KOMPOZITORLIK IJODIYOTI.
Reja:
1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti janrlarining
rivojlanishi.
2. Musiqiy sahnaviy janrlar.
3. Simfonik musiqa
4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi,
5. Vokal-simfonik va xor musiqasi
6. Milliy estrada musiqasining rivojlanishi.
1. Istiqlol yillarida o’zbek musiqasida kompozitorlik ijodiyoti
janrlarining rivojlanishi.
2. Musiqiy sahnaviy janrlar. O’zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat
tarixiga ega. Uning an’anaviy musiqa, tomosha va so’z san’atining
sarchashmalari miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Qadim
zamonlardayoq, O’zbekiston zaminida yashagan xalqlar, yuksak darajada
taraqqiy topgan madaniy an’analar sohiblari bo’lib kelganlar. Arxeologik
qazilmalar natijasida topilgan sozanda va raqqosalarning haykalchalari, tasviriy
san’at namunalarida ifodalangan musiqa cholg’u asboblari, asrlar osha bizgacha
etib kelgan xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari, xalq og’zaki ijodi
va yozma adabiyot asarlari, ilmiy va tarixiy manbalar va asori-atiqalar bundan
yorqin dalolat beradi.
Ma’lumki, har bir millatning madaniy taraqqiyoti, qaysi bir davrga mansub
bo’lishidan qatiy nazar, mazkur xalqning iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va
ma’naviyat sohalarida erishgan yutuqlari bilan chambarchas bog’liq. Har bir
xalqning ma’naviy ravnaqi esa, eng avvalo uning umumbashariy madaniyatga
qo’shgan hissasi bilan o’lchanadi va qadrlanadi. Ana shu nuqtai nazardan,
o’zbek xalqi ham boshqa O’rta Osiyo xalqlari bilan birgalikda, jahon ilm-fani
va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi. O’zbek zaminidan etishib
chiqqan buyuk allomalar: Imom Ismoil Buxoriy, Muso Xorazmiy, Ahmad
Farg’oniy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Najmiddin Kubro,
Baxovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Ulug’bek va boshqalar inson
tafakkurini diniy va dunyoviy fanlarni boyitishga va ma’naviy yuksalishiga
ulkan hissa ko’shganlar. Ularning nomlari nafaqat O’zbekistonda, balki uzoq va
yaqin xorijiy mamlakatlarda ham mashhurdir.
O’zbek musiqa san’atida ham, adabiyot va tasviriy san’at sohalarida
bo’lgani kabi "musiqali drama", "musiqali komediya", "operetta", "opera",
"balet", "simfoniya","kontsert", "romans" kabi musiqa atama turlari ijobiy
o’zlashtirilib olingan. Mazkur sohalarning deyarlik har birida, milliy ruh bilan
sug’orilgan va ayni chog’da umuminsoniy qadriyatlar qatoridan o’rin olishga
qodir bo’lgan asarlar yaratilgan va ular ota-bobolarimizdan meros bo’lib asrlar
osha kelayotgan an’anaviy musiqa boyliklarimiz bilan bir qatorda, mushtarak
o’zbek musiqa madaniyatini tashkil qiladi. Ana shu sertarmoq musiqa
madaniyatimiz majmuida musiqali drama va musiqali komediya janrlarining
o’ziga yarasha o’rni va salohiyati mavjud.
Tarixga murojaat qilganimizda, ba’zan shunday savollar tug’iladi: nima
uchun dunyodagi ko’p xalqlarda "teatr", "drama", "opera", "balet" kabi atamalar
bir xil nom va ma’nolarda yuritiladi? Agar bir zum fikrimiz bilan, olamshumul
tarix charxpalagini orqaga aylantirsak, qadim-qadim zamonlardan, miloddan
avval va keyingi asrlar davomida, dunyo xalqlari o’z mehnat va turmushlari
jarayonida tabiatni mo’jizalarini o’rganib, diniy e’tiqod va falsafiy tafakkurlari
bilan so’z, musiqa, raqs va turli tomosha-o’yinlarni yaratdilar va badiiy san’at
darajasiga ko’tardilar. Bu san’atlarning bir-biriga uzviy chatishtirishlari
natijasida, har-xil san’at turlari bunyodga keldi. Bulardan biri - teatr san’atidir.
Tarix shunday ma’lumot beradi-ki, butun dunyo xalqlari so’z (dialog va
monolog), musiqa va raqs san’atlarining bir-biriiga uzviy bog’lab, mazmunli
tomoshalar qo’yishga harakat qilganlar va yaxshi natijalarga erishganlar.
Qadimgi yunon xalqi (Ellada davlatida) bunday tomoshani teatr deb ataganlar.
Teatr (yunon so’zi g’G’eaorx1 - ko’ryapman, qarayotirman, uexgrou - tomosha
ko’radigan maxsus joy ma’nolarini bildiradi). Xuddi shunday, drama so’zi ham,
yunoncha atama bo’lib, (Ogata - harakat, fikr to’qnashuv harakati) dialog va
monolog badiiy so’z va sahna harakati orqali tuziladi. Boshqacha qilib
aytganda, drama - jamiyat tuzumlaridagi nuqsonlar, insonlarning
munosabatlarida yuz beradigan muammolar, ziddiyatlar, qarama-qarshi g’oya
va fikrlar, turli yaxshi va yomon hatti-harakatlar kabi masalarni to’qnashuvi va
ularni echilishi yoki hukm chiqarishi bilan bog’liq adabiy sahnaviy asar.
3. Simfonik musiqa. Urush yillari simfonik musiqa ham sezilarli darajada
o’sdi. Avvalambor simfonik ijodiyotning janr doirasi kengaydi. Bu narsa,
san’atning ruhiy psixologik emotsional obrazli chegarasining kengayishi va
boyishi yirik masshtabli shakllar yuzaga kelishiga olib keldi. O’sha yillari,
O’zbeksiton musiqasi uchun an’anaviy bo’lib qolgan syuita va poema bilan bir
qatorda, uvertyura va cholg’u kontsert ham fuqarolik xuquqiga ega bo’ldi.
Lekin, kompzitorlarning ijodiy izlanishlari uchun asosiy soha bo’lib qolgan
simfoniyaning oldinga chiqishi eng katta yutuqdir. Simfonik musiqaning
g’oyaviy tematik mavzusi kengaydi: simfonik musiqa doirasiga qahramonlik
aktiv va shiddatli, xamda dramatik obrazlar kiritildi. Milliy uslubni o’zlashtirish
sohasida ham jiddiy siljishlar sodir bo’ldi.
Uspenskiyning har ikkala asari “Muqanna” syuitasi ( 1943 yil) va
“O’zbekcha poema rapsodiya” si ( 1944 yil) muallif tomonidan dastlab topilgan
vosita va usullar endilikda erkinroq va xilma xilroq qo’llanilayotganidan dalolat
beradi. Kompozitorning badiiy niyati dadilroq bo’lib qoladi.
O’zbek simfonik musiqasida o’z yo’lini miniatyuralardan boshlagan
Uspenskiydan farqli o’laroq, Georgiy Mushel birdaniga simfoniya muallifi
(uning birinchi simfoniyasi 30-yillar oxiriga mansub) sifatida tanildi.
Kompozitorning mazkur janrga qiziqishi doimiy va shu qadar o’tkir ediki,
urushning dastlabki yillaridayoq birin-ketin ikkita simfoniya yaratdi. Ta’kidlash
zarurki, Mushelning simfoniya janrida individual moyilligi, harbiy davrda
kompozitorlarning yirik shaklga va ulkan fuqarolik mavzulariga bo’lgan
intilishlariga xos umumiy yo’nalishni aks ettiradi. Simfoniyaning o’ziga xosligi
ko’p jixatdan uning janr belgilari o’zgachaligidan kelib chiqadi. “ Shaklning
monumentalligi musiqa bayonining osoyishtaligi, mavzularni rivojlantirish
usullari epik simfonizm (xammadan ko’proq Borodin ) an’analarini eslatadi.
Shu bilan birga, Mushelning o’tkir kolliziyalarga bo’lgan intilishi mazkur
asarga lirik, dramatik simfonizm belgilarini kiritadi”. Qo’shimcha qilish
mumkinki, o’zbek intonatsiya manbai zaminida, original singdirilgan romantik
simfoniya ( Shubert) ta’siri ham seziladi.
4. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri musiqasi. To’xtasin Jalilov
nomidagi O’zbekiston Davlat Akademik xalq cholg’ulari, Doni Zokirov
nomidagi O’zbek xalq cholg’ulari orkestrlarining kontsert ijrochilik faoliyati
keng jamoatchilik e’tiborini qozondi. 1948-yilda Toshkent Davlat
konservatoriyasida xalq cholg’ulari fakultetining ochilishi, O’zbekiston
bastakorlarining original asarlar yaratish borasida faol ijodiy faoliyati ko’plab,
jaxon klassik asarlari va xalq kuylarining moslashtirilishi va qayta ishlanishi,
Davlat orkestriga jaxon sahnasiga chiqish imkonini berdi.
Orkestrning biinchi ma’sul chiqishi, 1948-yil noyabrning oxirida,
Moskvadagi P.I. Chaykovskiy nomidagi kontsert zalida bo’lib o’tdi.
Kontsertlar, shuningdek, olimlar uyida, madaniyat saroylari va boshqa zallarda
ham bo’ldi. Ulardan: Mutal Burxonov, Manas Leviev asarlari bilan bir qatorda,
N. Budashkinning “Domra va orkestr uchun kontsert” ( A. Baxromov
yakkaxon), E.Grigning “ Tanets Anitri” asarlari ijro etildi.
Yirik shakldagi orkestr asarlaridan, N. Budashkinning kontserti, Sobir
Boboevning “Bayram uvertyurasi”, G’ofur Qodirovning uch qismli “Syuita”si,
Fattox Nazarovning “ Yoshlar syuitasi” kiritilgan edi.
Doni Zokirov nomidagi o’zbek xalq cholg’ulari orkestri 50-yillarda tashkil
topgan. Uning eng muhim vazifalaridan biri, o’zbek xalq musiqasini tag’ib
qilish xamda keng tinglovchilar ommasini boshqa xalqlar musiqasidan
bahramand etish, shuningdek, O’zbekiston bastakorlarining yangi original
asarlari bilan tanishtirishdan iborat. Orkestrning negizini, Toshkent Davlat
Konservatoriyasining o’zbek xalq cholg’ulari fakultetini bitirib chiqqanlar
tashkil etdi. Ular orasida, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Qobul
Usmonov, Tohir Rajabov (rubob), Halim Jo’raev (nay), Qahramon Komilov
(g’ijjakchi), respublika ko’rigining sohiblari Rustam Karimov (rubob), Komil