KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASH ELЕMЕNTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI (FONЕTIKA, GRAMMATIKA, SO‘Z YASALISHI VA ORFOGRAFIYANI O‘RGATISH MЕTODIKASI)

Yuklangan vaqt

2024-05-16

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

31

Faytl hajmi

56,2 KB


 
 
 
 
 
 
FONЕTIKA, GRAMMATIKA, SO‘Z YASALISHI VA ORFOGRAFIYANI 
O‘RGATISH MЕTODIKASI 
 
 
KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASH 
ELЕMЕNTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI 
O‘RGATISHNING AHAMIYATI 
 
 
REJA: 
1. Ona tili darslarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. 
     2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ona tilini oʻrgatishning lingvistik asoslari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FONЕTIKA, GRAMMATIKA, SO‘Z YASALISHI VA ORFOGRAFIYANI O‘RGATISH MЕTODIKASI KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARDA ILMIY DUNYOQARASH ELЕMЕNTLARINI SHAKLLANTIRISHDA ONA TILINI O‘RGATISHNING AHAMIYATI REJA: 1. Ona tili darslarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. 2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga ona tilini oʻrgatishning lingvistik asoslari.
 
 
Tayanch so`z va iboralar: fonetika, tovush, so‘z, jarangsiz, jarangli, grafika, 
unli tovushlar, undosh tovushlar, bo‘g‘in. 
 
1.Ona tili darslarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. 
O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash  
elementlarini   shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishdan maqsadga muvofiq 
ishlashning yetakchi sharti − o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol 
toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda 
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) 
vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, Shu jumladan,  boshlang‘ich sinflarda 
tilni o‘rgatishning yyetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa 
vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 
2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga 
chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha 
yashamaydi. 
3. Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisbatan 
ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So‘z 
tushunchaning shartli nomini o‘zida aks ettiradi. Dunyoda yo‘q narsa ongda ham, 
tilda ham bo‘lmaydi. Bu holat o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini 
tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o‘rab olgan muhitni, 
voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o‘rganilishini 
belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalardan biriga, ya’ni 
nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash 
hisoblanadi; materiya − birlamchi, ong – ikkilamchi degan tushunchadan 
o‘quvchilarning xabardor bo‘lishiga yordam beradi. 
4. Til − barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan 
murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning 
Tayanch so`z va iboralar: fonetika, tovush, so‘z, jarangsiz, jarangli, grafika, unli tovushlar, undosh tovushlar, bo‘g‘in. 1.Ona tili darslarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishdan maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o‘quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko‘rsatilgan omillar tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, Shu jumladan, boshlang‘ich sinflarda tilni o‘rgatishning yyetakchi yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo‘lib, tafakkur so‘z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurning mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o‘zicha yashamaydi. 3. Til va tafakkur atrofimizni o‘rab olgan moddiy borliqqa nisbatan ikkilamchidir. Tafakkur tashqi dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi. So‘z tushunchaning shartli nomini o‘zida aks ettiradi. Dunyoda yo‘q narsa ongda ham, tilda ham bo‘lmaydi. Bu holat o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish asosini tashkil etadi va didaktik tamoyillardan birini, ya’ni til atrofni o‘rab olgan muhitni, voqelikni kuzatish jarayonida faol bilish faoliyati vaziyatida o‘rganilishini belgilaydi. Bunday yondashish dunyoqarashning asosiy masalalardan biriga, ya’ni nima birlamchi: tabiat (materiya)mi yoki ongmi degan savolga javob tayyorlash hisoblanadi; materiya − birlamchi, ong – ikkilamchi degan tushunchadan o‘quvchilarning xabardor bo‘lishiga yordam beradi. 4. Til − barcha tomonlari o‘zaro dialektik bog‘lanishda va birlikda bo‘lgan murakkab, ko‘p qirrali hodisa. Aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari, uning
 
 
barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, Shunday sharoitdagina til o‘zining 
aloqa quroli vazifasini bajara oladi. 
O‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, 
u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning 
barcha tizimida hal qilinadi. 
Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich 
sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe'lni o‘rganish jarayonida astasekin bilib oladilar. Bu 
o‘rinda “So‘zning tarkibi” bo‘limi katta imkoniyatga ega. o‘quvchilar bu bo‘lim 
materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi 
haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma'lumki, 
ko‘pgina yangi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor 
qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi 
so‘zning paydo bo‘lishi o‘zidan keyin bir xil o‘zakli so‘zlar guruhining hosil 
bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. 
Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus 
o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan 
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik 
tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez  rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til 
leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda 
jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. 
Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va 
o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini 
shakllantirishga mos material beradi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish Shuni 
ko‘rsatadiki, tilga ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish uning muhim 
bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning 
tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi'bilan leksik 
ma’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga 
tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilarni bilib olishi Shu maqsadga xizmat qiladi. 
Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining 
barcha jihatlari bir-biriga o‘zaro ta’sir etadi, Shunday sharoitdagina til o‘zining aloqa quroli vazifasini bajara oladi. O‘quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi. Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe'lni o‘rganish jarayonida astasekin bilib oladilar. Bu o‘rinda “So‘zning tarkibi” bo‘limi katta imkoniyatga ega. o‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar. Ma'lumki, ko‘pgina yangi so‘zlar tilda mavjud bo‘lgan so‘zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo‘zchi kabi. Tilda yangi so‘zning paydo bo‘lishi o‘zidan keyin bir xil o‘zakli so‘zlar guruhining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. Boshlang‘ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o‘rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan harakatchan, tez rivojlanadigan bo‘lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o‘zgarishlar yuzasidan o‘qituvchi va o‘quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish Shuni ko‘rsatadiki, tilga ilmiy dunyo qarash asoslarini shakllantirish uning muhim bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning so‘zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi'bilan leksik ma’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z turkumiga tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilarni bilib olishi Shu maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining
 
 
birbiriga ta'sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarning xususiy 
ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘quvchilarning xarakterli 
bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki 
dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. 
 
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik 
asoslari 
Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, 
ya’ni fonetikasi, leksikasi, so‘z  yasalishi va grammatikasi (morfologiya va 
sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. 
Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, 
ularning dialektik  birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon 
bo‘ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har 
bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos 
bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning 
tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. 
Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar 
yig‘indisigina aloqa   maqsadiga xizmat qilishi mumkin. 
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, 
leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. 
Tilning   lug‘ati qanchalik  boy bo‘lsa ham  grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. 
Tilning  lug‘at  boyligi o‘z-o‘zicha aloqa  vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida 
xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan 
o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. 
Shunday qilib, tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning 
o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. 
TilShunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham Shunga o‘xshash 
murakkabdir. 
birbiriga ta'sir qilishini xarakterlaydigan umumiy bog‘lanishlarning xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘quvchilarning xarakterli bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. 2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ona tilini o‘rgatishning lingvistik asoslari Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya’ni fonetikasi, leksikasi, so‘z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi. Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo‘ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin. Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir. Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilning lug‘at boyligi o‘z-o‘zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Shunday qilib, tilning har bir jihatining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqishning o‘zi ularning o‘zaro munosabatini, bir-biriga o‘tishining murakkabligini ta’kidlaydi. TilShunoslik fani bo‘limlari o‘rtasidagi munosabatlar ham Shunga o‘xshash murakkabdir.
 
 
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, 
fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan 
so‘z tarkibida yashaydi. 
Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum 
ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar 
majmuasi ma’lum ohangga ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning 
mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday 
qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartishlar 
bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. 
Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at 
tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga 
to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama 
negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi. 
Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘langan. 
Morfologiya, asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning 
grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, har bir so‘z, 
bir tomondan, Shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lum o‘ziga xos leksik-grammatik 
guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma’nosi 
bo‘ladi. So‘zdagi mana Shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan 
holda, leksika zaminida o‘rganiladi. 
So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik 
ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan 
yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. 
Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So‘zning 
morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilShunoslik fanining so‘z yasalishi 
bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. 
Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, 
asosan, so‘zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o‘rganiladi; 
sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, 
Shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z 
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi. Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi. Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘langan. Morfologiya, asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, har bir so‘z, bir tomondan, Shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lum o‘ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma’nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana Shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi. So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So‘zning morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilShunoslik fanining so‘z yasalishi bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi. Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi. Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, Shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z
 
 
morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob’ekti har xil 
bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob’ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida 
boshqa so‘zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. 
Morfologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan 
leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai 
nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish 
ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida 
yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish tizimiga ega bo‘lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini 
bajaradi. SHakl yasalishi va so‘z yasalishi morfologiyada o‘rganiladi, ammo gapda 
tatbiq etiladi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis 
sohasiga taalluqlidir. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish 
usulini aniqlashda Shu so‘z birikmasiga kirgan so‘z turkumining morfologik 
xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog‘liq 
holda o‘rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya 
va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini 
ta’kidlash uchun yetarli. 
Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni 
hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi. 
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik) tomonlari o‘zaro 
bog‘liqligini va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, 
o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini 
va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur. 
1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi va 
grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol 
dastur materiallarini o‘rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur 
bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida 
namoyon bo‘ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida  so‘zni to‘g‘ri 
morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob’ekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob’ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Morfologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish tizimiga ega bo‘lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini bajaradi. SHakl yasalishi va so‘z yasalishi morfologiyada o‘rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usulini aniqlashda Shu so‘z birikmasiga kirgan so‘z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini ta’kidlash uchun yetarli. Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi. 1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik) tomonlari o‘zaro bog‘liqligini va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur. 1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi va grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o‘rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi. 2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo‘ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so‘zni to‘g‘ri
 
 
talaffuz qilish yoki yozish, Shu tilda so‘zlaShuvchi barcha kishilarga bir xilda 
tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak. 
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish ona tilini 
o‘rgatishning yyetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til 
o‘suvchan, bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo‘lgan murakkab 
hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi. 
3. Boshlang‘ich  sinflarda ona tilini o‘rgatishning  
mazmuni va vazifalari 
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va 
yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning 
o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik 
va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z 
yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); 
o‘zbek  tilining  to‘g‘ri yozuv  tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi 
(orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, 
grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, 
orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili 
kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham 
o‘z ichiga oladi. 
Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun 
umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham 
ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo   ko‘nikmalarga analiz, sintez, 
abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, 
taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida 
maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini 
muvaffaqiyatli    egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil 
qilinadigan maxsus ko‘nikmalar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan   
ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi. 
talaffuz qilish yoki yozish, Shu tilda so‘zlaShuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak. Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishning yyetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o‘suvchan, bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo‘lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi. 3. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rgatishning mazmuni va vazifalari Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi. Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.
 
 
Beriladigan bilim va o‘quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar   maktab 
dasturlarida qayd etilgan.   
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganish uchun tilni ongli egallashga va o‘quvchilarda 
grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo‘ladigan bilimlar tanlangan. 
Fonetika va grafika sohasida o‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini, unli va undosh 
tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, so‘zda tovushning ma’noni farqlashdagi 
ahamiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o‘zlashtiradilar, 
Shuningdek, ularga so‘zning tovush va grafik shakli o‘rtasidagi nisbat (bog‘lanish)ni 
ongli aniqlash, so‘zni to‘g‘ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan 
ham so‘zni ongli o‘zlashtirish, uni to‘g‘ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga 
ega bo‘lgan bilimlar tanlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari I sinfdan boshlab so‘z 
turkumlari  (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o‘rganadilar. 
Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so‘zlarning 
bog‘lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So‘zning 
morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning   muhim belgilarini, ularning 
ahamiyati va so‘zda bir-biriga ta’sirini  boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tushunadigan 
va so‘zlarni to‘g‘ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan hajmda ma’lumot 
berilgan.  
Dasturda “Leksika” bo‘limi alohida berilmagan, ammo o‘quvchilar    so‘zlarning 
leksik-semantik  guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida,   ularning leksik 
ma’nolari haqida so‘z turkumlari va so‘z tarkibini o‘rganish jarayonida ma’lumot 
oladilar. 
Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limi har bir sinfda quyidagicha 
qismlarni o‘z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli  
nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga   asoslanib, har to‘rt sinfda 
o‘rganiladi. Har bir sinfda yyetakchi mavzular ajratiladi.  1-sinfda fonetika va 
grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish 
va yozish jarayonini egallaydilar. 3-  sinfda so‘zning morfemik tarkibi va gapni 
Beriladigan bilim va o‘quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar maktab dasturlarida qayd etilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘rganish uchun tilni ongli egallashga va o‘quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo‘ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o‘quvchilar so‘zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlarini, so‘zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to‘g‘ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o‘zlashtiradilar, Shuningdek, ularga so‘zning tovush va grafik shakli o‘rtasidagi nisbat (bog‘lanish)ni ongli aniqlash, so‘zni to‘g‘ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so‘zni ongli o‘zlashtirish, uni to‘g‘ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar tanlangan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari I sinfdan boshlab so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o‘rganadilar. Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So‘zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so‘zda bir-biriga ta’sirini boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tushunadigan va so‘zlarni to‘g‘ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan hajmda ma’lumot berilgan. Dasturda “Leksika” bo‘limi alohida berilmagan, ammo o‘quvchilar so‘zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so‘z turkumlari va so‘z tarkibini o‘rganish jarayonida ma’lumot oladilar. Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o‘stirish” bo‘limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o‘z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So‘z”, “Gap”, “Bog‘lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to‘rt sinfda o‘rganiladi. Har bir sinfda yyetakchi mavzular ajratiladi. 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so‘zning morfemik tarkibi va gapni
 
 
o‘rganish muhim hisoblanadi. So‘z yasalishiga doir bilimlar asosida o‘quvchilarda 
so‘zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o‘sadi. 4-
sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yiladi (morfologik bilim   
chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalarini, fe’llarning 
tuslovchi qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish malakalari shakllantiriladi). 
Bog‘lanishli nutq ustida to‘rt yil davomida grammatik va orfografik   materiallarni 
o‘rganish bilan bog‘liq holda reja asosida ish olib boriladi. 
Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi  jihatidan  
o‘rganiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh 
qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh 
qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.  
Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo‘yiladigan 
talablar. Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil 
qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng 
qulay va eng zarur omilidir. 
Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar:  
1. Ta’limiy talab. Har bir dars o‘quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har 
bir darsning asosiy maqsadi ham Shu. 
2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir.  
3. Didaktik talablar. Bu o‘qituvchiga darsni to‘g‘ri tashkil qilish: dars 
maqsadlarini, turini to‘g‘ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o‘quvchilarga 
etkazib berish uslub va usullarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish va 
baholash shakllari aniqlab olish demakdir. 
4. Psixologik talablar. Bu talab Shuni nazarda tutadiki, o‘qituvchi o‘z 
o‘quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi judda katta 
ahamiyatga ega. O‘z o‘quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan 
o‘qituvchigina to‘laqonli dars uyushtirishi mumkin. 
o‘rganish muhim hisoblanadi. So‘z yasalishiga doir bilimlar asosida o‘quvchilarda so‘zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o‘sadi. 4- sinfda so‘z turkumlarini o‘rganish birinchi o‘ringa qo‘yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo‘shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish malakalari shakllantiriladi). Bog‘lanishli nutq ustida to‘rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq holda reja asosida ish olib boriladi. Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o‘rganiladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo‘ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarining turlari va ularga qo‘yiladigan talablar. Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta’lim-tarbiyani amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir. Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilar: 1. Ta’limiy talab. Har bir dars o‘quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham Shu. 2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir. 3. Didaktik talablar. Bu o‘qituvchiga darsni to‘g‘ri tashkil qilish: dars maqsadlarini, turini to‘g‘ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni o‘quvchilarga etkazib berish uslub va usullarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash shakllari aniqlab olish demakdir. 4. Psixologik talablar. Bu talab Shuni nazarda tutadiki, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi bilishi judda katta ahamiyatga ega. O‘z o‘quvchilarining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o‘qituvchigina to‘laqonli dars uyushtirishi mumkin.
 
 
5. Gigienik talablar. Bu o‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. 
Sinfda yorug‘lik,  toza havo har doim etarli bo‘lishi lozim. 
Boshqa fanlar kabi, ona tili o‘qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita 
bog‘liqdir. 
Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng 
yoritilgan. Ularni ona tili o‘rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili 
darslariga qo‘yilgan talablar quyidagicha bo‘ladi: 
I. Yangi bilim berish, ularni nutq praktikasiga tatbiq etish va 
o‘quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o‘quvchilarning o‘quv 
faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g‘oyaviy-siyosiy, 
estetik va badiiy qimmatli bo‘lishiga, tilni o‘rganish jarayonida bolalarda 
dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy 
izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. 
II. 
Darsning 
aniqligi 
va 
ichki 
mantiqiyligi, 
uning 
maqsadga 
yo‘naltirilganligi juda muhim. Yangi material o‘rgatiladigan darsning mazmuni 
va mantiqi o‘rganiladigan til hodisasi hamda uning lingvistik mohiyatining bir-
biriga ta’sir qilishiga ma’lum darajada sabab bo‘ladi. O‘qituvchi bu o‘zaro 
bog‘lanishni bilishi va uni o‘quvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida 
asta ocha borishi muhimdir. 
III. Ona tili darsi, avvalo, o‘quvchilar  nutq  va tafakkurini o‘stirish darsidir. 
Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik 
to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko‘nikmasini 
shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi 
grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi 
yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni 
qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq 
malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga 
amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o‘stirish darsning 
mazmunida va qo‘llannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi. 
5. Gigienik talablar. Bu o‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir. Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim etarli bo‘lishi lozim. Boshqa fanlar kabi, ona tili o‘qitishning samaraliligi darsning sifatiga bevosita bog‘liqdir. Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan. Ularni ona tili o‘rgatishga tatbiq qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo‘yilgan talablar quyidagicha bo‘ladi: I. Yangi bilim berish, ularni nutq praktikasiga tatbiq etish va o‘quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g‘oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo‘lishiga, tilni o‘rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi juda muhim. Yangi material o‘rgatiladigan darsning mazmuni va mantiqi o‘rganiladigan til hodisasi hamda uning lingvistik mohiyatining bir- biriga ta’sir qilishiga ma’lum darajada sabab bo‘ladi. O‘qituvchi bu o‘zaro bog‘lanishni bilishi va uni o‘quvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir. III. Ona tili darsi, avvalo, o‘quvchilar nutq va tafakkurini o‘stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo‘lishi uchun o‘quvchilarda o‘z fikrini grammatik to‘g‘ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bera olish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o‘stirish ko‘rsatmasi grammatik materialni o‘rgatishda o‘quvchilarning tilimizdagi har bir so‘z turkumi yoki so‘z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo‘llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik to‘g‘ri va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o‘stirishga amalda tatbiq etish uchun o‘rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o‘stirish darsning mazmunida va qo‘llannilgan vazifalar turlarida o‘z aksini topadi.
 
 
O‘quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli   foydalanish imkonini beradi. 
Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo‘lsa   ham,  o‘quvchilarning til 
hodisalari o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday  bog‘lanishni bilsalar, nima uchun Shunday? 
so‘rog‘iga javob topa oladilar. Masalan, “Nima uchun daftar so‘zi kelishik va egalik 
qo‘shimchalari bilan turlanadi, o‘qidik so‘zi esa shaxs-son qo‘shimchalari bilan 
tuslanadi?”. 
Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik 
maqsadiga ko‘ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o‘rganish darsi, bilimni 
mustahkamlash 
darsi, 
umumlashtiruvchi-takrorlash 
darsi, 
bilimlarning 
qanchalik o‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi  va boshq. Har bir dars 
turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi 
va qurilishi o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik 
maqsadi o‘rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o‘rniga 
qarab belgilanadi. O‘qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va 
o‘rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, 
qurilishini belgilaydi. 
 
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar 
Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini 
tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillaShuvi bilan 
bog‘liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.  
“Metod” – o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim 
jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usulidir. Lekin u tadqiqotchilar tomonidan 
turlicha sharhlanadi.  
Metodika – shaxsga bilim berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim 
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmuidir. XIX-XX asrlarning 
oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida  tushuntirish-bayon metodi, suhbat 
metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar 
ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi.  
O‘quvchilarga beriladigan nazariy bilim tildan ongli foydalanish imkonini beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo‘lsa ham, o‘quvchilarning til hodisalari o‘rtasidagi bog‘lanishni bilib olishiga e’tibor berish demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bunday bog‘lanishni bilsalar, nima uchun Shunday? so‘rog‘iga javob topa oladilar. Masalan, “Nima uchun daftar so‘zi kelishik va egalik qo‘shimchalari bilan turlanadi, o‘qidik so‘zi esa shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi?”. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Dars turlari uning didaktik maqsadiga ko‘ra belgilanadi, chunonchi: yangi materialni o‘rganish darsi, bilimni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik o‘zlashtirilganini hisobga olish (tekshiruv) darsi va boshq. Har bir dars turi muayyan qurilishi bilan boshqasidan farqlanadi. Darsning didaktik maqsadi, turi va qurilishi o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjud. Muayyan bir darsning didaktik maqsadi o‘rganiladigan mavzuga va bu darsning darslar tizimida tutgan o‘rniga qarab belgilanadi. O‘qituvchi dasturda mavzuga ajratilgan soatlar sonini va o‘rganiladigan materialning xususisiyatlarini hisobga olgan holda, dars turini tanlab, qurilishini belgilaydi. 4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillaShuvi bilan bog‘liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda. “Metod” – o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish usulidir. Lekin u tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhlanadi. Metodika – shaxsga bilim berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmuidir. XIX-XX asrlarning oxirgi yillariga qadar o‘qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko‘proq qo‘llanilib kelindi.
 
 
Bayon  qilish metodi  ona tili darslarida  qo‘llangan asosiy metodlardan biri 
bo‘lgan. Bunda o‘qituvchi  bayon qilishdan oldin o‘quvchilarning o‘rganilayotgan 
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu  o‘quvchilarni o‘qituvchi bayonini 
kuzatib, tinglab borishga, faol bo‘lishga undagan. O‘qituvchining bayoni, ya’ni 
bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchi 
ma’lumotlarni o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o‘qituvchi zimmasiga 
o‘rganilayotgan  grammatik mavzuning muhim o‘rinlarini  aniq, lo‘nda, misollar 
tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang‘ich sinflarda 
bayon qilish metodi o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan 
holda 3-5 daqiqaga  mo‘ljallangan. Bayon qilish metodini qo‘llash holatlari hozir 
ham uchraydi.  
Suhbat 
metodi 
boshlang‘ich 
sinflarda 
ona 
tilini 
o‘qitishda 
keng 
qo‘llaniladigan va Shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat 
metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan 
mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik 
mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini 
ajratish, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa 
chiqarishga  yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni  o‘quvchilarga izchil berib 
borishni talab etadi.  
Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi  sifatida 
qo‘llanilishi ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dj. Dyun 1894 yilda 
asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam 
berishgina emas, balki o‘quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy 
qobiliyatlarini o‘stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o‘qituvchining topshirig‘i 
bilan o‘quvchining oldiga biror muammo qo‘yiladi va darsda muammoli vaziyat 
yaratiladi. Bu muammoni o‘quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o‘qituvchi 
muammoni hal qilishga yordamlaShuvchi savollar beradi. Muammoni o‘quvchi hal 
qila olmasa, uni o‘qituvchining hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun 
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo‘llangan asosiy metodlardan biri bo‘lgan. Bunda o‘qituvchi bayon qilishdan oldin o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o‘quvchilarni o‘qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo‘lishga undagan. O‘qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o‘qituvchi ma’lumotlarni o‘z so‘zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o‘qituvchi zimmasiga o‘rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o‘rinlarini aniq, lo‘nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang‘ich sinflarda bayon qilish metodi o‘quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo‘ljallangan. Bayon qilish metodini qo‘llash holatlari hozir ham uchraydi. Suhbat metodi boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitishda keng qo‘llaniladigan va Shu bosqich o‘quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o‘qituvchidan mavzuning xususiyatini o‘zida aks ettirgan o‘quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ajratish, o‘xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo‘naltirilgan savollar tuzishni, ularni o‘quvchilarga izchil berib borishni talab etadi. Boshlang‘ich sinflarda suhbat metodining muammoli o‘qitish metodi sifatida qo‘llanilishi ta’limda o‘quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Muammoli o‘qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dj. Dyun 1894 yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o‘quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o‘qituvchining topshirig‘i bilan o‘quvchining oldiga biror muammo qo‘yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o‘quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o‘qituvchi muammoni hal qilishga yordamlaShuvchi savollar beradi. Muammoni o‘quvchi hal qila olmasa, uni o‘qituvchining hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun
 
 
boshlang‘ich sinfda muammoli o‘qitish metodi yarim izlanishli metod deb ham 
yuritiladi. Masalan, muammoli o‘qitish metodini leksik-semantik va grammatik 
mashqlarni tashkil etishda ham qo‘llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab 
foydalanish mumkin. Bu metodni  “Tovush va harf” mavzusini o‘rganayotganda 
tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So‘z ma’nosi”, 
“Nutq va gap” mavzularini o‘rganishda ham qo‘llash mumkin. Masalan, “So‘z 
ma’nosi” mavzusini o‘rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so‘z 
turkumiga kiradigan so‘zlar aralash holda yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan 
qo‘yidagicha savol-javob tashkil qilinadi: 
So‘zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o‘qidi, yashil,  binokor, 
o‘nta, o‘qituvchi, sakkiz.  
So‘zlarni o‘qing.  
– Birinchi so‘z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi? 
– Bu so‘zga qanday savol beramiz? 
– Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi? 
– Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? 
– Qaysi so‘zlar miqdorni bildiryapti? 
– Bu so‘zlarga qaysi so‘roqni beramiz? 
– Qaysi so‘zlar rangni bildiryapti? 
– Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? 
So‘zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni topib, bir 
ustun qilib yozing. 
– Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing. 
– Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so‘zlarni topib yozing va hok. 
O‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarib bo‘lgach, muammoli 
savol o‘rtaga tashlanadi:  
– Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti?  
O‘quvchilar “ma’nosiga ko‘ra” degan fikrni ayta olmasalar, o‘qituvchi bu 
muammoni hal qiladi:  
boshlang‘ich sinfda muammoli o‘qitish metodi yarim izlanishli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o‘qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qo‘llash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metodni “Tovush va harf” mavzusini o‘rganayotganda tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, “So‘z ma’nosi”, “Nutq va gap” mavzularini o‘rganishda ham qo‘llash mumkin. Masalan, “So‘z ma’nosi” mavzusini o‘rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so‘z turkumiga kiradigan so‘zlar aralash holda yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar bilan qo‘yidagicha savol-javob tashkil qilinadi: So‘zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o‘qidi, yashil, binokor, o‘nta, o‘qituvchi, sakkiz. So‘zlarni o‘qing. – Birinchi so‘z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi? – Bu so‘zga qanday savol beramiz? – Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi? – Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? – Qaysi so‘zlar miqdorni bildiryapti? – Bu so‘zlarga qaysi so‘roqni beramiz? – Qaysi so‘zlar rangni bildiryapti? – Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz? So‘zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni topib, bir ustun qilib yozing. – Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing. – Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so‘zlarni topib yozing va hok. O‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarib bo‘lgach, muammoli savol o‘rtaga tashlanadi: – Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti? O‘quvchilar “ma’nosiga ko‘ra” degan fikrni ayta olmasalar, o‘qituvchi bu muammoni hal qiladi:
 
 
– Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra va so‘roqlariga ko‘ra farq qiladi. O‘ylang, 
so‘zlarni qaysi xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratamiz? So‘zlarni nechta guruhga 
ajratish mumkin?  
Savol-javoblardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib 
borilyapti va o‘quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab 
bormoqdalar. 3-4-sinflarga o‘tganda bunday suhbatlar oxirida o‘quvchilarning 
o‘zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o‘quvchilarning yoshi, saviyasidan 
tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o‘quvchilar charchab 
qoladilar, o‘zlashtirish darajasi ham susayadi. 
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o‘rganilgan 
mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo‘llaniladi. 
O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki yoki yozma 
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o‘quvchilar kuchi 
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. 
Mustaqil ishlash uchun topshiriq  1-sinfdan  boshlab beriladi va  u  asta-sekin 
marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda “Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring”,  
“Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, “Rasmni kuzating. Unda 
tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar  
beriladi. Masalan,   88- mashqda “O‘lkamda bahor” mavzusida syujetli rasm 
berilgan. O‘quvchilar  rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o‘quvchi 
5ta, ikkinchi o‘quvchi 10ta va hokazo so‘z yozishi mumkin. Aslida rasmda  30 tadan 
ortiq narsa tasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak, tol, o‘rik, ko‘ylak, shim, tufli, 
mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o‘t, gul, qo‘l, oyoq, quloq, ko‘z, burun, yuz, og‘iz, 
barmoq, bo‘yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o‘quvchilarning e’tibor 
bilan kuzatishga – kuzatuvchanlikka o‘rgatadi. 
Analiz-sintez metodi savod o‘rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar 
o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz-
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o‘rganilgan 
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida 
tadbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil Shu metodning amalda 
– Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra va so‘roqlariga ko‘ra farq qiladi. O‘ylang, so‘zlarni qaysi xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratamiz? So‘zlarni nechta guruhga ajratish mumkin? Savol-javoblardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o‘quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o‘tganda bunday suhbatlar oxirida o‘quvchilarning o‘zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o‘quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o‘quvchilar charchab qoladilar, o‘zlashtirish darajasi ham susayadi. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o‘quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda “Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring”, “Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing”, “Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing” kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88- mashqda “O‘lkamda bahor” mavzusida syujetli rasm berilgan. O‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o‘quvchi 5ta, ikkinchi o‘quvchi 10ta va hokazo so‘z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak, tol, o‘rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o‘t, gul, qo‘l, oyoq, quloq, ko‘z, burun, yuz, og‘iz, barmoq, bo‘yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o‘quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga – kuzatuvchanlikka o‘rgatadi. Analiz-sintez metodi savod o‘rgatish darslariga rus-tuzem maktablari va tatar o‘qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. Ona tili ta’limi jarayoniga analiz- tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o‘rganilgan grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkamlash maqsadida tadbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil Shu metodning amalda
 
 
namoyon bo‘lishidir. Sintez  qismlarga  bo‘lib o‘rganilgan grammatik materialni 
yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so‘z turkumlari o‘rganilayotganda 
ularga oid so‘zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so‘zlardan gap 
tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, 
mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi 
namoyon bo‘ladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish 
o‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish 
shakllariga bog‘liq bo‘ladi. 
Induksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini 
kuzatadi, tahlil qiladi va Shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. 
Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning 
mohiyatini til dalillari asosida ochadi.  
Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni 
grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, 
faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi 
lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati 
o‘qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan  
savollar  bilan  kichik yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish 
kutilgan natijani bermaydi. 
So‘ngi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga 
pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, o‘qitish texnologiyasi 
kabi tushunchalar kirib keldi. Bular mazmunan bir ma’noni anglatishini pedagoglar 
o‘z tadqiqot ishlarida qayd etmoqdalar. 
Savollar  va topshiriqlar 
1. Tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash 
elementlarini shakllantirish usullari? 
2. Induksiya metodi  va Deduksiya metodining  farqli tomonlari  aytib o‘ting 
3. Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar qaysilar? 
4. Bayon  qilish metodi  to‘g‘risida  fikr yuriting. 
namoyon bo‘lishidir. Sintez qismlarga bo‘lib o‘rganilgan grammatik materialni yaxlitlashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so‘z turkumlari o‘rganilayotganda ularga oid so‘zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so‘zlardan gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi namoyon bo‘ladi. Analiz-sintez metodida ham o‘quvchilarni faollashtirish o‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Induksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va Shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi. Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida – ta’rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So‘ngi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, o‘qitish texnologiyasi kabi tushunchalar kirib keldi. Bular mazmunan bir ma’noni anglatishini pedagoglar o‘z tadqiqot ishlarida qayd etmoqdalar. Savollar va topshiriqlar 1. Tilni o‘rgatish bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usullari? 2. Induksiya metodi va Deduksiya metodining farqli tomonlari aytib o‘ting 3. Darsga qo‘yiladigan umumiy talablar qaysilar? 4. Bayon qilish metodi to‘g‘risida fikr yuriting.
 
 
Test: 
1. Ona tili darsiga qo‘yilgan talablar qaysi javobda? 
a)yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarni 
tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning 
maqsadga yo‘naltirilganligi. Ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini 
o‘stiruvchi dars ekanligi. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning maqsadga 
yo‘naltirilganligi. 
b)ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiruvchi dars ekanligi 
d)kitobni tashviqot qilish 
e)individual yordam va kundalik nazorat. Sinfdan tashqari ommaviy ishlar 
2. Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yyetakchi prinsipini toping. 
a)tilning barcha tomonlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish – yyetakchi 
prinsip. 
b)fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yyetakchi  prinsip. 
d)grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. 
e)morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yyetakchi prinsip. 
3. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosini nima tashkil etadi? 
a)borliqni bilish nazariyasi 
b)lug‘at boyligi 
d)tilning mavjudligi 
e)metodlar majmuasi 
4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan asosiy metodlarni 
belgilang? 
a)bayon qilish va mustaqil ish metodi, suhbat metodi, yarim izlanishli metod, 
Induktsiya va deduktsiya metodi  
b)suhbat metodi, yarim izlanishli metod  
d)induksiya va deduksiya metodi  
e)suhbat metodi 
Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yetakchi prinsipini toping. 
a)tilning barcha tomonlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. 
Test: 1. Ona tili darsiga qo‘yilgan talablar qaysi javobda? a)yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va o‘quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi. Ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiruvchi dars ekanligi. Darsning aniqlik va ichki logikasi, uning maqsadga yo‘naltirilganligi. b)ona tili darsi o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiruvchi dars ekanligi d)kitobni tashviqot qilish e)individual yordam va kundalik nazorat. Sinfdan tashqari ommaviy ishlar 2. Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yyetakchi prinsipini toping. a)tilning barcha tomonlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish – yyetakchi prinsip. b)fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yyetakchi prinsip. d)grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. e)morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yyetakchi prinsip. 3. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosini nima tashkil etadi? a)borliqni bilish nazariyasi b)lug‘at boyligi d)tilning mavjudligi e)metodlar majmuasi 4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan asosiy metodlarni belgilang? a)bayon qilish va mustaqil ish metodi, suhbat metodi, yarim izlanishli metod, Induktsiya va deduktsiya metodi b)suhbat metodi, yarim izlanishli metod d)induksiya va deduksiya metodi e)suhbat metodi Boshlang‘ich sinfda ona tilini o‘rgatishning yetakchi prinsipini toping. a)tilning barcha tomonlarini o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip.
 
 
b)fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yetakchi prinsip. 
d)grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. 
e)morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. 
5. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosini nima tashkil etadi? 
a)borliqni bilish nazariyasi 
b)lug‘at boyligi 
d)tilning mavjudligi 
e)metodlar majmuasi 
6. Kichik yoshdagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida 
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating? 
a)monetik bilimga asoslangan holda o‘qish va yozishni bilib oladilar, fonetik 
bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish asosini tashkil etadi; orfografik malakalarni 
shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, gapni ohangiga rioya qilib o‘qishga yordam 
beradi, so‘zning tovush tomonini bilishi uning ma’nosini tushunishga yordam 
beradi.     
b)so‘zni, uning bo‘g‘in tuzilishini tushunishga yordam beradi.     
d)orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, so‘zlarni 
tovush tomondan tahlil qilishga o‘rgatadi, gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishga, 
logik urg‘u va gap qurilishidagi pauzalarga rioya qilish uchun zarur.  
e)fonetik bilimlar o‘zbek yozuvi fonologik yozuv ekanini, 29 ta harf, 30 ta 
tovush borligi haqida ularni to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fonetikani o‘rgatishning ahamiyati 
Fonetika tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, “fone” – tovush, “tika” – quti, 
“tovushlar qutisi” degan ma’noni bildiradi. 
Fonetikada nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, fonetik hodisalar o‘rganiladi. 
Eslatma:  
Tilshunoslikda 3 xil tovush farqlanadi: a) fizik; b) biologik va c) nutq tovushi.  
Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos bo‘lib, havoning 
siqilishidan hosil bo‘ladi.  
b)fonetika bilan grafikani bog‘lik holda o‘rgatish – yetakchi prinsip. d)grafika bilan orfografiyani bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. e)morfologiya bilan sintaksisni bog‘liq holda o‘rganish – yetakchi prinsip. 5. Ona tili o‘qitish metodikasining metodologik asosini nima tashkil etadi? a)borliqni bilish nazariyasi b)lug‘at boyligi d)tilning mavjudligi e)metodlar majmuasi 6. Kichik yoshdagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni ko‘rsating? a)monetik bilimga asoslangan holda o‘qish va yozishni bilib oladilar, fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish asosini tashkil etadi; orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, gapni ohangiga rioya qilib o‘qishga yordam beradi, so‘zning tovush tomonini bilishi uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. b)so‘zni, uning bo‘g‘in tuzilishini tushunishga yordam beradi. d)orfografik malakalarni shakllantirish uchun zamin tayyorlaydi, so‘zlarni tovush tomondan tahlil qilishga o‘rgatadi, gaplarni ohangiga rioya qilib o‘qishga, logik urg‘u va gap qurilishidagi pauzalarga rioya qilish uchun zarur. e)fonetik bilimlar o‘zbek yozuvi fonologik yozuv ekanini, 29 ta harf, 30 ta tovush borligi haqida ularni to‘g‘ri talaffuz qilish va to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga fonetikani o‘rgatishning ahamiyati Fonetika tilshunoslikning alohida bo‘limi bo‘lib, “fone” – tovush, “tika” – quti, “tovushlar qutisi” degan ma’noni bildiradi. Fonetikada nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, fonetik hodisalar o‘rganiladi. Eslatma: Tilshunoslikda 3 xil tovush farqlanadi: a) fizik; b) biologik va c) nutq tovushi. Fizik tovush jonli va jonsiz mavjudotning barchasiga xos bo‘lib, havoning siqilishidan hosil bo‘ladi.
 
 
Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik belgisidan biri. Hayvon va 
parrandalarning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushi; qiyqiriq, xurrak, 
kulgi, yig‘i ovozi. 
Nutq tovushi esa insonning nutq apparati yordamida talaffuz qilinadigan 
tovushlar hisoblanib, fonetika ana shu tovushlarnigina o‘rganadi. 
Inson nutq tovushlarini biriktirib so‘z hosil qiladi va bir-biri bilan nutqiy 
faoliyatga kirishadi. Shu o‘rinda til va nutqni farqlashimiz kerak bo‘ladi: 
a) hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun 
barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til; 
    b) Shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, 
voqelanishi — nutqdir. 
Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqelik, mohiyat — hodisa 
zidlanishini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til 
sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi. 
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real 
talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush 
hisoblanadi. 
Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi insondan 
tashqarida paydo bo‘lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi. 
Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) talaffuz (fiziologiya); b) akustik; d) 
vazifaviy tomonlari. 
Nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. 
Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u 
fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, 
tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolarni o‘z 
ichiga oladi. 
Har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun 
ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki 
uzunlik) va tembr belgilariga ega bo‘ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon 
deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o‘rganiladi. Nutq tovushlari ma’lum 
Biologik tovush jonli mavjudotga xos va tiriklik belgisidan biri. Hayvon va parrandalarning ovozi, kishining gap hosil qilmaydigan tovushi; qiyqiriq, xurrak, kulgi, yig‘i ovozi. Nutq tovushi esa insonning nutq apparati yordamida talaffuz qilinadigan tovushlar hisoblanib, fonetika ana shu tovushlarnigina o‘rganadi. Inson nutq tovushlarini biriktirib so‘z hosil qiladi va bir-biri bilan nutqiy faoliyatga kirishadi. Shu o‘rinda til va nutqni farqlashimiz kerak bo‘ladi: a) hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til; b) Shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi — nutqdir. Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqelik, mohiyat — hodisa zidlanishini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi. Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. Tovushlar tabiiy va inson tovushlariga bo‘linadi. Tabiatdagi insondan tashqarida paydo bo‘lgan barcha tovushlar tabiiy tovushlar sanaladi. Nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) talaffuz (fiziologiya); b) akustik; d) vazifaviy tomonlari. Nutq tovushlari insonning nutq a’zolari harakati natijasida maydonga keladi. Nutq tovushlarining bu tomoni uning talaffuz (fiziologik) belgisi hisoblanadi va u fiziologiya fani bilan uzviy bog‘liqlikda o‘rganiladi. Nutq apparati o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, tanglay, til, lab, burun, tish kabi a’zolarni o‘z ichiga oladi. Har qanday tovush havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning hammasi ma’lum sifat belgisiga: balandlik, kuch (yoki tezlik), miqdor (yoki uzunlik) va tembr belgilariga ega bo‘ladi. Tovushlarning bu tomoni akustik tomon deyiladi va u fizika fani bilan aloqada o‘rganiladi. Nutq tovushlari ma’lum
 
 
maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum 
axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy 
tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. 
Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so‘zlari 
oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi. 
Eslatma: 
1 Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson 
tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. 
2.Yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson 
tovushlariga ham xos belgi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson 
tovushlarigagina xosdir. 
Masalan, k tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va o‘pkadan 
chiqayotgan havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu 
tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi talaffuz 
(fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi 
akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi 
hisoblanadi.  
TilShunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun 
vazifaviy belgi lingvistik (tilShunoslik) belgi deb ham yuritiladi. 
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va 
boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. 
Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va 
uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, 
ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi 
fonemadir. 
Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali 
aniqlanadi. 
Fonemalar so‘zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy 
tomondan shakllantiradi. Bunda so‘z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi 
katta rol o‘ynaydi. 
maqsadda talaffuz etiladi. Tovushlarning ketma-ket talaffuz qilinishidan ma’lum axborot uzatiladi. Demak, tovushlar ma’noli birliklar tarkibida ularni moddiy tomondan shakllantirish va ma’nosini bir-biridan farqlash vazifasini bajaradi. Masalan, soli bilan sholi so‘zlari birinchi tovushlari bilan, sot bilan soch so‘zlari oxirgi tovushlari bilan, sot bilan sut so‘zlari o‘rtasidagi tovushlari bilan farqlanadi. Eslatma: 1 Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. 2.Yuqorida sanalgan belgilardan birinchisi tabiiy tovushlarga ham, inson tovushlariga ham xos belgi bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi belgilar faqat inson tovushlarigagina xosdir. Masalan, k tovushi til o‘rtasining yuqori tanglayga tegishi va o‘pkadan chiqayotgan havoning bu to‘siqdan portlab chiqishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu tovushning nutq a’zolarining qayerida va qanday yo‘l bilan hosil bo‘lishi talaffuz (fiziologik) tomoni sanaladi. Uning sof shovqindan iborat ekanligi, jarangsizligi akustik belgisi, k ning g dan va boshqa tovushlardan farqlanishi esa vazifaviy belgisi hisoblanadi. TilShunoslik fani uchun vazifaviy tomoni muhim sanaladi. Shuning uchun vazifaviy belgi lingvistik (tilShunoslik) belgi deb ham yuritiladi. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi. Fonemalar so‘zlarning tarkibida muayyan tartibda kelib, ularni moddiy tomondan shakllantiradi. Bunda so‘z tarkibidagi fonemalarning joylashish tartibi katta rol o‘ynaydi.
 
 
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi ma’no farqlash vazifasidir. 
Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar 
ketma-ketlikdan tashkil topadi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. 
Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar 
Shu tilning fonemalariga qarab olinadi. 
Nutq tovushini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zo nutq a’zosi, bu a’zoning 
barchasi esa nutq apparati deyiladi. 
Nutq a’zolari tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko‘ra 2xil: 
a) faol a’zo- tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab. 
b) nofaol a’zo- yuqori jag‘, tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i. 
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi 
yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) unli tovushlar; b) undosh tovushlar. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida 
fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta:  
a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida 
o‘qishni va yozishni bilib oladilar;  
b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, 
urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi;  
d) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga 
o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning 
yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; 
 e) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap 
qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur;  
f) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli 
qo‘llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so‘zlari ma’nosidagi farq 
faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni 
talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur. 
I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki 
o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini Shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi 
sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi. 
Nutq tovushlarining asosiy vazifasi ma’no farqlash vazifasidir. Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar ketma-ketlikdan tashkil topadi. Tovushning yozuvdagi ifodasiga harf deyiladi. Harflar fonemalarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar Shu tilning fonemalariga qarab olinadi. Nutq tovushini hosil qilishda ishtirok etadigan a’zo nutq a’zosi, bu a’zoning barchasi esa nutq apparati deyiladi. Nutq a’zolari tovush hosil qilishdagi faoliyatiga ko‘ra 2xil: a) faol a’zo- tovush paychasi, kichik til, til, yumshoq tanglay, pastki jag‘, lab. b) nofaol a’zo- yuqori jag‘, tish, qattiq tanglay, burun bo‘shlig‘i. Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) unli tovushlar; b) undosh tovushlar. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o‘quvchilari savod o‘rganish davrida o‘qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish (tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, urg‘uli bo‘g‘inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so‘z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o‘quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo‘ladi; e) fonetik bilim gapni ohangiga ko‘ra to‘g‘ri aytish, logik urg‘u va gap qurilishidagi to‘xtamlarga rioya qilish uchun zarur; f) so‘zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini tushunish va nutqda ongli qo‘llash uchun muhimdir; hózir va hozúr, átlas va atlás so‘zlari ma’nosidagi farq faqat urg‘u orqali ajratiladi. So‘zning tovush tomonini tasavvur qilish so‘zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va qo‘llash uchun zarur. I sinfda fonetika va grafikani o‘rganishga katta o‘rin beriladi, chunki o‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini Shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
 
 
 
Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari   bilan  
tanishtirish. 
 Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif  
berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy 
mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so‘zdagi tovushlarning 
talaffuzi hamda so‘zning leksik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning tarkibiga  bog‘liqligi 
ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, ona, opa, ota, kul, gul kabi bir unli 
yoki bir undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har xil leksik ma’noni ifodalaydi. 
So‘zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o‘rgatish davridanoq boshlanadi. 
Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan tuzilishini bilib 
oladilar. Ular so‘zni tovush tomonidan tahlil qilishga o‘rganadilar, ya’ni so‘zni 
bo‘g‘inlarga bo‘ladilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush 
tomondan tahlilni .harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat 
beriladi. Masalan, ko‘l so‘zida k, o‘, l tovushlari, tindi so‘zida t,i,n,d,i tovushlari 
borligini aytishlari zarur. 
So‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tuShurib 
qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, 
so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahaminyatga ega. Shuning uchun savod 
o‘rgatishdan so‘ng ham, so‘zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida 
so‘zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko‘nikmasini takomillashtirish ustida ishlab 
borish zarur. 
Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo‘linadi: unli tovushlar va 
undosh tovushlar. Buni o‘quvchilarga tushuntirishda quyidagi belgilari hisobga 
olinadi:  
Unli tovushlar haqida ma’lumot 
1. Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qiladigan fonemalarga 
unli fonemalar deyiladi.Hozirgi o‘zbek adabiy tilida oltita unli fonema mavjud: i, u, 
e, o‘, o, a. 
2. Unli tovushlar 3 tomonlama tasnif qilinadi:  
Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. Tovush murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda unga ta’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to‘g‘ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so‘zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so‘zning leksik ma’nosi so‘zdagi tovushlarning tarkibiga bog‘liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, ona, opa, ota, kul, gul kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so‘zlar har xil leksik ma’noni ifodalaydi. So‘zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o‘rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so‘z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so‘zni tovush tomonidan tahlil qilishga o‘rganadilar, ya’ni so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘ladilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni .harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohida ahamiyat beriladi. Masalan, ko‘l so‘zida k, o‘, l tovushlari, tindi so‘zida t,i,n,d,i tovushlari borligini aytishlari zarur. So‘zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tuShurib qoldirmay yoki o‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham, so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahaminyatga ega. Shuning uchun savod o‘rgatishdan so‘ng ham, so‘zni tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so‘zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko‘nikmasini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur. Ma’lumki, nutq tovushlari ikki katta guruhga bo‘linadi: unli tovushlar va undosh tovushlar. Buni o‘quvchilarga tushuntirishda quyidagi belgilari hisobga olinadi: Unli tovushlar haqida ma’lumot 1. Faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi.Hozirgi o‘zbek adabiy tilida oltita unli fonema mavjud: i, u, e, o‘, o, a. 2. Unli tovushlar 3 tomonlama tasnif qilinadi: