“Kimning xati chiroyli?” tanlovini tashkil qilish.
Husnixat va uni o‘qitish metodikasining predmeti,maqsadi va vazifalari
Husnixat va uni o‘qitish m etodikasi - pedagogik fan. Inson o‘z fikrini
boshqa kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu ikki
shaklining o‘xshash va farqli tomonlari mavjud bo‘lib, ular o‘z o‘mida
afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun
mo‘jallanadi. U kishilaming nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat
qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida
idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilaming o‘zaro
fikr almashishi va bilimlami egallashning qudratli vositasi hisoblanadi.
Yozma nutq avlodlami bir-biriga bogMaydi, uzoq davrlar mobaynida
saqlanadi. Yozuv tufayli kishilar fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-
avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni
husnixatga o‘rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi
ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni
amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o‘qitish usullarini,
yozuviga o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual
kamchiliklarini tahlil qilish, kamchiliklarning yuzaga kelish sabablarini aniqlash va
tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rgatish boshlang‘ich sinflardan boshlanadi. 1-
4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi husnixat
bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak.
Husnixat va uni o‘qitish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan
bir qatorda ta'lim berish, tarbiyalash, vazifalarini ham bajaradi.
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan ”Husnixat va uni o‘qitish
metodikasi” fanining maqsadi:
1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish.
2. Talabalarni - bo‘lg‘usi o‘qituvchilami husnixat talablari asosida yozishga
o‘rgatish.
3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini husnixatga o‘rgatish metod va usullari
bilan qurollantirish.
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z predmeti bor.
Bu fanning predmeti taMim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik
jihatdan to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi.
Husnixat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalami
qo‘yadi:
- talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish;
- o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish;
- boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga
o‘rgatish;
- boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari
bilan tanishtirish.
Birinchidan, husnixat bilan yozish o‘quvchilarda mehnat madaniyatini
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini
hosil qiladi.
Ikkinchidan, dastxatga pala-partish va bee'tibor munosabatda boMish
o‘quvchilaming imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar
qiladigan ishlarini o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z xato va kamchiliklarini ham
o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.
Uchinchidan, husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan
yozilmagan, to‘ldirilmagan hujjatlarni o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt sarflashiga
to‘g‘ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 talab o‘quvchilar
daftarini tekshiradi. 0 ’qib boMmaydigan dastxat bilan yozilgan xat o‘qituvchining
ko‘p vaqtini sarf bo‘lishiga olib keladi. Aniq va ravon qilib yozilgan dastxat
o‘qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi taMimiy maqsadlarini amalga
oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Husnixat va uni o‘qitish m etodikasining
boshqa fanlar bilan aloqasi.Husnixat va uni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan
uzviy aloqada bo‘lib ularning natijalariga tayanadi. Amaliy fan hisoblangan
husnixat va uni o‘qitish metodikasi til o‘rganish jarayoni hamdir. Yozish uchun
tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni o‘zlashtirib borishga yordam beradi.
Pedagogik fanlar qatorida husnixat darslari ham ta’lim- tarbiya berish vazifasini
ham bajaradi.
Husnixat darslarida barkamol shaxs tushunchasi ichiga tozalik, tartiblilik
tarbiyasi kiradi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi ham pedagogikaning ta’lim-
tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining
asoslaridan yana biri psixologiyadir. Psixalogiya his, tasavvur, fikr, intilish, istak,
havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida m a’lumot beradi. Husnixatga
o‘rgatishda bola psixologiyasidagi yuqoridagi holatlariga tayanib ish ko‘riladi,
o‘quv materiali tanlanadi, sinflar bo‘yicha taqsimlanadi. Husnixat va uni o‘qitish
metodikasi fiziologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik vatarix fanlari bilan ham
uzviy aloqadadir. O‘quvchining yozuv jarayonidagi fiziologik holati qo‘l
harakatlari, yozganlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilishda fiziologiyaga tayansa, yozuv
uchun tanlangan matnni tahlil qilishda adabiyotshunoslik materiallariga, yozuvning
paydo bo‘lishi, uning jamiyatdagi tutgan o‘rnini tushunishda esa tarix fanining
yutuqlariga asoslangan holda ish ko‘radi.
Yozuv haqida. Yozuv haqida ma’lumot.
Yozuv - biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig‘indisi. Yozuv
tushunchasi tilning tovush elementlari (so‘z, bo‘g‘in, tovush)ni ifodalovchi
belgilarnigina emas, balki piktografiya, ideografiya shakllarini ham o‘z ichiga
oladi. Bular aloqa qilish belgilari yig‘indisi sifatida yozuvdan ilgarigi belgilar
(xotira yozuvi, hisoblash yozuvi va boshqalar)ga qarama-qarshi qo‘yilgan.
Urug‘chilik tuzumi davrida dastlab surat yozuvi paydo bo‘ldi. Kishilik jamiyati
kichik va tarqoq oila - urugMardan tashkil topgan darvda kishilar birbirlari bilan
faqat og‘zaki nutq yordamida fikr almashgan. Yirik urug‘ va qabila jamoalarining
tarkib topishi bilan og‘zaki nutqni uzoqqa yetkazish va uni zamon insoniyatning
shu ehtiyoji zaminida yozuv paydo bo‘lgan. Boshida yozuv bilan bir qatorda grafik
shaklga ega bo‘lmagan usullar ham qo‘llanilgan (mis, iplami tugib qo‘yish).
Bunday belgilar ibtidoiy odamlar hayotida qo‘llanilgan. Bu yozuvning qoldiqlari
hozir ham urug‘-qabilalarining tamg‘alari, shimoliy indeyeslaming chig‘anoq
marjonlari, biror ijtimoiy tabaqaning xususiy mulkini ifodalovchi belgilar va
boshqa shakllarda mavjud.
Yozuv zamon va masofa jihatidan og‘zaki nutqqa nisbatan ustunlikka ega.
Texnikaning rivoji (telefon, telegraf, radio, televizor, intemet) natijasida undagi
ustunlik masofa jihatidan zaiflashdi, lekin zamon e’tibori bilan yozuv hali ham
og‘zaki nutqdan ustun XIX-XX asr boshlarida topilgan va deshifrovka qilingan
juda ko‘p yodgorliklar yozuvning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyotini yoritish
imkonini berdi. Fanning bu yutug‘i yozuv tarixini tilshunoslik fanining mustaqil bir
bo‘lishi sifatida ajratishga olib keldi.
1. Turli tipdagi Misr iyeogriflari. Bu tur yozuvi XlX-asrning 20-yillarida
fransuz olimi Shampalon tomonidan o‘qilgan, XlX-asrning 70-90 yillarida Evans
o‘qigan qadimgi Kput surat yozuvlari va Semq o‘qigan Kipr surat yozuvlari ham
Misr surat yozuvlari tipiga kiradi.
2. Mixxat yozuvlarining turli tiplari. Bu tip yozuvlar Osiyoda qadimda
yashagan qator xalqlarning tillarida ishlatilgan (shumer assiro - ovavilon, elom,
xala, xet-kappodokiya, fors tillariga moslangan). Bu tur yozuvlar XlX-asr
boshlarida deshifrovka qilina boshlanib, XX-asming 10-yillarida tugallandi. X
3. Somiy xalqiarda qayd qilingan va tillariga moslangan harf yozuvining eng
qadimgi shakllari. Bular finikiy va xalaan yozuvlari (asosiy yodgorliklari
XIXasring 60-70-yillarida va XX-asrning 20-yillarida topilgan). Janubiy arab,
oromiy yozuvlari (qadimgi namunalari XlX-asrning 60-70 yillarida topilgan).
Ko‘pchilik mutaxassislaming fikricha, qadimgi uyg‘ur va Urxun-Enasoy yozuvlari
ham aslida oromiy yozuvlari zaminida yuzaga kelgan. Uni XIX -asrning 90-
yiIlarida tilshunos olimlari VTomsen va V.Radlov deshifrovka qilganlar.
4. Yunon alfavitining qadimgi shakli va lotin alifbosining alohida varianti va
boshqa turli variantdagi bu yozuv turlari bizgacha yetib kelgan. Bu yozuvlar XVIII
asrdayoq ilm ahliga ma’lum bo‘ladi va ulaming grammatik jihatdan o‘rganilishi
XIX asrda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik fanining rivojiga katta yordam ko‘rsatdi.
Yozuvning eng qadimgi shakli piktografiyadir. Bu yozuv asosan Amerika
indeeslarida aloqa quroli sifatida qoMlanilgan. Chunki ularning til xususiyatlari
shunga mos edi. Bu yozuv qadimiy bo‘lgani uchun unda ideografik yozuv bilan bir
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o‘tagan. Chunki
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi. Hayotiy ehtiyoj
bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet bilan yozuv shakli
o‘rtasidagi o‘xshashlik yo‘qoldi, belgi so‘zning simvoli boMib qoldi. Bu xitoy,
misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir. www.ziyouz.com
kutubxonasi Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo‘yoqning kashf etilishi
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug‘dirdi.
Avesto, Xorazm, Sug‘d, kushon, run, uyg‘ur yozuvi va boshqa yozuvlar
shular jumlasidandir. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining eng qadimiy an’analari
saqlab qolgan yozuvdir. Hozirgi eramizdan boshlab sug‘d yozuvi qoMlanila
boshlandi. Bu yozuv taxminan VI asrlargacha davom etdi. II asming oxiri III
asming boshlarida Xorazm shohi chiqargan pullarda Xorazm yozuvi uchraydi. V-
VIII asrlar davomida turkiy xalqlaming O‘rxun-Enasoy yozuvidan keng
foydalanganlar. Bu yozuv fanda “turkiy-run” yozuvi deb ham yuritiladi. Enasoy
daryosi qirg‘oqlaridagi O‘rxun yozuvi yodgorliklari haqida rus xizmatchisi
Remezov XVIII asming oxirida xabar bergan. Ammo uzoq vaqt mobaynida olimlar
bu yodgorliklami o‘qiy olishmagan. 1892-1893-yillarda daniyalik olim Vilgeli
Tomson, rus olimi V.V.Radlov yodgorlikdagi yozuvlami o‘qishga muyassar
boMdilar. 0 ’rxun-Enasoy yozuvi turkiy xalqlaming eng katta markaziy yodgorligi
hisoblanadi. VII-VIII asrlarda O‘rta Osiyo arablar tomonidan istilo qilindi. Shu
davrdan boshlab O‘rta Osiyo jumladan o‘zbek xalqi ham arab yozuvidan
foydalanila boshladi. Xalqimiz bu alifbodan 1200 yil foydalanildi.
Arab alifbosi yozilishi jihatdan murakkab bo‘ishi bilan birga, o‘zbek tilining
tovushlarini to‘la ifoda eta olmagan edi. Shu jihatlarini e’tiborga olgan i!g‘or fikrli
kishilar arab alifbosi yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishga harakat qilganlar.
Chunonchi, Bobur o‘zining “Xatti Boburiy” yozuvini yaratdi. Ammo bu yozuv
amaliyotda joriy qilinmadi. 1926-yil iyun oyida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya
Qo‘mitasining lotin harflari asosida yangi alifboni qabul qilish haqida qaror qabul
qilindi. 0 ’zbekistonda arab yozuvidan lotin harflariga asoslangan o‘zbek alifbosiga
o‘tish ishlari 1930 yilning birinchi yarmida to‘liq amalga oshirildi. Ammo, bu
yozuvdan ham uzoq foydalanilmadi. 1940 yil 8 mayda amaldagi o‘zbek yozuvi
yangi alifboga o‘tish haqidagi yangi alifboga o‘tish haqidagi qonun qabul qilindi.
www.ziyouz.com kutubxonasi 0 ’zbekiston Respublikasi mustaqillik e’lon
qilinganidan so‘ng lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi masalasini o‘rtaga qo‘ydi.
Bu masala 0 ’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-3-sentabrdagi
12 chaqiriq 13- sessiyasida muhokama qilinib “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek
alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Mazkur qaromi amaliyotga
joriy qilish borasida qizg‘in ishlar olib borildi. “O‘zbek tilini asosiy imlo
qoidalari”ni xozirlash jarayonida alifbodagi ayrim harflar ulaming shakllari
yuzasidan fikr mulohazalar paydo bo‘ldi. Mana shular asosida “Lotin yozuviga
asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlarning
kiritilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Husnixat darslariga qo‘yiladigan talablar Yozuvning gigienik talablari.
Gigiyenik talablarga ко’га maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi
lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining
qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi. Kuzatishlaming
natijasiga ко’га o‘quvchi bir - biridan bo‘yi -bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘magan holda
farqfansa, ulami bir xil oMchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni
bolaning yoshiga mas holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning
bo‘yini o‘chash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak. Bo‘yni 0.5
smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim. Bo‘yni bo‘y o‘lchagich bilan yoki
o‘quvchini orqasi bilan devorga yopishib turishini ta’minlab, oyoqlari tovonlarini
birlashtirib, oyoq uchlarini chetga ochgan holda devorga tekis holda tegib turishi
lozim.
Yozuv qurollari va materiallari quyidagilar sanaladi:
1. Xattaxta.
2. «To‘g‘ri o‘tir» plakati.
3. Alifboning yozma shakli.
4. Haflar alohida yozilgan ko‘rgazma.
5. Husnixat daftari.
6. Rangli bo‘rlar.
7. Ruchka.
8. Yozuv daftari.
Bola maktabga qadam qo‘ygan kundanoq yozuv qurollaridan to‘g‘ri
foydalanishga, ulami ozoda saqlashga o‘rgatib boriladi. 0 ’qituvchi o‘quvchining
yozuv qurollari va materiallarini muntazam tekshirib borishi muhim vazifa
sanaladi. Dastur talabi boyicha 1-sinf o‘quvchilari uchun yozuv yo‘li 4 mm, bosh
harflar uchun 8 mm bo‘lgan qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan 2 chiziqli daftar tavsiya
etiladi. 2-4-sinflarda chiziqlari 8 mm 1 chiziqli daftar tutilishi lozim. Kichik
harflaming bo‘yi 3 mm, bosh harflaming bo‘yi 6 mm, raqamlaming bo yi
harflardan 2 marta qisqa bo‘ladi. 1-2-sinfda husnixat uchun maxsus alohida
darftarga, 3*4-sinflarda ona tili daftariga yozadilar. 1-2-sinflarda foydalaniladigan
darftarda qiya chiziqlar orasidagi masofa 30 mm va qiya chiziqlarsiz kichik harflar
yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa4 mm ga teng bo‘lgan ikki chiziqli
daftar tavsiya etiladi. Qiya chiziqlari siyrak bo‘lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib
borish va mashq qildirish orqali l-sinf o‘quvchilarini mayda harflar bilan tez
yozishga o‘rgatib boriladi. Bunday darftarda mashq qilish o‘quvchi!arga
harflarning eni va ular orasidagi masofani ko‘z bilan chamalash, qiyaligiga rioya
qilish imkoniyatini beradi. 1-sinfda «Husnixat» predmeti 2-yarim yillikdan
boshlanadi. 0 ’quvchi daftariga sana va oy yozdiriladi. Xat boshiga amal qilishga
o‘rgatiladi, daftar hoshiyasi boMishi shart. Darftarga sarlovha yozdirilganda,
sarlovha va matn orasida satr qoldirilmaydi. Daftarga xatoni to‘g‘irlash yo‘li
o‘rgatiladi. Bu holda xato harfning ustidan chiziq tortib, ustiga to‘,g‘risini yozishga
odatlantiriladi. Daftar uy vazifasi berilgach, yig‘ib oiinadi, tekshiriladi va
baholanadi.
Yozuv materiali boMgan daftami yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Daftarga toza va aniq yozish.
2. Daftar muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, yonda daftar
qaysi fan uchun tutilganligi, nechanchi sinf, maktabning nomi va nomeri,
o‘quvchining ismi va sharifi ko‘rsatib o‘tilishi zarur.
3. 1-sinf o‘quvchilarining daftarlari muqovasi o‘qituvchi tomonidan yoziladi.
4. Har bir daftarda hoshiya boMishi shart.
5. 2-sinfdan boshlab mashq tortib raqami, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki
uyda) yozib qo‘yiladi.
6. Harf yoki bo‘g in hamda so‘zlaming tagiga ehtiyotkorlik bilan chiroyli va