Ilmiybaza.uz
KO‘PRIKLAR EKSPLUATATSIYASINING VAZIFASI,
STRUKTURASI
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha ishlar vazifasi to‘rt guruhga bo‘linadi [21]:
I. Nazorat qilish (qarab turish) – bu ko‘prikning transport-ekspluatatsion
sifatini kamaytiradigan nuqson va shikastlanishlarni o‘z vaqtida oshkor qilish uchun
kuzatuvlarning ma’lum bir tizimi.
Nuqson – bu ko‘prik konstruksiyasi elementlarining loyiha yoki me’yoriy xujjat
(QMQ, O‘zRDSt, sertifikat, texnik pasport) lar tomonidan o‘rnatilganiga mos
kelmasligi.
Shikastlanish – ekspluatatsiya jarayonida nuqsonlar mavjudligi yoki tashqi
muhit tajovuzkor omillari (suv, havo, texnogen va b.lar) ning ta’siri keltirib
chiqargan, konstruksiya yoki inshootning ayrim elementlarining har qanday
bo‘zilishi.
Ko‘priklar
ekspluatatsiyasining
ta’rifi
va
strukturasi.
Ko‘priklar
ekspluatatsiyasi – ko‘priklar, regulyasion inshootlar va ularga bevosita tutashadigan
territoriyalarning jami hisobiy xizmat qilish muddatini yaroqli holda ishining
butligini ta’minlovchi, tashkiliy va texnik chora-tadbirlar majmui. Xizmat qilish
muddatining kalendar davomiyligi mazkur inshoot uchun loyihada yoki normativ
hujjatlarda belgilanadi.
Umuman ko‘priklar xizmat qilish zonasiga quyidagilar kiradi [21]:
1) bo‘ylama yo‘nalishada - ko‘prik (yo‘l o‘tkazgich) ning o‘zi va ikki tomondan
6m uzunlikdagi unga tutashadigan kirish uchastkalari;
Ilmiybaza.uz
2) ko‘ndalang yo‘nalishda - ko‘priklar ko‘tarma konusida yoki regulyasion
inshootlar mavjudligida uzunligi bo‘ylab inshootning yuqori va past tomoniga 25m
uzunlikka. Yo‘l o‘tkazgichlarda bu zona inshoot konusining eni bilan cheklanadi;
3) suv oqimi o‘zani oqim bo‘yicha yuqori va pasti bo‘ylab 100m uzunlikda
kuzatiladi.
Ko‘priklar ekspluatatsiya bo‘yicha ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmati
shug‘ullanadi. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining vazifalari quyidagilar
hisoblanadi [21]:
1) yo‘l uchun o‘rnatilgan hisobiy tezlikda va hisobiy o‘q yuklari bilan transport
vositalari hamda piyodalar harakatini yil davomida, uzluksiz, xavfsiz va har jihatdan
qulay (komfortli) ta’minlash;
2) ish va material-texnik manba (resurs) larning minimal xarajatlarida
inshootlarning texnik yaroqlilik holati va ularning ximat qilishining hisobiy
muddatini ta’minlash;
3) yo‘llardagi harakat jadalligi va transport vositalarining massasi o‘sishini
e’tiborga olib inshootning transport-ekspluatatsion holatini muttasil yaxshilash;
4) inshootlarning tashqi ko‘rinishini lozim bo‘lgan (tegishli) holatda ushlab
turish.
“Buyurtmachi” – tasarrufida umumiy foydalanishdagi yo‘l turgan, ko‘priklar
ekspluatatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Shartnoma bo‘yicha boshqa yuridik shaxslarga
topshiradigan ijrochi hokimiyat organi.
“Pudratchi” – bu Shartnomaga asosan bevosita ko‘priklar ekspluatatsiyasini
amalga oshiruvchi va ekspluatatsiyaning talab beradigan sathi uchun javob beruvchi
yuridik shaxs. “Pudratchi” sifatida – bu ishlab chiqaruvchi yo‘l tarkibidagi ishlab
chiqarish ko‘prik bo‘limi yoki ixtisoslashtirilgan ko‘rinishdagi tashkilot, egalik
mulki shakliga bog‘liq bo‘lmagan, ekspluatatsiya bo‘yicha ishlarni bajarishga OQI
ning ruxsati (guvohnomasi) mavjud bo‘lgan. Shartnomaning maksimal amal qilish
muddati 5 yil va tender savdosi o‘tkazilgan so‘ng “Buyurtmachi” bilan tuziladi.
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi sathi – konstruktiv elementlar va inshoot umumiy
ko‘rinishining texnik holatini aniqlashni yoritadigan ko‘rsatkichlar majmuasi.
Ilmiybaza.uz
Ko‘priklarning talab qilinadigan sathi, ekspluatatsiya bo‘yicha zaruriy ishlar
majmuasini yoritadigan, ajratiladigan mablag‘ hajmiga muvofiq Buyurtmachining
Pudratchi bilan shartnomasida o‘rnatiladi (3.4-rasm) [21].
Ko‘priklar ekspluatatsiyasi bo‘yicha rahbarlik “Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik
bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Sonli tarkibi quyidagi mezon bo‘yicha
aniqlanadi: 2500 p.m. ko‘prik uzunligida bitta mutaxassis, ammo mutaxassislarning
minimal soni – 2 ta odam.
“Buyurtmachi” shtatidagi ko‘prik bo‘limi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi
[21]:
3.4-rasm. Ko‘priklar ekspluatatsiyasi xizmatining strukturasi [22]
1) “Buyurtmachi” tomonidan biriktirilgan inshoot texnik holatining nazorati va
tahlilini
va
axborotlar
to‘lashni
amalga
oshirish,
ko‘prik
to‘g‘risida
avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankini amalga oshirish;
2) inshootlarning inventarizatsiyasini tashkillashtiradi va zarurat tug‘ilsa,
o‘tkazadi;
3) nogabarit va og‘ir yuk (NOYu – me’yordan ortiq yuk) larni o‘tkazishni
tashkillashtirish va nazoratini amalga oshirish;
4) texnik hujjatlar (arxiv) ning saqlanishini ta’minlaydi;
5) inshootlar ekspluatatsiyasining ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqadi,
Ilmiybaza.uz
ularni bajarish uchun vosita (mablag‘) larni aniqlaydi;
6) tender asosida pudratchi tashkilotlarning tanlovini amalga oshiradi (konkurs
savdosini o‘tkazadi: elektron auksion va birja);
7) pudratchilarning ishlab chiqarish faoliyati ustidan doimiy nazoratni amalga
oshiradi va ishning bajarilish muddatini nazorat qiladi;
8) ko‘priklarning ta’mirlov, rekonstruksiya va yangi qurilishidagi loyiha
hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlashda ishtirok etadi;
9) ko‘priklarni ekspluatatsiyaga topshirishdan oldin qabul qiluv ishlariga
qatnashadi;
10) avariya-tiklov ishlarini bajarishda tashkiliy-texnik yordam ko‘rsatadi.
Ko‘priklar ustidan nazorat quyidagi chora-tadbirlardan tashkil topgan:
1.1) Texnik ro‘yxat – bu texnik hujjatlarni yurgizish orqali ko‘prik har bir
elementining holati va edirilish darajasini qayd qilish. Texnik hujjatlar tarkibi [21]:
1) Ko‘prik kartochkasi. Ko‘prik, oraliq qurilmalar, tayanchlar, regulyasion
inshootlar, kirish yo‘llari va mudofaasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlardan tashkil
topgan;
2) Ko‘prikning texnik pasporti. 6 ta shakldan tashkil topgan. Ko‘prik, oraliq
qurilmalar, tayanchlar, mavjud texnik hujjatlar ro‘yxati, nuqsonlar ro‘yxati, texnik
holatining bahosi, fotografiya va rasmlar;
3) Yo‘l uchun ko‘priklar ro‘yxati va texnik holatining mavjudligi. Quyidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi: inshootning o‘rnashgan joyi; inshootda bajarilgan
ta’mirlash ishlarining muddati va turlari; ko‘prikning texnik tavsiflari; texnik
holatining bahosi;
4) Ko‘prikning alohida kitobi. Quyidagi ko‘priklar uchun tuziladi: temirbeton –
uzunligi 300m dan va metall – uzunligi 100 dan katta. Tashkil topgan: inshooning
o‘rnashgan joyi; bk ko‘taruvchanligi to‘g‘risida ma’lumot; harakatning uzoq
cheklanganlik muddati; ko‘prikdagi hodisalar ro‘yxati; o‘tkazilgan kshrik va
ta’mirlar ro‘yxati: ko‘prik polotnosi, oraliq qurilma, tayanch va regulyasion
inshootlar; ko‘prik (elementlari bo‘yicha) nuqsonlarini kuzatish tarkibi; o‘zan
o‘lchovlari profili va ularning joylashish rejasi; saqlov bo‘yicha fikr va farmoyishlar.