Kаsbiy nutq аsоslаri (o‘qituvchi nutqi)
Mavzu rejasi:
1.
Mavzu bo'yicha nazariy ma'lumotlar.
2.
Mavzuni qo'shimcha materiallar asosida yakunlash
O‘qituvchining ovozi, talaffuzi, diksiyasi, umuman, ti-rik nutqi hamisha
o‘quvchilar, ayniqsa, kichik sinflardagi o‘quvchilar uchun o‘ziga xos etalon, namuna
vazifasini bajaradi. O‘qituvchining tirik nutqidagi, kattadir, kichikdir, har qanday
nuqson o‘quvchi nazaridan chetda qolmaydi, darhol uning diqqatini tortadi. Bunday
nuqson o‘qituvchi nutqida muntazam kuzatilsa, o‘quvchi o‘qituvchidan nohaq bo‘lsa-
da, ranjigan hollarida mazkur nuqson asosida uni sirtdan ka-laka, mazax qilishgacha
borishi mumkin. Masalan, o‘quvchilar o‘zaro ana shunday o‘qituvchi haqida
gaplashganda, uni mazkur nuqsonli ovoz, talaffuz yoki diksiya bilan eslashadiki, bu
umumiy tarbiya jarayoni uchun ham ijobiy holat emas, al-batta.
Kasbiga sadoqatli o‘qituvchi o‘z o‘quvchisi ko‘zi o‘ngida qusursiz va qadrli
ustoz imijini yaratish, uni sakdash uchun hamisha nutqining fonetik rasoligi haqida
qayg‘urishi zarur. To‘g‘ri, tug‘ma xirqiroqlik, chiyildoqlik kabi ovozni yoqimsiz
qiladigan jihatlardan tamoman qutulishning iloji yo‘q. Ammo nutq texnikasini etarli
darajada bilmas-lik oqibatida yuzaga keladigan nuqsonlardan fonetik bi-limlardan
xabardorlik, ovozni yo‘lga qo‘yish (ruschada "postanovka golosa"), aniq talaffuz
qilish, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish bo‘yicha turli mashqlar yordamida imkon
qadar xalos bo‘lish mumkin.
Mashhur qadimgi yunon notig‘i Demosfenning dastlab ovozi past, talaffuzi
yomon, nafasi qisqa bo‘lganligidan chiroyli va ta‘sirli nutq ayta olmaganligi haqida
tarixchilar yozganlar. Bu sohani chuqur o‘rgangan olim S.Inomxo‘jaev
ta‘kidlaganidek,1 keyinroq Demosfen nutq texnikasi asos-larini egallashga juda jiddiy
kirishgan. U bir erto‘la qazib, shu erto‘lada ovozini rivojlantirish, diksiya,
deklamatsiya bo‘yicha oylab mashqlar qiladi. Talaffuzidagi nuqsonlar, "r" tovushini
aytolmaslik, ba‘zi tovushlarni noaniq aytish kabilarni bartaraf etish maqsadida og‘ziga
mayda tosh, she‘rlar, turli matnlarni o‘qish bilan shug‘ullanadi. Ovozini rivojlantirish,
ovoz apparatlarini chi-niqtirish uchun esa tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib,
nafasini ushlab turgan holdd she‘rlarni deklamatsiya qiladi. Demosfen gapirayotganda
bir elkasini hadeb ko‘taraverish odatidan qutulish uchun erto‘lasining shiftiga uchi
o‘tkir xanjarni osib qo‘yib, elkasini xanjarning ayni uchiga to‘g‘rilab turib, mashqlarini
davom ettiradi. Ana shunday mashaqqatli va muntazam mashqlar tufayli Demosfen
notiqlikning cho‘ng cho‘qqisini zabt etgan.
O‘qituvchi nutqida kuzatiladigan kamchiliklardan biri fonatsiya jarayonida,
ya‘ni nutq hosil bo‘lish paytida nafas olishdagi tartibsizliklar bilan bog‘liq. Fonatsiya
jarayonida nafas olish va nafas chiqarish fazalari shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki,
nafas olish zo‘riqishsiz, bir qadar jadalroq, nafas chiqarish esa tekis, bir me‘yorda va
davomliroq kechishi lozim. Nafas chiqarish qanchalik davomli, uzun bo‘lsa,
shunchalik yaxshi. Zotan, tovush, nutq ayni shu nafas chiqarish jarayonida hosil
bo‘ladi.
Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish fazalarining ketma-ketligi,
almashinish tartibini to‘g‘ri tasavvur etmoq kerak. Bu fazalar bilan nugqning hajmiy
va, albatta, mazmuniy-estetik qurilishi o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri belgilamaslik
oqibatida nafasning etmay qolishi, shunga ko‘ra bir nafas bilan yaxlit aytilishi lozim
bo‘lgan nutq parchasining bo‘linib ketishi, mantiqiy mazmunni buzadi-gan noo‘rin
pauzaning paydo bo‘lishi kabi nuqsonlar o‘rtaga chiqadi. Masalan, Qadimiy va boy
tilimizning sofligini saklash har birimizning burchimizdir jumlasi aytilarkan, masalan,
har so‘zidan keyin nafas tugab qolsa, ilojsiz, na-fas olish uchun to‘xtalish majburiyati
paydo bo‘ladi, bu esa jumlaning noto‘g‘ri bo‘linishiga olib keladi. Yoki ba‘zan
noto‘g‘ri taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib etmay qolsa, jumladagi so‘nggi
so‘z "yamlanib" talaffuz qili-nadi, so‘zlovchi xuddi bo‘g‘ilib qolganday, juda
qiynalganday tuyuladi, bu tinglovchi uchun ham sezilardi darajada qiynoq tug‘diradi.
Yana bir misol. Odam o‘ta hayajonlanganida, qattiq qo‘rqqanida yoki og‘ir
musibat ichida bo‘lganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida so‘zlarkan,
nafas olish va nafas chiqarish fazalarini nazorat qila olmay qoladi. Buning natijasida
normal fonatsiya uchun nafasi to‘g‘ri taqsimlan-maydi, ko‘pincha oddiy bir so‘z
uchun ham nafasi etmay qoladi. Tabiiyki, uning nutqi, so‘zlari, tovushlari g‘ayriodatiy
bir shakllarda voqelanadi. O‘qituvchi bunday holatlarni ham hisobga olishi maqsadga
muvofiq. U dars jarayonida keraksiz hissiyot va hayajonlarini jilovlab olishi kerak, aks
holda bu holatlar uning nutqiga o‘zining salbiy ta‘sirini o‘tkazishi mumkin.
Nutq texnikasini egallashda umumiy tarzda bo‘lsa-da, fonetik bilimlardan
boxabarlik zarur. Ma‘lumki, tovushning fizik-akustik xususiyatlari uning balandligi,
kuchi, tembri (bo‘yokdorligi), cho‘zikdigi kabi sifatlardan tarkib topadi. Har qanday
og‘zaki nutqning yashashini ta‘minlaydigan intonatsiyaning prosodik unsurlari
bo‘lmish nutq melodikasi, nutq ritmi, nutq tempi (tezligi), nutq tembri kabi
tushunchalar asosida ham mazkur fizik-akustik xusu-siyatlar yotadi. Masalan, "nutkda
ovozning (tonning) baland-past tarzda to‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, me-
lodika esa gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda,
sintagmalarni, kirish so‘z yoki ki-ritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi.
SHuni alohida ta‘kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutkda boshqa akustik vositalar
(urg‘u, tembr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil
qilishi ham mum-kin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik
maqsadlarda, ayniqsa, she‘riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda
foydalaniladi".1 O‘qituvchi o‘z nutqida bu fonetik imkoniyatlar va qonuniyat-larni
to‘g‘ri va o‘rinli namoyon eta bilishi lozim.
Ayrim o‘qituvchilar ko‘pincha dars jarayonida boshqa joy-lardagiga qaraganda
anchayin baland ovozda gapiradilar. Bu yo‘l bilan go‘yoki sinfdagi shovqinni "bosib"
qo‘yganday bo‘ladilar. Ammo bu usulning ta‘siri baribir u qadar katta bo‘lmaydi, faqat
o‘qituvchining ovoz apparati keraksiz zo‘ri-qadi, o‘zi tez charchaydi. YAna ba‘zi
o‘qituvchilar borki, ular darsda deyarli past ovozda so‘zlaydilar. Bunda ham
o‘qituvchining o‘zi qiynaladi, ammo sezilarli samaraga erishmaydi, faqat bunday ovoz
bo‘g‘iq, tussiz eshitiladi va o‘quvchining diqqatini ushlab turmaydi.
Tajribali o‘qituvchi faqat baland yoki faqat past ovozda dars o‘tmaydi.
Tovushlarning balandligi, kuchi, tembri va cho‘ziqligidan iborat akustik sifatlarining
turli darajalari (bu darajalarning diapazoni juda keng)ni bayon qilinayotgan
axborotning mazmuni va tabiati, ayni paytda sinfdagi o‘quvchilarning ruhi-kayfiyatiga
muvofiq ravishda modulyasiya qiladi, ya‘ni almashtirib turadi. Ana shu tarzda
monoton, quruq, ifodalilikdan mahrum nutq shaklidan qutuladi va nutqning
ohangdorligi, ta‘sirchanligiga erishadi.
O‘qituvchining nutq texnikasi bilan bog‘liq nuqsonlardan yana biri nutq tempi,
tezligini to‘g‘ri belgilamaslik yoki tezlik-sekinlikning maqsadga ko‘ra mo‘‗tadilligini
saqlay olmaslikdan iborat. Nutqning tempi, albatta, bayon qilinayotgan materialning
mohiyatiga, ifodalanayotgan fikr strukturasiga uyg‘un bo‘lishi maqsadga muvofiq, aks
holda, ya‘ni o‘qituvchi materialni faqat jadal tempda bayon qilsa, o‘quvchi axborotni
o‘ziniki qilib olishga, axborot tarkibidagi muhim jihatlarni o‘z vaqtida ilg‘ashga, to‘la
idrok etishga qiynaladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchining idrok sur‘ati
o‘qituvchining nutqi tezligidan orqada qoladi, unga "etib yurolmaydi". Zotan,
o‘qituvchi nutqidagi me‘yoridan ortiq jadal temp dars berish metodikasi qoidalari
uchun ham begonadir. O‘qituvchi o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlari, ayni dars
paytidagi ruhiyati, charchagan yoki charchamaganligi, materialni qanday qabul
qilayotganligidan ke-lib chiqqan holda nutq tempini tanlasa, uni o‘rni bilan o‘zgartirib
tursa, ham pedagogik, ham psixologik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.
Nutq texnikasida diksiya masalasi ham alohida o‘rin tutadi. Har bir tovush,
so‘zning to‘g‘ri va aniq talaffuz qili-nishi, nutq oqimida so‘z shakllari va gaplarning
"chaynalmasligi", ayniqsa, o‘qituvchi nutqi uchun jiddiy talablardandir. Taassufki,
ba‘zan o‘qituvchilar nutqida ham diksiya noanikdigi bilan bog‘liq nuqsonlar
kuzatiladi. Masalan, ba‘zan "z" tovushini jarangsiz "s" tovushiga moyil tarzda talaffuz
qilish uchraydi: siz — sis, eshitdingiz — eshit-dingis kabi. Bu va bu singari nuqsonlar
nutq tovushlari-ning hosil bo‘lish o‘rinlarini yaxshi bilmaslik va artikulya-sion apparat
(tovush hosil qilishda ishtirok etadigan nutq a‘zolari)ning etarli darajada faol emasligi
natijasida paydo bo‘ladi. Noto‘g‘ri yoki noaniq talaffuz qilinadigan tovushning hosil
bo‘lishida ishtirok etadigan nutq a‘zola-rining faolligini oshirish yo‘li bilan kishi
nutqidagi ana shunday diksion xatolarni tuzatish mumkin. Buning uchun xilma-xil
mashqlar yaxshi yordam beradi. Masalan, turli tez aytishlar, maqol va matallar, turli
mazmundagi matnlarni muntazam ovoz chiqarib takrorlash ana shunday mashq-
larning bir ko‘rinishidir.
Umuman, o‘qituvchi o‘zining nutq texnikasini takomillashtirish borasida doimiy
qayg‘urishi, fonetika, fonologiyaga oid bilimlardan umumiy tarzda bo‘lsada, xabardor
bo‘lishi, kerak bo‘lganda, o‘z nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga yordam beradigan
mashqlardan muttasil foydalanib borishi maqsadga muvofiq. Chunki tugal nutq
texnikasisiz o‘qituvchining, har bir nutq tuzuvchining og‘zaki nutqi madaniyatini aslo
raso deb bo‘lmaydi.
Notiqlik san‘ati va nutq masdaniyati nafaqat so‘zdan, uning fikr-maqsadni
ifodalash imkoniyatlari va qudratidan, balki ―tana tili‖ deb atash mumkin bo‘lgan
muhim vositani ishga sola olishni ham o‘z ichiga oladi.
Inson omili har qanday muloqotning asosiy tarkibiy jihatini tashkil etadi.
Ruhshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni tashqi taassurot asosida
baholaydilar. Tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki muloqot jarayonida shakllanadi.
Bu, ayniqsa, rahbarlik lavozimida ishlovchilar uchun muhimdir.
Aristotel bu haqda gapirganida, so‘zlovchining xarakteri ham muhim ahamiyat kasb
etishini alohida ta‘kidlagan edi.
―Tashqi til‖ni tushunish rahbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘g‘ri
tutish uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish uchun zarur. Siz muloqot
jarayonida ko‘zlangan maqsadingizga erishish uchun kasbdoshlarning, o‘zingizdan
yuqori pog‘onada turgan rahbarning ko‘tarilgan masala mavzusiga munosabatini ham
bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima haqda gapirayotganidan qat‘i nazar, o‘z
―unsiz tili‖ga murojaat etishi muqarrardir. Taniqli rejissyor K.S.Stanislavskiyning
―qo‘llar fikrini oxirigacha bayon etishga yordam beradi‖, degan so‘zlari o‘rinlidir.
Demosfen ham yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish kerak, degan savolga
quyidagicha javob bergan edi: ―qo‘l harakati, qo‘l harakati va yana qo‘l harakati‖.
Bunday mulohazani franstuz olimi Jel Delezda ham kuzatamiz: ―So‘zlarning
hokimlik qudrati o‘z kulminastiyasiga aytilgan gaplar tana bilan aytilganlarni
takrorlaganda erishadi‖. Shunday bo‘lgach, so‘zlovchi muloqot jarayonida nafaqat
chiroyli so‘zlay bilishi, balki tana, qo‘l harakati, mimika va boshqa nolingvistik
(paralingvistik) vositalardan foydalana bilishi hamda ularning ma‘nolarini aniq idrok
eta bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri ta‘kidlashganlaridek, ―tana тili‖ inson
madaniyatini aks ettiradi. Bu haqda F.Laroshfuke shunday degan edi: ―Har qanday
harakatning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l harakati, ohang va mimikasi mavjud.
Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon, yoqimli yoki yoqimsiz bo‘lishi
odamlarning biz tomon intilishi yoki qochishiga sabab bo‘ladi‖. Shuning uchun ham
A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruhiyatidagi harakatlarni anglash mumkinligini
uqtirib: ―Inson yuzidan ko‘p narsani o‘qib yoki anglab olish mumkin‖ – degan edi.
Xabar uzatishning boshqa nolingvistik shakllarida ham bunday holatni ko‘rish
mumkin. Masalan, biron kishining (olaylik, rahbarning) xonasi eshigini ochib,
―Keling!‖ degan so‘zni eshitsangiz, oddiy holatda ―keling, o‘tiring‖, javobini
anglatganini tushunasiz. Ammo, bu murojaat qanday aytilganiga qarab, ―Bu erda
nima qilib yuribsiz?‖, ―Sizni kim chaqirdi?‖, ―Nega keldingiz?‖, ―Qaerlarda
yuribsiz?‖ degan ma‘nolarni anglatishi mumkin.
Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p paytlarda ongli ravishda
boshqarilmaydi va nutq bilan ziddiyatga kirishishi mumkin. Mashhur rus yozuvchisi
M.Bulgakovning ―Usta va Margarita‖ romanidagi bir voqea administrator bilan teatr
direktorining muloqotiga bag‘ishlanadi. Bunda administrator direktorni yolg‘on
gaplariga ishontirmoqchi bo‘ladi va buning uchun o‘zining ―tana tili‖ni mohirona
ishga soladi.
Muloqotga kirishayotgan kishi inson hatti-harakatlari, yuz ifodasi, imoishoralari
bir qancha omillar bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak.
Ularning ayrimlari hamma uchun umumiy va turg‘un ma‘no kasb etgan va muayyan
so‘z birikmalarida o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z
birikmalari inson hatti-harakatlarini ifodalashda ular bilan qorishib ketadi. Masalan,
boshini xam qilmoq, boshini chayqamoq, qaddini bukmoq, qaddini dol qilmoq, musht
ko‘tarmoq va hokazo.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi
madaniyati ocherklari. – Toshkent, 1988.
2.Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. –
Toshkent, 1983.
3.Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992.
Xorijiy manbalar
1.
Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of
literary texts Poet 7, 1977. – C. 50-60.
2.
Bar-Hillel
Y.
Language
and
Information.
Addison-Wesley.
Reading.Mass.,1964.
3.
Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936.
4.
Coseriu E. Thesen zum Thema ―Sprache und Dichtung‖. – In: Beitrage zur
Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971.
5.
Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978.
6.
Spitzer L. Linguistics and Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton.
1948. 236.p