Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi. Halqali chuvalchanglarni ko’payishi, embrional rivojlanishi, ekologiyasi va ularning ahamiyati.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

74,4 KB


Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi.
Halqali chuvalchanglarni ko’payishi, embrional rivojlanishi, ekologiyasi va
ularning ahamiyati.
 R E J A
1. Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi. 
2. Halqali chuvalchanglarni ko’payishiva embronal rivojlanishi. 
3. Halqali chuvalchanglarni ahamiyati.
 
Halqali  chuvalchanglar  9000  dan  ortiq  yuksak  tuzilgan  chuvalchanglar
turlarini o’z ichiga oladi. Ularning asosiy belgilari quyidagilardan iborat;
 1. Tanasi bosh, bo’g’imlari bo’lingan gavda va orqa anal bo’limlardan iborat. Har
bir halqada harakatlanish vazfasini bajaruvchi tuzilmalar - parapodiylar joylashadi.
Parapodiy - oyoq degan ma’noni beradi. 
 2. Parapodiylar barcha halqali chuvalchanglarda bo’lavermaydi. 
 3. Teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan.
 4. Tana bo’shlig’i ikkilamchi yoki selom deyiladi.
 5.  Og’iz  teshigi  prostomiumning  qorin  tomonida  joylashgan.  Hazm  qilish
sistemasi yaxshi rivojlangan.
 6. Qon aylanish sistemasi odatda yopiq rivojlangan.
 7. Ayirish sistemasi - har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan
iborat.
 8. Markaziy nerv sistemasi - bir juftdan bosh va halqumosti nerv gangliylari,
shuncha halqum atrofi halqa nerv gangliylari, nerv o’qi va qorin zanjiridan iborat.
 Qorin nerv zanjiri bir juft bo’ylama nerv o’qidan hosil bo’ladi. Nerv o’qlari
ko’pincha  o’zaro  yaqinlashib  qo’shilib  ketadi.  Nerv  o’qlari  bo’ylab  har  bir
bo’g’imda bir juftdan nerv gangliylari joylashadi. 
 9. Ko’pchilik tuban tuzilgan halqalilar ayrim jinsli, metamorfoz orqali rivojlanadi,
lichinkasi troxofora deyiladi. Halqalilar ikki kenja tipga bo’linadi. 
Logotip
Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi. Halqali chuvalchanglarni ko’payishi, embrional rivojlanishi, ekologiyasi va ularning ahamiyati. R E J A 1. Ko’p tuklilar, kamtuklilar va zuluklar sinfining umumiy tavsifi. 2. Halqali chuvalchanglarni ko’payishiva embronal rivojlanishi. 3. Halqali chuvalchanglarni ahamiyati. Halqali chuvalchanglar 9000 dan ortiq yuksak tuzilgan chuvalchanglar turlarini o’z ichiga oladi. Ularning asosiy belgilari quyidagilardan iborat; 1. Tanasi bosh, bo’g’imlari bo’lingan gavda va orqa anal bo’limlardan iborat. Har bir halqada harakatlanish vazfasini bajaruvchi tuzilmalar - parapodiylar joylashadi. Parapodiy - oyoq degan ma’noni beradi. 2. Parapodiylar barcha halqali chuvalchanglarda bo’lavermaydi. 3. Teri muskul xaltasi yaxshi rivojlangan. 4. Tana bo’shlig’i ikkilamchi yoki selom deyiladi. 5. Og’iz teshigi prostomiumning qorin tomonida joylashgan. Hazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan. 6. Qon aylanish sistemasi odatda yopiq rivojlangan. 7. Ayirish sistemasi - har bir bo’g’imda bir juftdan joylashgan metanefridiylardan iborat. 8. Markaziy nerv sistemasi - bir juftdan bosh va halqumosti nerv gangliylari, shuncha halqum atrofi halqa nerv gangliylari, nerv o’qi va qorin zanjiridan iborat. Qorin nerv zanjiri bir juft bo’ylama nerv o’qidan hosil bo’ladi. Nerv o’qlari ko’pincha o’zaro yaqinlashib qo’shilib ketadi. Nerv o’qlari bo’ylab har bir bo’g’imda bir juftdan nerv gangliylari joylashadi. 9. Ko’pchilik tuban tuzilgan halqalilar ayrim jinsli, metamorfoz orqali rivojlanadi, lichinkasi troxofora deyiladi. Halqalilar ikki kenja tipga bo’linadi.
1. BELBOG’SIZLAR (ACLITELLATA) KENJA TIPI.
Belbog’sizlar ayrim jinsli, jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Tanasida belbog’i
bo’lmaydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi troxofora deyiladi. Kenja tip
bitta ko’ptuklilar sinfni o’z ichiga oladi. 
KO’PTUKLILAR SINFI (POLYCHAETA)
 Bu  sinfga  mansub  chuvalchanglarning  gavdasi  ko’plab  tuklar  bilan
qoplangani uchun sinf nomi o’sha belgidan olingan. Ko’p tuklilarning ichida o’troq
va ko’chib yurib harakatlanadigan xillari uchraydi. Bularning aksariyati dengiz
suvlarida  yashovchi  jonivorlardir.  Ko’p 
tuklilarning  gavdasini  tuzilish
xususiyatlarining shu sinf vakili bo’lmish nereis (Nereis) misolida beriladi. 
 Nereis  (Nereis  pelagica)  qo’ng’ir  yashil  rangdagi  chuvalchang  bo’lib,
uzunligi 120 mm. ga boradi. Nereisning oldingi tomoni keng, keyingi tomoni
ensizroqdir. Gavdasi 5 800 tagacha halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshi
ikki qismdan ibrat bo’lib, oldingi boshga prostomium, keyingisiga peristomium
deyiladi. 
Peristomium ko’pincha ikki uch halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bir
yoki  bir  nechta  halqalar  bosh  bo’limiga  qo’shilib  boshni  hosil  qilishiga  -
sefalizatsiya deyiladi. Prostomiumda bir juft paypaslagichlar bo’lib ular tuyg’u
vazifasini  bajaradi.  Peristomiumda  esa  har-xil  miqdorda  mo’ylovlar  bo’ladi.
Tananing  hosil  qilgan  halqalar  bir  xil  kattalik  va  shaklda  ko’rinadi.  Bunday
halqalar gomonom halqalar deyiladi. Har bir halqaning yon tomonida o’siqlari
paropiylar harakatlanish organi sifatida birinchi bor shu chuvalchanglarda paydo
bo’lgan. 
Paropodiyning musukulli kalta tana bo’lib, u asosiy bo’lak va bu bo’lakda
joylashgan ustki va ostki bo’laklardan tashkil topadi. Paropodiylarda bir qancha
qillar tutami bo’lib, ular ingichka va elastik bo’ladi. Qillardan biri yo’g’on bo’lib, u
tayanch vazifasini o’taydi. Paropodiy olididan orqaga surilganda qillar substratga
tegib hayvon ilgari harakatlanadi.
Teri  muskul  xaltasi:  Nereis  tanasi  ustki  tomondan  yupqa,  biroq  pishiq
kutikula qavat bilan o’raladi. Epiteliy ba’zi xollarda kiprikli bo’lishi mumkin.
Ko’pincha epiteliyda bez hujayralar joylashadi. Teri epiteliysi ostida ikki qavatli
muskul to’plami yotadi. Bu muskullar halqa, bo’ylama muskullardan tashkil topdi.
Logotip
1. BELBOG’SIZLAR (ACLITELLATA) KENJA TIPI. Belbog’sizlar ayrim jinsli, jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Tanasida belbog’i bo’lmaydi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Lichinkasi troxofora deyiladi. Kenja tip bitta ko’ptuklilar sinfni o’z ichiga oladi. KO’PTUKLILAR SINFI (POLYCHAETA) Bu sinfga mansub chuvalchanglarning gavdasi ko’plab tuklar bilan qoplangani uchun sinf nomi o’sha belgidan olingan. Ko’p tuklilarning ichida o’troq va ko’chib yurib harakatlanadigan xillari uchraydi. Bularning aksariyati dengiz suvlarida yashovchi jonivorlardir. Ko’p tuklilarning gavdasini tuzilish xususiyatlarining shu sinf vakili bo’lmish nereis (Nereis) misolida beriladi. Nereis (Nereis pelagica) qo’ng’ir yashil rangdagi chuvalchang bo’lib, uzunligi 120 mm. ga boradi. Nereisning oldingi tomoni keng, keyingi tomoni ensizroqdir. Gavdasi 5 800 tagacha halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Boshi ikki qismdan ibrat bo’lib, oldingi boshga prostomium, keyingisiga peristomium deyiladi. Peristomium ko’pincha ikki uch halqalarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bir yoki bir nechta halqalar bosh bo’limiga qo’shilib boshni hosil qilishiga - sefalizatsiya deyiladi. Prostomiumda bir juft paypaslagichlar bo’lib ular tuyg’u vazifasini bajaradi. Peristomiumda esa har-xil miqdorda mo’ylovlar bo’ladi. Tananing hosil qilgan halqalar bir xil kattalik va shaklda ko’rinadi. Bunday halqalar gomonom halqalar deyiladi. Har bir halqaning yon tomonida o’siqlari paropiylar harakatlanish organi sifatida birinchi bor shu chuvalchanglarda paydo bo’lgan. Paropodiyning musukulli kalta tana bo’lib, u asosiy bo’lak va bu bo’lakda joylashgan ustki va ostki bo’laklardan tashkil topadi. Paropodiylarda bir qancha qillar tutami bo’lib, ular ingichka va elastik bo’ladi. Qillardan biri yo’g’on bo’lib, u tayanch vazifasini o’taydi. Paropodiy olididan orqaga surilganda qillar substratga tegib hayvon ilgari harakatlanadi. Teri muskul xaltasi: Nereis tanasi ustki tomondan yupqa, biroq pishiq kutikula qavat bilan o’raladi. Epiteliy ba’zi xollarda kiprikli bo’lishi mumkin. Ko’pincha epiteliyda bez hujayralar joylashadi. Teri epiteliysi ostida ikki qavatli muskul to’plami yotadi. Bu muskullar halqa, bo’ylama muskullardan tashkil topdi.
Selom ichak bilan tana qoplami o’rtasida joylashadi. 
Ichki tuzilishi: Selom ichak va tana devori oralig’ini egallaydi. Selom yaxlit
bo’lmasdan  metamer  joylashgan  xaltachalardan  iboratdir.  Selom  haltachalari
devori ustki va ostida o’zaro qo’shilib mezenteriy to’siqlarini hosil qilib, ichak va
shu to’siqlarda tana devorida osilib turadi.
 Selom  tayanch, transport, ayrish va jinsiy mahsulotlar hosil  bo’lishi  va
voyaga yetishi jarayonlarida ishtirok etadi. Selom bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan,
bu suyuqlik o’z tarkibiga ko’ra dengiz suviga yaqin bo’lib u doimo harakatda
bo’ladi.  Unda  amyobasimon  hujayralar  suzib  yuradi.  Tana  bo’shlig’idagi  bu
suyuqlik hayvon hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Suyuqlik orqali tananing turli
joylariga ozuqa moddalar tarqaladi, sekretsiya bezlari ham shu suyuqlikka qo’shilib
moddalar almashnuvi hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. 
Nereisni (A) oldingi, (B) keying tomoni.
1- paypaslagichlar (antenalar), 2- palp, 3-og’iz yoni mo’ylovlari, 4 - ko’zlar,
5- prostomium, 6 - hidlash chuqurchasi. 7 peristomium, 8- parapodiylar, 9 -
qillar, 10 orqa mo’ylov, 11 - pigidiy, 12 - anal mo’yiovlari, 13- orqa qon
tomiri.
Ovqat hazm qilish sistemasiga: oldingi ektodermal, entodermadan kelib
chiqqan o’rta va ektodermadan kelib chiqqan keyingi ichak kiradi. Polixetlarning
Logotip
Selom ichak bilan tana qoplami o’rtasida joylashadi. Ichki tuzilishi: Selom ichak va tana devori oralig’ini egallaydi. Selom yaxlit bo’lmasdan metamer joylashgan xaltachalardan iboratdir. Selom haltachalari devori ustki va ostida o’zaro qo’shilib mezenteriy to’siqlarini hosil qilib, ichak va shu to’siqlarda tana devorida osilib turadi. Selom tayanch, transport, ayrish va jinsiy mahsulotlar hosil bo’lishi va voyaga yetishi jarayonlarida ishtirok etadi. Selom bo’shlig’i suyuqlik bilan to’lgan, bu suyuqlik o’z tarkibiga ko’ra dengiz suviga yaqin bo’lib u doimo harakatda bo’ladi. Unda amyobasimon hujayralar suzib yuradi. Tana bo’shlig’idagi bu suyuqlik hayvon hayotida katta ahamiyat kasb etadi. Suyuqlik orqali tananing turli joylariga ozuqa moddalar tarqaladi, sekretsiya bezlari ham shu suyuqlikka qo’shilib moddalar almashnuvi hayotiy jarayonlarni boshqarilishida muhim rol o’ynaydi. Nereisni (A) oldingi, (B) keying tomoni. 1- paypaslagichlar (antenalar), 2- palp, 3-og’iz yoni mo’ylovlari, 4 - ko’zlar, 5- prostomium, 6 - hidlash chuqurchasi. 7 peristomium, 8- parapodiylar, 9 - qillar, 10 orqa mo’ylov, 11 - pigidiy, 12 - anal mo’yiovlari, 13- orqa qon tomiri. Ovqat hazm qilish sistemasiga: oldingi ektodermal, entodermadan kelib chiqqan o’rta va ektodermadan kelib chiqqan keyingi ichak kiradi. Polixetlarning
tashqariga otilib chiquvchi halqumi bo’lib, halqumda o’tkir tikonlar, o’ljani ushlab
turishga  xizmat  qiluvchi  tuzilmalar  joylashadi.  Nereis  ham  kuchli  tishsimon
o’simtalari  bo’lgan  halqumga  ega.  U  o’tchil  o’simliklar  bilan  oziqlanadi.
Ko’pincha nereisning ovqati suv karami hisoblanadi. O’rta ichak to’g’ri kanaldan
tashkil  topib,  keyingi  ichak  kaltadir.  Ko’p  tuklilar  yirtqichlik  bilan  hayot
kechiradilar. Ovqatni tutish va og’zida yo’naltirish vazifasini boshidan palpalar
bajaradi.
Nafas olishda turlicha tuzilmalar xizmat qiladi. Ko’ptuklilarnng sodda
tuzilgan vakillari terisi  orqali nafas olishadi. Ammo ko’pchilik ko’p tuklilar
paropodiylarining yelka mo’ylovi jabra vazifasini bajaradi. Jabralarga ko’plab qon
tomir tarmoqlari kelib birlashadi. 
 Qon aylanish sistemasi- tananing orqa va qorin tomonida joylashgan qon
tomirlaridan iboratdir. Orqa qon tomiri ichakning ustidan, qorin qon tomiri ichak
ostidan o’tadi. Ikkinchi qon tomir halqa qon tomir bilan birlashadi. Halqa qon
tomirlari  orqali  qon  jabralarga  boradi.  Jabralarda  qon  tozalanadi.,  kislorodga
boyiydi. Qon aylanish sistemasi yopiq, u faqat qon tomir, kapilyarlarida aylanadi.
Qon yelka tomirlarining ritmik qisqarishi natijasida harakatga keladi. 
 Halqali chuvalchanglar qonni tarkibida Fe moddasi bo’lgani uchun u qizil
rangda bo’ladi. Ayrish - har bir halqada joylashgan bir juft nefridiylar tomonidan
boshqariladi.  Nefridiy  uchlari  selom  bo’shlig’i  devori  yonida  turadi.  Undan
ketuvchi qon qo’shni segmentda tashqariga ochiladi. 
 Tuban  halqalilarda  nefridiy  o’rniga  xilpillovchi  hujayra  -  solennotsitlar
bo’ladi.  Solennotsitlar  protonefridiylarni  yulduzsimon  hujayralariga  o’xshaydi.
Nerv sistemasi- bir juft bosh gangliy, ulardan chiqib halqum atrofini o’rab o’tuvchi
ikki konnektiva va bir juft qorin nerv o’qidan iborat. Qorin nerv o’qlari tuban
vakillarida bir-biridan uzoqda joylashsa, birmuncha murakkab vakillarida nerv
o’qlari bir biriga yaqinlashadi. Sezgi organlari terida, boshdagi palpalar, ko’zlardir.
Sezgi organlar ayniqsa daydi ko’pqillilarda yaxshi rivojlanadi Ularning terisida
tarqalgan sezuvchi hujayralardan tashqari kimyoviy sezish organlari ham bo’ladi.
Bular prostomiumdagi antennalar, palpalarda joylashadi.
 Ko’rish  organlari  prostomiumning  yelka  tomonida  2  yoki  4ta  bo’ladi.
Ko’zlarning to’rsimon qismi ikki xil hujayralardan tuziladi. Bu hujayralarning
Logotip
tashqariga otilib chiquvchi halqumi bo’lib, halqumda o’tkir tikonlar, o’ljani ushlab turishga xizmat qiluvchi tuzilmalar joylashadi. Nereis ham kuchli tishsimon o’simtalari bo’lgan halqumga ega. U o’tchil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ko’pincha nereisning ovqati suv karami hisoblanadi. O’rta ichak to’g’ri kanaldan tashkil topib, keyingi ichak kaltadir. Ko’p tuklilar yirtqichlik bilan hayot kechiradilar. Ovqatni tutish va og’zida yo’naltirish vazifasini boshidan palpalar bajaradi. Nafas olishda turlicha tuzilmalar xizmat qiladi. Ko’ptuklilarnng sodda tuzilgan vakillari terisi orqali nafas olishadi. Ammo ko’pchilik ko’p tuklilar paropodiylarining yelka mo’ylovi jabra vazifasini bajaradi. Jabralarga ko’plab qon tomir tarmoqlari kelib birlashadi. Qon aylanish sistemasi- tananing orqa va qorin tomonida joylashgan qon tomirlaridan iboratdir. Orqa qon tomiri ichakning ustidan, qorin qon tomiri ichak ostidan o’tadi. Ikkinchi qon tomir halqa qon tomir bilan birlashadi. Halqa qon tomirlari orqali qon jabralarga boradi. Jabralarda qon tozalanadi., kislorodga boyiydi. Qon aylanish sistemasi yopiq, u faqat qon tomir, kapilyarlarida aylanadi. Qon yelka tomirlarining ritmik qisqarishi natijasida harakatga keladi. Halqali chuvalchanglar qonni tarkibida Fe moddasi bo’lgani uchun u qizil rangda bo’ladi. Ayrish - har bir halqada joylashgan bir juft nefridiylar tomonidan boshqariladi. Nefridiy uchlari selom bo’shlig’i devori yonida turadi. Undan ketuvchi qon qo’shni segmentda tashqariga ochiladi. Tuban halqalilarda nefridiy o’rniga xilpillovchi hujayra - solennotsitlar bo’ladi. Solennotsitlar protonefridiylarni yulduzsimon hujayralariga o’xshaydi. Nerv sistemasi- bir juft bosh gangliy, ulardan chiqib halqum atrofini o’rab o’tuvchi ikki konnektiva va bir juft qorin nerv o’qidan iborat. Qorin nerv o’qlari tuban vakillarida bir-biridan uzoqda joylashsa, birmuncha murakkab vakillarida nerv o’qlari bir biriga yaqinlashadi. Sezgi organlari terida, boshdagi palpalar, ko’zlardir. Sezgi organlar ayniqsa daydi ko’pqillilarda yaxshi rivojlanadi Ularning terisida tarqalgan sezuvchi hujayralardan tashqari kimyoviy sezish organlari ham bo’ladi. Bular prostomiumdagi antennalar, palpalarda joylashadi. Ko’rish organlari prostomiumning yelka tomonida 2 yoki 4ta bo’ladi. Ko’zlarning to’rsimon qismi ikki xil hujayralardan tuziladi. Bu hujayralarning
birinchi xili yorug’likni sezuvchi xisoblanadi. Jinsiy sistemasi - sodda. Ayrim jinsli
bu hayvonlarda jinsiy a’zolari oldingi va eng so’ngi halqalardan boshqa barcha
segmentlarda bezlar shaklida bo’ladi. Bezlarda jinsiy mahsulotlar yig’ilgach, bez
yorilib, undan jinsiy hujayralar selomga chiqib yetiladi. Ko’pchilik halqalilarda
jinsiy yo’l nefridiy bilan qo’shilgan bo’ladi. Ko’p tuklilar ko’payishida epitok
hodisasi uchraydi. Jinsiy etilgan bo’g’im atrofi ko’plab qillar bilan o’ralib tanadan
ajralib, suv betiga chiqadigan chuvalchangning oldingi qismi- epitok, tananing
keyingi  qismi  atok  deyiladi.  Epitok  tuhumga  to’lib  suv  yuzasiga  ko’tariladi.
Ko’ptuklilardagi  epitok  hodisasi  oyning  ba’zi  fazalari  bilan  bog’liq  bo’ladi.
Masalan,  Tinch  okeandagi  marjon  poliplar  orasida  yashovchi  palolo  (Eunice
viridis)  hayotidagi epitok hodisasi  ko’pincha oktyabr  oyiga to’g’ri keladi. Bu
paytda suv ostidan qalqib chiqayotgan chuvalchangning tuxum va urug’lar bilan
to’la epitok qismi bilan ba’zi xollarda suv yuzasi to’lib ketadi. Palolo uzunligi
40sm ga boradi. Bu davrni Fidji oroli xalqi sabrsizlik bilan kutar ekan. Chunki,
palolo  maxalliy  xalqlar  uchun  yaxshi,  to’yimli  ovqatlik  hisoblanar  ekan.  Suv
yuzasida  yurgan  epitokning  devori  yirtilishi  natijasida  undagi  tuxumlar  suvga
chiqib, otalanish sodir bo’ladi. Otalangan tuxumdan troxofora lichinkasi chiqadi.
 Troxofora tashqi tomondan noksimon ko’rinishga ega bo’lib, ustki tomonida
bir  dasta  kokillari  belbog’i  bo’ladi.  Ichagi  oldingi,  o’rta,  keyingi  qismlarga
bo’linadi. ayrish sistemasi protonefridiy tipida bo’ladi. Troxofora bir qancha vaqt
erkin  suzib  yurgandan  so’ng  tanasida  asta  halqalar  paydo  bo’la  boshlaydi.
Halqalarda  paropodiylar  qillar  hosil  bo’ladi.  Asta  undan  bo’lg’usi  ko’p  tukli
belgilar paydo bo’lishi davom etadi.
 Ko’p tuklilar kezib yuruvchilar Yerrantia va o’troq halqalilar Sedentaria kabi
kenja  sinflarga  bo’linadi.  Kezib  yuruvchi  ko’p  tuklilar  yaxshi  rivojlangan,
paropodiylarida jabralari bo’ladigan, nefridiylari metamer joylashgan jonivorlardir.
Bularga Nyereis, Aphrodite, Lepidonatus kabi turlarni misol qilib ko’rsatiladi.
 O’troq yashovchi halqalilar kam harakat bo’lgani uchun paropodiylar ham
rivojlanmagan. Tanasi geteronom segmentli, jabralari boshida joylashadi. Bular
ko’pincha dengiz ostidagi qumlarda alohida yo’llar, naychalar qilib shu uyalarda
yashaydi. Vakil sifatida Arenicola, Serpula, Sabellaria kabilar ko’rsatiladi.
ZULUKLAR (HIRUDINEA) SINFI.
Logotip
birinchi xili yorug’likni sezuvchi xisoblanadi. Jinsiy sistemasi - sodda. Ayrim jinsli bu hayvonlarda jinsiy a’zolari oldingi va eng so’ngi halqalardan boshqa barcha segmentlarda bezlar shaklida bo’ladi. Bezlarda jinsiy mahsulotlar yig’ilgach, bez yorilib, undan jinsiy hujayralar selomga chiqib yetiladi. Ko’pchilik halqalilarda jinsiy yo’l nefridiy bilan qo’shilgan bo’ladi. Ko’p tuklilar ko’payishida epitok hodisasi uchraydi. Jinsiy etilgan bo’g’im atrofi ko’plab qillar bilan o’ralib tanadan ajralib, suv betiga chiqadigan chuvalchangning oldingi qismi- epitok, tananing keyingi qismi atok deyiladi. Epitok tuhumga to’lib suv yuzasiga ko’tariladi. Ko’ptuklilardagi epitok hodisasi oyning ba’zi fazalari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, Tinch okeandagi marjon poliplar orasida yashovchi palolo (Eunice viridis) hayotidagi epitok hodisasi ko’pincha oktyabr oyiga to’g’ri keladi. Bu paytda suv ostidan qalqib chiqayotgan chuvalchangning tuxum va urug’lar bilan to’la epitok qismi bilan ba’zi xollarda suv yuzasi to’lib ketadi. Palolo uzunligi 40sm ga boradi. Bu davrni Fidji oroli xalqi sabrsizlik bilan kutar ekan. Chunki, palolo maxalliy xalqlar uchun yaxshi, to’yimli ovqatlik hisoblanar ekan. Suv yuzasida yurgan epitokning devori yirtilishi natijasida undagi tuxumlar suvga chiqib, otalanish sodir bo’ladi. Otalangan tuxumdan troxofora lichinkasi chiqadi. Troxofora tashqi tomondan noksimon ko’rinishga ega bo’lib, ustki tomonida bir dasta kokillari belbog’i bo’ladi. Ichagi oldingi, o’rta, keyingi qismlarga bo’linadi. ayrish sistemasi protonefridiy tipida bo’ladi. Troxofora bir qancha vaqt erkin suzib yurgandan so’ng tanasida asta halqalar paydo bo’la boshlaydi. Halqalarda paropodiylar qillar hosil bo’ladi. Asta undan bo’lg’usi ko’p tukli belgilar paydo bo’lishi davom etadi. Ko’p tuklilar kezib yuruvchilar Yerrantia va o’troq halqalilar Sedentaria kabi kenja sinflarga bo’linadi. Kezib yuruvchi ko’p tuklilar yaxshi rivojlangan, paropodiylarida jabralari bo’ladigan, nefridiylari metamer joylashgan jonivorlardir. Bularga Nyereis, Aphrodite, Lepidonatus kabi turlarni misol qilib ko’rsatiladi. O’troq yashovchi halqalilar kam harakat bo’lgani uchun paropodiylar ham rivojlanmagan. Tanasi geteronom segmentli, jabralari boshida joylashadi. Bular ko’pincha dengiz ostidagi qumlarda alohida yo’llar, naychalar qilib shu uyalarda yashaydi. Vakil sifatida Arenicola, Serpula, Sabellaria kabilar ko’rsatiladi. ZULUKLAR (HIRUDINEA) SINFI.
Zuluklar ko’pincha hayvon va odamlarni qonini so’rib, ektoparazitlik bilan
yashaydigan halqali chuvalchanglardir. Yashash muhiti bu jonvorlarning tashqi va
ichki tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. 
 Tashqi  tuzilishi: Zuluk  gavdasi  dorzoventral  yo’nalishda  sezilarli
yassilangan bo’ladi. Terida o’simtalar bo’lmaydi. Tanasining oldingi va keyingi
uchida  bittadan  so’rg’ichlari  bo’ladi.  Oldingi  so’rg’ichi  og’izni  o’rab  turadi,
keyingisi nisbatan rivojlangan bo’lib, unda anal teshigi bo’ladi. 
 Zuluklar tanasi 33 segmentdan tuziladi. Dastlabki 4 ta segment qo’shilib
oldingi so’rg’ichni, keyingi ikkita segment esa keyingi so’rg’ichni hosil qiladi.
Biroq,  zuluklarni  tashqi  halqalari  haqiqiy  ichki  tana  halqalari  soniga  to’g’ri
kelmaydi. Odatda ichki bitta haqiqiy segmentga tashqaridagi 3-5 ta segment to’g’ri
keladi. 
 Zuluklar tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostidagi epiteliyda
bezli, pigment hujayralari ko’p bo’ladi. Epiteliyning ostida halqa va bo’ylama
muskullar joylashadi. Zuluklarning muskullari juda rivojlangan bo’lib muskullar
tana og’irligining 65,5 protsentini tashkil qiladi. 
Vaholanki,  yomg’ir  chuvalchangida  muskullari  tana  og’irligining  29,7
protsentini tashkil qiladi. Tanadagi halqa, bo’ylama, diogonal muskullar zuluk
xilma-xil  harakatlar  qilishiga  imkon  beradi.  Zuluklar  suvda  yaxshi  suzadi,
quruqlikda o’rmalab yuradi. Ichki organlar oralig’i g’ovak parenxima bilan to’lgan.
 Ichki tuzilishi: Hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat.
Og’zi  oldingi  so’rg’ich  tubida  joylashgan  bo’lib,  og’iz  bo’shlig’i  halqumga
ochiladi. Xartumli zuluklarda halkum muskulli nay-xartumni hosil qiladi. Xartum
og’zidan chiqarilib, o’ljani tutish uchun xizmat qiladi. Jag’li zuluklarning og’iz
bo’shlig’ida 3 ta valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda
arraga o’xshash jag’ni hosil qiladi. Zuluk oziqlanganda jag’lar xo’jayin tanasini
teshib jaroxat paydo qiladi. Zuluk shu jaroxatdan chiqqan qonni so’rib oziqlanadi.
Halqumga bir hujayrali so’lak bezlari yo’llari ochiladi. Tibbiyot zulugi bezlari
suyuqligidagi girudin oqsili qonning ivib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Zuluk so’rgan
qon bir necha oy ivimasdan saqlanadi. Halqum ingichka qizilo’ngach orqali o’rta
ichakka ochiladi. O’rta ichak bir juft yon o’simtalar (tibbiyot zulugida 10-11 juft),
ya’ni xaltachalar hosil qiladi. Orqa ichak to’g’ri nayga o’xshash bo’ladi.
Logotip
Zuluklar ko’pincha hayvon va odamlarni qonini so’rib, ektoparazitlik bilan yashaydigan halqali chuvalchanglardir. Yashash muhiti bu jonvorlarning tashqi va ichki tuzilishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Tashqi tuzilishi: Zuluk gavdasi dorzoventral yo’nalishda sezilarli yassilangan bo’ladi. Terida o’simtalar bo’lmaydi. Tanasining oldingi va keyingi uchida bittadan so’rg’ichlari bo’ladi. Oldingi so’rg’ichi og’izni o’rab turadi, keyingisi nisbatan rivojlangan bo’lib, unda anal teshigi bo’ladi. Zuluklar tanasi 33 segmentdan tuziladi. Dastlabki 4 ta segment qo’shilib oldingi so’rg’ichni, keyingi ikkita segment esa keyingi so’rg’ichni hosil qiladi. Biroq, zuluklarni tashqi halqalari haqiqiy ichki tana halqalari soniga to’g’ri kelmaydi. Odatda ichki bitta haqiqiy segmentga tashqaridagi 3-5 ta segment to’g’ri keladi. Zuluklar tanasi qalin kutikula bilan qoplangan. Kutikula ostidagi epiteliyda bezli, pigment hujayralari ko’p bo’ladi. Epiteliyning ostida halqa va bo’ylama muskullar joylashadi. Zuluklarning muskullari juda rivojlangan bo’lib muskullar tana og’irligining 65,5 protsentini tashkil qiladi. Vaholanki, yomg’ir chuvalchangida muskullari tana og’irligining 29,7 protsentini tashkil qiladi. Tanadagi halqa, bo’ylama, diogonal muskullar zuluk xilma-xil harakatlar qilishiga imkon beradi. Zuluklar suvda yaxshi suzadi, quruqlikda o’rmalab yuradi. Ichki organlar oralig’i g’ovak parenxima bilan to’lgan. Ichki tuzilishi: Hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan iborat. Og’zi oldingi so’rg’ich tubida joylashgan bo’lib, og’iz bo’shlig’i halqumga ochiladi. Xartumli zuluklarda halkum muskulli nay-xartumni hosil qiladi. Xartum og’zidan chiqarilib, o’ljani tutish uchun xizmat qiladi. Jag’li zuluklarning og’iz bo’shlig’ida 3 ta valiklar bor. Valiklar qirralaridagi xitinli tishchalar birgalikda arraga o’xshash jag’ni hosil qiladi. Zuluk oziqlanganda jag’lar xo’jayin tanasini teshib jaroxat paydo qiladi. Zuluk shu jaroxatdan chiqqan qonni so’rib oziqlanadi. Halqumga bir hujayrali so’lak bezlari yo’llari ochiladi. Tibbiyot zulugi bezlari suyuqligidagi girudin oqsili qonning ivib qolishiga yo’l qo’ymaydi. Zuluk so’rgan qon bir necha oy ivimasdan saqlanadi. Halqum ingichka qizilo’ngach orqali o’rta ichakka ochiladi. O’rta ichak bir juft yon o’simtalar (tibbiyot zulugida 10-11 juft), ya’ni xaltachalar hosil qiladi. Orqa ichak to’g’ri nayga o’xshash bo’ladi.
Nafas olish organlari bo’lmaydi. Terilar orqali nafas oladi.
Haqiqiy qon aylanish sistemasi faqat qildor va xartumli zuluklarda bo’ladi.
Jag’li  zuluklarda  qon  aylanish  sistemasi  vazifasini  selom  qoldig’i  bajaradi.
Xartumli zuluklarda orqa va qorin qon tomirlari butunlay yo’qolib selom qoldig’i
qon  tomiri  vazifasini  o’taydi.  Zuluklarda  qonni  tarkibida  gemoglabin  va
amyobasimon hujayralar bo’ladi. Ayrish sistemasi ancha o’zgargan metanefridiylar
iborat. Ayrish nayi metamer joylashgan, faqat oldingi va keyingi segmentlarda
bo’lmaydi. Tibbiyot zulugida 17 juft metanefridiylari bo’ladi. 
Nerv sistemasi: Boshqa halqalilarnikiga o’xshaydi. Qorin nerv zanjirida 20
yoki undan ko’proq gangliy bor. Halqum osti ganglisi 4 ta, eng oxirgi gangli esa 7
ta oddiy ganglilarning qo’shilishidan hosil bo’ladi.
 Zuluklarning  sezgi  organlari  har  bir  halqada  joylashgan  “qadaxsimon
organlardan” iborat. Ko’pchilik zuluklarda tananing oldingi qismidagi qadoxsimon
organlar ko’zga aylanadi. Ko’z faqat yorug’lik bilan qorong’ilikni farq qiladi. 
Jinsiy sistemasi: Tibbiyot zulugi jinsiy sistemasi tanasining o’rta qismida
joylashgan 9 juft urug’ xaltalardan iborat. Haltalardan boshlanadigan ingichka
urug’ yo’llari tananinng ikki yonida umumiy urug’ yo’liga qushiladi. Tananing
oldingi tomonida har qaysi urug’ yo’li urug’ to’kish nayiga qo’shiladi. Urug’
to’kish nayi qo’shilish organida joylashadi.
 Urg’ochi jinsiy sistemasi bir juft tuxum xaltalari va ularni ichida joylashgan
tuxumdonlardan  iborat.  Tuxum  haltalaridan  boshlanadigan  tuxum  yo’llari
bachadonni  hosil  qiladi. Bachadon  muskulli  keng jinsiy qin bilan bog’lanadi.
Urg’ochilik jinsiy teshigi qorin tomonidan yerkakli jinsiy teshigidan orqaroqda
joylashadi.  Tuxumlarning  otalanishidan  individlardan  biri  spyermatoforani
ikkinchisini terisiga tiqib qo’yadi. Urug’ teri orqali zulukni jinsiy sistemasiga
o’tadi.
 Qo’shilish organi bo’lgan zuluklarda (Hirudinidae) bu organ urg’ochilik
jinsiy yo’liga kiritiladi. Pilla maxsus teri bezlardan chiqqan suyuqlikdan hosil
bo’ladi. Bu bezlar 9-11 segmentda joylashadi. 
Zuluklar  otalangan  tuxumi  bo’lgan  pillasini  suvga,  suvo’tlari  yoki  nam
tuproqqa qo’yadi. 
 Zuluklar ikkita kenja sinfga bo’linadi. 
Logotip
Nafas olish organlari bo’lmaydi. Terilar orqali nafas oladi. Haqiqiy qon aylanish sistemasi faqat qildor va xartumli zuluklarda bo’ladi. Jag’li zuluklarda qon aylanish sistemasi vazifasini selom qoldig’i bajaradi. Xartumli zuluklarda orqa va qorin qon tomirlari butunlay yo’qolib selom qoldig’i qon tomiri vazifasini o’taydi. Zuluklarda qonni tarkibida gemoglabin va amyobasimon hujayralar bo’ladi. Ayrish sistemasi ancha o’zgargan metanefridiylar iborat. Ayrish nayi metamer joylashgan, faqat oldingi va keyingi segmentlarda bo’lmaydi. Tibbiyot zulugida 17 juft metanefridiylari bo’ladi. Nerv sistemasi: Boshqa halqalilarnikiga o’xshaydi. Qorin nerv zanjirida 20 yoki undan ko’proq gangliy bor. Halqum osti ganglisi 4 ta, eng oxirgi gangli esa 7 ta oddiy ganglilarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Zuluklarning sezgi organlari har bir halqada joylashgan “qadaxsimon organlardan” iborat. Ko’pchilik zuluklarda tananing oldingi qismidagi qadoxsimon organlar ko’zga aylanadi. Ko’z faqat yorug’lik bilan qorong’ilikni farq qiladi. Jinsiy sistemasi: Tibbiyot zulugi jinsiy sistemasi tanasining o’rta qismida joylashgan 9 juft urug’ xaltalardan iborat. Haltalardan boshlanadigan ingichka urug’ yo’llari tananinng ikki yonida umumiy urug’ yo’liga qushiladi. Tananing oldingi tomonida har qaysi urug’ yo’li urug’ to’kish nayiga qo’shiladi. Urug’ to’kish nayi qo’shilish organida joylashadi. Urg’ochi jinsiy sistemasi bir juft tuxum xaltalari va ularni ichida joylashgan tuxumdonlardan iborat. Tuxum haltalaridan boshlanadigan tuxum yo’llari bachadonni hosil qiladi. Bachadon muskulli keng jinsiy qin bilan bog’lanadi. Urg’ochilik jinsiy teshigi qorin tomonidan yerkakli jinsiy teshigidan orqaroqda joylashadi. Tuxumlarning otalanishidan individlardan biri spyermatoforani ikkinchisini terisiga tiqib qo’yadi. Urug’ teri orqali zulukni jinsiy sistemasiga o’tadi. Qo’shilish organi bo’lgan zuluklarda (Hirudinidae) bu organ urg’ochilik jinsiy yo’liga kiritiladi. Pilla maxsus teri bezlardan chiqqan suyuqlikdan hosil bo’ladi. Bu bezlar 9-11 segmentda joylashadi. Zuluklar otalangan tuxumi bo’lgan pillasini suvga, suvo’tlari yoki nam tuproqqa qo’yadi. Zuluklar ikkita kenja sinfga bo’linadi.