O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT CHET TILLARI INSTITUTI
SHARQ TILLARI FAKULTETI
KOREYS FILIOLOGIYASI
KURS ISHI
MAVZU: KLASSIK KOREYS ADABIYOTI NAMUNALARI
SAMARQAND 2023
1
MUNDARIJA
KIRISH.................................................................................................................4
I BOB. Koreys adabiyotining ilk namunalari
1.1. Ilk adabiyotning epik an‘analar orqali ifodalanishi........................................7
1.2 Din va uning asarlar orqali aksi.....................................................................9
II BOB.Koreys klassik nasri va nazmi..............................................................14
2.1 Koreys klassik nasri......................................................................................14
2.2 Koreys klassik nazmi.....................................................................................16
XULOSA..............................................................................................................29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR............................................................30
2
ANNOTATSIYA
Ushbu kurs ishida koreys adabiyotining ilk bosqichlari va klassik koreys
adabiyotining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan. Ilmiy ishni
o‘rganish faoliyatidagi muhim ko‘nikma va malakalarni egallashda ushbu kurs ishi
muhim manba sifatida tadqiq etildi. Yana koreys nasrining o‘ziga xosligi realistik
tendensiyalarning kuchayishi, xalqning kundalik hayotiga chuqur kirib borishi,
oppozitsiya
metodidan
keng
foydalanishi,
hikoyaning
rang-barangligi-
qahramonning o‘zi haqida hikoya qilishi haqida so‘z boradi
3
KIRISH
Respublikalar mustaqillikka erishgach, turli sharq va gʼarb xalqlari adabiyoti
namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, ularning ilmiy-badiiy izlanishlarini olib
borish borasida ko‘plab samarali ishlar amalga oshirildi. Jahon xalqlari adabiyotini
o‘rganish, ulardagi umuminsoniy hodisalar bilan o‘zbek o‘quvchisini tanishtirish
biz, sharqshunos olimlarning vazifalaridan biridir. Shunday ekan, sharq va garb
ilm-fani, adabiyoti bilan tanishish bugungi kun uchun muhim ahmiyat kasb etadi.
Xususan, xitoy adabiyoti, ayniqsa uning zamonaviy namunalari ham bundan
mustasno emas. 1Ushbu sohada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham davom
ettirmoqda. Yoshligidan Prezidentimiz, yurtimiz aholisi va ayniqsa yoshlarning
intellektual xavfsizlikni taʼminlash masalalarini adabiyot surʼatiga olib keladi.
Xususan, 2021-yil 12 “Kitob hosil qilish chop etish va tarqatish yaxshilash, kitob
mutoalasi kitobxonlik madaniyatini mustahkamlash hamda targ’ibot qilish
bo‘yicha komissiyasini tashkil qilish to‘g‘risida” farmoyish berdi. Mazkur
farmoyishga dasturiy taʼminot, hozirgi jihatdan yuksak, intellektual saviyani
o‘stirishga xizmat ko‘rsatgan kitoblarga talabni berganish, shu jumladan, ijtimoiy
so‘rovlar uchun ochish, nashriyotlar yordamida ishlab chiqarilgan badiiy, ma’rifiy,
yoshlarning dunyoqarashini kengaytiradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, adabiyotshunoslikdan chuqur bilim olish uchun rus
va boshqa tillardagi adabiyotlardan ham foydalanish Sizldi maktabda rus tilidan,
keyingi paytda ommalashib borayotgan ingliz tilidan yetarli bilim olgansizlar. Endi
o‘sha bilimlaringizni amalda qo‘llashingiz, lug'at yordamida bo‘lsa ham boshqa
tillardagi adabiyotlardan foydalanishingiz bilim doirangizni kengaytiradi, yetuk
mutaxassis bo‘lishingizda asos bo‘lib xizmat qiladi. Zero, boshqa tillardagi
adabiyotlar orqali xorijdagi adabiyotshunoslik haqida tasavvur hosil qilish,
ulaming yutuqlarini ilmimizga tadbiq etib boyitish imkoniga ega bo'lasiz. Hozircha
kutubxonalarda asosan koreys tilidagi adabiyotshunoslikka oid kitoblar bo‘lsa-da,
1 Prezident: xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo’ladigan yangi tizimni yo’lga
qo’yish vaqti keldi. Videoselektrdan
4
mamlakatimizning dunyoga yuz ochayotgani sabab endilikda boshqa tillardagi
adabiyotlar ham asta-sekin paydo bo'lmoqda.
Mavzuning dolzarbligi: Klassik koreys adabiyoti dunyo tan olgan asarlardir.
Bu asarlarning Koreys adabiyotidagi o‘rni beqiyos. Diqqatingizga havola
etilayotgan ushbu kurs ishi oʻz janr tamoyillariga koʻra bir-biri bilan uzviy bogʻliq
boʻlgan 2 ta alohida boʻlimdan iborat. Kurs ishidagi har bir bo‘lim boshlanishidan
oldin janrning oʻzgachaligi haqida ma’lumotlar berilgan. Muayyan bo‘limda
berilayotgan asarlarning qisqacha tahlili keltiriladi. Janrning mazmun-mohiyati,
oʻziga xos xususiyatlari ochib beriladigan koreys adabiyoti oʻrnaklarini
koʻrsatishga harakat qilingan.
Kurs ishining vazifasi: Klassik koreys adabiyoti asarlarning xususiyatlarini
o‘rganish.Yuqoridagi aytib o‘tilgan maqsaddan kelib chiqib quyidagilarni kurs
ishimizning asosiy vazifasi etib belgiladik:
Klassik koreys adabiyotini o‘rganish va tatbiq etish;
Klassik asarlarning o‘ziga xosligini, adabiy yo‘nalishlarni topish.
Shu ko‘nikmalarga asoslanib kurs ishining vazifasi qilib oldik.
Kurs ishining obyekti: Klassik koreys adabiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar
ishimizning obyekti hisoblanadi.
Ilmiy ishning o‘rganilish darajasi: Mazkur mavzu bo‘yicha ilmiy maqolalar,
taqrizlar e’lon qilingan. Xalqaro va mahalliy miqyosdagi konferensiyalarda ilmiy
ma’ruzalar va ularda biz tatbiq etayotgan mavzuning ayrim jihatlarigagina
yoritilgan.
Ishning tuzilishi: Kurs ishi o‘ttiz sahifadan iborat bo‘lib, kirish, ikki bob,
xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
5
I BOB. KOREYADA ILK ADABIYOT NAMUNALARI
1.1. Ilk adabiyotning epik an’analar orqali ifodalanishi
Koreys adabiyotining ilk davridan bizgacha asosan kichik-kichik parchalr yetib
kelgan. U haqda bilvosita ma'lumotlarga muvofiq va ko‘p jihatdan taxminiy hukm
chiqarish mumkin. Koreys adabiyoti milodning dastlabki asrlarida birinchi
davlatlar tashkil topishi va yozuv an’anasi paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan.
Yangi davlat tuzilmasi yoki yangi sulolaning shakllanishi har doim ma’naviy
hayotda o'zgarishlarga sabab bo‘lgan va qayta qurish davrlariga asos solgan.
Tabiiyki, bu hol mazkur o‘zgarishlar o‘zanida yashagan adabiyotda ham o‘z aksini
topgan. Har bir davr o‘z mavzularini taklif qilgan va muayyan janrlarga
moyilliklarni namoyon etgan. Shu sababli an’anaviy koreys adabiyotini ilk
davlatlarning mavjudligi, so‘ngra sulolalar hukmronligi bilan bog‘liq bo‘lgan
davrlarga bo‘lib o‘rganish qulaydir. İlk adabiyot dastlabki davlatlar paydo bo‘lishi
va davlatchilikning shakllanishi bilan bog‘liq. Ayniqsa bu davrdan yodgorliklar
kam saqlanib qolgan, ba’zi bir asarlarning nomlari va keyingi davrdagi tarixiy
asarlarga kiritilgan ayrim parchalarigina bizgacha yetib kelgan. Mazkur
materiallarga muvofiq ilk davr tarixiy nasming rivojlanishi bilan tavsiflangan, deb
faraz qilish mumkin.
2Ilk koreys davlatlarining paydo bo‘lishi haqida hikoya qiluvchi tarixiy asarlar
birinchi o‘ringa “asoschi”ni chiqaradi. Mazkur “asoschi”, odatda, kelib chiqishning
g‘ayrioddiyligi va hatto o‘zga dunyodan kelgani bilan tavsiflanadi. Uning vazifasi-
“g‘arib” hududni obod etish va “tarqoq” xalqni uyushtirishdan iboratdir. Bunday
shaxs davlat asoschilari haqidagi rivoyatlarning bosh qahramoni sanalgan.
Bizgacha asosan koreys va xitoy tarixchilarining asarlariga kiritilgan matnlar yetib
kelgan. Ilk koreys davlatlari asoschilarining mo‘jizaviy tug‘ilishi va g‘ayrioddiy
qilmishlari haqidagi rivoyatlarni yozib olish va saqlashga alohida e‘tibor berilgan,
chunki asoschi-podsholarning g‘ayrioddiy kelib chiqishi va ajoyib jasoratlari
ularga Osmon tomonidan berilgan hokimiyatning “qonuniyligi” belgisi sifatida
2 Eltazarov J., Kim In Te. Janubiy Koreya: o’tmish va bugun. Samarqand: SamDU nashriyoti, 2002. - 82 b.
6
qaralgan. Gap shundaki, mazkur belgilarga doir ma‘lumotlarni sinchkovlik bilan
tanlash koreys tarixiy adabiyotining negizi sanalgan konfutsiychilik tarixnavislik
an‘analariga xos bo‘lgan. Xalq og‘zaki ijodining individual ijod unsurlari mavjud
bo‘lgan barcha asarlari uzoq vaqt og‘zaki shaklda mavjud bo‘lgan. Asrlar
mobaynida folklorga oid materialning tabiiy tanlanish jarayoni yuz bergan:
syujetlar va uslub takomillashib borgan. Tarixiy rivoyatlar ilk koreys adabiyoti
uchun jonli an’ana bo‘lgan. Ularga rasmiy tarixiy asarlar chonsa tuzuvchilarigina
(masalan, Kim Busik) emas, balki norasmiy tarixlar yasa mualliflari, xususan "Uch
davlat davridan qolgan voqealar" muallifi Kim Iryon ham tayangan. Bu tarixchilar
o‘z asarlarida nasriy asarlar vujudga kelishiga asos solgan milliy epik asarlarga
keng o‘rin berganlar. Koguryo davlati asoschisi Tonmyon-Chumon haqidagi
rivoyatlar va Choson davlati asoschisi Tangun - Vangom haqidagi rivoyat ayniqsa
salmoqli o‘rin egallaydi. Koreys rivoyatlari va afsonalari bilan sehrli ertaklar
o‘rtasida yaqin aloqa mavjud, ba’zan hatto qayerda afsona tugashi va ertak
boshlanishini aniqlash ham qiyin, ertak syujetini esa mamlakatning real tarixidan
ajratish mushkul. Ayni shu sababli koreys folklorida qadimgi koreys davlatlari
Choson, Koguryo, Silla asoschilari haqida syujetlar juda ko‘p. Ularda afsonaviy
personajlar yarim tarixiy- yarim afsonaviy podsholar yoki Koreya qahramonlari
sifatida tasvirlanadi.
3Tangun haqida rivoyat Koreya yarimoroli hududidagi eng birinchi davlar
tuzilmasi-Choson asoschisi haqidagi rivoyat ilk bor Kim Iryonning “Samguk
yusa”-“Uch davlat davridan qolgan voqealar” asarida, shuningdek ayni shu XIII
asrda yaratilgan Li Sinxyuning “Imperatorlar va podsholar haqida qofiyaga
solingan hikoyalar” asarida tilga olinadi. Bungacha milodiy IV-V asrlarda tuzilgan
“Vey tarixi” ning variantlaridan biridagina Tangun ismi zikr etiladi. Ammo
zamirida ilk ajdodning tug'ilishi haqidagi arxaik tasavvur yotuvchi bu mif boshqa
miflardan keyinroq paydo bo‘lgan, deb hisoblash uchun asoslar yo‘q. “Samguk
3 Hоshimоv O‗. Tanlangan asarlar. Qissalar, hikоyalar, hajviyalar, o‗ylar. II
jild. – Tоshkеnt: SHarq, 2009. 448 b.
7
yusa” tili va uslubi sodda va lo‘nda bo‘lib, unda barcha asosiy qahramonlarning
ismlari aytilgan, lekin ularning vazifalari va faoliyatiga keng tavsif berilmagan.
Qadimgi hikoyalarda shunday deyilgan: bir vaqtlar Xvanning (Osmon podshosi
Indra shunday deb atalgan) o‘g‘li Xvanun yashagan ekan. Xvanun odamlar
orasida yashamoqchi bo‘libdi. Bu niyatini ro‘yobga chiqarish uchun u bir necha
marta yerga tushmoqchi bo‘libdi. Uning niyati haqida Xvanin xabar topibdi va
Xvanun odamlarga ko‘p foyda keltiradi, deb qaror qilibdi. U yerda Txebek degan
uch cho‘qqili tog‘ni tanlabdi, o‘g‘liga osmanning uch muhrini topshiribdi va uni
odamlarni boshqarish uchun yuboribdi. Xvanun Txebekning eng baland
cho‘qqisiga uch ming kishilik lashkari bilan tushibdi. Bu yerda muqaddas daraxt
o‘sgan joyda ruhlarga qurbonlik keltiriladigan joy tashkil qilibdi. Shundan beri bu
joyni Ruhlar makoni deb nomlaydilar va Xvanunni osmon hukmdori deb ataydilar.
Xvanun shamol, yomg‘ir va bulutlar ruhlarini boshqaribdi, har bir giyohga o‘sish
muddatlarini ko‘rsatibdi, odamlarning taqdirini hal qilibdi, kasallarni tuzatibdi,
jazolar tayinlabdi, yaxshini yomondan ajratishni o‘rgatibdi. Xullas, u yil o‘n ikki
oy yerda ishlarni boshqaribdi, odamlarga bu dunyoda to‘g‘ri yo'l ko‘rsatibdi O‘sha
zamonda bir g‘orda ayiq va yo‘lbars yashar ekan. Ular ko'pincha o‘zlarini odamga
aylantirishni so‘rab Xvanunga yolvorar ekanlar. Kunlarning birida Xvanun ularga
bittadan shuvoq poyasi va yigirma donadan sarimsoq berib, ularni yeyishni va yuz
kun quyoshga chiqmaslikni buyuribdi. Ammo yo‘lbars sinovga dosh berolmabdi
va odamga aylana olmabdi. Ayiq esa yuz kundan so‘ng ayolga aylanibdi. U uzoq
vaqt yolg‘iz yashabdi. U muqaddas daraxt qoshiga kelib sajda qilar va ruhlardan
farzand so‘rar ekan. Kunlarning birida Xvanun odamga aylanibdi va unga
uylanibdi. Ular o‘g‘il ko‘ribdilar va unga Tangun degan ism qo‘yibdilar. Yo‘lbars
yilida, xitoy podshosi Yao hukmronligining elliginchi yilida Tangun Pxen‘yan
qal‘asida poytaxtga asos solibdi, mamlakatni esa Choson deb nomlabdi. So‘ngra u
poytaxtni Pegaksan tog‘i yaqinidagi Asadal shahriga ko‘chiribdi va mamlakatni
bir yarim ming yil mobaynida boshqaribdi. Quyon yili taxtga o‘tirgan Chjou
podshosi Xuvan Choson mamlakatidagi yerlarni Szi-sziga hadya etibdi. Tangun
poytaxtni Chandangyonga ko‘chiribdi, o‘zi esa Asadalga qaytib kelibdi, keyinroq
8
odamlar dunyosini tark etibdi va tog‘ ruhiga aylanibdi. Shunda Tangun bir ming
to‘qqiz yuz sakkiz yoshga kirgan ekan. Bu yerda rivoyatning mifoligik asosini
yoritishi mumkin bo‘lgan bir necha jihatlarga e’tibor berish lozim. Birinchidan
samoviy personaj-Veda ta‘limotiga ko‘ra momaqaldiroq xudosi bo‘lgan Indraning
o‘g‘li Xvanun osmondan yerga tushadi va odamlarning hayotini yo‘lga soladi. Bu
yerda buddizm ta‘limotining ta‘siri namoyon bo‘ladi, zero mazkur ta‘limotni
tarqatish jarayonida ijobiy koreys xudolari botxisatvlarning ismlarini olganlar.
Hech shubhasiz, Indra bu yerda haqiqiy ismini biz hozir tiklashga qodir bo‘lmagan
qaysidir koreys arxaik oliy xudosining o‘mini bosgan Yana shu narsa aniqki, oliy
xudo yerga o‘z o‘g‘lini yuborgan va unga osmonning uch muhrini topshirgan.
Bizningcha, bu unsur rivoyatga keyinroq kiritilgan. Xitoyda, keyinchalik Uzoq
Sharqdagi boshqa mamlakatlarda ham muhr davlat hokimiyati timsoli sanalgan,
lekin, masalan, qadimgi xitoy miflarining birortasida ham muhr tilga olinmagan-bu
keyingi davr rivojlangan davlatchilik davriga xos unsur. Shuningdek Xvanun
o‘zining ilohiy kelib chiqishiga urg‘u berib, shamol, yomg‘ir va bulutlarning
ruhlarini boshqargani qayd etiladi. Darvode. Irvonning iverogliflarda bitilgan
matnida Osmon Osmon podshosi o‘glining “yordamchilari” xitoycha nomlangan.
Ayni hol “Samguk yusa” muallifi koreyscha bu’lmagan, lekin odatdagi timsollami
qadimgi xitoy manbalaridan o‘zlashtirgani va qadimgi xitoy xudolarining ismlarini
iyeroglif belgilari ostiga yashirgani bilan izohlansa kerak. Ikkinchidan, Xvanun
azob-uqubatlar zulmatidan o‘tib, odamga aylangan ayiq-ayol Unnyoga uylanadi.
Bu nikohdan qahramon-Tangun yer va osmon ittifoqining mahsuli sifatida
tug‘iladi. Koreys mifologik an'anasi ilk davlat asoschisi bo‘lgan qahramonning
tug‘ilishiga sabab bo‘luvchi ikki qarama-qarshi asosning uyg‘un birikishini
birinchi o‘ringa chiqaradi, ya’ni natijada uyg‘unlik qaror topadi. Rivoyatning bu
qismi jamiyatning tarixiy rivojlanishiga muvofiq o‘zgartirilgan ilk mifologiyaning
nafasini his etish imkoniyatini beradi. Aksariyat xalqlarning arxaik rivoyatlarida
hayvonlar o‘z qiyofalarini osongina o‘zgartiradilar va odamlarga aylanadilar.
Rivoyatning davomida mif tarixiy kontekstga kiritilgan-Tangunning podsholik
davri namunaviy imperator Yao hukmronlik qilgan davr bilan bog‘langan. Bu
9
imperator miloddan avvalgi uchinchi ming yillikda podsholik qilgani taxmin
qilinadi. Shundan keyingi xitoy tarixiy an’anasi Choson davlati asoschisi deb
nomlaydigan Szi-szi paydo bo'ladi, ya’ni Iryon asarida unga ikkinchi darajali rol
ajratilgan. Tangun esa dunyoviy ishlardan uzoqlashadi va o‘zining asl tabiatiga
qaytadi. Bu epik asarda dunyoning holatini belgilovchi osmon va yer
personajlarining o‘zaro munosabatlari sxemasiga muvofiq tuzilgan. Asarda
personajlar uchrashgunga qadar dunyoda tartibsizlik hukm suradi va ular
birlashgandan keyin dunyo uyg‘unlik holatiga keladi. Epik matnlar qadimda dunyo
qanday tasavvur qilingani va unda uyg‘unlikni quvvatlash qanday fikrlanganini
tushinish imkoniyatini beradi. Mazkur matnda xalqning madaniy tasavvurlari
mujassamlashgan, bu tasavvurlar vaqt o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketmagan, balki,
shu jumladan, adabiy asarlar yashashda davom etmoqda.
1.2 Din va uning asarlar orqali aksi
Koreya adabiyotining rivojlanishiga buddizm, daosizm, konfutsiychilik ham
sezilarli darajada ta’sir ko'rsatdi. “Garchi amalda bu diniy-falsafiy ta’limotlar
o‘rtasida rasmiy mafkura nomini olish huquqi uchun kurash borgan bo‘lsa-da,
badiiy adabiyotda ular nisbatan tinch-totuv mavjud edilar. 4Buddizm Koreyaga IV
asr oxirida kirib keldi. Uning ta'siri hukmron tabaqalarning manfaatlari bilan
bog‘liq edi. Li Gi Bek bu haqda shunday deb yozadi: Buddizm qirol hokimiyati
qo‘lida markazlashgan davlatni mustahkamlashga ko‘maklashuvchi eng qulay
qurolga aylandi. Bu tasodifiy bir hol emas, zero, buddizm o‘limdan so‘ng o‘z
siyratini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ta’limot bilan bog‘liq boʻlib, unga ko‘ra qul, agar
u dunyoviy hayotda ezgu ishlar qilgan bo‘lsa, narigi dunyoda rojaga aylanishi
mumkin. “Buddaviylikning Toza yer” deb nomlangan mashhur mazhabi vakillari
bu dunyodan uzoqlashishga, o‘z ichki dunyosiga chuqur berilishga chaqirganlar.
“Mazkur dunyoni ular toza yer”, “buddaviylar jannati” deb ataganlar. Buddaviy
rohib Vonxyo bu ta‘limotning otashin targ‘ibotchisi bo‘lgan. Buni Vonxyoning
4 Jahon adabiyoti‖ jurnali 2002 - 2006-yillar.
10
“Yusim annakto” (“Budda Amitaba podsholigi sari yo‘l”) deb nomlangan asari
ham tasdiqlaydi. Buddizmni keng yoyishga monastirlar, Budda haykallari, VIII
asrda Sokkuram, Pulguksa va boshqa ibodatxonalarning qurilishi ko'maklashgan.
Koryo sulolasining podsholik davrida (IX-XIV asrlarda) buddizm ayniqsa ravnaq
topgan va davlat mafkurasi maqomiga erishgan. Adabiyotning rivojlanishiga
buddizm bilan bir qatorda daosizm ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatgan.
Daosizm asoschisi sifatida Konfutsiyning zamondoshi, miloddan avvalgi VI asrda
podsho Chjou saroyida xizmat qilgan Lao-Szi e’tirof etiladi. Daosizm ta’limotiga
ko‘ra, tabiat va inson hayoti ilohiy samoviy qonunga bogʻliq emas, balki
narsalarning tabiiy yo‘li, qonuni - dao (put)ga asoslanadi. Hayotning tabiiy
qonunlari dao ga rioya qilish insonga o'z tabiatini butunlikda saqlab qolish
imkonini beradi. Daosizm dunyodagi hamma narsalarda qarama- qarshiliklar
kurashi yotadi, ular o‘zgarishda, harakatda: “bir xil narsalar ketib, boshqa xil
narsalar keladi, ba‘zi narsalar gullaydi, ba‘zilari so‘nadi”, deb hisoblaydi.
XII va XIII asrlarda daosizm ta’limotining dunyo va inson buyuk tabiatning
tarkibiy qismlaridir, degan g‘oyasi ayniqsa keng tarqaladi. Adabiyotning
rivojlanishiga
konfutsiychilik
ta’limoti
ayniqsa
kuchli
ta’sir
ko‘rsatadi.
Konfutsiychilik qonunlari - Xe gen onxes (Ota-onaga hurmat t‘g‘risida, podshoga
sodiqlik,
insonparvarlik
va
boshqalar
koreys
adabiyotining
eng
sara
namunalarining mazmun va mohiyatini tashkil etadi.
5Xalq og‘zaki ijodi, mifologiya an’analaridan foydalanish, oila-maishiy sohadagi
odatlar, diniy marosimlar va rasm-rusumlarni aks ettirish, o‘zining ilohiy kelib
chiqishini anglab yetish, Osmon podshosini madh etish, tog‘lar ruhiga sig‘inish
boshqa adabiyotlar singari, koreys adabiyotining ham muhim xususiyati
hisoblanadi. Sanab o‘tilgan aqidalar Birlashgan Silla davrida davlat ahamiyatiga
molik deb e’lon qilingan. Asarlarning ko‘pchiligi buddaviylik va konfutsiychilik
qarashlari bilan uzviy bog‘lliqdir. Bu narsa qadimgi Koreyada, Koguryo davrida
IV asrda buddizm va konfutsiychilikning qabul qilinishi, Gxexak maktabi (IV),
5 Sharafiddinоv О. O‗tkir Hоshimоv. Adabiy pоrtrеt. XX asr o‗zbеk adabiyoti
tariхi dasrligi. -Tоshkеnt: Fan, 2000. – 160 b.
11
Birlashgan Silla davridagi Kuxak maktabining ochilishi, Koryoda X-XIV asrlarda
buddizm davlat ideologiyasini Choson davrida (XIX asrlar) konfutsiychilikning
davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarishni taqozo etgan. Masalan, buddizm g‘oyalari
Volmyonning Marhuma opam haqida xyangasi, Ximyonning “Ko‘r bolaning
iltijosi”, “Kyunyoning Budda ta’limotlariga doimo amal qilaman”, «Qonun
g‘ildiragi orqaga aylansin,- deya iltijo qilaman va boshqa asarlar buddizm g‘oyalari
bilan sug‘orilgan. Ularda dunyoni uqubat va baxtsizliklardan xalos qiluvchi
Buddaning ulug‘ligi madh etilgan. Konfutsiychilik g‘oyasi hukmdorlarga sadoqat,
ota-onaga ehtirom va boshqa mavzulardagi turli davrlarda yaratilgan she’riyatning
turli janrlaridagi asarlarda kuzatiladi. Ular sevgi va quvonch hislarini uyg‘otuvchi,
olijanoblik fazilatlarga erishishni madh etuvchi Choson davri asarlarida o‘z aksini
topgan. Tabiat va ishq-muhabbat mavzusi koreys she’riyatining bir- biri bilan
chambarchas bog'liq mavzularidir. She’riyatda tabiat o‘ziga xos etnografik
xususiyatlar, ko‘p qirrali an’anaviy obrazlar tog‘, archa, kedr, bambuk, turna,
xrizantema va shunga o‘xshash narsalar, yilning turli fasllari xazonrezgi kuz,
muzaffar ilk bahor, kunning bo‘laklari erta tong, oqshom kabi. Tabiat tasvirida
daos qarashlari ifodasi ham kuzatiladi. Bu hayot tashvish- laridan uzoqlashib tabiat
qo‘yniga sho‘ng‘ish, lirik qahramonning dunyoni his qilishidagi uyg‘unlik, huzur
va shu kabilar. Yun Sondo, Li I, Li Xyonbo, Pak Xegvan, Men Sason, Chxve
Chivon va boshqalar peyzaj lirikasi ustalari hisoblanadilar. Bu asarlar orasida
sevgi-muhit mavzusidagi ishqiy she’rlar alohida o‘rin tutadi. Ularning
ko‘pchiligini ayriliq, firoq, javobsiz muhabbat, boy berilgan baxt motivlari tashkil
etadi. Nozik ruhiy kechinmalar, dardlar, sog‘inch, gʻam-qayg‘u noma'lum
mualliflar tomonidan yaratilgan “Ton-don” koryo kayosida, Xvan Jin (1506-
1544)ning Ey sevgilim senga nima qildim sijosida, Li Vonik (Ori)ning (1547-
1694) Kapalak va arilarning qayg‘usidan ne foyda sijosida, Chxon Chxolning
“Sevgilimni sog‘inaman”, Kim Minsun (XIX asr)ning “Oh, meni dardlar ezar”
she’ri va boshqa asarlarda katta mahorat bilan ochib berilgan. Ba’zi asarlarda
satirik xususiyatlar, dolzarblik, ijtimoiy nuqsonlarni fosh qilinishini ko‘ramiz
(koreys she’riyatining turli janrlari va eng yaxshi namunalari: Qisqa qo‘shiqlar
12
Xyanga va Koryo kayo, Koryo qo‘shiqlari, qisqa qo'shiqlar Sijo yangi davr
qo‘shiqlari Chan-Sijo; ohangli satrlar Kasa va Chapka deb nomlangan bo‘limlarda
batafsil tahlil etiladi).
Koreys she’riyati o‘z taraqqiyoti mobaynida xitoy madaniyati va adabiyotidan
kuchli darajada ta’sirlandi. Choson davrida (XV- XIX asrlar), konfutsiylikning
kirib kelishi va uning rasmiy davlat mafkurasi sifatida tan olinishi hamda xitoy
mumtoz adabiyoti va xitoy tilining o‘rganilishi bilan xitoy qonunlariga taqlidchilik
jarayoni boshlanib ketdi, xanmun adabiyotining ahamiyati yuksaldi. Koreys
she’riyatida Konfutsiy ta’limotiga havolalar qilina boshlandi, xitoy lirikasining eng
yaxshi namunalariga murojaat qilish kuchaydi. Syuy Yun, Szun Bin, Men-szi, Li
Bo kabi qadimgi xitoy donishmandlarining traktatlarida keltirilgan fikrlardan
foydalaniladi, Sin, Xan, Tan va boshqa podsholiklarning sulolalari eslab o‘tiladi.
Biroq bularning hech biri klassik she’riyatning o‘ziga xos, ham shakl, ham
mazmun nuqtayi nazaridan o‘ta milliy poetikaning yaratilishiga o‘z ta’sirini
koʻrsata olmadi. Koreys adabiyoti I ming yillik boshlarida vujudga kelib bu
Koreya yarimorolida konfutsiychilik an’anasida yaratilgan davlat qurilishi ideallari
o‘zlashtirilgan davrda yuz bergan. Koreyada o‘z adabiy o‘qimishlilik an’anasi
vujudga kelgan, unda markaziy o‘rinni pand-nasihat ruhi bilan sug‘orilgan tarixiy
asarlar egallagan. Adabiyotda konfutsiychilik yo'nalishi shaxsning davlat
nanfaatlariga qaramligi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Milodning dastlabki asrlarida Koreyaga buddizm kirib kelgan. Koreya zaminida
o‘z talqinchilik va so‘ngra mustaqil falsafiy adabiyoti o‘sib ulg‘aygan, lekin koreys
adabiyotiga buddizmning ta‘siri kengroq bo‘lgan, u “maxsus” buddaviylik sohasi
bilangina cheklanmagan. Koreys adabiyotida buddaviylik sohasi shaxsning
jamiyatdan ma’lum darajada erkinligini, insonda individual asosni, haqiqatning
tagiga yetishga eltuvchi bu yo'lni tanlashda shaxsiy ijodiy faollikni nazarda tutgan.
Bir madaniyatdagi bu ikki oqim adabiyotda o‘ziga xos ifodasini topgan. Miloddan
avvalgi III asrlar chegarasida Koreyaga iyeroglif yozuvi kiririb kela boshlagan.
Milod boshida iyeroglif yozuvini o‘zlashtirish Koreyaga Uzoq Sharq madaniy
merosi bilan oshno bo'lish va o‘z adabiyotiga yozma tus berish uchun imkoniyat
13
yaratadi. Xanmunda (ya'ni koreyslashtirilgan xitoy ven‘yanida) asarlar yaratiladi,
ular bilan bir qatorda ona tilidagi nutqni xitoy iyerogliflari yordamida yozish
usullari-iduda yaratilgan asarlar amal qiladi. Koreys adabiyoti o‘zining vujudga
kelish davrida ayniqsa folklorga faol murojaat etadi. Epik ijod, masalan, tarixiy
asarlarda davlat ideali munosabati bilan o‘zlashtiriladi; u Budda tarjimai holidan
ruhlanadi va o‘sha davrning yirik shoirlari uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat
qiladi. Miflar, rivoyatlar, shamanlarning afsonalaridan buddaviy mualliflarning
asarlarida foydalaniladi, chunki mahalliy folklorga qiziqish buddizm an'analariga
muvofiq keladi. Koreys madaniyatiga yozuvda qayd etilgan matn va og‘zaki
xabarni qarama-qarshi qo‘yish xos bo‘lgan. Yozma matn noyob, muhim,
ishonchga loyiq manba sifatida qadrlangan, og‘zaki xabarning qimmati ham, unga
ishonch ham kam bo‘lgan. O‘sha davr mualliflari nuqtai nazaridan hamma narsa
ham tubandan yuksak darajaga ko‘tarishga loyiq sanalmagan, ya’ni hikoya
qilingan voqealarning barchasi ham yozuvda qays etilavermagan. Muallif o'z
asariga kelib chiqishi og‘zaki bo‘lgan materialni kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishi
uchun u yozuv ko‘rinishdagi materialni olishi, manbaga havola qilishi yoki
o‘zining og‘zaki manbaga murojaatini ishonarli tarzda asoslashi talab etilgan.
Shunday qilib, Koreya yarimoroliga konfutsiychilik va buddizmning kirib kelishi
koreys adabiyotining shakllanishiga ancha kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ba’zan bu ta’sir
poetik shaklni, asarlarning mavzulari va syujetlarini tanlashda sezilgan, ba'zan u
syujetning muayyan axloqiy-diniy bayonida namoyon bo‘lgan. Qadim zamonlarda
yarimorolda yashagan qabilalarning og‘zaki ijodi buddizm va konfutsiychilik
unsurlari bilan uyg‘inlikda koreys adabiyotining vujudga kelishi va rivojlanishi
uchun asosga aylangan.
1. Ilk adabiyot davri (miloddan avvalgi asrlardan miloddiy X asr o'rtalarigacha).
Ayniqsa bu davrdan kam yodgorliklar saqlanib qolgan, bizgacha ba'zi bir
asarlarning nomlari va ayrim parchalarigina yetib kelgan. Shu materiallarga
asoslangan holda, ilk davr tarixiy nasrning rivojlanishi bilan tavsiflangan, deb faraz
qilish mumkin. Bu ona tilidagi she’riyat ravnaq topgan va xanmundagi she’riyat
vujudga kelgan davrdir.
14
2. 6Koryo adabiyoti (918-1392 yillar). Birinchi bosqich: X asr o‘rtalari -XII asr-
davlatchilik mustahkamlangan davr. Ayni shu sababli bu davr adabiyotida
konfutsiychilik ideallari yetakchilik qiladi. Xitoy tarixiy nasri adabiy yodgorliklari
yaratiladi. Ikkinchi bosqich: XII-XIV asrlar davlatchilikning zaiflashish davri.
Adabiyotda ayrim shaxs tasvir ob'yekti sifatida ajrala boshlaydi. Bir qancha yangi
she’riy va nasriy janrlar paydo bo‘ladi, Koreya uchun kichik shakldagi nasrning
yangi turi-pxesol vujudga keladi.
3. Li adabiyoti (1392-1910 yillar). Birinchi bosqich XV- XVI asrlar. Ikkinchi
bosqich - XVII-XVIII asrlar. Uchinchi bosqich-XIX asr.
Ilk koreys adabiyotining shakllanishida konfutsiychilik bilan bir qatorda
buddizm ham muhim rol o‘ynagan. Milodning dastlabki asrlarida Koreya
yarimoroliga Xitoydan kirib kelgan buddizm IV asrdan XIV asrgacha Koreyaning
davlat dini hisoblangan va koreys madaniyatining ko'pgina tarmoqlari xususiyatini
belgilagan. Ayniqsa VII-IX asrlarda buddizmning mavqei kuchaygan. Buddaviylik
qonunlari, sharq tilidagi turli xil asarlar, ba'zan apokrifik adabiyotlar koreys
zaminiga ko‘chirilgan. Buddaviylarning o‘z sharhlovchilik an'anasi ham vujudga
kelgan, keyinchalik esa koreyslar tomonidan yaratilgan boy falsafiy adabiyot
paydo bo‘lgan. Koreya buddizmi boshqa mamlakatlarning turli buddaviy
mahzablari bilan aloqada bo‘lgan. Chunonchi, VII asrdan boshlab Koreyadagi
yetakchi mazhab-Xvaom bilan Xuyan mazhabi o‘rtasida adabiyotlar almashish
muntazam yo‘lga qo‘yilgan. Koreyalik ko'pgina rohiblar Xitoydagi buddaviyla
rning monastirlariga, ayrimlar hatto Hindistonga ziyorat qilganlar. Shunday
rohiblardan biri-Xe Chxo (VII asr) tarixdan buddizm targ‘ibotchisi sifatidagina
emas, balki “Hindistonning besh muzofotiga safar” asarining muallifi sifatida ham
o‘rin olgan. Bu asar saqlanib qolmagan; Dun’xuandagi topilmalar tufayli u IX asr
boshidagi muallif muxtasar tarzda qayta ishlangan ko‘rinishdagina ma’lum.
Dun’xuanda topilgan qo‘lyozma matniga qaraganda, bu nasriy asar bo‘lgan. Unda
ayrim xabarlar vaqtdagi emas, balki makondagi ketma-ketlikka bo‘ysundirilgan;
6 Karimоv N. ХХ asr adabiyoti manzaralari. (Birinchi kitоb) Tоshkеnt:
O‗zbеkistоn, 2008. – 536 b.
15
sayohat tavsifi keltirilgan. Dun’xuan qo‘lyozmasi matniga besh hijoli she’rlar
kiritilgan. Ammo ularni Xe Chxoning o‘zi yozganmi yoki uning asarlarini qayta
ishlagan muallif yozganmi-aniq emas.
16
II BOB. KOREYS KLASSIK NASRI VA NAZMI
2.1 Koreys klassik nasri
X asrga qadar bo’lgan koreys adabiyoti an‘anaga ko‘ra “ilk”, ‘qadimgi”
adabiyot deb ataladi. Adabiy merosni o‘zlashtirishda u ancha muhim o‘rin
egallaydi, zero, u buyuk koreys adabiyotining rivojlanishida dastlabki bosqich
hisoblanadi. Adabiyot tarixi koreys xalqi va Koreya davlatining tarixidan alohida
qaralishi mumkin emas. Taniqli xitoyshunos olim V.M.Alekseyev bu xususda
shunday deb yozgan edi: “Biron-bir xalqning adabiyoti haqida gapirishdan oldin
uning g‘oyaviy tarixi asoslarini anglab yetish, mantiqiy jihatdan uning hozirgi
kunini o‘tmishi bilan yaxlit bir butun qilib bog‘lash zarur”. Ilk koreys
adabiyotining rivojlanishi u ilk milliy davrni, undan oldingi qadimgi dunyoni
o‘zlashtirishidan, arxaik madaniyatga, xalq og‘zaki ijodi — afsonalar, ertaklarga,
oilaviy-maishiy rasm- rusumlar va urf-odatlarga murojaat etishdan, xalq hayotini,
uning taqdirini toiaqonli aks ettirish maqsadida ularni badiiy adabiyotga olib
kirishdan boshlanadi. Koreys klassik adabiyotining o‘ziga xos xususiyati shundaki,
u “XIX asr oxirigacha ikki tilli bo‘lgan va ham rasmiy adabiy til xanmun (xitoy
adabiy tili venyanning koreyschaga moslashtirilgan shakli), ham koreys tilida
yaratilgan”. Dastawal mazkur adabiyot og‘zaki ko‘rinishda va VI asrdan boshlab
qo‘llanilgan «idw> usuli (koreys tilini xitoy iyerogliflari vositasida ifodalashdan
iborat murakkab tizim)dagi yozuvlarda mavjud bo‘lgan. Ayni hol, akademik
V.V.Vinogradov ta‘kidlaganidek, G‘arb va Sharq xalqlari adabiy tillari
rivojlanishining umumiy qonuniyatlaridan biri-yozma adabiy til sifatida o‘z tilini
emas, balki o‘zga tilni ishlatish bilan bog‘liq. Chunonchi, “eron va turkiy
xalqlarda klassik arab tili, yapon va koreyslarda esa-klassik xitoy tili uzoq yillar
mobaynida adabiy til sifatida amal qilgan”. Koreys badiiy nasri aksariyat
asarlarining mualliflari noma’lum. Ayni hol qisman ular badiiy adabiyot quvg’in
qilingani tufayli o‘z ismlarini yashirihsga majbur bo'lganliklari bilan izohlanadi.
Ammo mazkur hodisani eng avvalo koreys qissalari xalq orasida juda keng
tarqalgani bilan izohlash mumkin bo‘lsa kerak. So‘nggi ikki-uch yuz yillik
mobaynida “Sim Chxon haqida qissa”, “Chxun Xyan qissa”, “Xin Bu haqida
17
qissa” va koreys klassik adabiyotining boshqa asarlari bosma va qo‘lyozma
shakllarda. tarqalgan. Ularni hatto savodsiz kishilar ham biladi. Shunday qilib,
koreys qissalari adabiy asarlarga aylanganidan so‘ng ham umumxalq ijodi
namunalari sifatida amal qilishda davom etgan. Xalq orasida mashhurlik jihatidan
ularni “Uch podsholik”, “Daryo qo'ltiqlari” kabi xitoy klassik romanlari,
nemislarning Til Ulenshpigel va doktor Faust haqidagi xalq kitoblari bilan
tenglashtirish mumkin. Koreys xalqi klassik qissalarining ko'p sonli variantlarini
yaratgan va ular xalq orasida tarqalishida koreys milliy teatrining kvande-
aktyorlari ulkan rol o‘ynagan. Koreys badiiy nasrining rivojlanish tarixi ayni shu
teatming rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. 7Yozma va og‘zaki variantlarda keng
tarqalgan “Sim Chxon haqida qissa” umumxalq muhabbatini qozongan. Bu
komizm unsurlari bilan yo‘g‘rilgan lirik-dramatik qissadir. Unda ertaknamo-
fantastik motivlar, sehr-jodu unsurlari muhim o‘rin egallaydi. “Sim Chxon haqida
qissa” insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan asar bo'lib, unda chin muhabbat madh
etiladi. Qissa qahramonlari oddiy kambag‘al odamlar. Sim Xak Kyu o‘smirligida
ko‘r bo‘lib qolgan. Mukofot tariqasida taqdir unga yaxshi xotinni yo'liqtirgan.
Uzoq vaqat ularning farzandi bo'lmagan. Nihoyat, ularning quvonchiga qiz-Sim
Chxon tug‘ilgan. Ammo Sim Xak Kyuning xotini tug‘ruq paytida vafot etadi. Ko‘r
Sim Xak Kyu qizini o‘zi katta qiladi. Uni emizish uchun qo‘shnilarga eltadi, alla
aytib uxlatadi. Yetti yoshdan Sim Chxon tilanchilik qilib kun kechiradigan
otasining yetakchisiga aylanadi. O‘n bir yoshdan qiz o‘zi tilanchilik qilib otasini
boqa boshlaydi. O‘n besh yoshida Sim Chxon gul kabi ochiladi. Uning chiroyi va
yaxshi fazilatlari dovrugi qishloqdan tashqarida ham tarqaladi. Kunlarning birida,
Sim Chxon qishloqqa tilanchilik qilgani ketib, u yerda ushlanib qolganida, otasi
tashvishlanib ko‘chaga chiqadi va chuqurga tushib ketadi, bu yerdan uni tasodifiy
yo‘lovchi -buddabiy rohib chiqarib oladi. Rohib ko'r Sim Xak Kyuga u Budda
irodasi bilan qutqarilganini, agar u 300 qop guruch ehson keltrisa, Budda unga
7 Қосимова М. Бадиий асар қаҳрамонлари характерини портретлар
таҳлили воситасида ѐритиш // Ўзбек мактабларида она тили ва адабиѐт
дарслари самарадорлигини ошириш: Илмий асарлар тўпламида. – Т.:
ЎзПФИТИ, 1990. – Б. 85-89.
18
ko‘rish qobiliyatini ham qaytarishi mumkinligini aytadi. Sim Xak Kyu rohib
aytgan miqdorda guruch topish orzusi bilan yashay boshlaydi. Shu orada qishloqqa
boy dengizchi-savdogarlar tashrif buyuradilar. Ular dengiz podshodiga qurbonlik
keltirish uchun go‘zal va bokira qizni sotib olmoqchi bo‘ladilar. Otasining pinhona
umidlaridan xabar topgan Sim Chxon undan ruxsatsiz o‘zini savdogarlarga 300
qop guruchga sotadi. Bu qurbonlik keltirish motive yunonlarning Agamemnon
tomonidan Ifigeniyaning qurbonlikka keltirishi haqidagi mashhur afsonasini
eslatadi. Iftigeniyaga rahmi kelib, uning hayotini saqlab qolgan iloha Artemida
kabi, dengiz podshosi Sim Chxonni hayotga qaytaradi.
Koreys klassik qissasi qahramoni Agamemnonning qizi kabi dovyurak va
fidokor. O‘z ma’naviy jasorati uchun Sim Chxon taqdirlanadi, u malikaga aylanadi
va aldangan, ko‘rligicha qolgan otasi bilan uchrashadi. Sim Chxonning ovozi
yangraganida tug‘ilgan ulkan quvonch cholga ko‘rish qobiliyatini qaytaradi.
Sharq va G‘arbning boshqa mamlakatlarida bo‘lganidek, Koreyada ham hayvonlar
haqida masallar va ertaklar qadim zamonlardan beri mavjud. Masal-allegoriya janri
koreys adabiyotida Silla davridayoq paydo bo‘lgan. Hayvonlar haqidagi afsonalar
negizida XVIII asrda yaratilgan qissalarda jamiyat va inson nuqsonlari ustidan
allegorik shaklda tanqid qilingan. Koreyslarning hayvonlar haqidagi eng mashhur
qissasi-“Quyon haqida qissa” ko‘p jihatdan G'arbiy Yevropa adabiyotidagi o‘rta
asr eposi-mashhur Tulki haqida roman"ni eslatadi. Koreys qissasida ayyor va aqlli
qahramon sifatida quyon amal qiladi. Hayvonot dunyosida mavqei past bo‘lgan
quyon tentak dengiz podshodi va uning sodiq malaylari - saroy a’yonlari ustidan
kuladi va ularni axmoq qiladi. “Tulki haqida roman” kabi, “Quyon haqida qissa”
ham feodal jamiyat va feodal ijtimoiy munosabatlari fosh qilishga bag'ishlangan
satirik asar. Qissada eng katta nuqson-laganbardorlik ustidan kuladi. Noma’lum
muallif tomonidan yaratilgan “Chxun xyan haqida qissa” da koreys xalqining
milliy dahosi namoyon bo‘ladi. Uning o‘nlab yozma va og‘zaki variantlari mavjud.
“Chxun Xyan haqida qissa” feodal jamiyatning zavol topish davrini aks ettiruvchi
eng yaxshi adabiy yodgorlik. Shu ma’noda qirol taftishchisi Li Monnen bilan
uchrashuvda dehqonlar jipsligini namoyish etuvchi epizod diqqatga sazovor.
19
Chxun Xyanni jo‘rttaga haqorat qilgani uchun ular ahillik bilan taftishchiga
tashlanishadi. Taftishchi shafqat so‘rab yolvorishdan boshqa iloji qolmaydi.
Qaissadan o‘rin olgan "dehqon qo‘shig‘ida xalqning ma’naviy va ijobiy kuchi
haqida so‘z yuritiladi. Dehqon dalada ishlar ekan, inson amal-taqal tirikchilik
qilish uchun emas, balki ajoyib qilmishlar uchun tug'ilishi haqida kuylaydi.
Vaholanki, yuksak cho‘qqilar sari dehqonlar qarshisida yo‘l yopiq. Qissadagi
barcha xalqchil obrazlar orasida Li Monnening panchasi - xizmatkori obrazi
ayniqsa yorqin. Bu benihoya aqilli, ayyor va hazilkash xalq qahramoni koreys
kitobxonining eng sevimli personajlaridan biridir. Qissaning og‘zaki variantlarida
xizmatkor obrazi hatto Li Monnen obraziga ham soya tashlagan. Koreys klassik
adabiyotining boshqa ko‘pgina shunday personajlaridan farqli o‘laroq, u o‘z
xo‘jayini bilan tengma-teng so‘zlashadi va hatto unga hayotdan saboq beradi,
shirinsuhanlikda u bilan bellashadi. Qissada ma’rifatchilik g‘oyalari xukmron sinf
eski tuzumining, unga xos bo‘lgan siyqasi chiqqan aqidalarning tanqidida, xalq
huquqlari va manfaatlarining himoyasida o‘z aksini topgan. Koreys ilk sara nasriy
asarlardan biri "Imchjin urushi solnomasidir. Unda koreys xalqining yapon
bosqinchilariga qarshi ozodlik urushi to‘g‘risida hikoya qilinadi. “Imchjin urushi
solnomasi” ham noma’lum muallif tomonidan yaratilgan. U Imchjin urushi
voqealari va qahramonlari haqidagi xalq afsona va rivoyatlari asosida yozilgan.
“Imchjin urushi solnomasi”ning koreys va xitoy tillaridagi ko‘plab variantlari
mavjud, lekin xalq orasida aynan koreyscha variantlari keng tarqalgan. Ular
xitoycha variantlardan nafaqat til, balki mazmun jihatidan ham farq qiladi.
Masalan, ayrim xitoycha nashrlarda bosh qahramon sarkarda Li E Son xitoy
qo‘shinlarining bosh qo‘mondoni, koreyscha variantlarda esa markaziy o‘rinni
mumtoz adabiyot qahramonlari egallaydi. “Imchjin urushi solnomasi” koreys
demokratik nasriga asos solgan. Mazkur yo‘nalish hukmron sinf va qirol
hokimiyatining qarshiliklariga qaramay jadal sur'atlarda rivojlangan.
Koreys xalq nasrining mualliflari ma‘lum bo‘lgan oz sonli asarlari qatoriga
koreys nasri ilk namunalaridan biri - Xo Gyunning “Xon Kil Don haqida qissa”
asari kiradi. Unda davrning ijtimoiy voqealari, xalq orzu-umidlari aks ettirilgan. Bu
20
qissaning paydo bo‘lishiga Koreyaning turli provinsiyalarida ko‘tarilgan
dehqonlarning qo‘zg‘olonlari turtki bergan. “Xon Kol Don haqida qissa”- Xo Gyun
ijodining cho‘qqisi. Qissada dvoryanlar, amaldorlar va ruhoniylaming tekinxo'rligi,
tirikchilik g‘amiga katta yo‘lda talonchilik bilan shug'ullanishga majbur bo‘lgan
xalqning og‘ir hayoti haqida hikoya qilinadi. Xon Kil Don xalq manfaatlari
himoyachisi. U xalq qahramonining afsonaviy xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Yanban va kanizakning o‘g‘li, o‘ziga xos qobiliyatlar sohibi bo‘lgan Xon Kil Don
bolalaikdan oilada qul holatida yashaydi. Feodal ahloq qonunlariga ko‘ra u,
kanizakning o‘gli sifatida, hatto o‘z otasini ota va o‘gay akasini aka deb atashga
ham haqli emas. Xon Kil Don feodal jamiyatning ahloqiy me‘yorlari va
odatlaridan norozi. U ijtimoiy norozilik va xalq orzu-umidlarining ifodachisiga
aylanadi. Xon Kil Don o‘zi tuzgan “Yo‘qsillik partiyasi” bilan manman
zodagonlarga, buddaviylar monastiriga hujum qiladi, tortib olingan boyliklarni
kambag‘allar o‘rtasida tarqatadi, o‘zi esa yaqin odamlari bilan Yul’do orolida ideal
davlat tashkil etadi va uning odil va oqil qiroligi aylanadi. “Xon Kil Don haqida
qissa” ijtimoiy-utopik asar. Unda ilk bor mamlakatning asosiy ijtimoiy kuchlari
qarama-qarshi qo‘yilgan, norozi va kurashayotgan xalq tasvirlangan, mavjud
ziddiyatlarni bartaraf etish yo‘li taklif qilingan. To‘g‘ri, bu yo‘l sof utopik
xususiyatga ega. Ammo bunday qarashlar o‘sha davr ijtimoiy- siyosiy tafakkurga
xos bo‘lgan. Xo Gyun yaxshi podshoga ishongan xalq kayfiyati va aqidalarini aks
ettirgan. Qissada koreyslar milliy hayotining xususiyatlari konfutsiychilik axloqi,
ko‘p xotinlilik, ajdodlar ruhiga sig‘inish gavdalantirilgan. Koreya manchjurlar
tomonidan istilo qilinishi muallifi noma’lum bo‘lgan “Paksi haqida qissa” uchun
material bo‘lib xizmat qilgan. Chuqur vatanparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan bu
asarda Koreya kichkina mamlakat bo‘lsa-da, unda mashhur va atoqli kshilar
ko‘pligiga urg‘u beriladi. Qissa qahramoni pari Paksi sehrli kuchga ega. U Imchjin
urushi va manjurlarga qarshi urush davrida vatan mustaqilligini erkaklar bilan
tengma-teng himoya qilgan koreys vatanparvar ayollarining yig‘ma obrazi. Sehrli
kuchga ega bo‘lgan Paksi vatanni varvarlar bosqinidan qutqaradi. Qissada real
tarixiy shaxslar manchjurlar istilosi davrining atoqli arbobi Li Si Bek va mashhur