KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G`OYALARNING MOHIYATI
Yuklangan vaqt
2024-06-10
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
46
Faytl hajmi
126,9 KB
KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL G`OYALARNING
MOHIYATI
1. T.R.Maltus va uning «nufus nazariyasi»
Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus demografiya muammolari
to'g'risida birinchilardan bo'lib fikr yuritgan bo'lmasa-da, «Nufus nazariyasi»ni ilk
bor u yaratdi. Bu muammo bo'yicha barcha munozaralarda uning nomi
birinchilardan tilga olinadi. Masalan, Aristotel (m.a. 384-322) «Siyosat» asarida
aholisi kam sonli mamlakatni ideal davlat deb hisoblagan, chunki shunda sosial
garmoniya bo'ladiki, aholi me'yordan ko'p bo'lsa sosial ziddiyat kelib chiqadi. U
nikoh to'g'risida qonun taklif etgan, unda erkaklarga 37, ayollarga 18 yoshgacha
farzand ko'rish taqiqlangan, uningcha aholi ko'pligi er etishmasligiga olib keladi va
u qashshoqlikka mahkum etiladi.
F.Kene (1694-1774) «Aholi» (1756y.) maqolasida insonlar «boylik» manbai
ekanligiga ancha yaqin fikrlarni ilgari surdi. «Mamlakatning buyukligi uning aholisi
bilan», degan edi u. Aholi mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirib, odamlar
mehnatidan foydalanish masalalari davlatning bosh iqtisodiy siyosati ob'ekti bo'lishi
kerak. Bu fikr A.Smit tomonidan rivojlantirildi.
V.Petti ham aholini ayniqsa uning mehnat qiladigan qismini ulug'lagan,
boylik yaratuvchi deb hisoblagan, birinchi bo'lib «insoniy kapital» tushunchasini
kiritgan.
T.R.Maltus (1766-1834) dvoryan oilasida tug'ildi, 1788 yil Kembridj universitetini
bitirgach, qishloq ruhoniysi sifatida ishlay boshladi, ilohiyot fanidan ilmiy darajaga
ega bo'ldi. 1807 yildan boshlab «Ost-Ind» kompaniyasi kollejida siyosiy iqtisod
professori lavozimida leksiyalar o'qidi.
Diqqatga sazovor tomoni shundaki, Maltus ancha kech, 39 yoshida turmush
qurdi, uch o'g'il va bir qiz otasi bo'lgan. Agar obrazli aytadigan bo'lsak, o'z ta'limoti
va takliflariga amal qilgan. Taniqli iqtisodchi D.Yum va boshqalar bilan do'st
bo'lgan. T.Maltus yashagan davr Angliyada sanoat inqilobi
amalga oshayotgan yillar bo'lib, qayta ishlab chiqaruvchilar
ommaviy
qashshoqlashdi,
ishsizlar
armiyasi
ko'paydi,
ishchilarning iqtisodiy ahvoli tobora yomonlashdi. Xuddi shu
holatlarga baho berish, uni izohlash, bu ahvolning sababi nimada
ekanligini tushuntirish Maltusga nasib etdi. T.R. Maltus Uning
asosiy asarlari quyidagilar: «Aholi nufusi qonuni to'g'risidagi
tajriba» (1798), «Yer rentasining tabiati va o'sishi to'g'risidagi tajriba» (1815),
«Siyosiy iqtisod prinsiplari» (1820 yilda yozilgan va avvalgi kitobni qayta ishlab,
ikki jildli asarga aylantirilgan). Bu asar uning dsti D.Rikardoning «Siyosiy
iqtisodning boshlanishi» asaridan uch yil keyin chiqqan bo'lib, nazariy metodologik
jihatdan undan keskin farq qilmaydi. Bu asarlarda Maltus lendlordlar manfaatini
himoya qiladi, ammo er egalari va kapitalist-fabrikantlarning manfaatlari mos kelsa
va ishchilarga qarshi qo'yilsa, ularning ikkalasini qo'llab-quvvatladi, hukmron
sinflarni oqladi, ommaning och-yalang'ochligi va og'ir ahvolida ularning hech
qanday aybi yo'qligini isbotlamoqchi bo'ldi. Mavjud tizimni takomillashtirish
kerakligini u xayoliga ham keltirmadi, buni o'ziga xos utopiya deb hisobladi.
Asosiy iqtisodiy masalalarni yagona bir omil asosida oddiygina tushuntirishga
harakat qilinadi.
Tadqiqot predmeti sifatida avvalo ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish yo'li
bilan jamiyatning moddiy boyligini yanada ko'paytirish masalasi qaraladi. Shu bilan
birga, birinchi marta iqtisodiy o'sish muammosini aholining o'sishi bilan bog'lashga
harakat qilingan. Avvalgi tadqiqotlarda aholi o'sishi o'z-o'zidan milliy xo'jalik
rivojiga olib kelishi (va aksincha) masalasi qo'yilgan bo'lsa, bu olim muammoga
o'ziga xos ravishda yondoshadi.
Tadqiqot usulida iqtisodiy liberalizm konsepsiyasini tan olgan holda,
iqtisodiy o'sish sur'atlari bilan aholi soni o'rtasida o'zaro aloqadorlikni ilmiy jihatdan
isbotlashga o'rinining o'ziga xos yo'llari mavjuddir. Jahonga ma'lum bo'lgan
Ch.Darvin, D.Rikardo va boshqalarning qarashlari unga metodologik asos sifatida
xizmat qildi.
Bu olim metodologiyasining yangiligi va ahamiyati shundaki, undan milliy
iqtisodiyotni rivojlantirish va qashshoqlik sabablarini aniqlash va undan chiqish
uchun amaliy qisqacha xulosalarlar chiqarish mumkin, yashash minimumi sifatida
belgilanadigan tirikchilik vositalari va aholi o'sish soni o'rtasidagi oddiy nisbatni
isbotlashga harakat qilinadi. M. Blaugning ta'kidlashicha, Maltus bo'yicha insoniy
jamiyatni sosial qonunlar (sosial islohotlar) yordamida har qanday ongli
takomillashtirishga urinish engib bo'lmas insonlar ommasi tomonidan surib
tashlanadi va shu sababli har bir odam o'zi haqida o'zi jon kuydirmog'i va o'zining
xatolari uchun to'la javob berishi kerak.
Aholi nufusi nazariyasi Maltus go’yoki tarixiy manbalarga asoslanib,
insoniyatning nihoyatda tez o'sganligini isbotlashga urinadi. Bu o'sish tirikchilik
vositalari, kamchiligi kasalliklar, urushlar, chaqaloqlarni o'ldirish, tug'ilishni
ixtiyoriy tartibga solish yo'li bilan sekinlashtirilmaganda ahvol bundan ham yomon
bo'lar ekan.
Maltus tabiat bilan hamohang o'simlik va hayvonlarning cheksiz ko'payishi va
yashash uchun kerakli mablag'lar o'sishi yo'nalishlarini tadqiq etadi. Agar insonlar
har 25 yilda ikki marta ko'payib, geometrik progressiya asosida ortib borsa (1, 2, 4,
8, 16, 32, 64, 128, 256 va hokazo), tirikchilik vositalari eng qulay sharoitlarda ham
arifmetik progressiya asosidagina ko'payishi mumkin (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 va hokazo).
Bunday sharoitda 200 yildan so'ng aholi sonining tirikchilik vositalariga nisbati 256
: 9, 300 yildan so'ng esa 40096 : 13 bo'ladi va hokazo (2-jadvalga qarang).
2-jadval
T.R. Mal'tus «Nufuzli qonun» ning matematik ifodasi
Axoli usishi
Geometrik progressiya
1,2,4,8,16,32,64,128,va
xokazo
Tirikchilik vositalarining
usishi
Arifmetik progressiya
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
200 yildan so’ng
Axolining o’sishi 256
marta
Tirikchilik vositalarining
9 marta
300 yildan so’ng
Axolining o’sishi 9096
marta
Tirikchilik vositalarining
13 marta
Tirikchilik vositalariga nisbatan doimo tezroq ko'payishga intilishi «aholining
nufus qonuni»dir, bu qonun jamiyat paydo bo'lgandan buyon mavjud bo'lib, doim
va kudratli harakatdadir. Aholining ortiqcha qismi zarurat tufayli ochlik,
yalang'ochlik va qirilishga mahkum etilgan.
Maltusning fikricha, qashshoqlikning asosiy va doimiy sababi, boshqarish
tarzi yoki mulkning notekis taqsimlanishiga hech ham bog'liq emas; bu jarayon
«tabiiy qonunlar va insoniy hirs» tabiatning nochorligi va insoniyatning favqulodda
tez ko'payishi bilan bog'liqdir. Shu sababli xalq o'z azob-uqubatlari uchun o'zini o'zi
ayblashi kerak». Uni to'g'rilashga hech qanday inqilob va sosial islohotlar yordam
bera olmaydi. Bunda faqat bir to'g'ri yo'l bor - bu aholi sonini qisqartirish. O'ta
ko'payishning oldini olish vositasi, chorasi sifatida «ahloqiy chidam» (kambag'allar
nikohdan o'zlarini tiyishlari, kech turmush qurishlari), og'ir mehnat yoki turli
baxtsizliklar (ochlik, qashshoqlik, kasallik, epidemiya, urush va boshqalar) taklif
etiladi (3-jadval).
3-jadval
Aholi o’sishini cheklovchi omillar
Avlodni
davom
ettirish
instinkti
Oldini olish choralar:
tug’ilish kamayishi
Axoloqiy xususiyatdagi cheklashlar
Tirikchilik vositalarining cheklanganligi
Axolining o’sishinig cheklovchi
omillar
Real omillar:
o’lim ortishi
Noo’rin xayot
Kambag’allik
Axolining o’sish potensiali
Soliq pastligi
Axolokiy
xususiyatdagi
cheklashlar
Maltusning fikricha, tabiiy biologik instinktga ko'ra insoniyat ko'payish
imkoniyatiga ega va doimo shunga intiladi, ammo jonivor va o'simliklar qarama-
qarshi ravishda bu jarayonni cheklash imkoniga ham ega bo'lib, hayvonot
dunyosidan ajralib turadi. Quyidagi jadvalda ana shu imkoniyatlar aks etgan.
Shunday qilib, Maltus ta'limoti bo'yicha, jamiyat illatlari insoniyatning
beixtiyor qismatidir. Nazariy jihatdan bu fikrlarda hech qanday ilmiylik va yangilik
yo'q. Bu «qonun»dagi asosiy g'oyalar ungacha bo'lgan olimlardan to'g'ridan-to'g'ri
o'g'rilangan (plagiat), chunki o'z davrida Styuart, Uolles, Taunsend va boshqalar bu
masalani yoritgan edilar.
Maltusning bu nihoyatda reaksion qisqacha xulosalarlari qattiq tanqidga
uchradi. Tug'ilishni kamaytirish uchun u nikoh yoshini oshirishni, davlat tomonidan
bolalarga beriladigan nafaqalarni butunlay bekor qilishni taklif etdi. Maltus bu
tanqidlardan qisqacha xulosalar chiqarib, 1820 yilda o'z asarini qayta ishlab chiqdi
va unda o'z fikrlarini ancha yumshatishga intildi; ayniqsa ustiga dam-badam yog'ilib
turadigan va aholini o'limga mahkum etadigan balo-ofatlarni zaruriy deb
hisoblashdan voz kechdi va kechirim so'radi, uni noto'g'ri tushunganliklarini aytib
o'tdi, ammo u o'zining bosh fikrini inkor etmadi.
Maltus markaziy g'oyasi, ya'ni aholi soni o'sish sur'atlarining jamiyat
farovonligiga ta'siri prinsipda to'g'ri va dolzarbdir. Ammo olim tomonidan berilgan
prognoz (istiqbol) lar baxtimizga normal bo'lib chiqdi. ar 20-25 yilda aolining ikki
marta ko'payishi insoniyatni to'la qashshoqlikka mahkum etishi kerak edi.
Maltus «doktrinasi» avvalo metodologik jihatdan xato edi, chunki hech qanday
isbotsiz tabiat qonunlari jamiyat hayotida qo'llaniladi, vaholanki insonlar o'simlik va
hayvonot dunyosidan farqli o'laroq faqat iste'mol qilmaydilar, balki o'zlari ishlab
chiqaradilar va tirikchilik vositasini ko'paytirish imkoniyatlariga egadirlar. Shuni
eslab o'tish joizki, o'z davrida Petti va Smit mamlakat boyligining asosi unumli
mehnat bilan shug'ullanuvchi aholi ekanligini isbotlab berganlar. Maltus
klassiklarning bu fikrini inkor etadi. Undan tashqari, Maltus o'zi ochgan qonunni
abadiy deb e'lon qiladi. Aslida esa kapitalizm davrida ortiqcha ishchi kuchi hisobiga
aholining nisbiy ortiqchaligi yuzaga keladi, bu erda aholining nisbiy ortiqchaligi
aholining absolyut ortiqchaligi deb ko'rsatilgan.
Maltus progressiyalari esa statistik va amaliy (faktik) materiallarni ochiqdan-
ochiq soxtalashtirishdir (falsifikasiya). Unda berilgan ma'lumotlar AQShning XVI-
XVIII asrlardagi aholi o'sishiga nisbat sifatida keltiriladi, bu mamlakat aholisining
asosan YEvropa aholisining emmigrasiyasi hisobiga ko'payganligi haqidagi
«arzimas» fakt esa hisobga olinmagan (tabiiy o'sish bor, emmigrasiya bor).
Maltus o'z fikrini «isbotlash» uchun «tuproq unumdorligining pasayib
borishi» nazariyasidan foydalanadi. Bu nazariyaga ko'ra, erga sarflangan qo'shimcha
kapital go'yoki mahsulotni proporsional tarzda ko'paytirishga imkon bermas emish,
binobarin odamlar o'zlarini oziq-ovqat va boshqa tovarlarga bo'lgan ehtiyojlarini
qondiradigan mahsulotlarni to'la hajmda etishtira olmaydilar. Shu tariqa
mahsulotlarning etishmasligi tabiatning tabiiy-biologik qonunlari bilan izohlab
beriladi. Bu «qonun»da jon bor albatta, masalan bir gektar yer bilan dunyoni boqib
bo'lmaydi, lekin ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli ko'pgina davlatlar erdan nihoyatda
unumli foydalanib oziq-ovqat va boshqa muammolarni hal etmoqdalar. Demak, bu
«qonun» ham nazariya, ham amaliyot tomonidan inkor qilinadi. Bunga «ko'k
inqilob»ni misol keltirish mumkin.
«Ko'k inqilob» 1960 yillarning oxirida paydo bo'ldi, u qishloq xo'jaligida
ilmiy-texnika taraqqiyotini qo'llash yo'li bilan uning mahsuldorligini oshirishni
anglatadi. Bu jarayon 1950 yillarning o'rtalarida donning yuqori hosilli gibrid navlari
kashf qilinishi bilan bog'liq.
Bir qancha mamlakatlar «ko'k inqilob»dan foydalanib ancha katta yutuqlarni
qo'lga kiritdilar. Masalan, Hindiston 70 yillarning oxiri va 80 yillarning boshida
o'zini o'zi don bilan ta'minlashga erishdi. Bu yerda 1976 yilda 120 million tonna don
olindi, bu 1950 yilga nisbatan 2.5 marta ko'pdir, 1989 yilda esa 200 million tonnaga
yaqin don olindi, shundan 165 million tonnasi guruch va bug'doydir.
Filippinda 1965-89 yillarda sholi hosildorligi bir necha marta, ya'ni 1.7 mln
tonnadan 9.5 mln tonnaga o'sgan bo'lsa, Indoneziyada bu ko'rsatkich gektariga 18.1
sentnerdan 42.3 sentnerga o'sdi. XXR da yiliga 430-465 mln tonna don olinishi
natijasida bu erda 1 mlrd 250 mln kishilik aholi uchun oziq-ovqat muammosi asosan
hal etilgan.
Qiymat va daromad nazariyasi.
Maltus iqtisodiyotning bir qancha boshqa masalalari bo'yicha ham o'z
fikrlarini beradi, uning ayniqsa qiymat, daromad, foyda va realizasiya bo'yicha
g'oyalari diqqatga sazovordir. Maltus bu masalalarni hal etishda D.Rikardoning
g'oyalariga qarshi chiqdi va bunda A.Smitdan foydalandi. Uningcha tovarning
qiymati shu tovarni sotib olishga ketgan mehnat bilan aniqlanadi. Maltus g'oyasining
«yangiligi» shu «qimmat o'lchovi»ni izohlashdir. Smitning fikricha, tovarni sotib
olish uchun sarflangan mehnat, uni ishlab chiqarishga ketgan mehnatga tengdir.
Maltusning fikricha, tovarlardagi mehnat miqdori uni ishlab chiqarishga ketgan
harajatlardan iborat bo'lib, bu ko'rsatkich tirik va jonsiz mehnat plyus avanslangan
kapitalga foydadan jamlanadi. Bunda qiymatning hosil bo'lishi ishlab chiqarish
sohasidan muomala sohasiga ko'chiriladi, iste'mol qiymati esa almashuv qiymati
bilan qorishtirib yuboriladi. Maltus tovarning qiymatini ishlab chiqarish
xarajatlaridangina iborat deb ko'rsatadi va xaridor tovar sotuvchiga ish haqidan
tashqari foydani ham to'lashi kerak, deb o'ylaydi, foyda tovarning qiymatiga nominal
qo'shimcha, deb hisoblanadi. Foyda mehnatdan ajratib qo'yiladi, ya'ni kapitalistning
foydasi qo'shimcha emas, balki tovarni o'z qiymatidan ortiqqa sotish tufayli paydo
bo'ladi, noekvivalent ayirboshlashning mavjudligi isbotlanadi. Shunday qilib, aslida
merkantilizm g'oyalariga qaytish ro'y beradi, qiymatning hosil bo'lishida
mehnatning roli ikkinchi darajali qilib ko'rsatiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari konsepsiyasidan realizasiya nazariyasi (takror
ishlab chiqarish) ham kelib chiqadi va unda jamiyatda er egaligi, ruhoniy, chinovnik,
soldat va boshqa shaxslarning mavjudligi oqlanadi. Aslini olganda bunda inqirozlar
muammosi izohlanib, «uchinchi shaxslar» nazariyasi yuzaga keladi, undan shuni
tushunish mumkinki, kapitalist va ishchilar ishlab chiqarilgan hamma tovarlarni
sotib olishga qodir emaslar, chunki qiymatning ta'rifiga ko'ra jami ish haqi ishlab
chiqarilgan barcha mahsulotning qiymatidan foyda miqdoriga kamdir. Bu holatdan
chiqish yo'li jamiyatda ishlab chiqarmaydigan sinflar, ya'ni «uchinchi shaxslar»ning
borligidir, ortiqcha mahsulotlar ular tomonidan sotib olinadi. Maltus etarli talabni
qondirish uchun er aristokratiyasini ulug'laydi, yuqori renta, soliq va boshqa
yig'imlarni oqlaydi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish chegaralari mavjud emas, deydi T.Maltus.
ortiqcha ishlab chiqarish (inqirozlar) to'g'risida fikr yuritib, bu jarayon umumiy
bo'lishi, yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida permanent (uzluksiz) yoki
vaqtincha bo'lishi mumkinligi aytiladi. Oxir-oqibat shuni aytish mumkinki,
D.Rikardo va boshqa klassik maktab vakillaridan farqli ravishda, T Maltus bo'yicha
nafaqat xususiy, balki umumiy inqirozlar bo'lishi bashorat qilinadi (bu tarixan
isbotlandi). Ammo barcha inqirozlar vaqtincha bo'lib, ular o'tkinchi deb qaraladi.
Maltus «Nufus nazariyasi»ga ko'ra, ishchilarning sonini kamaytirishni taklif
etgan bo'lsa, ishlamay eydiganlarning sonini oshirishni jamiyat uchun foydali deb
hisoblaydi.
Bu g'oyalar aslida Sismondiga tegishli ekanligi keyingi boblarda izohlangan.
Faqat Sismondi kapitalizmdan voz kechish va mayda ishlab chiqarishni
rivojlantirishni taklif etgan bo'lsa, Maltus kapitalizmdan voz kechmagan holda,
avvalo yirik er egalari va ruhoniylar manfaatini ta'minlashni qo'llaydi.
Maltus g'oyalaridagi bu ilmiy chalkashliklarga qaramasdan, unda bir qancha
ijobiy fikrlar mavjud. Hozirgi davrda rivojlanayotgan mamlakatlardagi og'ir ahvolni
tushuntirishda bu olimning qarashlari to'g'ri keladi. Ayniqsa, Koreya Respublikasi
rivoji xarakterlidir. Agar bu erda 1950-60 yillarda aholining o'sishi yiliga 3 foizni
tashkil etgan paytda iqtisodiy rvojlanish past bo'lgan bo'lsa, 90 yillarda aholining
o'sishi 1 foizga tushgan paytga kelib iqtisodiy o'sish keskin oshdi. Markaziy Osiyo
mamlakatlarida ham aholining o'sishi katta bo'lib, iqtisodiy rivojlanish
muammolarini hal etishda bu olimning ba'zi g'oyalaridan foydalanish yaxshi samara
beradi.
Maltusning «Nufus nazariyasi» XIX asrda juda keng tarqaldi va mashhur
bo'lib ketdi. Hozirgi davrda ham yangi zamonaviy maltuschilar G.Butul,
N.Chemberlen, P.Erlix, U.Fogtlar Maltusning «ikki progressiya» to'g'risidagi
dastlabki qarashlarini biroz o'zgartirib, «aholining qarib borishi», «aholining eng
maqbul miqdori», «qimmatli» va «arzon» kishilar kabi turli-tuman g'oyalarini ilgari
surmoqdalar. Bu konsepsiyalarda ilmiy-texnika taraqqiyotining oqibatlari, atrof-
muhitni muhofaza qilish bahonasi bilan, Er kurrasida «ortiqcha» odamlar ko'payib
ketdi, deb ularning sonini turli yo'llar bilan kamaytirish rejalari taklif qilindi.
XXI asr boshida planetamizda 6 mlrd dan ortiq aholi istikomat qilmoqda
(1945 yilda aholi soni 2.5 mlrd edi) va bu ko'rsatkich tobora ortib bormoqda. Eng
muhim va ayanchli tomoni shundaki, kam rivojlangan va qoloq davlatlarda bu o'sish
tez bo'lib, aholining 75 foizi shu davlatlarga to'g'ri keladi. Shuning uchun
demografiya muammosi hozirda ham nihoyatda dolzarbdir. Bugungi kunda bu
muammoni hal qilish maqsadida hatto oilani rejalashtirish chora-tadbirlari taklif
qilinmoqda.
2.Senior, Bastiya, Keri va boshqalarning iqtisodiy ta'limotlari
Klassik maktab g'oyalarini boyitishga Angliyada N.Senior, Fransiyada
F.Bastia, AQShda G.Keri, Germaniyada tarixiy maktab namoyandalari katta hissa
qo'shdilar. Bular ichida N.Senior alohida o'rin egallaydi.
Nassau Vilyam Senior (1790-1864) Londondagi mashhur Oksford
universitetining siyosiy iqtisod kafedrasi professori, «tiyilish» va «so'nggi soat»
nazariyalarining muallifi sifatida mashhur bo'ldi.
N.Senior g'oyalari «Siyosiy iqtisod fani ocherklari» (1836) va «Fabrika
qonunchiligi to'g'risidagi xatlar»da bayon etilgan.
U o'zining qiymat nazariyasida qiymatni baho bilan bir narsa deb hisoblaydi
va qiymat talab bilan taklifga bog'liq, deydi. U mehnat (ishchilarning «qurboni»)
bilan bir qatorda kapitalistning «tiyilishi»ni ham qiymatning manbai deb e'lon qiladi.
«Tiyilish» nazariyasi. Bu nazariyada N.Senior kapitalni kapitalistning
berayotgan «qurboni» deb hisobladi. Uning ta'kidlashicha kapitalist o'z kapitalini
ishlab chiqarish sohasiga qo'yganda (investisiya) o'zining shaxsiy iste'molidan go'yo
ma'lum davr «tiyilib» turadi, mehnat esa o'z navbatida ishchining dam olish va
tinchlik evaziga qilgan «qurboni» deb qabul qilinadi. Shuning uchun ish haqi va
foyda kapitalist va ishchi bergan tegishli «qurbonlar» uchun bab-baravar mukofot
emish.
N.Senior Rikardoning qiymatni ish vaqti bilan belgilashiga qarshi chiqadi,
uningcha foyda kapitalistning «mehnati»dan, foiz esa uning sabr-qanoatidan hosil
bo'lishini kashf qildi. N.Seniorning yana bir «kashfiyoti» uning «so'nggi soat»
nazariyasidir. Sanoat to'ntarilishi va mashinalarning kirib kelishiga qaramasdan,
ishchilarning ish soatlari nihoyatda yuqori bo'lib, shu sababli XIX-asrning 30
yillarida Angliyada 10 soatlik ish kuni uchun kurash kuchayib ketdi. N.Senior esa
o'sha davrda mavjud bo'lgan 11.5 soatlik ish kunini qisqartirishning «ilojsizligini»
nazariy jihatdan asoslashga urinib, shu ish kunining 10.5 soatida sarflangan
kapitalning qiymati yangidan vujudga keladi, faqat oxirgi bir soatidagina foyda
yaratiladi, deb uqtirdi. Shu sababli ish kunini 10 soatgacha qisqartirish foydaning
yo'q bo'lib ketishiga, bu bilan birga esa ishlab chiqarishni rivojlantirishga har qanday
qiziqishning yo'q bo'lib ketishiga olib borgan bo'lar edi, deb da'vo qildi. Bu bilan u
sohibkorlarni ochiqdan-ochiq himoya qiladi.
XIX asrning 40-50 yillarida fransuz va xalqaro ishbilarmonlar orasida
F.Bastianing (1801-1850) nomi va uning iqtisodiy qarashlari keng ommalashdi. U
boy fransuz ishbilarmoni oilasida tug'ildi. Bastiya 40-yillari bir qancha pamfletlar
chiqarib, ularda erkin savdo foydasiga proteksionizmni inkor etuvchi, vino ishlab
chiqaruvchilar manfaatini himoya qiluvchi, sosialistik g'oyalarga qarshi bo'lgan
qarashlarni faol targ'ib etdi. Bu pamfletlar g'oyasi mazmun jihatdan original
bo'lmasa-da, yorqin yozilish shakli bilan ajralib turadi.
F.Bastianing eng asosiy g'oyasi jamiyatdagi ijtimoiy antagonizmning
mavjudligini inkor etishdir. Uningcha, o'sha davrdagi jamiyat dunyodagi «eng
go'zal, mukammal, mustahkam butunjahon assosiasiyalaridandir. Barcha qonuniy
manfaatlar uyg'unlashgandir». F.Bastia 1850 yilda «Iqtisodiy garmoniyalar»
kitobini chop etdi. Unda u garmoniya (uyg'unlik)ning asosini almashuv va sof, hech
narsa bilan cheklanmagan raqobatda ko'radi. F.Bastia o'z g'oyasini isbotlashda
Seyning fikridan foydalangan bo'lib, xizmatlar nazariyasi bunga mos keladi, ya'ni
almashuv, xarid - savdo o'zaro teng «xizmatlar»ni almashish demakdir. Sey bo'yicha
bu «xizmatlar» nafaqat odamlar, balki buyumlar va tabiat kuchlari tomonidan
ko'rsatilsa ham, Bastia jamiyat hayotining qanday sohasida bo'lmasin, faqat shaxsiy
xizmatlarni ustun qo'yadi. «Xizmat» deganda ishlab chiqarish davomida real mehnat
sarfinigina emas, balki shu xizmatdan foyda keltiruvchi har qanday harakat, faoliyat
va kuch tushuniladi. Bundan shu narsa aniq bo'lib qoladiki, qimmat yaratishda ishlab
chiqarishga faqat ishchilar emas, balki kapitalist va er egalari ham katta «xizmat»
ko'rsatadilar. Kapitalistning «xizmati» unga foiz olish imkoniyatini berishini
F.Bastia shunday ko'radiki, kapitalist kapitalni avans yoki ssuda tarzida sarflab,
iste'molni orqaga suradi va uni kapitalistning «qurboni» deb hisoblaydi. Bu yuqorida
biz keltirgan Seniorning tiyilish nazariyasining o'zidir. «Tiyilish» so'zi o'rniga
«orqaga surish» so'zi qo'yilgan, xolos.
Mehnat va kapital o'rtasidagi uyg'unlik, ya'ni garmoniyani yanada to'laroq
isbotlash maqsadida Bastia o'zining kapital jamg'arilishi «qonuni»ni yaratdi va unda
Rikardoning foyda va ish haqining bir-biriga qarama-qarshi ekanligi to'g'risidagi
ta'limotini inkor etishga harakat qildi. F.Bastianing bu «qonuni»ga ko'ra, mehnat va
kapital manfaatlari oliy darajada hamohangdir. Oqibatda kapitalistning foydasi va
ishchining maoshi bir vaqtda va bir miqdorda oshib boradi, hatto ishchilarning
hissasi kapitalistlarnikidan tezroq o'sar ekan, demak, oqibatda kapitalistning foydasi
nisbatan kamayadi. U bu fikrni isbotlashga urinib ham o'tirmaydi. Uningcha foyda
normasi va kapitalistlarning milliy daromaddagi hissasi masalalarini qorishtirib
yuborgan. Foyda normasining pasayib borish tendensiyasi ishchilarni ekspluatasiya
qilishning kuchayishi bilan mos kelishi mumkin, demak kapitalistlarning milliy
daromaddagi hissasi ham oshib borishini kutish mumkin.
F.Bastia o'zining bu nazariyasi yordamida kapitalistlar va yer egalari
o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni hal etadi. U yer rentasini yer egasining yoki uning
ota-bobolarining shu erni ishlash va yaxshilash xizmati uchun berilgan mukofot deb
hisoblaydi. Shunday qilib kapital va er egaligi o'rtasidagi uyg'unlik shu bilan hal
etiladiki, er rentasi erga qo'yilgan kapital foizining bir ko'rinishiga aylantiriladi.
Bunday izohlash er rentasining iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyatini inkor
etadi, uning foydadan hech qanday farqi qolmaydi. Ishlanmagan erlardan olinadigan
renta umuman bu sxemaga mos kelmaydi.
Demak, Bastianing izohi bo'yicha o'sha davrdagi burjua jamiyati turli sinflar
o'rtasidagi o'z xizmatlari bilan almashib turuvchi «uyg'unlashgan hamkorlik»
jamiyati tarzida namoyon bo'ladi. Iqtisodiy erkinlik bu xizmatlar almashuvining
ekvivalentligining
garovi
hisoblanadi,
chunki
bu
erkinlik
nomutanosib
harakatlarning oldini oladi. Proteksionizmni cheklanmagan erkin raqobat bilan
almashtirish esa sosialistlarning jamiyatni mukammalroq iqtisodiy jamiyatga
aylantirish to'g'risidagi chaqiriqlariga qarama-qarshi qo'yiladi.
1775-85 yillardagi mustaqillik uchun Shimoliy Amerika va Angliya
o'rtasidagi kurashda qozonilgan g'alaba tufayli AQSh davlati vujudga keldi.
Hokimiyat tepasiga yangi sinf - burjuaziya o'tirdi. AQSh burjuaziyasi ingliz
burjuaziyasidan anchagina farq qilar edi. AQSh dagi hukmron sinf 1865 yilgacha
qullikni saqlab qoldi va ingliz siyosiy iqtisodiga zid ravishda o'z siyosiy iqtisodini
yaratishga tayyor edi. Biroq AQShda siyosiy iqtisod klassik asosda vujudga kelmadi.
Buning sababi shuki, XIX asrning 20-30 yillarida AQShda kapitalizmning nisbatan
tez rivojlanishi ishchilar harakatining vujudga kelishiga va tez o'sishiga olib keldi.
Ayni vaqtda ish tashlashlar bo'lib turdi. Siyosiy kurashning keskinlashuvi
vulgar siyosiy iqtisod uchun zamin yaratdi. Bundan tashqari klassik siyosiy iqtisod
AQShda qulchilikning saqlanib qolishini tanqid qilar edi. Shu sababli AQShda
yuzaga kela boshlagan iqtisodiy fikr klassik maktabga qarshi chiqdi. Bu g'oyalar
Genri Charlz Keri (1793-1879) tadqiqotlarida o'z aksini topdi.
Yirik noshirning o'g'li bo'lgan G.Keri kommersiya sohasida katta yutuqlarga
erishdi. Boyib olgach, yirik fabrikantga aylandi va iqtisodiy tadqiqotlarga kirishdi.
U bir qancha iqtisodiy asarlar muallifi edi.
1837-40 yillarda uning «Siyosiy iqtisod prinsiplari» va 1857-59 yillarda
«Ijtimoiy fanlarning asoslari» nomli asarlari chop etildi. Bu asarning qisqacha
varianti 1865 yilda «Ijtimoiy fanlar uchun qo'llanma» nomi bilan chop etildi.
Yuqorida eslangan F.Bastia shu amerikalik olimdan ilhomlandi.
G.Ch.Keri ingliz siyosiy iqtisodiga keskin qarshi chiqib, AQSh kapitalizmini
madh etdi. Uning asosiy asari «Manfaatlar uyg'unligi» (1872) kitobidir. G.Kerining
qarashlari Angliyaga qarshi ruhda edi. U Rikardoning ta'limoti va Maltus aqidalarini
rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi sub'ektiv idealizm va mexanisizm bilan ob'ektiv
iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga almashtirish bilan xarakterlanadi.
G.Keri hamma iqtisodiy kategoriyalarni ta'riflab berishga intildi. U qiymatni
insonning tabiatga hukmronligi o'lchovi deb, predmetga ega bo'lish uchun bartaraf
qilish zarur bo'lgan qarshi harakat deb ta'rif berdi. U narxni predmetning o'zini
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat
kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol
deb tushundi.
G.Keri D.Rikardoning er rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni yalpi kurash
nazariyasi (ya'ni Rikardo shu nazariya yo'li bilan go'yo sinflar o'rtasida urushni avj
oldirdi), deb hisobladi va Rikardoni «kommunizm otasi» deb, unga xuruj qildi.
G.Kerining o'zi esa rentani er egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab, uni
foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerining iqtisodiy ta'limotida burjua
jamiyatida «barcha chin va haqiqiy manfaatlarining to'la-to'kis uyg'unligi»
mavjudligini isbotlamoqchi bo'ldi. U taqsimot qonunini o'z nazariyasiga asos qilib
oldi.
G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xilligini go'yo
kapitalistik jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib
boraveradi, shuning natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut
asta-sekin kamayadi, degan qoida bilan asoslamoqchi bo'ldi. G.Keri kapitalistik
jamiyatda aholining nisbiy ko'payishi va ekspluatasiya kuchayishi faktlarini mutlaqo
inkor qilib, ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika taraqqiyoti bilan
bog'liq.
XIX asrda Kerining qarashlari, uning antagonistik jamiyatdagi manfaatlar
uyg'unligi nazariyasi ko'pchilikka ma'lum bo'lib, burjuaziya siyosiy iqtisodini
vulgarlashtirishga katta ta'sir ko'rsatdi. «Manfaatlar uyg'unligi» nazariyasining
asosiy qoidalarini hozirgi zamon siyosiy iqtisodi qaytadan tiklamoqda.
G.Keri yuqorida biz bayon etgan kapitalistik munosabatlarning bekamu-
ko'stligi, sinfiy manfaatlarning hamohangligi va boshqa «uyg'unliklar» to'g'risida
ko'p yozdi. Lekin uning g'oyalari Bastiadan biroz farq qiladi. Keri qullikni qo'lladi
(bu davrda AQShning janubida hali qul plantasiyalari mavjud edi). Proteksionizm
siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSh hali yosh davlat sifatida sanoati pastligi
tufayli unga muhtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan ochiq raqobatda engishi qiyin
bo'lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning fritrederlik (erkin savdo) siyosati
to'g'ri kelmay qoldi. Ayniqsa, Rikardoning burjua jamiyatidagi sinflar o'rtasidagi
manfaatlarning qarama-qarshi ekanligi ko'pchilikka ma'qul bo'lmay qoldi.
Kerining fikricha Rikardoning tuzumida dushmanlik ruhi bo'lib, millat, sinf,
ijtimoiy guruhlar o'rtasida urush keltirib chiqaradi. Vaholanki, bu guruhlar o'rtasida
bekamu-ko'st uyg'unlik mavjud emish. Kerining «Manfaatlar uyg'unligi nazariyasi»
asosida uning «taqsimot qonuni» yotadi, unga ko'ra mehnat unumdorligining o'sishi
bilan ishchilar hissasi absolyut va nisbiy jihatdan ussa, kapitalistlarniki esa aksincha
pasayadi (tanish gaplar). Shunday yo'l bilan mehnat va kapital o'rtasidagi
antagonizm yo'q qilinadi. Bunda yaxshi ma'lum tezis - unumli kapital g'oyasidan
foydalaniladi (unga ko'ra tadbirkor qonuniy foyda olishi kerak).
G.Kerining g'oyasi bo'yicha tovarning qiymati uni ishlab chiqarishga ketgan
amaliy mehnat miqdori bilan emas, balki ma'lum sharoitda sarflangan ishlab
chiqarish harajatlari bilan aniqlanadi (bu fikr ham ilgari eslangan). Ammo mehnat
unumdorligining o'sishi bilan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun, shu jumladan
ishlab chiqarish vositalariga sarf-harajatlar kamayadi.
Bu esa, G.Keri bo'yicha kapitalning qimmati pasayishiga olib keladi. Ishlab
chiqarish vositalari kapital bilan bir deb qaraladi. Oqibatda foiz ham, kapital egasi
oladigan mahsulot hissasi ham pasayadi, shunga mos ravishda mehnat qimmati va
uning mahsulotdagi hissasi oshib boradi. Bu g'oyalarning hammasini qo'llash qiyin
(bu haqda yuqorida ham aytilgan), chunki foiz qiymatning bir qismi bo'lib, avvalgi
mehnatga hech qanday aloqasi yo'q. Mehnat unumdorligining o'sishi ishchilarning
tirikchilik vositalari qiymati pasayishi bilan bog'liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham
pasayadi, kapitalistning milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi.
Keri kapitalist va er egasi «manfaatlari uyg'unligi»ni isbotlab berishga intiladi.
Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi, ayniqsa unumdorligi past erlarni ishga
tushirishga mone'lik bildiradi.
Keri Bastia kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi,
dehqonchilik xususiyatlarini inkor etadi. Keri «millatlar uyg'unligi» haqida ham
gapirib, jahon ishlab chiqarishini mahalliy markazlarga taqsimlash zarurligini
aytadi, chunki bu erlarda qishloq xo'jaligi va sanoat tabiiy holda uyg'unlashgan.
Shularni hisobga olib, Keri Buyuk Britaniyaning sanoat va mustamlakachilik
monopoliyasiga qat'iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar xom ashyo manbaiga
aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda proteksionizmni keng qo'llash
kerak, deydi. Shunisi qiziqqi, burjuaziya manfaatlarini himoya qilib, gohida
fritrederlik (F.Bastia), ba'zida proteksionizm (Ch.Keri) «uyg'unlik»ning doimiy
sharti deb e'lon qilinaveradi. Nasriddin Afandi aytganidek: «Xohlang unisini,
hohlang bunisini oling...».
QISQACHA XULOSALAR
Klassik maktab rivojining bu bosqichi D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus va
boshqalarning g'oyalari muhimdir.
Rikardo Smitdan keyin yashaganligi sababli fabrika ahamiyatini to'g'ri
tushundi. Klassik g'oyalarni to'la qo'llagan holda, uning o'ziga xos fikrlari mavjud.
Masalan, renta nazariyasi hozirgacha ahamiyatini yo'qotmagan. Uning mehnat
taqsimoti va tashqi iqtisodiy aloqalar g'oyasi nisbiy afzallik prinsipiga asoslanadi.
Savdoda fritrederlik qo'llab-quvvatlanadi, «Sey qonuni» ni ma'qullaydi.
Bu davrdagi iqtisodiy qarashlarda J.B.Sey alohida o'rin egallaydi, uning
«bozorlar qonuni» deyarli bir asr hukmronlik qildi, uning ishlab chiqarish uch asosiy
omillari hozirgacha ahamiyatini yo'qotmagan.
T.Maltusning «aholi nufusi nazariyasi», arifmetik (tirikchilik ne'matlari
o'sishi) va geometrik (aholi soni) progressiyalari, «tuproq unumdorligi pasayib
borish qonuni» katta shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Maltusga xos xususiyat shuki, u
inqirozlar bo'lishini tan oladi, ammo ular vaqtincha bo'lishini ko'rsatadi.
Seniorning «tiyilish» va «snggi soat» nazariyalari sohibkorlar (kapital egalari) va
mehnatkashlar o'rtasida hech qanday ziddiyat yo'q degan muammoni echishga
bag'ishlangan. Xuddi shunday fikrlar Fransuz Bastiya va amerikalik , Keriga
tegishli, ular iqtisodiyotda to'liq garmoniya, uyg'unlik mavjud degan g'oyalarni
ko'tarib chiqadilar.
Asosiy tushuncha va iboralar
Rikardo; nisbiy afzallik prinsip; diferensial renta; fritrederlik; Sey, «bozorlar
qonuni», ishlab chiqarishning uch asosiy omili; foydalilik; Maltus; arifmetik va
geometrik progressiya; «aholi nufusi nazariyasi»; tuproq unumdorligi pasayishi
qonuni; inqirozlar; senior; tiyilish; so'nggi soat nazariyalari; Bastiya, Keri; iqtisodiy
uyg'unlik.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. D.Rikardoning asosiy asaridagi iqtisodiy g'oyalar nimadan iborat?
2. Nima uchun Rikardo fabrika davrining mafkurachisi deb hisoblanadi.
3. Nisbiy afzallik prinsipi nimani anglatadi?
4. «Proteksionizm» va «Fritrederlik» o'zaro nima bilan farq qiladi?
5. J.B.Seyning asosiy qonuni nimani bildiradi? Izohlab bering.
6. Sey fikricha inqirozlar bo'lishi mumkinmi?
7. T.Maltus «aholi nufusi nazariyasi»dagi asosiy g'oya nima?
8. «Tuproq unumdorligi pasayib borish qonuni» oqibatlari qanday bo'lishi mumkin?
9. Nima uchun «Uchinchi shaxslar nazariyasi» vujudga keldi?
10. Seniorning «tiyilish» va «so'nggi soat» nazariyalari mohiyatini ochib bering?
11.Bastma va Kerining iqtisodiy uyg'unlik g'oyalarida qanday umumiyliklar bor?
JEYMS MILL, J.MAK-KULLOX VA BOShQALARNING IQTISODIY
G`OYALARI (4-bosqich)
Angliyada klassik maktabni boshqa tarzda izohlovchilar orasida Jeyms Mill
(1773-1836) muhim o'rinni egallaydi. Bu olimni Jon Syuart Mill o'g'li bilan
adashtirib yubormaslik kerak, uning iqtisodiy g'oyalari ham quyida ko'riladi.
«Rikardo maktabining tanazzuli, - deb yozgan edi K.Marks, - mana shu kimsadan
boshlanadi». J.Mill qiymat, ish haqi va foydani o'ziga xos yo'l bilan talqin etdi. U
ishchilarning ish haqini oshirish yo'lidagi iqtisodiy kurashi o'rinsizligini iqtisodiy
jihatdan asoslamoqchi bo'ladi.
J.Mill kapitalistning foydasi bilan yollanma ishchining maoshi o'rtasidagi
qarama-qarshilikni rad etib, er rentasini tanqid qilgan edi. U Rikardoning renta
to'g'risidagi nazariyasini davom ettirib, er rentasining davlat tomonidan qo'shib
olinishi, ya'ni haqiqatda erni milliylashtirish (nasionalizasiya) qilinishini talab qilib
chiqdi (Sovet davrini eslang).
J.Mill o'zining «Siyosiy iqtisod elementlari» (1821)
asarida qiymatning mehnat nazariyasiga butunlay qarshi
chiqdi va qiymatning manbai sifatida faqatgina jonli mehnatni
emas, balki ishlab chiqarish vositalarida mavjud bo'lgan
mehnatni ham hisobga olishni talab qildi. Bu qisqacha
xulosalarga asoslanib kapitalistlar va yollanma ishchilar
o'rtasidagi ekspluatasiya inkor qilinib, ularni «teng tovar egalari» sifatida qabul
qilishni taklif qildi, bu esa ularning har biri ishlab chiqarilgan mahsulotning o'ziga
tegishli foyda
J. Mill ulushini olishining to'g'ri ekanligini isbotlashga asos bo'ldi. London
dorilfununining siyosiy iqtisod professori Jon Ramsey Mak-Kullox (1789-1864)
ham klassik maktabning so'nggi nomoyondalaridan hisoblanadi. U «Siyosiy
iqtisodning boshlanishi» (1825) kitobida qiymatning mehnat nazariyasini rasman
tan olsa ham, ammo ishchigina emas, shamol ham, bug' ham, koks ham, mashina
ham mehnat qiladi, degan g'oyani ilgari surdi. Bunga aosolanib u foyda qiymatning
jamg'arilgan mehnat yoki kapital «ishi» tufayli yaratilgan qismidir, deb tushuntiradi.
Merkantilistlar kabi u ham foyda ayirboshlash jarayonida vujudga keladi, deb da'vo
qiladi. J.Mak-Kullox Maltusning «Aholi nufusi» qonunini to'la quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan
bo'lsalar, XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan
ochiqdan-ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat to'ntarilishi
nihoyasiga etdi, sinfiy differensiasiya amalga oshdi.
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, Fransiyada Lion
to'quvchilarining qo'zg'oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) hukmron sinflar uchun
sosialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy talablarini
asoslab berish uchun ko'pincha foydalanadigan qiymatning mehnat nazariyasi,
Rikardoning foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi ta'limoti va
boshqa g'oyalari katta xavf tug'dirar edi.
Aholi nufusi» qonunini to'la quvvatladi.
Agar avvalgi iqtisodchilar klassik maktabni turlicha sharhlashga intilgan bo'lsalar,
XIX asrning 30-50 yillarida iqtisodchilar o'rtasida klassik maktabdan ochiqdan-
ochiq aloqani uzishga intilish paydo bo'ldi. Bu davrda sanoat to'ntarilishi nihoyasiga
etdi, sinfiy differensiasiya amalga oshdi.
Sinfiy kurash keskinlashayotgan sharoitda (Angliyada chartizm, Fransiyada
Lion to'quvchilarining qo'zg'oloni, 1848 yil inqilobi va boshqalar) hukmron sinflar
uchun sosialistlar tomonidan kapitalizmni tanqid qilish va ishchilarning ijtimoiy
talablarini asoslab berish uchun ko'pincha foydalanadigan qiymatning mehnat
nazariyasi, Rikardoning foyda, kapitalist va ishchilar ish haqining qarama-qarshiligi
ta'limoti va boshqa g'oyalari katta xavf tug'dirar edi.
10.1.J.S.Millning iqtisodiy ta'limoti
Ingliz Jon. Styuart Mill (1806-1873) klassik maktabning so'nggi
nomoyondalaridan biri deb qaraladi. Uning otasi Jeyms Mill (1773-1836) ham
iqtisodchi bo'lgan va o'g'lining tarbiyasi bilan jiddiy shug'illangan, oqibatda
yoshligidaayoq dastlabki tadqiqotlari e'lon qilindi. Ammo 1848 y.bosib chiqarilgan
«Siyosiy iqtisod asoslari» (5 jilddan iborat) kitobi unga shuhrat keltirdi. Amaliy
hayotda Mill Ost-Indiya kompaniyasi bilan bog'langan edi (1858 y yopilgan). 1865-
1868 yy. Parlament a'zosi bo'lgan (D.Rikardoni eslang). So'nggi yillarda
Fransiyaning Avinon shahrida yashab ijod etdi.
Tadqiqot predmetida D.Rikardo g'oyalariga yaqin turadi va birinchi o'ringa
«ishlab chiqarish qonunlari» ni qo'yadi, bu masalani «Taqsimot qonunlari»ga
qarama-qarshi deb biladi. Klassik maktab vakillari kabi, iqtisodiy rivojlanishda
«Qishloq xo'jaligi imkoniyatlari» bilan hisoblashmaslik mumkin emas deb
hisoblaydi.
Tadqiqot usulida pulning «neytrollik» konsepsiyasiga amal qiladi, ammo
pulning miqdoriy nazariyasini ham qo'llaydi. Boylik to'g'risida ancha sodda fikrda
bo'lib, boylik bu bozorlarda sotib olinadigan va sotiladigan narsalarning summasi
sifatida qaraladi. Bu olimning metodologiyasida 1) ishlab chiqarish qonunlarini 2)
taqsimot qonunlariga qarshi qo'yish xarakterlidir. Birinchilari o'zgarmas bo'lib,
texnik sharoitlar bilan belgilanadi, bu «fizik haqiqatlar» kabidir, ular «tabiiy fanlar
xususiyatlari» xarakteriga ega, ularda inson irodasiga bog'liq hech narsa yo'q.
Ikkinchilari esa, ularni «inson intuisiyasi» boshqargani sababli, ayrim mamlakatlar
va davrlarda jamiyatni boshqaradiganlarning fikri va xohishiga bog'liq bo'lib,
nihoyatda turlicha bo'ladi.
«Mazkur jamiyat qonun va urf-odatlari» taqsimot qonunlariga bevosita ta'sir
etadi va «jamiyatdagi asosiy uch sinflar» o'rtasida daromadlarning taqsimoti
mulkning shaxslar o'rtasidagi taqsimotini belgilab beradi. Insoniy qarorlarning
taqsimot qonunlari shakllanishidagi ahamiyatidan kelib chiqib, J.S.Mill jamiyatni
sosial jihatdan isloh qilish bo'yicha o'z takliflarini ishlab chiqadi. Olimning
tadqiqotlarida «statika» va «dinamika» tushunchalari kiritiladi. Avvalgi olimlarda
jamiyatning «stasionar va o'zgarmas» iqtisodiy qonunlari o'rganilgan bo'lsa,
endilikda statikaga siyosiy iqtisodning dinamikasini qo'shish kerakligi aytiladi.
Ammo M.Blaugning fikricha, Millda «dinamika» tarixiy o'zgarishlarni tahlil sifatida
qaraladi, «statika» deganda esa hozirgi satik tahlil tushuniladi. Demak, hozirgi
davrdagi dinamik tahlildan keskin farq qiladi, chunki endilikda iqtisodiy
munosabatlardagi o'zgarish zamon va makonda, diffensial hisob-kitoblar yordamida
matematik modellashtirish orqali amalga oshiriladi.
Millning qiymat nazariyasida «almashuv, iste'mol qiymatlari» , qiymat va
boshqalardan tashqari, qiymat (qimmat) bir vaqtda barcha tovarlarda o'sishi mumkin
emas degan qisqacha xulosalar chiqariladi, chunki qiymat nisbiy tushunchadir.
Qiymat mehnat tufayli yuzaga kelishi va birinchi darajali ahamiyatga egaligi
ta'kidlanadi.
Pul to'g'ridagi g'oyasida miqdoriy masala birinchi o'ringa qo'yiladi, ya'ni
pulning ko'payishi yoki kamayishi tovarlarning nisbiy bahosi o'zgarishiga ta'sir
etadi. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda «pulning qiymati uning miqdoriga teskari
nisbatdadir», pulning har qanday kamayishi esa xuddi shunday proporsiyada uning
qadrini oshiradi. Pulning neytralligi to'g'risida fikr yuritilib, pul vaqtni va mehnatni
iqtisod qilish uchun hizmat qiladi, deyiladi. Boylik, moddiy ne'matlar faqat unumli
mehnat natijasida yaratiladi. Yangilik shundan iboratki, mulkni qo'riqlash malaka
orttirishga qaratilgan mehnat ham unumli deb hisoblanishi kerak. Unumli mehnat
agar u jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini ko'paytirishga olib kelsa, unumli
iste'molga ega bo'ladi.
Aholining iqtisodiyotdagi roli to'g'risida so'z yuritilib, Angliyada 1821 y.
Keyin 40 yil davomida tirikchilik vositalari ishlab chiqarish sur'atlari aholi
o'sishidan yuqori bo'lmagan. Aholi sonini kamaytirish bo'yicha takliflar beriladi
(ixtiyoriy tug'ulishni kamaytirish, ayollar emansipasiyasi). Bu masalada Mill Maltus
bilan hamohangdir.
Kapital deganda «avvalgi mehnat bilan ilgari to'plangan mahsulotlar zahira»
lari tushuniladi. Kapital jamg'arish investisiya uchun asos hisoblanadi va bandlikni
oshiradi, ishsizlikning oldi olinadi (J.M.Keyns ta'limotiga qarang).
Daromadlar to'g'risida gapirilib, bunda avvalgi olimlar fikri qo'llanadi, uni mehnatga
haq deb qaraladi va ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifga bog'liq deyiladi. Minimal
ish haqi g'oyasiga amal qilib, «ishchi fondi» doktrinasi ilgari suriladi, unga ko'ra,
sinfiy kurash ham, kasaba qo'mitalari ham ish haqini yashash minimumi darajasida
saqlashning oldini ola olmaydi. Ammo 1869 yil bu doktrina g'oyasi inkor etiladi va
kasaba qo'mitalari haqiqatan ham ish haqiga ta'sir etadi, bu «mehnat bozoridagi
raqobat oqibatlari» kabidir. Boshqa sharoitlar teng bo'lganda past jozibali mehnatda
ish haqi kamroq bo'ladi. Mill «minimum ish haqi» bilan «fiziologik minimum» ni
farqlaydi, birinchisi ikkinchisidan yuqoridir. Ish haqi manbai sifatida allaqanday
«kapital zahira» keltiriladi.
Renta to'g'risidagi fikrda, renta bu erdan foydalanganlik uchun to'lanadigan
kompensasiya deb qaraladi.
Shu bilan birga, er uchastkasidan foydalanish shakliga qarab. Bu renta mavjud
bo'ladi yoki foydani yo'q qiluvchi xarajat bo'lishi mumkin.
Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlar, xususan sosializm va sosialistik qurilish to'g'risida
ham fikr yuritiladi. Sosial tengsizlikning xususiy mulk bilan bog'liqligini inkor etadi.
Masala bunda xususiy mulk bilan bog'liq individualizm va suiste'molchilikka
barham berishdir, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida davlat rolini faollashtirish masalalari
qarab chiqilgan, bunda davlat markaziy bankining foizlari oshirishga intilishi
maqsadga muvofiq deb qaraladi, chunki bu xorij kapitalini mamlakatga kirib
kelishini rag'batlantiradi, milliy valyuta kursi mustahkamlanadi, oqibatda davlatdan
oltin chiqib ketish oldi olinadi. Davlat harajatlarining ko'payishi tanqid etiladi.
Erkin savdo munosabatlari (laisser faire) ni qo'llash bilan birga, «bozor kuchisiz»
ayrim sohalarda (infratuzilma, fan, qonunlarni chiqarish, bekor qilish va b.) davlat
aralashuvi kerak deb hisoblanadi.
Mill ayniqsa ta'lim sifatida alohida e'tibor qiladi, xususiy maktablar tarafdori
(faqat chekka joylardagina umumiy maktabga yo'l beriladi), davlat imtihonlari tizimi
yomon o'qiganlar uchun jarima taklif etiladi.
Boshida aytilganidek, bu olim ishlab chiqarish qonunlari o'zgartirish mumkin
emas, balki taqsimot qonunlarini o'zgartirish kerak degan aqidaga amal qiladi.
Bu olimning katta xatosi bo'lib, aslida ishlab chiqarish va taqsimot bir-biridan
alohida-alohida yashay olmaydi; ular bir-birlariga o'zaro va har tomonlama bog'liq.
Millning sosial islohoti huquqidan uch pazisiyani o'z ichiga oladi:
1. kooperativ ishlab chiqarish assosiasiyasi yordamida yollanma mehnatni tugatish;
2. er solig'i yordamida er rentasini ijtimoiylashtirish;
3. merosxo'rlik qonunini cheklash yordamida boylikning tengsizligini cheklash.
2. Iqtisodiyotda matematik uslublar (A.O.Kurno, I.G.Tyunen)
Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, X1X asrning
o'rtalarida iqtisodiyot fanida inqiroz holatlari kuzatildi. Mafkuraviy yondoshuvni
talab qiluvchi g'oyalar tobora kuchayib bordi. Siyosiy munozaralarda iqtisodiy
ta'limotlardan o'z xohishlaricha foydalanish holatlari faollashdi. Iqtisodchi-
olimlarning obro'yi eng past darajaga tushib qoldi. Shu davrda mafkuradan holi
bo'lgan tatqiqotlarga ehtiyoj sezildi. Xuddi shu davrda iqtisodiyotda matematik
uslublarni qullash bo'yicha dastlabki tadqiqotlar paydo bo'ldi, bu «marjinalistik
inqilob» gacha ro'y bergan iqtisodiyotdagi yangi yo'naltirishdir.
Ko'pgina iqtisodiy hodisa va jarayonlar o'z tabiatiga ko'ra miqdoriy xarakterga
ega. Odatda iqtisodiy ko'rsatkichlar orasida miqdoriy bog'lanish mavjud, masalan,
agar ulardan biri o'zgarsa, ma'lum qonun asosida o'zaro bog'langan bir yoki bir
nechta boshqa ko'rsatkichlar ham o'zgaradi. Agar bir tovarga baho oshsa, odatda
unga bo'lgan talab ko'pincha pasayadi. Bu bog'lanish xarakterini odatda qandaydir
funksiya bilan ifodalash mumkin.
Taxminan xuddi shunga o'xshash g'oyalar XVIII asrdayoq ayrim olimlar
orasida paydo bo'ldi va iqtisodiyotni, iqtisodiy hodisalarni o'rganish uchun
matematika fanini qo'llash kerak degan fikr yuzaga keldi, shunday tadqiqiy
intilishlar boshlandi. Keyinchalik esa nazariy iqtisodning ayrim bosh masalalarini
hal etishda bu usul keng qo'llanila boshladi.
Iqtisodiy tadqiqotlarda matematik uslublarni ongli ravishda va muttasil
qo'llagan dastlabki olim fransiyalik Antuan Ogyusten Kurnodir (1801-1877).
Kurnoga kelgusida shon-sharaf keltirgan «Boylik nazariyasi matematik
prinsiplarining tadqiqoti» asari 1838 yilda bosilib chiqdi. Uning hayoti davrida bu
asar olimlar o'rtasida deyarlik qiziqish uygotmadi va uni ishi yurishmagan «iqtidorli
fan fidoyisi» sifatida eslab qoldilar. Ammo bu unchalik to'g'ri bo'lmagan fikrdir,
chunki u oliy maktab professori, o'quv yurtlarining administratori lavozimida tinch-
osoyishta va ta'minlangan hayotni boshidan kechirdi. Lekin u yaxshi va to'q hayot
bilan birga, o'zining asarlari va g'oyalariga bo'lgan sovuq munosabatni ham doim
sezib turdi.
A.O.Kurno 1801 yilda Sharqiy Fransiyaning kichik Gre
shahrida anchagina boy mayda burjua oilasida tug'ildi,
yaxshi ma'lumot oldi, 1823-1833 yillarda marshal Sen-Sir
oilasida uning farzandiga tarbiyachi va marshal kotibi bo'lib
xizmat qildi. Shu yillari u turli o'quv yurtlarida o'z
malakasini oshirdi, bir qancha maqolalar yozdi. U 1829
yilda Parij universiteti tomonidan matematik ishlari uchun
doktorlik darajasini oldi, ko'pgina olimlar, jumladan, taniqli
Puasson bilan yaqindan tanishdi, uning yordamidan foydalandi. Bu olim ehtimollar
nazariyasining falsafiy talqini bo'yicha buyuk ishlarni amalga oshirdi. Asosan
matematika A.O. Kurno bilan shug'ullangan olim qanday qilib iqtisodiy
masalalarga e'tibor bergan, degan jumboq haligacha echilmagan. Ammo qomusiy
bilimlarga ega bo'lgan Kurno, shubhasiz, Smit, Rikardo va ayniqsa Seyning asarlari
bilan tanish bo'lgan. Shular tufayli u matematikani iqtisodiyot bilan bog'lagan, degan
fikr ham bor.
Kurno o'z asarlarida ijtimoiy fanlarga aniq matematika tilini tadbiq etishga
harakat qildi. U aslida bir yirik masalani har tomonlama to'liq ko'rib chiqdi; bu turli
bozor munosabatlari sharoitida, ya'ni xaridor va sotuvchilar kuchi turlicha
joylashtirilganda tovar bahosi va unga bo'lgan talabning o'zaro bog'lanishi
to'g'risidagi masaladir. Talab va baho o'rtasidagi nisbat masalasi bilan shug'ullangan
olim fanga talabning elastikligi (qayishqoqlik) to'g'risida muhim tushunchani
birinchi bo'lib kiritdi. Hayotiy tajriba shuni ko'rsatadiki, mazkur tovar bahosi oshuvi
bilan unga bo'lgan talab kamayadi, baho pasaysa, talab ortadi.
Bu Kurnoning «talab qonuni» bo'lib, talab «D» xarfi bilan, baho esa «r» xarfi
bilan belgilanganda uning funksiyasi D = f (p) shaklida yoziladi. Kurno
tadqiqotlarda birinchi bo'lib grafika metodi (usuli) ni qo'llagan. Bu grafika tovar
sotilish hajmining uning bahosiga bog'liqligi ko'rsatiladi, ya'ni talab egri chiziqi
paydo bo'ldi chizmaga qarang).
Kurno shuni ham ta'kidlaydiki, turli tovarlar uchun bu bog'lanish turlicha
bo'ladi. Uningcha, baholarning nisbatan uncha katta bo'lmagan o'zgarishlari tufayli
talab ancha keskin o'zgarishi mumkin. Bu talabning yuqori elastiklik holatidir. Va
aksincha, baholar o'zgarishi talabga kam ta'sir qiladigan holat talabning past
elastikligidir. Bu oxirgi holat zeb-ziynat predmetlari va hatto eng kerakli
mahsulotlarga ham tegishli bo'lishi mumkin. Masalan, skripka yoki astronomik
teleskopning bahosi ikki hissa pasayganda, ularga bo'lgan talab deyarli o'zgarmaydi,
chunki bu buyumlar tor doiradagi muxlislarga kerak va ularni bu buyumlarning
bahosi uncha qiziqtirmaydi. Boshqa tomondan, o'tinning narxi ikki marta oshsa ham
unga bo'lgan talab kam qisqaradi, chunki kish sovugida issik o'tirish uchun boshqa
narsalardan voz kechiladi. Shunday qilib, talab funksiyasi turlicha bo'ladi va turli
egri chiziqlar bilan ifodalanadi, lekin unisi muhimki, bu funksiya uzluksizdir, ya'ni
bahoning cheksiz kichik o'zgarishiga talabning cheksiz kichik o'zgarishi mos keladi.
Bu iqtisodiy prinsip, ya'ni tamoyil bozor qanchalik keng va iste'molchilar orasidagi
kombinasiyalar soni qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik to'laqonli amalga oshadi.
Ba'zi hollarni istisno qilganda, uzluksiz funksiyalarni differensiyalash mumkin.
Kurno birinchi marta oliy matematika (matematik analiz)ni iqtisodiyotga bevosita
qo'llash mumkinligini isbotlab berdi va bu favqulodda muhim va kelajagi bor bo'lgan
talab va tovarning bahosi o'rtasidagi o'zaro bog'lanish misolida qarab chiqilgan.
Mazkur tovarning ma'lum f(p) ko'paytmaD yoki psoni uchun umumiy tushum,
ya'ni pul miqdori funksiyasi p shaklida izohlanishi mumkin. Kurno bu funksiyani
differensiyalaydi va uning maksimumini kidiradi, bunda har bir tovar ishlab
chiqaruvchi «iqtisodiy odam» sifatida o'z daromadining imkoni boricha yuqori
bo'lishiga intiladi. Turli o'zgartirishlar orqali eng yuqori tushum (daromad)ga
tegishli tovar bahosi topiladi.
Bu baho talab funksiyasi ko'rinishiga, ya'ni uning elastiklik (egiluvchanlik)
xarakteriga bog'liq. Ravshanki, har doim ham eng yuqori baho maksimum tushumni
beravermaydi, bir qancha sinovlardan so'ng sotuvchi tomonidan belgilanadigan aniq
bir baho tufayli eng katta daromad olinadi. Kurno o'z tahlilini eng oddiy holatdan
boshlaydi, masalan, tabiiy monopoliyani oladi. Masalan, bir odam xususiyatlari
bo'yicha juda noyob ma'danli suv chiqadigan buloqqa egalik qiladi, deylik. Suv egasi
eng yuqori daromad olish uchun qanday bahoni qo'yishi kerak? Bu savolga javob
berish uchun Kurno nisbatan ancha murakkab bo'lgan holatlarga o'tadi, yangi
omillarni (ishlab chiqarish chiqimlari, raqobat va boshqa cheklashlar...) kiritadi.
U duopoliya (2 ta raqobatchi monopoliya), soni cheklangan raqobatchilar va
erkin raqobat (ko'pchilik) holatlarni tahlil qiladi. Shunday qilib, Kurno modelida
XIX asrda ro'y bergan tarixiy taraqqiyot jarayonlarga teskari (aslida rivojlanish erkin
raqobatdan monopoliyaga qarab borgan) holatlar qarab chiqilgan.
Butun tahlilda yagona metod (uslub)dan foydalanilgan, bozor sharoitiga qarab talab
funksiyasining ekstremal miqdorlari turli holatlarda aniqlanadi. Bu tadqiqotning
matematik aniqligi va mantiqiyligi kuchli taassurot qoldiradi. Bu olimning asarlari
va iqtisodiy g'oyalari o'z davrida to'liq tushunilmadi, ko'pchilik uchun u chet tili kabi
notanish bo'ldi.
Kurno konsepsiyasida mehnatning kapital tomonidan ekspluatasiya qilinishi,
inqirozlar va kapitalizmning boshqa illatlari inkor etiladi. U muomala sohasida
vujudga keladigan baholarnigina tahlil etadi va ishlab chiqarish bilan hech qanday
bog'lanmaydi.
Deyarli Kurno bilan bir vaqtda (hatto undan sal oldin) nemis olimi Iogann
Genrix fon Tyunen (1783-1850) boshqa iqtisodiy modelni yaratdi va Kurno
g'oyalarini empirik (amaliy) material bilan to'ldirdi. U o'zi Shimoliy Germaniya
yunkeri (pomeshchigi) sifatida qishloq xo'jaligi bilan bevosita shug'ullandi va
o'zining iqtisodiy modelini taklif qildi. Uning modeli bo'yicha xo'jalik doira shaklida
ifodalanib, markazida shahar (qishloq xo'jalik mahsulotlarining yakkayu-yagona
iste'molchisi) va atrofida bir xil unumdorlikdagi tuprog'i bo'lgan yopiq hudud
tushuniladi. Bu modelni tahlil etib u bir qancha muhim qisqacha xulosalarlarni
chiqardi: qishloq xo'jaligi turli tarmoqlarini samaradorligi pasayib boruvchi
konsentrik doiralar bo'yicha joylashtirish optimal natijalar beradi. U o'z xo'jaligidagi
harajatlar va natijalar bo'yicha nihoyatda yaxshi hisob-kitob ishlarini yo'lga qo'ydi.
Tyunen, xususan, shahardan qaysi masofada etishtirilgan mazkur bahodagi qishloq
xo'jalik mahsulotiga transport harajatlari va ishlab chiqarishning norentabel
bo'lishini hisoblab chiqdi. Agar Kurno kitoblari abstrakt matematik iqtisodiyotning
boshlanishi bo'lsa, Tyunenning hisob-kitoblari esa ekonometrika, ya'ni matematik
ekonomikaning asosi hisoblanadi va statistik informasiyani, faktik miqdorlarga
asoslangan empirik modellar ishlab chiqishni o'z ichiga oladi.
I.G. fon Tyunen yagona kitob yozgan bo'lib, unda
davlatning qishloq xo'jaligi va milliy iqtisodga munosabati
masalalari yoritiladi. bu asar ham o'z zamondoshlari
tomonidan deyarli tan olinmadi, to'g'rirog'i - tushunib
etilmadi. Olim faqat empirik iqtisodiy-matematik modellar
yaratish
bilangina
cheklanmadi,
u
Smit
tomonidan
boshlangan, ammo oxiriga etmagan daromadlar taqsimotini
tadqiq qildi. Rikardoning ishlaridan bexabar holda bu
masalani ancha mukammal hal etdi, differensial renta g'oyasini qiymatning mehnat
nazariyasi asosida rivojlantirdi.
I.G.Tyunen Uning tadqiqotlarida iqtisodiy jarayonlarni tekshirishda cheksizlik
uslubi keng qo'llaniladi. Uning fikricha, har qanday iqtisodiy jarayon ketma-ket
kichik orttirmalar yo'li bilan rivojlanadi, bu rivojlanish ma'lum bir chegaraga ega
(ya'ni u chegaraviy), ma'lum holatgacha borib, unda keskin sifat o'zgarishi ro'y
beradi. Shunday yo'l bilan ma'lum muvozanat yoki optimal holat yuzaga keladi. U
shunday usulni mehnat va kapital (ya'ni ishchi kuchi va mashinalar)ni o'zaro
to'ldirish jarayoniga va ishlab chiqarishning optimal tarkibini shakllantirishga
qo'lladi.
Keyinchalik iqtisodiyot fanida kichik orttirmalar va cheklangan sharoitlar
uslubi marjinalizm (fransuzcha la marge va inglizcha margin - chekka, chegara
mazmuniga ega) nomini oldi (bu yo'nalish to'g'risida alohida gapiriladi).
Umuman, iqtisodiyotda matematik usullar haqida gap borar ekan, uning tarixi
XIX asrning o'rtalarida boshlanib, hozirgi davrda iqtisodiyot fanining muhim
tarkibiy qismiga aylandi. Matematika usullarini qo'llash hayot talabi bo'lib qoldi. O'z
davrida kichik korxona, firmani boshqarish uchun rahbardan amaliy fikr-mulohaza
etarli edi. Hozirgi zamon korxonasida ishlab chiqarishni boshqarish, moliya tizimi,
mahsulotni sotish butunlay boshqa talablarni qo'yadi. Bu erda fan, texnika, iqtisodiy
kibernetika, matematik usullar (boshqarish, nazorat, aloqa, hisob-kitob) birinchi
o'ringa chiqadi.
Yangi iqtisodiy masalalarni echish uchun (ishlab chiqarishning optimal, eng
rasional variantini tanlash, kapital qo'yilmalar, moddiy ta'minot va boshqalar) bu
usul qo'l kelmoqda. Elektron hisoblash mashinalari, kompyuterlarni qo'llash tufayli
ko'p murakkab masalalarni echish mumkin bo'lyapti.
9-mavzu:Bozor iqtisodiyotiga muholif – sotsialistik yo`nalish mohiyati va uning
tarixiy taqdiri
-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUHOLIF IQTISODIY
FOYALARNING VUJUDGA KELISHI
11.1. XIX asrning birinchi yarimida islohotchilik ilmiy konsepsiyalarining
shakillanishi
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to'ntarishi katta ijtimoiy-iqtisodiy
o'zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha tanqid qiluvchi
nazariy maktablarni shakillanishiga etarli zamin tayyorladi. Bu nazariy maktablar
umuman klassik iqtisodiy maktabga muholif bo'lib uch asosiy yo'nalishda: iqtisodiy
romantizm, hayoliy sosiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo'nalishida
rivojlandi. Bularningasosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan
birga ulardan o'zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzilish
modelini taklif qildilar.
Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga qarama-
qarshi g'oyalarning ba'zilari bilan yaqindan tanishamiz.
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab chiqarish
ustun bo'lgan sharoitda sanoat to'ntarishi davriga kirayotgan mamlakatlarda bu
tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar manfaatini nisbatan bergan
iqtisodchilarni paydo bo'lishi tabiiy bir hol edi. Mayda ishlab chiqaruvchilar
nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga ham, hayoliy-sosialistlarga ham bab-
barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy ta'limotni ilgari surishga intildilar. Ular
kapitalistik jamiyatning mayda tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma
mehnatni kengaytirish bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy
mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar.
XIX asrning birinchi choragida iqtisodiy ta'limotlarda shuningdek, ilk bor
ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko'rsatila boshlandi. Chunki
aynan mana shu davrdan boshlab sanoat ishchilarga rasman shakllandi va ularga xos
muammolar ko'zga tashlana boshlagan edi.
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari «iqtisodiy romatizm» ga xos
islohotchilik xarakatlarini targ'ib qilib, o'z rivojida bir necha bosqichni bosib o'tdi.
Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz kechishni orzu qilgan, uni
cheklab qo'yishga intilgan ishchilarning kullafatlari xususida astoydil ko'z yoshi
qilgan bo'lsa, ikkinchi bosqich maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini
ilgari surib «kichik kapitalizm» ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida
ta'kidlash zarurki, markscha-lenincha ta'limotdan farq qilib, ya'ni «inqilobga qarshi»
deb atalgan yo'nalishdan yuz o'girib, «Iqtisodiy ta'limotlar tarixi» alohida yo'nalish
hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini, ta'limotlari o'rganish
nithoyatda zarurdir. Chunki ilmiy maktab vakillari o'z davrlarida klassik iqtisodiy
maktab vakillarini tanqid qilib, hayoliy soialistlar g'oyalariga qarshi kurashdilar,
marksizm ta'limoti ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
Biz ushbu bobda mana shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, P.Prudon,
K.Rodbertusning iqtisodiy ta'limotlariga xos xususiyatlar ularning uslubiyati bilan
yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy meros ma'lum darajada uzoq davr
davomida turli mamlakatlardagi iqtisodiy qarashlarning shakllanishiga katta ta'sir
o'tkazib keldi.
11.2. S.Sismondining iqtisodiy qarashlari, uning mayda ishlab chiqarish
nazariyasi
Jan Sharl Leonardi Simond Leonard de Sismondi (1773-1842)
Shveysariyada tug'ilgan, fransuz klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga etkazuvchi va
ayni vaqtda mayda siyosiy iqtisodning asoschilaridan biridir. U mu'tabar protestant
pastor oilasida tug'ilib voyaga etdi. protestantlar kollegiyasini bitirib chiqdi, Jeneva
universitetida o'qidi. siyosat bilan unchalik ko'p vaqt shug'ullangani yo'q, Fransiya
ma'naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a'zosi etib saylandi.
S.Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga oshirib, boy ilmiy-
adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo'jaligining ko'rinishi» (1801 y.),
«Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularning savdo qonunchiligida
qo'llanilishi to'g'risida» (1803 y.), «Italiya respublikalarining tarixi» (1807 y.),
1818 yilda esa «Edinburg ensiklopediyasi» uchun «Siyosiy iqtisod» maqolasini
tayyorladi, lekin «Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi
nufusiga munosabatlari to'g'risida» (1819 y.) kitobining nashr qilinishi uning
shuhratini yanada oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837
y.) va fundamental tarixiy asarlar hisoblangan «Fransuzlar tarixi» (31 tom), «Rim
imperiyasi qulashining tarixi», «Italiya ozodligi tiklanishining tarixi» va boshqa
asarlari nashr qilindi.
Sh.Sismondi g'oyalarining shakllanishi, sanoat to'ntarishi
davri bilan, shuningdek mayda ishlab chiqaruvchilarning
iqtisodiy kuchsizlanishi bilan bog'liq bo'lib, bu esa o'z
navbatida
kapitalizmning
feodalizm
ustidan,
yirik
mashinalashgan
ishlab
chiqarishning
mayda
ishlab
chiqarish ustidan g'alabasini anglatar edi.
S.Sismondi ijodini o'rganish metodini ayrim xususiyatlarini
klassik iqtisodiy maktab vakillari bilan tenglishtirishimiz
mumkin. Aynan o'ziga xos uslubiyot iqtisodiyot faniga quyidagi yangiliklarni olib
kirdi.
Birinchidan, Klassiklardan farq qilib, xukumatlar
Sh. Sismondi boylikni taqsimlash va tartibga solishni boshqarishni o'z
qo'llariga olishlariga xayrihohlik bildiradi. Unda aynan xukumat ishlab chiqarishni
kengaytirmasdan «uchinchi shaxslar» manfaatlariga mos yo'l ochib beradi.
Ikkinchidan, siyosiy iqtisodda ilmiy abstraksiya usulini qabul qilmaslik.
S.Sismondi, A.Smit izdoshlarini abstraksiyaga berilib insonlarni umuman
unutganliklarini, natijada fan ularni izlanishlarida turli amaliyotlardan ajralib qoldi
deb qisqacha xulosalar qiladi.
Uchinchidan, A.Smitning «iqtisodiy inson» doktrinasini inkor etish.
S.Sismondi klasiklarning har bir alohida olingan inson manfaatlari umumiy
manfaatlarini shakllanishiga sababchi degan fikrga umuman qo'shilmaydi. Uning
fikricha har qaysi inson o'zining shaxsiy manfaatlarini o'zgalar hisobiga amalga
oshirish bilan mavjud turli imkoniyatlarni ishga solar ekan, bu erda har
sanoatchining erishgan yutug'i o'z navbatida o'zga sanoatchini xonavayron bo'lishiga
olib keladi.
To'rtinchidan, ilmiy texnika progresini jadallashuvi jamiyat ravnaqidagi
ob'ektiv zaruriyatligini tan olmaslik. Quyidagi uslubiy holatni izohlab S.Sismondi
shunday deydi: «garchan mashinalar ixtirosi insonlar uchun katta qulaylik bo'lsada,
ammo ular (mashinalar) yaratgan foydani adolatsiz taqsimlanishi, kambag'allar
uchun ofat keltiradi».
Beshinchidan, iqtisodiy tahlilda funksional usulni qo'llash maqsadga
muvofiqligini e'tirof etish. Bu holat siyosiy iqtisodda tobora yangi tus olayotgan
sabab va oqibatni tan olish demakdir.
Oltinchidan, iqtisodiy tahlilda iqtisodiy faktorlar bilan birga noiqtisodiy
faktorlarning ham o'rin olishi. Din, tarbiya, vijdoniylik va boshqalar insonlarning bir
maqsadga yaqinlashtiriuvchi faktorlar deb belgilanadi.
S.Sismondi mayda ishlab chiqarish pozisiyalarida turib, kapitalizmni tanqid qilib,
mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi.
Uning qarashlari rivojida ikki bosqich ko'zga tashlanadi. Avval boshda
S.Sismondi A.Smit ta'limotining, klassik siyosiy iqtisodning tarafdori bo'lib chiqdi.
U o'zining dastlabki asarlaridan biri - «Savdo boyligi to'g'risida...» kitobida (1803
y.) sanoat to'ntarilishining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va imkoniyatlarini yuksak
baholadi. S.Sismondi Angliyaga ikkinchi marta borib kelganidan keyin endi
kapitalizmni, shuningdek klassik maktabni qattiq tanqid qila boshladi.
«Siyosiy iqtisodning yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga
munosabatlari» (1819 y.) kitobi uning shuhratini yanada oshirdi. S.Sismondi
odamlar baxt va tenglikni ta'minlash uchun birlashdilar, degan fikrga asoslanadi. U
mayda ishlab chiqarishni ko'klarga ko'tarib maqtaydi, mehnatkashlarning
manfaatlarini himoya qilishga intiladi, hammaga hamdardlik bildiradi, fabrikaga oid
qonunlarni tabriklaydi, bolalar mehnatining ekspluatasiya qilinishini qoralaydi.
Kapitalizmni ijtimoiy adolatdan mahrum bo'lgan jamiyat deb ma'lum qiladi.
S.Sismondi iqtisodiy qarashlarining sistemasida daromad to'g'risidagi ta'limot
alohida o'rin olishini kitob nomining o'ziyoq ko'rsatib turibdi. U taqsimotning
ko'pdan-ko'p muammolari to'g'risida fikr bildiradi. Kapitalni, krizislarni, mahsulotni
realizasiya qilish masalalarini tadqiq etadi, jamiyatni o'zgartirishning mayda
burjuacha dasturi (programmasi) ni ilgari suradi.
A.Smitning ta'limotida mehnat qiymat va boylikning birdan-bir manbai deb
tahlil qilingan edi. Zarur ish vaqti tushunchasi birinchi bor joriy etildi. S.Sismondi
pul ichki qiymatga ega bo'lgan mehnat mahsulotidir va shu sababli qiymatning
umumiy mezoni tarzida namoyon bo'ladi, degan to'g'ri qisqacha xulosalarga keldi.
Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog'oz pullar muomalaga chiqarilishi haddan oshib
ketishining natijasi, deb talqin etiladi. Ammo u pulning vujudga kelishi jarayonini,
uning vazifasini tadqiq etmaydi. S.Sismondi iste'mol qiymat o'rtasidagi ziddiyatni
ko'ra bilgan bo'lsa ham, ammo uning mohiyatini tushunmaydi. U qiymatdan chetga
chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb hisoblaydi. S.Sismondining ta'biricha,
ijtimoiy fan ikki qismdan: oliy siyosat va siyosiy iqtisoddan iborat, agar siyosat
davlat tartibining qanday vujudga kelishini o'rgatsa, fuqarolarni diyonat va din
ruhida tarbiyalasa, siyosiy iqtisod xo'jalikni qanday boshqarishni, ijtimoiy tartibni
saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. Umuman siyosiy iqtisod ma'naviy fan
bo'lib, u odamlarning his-tuyg'ulari, ehtiyojlari va ehtiroslarini o'rganishi kerak.
S.Sismondining fikricha, «odamlarning moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy
iqtisod predmeti bo'lishi kerak, «odamlarning moddiy farovonligi» esa davlatga
bog'liq. S.Sismondi siyosiy iqtisod predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan
ayni bir narsa deb bildi, uni sinflardan ustun turadigan fan deb talqin etdi. Ishlab
chiqarish munosabatlarini, iqtisodiy qonunlarni bilish zarurligini inkor qildi. U
insonning fe'l-atvorini birinchi o'ringa qo'ydi.
S.Sismondi uslubiyoti (metodologiyasi)ga 1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
sub'ektiv-idealistik talqin etish; 2. Ilmiy abstraksiya usulining yo'qligi; 3.Tarixdan
tashqari yondashuv; 4. Ayirboshlash konsepsiyasi xosdir. Mayda burjua
nazariyotchisi bo'lgan S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning ob'ektiv xarakterini tan
olmadi. U kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini haqli ravishda ko'rsatgan
bo'lsa ham, bu narsa iqtisodiy qonunlar amal qilishining o'ziga xos tarzda namoyon
bo'lishi ekanligini ko'ra bilmadi. U o'zining rahmdillik bilan (sentimental) qilgan
tanqidini ijtimoiy fanning alohida usuli darajasiga ko'tarishga intildi. S.Sismondi
insonni unutib, abstraksiyaga berilgan A.Smit va uning tarafdorlarini qattiq tanqid
qildi. U kapitalizm ko'p mamlakatlarda amal qila boshlagan bo'lishiga qaramay,
kapitalistik rivojlanishdan voz kechish mumkinligini asoslamoqchi bo'ldi. U iste'mol
ishlab chiqarishdan ustun degan fikrga asoslandi. Butun iste'molni shaxsiy
iste'moldan iborat deb bildi.