Ko‘llar va suv omborlari gidrokimyosi
Ushbu mavzuda ko‘llar suvida erigan mineral moddalar, ularni
minerallashuv darajasi bo‘yicha guruhlash masalalari yoritiladi. SHuningdek,
O‘rta Osiyo ko‘llari va suv omborlarining gidrokimyoviy rejimiga oid ma’lumotlar
keltiriladi.
Reja:
1. Ko‘llarni suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdoriga bog‘liq holda
guruhlash;
2. Ko‘llar suvida erigan mineral moddalar haqida;
3. O‘rta Osiyo ko‘llari minerallashuv darajasining o‘zgarishi;
4. O‘rta Osiyo suv omborlarining gidrokimyoviy rejimi.
Ko‘llar, suvida erigan tuzlar miqdori hamda tarkibiga bog‘liq holda, Dunyo
okeani, dengizlar va daryolar suvidan keskin farq qiladi. Ma’lumki, Dunyo okeani
va dengizlar suvi tarkibidagi erigan tuzlar miqdori o‘rtacha 35‰ ga yaqin bo‘lib,
vaqt bo‘yicha deyarli o‘zgarmaydi. Daryolar suvida esa minerallashuv darajasi
ma’lum chegaradan, aksariyat hollarda 35‰ dan yuqori bo‘lmaydi.
Ko‘llar suvining minerallashuvi haqida yuqoridagiga o‘xshash aniq
raqamlarni keltirib bo‘lmaydi. CHunki Er yuzidagi ko‘llar suvi ular tarkibida
erigan tuzlar miqdori bilan birbiridan keskin farq qiladi. SHu o‘rinda ko‘llar
suvining minerallashuv darajasi 14 mg/l dan 300 g/l gacha, hatto undan ham katta
bo‘lgan qiymatlar (350 g/l gacha) oralig‘ida o‘zgarishini qayd etib o‘tish kifoyadir.
Ko‘llar suvida erigan moddalar va tuzlarning miqdori ko‘p jihatdan ularda
kechadigan suv almashinuvi jarayoni jadalligi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, oqar
ko‘llardagi tuz miqdori berk, ya’ni oqmas ko‘llarga nisbatan juda kam bo‘ladi.
Oqar ko‘llar Er sirtining nam iqlimli yoki tog‘li hududlarida keng tarqalgan. Ularga
Evropaning shimoliy rayonlaridagi va SHimoliy Amerikadagi buyuk ko‘llar,
Osiyodagi Baykal ko‘li yoki Pomir tog‘laridagi Sarez ko‘li misol bo‘ladi. Mazkur
ko‘llarda suv almashinish jarayoni tez bo‘lganligi uchun, ularning suvi chuchukdir.
Berk, ya’ni oqmas ko‘llarga Afrikadagi CHad ko‘lini, Evrosiyo
materigidagi Kaspiy va Orol dengizlarini, Issiqko‘lni misol qilib keltirish mumkin.
Ularda suvning minerallashuv darajasi juda yuqoridir. Ayrim berk ko‘llar suvining
sho‘rligi yildan - yilga ortib bormoqda. Masalan, Orol dengizi suvining
minerallashuvi o‘tgan asrning o‘rtalarida 10-12 g/l ni tashkil etgan bo‘lsa, 80-
yillarda dengiz suvining sho‘rligi 28-30 g/l gacha ortdi. Bu jarayon davom etib,
hozirgi kunda Orol dengizining minerallashuv darajasi 100 g/l dan ham ortib ketdi
(2.3-rasm).
0
5
10
15
20
25
30
35
40
45
19871988198919901991199219931994199519961997199819992000200120022003200420052006200720082009
H, м
0
20
40
60
80
100
120
М, г/л
Н, м
М, г/л
Orol dengizi sathi va minerallashuv darajasininng
yillararo o‘zgarishi
Ko‘llarni ularda erigan tuz miqdoriga bog‘liq holda O.A.Alyokin quyidagi
guruhlarga ajratagan:
1) chuchuk ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 1 ‰ gacha);
2) nimsho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 125 ‰ oralig‘ida);
3) sho‘r ko‘llar (erigan tuzlar miqdori 25 ‰ dan katta).
Ko‘llar suvini sho‘rligi bo‘yicha qayd etilgan guruhlarga ajratish shartli
bo‘lmasdan, balki ularning har biri suvning ma’lum bir tabiiykimyoviy doimiylari
bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham amaliyotda ulardan foydalanish samarali
natijalar beradi. Hozirgi kunda sho‘r ko‘llar guruhining quyi chegarasi 35 ‰ deb
qabul qilingan. Ma’lumki, bu raqam Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligini
ifodalaydi.
SHo‘r ko‘llar quruq iqlimli hududlarda keng tarqalgan bo‘lib, quyidagi
sinflarga bo‘linadi:
1) karbonatli (sodali) ko‘llar, suvi tarkibida soda NaHCO3 va Na2CO3
birikmalari ko‘rinishida uchraydi;
2) sulfatli ko‘llar, suvi tarkibida natriy (Na2SO4) va magniy (MgSO4) tuzlari
miqdori ko‘p bo‘ladi;
3) xloridli ko‘llar, suvi tarkibida kalsiyning xlorli tuzlari (SaCl2) miqdori
ko‘p bo‘ladi.
Ko‘llar suvida mavjud bo‘lgan erigan moddalarni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin: mineral moddalar; erigan gazlar; organik moddalar. Ko‘llar
suvida erigan mineral moddalar o‘z navbatida makrokomponentlar va
mikrokomponentlarga bo‘linadi.
Makrokomponentlarga
HCO3
− , CO3 , SO4
2−, Cl− , Сa2 +, Mg2 +, Na+ , K+
ionlari kiradi va odatda ular ko‘llar suvida nisbatan katta miqdorda uchraydi.
Taniqli gidroximik olim G.A.Maksimovich Er yuzidagi ko‘llarni ular suvida
mavjud bo‘lgan asosiy ionlar va sho‘rlanish darajasi bo‘yicha bir necha guruhlarga
ajratgan.
Mikrokomponentlar esa suv tarkibida juda oz miqdorda bo‘ladi. Lekin,
ularning ko‘pchiligi ko‘llarda biologik jarayonlarning kechishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Ba’zan mikrokomponentlarning juda oz qismi ham ko‘ldagi biologik
jarayonlarning tezlashishiga yoki aksincha sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
Ularga azot, fosfor, kremniy va qisman temir birikmalari kiradi. Ma’lumki, ular
yuqorida aytib o‘tganimizdek, biogen moddalar deb ataladi.
Erigan gazlarga atmosfera tarkibida mavjud bo‘lgan kislorod (O2), azot
(N2), karbonat angidrid (SO2), metan (SN4), vodorod (N2) va boshqalar kiradi. Ular
orasida suvda erigan kislorod o‘ta muhim bo‘lib, ko‘llar faunasi (baliqlar, barcha
tirik organizmlar) va florasi (o‘simliklari) rivojlanishini ta’minlaydi.
Uchinchi guruh, ya’ni organik moddalar esa ko‘llar suvida kolloidlar va
suspenziyalar ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Kolloidlarga parchalanish mahsulotlari,
jumladan, aminokislotalar, kislotalar, spirtlar, uglevodlar kiradi. Suspenziyalar esa
tirik yoki o‘lik organizmlar, ularning qoldiqlaridan tashkil topgan bo‘ladi.
YUqorida qayd etilganlardan ko‘rinib turibdiki, har bir ko‘l o‘ziga xos
bo‘lgan murakkab gidrokimyoviy va gidrobiologik rejimga ega bo‘ladi. U esa o‘z
navbatida suv havzasi joylashgan hududning tabiiy geografik sharoiti, jumladan
iqlimi, suv balansi, relefi, geologik tuzilishi, tuproq va o‘simlik qoplami bilan
aniqlanadi. Ushbu omillar bilan bir qatorda, ko‘larda kechadigan gidrokimyoviy va
gidrobiologik jarayonlarga ularning oqar yoki berk ko‘llarga mansubligi ham katta
ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta Osiyoning ko‘pchilik ko‘llarida ularning minerallashuv darajasi suv
balansi elementlarining o‘zgarishiga bog‘liq holda yil davomida o‘zgarib turadi.
SHu bilan birga, o‘lkamizning tog‘li hududlaridagi ko‘llarning ko‘pchiligi oqar
ko‘llar bo‘lgani uchun, ularda erigan tuzlar miqdori juda kichik bo‘ladi. Aksincha,
tekislikdagi ko‘llarda suvning sarflanishi asosan bug‘lanish hisobiga bo‘ladi.
Ma’lumki, bug‘lanish jarayonida toza suv molekulalari bug‘lanib, ular tarkibidagi
tuz qoladi. Natijada berk ko‘llar suvining minerallashuv darajasi yuqori bo‘ladi.
YUqorida qayd etilganlardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: O‘rta
Osiyo ko‘llari suvining minerallashuv darajasi balandlik bo‘yicha o‘zgaradi. Bu
ilmiy muammo ko‘lshunos olim A.M.Nikitin tomonidan o‘rganilgan. U o‘zi
bajargan tadqiqotlar natijalariga tayanib, yirik daryolar, ya’ni Amudaryo va
Sirdaryo havzalarining har biri uchun o‘ziga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ochib
bergan.
O‘tgan asrning 60yillaridan boshlab, O‘rta Osiyo respublikalarida
sug‘oriladigan erlar maydoni jadal suratlarda kengaya boshladi. Ularda hosil
bo‘lgan qaytarma suvlar hududning tekislik qismidagi tabiiy botiqlarda to‘planib,
yangi tipdagi, ya’ni irrigatsion-tashlama ko‘llarni hosil qildi. Ularga Sariqamish,
Dengizko‘l, Oyoqog‘itma, Tuzkoni kabi ko‘plab ko‘llarni misol qilib keltirish
mumkin. Ushbu ko‘llarning har biri o‘ziga xos gidrologik xususiyatlarga ega.
Ularning gidrokimiyoviy rejimi, asosan, shu ko‘llarga quyiladigan tashlama suv-
larning hajmi, sifati, ularda erigan tuzlar miqdori bilan aniqlanadi.
Sun’iy ko‘llar - suv omborlarida suv almashinuvining tez borishi ularning
boshqa suv havzalari - okeanlar, dengizlar bilan bir qatorda, ko‘llarga nisbatan
kam darajada minerallashuviga sabab bo‘ladi. Suv omborlarining minerallashuv