Konfliktlarning oldini olish va bartaraf etish asoslari
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
51,0 KB
Ilmiybaza.uz
Konfliktlarning oldini olish va bartaraf etish asoslari
Reja:
1. Pedagogika konfliktlarning kelib chiqishi sabablari.
2. O‘zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat.
3. To‘qnashuv, qarama-qarshiliklar motivi
4. Ta’lim tarbiya jarayonidagi majburiylik
5. Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari.
Ilmiybaza.uz
Konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l
atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo‘lgan millat, xalq xudud
xususiyatlarida namayon bo‘ladi.
Pedagogik konflikologiya vfanining yuzaga kelishining ruxiy madaniy
asoslari bilan tanishi ya’ni pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilgisi,
shu o‘rinda turli pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu
o‘rinda turli pedagogik ziddiyatlarni oldini olishi va bartaraf etish usullari haqidagi
nazariy bilimlarni amaliyotda keng tadbiq etishlari talablar bilimlariga quiylgan
asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik konfliktologiya fanining kelib chiqish
sabablaridan yana biri pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik
konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun ziddiyatlarni, muammolarni oldini olishda
o‘qituvchi pedagogika qobiliyat va mahorat o‘qituvchilik ishida muvaffaqiyatga
erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk
faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning qo‘ydagi turlar
mavjud bo‘lmog‘i lozim. Bilish-qobiliyati o‘z mutaxassisligini kuchli bilishi, o‘z
fani sohasida kashfiyotlarni hamisha ko‘zatib borishi kerakdir. Tushuntira olish
qobiliyati- o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib yetkazib bera olish
muammoli ziddiyatli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib berish:
kuzatuvchanlik qobiliyati-o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyoga kira
olishi, o‘quvchi shaxsini va uning vqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish
bilish bilan bog‘liq bo‘lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun
o‘quvchini yosh va individualxuchuchiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir
guruh talabalarini xarakteri, tempromentga qarab munosabatga kirishsa, o‘qituvchi
va o‘quvchilar o‘rtasida konfliktlar yuzaga kelmaydi.
O‘zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat.
Pedagogik vaziyat ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradigan turli xil shart-
sharoitlardir. Pedagogik vaziyatda shunday holatlarga duch kelishimiz mumkin.
Ta’lim jarayoni olib borilayotgan ya’ni o‘qituvchi ma’ruza o‘tayotgan paytda
talabalarimiz tushunmagan narsalarni o‘z vaqtida domlaning fikrini to‘xtatib
Ilmiybaza.uz
savolini beradi. Agar pedagog o‘z fanini puxta egallagan bo‘lsa, savolga javob
berib, keyin ma’ruzani davom ettira oladi. Bunday pedagogik vaziyatda ayrim
pedagoglarimiz fikrim bo‘lindi deb talabalarga tanbeh beradi. Bu vaziyatdan
chiqishga qiynalib qoladilar. Ayrim gurug‘larda iqtidorli talantli talabalarimiz
borki, ularning fikrlari juda keng turli hil mavzudagi savollarni o‘rtacha
tashlaydilar, bunday vaziyatda o‘qituvchi nima qilishi kerak o‘qituvchi biladi lekin
talabaga kengroq umumiyroq tushuntirma yana savol beraveradi. Bunday
vaziyatda o‘qituvchi darsni bahs munozara tarzda tashkil qilsa, guruh talabalaridan
yangi yangi fikrlarni eshitishi va so‘ng umumiy xulosa qilib o‘z fikrlarini bildirishi
lozimdir. Pedagogik vaziyatlarda ham pedagogik konfliktlarni ko‘rishimiz mumkin
darsni bahs munozara shaklida qarama-qarshilik tafovut, mojoralarni oldini olishda
talabalar bir-biri bildirayotgan fikrlarini ba’zan umuman rad qilib tashlaydila.
Pedagogik vaziyatda har talabani ham fikrlarini qaysidir tomonlama to‘g‘riligini
ta’kidlash pedagogni pedagogik vaziyatdagi yutug‘idir.
To‘qnashuv qarama-qarshiliklar motivi. To‘qnashuv qarama-qarshilik
ziddiyatlar guruhlarda jamoalarda vujudga keladi. Shaxsning jamiyatdagi o‘rni
o‘zini qanday tutishi egallangan mavqey ham sababsiz o‘z-o‘zidan ruy bermaydi.
Faoliyatni amalga oshishi va shaxs xulq atvorini tushuntirish uchun pedagogik
konfliktologiyada motiv tushunchasiga to‘xtalamiz. Motiv aniqroq tushuncha
bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq atvorga nisbatan turgan moyillik hozirlikni
tushuntirib beruvchi sababni nazarda tutadi. To‘qnashuv qarama-qarshgilik
motiviga misol. Mashhur nemis olimi Kurt Levan motivlar muammosi to‘qnashuv
qarama qarshiliklar asosidaligi qo‘yidagicha e’tirof etadi. Masalan, texnika
oliygohida “materiallarning qarshiligi” nomli kurs bor bo‘lib, shu kursni
o‘zlashtirish va undan sinovdan o‘tish ko‘pchilikka osonlicha ruy bermaydi. Hali
kurs boshlanmmasdanoq, yosh talabalarda shu kurs vauning talabalariga nisbatan
shunday ustanovka shakllanadiki,albatta, bu kurs qiyin uni olib boruvchi
o‘qituvchi o‘ta talabchan,qattiqqo‘l va hakozo degan. Bunday totiv mana necha
avlod talabalar boshidan chiqayotgan holat endi aniq bir shaxs ning dars jarayonim
boshlangan keiyngi harakatlari aniq bir motivlar bilan izohlanadi va tirishqoq