Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli
Reja:
Klassik iqtisodchilarningg iqtisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
«Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat darajasiga erishish
mexanizmi.
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.
Retsession va inflyatsion uzilish.
1. Klassik iktisodchilarningg iktisodiy muvozanat nazariyasi xususiyatlari.
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baxolarning umumiy muvozanati
nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat kontseptsiyasiga ko`ra
iktisodiyotda fakatgina to`lik bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo`lishi
mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar konuniga tayanadi. Bu konunga ko`ra
mexnat taksimotiga asoslangan iktisodiyotda xar bir sub`ektning ishlab chikarishi
bir vaktning o`zida boshka sub`ektlarning ishlab chikarish natijalariga talab
xisoblanadi. Oxir-okibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo`ladi. Klassik iktisodchilar
fikriga ko`ra AD ≠ AS xolati ro`y bermaydi, umumiy xarajatlar mikdori etishmay
kolgan, ya`ni AD< AS xolati ro`y bergan sharoitda xam baxo, ish xaki va foiz
stavkasi kabi dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar mikdorining kamayishi
ishlab chikarishning real xajmi, bandlik va real daromadlar mikdorining
kamayishiga olib kelmaydi.
Makroiktisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chikarish xajmi
resurslarning bandliligi va ishlab chikarish texnologiyalarining funktsiyasi
xisoblanadi, va egiluvchan baxolar mexanizmi tomonidan potentsial darajada tutib
turiladi degan shartlarga tayanadi. egiluvchan baxolar mexanizmi xisobiga bozor
iktisodiyoti barcha mavjud resurslarning to`lik bandlilgini ta`minlab turadi.
Klassik makroiktisodiy muvozanat modelining o`ziga xos xususiyati pulning
neytralligi printsipini ko`zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chikarishga
xech kanday ta`sir ko`rsatmaydi degan printsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar
modelida pul bozor agentlariga fakatgina bitimlarga xizmat kilishi, ya`ni oldi-sotti
jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko`ra
klassiklar tomonidan klassik dixotomiya kontseptsiyasi shakllantirilgan. Klassik
dixotomiya kontseptsiyasida – ikki parallel bozor, real va pul bozori aloxida-aloxida
amal kiladi, ular o`rtasidagi muvozanat avtomatik barkarorlashtirgichlar orkali
ta`minlab turadi deb xisoblanadi.
Pul bozori investitsiya va jamgarmalar tengligini xamda to`lik bandlik
sharoitini ta`minlaydi. Fakatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik
bo`lishi mumkin, deb xisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat
nuktasida ishlab chikarish xajmi (Y) uning potentsial xajmiga esa (Y*) teng.
Iktisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir kismi jamgarilishi yalpi talabning yalpi
taklifni koplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki xar bir jamgarilgan
so`m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta`kidlashadi.
R
S
R
I
I, S
I=S
14-chizma. Jamgarish-investitsiya grafigi.
Agarda, tadbirkorlar uy xo`jaliklarining jamgarmalari mikdorida investitsiya
kilishsa, ishlab chikarish xamda bandlik darajalari doimiy bo`lib koladi.
Klassik iktisodchilar ta`kidlashlaricha, kapitalizmning o`ziga xos pul bozori
mavjud va bu bozor jamgarma va investitsiyalarning tengligini ta`minlaydi. Bunda
tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o`taydi (14-chizma). SHuning uchun xam
to`lik bandlik mavjud bo`ladi. Bu iktisodchilar davlatning iktisodiyotga aralashuvi
kiska muddatli samara bersada, uzok muddatga, oxir-okibat bozor iktisodiyotining
tabiiy xarakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun, salbiy okibatlarga olib
keladi deb xisoblashadi.
2. Keynsning makroiktisodiy muvozanat nazariyasi asoslari.
1936 yili ingliz iktisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iktisodiyotiga
yangi, ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o`zining «Pul, foiz va ish bilan
bandlikning umumiy nazariyasi» asarida yangicha iktisodiy muvozanat nazariyasini
izoxlab berdi.
Keyns makroiktisodiy muvozanatga to`lik bo`lmagan bandlik sharoitida xam
erishish mumkinligini, to`la ish bilan bandlik konuniy xolat emasligini, balki
tartibga solinmagan iktisodiyotda tasodifiy ro`y berishigina mumkinligini isbotlab
berdi. SHuningdek, bu nazariyada iktisodiyotdagi tebranishlar fakat urush, tabiiy
ofat va shu kabi vaziyatlargagina boglik emasligini, balki u tinchlik yillarida xam
ichki omillarning salbiy okibatlaridan kelib chikishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik
va inflyatsiyaning kelib chikishi investitsiya va jamgarmalarga bevosita boglik.
Narxlarning oshishi va ish xakining pasayishi boshka salbiy omillar bilan birga
iktisodiyotning bekarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamgarmalarning
bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro`y beradi.(16-chizma).
Bunga sabab birinchidan, jamgarish va investitsiyalash to`grisidagi karorlarni
xar xil guruxlardagi odamlar turli maksadlarda kabul kilishi bo`lsa. ikkinchidan,
jamgaruvchilar va investorlarni jamgarish va investitsiyalashga turlicha sabablar
undaydi. Keynschilar fikricha, jamgarma va investitsiyalar bitta omilga boglik
bo`lmagan xolda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar kiymati
o`zining ish xaki mikdoridan ortik bo`lgan maxsulotlarni sotib olish uchun, masalan
avtomobil’ yoki televizor xarid kilish uchun jamgarishadi. Jamgarmalar biror shaxs
yoki oilaning kelajakdagi iste`molini kondirish maksadida, ya`ni, uy xo`jaliklari oila
boshligining nafakaga chikkandan keyingi xayotini yoki bolalari kelajagini
ta`minlash maksadida amalga oshiriladi. Bundan tashkari jamgarmalar tasodifiy
vaziyatlarda foydalanish maksadida xam amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya kilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan
birga kutilayotgan sof foyda normasi xamdir.
Klassiklar nazariyasi bo`yicha jamgarma va investitsiyalar mikdorini
aniklaydigan asosiy omil foiz stavkasi xisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo`jaliklari
kamrok iste`mol kilib, ko`prok jamgarishga xarakat kilishadi. Uy xo`jaliklarida
jamgarmalarning ko`payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o`z
vaktida investitsiyaning o`sishini ta`minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki axolining ixtiyoridagi
daromadi iste`mol va jamgarish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy
asoslarga tayangan xolda Keyns o`zining makroiktisodiy muvozant modelini ishlab
chikdi.
3. Xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar.
Ishlab chikarishning kamayishi natijasida mumkin bo`lgan yo`kotishlarning
oldini olish uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur.
SHuning uchun xam Keynsning iktisodiy nazariyasini ko`p xollarda jami talab
nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniksa investitsiyalarning
o`zgarishi makroiktisodiy bekarorlik sabablaridan biridir.
Xakikiy investitsiyalar rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan investitsiyalar
mikdorini o`z ichiga oladi. Rejalashtirilmagan investitsiyalarga tovar – moddiy
zaxiralariga (TMZ) investitsiyalardagi kutilmagan o`zgarishlar kiradi. Ushbu
rejalashtirilmagan investitsiyalar tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamgarma va
investitsiyalar mikdorining o`zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va
makroiktisodiy muvozanatni ta`minlaydi.
Rejalashtirilgan xarajatlarga uy xo`jaliklari, firmalar, davlat va tashki
dunyoning maxsulot va xizmatlarni sotib olishga mo`ljallagan xarajatlari kiradi.
Firmalar tomonidan ishlab chikarilgan maxsulotlarni sotishdagi kutilmagan
o`zgarishlar tovar moddiy zaxirasiga rejalashtirilmagan investitsiyalar kilishga olib
kelsa, xakikiy xarajatlar rejalashtirilgan xarajatlardan fark kiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funktsiyasi :E=S+ I +G+Xp ko`rinishiga ega.
Dekmak uning grafigi iste`mol funktsiyasi (S=a+ v (U-T) ) grafigiga nisbatan
I+G+Xp mikdorda yukoriga surilgan bo`ladi. Keltirilgan Xp -sof eksport bo`lib,
uning funktsiyasi esa kuyidagi ko`rinishga ega:
Xp = g - m’Y
Bu erda :g – avtonom sof eksport;
m’ - importga chegaralangan moyillik; Y – daromad.
Importga chegaralangan moyillikimport xarajatlaridagi o`zgarish mikdorini
bunga sabab bo`lgang daromadlardagi o`zgarish mikdoriga bo`lib topiladi.
m’ = ΔM / ΔY;
Bu erda: ΔM - importga xarajatlarning o`zgarishi;
ΔY - daromadlarning o`zgarishi.
YAlpi daromadlarning oshishi bilan import xam oshadi. CHunki, bunda
iste`molchilar va investorlar xam milliy xam import maxsulotlarga bo`lgan
xarajatlari mikdorini oshiradilar. Ayni paytda mamlakatning eksporti xajmi shu
mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) mikdoriga bevosita boglik bo`lmaydi, balki
tovar olib chikib ketayotgan mamlakatning yalpi daromadlari o`zgarishiga boglik
bo`ladi. SHuning uchun xam mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o`zgarishi bilan
sof eksport (Xp) o`rtasidagi bogliklik salbiydir va sof eksport funktsiyasida minus
ishorasi bilan belgilanadi.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat modelini ko`rib chikish jarayonini
soddalashtirish uchun sof eksport mikdori yalpi daromadlar (Y) o`zgarishiga boglik
emas deb olinadi. SHuning uchun sof eksport to`ligicha avtonom xarajatlar
mikdoriga ko`shiladi, ya`ni avtonom xarajatlar (S + I + G +Xp) yigindiga teng deb
olinadi.
4. «Keyns xochi». Ishlab chikarish xajmining muvozanat
darajasiga erishish mexanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizigi xakikiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-
biriga teng bo`lgan (Y=E) chizikni kaysidir a nuktada kesib o`tadi. Kuyida
keltirilgan 14-chizmada tovarlar va xizmatlar bozorida kiska muddatli muvozanatga
erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u “Keyns xochi” nomini olgan. Y=E
chizikda xakikiy investitsiyalar va jamgarmalar tengligi saklanadi. a nuktada esa
daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. SHuningdek, bu erda
rejalashtirilgan xamda xakikiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi.
YA`ni, makroiktisodiy muvozanat ta`minlanadi.
Agarda, ishlab chikarishning xakikiy xajmi (Y1) uning muvozanat
darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste`molchilar maxsulotlarni ishlab chikaruvchilar
taklif kilganga nisbatan kam sotib oladi (AD<AS). Cotilmagan maxsulotlar TMZ
ko`rinishiga ega bo`ladi. Zaxiralarning o`sishi firmalarda ishlab chikarish xamda
bandlik darajalarini pasaytirishiga olib keladi. Bu esa YAIM xajmini Y1 dan Y0
gacha kamayishigaolib keladi va daromad va rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi.
O`z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga (AD = AS) erishiladi.
Aksincha, xakikiy ishlab chikarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam
bo`lgan vaziyatda esa, firmalar iste`molchilar talabiga nisbatan kam ishlab
chikarayotganligini (AD>AS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zaxirasining
kamayishi xisobiga kondiriladi. Natijada, YAMM asta sekin Y2 dan Y0 ga karab
o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S
ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chikarishning muvozanat xolati (Y0), yalpi xarajatlar
komponentlarining xar birining (iste`mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof
eksport) o`zgarishi natijasida
E ( rejalashtirilgan Y=E
xarajatlar)
Y1 E=C+I+G+Xn
E1 Zaxiralarning
E0 jamgarilishi
Zaxiralarning
E2 kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real
xarajatlar)
14-chizma. Keyns xochi (Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli)
tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning mikdorining o`sishi
rejalashtirilgan xarajatlar egri chizigini yukoriga suradi va aksincha kamayishi
pastga surilishga olib keladi.
5. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori.
Avtonom xarajatlarning xar kanday o`sishi, ya`ni ΔA = Δ (S+I+G+Xn)
mul`tiplikator samarasi xisobiga yalpi daromadlarning ko`prok mikdorga (ΔY)
oshishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar mul`tiplikatori muvozanatli YAMM o`zgarishning
avtonom xarajatlarning xar kanday komponenti o`zgarishiga nisbatini ko`rsatadi:
m = ΔY /ΔA:
Bu erda: m - avtonom xarajatlar mul`tiplikatori;
ΔY – muvozanatli YAIMning o`zgarishi;
ΔA – avtonom xarajatlarning Y o`zgarishiga boglik bo`lmagan o`zgarishi.
Mul`tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o`sishi
(kamayishi)dan necha marta ortik o`sganligini (kamayganligi) ko`rsatadi.
Avtonom iste`mol ΔSA mikdorga o`ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (U)
ning o`sha mikdorda o`sishiga olib keladi. Bu esa, o`z navbatida iste`molning
ikkinchi marta (daromadlar oshishi xisobiga) MRS x ΔSA mikdorda o`sishiga olib
keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MRSxΔSA mikdorda yana
o`sadi. SHunday kilib, «daromad-xarajat» ko`rinishidagi doiraviy aylanish bo`yicha
jarayon davom etaveradi.
ΔSA↑ >AD↑Y↑C↑AD↑Y↑C↑AD↑Y↑ va xokazo.
Ushbu oddiy vaziyatdan ko`rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom
iste`molning dastlabki o`zgarishi ΔSA↑ ga nisbatan bir necha marta ko`p o`zgaradi.
Bu shuni bildiradiki, S, I, G yoki Xp mikdorlardagi oddiy o`zgarishlar xam ishlab
chikarish xajmi va bandlik darajalarida katta o`zgarishlarga olib kelishi mumkin.
SHunday kilib, mul’tiplikator iktisodiy bekarorlik omili xisoblanadi. SHuning
uchun xam davlatning byudjet-solik siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo`lib,
o`rnatilgan barkarorlashtirgichlar tizimini yaratish xisoblanadi. Bu tizim iste`molga
chegaralangan moyillikni kamaytirish orkali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Mul’tiplikator samarasi moxiyatini kuyidagi misolda ko`rib chikamiz.
Aytaylik, dastlab iktisodiyotga investitsiyalar mikdori 5 mlrd. so`mga ko`paysin.
Bu, o`z navbatida ish xaki, renta, foyda ko`rinishda uy xo`jaliklari daromadiga
aylanadi. Agar iste`molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb
olsak. Uy xo`jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya`ni 3,75 mlrd. so`mni iste`mol
xarajatlariga sarflaydi, kolgan 1,25 mlrd. so`mni jamgaradi. Sarflangan 3,75 mlrd.
so`m boshkalar uchun daromad xisoblanadi. O`z navbatida ular xam 3,75 mlrd.
so`mning 75 foizini iste`mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamgaradilar. Bu
jarayon oxirgi so`m jamgarilmaguncha davom etadi.
Bunda: m = ΔY / A = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4
va bundan : ΔY 1
m = --------- = -----------
A 1- MPC
Demak iste`molga chegaralangan moyillik kancha katta bo`lsa multiplikator
samarasi xam shuncha yukori bo`ladi.
Multiplikatorning matematik moxiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik
progressiyani anglatadi, ya`ni m=1+b+b1+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC.
Tenglikning ikki tomonini b ga ko`paytiramiz: mb=b+b2+b3+b4+…+bn+1
endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz:
m-mb=1-bn+1 , m(1-b) =1-bn+1
Xisob kitob natijalarini kuyidagicha tasvirlaymiz:
m = ( ‘n+1) / (1-b)
b kasr son va bn+1 nolga juda yakin bo`lgani uchun
m = 1/ (1-b ) tenglik to`gri bo`ladi.
Avtonom xarajlar multiplikatori mikdorining katta yoki kichikligi byudjet solik
siyosati samaradorligiga ta`sir ko`rsatadi. Davlat o`z xarajatlarini oshirayotganda,
yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko`rayotganda, bu xarajatlar jami
talabni kancha mikdorga oshirib yuborishi mumkinligini xisobga olishi zarur.
6. Retsession va inflyatsion uzilish.
Agarda ishlab chikarishning xakikiy xajmi (U0) potentsial (U*) xajmidan kam
bo`lsa, jami talab samarasiz xisoblanadi. YA`ni, AD=AS tenglikka erishilgan
bo`lsada, yalpi xarajatlar mikdori resurslarining to`lik bandligi darajasini
ta`minlamaydi. YAlpi talabning etishmasligi iktisodiyotga depressiv ta`sir
ko`rsatadi.
E Y=E
B E2 =E1 + ΔE
E1=C+I+G+Xn
Retsession uzilish
E
A
Uo Y* Y
15-chizma. Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi
retseession uzilish.
YAMM (YAIM)ni to`lik bandlilikning noinflyatsion darajasiga kadar o`stirish
uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan mikdor retsession
uzilish deyiladi (15-chizma).
Ishlab chikarishda to`lik bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`kotish
uchun jami talabni ragbatlantirish va muvozanatni «A» nuktadan «V» nuktagacha
surish lozim. Bu erda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU kuyidagiga teng
bo`ladi:
ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori
mikdori
YAIMni to`lik bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami
talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan mikdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chikarish xakikiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p
bo`lsa, jami xarajatlar ortikcha xisoblanadi. Jami talabning ortikchaligi iktisodiyotda
inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshkacha aytganda jami talab xajmining jami
taklif xajmidan kiska muddatda katta bo`lishi okibatida xakikiy va potentsial YAIM
xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf
kilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshkacha kilib aytganda jami talabni
cheklash zarur.
E
Y=E
E1=C+I+G+Xn
A E E2=E1-ΔE
inflyatsion
uzilish
B
45
Y* Y0 Y
16-chizma. Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi
inflyatsion uzilish.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuktadan V nuktagacha surishni
anglatadi. Bu erda jami muvozanatili yalpi daromad xajmidagi (ΔU) kiskarish
kuyidagicha bo`ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori
mikdori.
Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini
kiska muddatli makroiktisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning
xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farkli o`larok bu
modelda baxolar darajasi va ish xaki o`zgarmas mikdorlar xisoblanadi. Ayni shu
sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiktisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi.
Kiskacha xulosalar
Klassik iktisodchilar makroiktisodiy muvozanat fakat to`lik bandlik sharoitida
ro`y beradi, kiska mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya`ni
tbaxo, ish xaki kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafts etiladi deb
xisoblashishadi.
Klassik iktisodchilar nazariyasidan farkli o`larok ingliz iktisodchisi J. Keyns
o`zining to`lik bandlik mavjud bo`lmagan sharoitda xam makroiktisodiy muvozanat
ro`y beradi, tartibga solinmagan iktisodiyotda to`lik bandlilik fakatgina tasodifiy
ro`y beradi deb xisoblaydi.
Keyns modelida makroiktisodiy muvozanat ishlab chikarishni ta`minlovchi
ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuktasida ro`y beradi.
Bu modelda tovar zaxiralarining o`zgarishi makroixtisodiy muvozanatni
ta`minlovchi omil deb karaladi.
YAlpi daromadlarning avtonom xarajatlar mikdoridagi dastlabki o`sishdan
(kamayishi)dan necha marta ortik o`sishi (kamayishi) mul’tiplikator samarasi
deyiladi. Mul’tiplikator iktisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil
xisoblanadi.
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori iste`molga chegaralangan moyillik
darajasi bilan belgilanadi va u bilan to`gri bogliklikka ega..
Makroiktisodiy muvozanat potentsial YAIM xajmidan kamrok bo`lgan xakikiy
YAIM xajmida o`rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo`lsa inflyatsion uzilish ro`y
beradi.
Asosiy adabiyotlar
1.
Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.
a. i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 98-119 s.s.
2.
Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A.
«Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot
jamgarmasi nashriyoti 2004, 72-83 b.b.
3.
Ivashkovkiy S.N. Makroekonomika: Uchebnik.-2-e izd., dop.- M.: Delo,
2002, 59-79 s.s.
4.
. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika/ Pod redaktsiey
Gryaznovoy A.G. i Dumnoy N.N. M., KNORUS, 2005., 92-101 s. s.
5.
Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 31-35
s.s.