“KOINOT HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR”
Kirish........................................................................................... 3
1-bob. Quyosh tizimi va undagi osmon jismlarining kelib
chiqishi haqidagi taxminlar ( gipotezalar)…………….. 5
1.1.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari haqida tushuncha……..... 5
1.2 . Katta portlash. Fesenkov va O.Yu. SHmit gipotezalarini
o’rganish…………………………………………………….. 9
2-bob. Olamning tuzilishi. Quyosh tizimi………………………10
2.1. Olam va osmon jismlari………………………………………10
2.2. Quyosh tizimi. Quyosh tizimidagi sayyoralar va boshqa
osmon jismlari…………………………………………………. 14
XULOSA………………………………………………………….. 24
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………….. 25
1
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Koinot cheksiz kenglikdir. Unda olam joylashgan.
Uni o’rganish, unda mavjud jarayonlarni tahlillash va koinotdan tinchlik
maqsadida foydalanish bugunning eng dolzarb muammolaridan hisoblanadi.Inson
global muammolarining biri sifatida koinot va komosdan faqat va faqat o’rganish
obyekti sifatida tinchlikda foydalanish kiritilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar
tomonidan amalga oshirilayotgan kosmosdan ma’lumotlar olish bugungi kunda
keng tus oldi.Ularning koinotga uchirilayotgan o’rganish moslamalari qay darajada
sifatga ega ekanligi ayniqsa dolzarblashib bormoqda.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari o’z
ichiga ko’plab jarayonlarni oladi. Koinotda mavjud jismlarni o’rganish ulardan qay
tarzda foydalanish asosiy maqsadlardan sanaladi.Olam, koinot, galaktika qanday
tushuncha ? Ular qanday paydo bo’ldi? Ulardan qay yo’lda foydalanish kerak? Uni
o’rganish bizga nima beradi kabi ko’plab savollarga javob berish kurs ishining
asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi.
Kurs ishining tadqiqot ob’ekti va predmeti. Kurs ishining tadqiqot
obyekti sifatida ko’proq koinotshunos olimlar sayyoralar,quyosh tizimi,asteroidlar,
kometalar va metyoritlarni obyekt sifatida o’rganishadi. Shu sababli mavzuning
asosiy obyekti sifatida quyosh tizimi gallaktikasi olinadi.
Tadqiqot usullari.Quyosh sistemasi qanday paydo bo’lganligi,
sayyoralarning kelib chiqishi va asteroid kometalarning joylashuvi qanday
rivojlanib borganligi haqida kurs ishi orqali javob olish mumkin. Sayyoralarning
quyosh tizimidagi harakati, asteroidlarning sayyoralarga tasiri haqidagi ko’plab
harakatlarini o’rganish ham tadqiqot usuli hisoblanadi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy manbalar asosida to’plangan materiallar atroflicha
tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotni olib borishda tizimli-strukturali taxlil,
eksperimental baxolash, taqqoslash, statistik muammolarni taxlil qilish, matematik
modellashtirish orqali bashoratlash usullaridan keng foydalanildi.
2
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi ketma ket
bajarilishi va mazmunini o’zida aks ettirgan kirish qismi, ikkita bob, xulosa,
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.Kurs ishining umumiy hajmi 26
sahifadan iborat bo’lib,matn qismiga 5 ta surat kiritilgan.
3
1-
bob. Quyosh tizimi va undagi osmon jismlarining kelib chiqishi haqidagi
taxminlar (Gipotezalar)
1.1.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari haqida tushuncha .
Quyosh va sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi
haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan.Quyosh tizimidagi
sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar mobaynida rivojlanishi
mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh tizimidagi Quyosh, sayyoralar va
boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval chang va gazlardan tuzilgan
bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lgan (Proisxojdenie Solnechnoy sistemы, 1976;
Solnechnaya sistema,1978; Krivolustkiy, 1985). Mazkur bulutlar va tumanlar
Galaktikaning tarmoqlaridan birida aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo
bo’lgan. Gravitastion siqilish natijasida asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini
4
olgan. Yanada zichlashish tasirida bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va
markaziy qismidagi yuqori harorat yadro reakstiyalarini boshlanishiga olib kelgan.
Keyinchalik bulutlikning markaziy qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq
moddalar uyumidan esa sayyoralar va yo’ldoshlar vujudga kelgan.
Bunday ilmiy қarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar
(nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart
tomonidan olga surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi bilan
mashҳur bo’ldi.
Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’ғrisidagi
kosmogonik gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755 yilda nashr etilgan
«Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant
osmon bo’shliғidagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir markazda
to’planib quyuqlashgan va ҳozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan,
Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa ҳozirgi sayyoralarni ҳosil қilgan degan
ғoyani ishlab chiqqan.
I.Kant gipotezasiga yaқinroқ gipotezani 1795 yili franstuz matematigi va
astronomi P.Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta
siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning
(tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda қuyuқ gazsimon moddalar zich
ҳolatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siқilishi oқibatida
uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi,
markazdan қochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli
vaқtda gazsimon ҳalқalar ajralib chiқib keta boshlagan. Ajralib chiққan
ҳalқalardan sayyoralar ҳosil bo’lgan. P.S.Laplasning fikricha tumanlikning
markaziy sharsimon yirik қismi Қuyosh, undan ajralib chiққan ҳalқalar esa
sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiқargan.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaқin bo’lganligi uchun
Kant-Laplas gipotezasi deb atala boshladi. Ammo ular o’rtasida farқlar mavjud.
I.Kant fikriga ko’ra, Қuyosh ҳamda sayyoralar dastlabki siyrak tumanlikdan paydo
5
bo’lgan. P.S.Laplas fikriga ko’ra (u fakat Quyosh tizimi ҳaқidagi gipoteza),
sayyoralar o’z o’qi atrofida tez aylanadigan qizib ketgan gazlardan tashkil topgan.
Қuyosh yaқinidagi sayyoralar I.Kant fikriga ko’ra tortish va itarilish kuchlari
tasirida vujudga kelgan. P.S.Laplas fikricha esa, sovish va zichlanish oқibatida
aylanma ҳarakatlar vujudga kelgan, ҳamda aylanuvchi ҳalқasimon zichroқ
moddalar to’plami paydo bo’lgan. So’ngra ҳar bir ҳalқaning asosiy massasi sferik
jism-sayyora bo’lib to’plangan, қolgan kamroқ massasidan yo’ldoshlar paydo
bo’lgan.
Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraққiyoti
tufayli XIX asrda aniқlangan.
O.Yu.Shmitd isbotlagan қuyidagi malumotlarni o’z gipotezasiga asos қilib
olgan (Kalesnik, 1966). Galaktika bilan birga Quyosh ҳam aylanadi; Galaktika
ekvatori tekisligida (yani Quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazlarning
bulutsimon, nihoyatda katta to’plamlari mavjud.
Қuyosh galaktikaning o’қi atrofida aylanayotganda bundan bir necha milliard
yil avval kosmik changdan iborat bulut orasidan o’tgan va tortish kuchi natijasida
bu bulutning bir қismini o’zi bilan ergashtirib ketgan. Keyinchalik quyosh ҳaligi
zarralardan vujudga kelgan va ellips orbita bo’ylab aylana boshlagan қattiқ
jismlarning katta to’plami o’rtasida қolgan. Quyosh atrofida aylangan chang
zarralari va қattiқ jismlar bir-biriga urilgan va buning natijasida o’z kinetik
energiyasining bir қismini yo’қotgan. Bu esa zarralar to’plamining zichlashishiga
olib kelgan va to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so’ng zarralar bir-biriga
yopishib қuyuқlashgan. Quyuqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir necha
marotaba parchalanib ketgan va yana birlashgan va asta-sekin kattalasha borgan,
natijada sayyoralar ҳosil bo’lgan. Paydo bo’lgan ҳar bir sayyora o’z tasir doirasida
kosmik changdan malum bir qismini o’ziga ergashtirib olgan va yo’ldoshlarini
ҳosil қilgan. Sayyora қancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p yo’ldosh yarata olgan.
Sayyoralarni ҳosil қilgan bulutning Quyoshga eng yaқin қismi juda tez
siyraklashib қolgan, chunki zarralarni malum bir қismini Quyosh tortib olgan, bazi
zarralar esa nurning itarishi natijasida chekka tomon surilib chiқarilgan. Shuning
6
uchun, Quyosh yaqinida sayyora ҳosil қiluvchi jinslar kam bo’lganida u joyda
kichik sayyoralar vujudga kelgan va ularning yo’ldoshlari kam yoki umuman yo’қ.
Қuyoshdan uzoқda sayyora ҳosil қiluvchi jinslar serob joyda yo’ldoshlari ko’p
bo’lgan katta va ulkan sayyoralar ҳosil bo’lgan. Quyosh tizimining eng chekkasida
ҳam yo’ldoshsiz kichik Pluton sayyorasi vujudga kelgan, chunki bu erda bulut
siyraklasha borib, butunlay yo’қ bo’lib ketgan. Er guruҳidaga (ichki) va ulkan
(tashқi) sayyoralarning zichligini turlicha bo’lishiga sabab, Қuyosh yaқinida uning
issiқligi tasirida changlarning eng engil va uchib yuradigan tarkibiy қismlari
buғlanib ketgan va oғirroқ tarkibiy қismlarigina қolgan. Quyoshdan uzoқda esa
engil va uchib yuradigan jismlar zarralar tarkibiga kiribgina қolmay, ҳatto ularga
qo’shilib, qirov bo’lib atrofida yaxlab қolgan. Demak, ichki sayyoralar, tashqi
sayyoralarga nisbatan oғirroқ jismlardan tuzilgan.
O.Yu.Shmitd nazariyasiga binoan, sayyoralar қanday zarralar to’plamidan
kelib chiққan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ҳam ҳuddi
shunday to’plamdan, ammo zarralar u қadar zich bo’lmagan va ularning yopishish
jarayonini kichik jismlar ҳosil қilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiққan.
Mazkur nazariyaning uchta afzalligi bor:
a) galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki
қonuniy va muқarrar ҳodisadir, chunki қoramtir (o’zidan nur chiқarmaydigan)
kosmik modda bulutlari juda ko’p va yulduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi
tez-tez bo’lib turadigan ҳodisadir deb karaydi;
b) Quyosh tizimidagi ҳamma jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari,
asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi қandaydir yagona jarayon deb ҳisoblaydi;
v) Quyosh tizimidagi ҳamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.
Shunday қilib sayyoralar sovuқ jismlar sifatida tarkibiy va solishtirma oғirligi
turlicha bo’lgan zarralarning to’plamidan ҳosil bo’lgan. Bu zarralar orasida
radioaktiv moddalar ҳosil bo’lgan. Radiaktiv moddalar esa o’z-o’zidan parchalanib
issiқlik chiқarish xususiyatiga ega. Moddalarning radioaktiv parchalanishi
natijasida sayyoraning ichki қismlari қiziy boshlagan va sayyora yumshab, plastik
bo’lib қolgan. Bunday yumshoқ moddalar juda sekin xarakat қila boshlagan.
7
Engilroқ moddalar asta-sekin yuқoriga surilib chiққan, oғirroқ moddalar esa asta-
sekin markazga tusha boshlagan. Oғirlik kuchi tasirida ro’y beradigan bunday
ichki tabaқalanish (saralanish) jarayoniga gravitastion taba
қ alanish
deb ataladi.
Tabaқalanishning borishi moddaning yopishқoқlik darajasiga boғliқ bo’ladi.
Bosim ortgan sari moddaning yopishқoқligi orta boradi. Shuning uchun
sayyoralarning tashқi қismlarida ichki chuқur қismlariga nisbatan tabaқalanish
jarayoni osonroқ va tezroқ ro’y beradi.
Erning ichki қismidagi gravitastion tabaқalanish tasirida zichroқ markaziy
yadro va engilroқ yuzadagi қatlam ҳosil bo’lgan. Bular orasida esa zichligi
o’rtacha bo’lgan қatlamlar joylashgan. Ma’lum sharoitda daryo tagida ҳosil
bo’lgan muz parchasi («o’zan tagi muzi») muayyan vaқtda daryo yuzasiga қalқib
chiққanda o’ziga yopishgan oғir toshlarni ҳam o’zi bilan birga olib chiққani kabi,
engil toshlar bilan birga geoximik jiҳatdan ular bilan boғliқ bo’lgan oғir radioaktiv
moddalar ham yuqoriga chiqib, er po’stidan joy olgan.
1.2 Katta portlash. Fesenkov va O.Yu.Shmit gipotezalarini urganish.
Olamning eng diqqatga sazavor xususiyatlaridan biri uning tobora kengayib
borayotganligidir.Bunday muxim xulosaga kelish olamni ilmiy bilish borasidagi
yangi istikbolli yunalishni belgilab berdi. Chunki olamni kengayishi goyasi
tadkikot etilgandan sungina “ katta portlash” goyasi yuzaga keldi.Olam “ katta
portlash” maxsuli xisoblanadi. “ Katta portlash” goyasini birinchi bulib ilmiy
jixatdan kim aytganligi va kaysi davrga mansub ekanligi munozarali. Bazi
manbalarda bu goyani dastlab belgiyalik olim J.Lemetrolga surgan
deyilsa ,boshkalarida petrogradlik matematik va fizik A.Fridman
olinadi.Darxakikat, Xabbl kashfiyotidan avvalrok ,yani 1922-yilda A.Fridman
uzok utmishda portlash sodir bulib Olam kengaya borganligini va keyinchalik
guyo uning xar bir nuktasi “o’ziga makon ajratib shishib borishi” , makonning
kengayishi bilan mutannosiblikda moddalarning xam sochilib ketishi kabi
8
xusuiyatlarni aytib utgan.Amerikalik G.Gamov 1948-yilda juda katta xarorat
tufayli Olamda “ katta portlash” paydo bulib ,keyin olam kengaya borgan degan
goyani aytadi.Yana bir muloxazalarga kura, bu yangi talimotning olga surilishi
1964- yilga tugri kelishi takidlanadi. Bunga yukorida eslatib utilgan
radioastronomlar A.Penzias va R.Vilsonlarning xamma tomondan bir zaylda
taralib eshitilayotgan kuchsiz radiosignallarining “katta portlash”oxirgi “aks sado”
lari ekanligi tugrisidagi xulosalari buldi.“Katta portlash”kanday vaziyatda sodir
buldi ,degan savolga nazariyotchi olimlar kuyidagi muloxazalarni bildirdilar.
Avvalambor, Olamning paydo bulishida moddiy asos “materiya” dir.Atom esa
materiyaning gishti bulib, uning tarkibiy kismi foton,proton,neytron va
elektronlardan tashkil topgan.Atomdagi bu elementlarning uzaro
tasiri,asosan,gravitatsiya kuchlari yordamida amalga oshadi.
Portlash sodir bulish arafasida moddalar termik jixatdan kanday xolatda
bulganligi tugrisidagi masala buyicha olimlar ikki xil karashga egadirlar: 1)
moddalarnting xarorati nolga teng bulgan ( sovuk varianti);
2)
moddalar
kanchalik
zichlashsa,ularning
xarorati
shuncha
ortadi,demak ,Olamning paydo bulishi arafasida uta yukori xarorat bulgan ( issik
varianti). Olam boshlanishining “issik” varianti goyasini Rossiyalik olim
A.Fridman va amerikalik fizik G.Gamov olga surdilar.
Rossiya olimi A.S .Fesenkov sayyoralar kuyoshda bulib turadigan ichki
reaksiyalar natijasida paydo bulgan, degan goyani ishlab chikdi. Uningcha kuchli
ichki reaksiya va markazdan kochma kuchning ortishi moddalarning tobora
kuyuklasha borib, markaziy kismida ogir, atrofida engil elementlar tuplanib,aylana
boshlaganKeyinchalik ulardan sayyoralar yuldoshlari bilan birga tarkib topa
borgan.
2-bob.Olamning tuzilishi . Quyosh tizimi.
2.1. Olam va osmon jismlari.
9
Tun osmonidagi yulduzlar sochilgan manzara ҳar doim va ҳar joyda butun
bashariyatni lol қoldirib keladi. Abadiylikning sirli olami ҳayratlangan inson
nazari oldida bepoyon cheksizlik eshigini ochadi va chuқur o’yga toldiradi. Bu
abadiylikda Қuyosh tizimidagi sayyoralar uchib yurishadi va ҳozirgacha ko’plab
sirlarni o’zida saқlab keladi.
Bizni o’rab turgan moddiy olam, bir so’z bilan aytganda, Koinot (yunoncha
dunyo, olam) deyiladi. Koinotning fazo va makonda o’lchami yo’қ - cheksizdir.
Koinotda materiya bir xildagi taқsimotga ega bo’lmasdan, galaktikalar,
yulduzlar, sayyoralar, meteoritlar, kometalar va turli gazlar majmuasidan iborat.
Olam - bu cheksiz va chegarasiz dunyodir. Uning na boshlanishi va na oxiri
malum emas. U ҳech қanday tabiiy chegaraga ega emas.
Metagalaktika - bu ҳozirgi teleskoplar yordamida o’rganilishi mumkin
bo’lgan olamning bir қismidir. U galaktikalar tizimidan iborat. Fan va texnikaning
taraққiy etishi bilan metagalaktikaning chegarasi xam kengayib boradi.
Galа́ktika deb yulduzlararo gaz, chang, қora materiya va, eҳtimol, қora
energiya, o’zaro ta’sir etuvchi gravitastion kuchlari mavjud bo’lgan yulduzlarning
katta tizimiga aytiladi (1-rasm). Odatda Galaktikalar umumiy oғirlik markazi
atrofida aylanuvchi 10 milliondan (107) bir necha trilliongacha (1012) yulduzlarga
ega bo’ladi. Aloҳida yulduzlar va siyraklashgan yulduzlararo muҳitdan tashқari,
Galaktikaning katta қismi ko’plab yulduzlar tizimi, yulduzlar to’dasi va turli
tumanliklarga ega. Odatda Galaktika diametri birnecha mingdan birnecha yuz
ming yoruғlik yiliga, ular orasidagi masofa esa millionlab yoruғlik yiliga teng.
Galaktikalar massasining 90 % ga yaқini қora materiya va energiya ulushiga
to’ғri kelsada, bu ko’rinmas unsirlarning tabiati ҳali o’rganilmagan. Ko’plab
Galaktikalarning markazida o’ta massiv қora teshiklarning mavjudligi to’ғrisida
ma’lumotlar bor. Eҳtimol, Koinotning ko’rinadigan қismida 1011 ga yaқin
Galaktika mavjud.
Galaktiklararo bo’shliқ amalda o’rtacha zichligi kub metrda moddalarning
bir atomidan kam bo’lgan toza vakuum ҳisoblanadi.
Galaktikaning elliptik, spiral va noto’ғri shaklli uchta asosiy turi mavjud.
10
1-rasm. Galaktikamizning spiralsimon tuzilishi.
Bizning Galaktikamiz katta disksimon shakldagi Somon Yo’li deb ataluvchi
yulduzlar majmuasi ҳisoblanadi. Uning uzunligi 30 kiloparsekga (yoki 100000
yoruғlik yili) yaқin va қalinligi 3000 yoruғlik yiliga teng. Unda 3×1011 ga yaқin
yulduzlar mavjud bo’lib, umumiy massasi Қuyosh masasidan 6×1011 marta katta.
Somon yo’li likobcha singari қavariқ shaklga ega.
Yulduzlar-o’zidan nur taratadigan osmon jismlaridir. Ular қizigan gazlardan
iborat. Erdan yulduzlargacha bo’lgan masofa juda uzoқ bo’lganligi uchun, ular nur
taratayotgan nuқtaga o’xshab ko’rinishadi.
Yulduzlar kattaligiga ko’ra uch guruҳga bo’linadi:
- ulkan yoki қizil yulduzlar, ular bizning Қuyoshdan ancha katta;
- sariқ mitti yulduzlar, ularning kattaligi deyarli bizning Қuyosh bilan teng;
- oқish mitti yulduzlar, ular bizning Қuyoshdan bir necha million marta
kichik.
11
Yulduzlar yuzasidagi ҳarorat 3000 darajadan 30000 darajagacha. Ular asosan
vodorod va geliydan iborat, shuning uchun issiқlik va nur ҳosil bo’ladi.
Қ uyosh tizimi
-sayyoralar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar va kometalar
ҳamda yo’ldoshlardan iborat osmon jismlari to’plamidir.
Sayyoralar (planetalar-grekcha planetos-sayyor, daydi ma’nosida). Қuyosh
atrofida aylanadigan yirik sharsimon osmon jismlari. Қuyosh tizimida 9ta sayyora
malum: Merkuriy, Venera, Er, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton.
Asteroidlar (yulduzsimonlar-kichik sayyoralar). Қuyosh tizimidagi қattiқ
osmon jismlari bo’lib, ularning ko’pchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraliғida
Қuyosh atrofida aylanadi. Asteroidlarning eng kattalari Sterera, Pallada, Vesta va
Yunonaning diametrlari 768, 489, 385 va 193 km.dir. Ular Қuyosh atrofida
sayyoralar aylangan tomonga қarab xarakat қilishadi. Ular қirrasimon қattiқ
jismlardir. Asteroidlar Mars va Yupiter oraliғidagi sayyorani bir necha million
yillar ilgari portlashi natijasida ҳosil bo’lgan degan ғoya mavjud. Asteroidlarni
changlarni to’planishi va zichlanishi natijasida ҳosil bo’lgan degan fikr ҳam bor.
Meteorlar (grekcha meteoros-tepadagi, tepada turgan manosida). Uncha katta
bo’lmagan қattiқ jismlarni atmosferaga kosmik tezlikda kirib kelishi natijasida
atmosferada ro’y beradigan қisқa laҳzali chaқnash. Zarralar yoki қattiқ jismlar
atmosferaga kirib kelganda 2000-3000 daraja ҳaroratgacha қizib ketadi. Natijada
ularning yuzasi tez suratlar bilan buғlana boshlaydi. Atmosferaga kirib kelgan
jismning ҳajmi қancha katta bo’lsa, chaқnash shuncha kuchliroқ va yoruғroқ
bo’ladi. Eng yirik chaқnashlar olov sharga o’xshaydi, ular atmosferadan juda katta
shovқin bilan o’tadi. Bunday chaқnashni Bolidlar deb atashadi.
Meteoritlar (grekcha meteora-koinot ҳodisasi). Fazodan er yuzasiga
tushadigan tosh yoki temir ҳoldagi osmon jismlari. Ular asteroidlarning (kichik
sayyoralarning) parchalari ҳisoblanadi. Ularning oғirligi bir necha grammdan bir
necha tonnagacha boradi. Meteoritlarning Erga tushishi juda katta chaқnash,
shovқin bilan kuzatiladi. Bu paytda osmonda uchib kelayotgan olovli shar
ko’rinadi (Bolid). Meteorit Erga urilganda er yuzasida chuқurlar va xandaklar ҳosil
bo’ladi. Arizonaga tushgan meteorit diametri 1200 metr, chuқurligi 200 metrli
12
botiқni ҳosil қilgan (11-rasm). Er yuzasida aniқlangan eng yirik meteorit
Afrikadagi Goba қishloғi chekkasiga tushgan meteoritdir. Uning oғirligi 60 tonna
bo’lgan.
.
2.2. Quyosh tizimi. Quyosh tizimidagi sayyoralar va boshka
osmon jismlari.
Quyosh tizimi Galaktikamizdagi murakkab tizimlardan biridir. Quyosh tizimi
Quyosh, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, yo’ldoshlar, changlar va gazlardan
iborat.
Қuyosh tizimidagi ҳamma sayyoralar Қuyosh atrofida elliptik orbita bo’ylab
aylanadi. Bir vaқtning o’zida sayyoralar va ularning yo’ldoshlari o’z o’қlari
atrofida orbital ҳarakat yo’nalishida aylanadi. Қuyosh ҳam o’z o’қi atrofida ҳuddi
shu yo’nalishda aylanadi.
Sayyoralarning ҳarakat қonunlari I.Kepler tomonidan aniқlangan. Mazkur
қonunga binoan sayyoralarning ҳarakat tezligi ulardan Қuyoshgacha bo’lgan
masofaga boғliқ. Қuyosh tizimidagi osmon jismlarini ҳarakatga keltiruvchi kuch
қuyoshning tortish kuchidir.
Quyosh. Quyosh koinotdagi erga eng yaқin bo’lgan yulduzdir. U sariқ mitti
yulduzlar safiga kiradi. Quyosh 70 foiz vodoroddan va 27 foiz geliydan iborat, o’ta
қizigan, yoruғlik tarқatib turadigan gazsimon shardir. Quyoshning zichligi
Ernikidan 4 marotaba kichik. Uning markazida bosim 300 mlrd. atmosferaga,
ҳarorat esa 10-15 mln. darajaga etadi. Қuyoshning markazidagi yuқori bosim va
ҳarorat yadro reakstiyalarini ҳosil bo’lishiga imkon beradi. Bunda vodorod geliyga
aylanadi.
Quyoshning ichki tuzilishi қatlamsimon ya’ni sferasimon (yadro, issiқlikni
nur orқali taralashi oblasti, konvektiv zona, atmosfera) tuzilishiga ega/
Koinot va Quyosh tizimining vujudga kelishi to’ғrisida juda ko’p nazariyalar
mavjud bo’lib, ulardan biri «katta portlash» nazariyasidir. Bu nazariyaga ko’ra
dastlab butun materiya ҳaddan tashқari yuқori ҳaroratga ega bo’lgan bitta
«nuқtada» siқilgan bo’lib, keyinchalik bu “nuқta” ulkan kuch bilan portlagan.
13
Portlash natijasida barcha Shtomonlarga sachrab ketgan o’taissiқ bulutlardan asta-
sekin subatomli zarralar, vaқt o’tishi bilan atomlar, moddalar, sayyoralar, yulduzlar
va, niҳoyat, ҳayot vujudga kelgan. Bunda Koinotning kengayishi davom etgan va
bu jarayon қancha uzoқ davom etishi noma’lum.
2-rasm. Quyosh tizimi: 1-quyosh, 2-Merkuriy, 3-Venera, 4-Er, 5-Mars, 6-
Yupiter, 7-Saturn, 8-Uran, 9-Neptun, 10-Pluton, 11-kometa.
Demak, bu nazariyaga asosan Quyosh tizimi aylanuvchi gaz-changli
bulutdan ҳosil bo’lgan. Uning siқilishida markazi zichlashgan va keyin u
Quyoshga aylangan. Quyosh tarkibiga kirgan zarrachalar o’zining ҳarakat
momentini olib kelgan. Ular aylanish o’қiga қarab ҳarakat қilganligi sababli
(ya’ni masofa kamaygan), momentni saқlash uchun tezlik oshishi lozim edi.
Protoқuyosh, va keyin Қuyosh tobora tezlashgan ҳolda aylanishi lozim edi.
Quyosh tizimiga 9 ta sayyora, 42 ta yo’ldosh, 50 mingdan ortiқ kichik asteroidlar,
sanoғi yo’қ meteorit va kometalar kiradi. Ularning markazida Қuyosh joylashgan
14
bo’lib, u o’zining tizimdagi boshқa barcha osmon jismlarini o’ziga tortib turadi.
Bu tizimdagi barcha jismlar o’zaro gravitastiya (butun olam tortishish қonuni)
kuchi bilan ҳam boғlangan.
Sayyoralar ikki katta guruҳga: er guruҳiga – Merkuriy, Venera, Er va
Mars – va yupiter guruҳiga, ya’ni gigant sayyoralar – Yupiter, Saturn, Uran va
Neptunga bo’linadi (2-rasm).
Қuyosh va Қuyosh tizimi sayyoralarining ҳajmi va massasi orasida
keskin farқ bor. Buni ularni қiyoslash maketidan ko’rsa bo’ladi (3-rasm).
Er guruҳidagi sayyoralar nisbatan kichik o’lchamli va katta zichlikka ega
(4-rasm). Ularning asosiy tarkibini silikatlar (kremniy birikmalari) va temir
tashkil etadi. Gigant palanetalarda esa қattiқ yuza yo’қ. Uncha katta bo’lmagan
yadrosidan tashқari ular vodorod va geliydan tuzilgan va gaz-suyuқ ҳolatda
mavjud. Bu sayyoralarning atmosferasi asta-sekin zichlashib borib, suyuқ
mantiyaga aylanadi.
3-rasm. Quyosh va sayyoralarning
Qiyosiy hajmi.
4-rasm. Er guruhidagi sayyoralarning
Qiyosiy hajmi.
Quyosh tizimi umumiy massasining asosiy ulushi (99,87%) Қuyoshning
o’ziga to’ғri keladi. Shuning uchun Quyosh tortish kuchlari tizimidagi deyarli
barcha қolgan jismlar: sayyoralar, kometalar, asteroidlar va meteorlar
ҳarakatini boshқaradi. Sayyoralar atrofida esa faқat o’zining yo’ldoshlarigina
aylanadi. Chunki bunda yo’ldoshlar ushbu sayyoralarga yaқin bo’lganligi
tufayli tortish kuchi Quyoshnikidan ortiқ.
15
Barcha sayyoralar Quyosh atrofida bir yo’nalishda aylanadi. Bu ҳarakat
to’ғri ҳarakat deyiladi.
Sayyoralar orbitasi shakli bo’yicha aylanaga, orbita tekisligi esa Laplas
tekisligi deb ataluvchi Қuyosh tizimining asososiy tekisligiga yaқin. Ammo
sayyoralar massasi қancha kam bo’lsa bu қoidadan oғishi shuncha sezilarli
bo’ladi, bu Merkuriy va Pluton misolida yaққol ko’rinadi.
Quyosh tizimi sayyoralari қuyosh atrofida turli radiusda va tezlikda
aylanadi.
Quyosh tizimida 9 ta sayyora mavjud. Quyosh atrofida aylanadigan va
Quyoshdan kelayotgan yoruғlikning aks etishi bilan ko’rinadigan sharsimon sovuқ
osmon jismlari sayyoralar (planetalar) deb ataladi. Katta sayyoralar atrofida
aylanadigan kichik sayyoralar yo’ldoshlar deb ataladi. Quyosh tizimidagi
sayyoralar va ularning yo’ldoshlari ҳaқidagi malumotlar 1-jadvalda keltirilgan.
Sayyoralar Quyosh atrofida aylanib, ҳarakat қilganida (yo’ldosh esa sayyora
atrofida aylanib xarakat қilganida) ҳosil bo’ladigan berk egri chiziқ orbita deb
ataladi. Sayyoralarning Quyoshga eng yaқin kelgandagi va undan eng uzoққa
ketgandagi masofalar ayirmasining shu masofalar yiғindisiga nisbati eksstentrisitet
deb ataladi (1). Eksstentrisitet orbita shaklining aylanadan қanchalik farқ қilishini
ko’rsatuvchi miқdordir. Er orbitasi tekisligiga to’ғri keluvchi tekislik Ekliptika deb
ataladi. Ҳar қanday jismning sayyora (yoki yulduz)ning tortish kuchini engib,
undan butunlay ketib қolishi uchun zarur bo’lgan tezlik қ ochish tezligi
deb ataladi.
Қuyosh tizimidagi sayyoralar ikki guruҳga bo’linadi: a) Er guruҳidagi
sayyoralar (Merkuriy, Venera, Er, Mars); b) ulkan sayyoralar (Yupiter, Saturn,
Uran, Neptun, Pluton)1.
Merkuriy. Quyoshga eng yaқin va eng kichik sayyora. Merkuriyning oғirligi
Ernikidan 20 barobar kam. U Quyoshga yaqinligi tufayli quyosh tomonidan kuchli
tortiladi. Merkuriy Quyosh atrofida 88 Er sutkasi davomida bir marta aylanib
chiқadi, ammo o’z o’қi atrofida juda sekin aylanadi. Shu tufayli uning bir tomoni
1
16