Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

7

File size

Fayl hajmi

29,9 KB


Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar,
yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi
R E J A
1. Ko’krak tojlilar katta turkumi.
2. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar turkumi.
3. Yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi.
         Ko’kraktojli qushlarning aksariya ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh
suyagida  ko’kraktoj  suyagi  taraqqiy  etgan,  yelpig’ich  patlarida  ilmoqlari  bor,
terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’kraktojli qushlar yer yuzida keng
tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi.
Nay  burunlilar  turkumi-Procellariformes: Bu  turkumga  tashqi  ko’rinishi
baliqchilarga  o’xshaydigan,  juda  yaxshi  uchadigan,  ochiq  suv,  dengiz  va
okeanlarda yashaydigan oqqushlar kiradi.  Nay burunlilarning qanotlari uzun va
o’tkir  barmoqlari  orasida  suzgich  pardalari  bor.  Burun  teshiklarining  kalta
naychalar  uchiga  o’rnashganligi  bilan  boshqa  qushlardan  farq  qiladi.  Bu
turkumning tipik vakillari buronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda
yashaydigan  odatdagi  albatrosning  bo’yi  1m.ga,  yozilgan  qanotining  uzunligi
3,5m.ga boradi. Rossiyaning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi.
Uzoq sharqda kachurkalar bor.
Kurakoyoqlilar yoki plikansimonlar turkumi-steganopodes:  Kurak oyoqlilarga
suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi bo’lib to’rtala
barmog’ining  umumiy  suzgich  parda  bilan  bir-biriga  qo’shilganligi  va  pastki
jag’ining ostida har-xildarajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi.
Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz ko’l va daryolarning kuyi oqimlarida yashaydi.
Rossiyaning Janubiy rayonlarida (Kavkaz, O’rta Osiyoda) sakoqush va qoravoylar
Logotip
Ko’krak tojlilar katta turkumi, kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar, yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi R E J A 1. Ko’krak tojlilar katta turkumi. 2. Kurakoyoqlilar, laylaksimonlar, g’ozsimonlar turkumi. 3. Yirtqichlar, tovuqsimonlar, chumchuqsimonlar turkumi. Ko’kraktojli qushlarning aksariya ko’pchiligi uchish qobiliyatiga ega, to’sh suyagida ko’kraktoj suyagi taraqqiy etgan, yelpig’ich patlarida ilmoqlari bor, terisida apteriya bo’ladi, suyaklari pnevmatik. Ko’kraktojli qushlar yer yuzida keng tarqalgan va bir qancha turkumlarga bo’linadi. Nay burunlilar turkumi-Procellariformes: Bu turkumga tashqi ko’rinishi baliqchilarga o’xshaydigan, juda yaxshi uchadigan, ochiq suv, dengiz va okeanlarda yashaydigan oqqushlar kiradi. Nay burunlilarning qanotlari uzun va o’tkir barmoqlari orasida suzgich pardalari bor. Burun teshiklarining kalta naychalar uchiga o’rnashganligi bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Bu turkumning tipik vakillari buronqushlar bilan albatroslardir. Janubiy yarim sharda yashaydigan odatdagi albatrosning bo’yi 1m.ga, yozilgan qanotining uzunligi 3,5m.ga boradi. Rossiyaning shimoliy dengizlarida bu qushlardan glupish uchraydi. Uzoq sharqda kachurkalar bor. Kurakoyoqlilar yoki plikansimonlar turkumi-steganopodes: Kurak oyoqlilarga suvda yashaydigan yirik qushlar kiradi. Bularning xarakterli belgisi bo’lib to’rtala barmog’ining umumiy suzgich parda bilan bir-biriga qo’shilganligi va pastki jag’ining ostida har-xildarajada takomillashgan teri xaltachasi borligi hisoblanadi. Yer yuzida keng tarqalgan, dengiz ko’l va daryolarning kuyi oqimlarida yashaydi. Rossiyaning Janubiy rayonlarida (Kavkaz, O’rta Osiyoda) sakoqush va qoravoylar
yashaydi.  Bular  asosan  baliqlar  bilan  ovqatlanadi.  qoravoylar  baliqlarni  katta
chuqurliklariga, ho’ng’ib ushlasa, sakoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi.
Laylaksimonlar turkumi-Ciconiformes:  Bu turkumga laylaklar, ibislar, karkalar
va oq qutonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun
bo’lib,  suv  bo’ylarida  vabotqoqlik  joylarda  yashaydi.  Yer  yuzida  kutblardan
tashqari hamma joylarda tarqalgan. Ba’zilari kaloniya bo’lib , daraxtlarda uya
qursa, kutonlar boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar
tarqalgan va ikkalasi ham  “qizil kitob”ga kiritilgan. Kaspiy dengiz bo’ylarida
o’ziga xos tumshug’i bo’lgan qizil gaz ham shu turkumga kiritiladi.
G’ozsimonlar turkumi-Anseriformes:G’ozsimonlar suvda yashovchi qushlardir.
Barmoqlari  orasida  suzgich  pardasi  bor,  dum  bezlari  yaxshi  rivojlangan.
Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq
tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari yoki tishchalari
bo’ladi.  Bu  turkumga  g’ozlar,oqqushlar,  o’rdaklar  kiradi.  Bularning  hammasi
ovlanadigan qushlardir. Bular yer yuzida keng tarqalgan, suv qirg’oqlarida, yerda,
daraxt  kovaklarida  uya  quradi.  Bu  qushlarning  biologik  xususiyatlaridan  biri
tullashi hisoblanadi. Jo’jalari katta bo’lgach, pana joylarga borib tullaydi. qanot va
rul  patlarida  birdan  tushib  butunlay  uchish  qobiliyatini  yo’qotadi.  Natijada
yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli g’ozsimonlarni
tulash joylarini qo’riqlash kerak.
Lochinsimonlar (Kunduzgi Yirtqichlar) turkumi-Falconiformes: Bu turkumga
o’rta  va  katta  o’lchamdagi  qushlar  kiradi.  Ustki  tumshug’ida  yumshoq  teri
voskovitsasi  bo’lib,  burun  teshiklari  shu  voskovitsaga  ochiladi.  Ustki
tumshug’ining  uchi  va  tirnoqlari  egilib,  ilmoq  hosil  qiladi.  Qizilo’ngachida
jig’ildon bo’ladi. Kunduzgi yirtqich qushlar yer yuzining deyarili hamma qismida
keng tarqalgan. Bular odatda juft bo’lib yashaydi.va yerga, daraxtlarga, qoyalarga
beo’xshov uyalarni quradi.Yirik turlari 1-3 ta kichik turlari esa 4-7 ta tuxum
qo’yadi. Tuxumlarni  erkaklari  va urg’ochilari  navbvtlashib  bosadi. Tuxumdan
ochib chiqqan jo’jalari ko’zi ochiq, lekin nimjon bo’ladi, terisi yumshoq pat bilan
qoplangan bo’ladi.bu q-ushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga
o’limtik bilan ovqatlanadigan Amerika tasqaralarini va bizda tog’li rayonlarda
yashaydigan odatdagi tasqaralarni, afrikada yashaydigan mirzaqush, qarchig’ay,
Logotip
yashaydi. Bular asosan baliqlar bilan ovqatlanadi. qoravoylar baliqlarni katta chuqurliklariga, ho’ng’ib ushlasa, sakoqushlar suvning sayoz joylarida tutadi. Laylaksimonlar turkumi-Ciconiformes: Bu turkumga laylaklar, ibislar, karkalar va oq qutonlar kiradi. Laylaksimonlarning bo’yinlari, tumshuqlari va oyoqlari uzun bo’lib, suv bo’ylarida vabotqoqlik joylarda yashaydi. Yer yuzida kutblardan tashqari hamma joylarda tarqalgan. Ba’zilari kaloniya bo’lib , daraxtlarda uya qursa, kutonlar boshqalari yakka uya quradi. Bizda oq laylak va qora laylaklar tarqalgan va ikkalasi ham “qizil kitob”ga kiritilgan. Kaspiy dengiz bo’ylarida o’ziga xos tumshug’i bo’lgan qizil gaz ham shu turkumga kiritiladi. G’ozsimonlar turkumi-Anseriformes:G’ozsimonlar suvda yashovchi qushlardir. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor, dum bezlari yaxshi rivojlangan. Tumshuqlari yassi bo’lib, yumshoq shox qatlam bilan qoplangan, uchida qattiq tirnoqchasi bor, tumshuqning qirralarida esa shox plastinkalari yoki tishchalari bo’ladi. Bu turkumga g’ozlar,oqqushlar, o’rdaklar kiradi. Bularning hammasi ovlanadigan qushlardir. Bular yer yuzida keng tarqalgan, suv qirg’oqlarida, yerda, daraxt kovaklarida uya quradi. Bu qushlarning biologik xususiyatlaridan biri tullashi hisoblanadi. Jo’jalari katta bo’lgach, pana joylarga borib tullaydi. qanot va rul patlarida birdan tushib butunlay uchish qobiliyatini yo’qotadi. Natijada yirtqichlar va brokonerlar bularni osongina tutadi. Shu sababli g’ozsimonlarni tulash joylarini qo’riqlash kerak. Lochinsimonlar (Kunduzgi Yirtqichlar) turkumi-Falconiformes: Bu turkumga o’rta va katta o’lchamdagi qushlar kiradi. Ustki tumshug’ida yumshoq teri voskovitsasi bo’lib, burun teshiklari shu voskovitsaga ochiladi. Ustki tumshug’ining uchi va tirnoqlari egilib, ilmoq hosil qiladi. Qizilo’ngachida jig’ildon bo’ladi. Kunduzgi yirtqich qushlar yer yuzining deyarili hamma qismida keng tarqalgan. Bular odatda juft bo’lib yashaydi.va yerga, daraxtlarga, qoyalarga beo’xshov uyalarni quradi.Yirik turlari 1-3 ta kichik turlari esa 4-7 ta tuxum qo’yadi. Tuxumlarni erkaklari va urg’ochilari navbvtlashib bosadi. Tuxumdan ochib chiqqan jo’jalari ko’zi ochiq, lekin nimjon bo’ladi, terisi yumshoq pat bilan qoplangan bo’ladi.bu q-ushlar faqat hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga o’limtik bilan ovqatlanadigan Amerika tasqaralarini va bizda tog’li rayonlarda yashaydigan odatdagi tasqaralarni, afrikada yashaydigan mirzaqush, qarchig’ay,
burgutlar,  kalxatlar,  bo’ktarg’ilar  hamda  lochinlarning  turlari  vakil
bo’ladi.Ko’pchilik  kunduzgi  yirtqich  qushlar  hashoratva  kemiruvchilarni  qirib
foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitariya vazifasini
bajaradi. Yirik yirtqich qushlar foydali hayvonlarga hujum qilsalarda, ular kasal va
nimjonlarni  tutib  olib,  tabiiy  tanlashga  yordam  beradi.  Ba’zi  joylarda  yirik
lochinlar, sport va xotto sanoat ovida ushlovchi tutuvchi qush sifatida foydaniladi. 
Tovuqsimonlar  turkumi-Calliformes: 
Bu  turkumga  kiradigan  qushlar
gavdasining pishshiqligi,  oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni  kovlashga
moslashganligi, qanoti  kalta va serbar  bo’lishligi  bilan xarakterlanadi. Erkagi,
urg’ochisiga  nisbatan  katta  va  tiniq  rangda  bo’lishligi  bilan  ajralib  turgan.
Tovuqsimonlarda nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z
uyalarini odatda yerga qo’yadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi.
    Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati
xastovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslarga
qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka.
Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovug’i,qirg’ovullar kakliklar, bedanalar;
kursimon oilasiga kiradigan qur, qarqur, kuropatga va boshqa bir qancha turlar
kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ovchilik obyekti hisoblanadi.
Turnasimonlar  turkumi-Cruiformes:O’lchami  tashqi  qiyofasi  vaekoldogik
xususiyatlari har-xil bo’lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o’z ichiga oladi va
Rossiyada  asosan  turnalar,  suvmoshoqlari  va  to’valoqlar  oilalarining  turlari
tarqalgan.
Turnalarning  oyog’i  va  bo’yi  uzun  bo’ladi.  Botqoqlik  va  quruq
joylarga uya quradi. Bizda oq turna vabo’z turnalari yashaydi. Suvmoshoqlarga suv
bo’yidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o’tloqlarda yashaydigan qashqaldoq,
tartar, g’azkanjirlar kiradi. Tuvaloqlar odatda cho’l, sahrolarda yashaydigan qush
bo’lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarda faqat uchta barmog’i bor. Dum usti
bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg. gacha keladigan dudak yoki tuvaloq,
bizg’aldoq va yurg’atuvaloqlar vakil bo’ladi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning
soni keskin kamayib ketganligi sababli “qizil kitob” ga kiritilgan.
Baliqchisimonlar  turkumi-Lariformes: Baliqchilar  mayda  va  o’rta  o’rta
kttalikdagi qushlar bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkirdir. Oyoqlarida
turtadigan  barmog’i  bor,  oldingi  uchta  barmog’i  suzgich  parda  bilan  o’zaro
Logotip
burgutlar, kalxatlar, bo’ktarg’ilar hamda lochinlarning turlari vakil bo’ladi.Ko’pchilik kunduzgi yirtqich qushlar hashoratva kemiruvchilarni qirib foyda keltirsa, tasqaralar o’limtiklar bilan ovqatlanib tabiat sanitariya vazifasini bajaradi. Yirik yirtqich qushlar foydali hayvonlarga hujum qilsalarda, ular kasal va nimjonlarni tutib olib, tabiiy tanlashga yordam beradi. Ba’zi joylarda yirik lochinlar, sport va xotto sanoat ovida ushlovchi tutuvchi qush sifatida foydaniladi. Tovuqsimonlar turkumi-Calliformes: Bu turkumga kiradigan qushlar gavdasining pishshiqligi, oyoqlari va tirnoqlarining kuchliligi, yerni kovlashga moslashganligi, qanoti kalta va serbar bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Erkagi, urg’ochisiga nisbatan katta va tiniq rangda bo’lishligi bilan ajralib turgan. Tovuqsimonlarda nasl uchun qayg’urish faqat urg’ochilari zimmasida bo’ladi. O’z uyalarini odatda yerga qo’yadi va uyada 6 tadan 24 tagacha tuxum bo’ladi. Bu turkumga Avstraliya va Tinch okeanining ba’zi orollarida yashovchi g’alati xastovuqlar (o’z tuxumlarini qumga yoki to’planib yotgan barg va cho’p-xaslarga qo’yadi), qirg’ovullar oilasiga kiradigan Shimoliy Amerikada yashaydigan kurka. Afrika sesarkasi, Xindiston tovusi, bankiv tovug’i,qirg’ovullar kakliklar, bedanalar; kursimon oilasiga kiradigan qur, qarqur, kuropatga va boshqa bir qancha turlar kiradi. Tovuqsimonlarning deyarli hammasi ovchilik obyekti hisoblanadi. Turnasimonlar turkumi-Cruiformes:O’lchami tashqi qiyofasi vaekoldogik xususiyatlari har-xil bo’lgan turnasimonlar 190 ga yaqin turni o’z ichiga oladi va Rossiyada asosan turnalar, suvmoshoqlari va to’valoqlar oilalarining turlari tarqalgan. Turnalarning oyog’i va bo’yi uzun bo’ladi. Botqoqlik va quruq joylarga uya quradi. Bizda oq turna vabo’z turnalari yashaydi. Suvmoshoqlarga suv bo’yidagi changalzorlarda, botqoqliklarda va o’tloqlarda yashaydigan qashqaldoq, tartar, g’azkanjirlar kiradi. Tuvaloqlar odatda cho’l, sahrolarda yashaydigan qush bo’lib, bo’yinlari va oyoqlari uzun, oyoqlarda faqat uchta barmog’i bor. Dum usti bezi rivojlanmagan. Bu oilaga og’irligi 16 kg. gacha keladigan dudak yoki tuvaloq, bizg’aldoq va yurg’atuvaloqlar vakil bo’ladi. Go’shti uchun ovlanadi. Bularning soni keskin kamayib ketganligi sababli “qizil kitob” ga kiritilgan. Baliqchisimonlar turkumi-Lariformes: Baliqchilar mayda va o’rta o’rta kttalikdagi qushlar bo’lib, gavdasi cho’ziq, qanotlari uzun va o’tkirdir. Oyoqlarida turtadigan barmog’i bor, oldingi uchta barmog’i suzgich parda bilan o’zaro
qo’shilgan.  Tumshug’i  katta  va  to’g’ri  bo’lib,  biroz  yon  tomonga  qisilgan.
Baliqchilarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi,
suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarni yerga qo’yadi va
uyasida  2-3  ta  tuxum  bo’ladi.  Tuxumlarini  erkagi  va  urg’ochisi  navbatlashib
bosadi.  Baliqchi  qushlar  suvda  baliqlar  bilan  va  boshqa  hayvonlar  bilan
ovqatlanadi.  Bu turkumga  tipik  vakil  qilib,  daryo  baliqchisi  va kumush  rang
baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana chigirtkalar ham kiradi. Bularning
ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga
nisbatan kichik bo’ladi.
Kaptarsimonlar  turkumi-Calumbiformes:  O’rtacha  kattalikdagi  qushlardir.
Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. qanoti uzun va o’tkirlashgan. Bu turkumga tashqi
ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va
bulduruklar  kiradi.  Kaptarlarning  usiki  tumshug’i  asosida  yumshoq  terili
voskovitsasi bo’ladi. Yovvoyi ko’k kaptar, g’ov kaptar va har-xil musichalar shu
turkumning  tipik  vakilidir.  Bulduruqlar  asosan  cho’l  va  sahrolarda  yashaydi.
Tumshug’ida voskovitsasi  yo’q. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan ochiq roangda
bo’ladi.  Yerdagi  uyalariga  uchta  tuxum  qo’yadi.  Ko’payish  vaqtida  jig’ildoni
kaptarlardagi singari “sut” ishlab chiqarmaydi. Suvda ichish uchun uyasidan uzoq
masofaga muntazam uchib boradi.
To’tisimonlar  turkumi-Psittaciformes:  Yer  sharining  tropik  va  subtropik
o’rmonlarida  yashovchi  mevaxo’r  qushlardir.  Ustki  jag’i  bosh  skeleti  bilan
xarakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastki hamda yon tomonga qarab
xarakat qiladi. Tushug’i katta bo’lib, uchi ilmoq hosil qiladi, voskovitsasi bor.
Ikkita  barmog’i  oldinga,  ikkita  orqa  tomonga  qaratilgan,  jig’ildoni  bor.  Tuti
qushlarning tipik vakillariga Amerika ara to’tisi, kafasda boqiladigan ko’k to’ti,
Avstraliya  kokildor  kakadu  to’tisi  Afrika jakosi.  Yangi  Zerlandiya  nestori  va
boshqalar kiradi.
Kakkusimonlar turkumi-Cuculiformes.: Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita
barmog’i  oldinga,  ikkitasi  orqa  tomonga  qaratilgan.  Asosan  hashoratlar  bilan
ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari
uya  qurmasdan  tuxumlarini  boshqa  qushlarning  uyasiga  qo’yadi.  Tuxumdan
Logotip
qo’shilgan. Tumshug’i katta va to’g’ri bo’lib, biroz yon tomonga qisilgan. Baliqchilarning hammasi suvda yashaydi, yaxshi uchadi va ovqatni uchib axtaradi, suvda yaxshi suzadi, lekin sho’ng’iy olmaydi. Odatda uyalarni yerga qo’yadi va uyasida 2-3 ta tuxum bo’ladi. Tuxumlarini erkagi va urg’ochisi navbatlashib bosadi. Baliqchi qushlar suvda baliqlar bilan va boshqa hayvonlar bilan ovqatlanadi. Bu turkumga tipik vakil qilib, daryo baliqchisi va kumush rang baliqchisini olish mumkin. Bu turkumga yana chigirtkalar ham kiradi. Bularning ustki tumshuqlarini uchi baliqchilarniki singari pastga bukilmagan va baliqchilarga nisbatan kichik bo’ladi. Kaptarsimonlar turkumi-Calumbiformes: O’rtacha kattalikdagi qushlardir. Jig’ildoni yaxshi rivojlangan. qanoti uzun va o’tkirlashgan. Bu turkumga tashqi ko’rinishidan bir-biriga o’xshash, lekin biologiyasi bilan farq qiluvchi kaptarlar va bulduruklar kiradi. Kaptarlarning usiki tumshug’i asosida yumshoq terili voskovitsasi bo’ladi. Yovvoyi ko’k kaptar, g’ov kaptar va har-xil musichalar shu turkumning tipik vakilidir. Bulduruqlar asosan cho’l va sahrolarda yashaydi. Tumshug’ida voskovitsasi yo’q. Erkaklari urg’ochisiga nisbatan ochiq roangda bo’ladi. Yerdagi uyalariga uchta tuxum qo’yadi. Ko’payish vaqtida jig’ildoni kaptarlardagi singari “sut” ishlab chiqarmaydi. Suvda ichish uchun uyasidan uzoq masofaga muntazam uchib boradi. To’tisimonlar turkumi-Psittaciformes: Yer sharining tropik va subtropik o’rmonlarida yashovchi mevaxo’r qushlardir. Ustki jag’i bosh skeleti bilan xarakatchan qo’shilgan, pastki jag’i esa yuqori va pastki hamda yon tomonga qarab xarakat qiladi. Tushug’i katta bo’lib, uchi ilmoq hosil qiladi, voskovitsasi bor. Ikkita barmog’i oldinga, ikkita orqa tomonga qaratilgan, jig’ildoni bor. Tuti qushlarning tipik vakillariga Amerika ara to’tisi, kafasda boqiladigan ko’k to’ti, Avstraliya kokildor kakadu to’tisi Afrika jakosi. Yangi Zerlandiya nestori va boshqalar kiradi. Kakkusimonlar turkumi-Cuculiformes.: Daraxtda yashashga moslashgan. Ikkita barmog’i oldinga, ikkitasi orqa tomonga qaratilgan. Asosan hashoratlar bilan ovqatlanadi. Kakkularning 70% ga yaqini uya paraziti hisoblanadi, ya’ni o’zlari uya qurmasdan tuxumlarini boshqa qushlarning uyasiga qo’yadi. Tuxumdan