KAVSH QAYTARUVCHI HAYVONLARDA OVQAT HAZMI.
Reja:
1. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Me’da oldi bo‘lmalarida ovqat hazm bo‘lishi.
3. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining harakati(motorikasi).
4. Shirdonda oziqalarning hazmlanishi.
Tayanch IBORALAR.
Katta qorin, to‘r qorin, qat qorin, shirdon, organik kislota, achish-chirish,
oziqa, go‘sht, sut, o‘txo‘r, dag‘al oziqa, oqsil, yog‘ uglevod, don, dukkakli, beda,
pichan, lab, til, tish, so‘lak bezi, 25 kun, refleks, 2 oy, 3 oy, 40-60 l, azot, 30-35%,
ferment, bo‘tqa, naycha, tarnov, chirish, mekkoniy, uvuz suti, kraxmal, kletchatka,
oqsil, yog‘, bakteriya, infuzoriya, zamburug‘, nerv, gumoral, M.N.S., so‘rilish,
adashgan nerv, simpatik nerv.
1.Kavsh qaytaruvchi hayvonlar chorvachilik sohasida eng asosiy o‘rinni
yegallab insonlarning asosiy oziq-ovqat manbai go‘sht, sut va yog‘lar bilan
ta’minlaydi. Shuning uchun ham kavsh qaytaruvchi hayvonlarning organizmida
kechadigan jarayonlarni yaxshi bilishimiz kerak. Dona halqimiz maqollarida
«Molning suti tilida» deyishlari bejiz aytilgan emas ya’ni hayvonlarni yaxshi,
sifatli oziqalar bilan oziqalantirilsa mahsulot ko‘p va sifatli bo‘ladi. Hayvonlar
hazm sistemalarida kechadigan jarayonlarni yaxshi bilgandagina rejalarni aniq
bajaraolish imkoniyatlari tug‘iladi Hayvonlarning yaxshi tarbiyalab, o‘stirib,
yaxshi nasl olsak va yaxshi oziqalantirish o‘rganilsa barcha yehtiyojlarni bajarishga
sharoit yaratiladi.
Sut va go‘shtning sifati, miqdori hamda naslchilik ishlarining
muvaffaqiyatli chiqishi hayvonlarning oziqala-nishiga bog‘liq. Kavsh qaytaruvchi
hayvonlar o‘tho‘r hayvonlar guruhiga kirib, oziqasi asosan dag‘al oziqa-beda,
pichan, somon, o‘simliklarning doni, dukkaklilardir.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ovqat hazmlanishi boshqa turdagi
hayvonlar oshqozonida kechadigan hazmlanish jarayoni-dan farq qilib, ularning
oshqozoni to‘rt kameradan: katta qorin, to‘r qorin, qat qorin va shirdondan yoki
chin (haqiqiy) me’dadan iboratdir. Bu kameralarning har birida kechadigan
jarayonlar o‘ziga xos bo‘lib,u hazm jarayon-larining murakkabligidan dalolat
beradi.Me’da oldi bo‘lmalari ichki shilliq pardasi mo‘g‘izlanmagan yassi epiteliy
bilan qoplanib, shira ajratuvchi bezlari yo‘q.
Shirdon shilliq pardasi bir kamerali hayvonlar me’dasiga o‘xshash tuzilgan
bo‘lib, qo‘shimcha, bosh va qoplama hujayralarga yega bo‘lishi uni chin me’da
deyilishiga sabab bo‘ladi. kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonida ovqat hazmini
yaxshi tushinish uchun har qaysi kamerasidagi hazmlanish va qizil o‘ngach navi
bilan tanishib chiqilishi lozim.
Katta qorin oshqozonning boshlang‘ich va katta qismi bo‘lib, qorin
bo‘shlig‘ini chap tomonini to‘liq yegallab, o‘ng tomonni ham qisman yegallab,
hajmi qoramollarda 100 – 300, qo‘y va yechkilarda 13 – 23 litrdir.
Ichki shilliq pardasida turli tomonga yo‘nalgan buramalar katta qorin
bo‘shlig‘ining dahlizi, dorsal va ventral xoltalarga va kaudo – dorsal hamda kaudo
– vetral ko‘r xoltalarga ajratadi. Yosh hayvonlar katta qorin shilliq pardasida 0,5
sm, katta hayvonlarda 1 sm keladigan so‘rg‘ichlar bor bo‘lib, uning tuzilishi
bajaradigan vazifasiga mosdir.
To‘r qorin ikkinchi qism bo‘lib, hajmi sigirlarda 5 – 10 litrni, qo‘y va
yechkilarda 1,5 – 2,0 litr atrofidadir. U katta va qat qorin hamda tegishli yo‘llar
bilan qizil o‘ngach navi bilan tutashgan. U dumoloq xaltani yeslatib, ichki shilliq
pardasi asalari uyasiga o‘xshash to‘rdan iborat bo‘lib shuning uchun ham uni to‘r
qorin deyiladi.
Qat qorin uchinchi qism bo‘lib, hajmi karomollarda 7 – 18 litrni, qo‘y va
yechkilarda 0,3 – 0,9 litrni tashkil yetadi. Qat qorin to‘r qorin va shirdon bilan
tutashgan bo‘lib ichida katta, o‘rta va kichik varaqchalar bo‘lib, bu qism
qoramollarda yaxshi rivojlangan.
Qizil o‘ngach navi – yosh hayvonlarda oziqa hazmlanishida katta
ahamiyatga yega. Qizil o‘ngach katta qorin dahlizi bilan to‘r qorin oralig‘ida tugab,
shu joydan qizil o‘ngach davomi sifatida qizil o‘ngach navi boshlanadi va to‘r
qorin tubi bilan qat qoringa yetib boradi. Yosh kavsh qaytaruvchi hayvonlarda
oshqozonda ovqat hazm bo‘lishi hayvonni yoshiga qarab o‘zgaradi. Murakkab
oshqozonni turli qismlari hayvonning turli yoshida turlicha rivojlanadi. Ularni
me’da oldi bo‘lmalari yaxshi rivojlanmagan holda tug‘iladi, ya’ni me’da oldi
bo‘lmalari qo‘zi va buzoqlarda shirdondan kichik bo‘ladi. ular hayotining dastlabki
kunlarida me’da oldi bo‘lmalari sekin rivojlanadi. Yosh hayvon ichgan sut yoki
suyuqlik qizil o‘ngach navi orqali katta qoringa tushmay to‘r qorin tubi bilan
to‘g‘ri shirdonga tushib hazmlanadi. Ular dag‘al oziqa istemol qilishi bilan
hazmlanishda katta qorin ishtirok yetadi. Ular 2 – 3 oyligida katta qorinda 10 –
12% oziqa modda hazmlanishda ishtirok qiladi. Natijada bijg‘ish jarayoni avjga
chiqib, quloq oldi so‘lak bezi uzliksiz so‘lak ajratadi. Ularda qizilo‘ngach navi
lablari yaxshi qo‘zg‘aladi va yosh hayvonlar me’da oldi bo‘lmalari ham voyaga
yetgan hayvonlarnikiga o‘xshab+ harakat qiladi. Yosh hayvonlar onasini
yemganida, suv yoki sut ichganida qizil o‘ngach navini labi reflektor qo‘zg‘alib,
naycha hosil qiladi. Natijada ichilgan suv va sut katta qoringa tushmasdan to‘r
qorin orqali qat qorin va undan shirdonga o‘tadi.
Qizil o‘ngach navi lablarining qo‘zg‘alishi yemish va suv ichish tufayli til
va tomoq pardalarini retseptorlarini qo‘zg‘atadi. Qo‘zg‘alish markazga intiluvchi
nerv orqali uzunchoq miyadagi markazga borib, markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi
adashgan nerv markazdan qochuvchi tolalar orqali qizil o‘ngach navini labiga
uzatilib, uni qo‘zg‘atib, naycha holatiga keladi. Adashgan nervni ikki tomonlama
kesilsa bu refleks yo‘qoladi. Qizil o‘ngach navi lablarini qo‘zg‘alishi shartli
reflektor ravishda ham ro‘yobga chiqib, bunda katta yarim sharlar po‘stlog‘i
ishtirok yetadi. Hayvon ulg‘oya borishi bilan qizil o‘ngach navi o‘sishda me’da
oldi bo‘lmalaridan orqada qolib ketib, lablari dag‘allashadi, qo‘zg‘alaolmaydigan,
naycha hosil qilaolmay o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Katta qorinda oziqa hazmlanishi bir qancha usullar yordamida o‘rganilib,
ularga katta qorinning ayrim qismlarini qolgan qismlaridan ajratish, ularga uzaro
anastomozlar o‘rnatish, sun’iy katta qorin hosil qilish va naychalar o‘rnatish
usullari yordamida o‘rganiladi. Og‘izda yuzaki chaynalib yutilgan ozuqalar katta
qoringa tushadi, u yerda so‘lak bilan yumushatiladi, bo‘rttiriladi, turli xildagi
mikroorganizmlar ishtirokida parchalanish jarayonlari yuzaga keladi. Katta qorinda
oziqa hazmlanishida mikroorganizmlarning o‘rni muhim bo‘lib, ular organik
moddalarni parchalay-di, ba’zilarini sintezlaydi. Sut yoki uning o‘rnini bosadigan
suyuq oziqalar bilan oziqalanayotgan yosh kavsh qaytaruvchilarning katta qornida
oziqa hazm bo‘lmaydi, chunki ularda mikroorganizmlar yo‘q. Katta qoringa
mikroorganizmlar fakat dagal ozikalar bilan kiradi, tez ko‘payadi va katta
qorindagi hazm jarayonlarini darajasini belgilab beradi. Ana shunday qilib, katta
qorinda oziqa hazm bo‘lishi umr bo‘yi mikroorganizmlar ishtirokida ruyobga
chiqadi, ya’ni infuzoriyalar, bakteriyalar, ya’ni streptokokklar, rumino-kokklar,
suksinogen bakteriyalar sellyulozani parchalovchi bakteriyalar katta qorinning
asosiy mikrofloralari bo‘lib xizmat qiladi. Katta qorindagi mikroorganizmlarning
xili, miqdori iste’mol qilinayotgan oziqa turiga, tarkibiga, hayvonning yoshiga,
oziqalanishiga, mahsuldorligiga va boshqa-larga bogliqdir. Kavsh qaytaruvchi
hayvonlarning katta qorni-dagi 1 gr oziqada 20 turga mansub bo‘lgan 10 milliard
bakteriya va 1 million infuzoriyalar bo‘ladi. Infuzoriyalarning 120 xili
hayvonlarning katta qornida uchrashi mumkin. Mikroorgani-zmlar oziqalarga
mexanik ta’sir ko‘rsatadi, ularni parchalaydi va oziqa tarkibidagi oqsillar, azotli
birikmalar, qisman kletchatka, kraxmal va boshqalarni o‘zlashtiradi va o‘z
tanasining oqsillarini va polisaxaridlarni sintezlaydi. Shunday qilib,
mikroorganizmlar tanasi hayvonlar organizmi uchun tuyimli moddalarning
manbalari bo‘lib hisoblanadi. Ozuqadagiga nisbatan mikroorganizmlarning oqsili
hayvon organizmi uchun nihoyatda qiymatlirokdir. Ularning oqsillari o‘zlarining
aminokislota tarkibiga ko‘ra organizm oqsiliga yaqin turadi. Demak,
mikroorganizm oqsillari ham hayvon organizmi uchun to‘la qiymatli oqsillar
o‘rnini bosar ekan. Mikroorganizmlar faoliyatlari tufayli katta qorinda bijg‘ish
jarayoni yuzaga kelib turli xildagi gazlar va uchuvchi yog kislotalari hosil bo‘ladi
va shu yerdan qonga shimilib, organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Katta qorinda
kechayotgan oziqa hazmlanishining to‘g‘ri kechishi mikroorganizmlarning
aktivligiga, mikroorganizmlarning turlarini foydali qismlarining ko‘p hosil
bo‘lishiga bog‘liqdir. Normal hayotiy jarayonlar davrida katta qorinda harorat 38-
410 da, rN ko‘rsatkichi 6,5-7,4 atrofida bo‘lib, bu holat mikroorganizmlar yashashi
uchun juda qulaydir. Katta qorindagi muhit osonlikcha o‘zgarmasdan doimo birday
soqlanib bunda quloq oldi so‘lak bezlarining uzliksiz so‘lak ajralishini ahamiyati
kattadir. Katta qorinda hosil bo‘ladigan turli xil kislota va kislotali boshqa
moddalar katta qorin muhitini o‘zgartirib, mikroorganizmlarning yashashi uchun
noqulay sharoitlarni hosil qilishi mumkin. Ana shu paytda quloq oldi so‘lak
bezidan ishlanayotgan so‘lak bu kislotali xususiyatga yega bo‘lgan moddalarni
neytrallab turadi. Katta qorindagi muhitning barqarorligi oziqalarning vaqti-vaqti
bilan arala-shib, so‘rilib turilishida muhim ahamiyatga yega. Katta qorindagi
mikroorganizmlarning hazm jarayonlari uchun zarur bo‘lgan turlarni rivojlanishi
rasion tarkibining qanchalik tez-tez o‘zgarib turishiga ham bog‘liq. Hayvonlar
muayyan oziqa turi bilan uzoq vaqt oziqalanayotgan bo‘lsa bu vaqtda katta qorinda
mikroorganizmlarning muayyan turlari, ya’ni shu oziqani hazmlanishda ishtirok
yetadigan turlari rivojlanadi. Agar bu hayvonlarda oziqasi to‘satdan o‘zgartirilsa,
unda yangi oziqani parchalavchi mikroorganizmlar yetishmaganligidan hazmlanish
jarayoni izdan chiqadi, shularni inobatga olgan holda hayvonlarni bir oziqa turdan
ikkinchi oziqa turiga o‘tkazish asta sekinlik amalga oshirilishi lozim. Katta qorinda
oziqalar to‘la parchalanmasdan ularning hazmlanmagan qismlari vaqti-vaqti bilan
og‘izga qaytariladi, qayta chaynalib yetarlicha maydalangandan, mayinlashganidan
keyin oziqaning tegishlicha parchalangan qismi katta qorindan me’da oldi
bo‘lmalarining kelgusi qismlariga o‘tkaziladi.
Katta qorinda uglevodlar, ya’ni kletchatkaning hazmlanishi yuzaga
kelib, u murakkab polisaxariddir. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar yeydigan o‘simlik
oziqalari 40 – 50% ni kletchatka tashkil yetadi. Ovkat hazm qilish jarayonida
qatnashadigan shiraning tarkibida kletchatkani parchalaydigan fermentlar yo‘q
bo‘lsada, lekin polisaxaridlarning o‘zlashtirilishi yuzaga keladi. Hazm sistemasida
hazm bo‘ladigan kletchatkaning 80% ni sellyulozani parchalovchi bakteriyalar
ishtirokida katta qorinda parchalanishi yuzaga keladi. Kletchatka polisaxarid
bo‘lganligi tufayli u energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bakteriyalarning
fermentlari kletchatkani disaxaridlarga, so‘ngra monosaxaridlarga parchalaydi.
Hayvonga kam oziqa berilsa, yoki shu oziqani asosiy qismini engil hazmlanuvchi
uglevodlar tashkil qilsa kletchatkaning hazmlanishi yomonlashadi, chunki bu
paytda oziqa tezlik bilan katta qorindan o‘tib ketadi, iste’mol qilinayotgan
oziqaning tarkibida engil hazm bo‘ladigan uglevodlar ko‘p bo‘lishi me’da oldi
bo‘lmalarida shu uglevodlarni parchalovchi bakteriyalarning ko‘payishi va
kletchatkani parchalovchi bakteriyalarning kamayishiga sabab bo‘ladi.
Katta qorinda bakteriya va infuzoriyalar engil hazm bo‘ladigan
uglevodlardan kraxmal va qandning hazm bo‘lishida ahamiyati katta bo‘lib, bu
jarayonda mikroorganizmlar faoliyati tufayli, bijg‘ish jarayonlari hisobiga kraxmal
va qandni parchalanib, har xil o‘zgarishlarga uchraydi. Kraxmalning barcha turlari
ham birxil tezlikda hazm bo‘lmasdan, makkajuxori kraxmali, kartoshka kraxmaliga
nisbatan, pishirilgan kraxmal xom kraxmalga nisbatan tez hazm bo‘ladi. Kraxmal
organizmda me’da osti bezi, ichak shirasining fermentlari ta’sirida hazm
bo‘laveradi, lekin u katta qorinda mikroorganizmlar faoliyati uchun zarur
bo‘lganligi uchun uning katta qorindagi hazmlanishini ahamiyati kattaroqdir.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning yegan ozuqasidan me’da oldi bo‘lmalarida
kletchatkaning parchalanishi natijasida mono va disaxaridlar hosil bo‘ladi. Achish
– bijgish jarayonlari natijasida bu qandlardan sut, sirka, propion, moy kislotalari
hosil bo‘ladi. Tekshirishlar – hayvon oziqa rasioniga bog‘liq ravishda bir kunda
katta qorinda 4 litrgacha uchuvchi yog kislotalari va ulardan tashqari, achish-
bijg‘ish jarayonining oqibatida izomoy, izovalerian, ikki metil moy kislotalari kabi
zanjirli uchuvchi yog kislotalari ham hosil bo‘ladi. Konsentratlar, tarkibida oqsili
ko‘p bo‘lgan oziqalar berilganda moy kislotasi hosil bo‘ladi, lekin sirka va propion
kislotalarning hosil bo‘lishi kamayadi. Tarkibida engil hazmlanadigan uglevodlar
(shakar lavlagisi, boshqalar) ko‘p bo‘lgan oziqalarni hayvon rasioniga birdan
kiritilsa, hayvonlar katta qornida o‘zlashtirilaolishi mumkin bo‘lgandan ko‘proq sut
kislotasi hosil bo‘ladi va bu organizmda hazmlanishini buzilishiga va zaharlanishga
sabab bo‘ladi. Shulardan kelib chiqgan holatda tez, engil hazmlanadigan
uglevodlarning rasionga kiritilib va ularning miqdorini asta-sekinlik bilan oshirib
borilishi lozim. Bu vaqtda katta qorinda ko‘p sut kislotalarni parchalaydigan
mikroorganizmlar hosil bo‘lib, natijada sut kislotasi bilan zaharlanish kuzatilmaydi.
Katta qorinda oqsillarning azotsiz qoldiqlaridan hosil bo‘lgan uchuvchi yog
kislotalari, me’da oldi bo‘lmalari devori orqali qonga so‘riladi, bu moddalarning
so‘rilish tezligi ularning konsentrasiyasiga bog‘liqdir. Bu kislotalar so‘rilish
tezligiga qarab, eng ko‘p sirka kislotasi, so‘ngra moy va propion kislotasi so‘riladi.
Bu yog kislotalari organizmning energetik manbai hamda organizmdagi moddalar
almashinish jarayonlarida qatnashadi.
Oqsillarning hazm bo‘lishi. Katta qorinda xuddi shunday qisman oqsil
parchalanishi yuzaga kelib, bu parchalanish achish va chirish hisobiga yuzaga
keladi. Katta qorinda oqsillar, mikroorganizmlar fermentlari ta’sirida peptidlar,
aminokislotlar so‘ngra ammiakgacha parchalanadi. Oqsillar parchalanishining
mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtirilib, o‘z tanalarining oqsilini
sintezlaydi. Oziqa tarkibidagi oqsillarning 40-80 % hazm jarayonida mikroorga-
nizm tanasining oqsiliga aylanadi, qolgan qismi o‘zgarmay shirdonga o‘tib, u yerda
hazmlanishi davom yetadi. Mikroorga-nizmlar tomonidan sintezlangan oqsillar
hayvonlar organizmi uchun to‘la qiymatli oqsil hisoblanib, ularning tarkibida
almashtirib bo‘lmaydigan aminakislotalarning barchasi mavjud. Oziqa oqsillari
hayvon organizmiga yaxshi singishi uchun rasionda engil hazmlanadigan
uglevodlarning nisbati to‘g‘ri bo‘lishi kerak, agarda oziqada oqsil haddan tashqari
ko‘p bo‘lib engil hazmlanuvchi uglevodlar kam bo‘lsa, oqsillarning parchala-nishi
natijasida hosil bo‘lgan ammiak to‘la o‘zlashtirilmay qoladi. Bu o‘sha muhitda
uglevodlar kamligidan mikroorganizmlarning yetarlicha katta qorinda
ko‘paymasligi bilan bog‘liqdir. Hosil bo‘lgan ammiak katta qorin devori orqali
qonga so‘rilib jigarda mochevinaga aylanadi. Mochevinaning kam qismi so‘lakka
o‘tib, qaytadan katta qoringa tushadi, aksariyat qismi siydik bilan tashqariga
chiqarilib tashlana-di. Agarda ammiak juda ko‘p so‘rilsa, jigar uni mochevinaga
aylantirishga ulgura olmaydi natijada ammiak bilan zaharlanadi. Demak, rasion
tarkibida oqsillar haddan tashqari ko‘p bo‘lishi organizmning zaharlanishiga sabab
bo‘lar ekan. Shulardan kelib chiqqan holatda kavsh qaytaruvchi hayvonlar rasioni
tarkibidagi oqsil moddalar hamda engil hazm bo‘ladigan uglevodlar miqdori to‘g‘ri
nisbatda bo‘lishi lozim. Shunday sharoitlardagina katta qorinda ammiakni yaxshi
o‘zlashtiradigan mikroorganizmlar rivojlanib ko‘payadi va ular ammiakni o‘z
tanasining oqsilini sintezlash uchun sarflaydi va oqsillarni hayvon organizmi to‘la
o‘zlashtira oladigan bo‘ladi.
Katta qorindagi mikroorganizmlar oqsil bo‘lmagan azotli moddalardan ham
o‘zlarining tanalarini oqsillarini sintezlaydi, shulardan kelib chiqgan holatda
hayvonlarni mahsuldorligini oshirish maqsadida kavsh qaytaruvchi hayvonlar
rasioniga tegishli miqdorda sun’iy mochevina karbamid qo‘shib berish taklif
qilingan yedi. Karbamidning tarkibida 45 % gacha azot bo‘lib, katta qorindagi
mikroorganizmlar o‘z tanasining oqsillarini karbamid tarkibidagi azotdan ham
sintezlaydi. Karbamid berish oqibatida oqsilli oziqalarni ma’lum miqdorda tejash
yo‘lga qo‘yiladi. Bu holat quyidagicha yuzaga keladi: katta qorinda karbamid
mikroorga-nizmlardagi uriaza fermenti ta’sirida ammiak va karbanat angidridga
parchalanib, ammiak va uglevodlarning parchalanish mahsulotlari
mikroorganizmlar tomonidan o‘zlashtiriladi va mikroorganizmlar organizmining
to‘la qiymatli oqsili sintezlanadi va bu oqsil to‘la qiymatli oqsil sifatida organizm
tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Sigirlarda hazmlanadigan oqsilga bo‘lgan kundalik yextiyoj 25-30 %,
qo‘ylar 30-35 % karbamid bilan almashtirish maqsadga muvofiq yoki sigirlar bir
kunda 80-150 gr, qo‘ylar 13-18 gr. karbamid olishlari lozim. Karbamidni ozuqa
bilan yaxshi aralashtirilib, 2-3 bo‘lakga bo‘lib beriladi va bu vaqtda oziqa tarkibida
engil hazmlanadigan uglevodlar yetarlicha bo‘lishi lozim. Karbamid bo‘lmagan
sharoitda oziqaga sirka, propion kislota-larining ammoniyli tuzlarini qo‘shib bersa
ham bo‘ladi, chunki ular mikroorganizmlar uchun azotli va uglevodli oziqa o‘rnini
bosadi va mikroorganizmlarni yaxshi rivojlanib, ko‘payib o‘z tanalarining
oqsillarini sintezlash uchun yetarli moddalar bilan ta’minlanadi.
Mikroorganizmlarning faoliyatlari tufayli katta qorinda vitaminlar
sintezlanib, jumladan V gurux vitaminlaridan riboflavin, tiamin, nikotin kislotasi,
folat kislotasi, pantotent kislotasi, biotin, piridoksin, V12vitamin, yogda yeruvchi K
vitamini sintezlanadi. bu kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oziqasida bu
vitaminlarning bo‘lishi shart emas degan xulosaga olib kelsada, lekin oziqa
tarkibida bu vitamin-larni sintezlanishini ta’minlovchi tarkibiy qismlari bo‘lishi
shart. Jumladan, V12 vitamin ning sintezlanishi uchun kobalt zarur. Kavsh
kaytaruvchi yosh hayvonlarda, ya’ni ular dagal oziqalarga o‘tmasdan oldin
ularning oziqasining tarkibida yuqorida keltirilgan vitaminlarning barchasi bo‘lishi
shart. Mikrobiologik jarayonlar tufayli katta qorinda har xil gazlar ham hosil
bo‘lib, bu gazlar ishtirokida tuyimli moddalar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan
gazlarning xili va miqdori hayvon yeydigan oziqaning miqdoriga va turiga
bag‘liqdir. Hayvonlar oziqalangandan 2-3 soat o‘tgach maksimal darajada gazlar
hosil bo‘lib, soatiga o‘rtacha 35 litrni tashkil qiladi va bir kunda 1000 litrgacha gaz
hosil bo‘lishi mumkin. Gazlar dukkakli o‘simliklarni iste’mol qilganda ko‘p hosil
bo‘ladi, oz miqdorda azot, vodorod, vodorod sulfid hosil bo‘lib turadi. Katta
qorinda asosan korbanat angidrid va metan hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan karbonat
angidrid va metan yesa katta qorindagi achish va bijgish jarayonining oxigi
mahsulotlari hisoblanadi. Karbonat angidridning bir qismi katta qoringa tushgan
so‘lak tarkibidagi bikarbonatlardan ham hosil bo‘ladi. Mikroorganizmlar
o‘zlashtirib ulgurmagan gazlarning ortiqcha qismi og‘iz orqali tashqariga chiqarilsa
bir qismi katta qorin devoridan qonga so‘riladi, shuning bilan birga o‘pka orqali
ham tashqariga chiqariladi.
To‘r va qat qorin funksiyasi. Katta qorinda atroflicha hazm bo‘lgan oziqa
me’da oldi bo‘lmalarining navbatdagi qismi to‘r qoringa, so‘ngra qat qoringa
o‘tkaziladi. Katta qorinning dahliz qismi bilan to‘r qorin o‘rtasida shilliq parda
burmasi bo‘lib, bu burma katta qorinning dahlizi qisqarganda, u bilan to‘r qorin
oraligidagi teshikni ma’lum darajada yopadi va katta qorinda yaxshi maydalangan
oziqani to‘r qoringa o‘tkazilishi ta’minlanadi. Oziqaning yaxshi maydalanmagan
qismi katta qorinda ushlanib qolib tegishlicha maydalanganidan keyin to‘r qoringa
o‘tkaziladi. To‘r qoringa tushgan oziqalar darrov qat qoringa o‘tkaziladi va qat
qorin varaqlari orasida siqiladi, yeziladi, maydalandi. Bu yerda suv so‘riladi va
tegishlicha hazm bo‘lganidan keyin oziqa shirdonga o‘tkazilib, shirdonda
hazmlanadi.
Oziqalarning me’da oldi bo‘lmalarida ayniqsa katta qorinda hazm bo‘lishida
kavsh qaytarish jarayoni muhim ahamiyatga yega. Kavsh qaytarish kavsh
qaytaruvchi hayvonlarga xos xususiyat bo‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar
naridan – beri chaynab yutgan oziqani yana yaxshilab chaynab, maydalaydi so‘lak
bilan aralashtiradi. Chunki chala chaynalgan oziqa hazm sistemasida yaxshi hazm
bo‘lmaydi organizmga to‘la singmaydi. Shuning uchun kavsh qaytarish jarayoni
hazm jarayonini muhim bosqichi bo‘lib qoladi. Kavsh qaytarish reflektor jarayon
bo‘lib, u quyidagicha amalga oshadi: katta qorindagi oziqalarning dag‘al qismlari
qizilo‘ngach navi va to‘r qorindagi taktil retseptorlarni qo‘zg‘atadi, qo‘zg‘alish
adashgan nervning tegishli afferent tolalari orqali uzunchoq miyadagi kavsh
qaytarish markaziga uzatiladi. Markaz qo‘zg‘alib javob reaksiyasi adashgan
nervning yefferent tolalari orqali to‘r qorin va qat qoringa hamda oziqaning ogizga
qaytarishda ishtirok yetadigan boshqa organlarga o‘tkaziladi. So‘ngra oziqaning
og‘izga qaytarilishi to‘r qorinning qo‘shimcha qisqarishi bilan boshlanadi. Bu
paytda nafas harakatlari nafasni chiqarish davrida to‘xtab hiqildoq yopiladi va
nafas olishga intilib, ko‘krak qafasidan qizilo‘ngachning katta qoringa kirish
qismida bosim pasayib qizilo‘ngachning kardial sfinktori ochiladi. Bu vaqtda katta
qorin dahlizdagi oziqaning ma’lum qismi qizilo‘ngachga qarab harakat qilib qizil
o‘ngachga chiqadi va qizilo‘ngachning antiperistaltik harakati tufayli oziqa og‘izga
chiqariladi. Oziqa halqumdagi kranial sfinktorda siqiladi va oziqning suyuq qismi
katta qoringa qaytib tushadi.
Og‘izga qaytarilgan oziqani chaynalishi, uning xarakteriga, xiliga bog‘liq
holatda 20-60 soniya davomida yeziladi. Oziqa atroflicha chaynalgandan so‘ng
yana yutiladi. Shunday qilib, oziqaning yutilishi va qayta og‘izga chiqarilishi shu
tariqa davom yetaberadi. Kavsh qaytarish oziqa yegandan keyin qo‘ylarda 20-45
daqiqa, qoramollarda 30-70 daqiqadan keyin boshlanadi. Bu vaqt davomida katta
qorinda oziqa bo‘rtadi, yumushaydi, engil chaynaladigan holatga keladi.
Kavsh qaytarish navbatma-navbat keladigan alohida davrlardan iborat
bo‘lib, bu davrlarning har qaysisi o‘rtacha 30-60 daqiqani tashkil yetadi. Kavsh
qaytarish davrining davomiyligi murakkab oshqozonning turli qismlarini oziqa
bilan qanchalik to‘lganligiga, oziqa dag‘al qismlarining katta qorin, to‘r qorin
devorlariga ta’sir qilish darajasiga bog‘liq. Agarda katta qorindagi oziqaning asosiy
qismi yaxshi chaynalib maydalangan bo‘lsa, bu katta qorin va to‘r qorin devorlarini
dag‘al oziqlardan ta’sirlanishini pasaytirib, katta qorin, to‘r qorindan qat va undan
oziqani shirdonga o‘tkazilishini jadallashtiradi. Shirdonda bosim oshadi, oldingi
qismlarida kamayadi. Oqibatda me’da oldi bo‘lmalar harakati pasayib, katta
qorindan og‘izga oziqa chiqarilishi to‘xtab, pauza boshlanadi. Pauza davrida oziqa
shirdondan ichakka, qat qorindan shirdonga o‘tadi. Ozuqaning asosiy qismi qat