KO‘PAYISH FIZIOLOGIYASI
Reja:
1. Ko‘payish haqida umumiy tushuncha.
2. Erkak hayvonlarning ko‘payish fiziologiyasi.
3. Spermatozoidlar va spermaning hosil bo‘lishi.
4. Qo‘shimcha jinsiy bezlarning vazifalari va uning fiziko – kimyoviy
xususiyatlari.
Tayanch IBORALAR.
Jinsiy, jinssiz, sodda hayvon, o‘silik, sut emizuvchi, otalik, onalik,
assimilyasiya, dissimilyasiya, zigota, embrion, xomila, bola, jinsiy organ, jinsiy
hujayra, jinsiy refleks, xulq atvor, urug‘lantirish, bug‘ozlik, jinsiy yetilish,
fiziologik yetilish, urug‘daon, qo‘shimcha jinsiy bezlar, urug‘don ortig‘ini
boshchasi, tanasi, dumi, spermotogoniy, spermatotsit, spermatid, sertoli sinsitiyasi,
yadro, burama kanalcha, 2-3 oy, 3-4o past, jinsiy yo‘lda, qo‘chqorda 6-11 kun,
ayg‘irda 6-8 kun, lipotrop modda, po‘st, manfiy zaryad, agglyutinasiyalanmaydi,
pufakchasimon, prostata, piyozchasimon sperma, 1677 yil Levenuk, 75% N2O,
25% quruq modda, 85% oqsil, 13,2% lipidlar, 1,8% mineral modda, DNK, 2,7%
fosfor bor, sistinga boy, nozik oqsil parda, to‘g‘ri chiziqli harakat, 37-39% neytral
muxit rN=6,7-6,9, biroz ishqoriy rN=7,2-7,6 kislotali muxit harakatni
sekinlashtiradi, ishqoriy, tezlashtirib o‘ldiradi, fruktoliz, glikoliz.
1.Ko‘payish turni saqlab, individlar sonini ko‘payishini ta’minlaydi, tirik
organizmlar 2 xil yo‘l bilan ko‘payadi.
1.Jinssiz yo‘l bilan sodda hayvonlar va ba’zi bir o‘simliklar ko‘payadi.
2.Jinsiy yo‘l bilan barcha sut emizuvchii hayvonlar ko‘payadi.
Jinsiy yo‘l bilan ko‘payganda otalik va onalik jinsiy hujayralar uchra-shib
assimilyasiya va dissimilyasiyalanib zigota hosil bo‘ladi, zigota yetilib embrionga-
xomilaga aylanadi. Yangi tug‘ilgan hayvon bolalarida jinsiy organ-lar yaxshi
rivojlanmagan bo‘ladi. Yirik va mayda shoxli hayvon bolalari 5-8 oyligida, ot
bolalari 15-16 oyligida, tuyalarning bolalari - bo‘talog‘i 2-5 yoshligida jinsiy
voyaga yetilib, jinsiy bezlari tegishli hujayralarni ishlab chiqaradi, jinsiy gormonlar
hosil qilib qonga o‘tib jinsiy refleks paydo bo‘lib, hayvonlarda tegishli o‘zgarishlar
hosil bo‘lib, erkak hayvon urug‘lantirish, urg‘ochi hayvon bug‘ozlanish
xususiyatiga yega bo‘ladi.
Hayvonlarning jinsiy yetilishi ularning yashash sharoitiga, atrof muhit
temperaturasiga, oziqalanishiga va boshqa ko‘p sabablarga bog‘liq. Hayvon
faqatgina jinsiy yetilib qolmay u fiziologik yetilishi kerak, aks holda hayvon
o‘rchitilsa hayvon yomon rivojlanib, mahsuldorligi pasayib, nasli ayniydi ya’ni
kichik bo‘lib qoladi. Shulardan kelib chiqqan holda g‘unojin va tanalar 16-18
oyligida, qo‘ylar 12-18, cho‘chqa 9-11 oyligida, otlar 3-4 yoshligida fiziologik
yetiladi. Shundagina ularni qochirish mumkin.
Hayvonlardan bola olish uchun otlardan 16-18 yil, nasldorlaridan 25-30 yil,
sersut sigirlardan 13-16 yil qo‘ylardan 6-7, cho‘chqalardan 6-9 yil foydalaniladi.
Erkak hayvonlar jinsiy organlariga urug‘donlar yoki jinsiy bezlar, urug‘don
ortiqlari, urug‘ yo‘llari, qo‘shimcha jinsiy bezlar siydik tanasil kanali, jinsiy a’zo
(olat) kiradi. Urug‘donlar shakli tuxumga o‘xshash juft jinsiy bez bo‘lib, ikki
tomoni yassi, erkaklik jinsiy hujayralari-spermatozoidlarni ishlab chiqaradi.
Urug‘don embrional rivojlanish davrida bel sohasida vujudga kelib tug‘ilgandan
keyingi dastlabki oylarda oraliq va chot halqasi orqali urug‘don xaltasiga tushadi.
Urug‘don ustidan seroz parda bilan koplanib, bu parda tagida zich bezni
o‘rab turadigan biriktiruvchi to‘qimadan iborat oq parda bo‘ladi. Bu oqish
pardadan urug‘don ichiga to‘siqlar o‘tib, urug‘donni qismlarga bo‘ladi. Har bir
qism ichida urug‘don parenximasi joylashib, ulardan burama kanalcha chiqadi. Bu
kanalchalar urug‘don ichida bir-biri bilan qo‘shilib to‘g‘ri kanalchalarni hosil
qiladi. To‘g‘ri kanalchalar urug‘don to‘riga qo‘shilib, urug‘don to‘ridan urug‘
chiqaruvchi kanalchalar boshlanib, ular o‘zaro qo‘shilib urug‘don ortig‘ini kanalini
hosil qilib, urug‘don ortig‘ining kanali urug‘ yo‘liga aylanadi.
Urug‘don ortig‘ini uch qismga bo‘lib o‘rganiladi:
1. Boshlanish qismi-boshchasi.
2. Uzun cho‘zilgan qismi-tanasi.
3. Oxirgi qismi-dumi.
Urug‘don ortig‘ining bosh qismidagi kanalchalar tor bo‘lib, ichki diametri
0,1-0,2 mm va tana qismida biroz kengayib dum qismida kengligi 1-2 mm bo‘ladi.
Urug‘don burama kanalchalari juda nozik mikroskopik tuzilma bo‘lib
biriktiruvchi to‘qima parda bilan o‘ralgan. Burama kanalchalarda erkaklik jinsiy
hujayralari spermatozoidlarni hosil qiladigan bosh (ona) hujayralar
spermatagoniylar bo‘lib, bu hujayralar bo‘linib, bir qismi shu yerda qolib ikkinchi
qismi ikkinchi qatorga siljib birinchi tartibli spermatosidlar hosil bo‘ladi, bu
spermatositlar kattalashib bo‘linib ikkinchi tartibli sperma-tositlar hosil bo‘lib, ular
bo‘linib ikkita spermatidga aylanadi. Spermatidlar sertoli sinsitsiyasining
protoplazmasiga joylashib shu yerdagi glikogen bilan oziqlanib shakllanib
spermatazoidga aylanadi. Spermatazoidlarning yadrosi quyuqlashib boshcha hosil
bo‘ladi, qarama-qarshi tomonida dumcha hosil bo‘lib, shakllangan hujayra burama
kanal bo‘shlig‘iga tushadi. Kuchsiz kislotali muhitda harakatlanib, navbatma-
navbat to‘g‘ri kanalchaga, urug‘don to‘riga va urug‘don ortig‘ining kanaliga o‘tadi.
Bu kanal qisqarishi natijasida sperma-tazoidlar urug‘don ortig‘ining dum qismiga
o‘tkazilib to‘la-to‘kis yetilib hayotchanligi oshib u yerda urug‘lantirish qobiliyati
2-3 oygacha saqlanadi. Urug‘don orti-g‘ining kislotali muhiti, devorining qon va
limfa tomirlar bilan yaxshi ta’-minlanganligi, urug‘don xaltasidagi harorat tana
haroratiga nisbatan 3-4o past-ligi urug‘don ortig‘idagi spermatazoidlarni uzoq
yashashiga sharoit hisoblanadi. Urug‘don ortig‘idagi haroratning pastligi,
suyuqliklarda elektrolitlarning kam-ligi, kelgan suvdan ma’lum qismini
reabsorbsiyalab hamda boshqa ko‘p sabablar tufayli urug‘don ortig‘ida
spermatazoidlar anabioz holatiga o‘tib yener-getik moddalarni kam sarflaydi.
(Spermatazoidlar faqat urg‘ochi hayvonlar jinsiy yo‘llaridagi sharoitlarda
aktivlashadi).
Spermatazoidlar urug‘don ortig‘i kanalini dengiz cho‘chqalarida 14-18 kun,
qo‘chqorlarda 6-11 kun, ayg‘irlarda 6-8 kun davomida bosib o‘tadi. Bu kanal orqa-
li o‘tishda spermatazoidlar lipotrop moddaga o‘ralib po‘st hosil qilib manfiy
zaryadlanadi va bir-biriga yopishmaydigan bo‘ladi.
Erkak va urg‘ochi hayvon juftlashtirilganda spermatozoidlar urug‘don
ortig‘ining dum qismidan urug‘ yo‘li orqali siydik tanosil kanaliga chiqari-ladi.
Urug‘ yo‘llari juft (o‘ng va chap) bo‘lib, urug‘don ortig‘i kanalini davomi
bo‘lib hisoblanib, chov xaltasi orqali qorin bo‘shlig‘i tomon yo‘nalib, qovuq
ustidan o‘tadi. O‘zaro yaqinlashib siydik-tanosil kanalining chanoq sohasiga
tutashayotib, kengayib, unga urug‘ yo‘li ampulasi deyiladi. Ampula devorida
bezlar bo‘lib hayvon juftlashishida spermatazoidlarni aralashtiradigan sekret ishlab
chiqaradi. Buqa va qo‘chqorlarda ampula jinsiy qo‘zg‘alishda spermatazoidlarning
to‘planish joyi bo‘lib hisoblanadi. Urug‘ yo‘llarida qo‘shimcha jinsiy bezlar va bir
qancha uretral bez yo‘llari siydik tanosil kanalining chanoq sohasiga ochilib bu
bezlarning sekretlari spermani suyuq qismini tashkil qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga
qaraganda yeyakulyat tarkibida turli hayvonlar spermatazoidlari-ning miqdori
turlicha bo‘lib qo‘chqorlarda 29,3%, buqalarda 14,4%, ayg‘irlarda 8%,
cho‘chqalarda 7,1%. Demak qo‘shimcha jinsiy bez sekretlari spermatazoidlarni
juda ko‘p marta suyultirar ekan.
1. Pufakchasimon bez ayg‘irlarda shilimshiq quyuq sekret ajratsa, buqa, erkak
cho‘chqa va qo‘chqorlarda suyuq sekret ajratadi.
2. Prostata bezi ayg‘irlarda va erkak cho‘chqalarda yaxshi rivojlanib suyuq
sekret ajratsa, buqa va qo‘chqorlarda uncha rivojlanmagan va siydik tanosil
kanalining ichida kichik bezchalar sifatida sochilib joylashgan.
3. Piyozchasimon bezlar yelimsimon yopishqoq sekret ishlab chiqarib erkak
cho‘chqalarda yaxshi rivojlangan.
Qo‘shimcha jinsiy bezlarning sekretlari spermatazoidlarda oksidlanish
jarayonlarini tezlashtiradi. Bu sekretlarda qand, fosfatlar, limon kislota, xolin,
fosfataza va proteolitik fermentlar, askorbat kislotalar bor. Fruktoza pufakchasimon
bez sekretida uchrab, spermatazoidlarga energetik manba, fosfatlar yesa nafas
olishda muhimdir. Qo‘shimcha jinsiy bez sekretlari nav-batma-navbat chiqarilib
oldin uretral va piyozchasimon bez suyuqligi chiqarilib, siydik-tanosil kanalini
yuvadi va spermatazoidlarning aktivligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qilmaydi.
Prostata bezining sekreti spermatazoidlarni anabioz holatidan aktiv harakatchan