’rsatish;
-geografik xarakteristika va generalizasiya qilish uchun tavsiyalar;
-karta yaratish texnologiyasi.
Dasturda mualliflik maketini (nusxasini) yaratish uchun quyidagi tavsiyalar
beriladi:  qaysi geografik manbalardan qanday qilib foydalanish, qaysi masshtabda
mualliflik nusxasi tuzish kerak, har bir nusxa uchun maxsus formulyar tutiladi,
unda kartografik manbalar ko’rsatiladi.
Dasturda  mavzuli  kartalar  ro’yxati  berilib,  ularning  mazmuni  aniqlanib,
taqrizga berish vaqtlari ko’rsatiladi.
Dasturda tahrir qilish, tuzish va loyihalash bilan bog’liq bo’lgan masalalar
echimi ko’rsatilishi kerak. Masalan, tahrir qilish ko’rsatmasini yozish va har bir tip
karta uchun legendalar ishlab chiqish ko’rsatiladi.
Programmaning (dasturning) texnologik qismida karta va atlas yaratishda
foydalanish mumkin bo’lgan yangi texnologik usullar, ya’ni kompьyuterlardan,
EHM  lardan  va  boshqa  yangi  asbob-uskunalardan  foydalanish  imkoniyatlari
ko’rsatiladi.
Karta va atlaslar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish
kerak. SHartli belgilar oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan
birga hozirgi zamon texnologiyasiga mos bo’lishi kerak.
Kartografik korxonalarda maxsus  shartli belgilar fotoalьbom mavjud bo’lib,
o’sha alьbomdan foydalaniladi.
Karta tuzishda legendaning ahamiyati kattadir, shuning uchun ham legenda
kartaning kaliti deb ham yuritiladi. CHunki, u karta mazmunini ochib beradi.
Kartani o’qishdan ilgari uning legendasi bilan tanishiladi. Kartaning legendasi
Logotip
-har bir ish jarayoni bo’yicha sarf-xarajatlarni hisoblab chiqish; -jarayonlar bo’yicha ish grafigini ishlab chiqish; Ilmiy texnikaviy loyihaning (ITL) asosiy hujjati karta va atlasning dasturi hisoblanadi. Karta va atlas dasturida quyidagi bo’limlar mavjud. -karta va atlasning nomi, ishlatilishi va ularga bo’lgan talablar; -kartaning matematik asosi; -kartaning mazmuni, tasvirlash usullari va generalizasiyalash prinsiplari; -kartografik manbalar va ulardan foydalanish yo’llarini ko’rsatish; -geografik xarakteristika va generalizasiya qilish uchun tavsiyalar; -karta yaratish texnologiyasi. Dasturda mualliflik maketini (nusxasini) yaratish uchun quyidagi tavsiyalar beriladi: qaysi geografik manbalardan qanday qilib foydalanish, qaysi masshtabda mualliflik nusxasi tuzish kerak, har bir nusxa uchun maxsus formulyar tutiladi, unda kartografik manbalar ko’rsatiladi. Dasturda mavzuli kartalar ro’yxati berilib, ularning mazmuni aniqlanib, taqrizga berish vaqtlari ko’rsatiladi. Dasturda tahrir qilish, tuzish va loyihalash bilan bog’liq bo’lgan masalalar echimi ko’rsatilishi kerak. Masalan, tahrir qilish ko’rsatmasini yozish va har bir tip karta uchun legendalar ishlab chiqish ko’rsatiladi. Programmaning (dasturning) texnologik qismida karta va atlas yaratishda foydalanish mumkin bo’lgan yangi texnologik usullar, ya’ni kompьyuterlardan, EHM lardan va boshqa yangi asbob-uskunalardan foydalanish imkoniyatlari ko’rsatiladi. Karta va atlaslar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish kerak. SHartli belgilar oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan birga hozirgi zamon texnologiyasiga mos bo’lishi kerak. Kartografik korxonalarda maxsus shartli belgilar fotoalьbom mavjud bo’lib, o’sha alьbomdan foydalaniladi. Karta tuzishda legendaning ahamiyati kattadir, shuning uchun ham legenda kartaning kaliti deb ham yuritiladi. CHunki, u karta mazmunini ochib beradi. Kartani o’qishdan ilgari uning legendasi bilan tanishiladi. Kartaning legendasi
karta programmasi bilan birga ishlab chiqilib, karta tuzish nusxasi bilan birga
beriladi.
Legenda ishlab chiqishda shartli belgilar karta mazmuniga mos bo’libgina
qolmasdan, mantiq jihatdan ham to’liq, sodda, yqilishi oson va qisqa bo’lishi zarur.
Kompleks legenda, tipologik hamda sintetik legendalar mavjud. Masalan, sintetik
legendalar landshaft kartalarida, baholash va bashorat qilish kartalarida ko’proq
ishlatilsa,  tipologik  legenda  ilmiy  tasnif  bilan  bog’liq  bo’lgan  kartalarda
foydalaniladi.
Mualliflik maketlari (nusxasi) maxsus ixtisoslashgan tashkilotlardagi yuqori
malakali mutaxassislar, karta sohasi bo’yicha ishlaydigan kishilar va kartograf-
muharrirlar tomonidan tuziladi.
Karta mualliflari quyidagi tartibda ish olib borishi mumkin:
-karta tuzish g’oyasi paydo bo’lgandan so’ng uning mazmuni aniqlanadi;
-karta dasturi tuziladi;
-manbalar o’rganilib chiqiladi;
-kartaning  dastlabki  legendasi  ishlab  chiqilib  ko’rsatkichlar  aniqlanib
shkalalar tanlanadi;
-kartaning dastlabki eskizi (qo’lbola) nusxasi tayyorlanadi;
-manbalar ishlab chiqilib, qo’shimcha kesma kartalar, grafiklar, sxemalar
tayyorlanadi;
-kartaning to’liq legendasi ishlab chiqiladi;
-kartaning mualliflik nusxasi tuziladi;
-mualliflik nusxasiga tushuntirish xati yoziladi.
Kartani xomaki dasturi (programmasi) kartogarf-muharrir bilan birgalikda
tuzilishi yaxshi foyda beradi.
Mualliflik  nusxasi  tahririyat  tomonidan  qabul  qilinadi.  Kartografik
korxonalarda  mualliflik nusxasi  yuqori  saviyada  bajarilgan va  hamma  qonun-
qoidalarga to’liq javob beradi deb topilsa, uning tuzish nusxasisiz to’g’ridan-to’g’ri
nashr qilish jarayoniga o’tkazsa bo’ladi. Bunda ish jarayoni qisqaradi va nashr
qilish ishi tezlashadi.
Logotip
karta programmasi bilan birga ishlab chiqilib, karta tuzish nusxasi bilan birga beriladi. Legenda ishlab chiqishda shartli belgilar karta mazmuniga mos bo’libgina qolmasdan, mantiq jihatdan ham to’liq, sodda, yqilishi oson va qisqa bo’lishi zarur. Kompleks legenda, tipologik hamda sintetik legendalar mavjud. Masalan, sintetik legendalar landshaft kartalarida, baholash va bashorat qilish kartalarida ko’proq ishlatilsa, tipologik legenda ilmiy tasnif bilan bog’liq bo’lgan kartalarda foydalaniladi. Mualliflik maketlari (nusxasi) maxsus ixtisoslashgan tashkilotlardagi yuqori malakali mutaxassislar, karta sohasi bo’yicha ishlaydigan kishilar va kartograf- muharrirlar tomonidan tuziladi. Karta mualliflari quyidagi tartibda ish olib borishi mumkin: -karta tuzish g’oyasi paydo bo’lgandan so’ng uning mazmuni aniqlanadi; -karta dasturi tuziladi; -manbalar o’rganilib chiqiladi; -kartaning dastlabki legendasi ishlab chiqilib ko’rsatkichlar aniqlanib shkalalar tanlanadi; -kartaning dastlabki eskizi (qo’lbola) nusxasi tayyorlanadi; -manbalar ishlab chiqilib, qo’shimcha kesma kartalar, grafiklar, sxemalar tayyorlanadi; -kartaning to’liq legendasi ishlab chiqiladi; -kartaning mualliflik nusxasi tuziladi; -mualliflik nusxasiga tushuntirish xati yoziladi. Kartani xomaki dasturi (programmasi) kartogarf-muharrir bilan birgalikda tuzilishi yaxshi foyda beradi. Mualliflik nusxasi tahririyat tomonidan qabul qilinadi. Kartografik korxonalarda mualliflik nusxasi yuqori saviyada bajarilgan va hamma qonun- qoidalarga to’liq javob beradi deb topilsa, uning tuzish nusxasisiz to’g’ridan-to’g’ri nashr qilish jarayoniga o’tkazsa bo’ladi. Bunda ish jarayoni qisqaradi va nashr qilish ishi tezlashadi.
Atlas kartalarini loyihalash oddiy karta tayyorlashdan bir oz bo’lsa ham farq
qilib, atlas  mavzusi  asosida  ish  olib  boriladi.  Atlas  kartalari  masshtabi  va
proyeksiyasiga katta e’tibor berilib komponovkaga loyiq qilib tanlanadi.
Atlasda umuman hamma kartalar uchun bir xil shartli belgilar tanlanib,
atlasdagi mavzuli kartalar uchun esa alohida legenda ishlab chiqiladi.
Atlas  kartalarini  joylashtirishda,  ularning  ketma-ketligiga  katta  e’tibor
berilib, kartalar mazmuni va ahamiyatiga qarab masshtab tanlanadi. Kartalar uchun
bir necha xil geografik asos yaratiladi. Bunda generalizasiya darajasi ham bir xil
bo’lishi kerak.
Atlas kartalarining shartli belgilari, shriftlar, rang bilan jihozlanishi oldindan
atlas dasturida ko’rsatilgandek bir mazmunga bo’ysinishi kerak.
Atlasni  loyihalashning  o’ziga  xos  xususiyatlari  bor.  Atlasning  qo’ygan
maqsadiga, kartalar soniga va murakkabligiga hamda texnikaviy xarakteristikasiga
e’tibor beriladi.
Atlasning matematik asosi uning qanday loyihalanishiga bog’liq.
Atlas kartalarining mazmuni ularning generalizasiya qilish darajasiga ham
bog’liq.
SHartli belgilar tarkibi atlas kartalarning hajmiga va jihozlanishiga bog’liq.
Atlas  yaratishning  yana  bir  xususiyati  shuki,  unga  kiritiladigan  hamma
kartalar birdaniga nashrga tayyorlanmaydi, balki bir-biriga bog’liq va bir-birini
to’ldiradigan  kartalar  guruhlari  dastlab  tuziladi,  ana  shundan  keyin  kartalarni
nashrga tayyorlash jarayoniga topshirish mumkin.
Kartalarni tahrir qilish
Biz yuqorida aytib o’tganimizdek, kartani tahrir qilish deganda karta tuzish
uchun tahririy hujjatlarni ishlab chiqish va kartani yaratish bosqichlarida ilmiy va
texnikaviy rahbarlik qilish jarayoni tushuniladi.
Kartani tahrir qilishga quyidagi tahririy ishlar kiradi:
-tahririy tayyorgarlik ishlar;
-tahririy rahbarlik, karta tuzish, yangilash hamda nashrga tayyorlash va nashr
qilish jarayoni ishini sifatli olib borishni nazorat qilish;
-tahririy nazorat, tekshirishni yo’lga qo’yish, tuzish, nashr qilish, chiziqlar va
rangli nusxalarni tekshirib qabul qilish;
Logotip
Atlas kartalarini loyihalash oddiy karta tayyorlashdan bir oz bo’lsa ham farq qilib, atlas mavzusi asosida ish olib boriladi. Atlas kartalari masshtabi va proyeksiyasiga katta e’tibor berilib komponovkaga loyiq qilib tanlanadi. Atlasda umuman hamma kartalar uchun bir xil shartli belgilar tanlanib, atlasdagi mavzuli kartalar uchun esa alohida legenda ishlab chiqiladi. Atlas kartalarini joylashtirishda, ularning ketma-ketligiga katta e’tibor berilib, kartalar mazmuni va ahamiyatiga qarab masshtab tanlanadi. Kartalar uchun bir necha xil geografik asos yaratiladi. Bunda generalizasiya darajasi ham bir xil bo’lishi kerak. Atlas kartalarining shartli belgilari, shriftlar, rang bilan jihozlanishi oldindan atlas dasturida ko’rsatilgandek bir mazmunga bo’ysinishi kerak. Atlasni loyihalashning o’ziga xos xususiyatlari bor. Atlasning qo’ygan maqsadiga, kartalar soniga va murakkabligiga hamda texnikaviy xarakteristikasiga e’tibor beriladi. Atlasning matematik asosi uning qanday loyihalanishiga bog’liq. Atlas kartalarining mazmuni ularning generalizasiya qilish darajasiga ham bog’liq. SHartli belgilar tarkibi atlas kartalarning hajmiga va jihozlanishiga bog’liq. Atlas yaratishning yana bir xususiyati shuki, unga kiritiladigan hamma kartalar birdaniga nashrga tayyorlanmaydi, balki bir-biriga bog’liq va bir-birini to’ldiradigan kartalar guruhlari dastlab tuziladi, ana shundan keyin kartalarni nashrga tayyorlash jarayoniga topshirish mumkin. Kartalarni tahrir qilish Biz yuqorida aytib o’tganimizdek, kartani tahrir qilish deganda karta tuzish uchun tahririy hujjatlarni ishlab chiqish va kartani yaratish bosqichlarida ilmiy va texnikaviy rahbarlik qilish jarayoni tushuniladi. Kartani tahrir qilishga quyidagi tahririy ishlar kiradi: -tahririy tayyorgarlik ishlar; -tahririy rahbarlik, karta tuzish, yangilash hamda nashrga tayyorlash va nashr qilish jarayoni ishini sifatli olib borishni nazorat qilish; -tahririy nazorat, tekshirishni yo’lga qo’yish, tuzish, nashr qilish, chiziqlar va rangli nusxalarni tekshirib qabul qilish;
-nashr qilingan kartaning dastlabki nusxasini tahlil qilish.
Tahririy-tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-ishni o’rganib chiqish, kartaning maqsadini tushunib, uni talab darajasiga
etkazish;
-kartografik manbalarni yig’ish, tahlil qilish, aniqlash;
-kartaga tushiriladigan hududni va unga tushiriladigan ob’ektlarni, voqea va
hodisalarni o’rganish;
-tahririy reja yoki tahririy ko’rsatmani ishlab chiqish;
-ishni  bajarish  uchun  mutaxassislar  (kartafabrika  xodimlaridan)  tanlash
ularni tayyorlash.
Tahririy ishlar karta tuzish jarayonida ham olib boriladi, uning sifati va
aniqligini  nazorat  qiladi.  Ish  jarayonida  vujudga  kelgan  ba’zi  o’zgarishlarni
hisobga olish va umumiy rahbarlik qilish hamda kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf
qilish ham tahririy ishlarga kiradi.
Karta tuzish jarayonini tahrir qilishda quyidagi ishlar bajariladi:
-kartaning matematik asosini tekshirish;
-kartografik manbalarning to’liq va to’g’riligini aniqlash;
-voqea  va  hodisalarning  kartada  instruksiya  asosida  to’g’ri
tasvirlanayotganini tekshirish;
-davlat chegaralarining to’g’ri tushurilishini ta’minlash;
-shartli belgilarning to’g’ri va o’z joyiga qo’yilishini tekshirish;
-kartada geografik ob’ektlarning to’g’ri va o’z joyida yozilishini nazorat
qilish;
-shu tipdagi kartaga yaqin bo’lgan mazmundagi kartalarni solishtirib, ularni
muvofiqlashtirish.
Bu jarayonda tahririy rejada ko’rsatilgan hamma talablarni bajarilishi shart.
Hamma bajarilgan ishlar karta formulyariga tushirilib boriladi.
Ish  jarayonida  karta  tuzishda  ishlatiladigan  asboblar,  yangi  texnikaviy
anjomlardan foydalanish masalasiga ham e’tibor beriladi. Masalan, karta chizishda
gravirovalьnыy  apparat  (plastikni  teshib  chizuvchi)  dan  foydalanishni  ham
tekshirib nazorat qilinadi.
Logotip
-nashr qilingan kartaning dastlabki nusxasini tahlil qilish. Tahririy-tayyorgarlik ishlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: -ishni o’rganib chiqish, kartaning maqsadini tushunib, uni talab darajasiga etkazish; -kartografik manbalarni yig’ish, tahlil qilish, aniqlash; -kartaga tushiriladigan hududni va unga tushiriladigan ob’ektlarni, voqea va hodisalarni o’rganish; -tahririy reja yoki tahririy ko’rsatmani ishlab chiqish; -ishni bajarish uchun mutaxassislar (kartafabrika xodimlaridan) tanlash ularni tayyorlash. Tahririy ishlar karta tuzish jarayonida ham olib boriladi, uning sifati va aniqligini nazorat qiladi. Ish jarayonida vujudga kelgan ba’zi o’zgarishlarni hisobga olish va umumiy rahbarlik qilish hamda kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf qilish ham tahririy ishlarga kiradi. Karta tuzish jarayonini tahrir qilishda quyidagi ishlar bajariladi: -kartaning matematik asosini tekshirish; -kartografik manbalarning to’liq va to’g’riligini aniqlash; -voqea va hodisalarning kartada instruksiya asosida to’g’ri tasvirlanayotganini tekshirish; -davlat chegaralarining to’g’ri tushurilishini ta’minlash; -shartli belgilarning to’g’ri va o’z joyiga qo’yilishini tekshirish; -kartada geografik ob’ektlarning to’g’ri va o’z joyida yozilishini nazorat qilish; -shu tipdagi kartaga yaqin bo’lgan mazmundagi kartalarni solishtirib, ularni muvofiqlashtirish. Bu jarayonda tahririy rejada ko’rsatilgan hamma talablarni bajarilishi shart. Hamma bajarilgan ishlar karta formulyariga tushirilib boriladi. Ish jarayonida karta tuzishda ishlatiladigan asboblar, yangi texnikaviy anjomlardan foydalanish masalasiga ham e’tibor beriladi. Masalan, karta chizishda gravirovalьnыy apparat (plastikni teshib chizuvchi) dan foydalanishni ham tekshirib nazorat qilinadi.