Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Barchasi
Dars ishlanmalar
IELTS AND CEFR
Kurs ishlari
Referat
slaydlar
KO‘PRIKLAR REKONSTRUKSIYASI (Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi, Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
7,8 MB
Yuklab olish
Ilmiybaza.uz KO‘PRIKLAR REKONSTRUKSIYASI REJA: 1. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi. 2. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi. 3. Oraliq qurilmani ko‘ndalang siljitishda ishlarning asosiy tarkibi. 4. Yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan ko‘priklarning rekonstruksiyasi. Tayanch so‘zlar va iboralar: avtomobil kranlari; texnologik sxema; ko‘ndalang surish; ko‘ndalang siljitish; yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan rekonstruksiya.
Ilmiybaza.uz 1. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi Kichik va o‘rta ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirish uchun katta yuk ko‘taruvchanlikka ega (“Kato”, “Libxer”) avtomobil kranlaridan foydalaniladi. Ayrim hollarda ular oraliq qurilmalarni almashtirish jarayonini tezlashtirish va poezdlar harakati tangligi keltirib chiqaradigan qo‘shimcha harajatlarni kamaytirish imkonini beradi (82-rasm). 82-rasm. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi: 1 – “Kato” krani; 2 – yangi oraliq qurilmaning o‘rnatilgan bloki; 3 – yangi oraliq qurilmaning montaj qilinadigan bloki; 4 – montaj qilinadigan oraliq qurilmani kranga stropovka qilish; 5 – vaqtinchalik tayanchlar; 6 – demontaj qilingan eski oraliq qurilmalar; R1, R2 – kran strelasining qulochi Temir yo‘l ko‘prigi oraliq qurilmalarini avtoyo‘l kranlari yordamida almashtirish bo‘yicha asosiy ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi (82-rasm): oraliq qurilmalarni o‘rnatish uchun vaqtinchalik tayanchlarni qurish bilan bog‘liq tayyorlov ishlari, kranlar, yangi oraliq qurilmalarni ko‘prikka keltirish va b.; texnologik xaritaga muvofiq kranlarni ishchi holatga o‘rnatish; ekspluatatsiya qilinayotgan ko‘prik polotnosini demontaj qilish; eski oraliq qrurilma (yoki uning
Ilmiybaza.uz bloklari) ni demontaj qilish; yangi oraliq qurilmalarni montaj qilish; ko‘prik polotnosini yotqizish va harakat uchun peregonni ochish. Kichik va o‘rta temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalarini almashtirish ham katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan bitta avtoyo‘l krani yordamida bajariladi (83, 84-rasmlar). 83-rasm. Temir yo‘l ko‘prigining metall oraliq qurilmasini bitta avtoyo‘l krani bilan almashtirish 84-rasm. Temir yo‘l ko‘prigining temirbeton oraliq qurilmasini bitta avtoyo‘l krani bilan almashtirish Temir yo‘lning o‘rta ko‘priklari rekonstruksiyasining amaliyotida oraliq qurilmalarni almatirishda ko‘ndalang surish metodi o‘z tatbig‘ini topmoqda. Uning mohiyati shundan iboratki, unda oraliq qurilma maxsus qurilgan pirs (bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joy) yoki vaqtinchalik tayanchlar bo‘ylab ko‘prikka ko‘ndalang siljitiladi, uning o‘rniga esa ko‘ndalang siljitish yoki boshqa usul bilan yangi oraliq qurilma o‘rnatiladi (84-rasm). 2. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi Temir yo‘l transporti tizimida oraliq qurilmalarni almashtirish uchun konsolli kranlar o‘z tatbig‘ini topmoqda. Konsolli kranlar orasida (80t yuk ko‘taruvchanligi bilan GEK-80 turidagi) burilmaydiganlari ko‘proq tarqalgan. Ko‘priklarni rekonstruksiya qilishda kamdan-kam 130t yuk ko‘taruvchanligi bilan GEPK-130 turdagi buriladigan konsolli kranlardan foydalanishadi, chunki ularning soni juda kam.
Ilmiybaza.uz GEK-80 kranlari bilan uzunligi 27m gacha, massasi 100t gacha bo‘lgan temirbeton oraliq qurilmalarni, uzunligi 34,2m gacha, massasi 80t gacha bo‘lgan metall oraliq qurilmalarni almashtirish mumkin. Ikkita polispast (yuk ko‘taruvchi mexanizm) li kranning maksimal yuk ko‘taruvchanligi nisbatan kalta yuklar bilan ishlashda 110t ni tashkil etadi (85-rasm) . 85-rasm. GEK-80 konsolli kran bilan oraliq qurilmani almashtirishning texnologik sxemasi: a – oraliq qurilmani platformaga uzatish va stropovka qilish; b – oraliq qurilmani platformaga uzatish rejasi; v – kran konsoli ostiga oraliq qurilma (bloklar) ni ko‘ndalang ko‘chirish; g – oraliq qurilma (blok) ni ko‘prikka o‘rnatish; 1 – konsolli kran; 2 – oraliq qurilma (blok); 3 – platforma; 4 – berk yo‘l (tupik) GEK-80 konsolli burilmaydigan kran bilan oraliq qurilmani almashtirishda ishlar ketma-ketligi 6.15-rasm): yuk telejkalarini ko‘ndalang ko‘chirish (g‘ildiratish) uchun ko‘prik oldida uncha katta bo‘lmagan estakada qurish; “tanaffus” da ishlarni tashkil qilish uchun peregonni yopish; ko‘prikdagi yo‘lni echib olish va eski olarliq qurilmani demontaj qilishga tayyorlash; yuk telejkali konsolli kranni ko‘prikka keltirish va keyin gabaritdan tashqaridagi estakadaning ko‘ndalang yo‘li bo‘ylab uni g‘ildiratish; eski oraliq qurilmalarni qaytarib estakadaga uzatish va etkazilgan yuk telejkalariga o‘rnatish bilan ularni demontaj
Ilmiybaza.uz qilish; konsolli kranga yangi oraliq qurilmani uzatish; ko‘prik oldidagi yangi oraliq qurilmani kranga stropovka qilish telejkalarni gabarit tashqarisida g‘ildiratish; ko‘prikka yangi oraliq qurilmalarni montaj qilish; telejkalari bilan kranni stansiyaga jo‘natish; ko‘prik polotnosini yotqizish; harakat uchun peregonni ochish. Elektrlashtirilgan uchastkalarda oraliq qurilmalarni almashtirish bo‘yicha konsolli kranlarning ishida oddiy sharoitlarda tutash tarmoqlarini demontaj qilish talab etilmaydi, ularni faqat toksizlantirish lozim. Yangi oraliq qurilmani konsolli kranga stropovka va montaj qilish namunasi 85a-rasmda tasvirlangan. 85a-rasm. Oraliq qurilmanlarni almashtirishda ularni burilmaydigan GEK konsolli kranga stropovka qilish1 Temir yo‘l liniyalari bo‘ylab yuklangan konsolli kranlarning xavfsiz harakati qo‘sh g‘ildiraklardan relslarga tushadigan yukning kattaligi va kran turg‘unligini ta’minlash zarurati sababli temir yo‘l liniyasi konstruksiyasiga yuqori talablar qat’iy qo‘yadi . 3. Oraliq qurilmani ko‘ndalang siljitishda ishlarning asosiy tarkibi Oraliq qurilmani ko‘ndalang siljitishda ishlarning asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi (86-rasm): vaqtinchalik to‘kilma (qoidaga ko‘ra, chaqiq toshdan) qurish; yig‘ma temirbeton blok (86,b,87, 88-rasmlar) yoki inventar MIK S konstruksiyalardan (86, v , 88-rasmlar) vaqtinchalik tayanchlar qurish; ustki va 1Bridge Engineering Handbook, Second Edition: Superstructure Design. Edited by Wai-Fah Chen and Lian Duan. © 2014 (520 bet).
Ilmiybaza.uz ostki g‘ildiratish (bostirish) yo‘llarini qurish; oraliq qurilmani surish uchun katok (g‘ula) yoki sirpang‘ich (salazka) lar qurish; oraliq qurilmani g‘ildiratish yo‘llariga o‘rnatishda ko‘tarish uchun gidravlik domkratlarni qurish; oraliq qurilmani ko‘ndalang surishning itaruvchi qurilmasi sifatida gorizontal gidravlik domkratlarni o‘rnatish; eski oraliq qurilmani loyihaviy holatigacha surish; yangi oraliq qurilmani montaj qilish; g‘ildiratish va boshqa texnologik qurilmalarni demontaj qilish. Temir yo‘l o‘rtacha ko‘priklarining rekonstruksiyasida oraliq qurilmalarni almashtirishning, ularni bo‘ylama va ko‘ndalang surishni o‘z ichiga oladigan qo‘shma usularini qo‘llash o‘z tatbig‘ini topmoqda. Oraliq qurilmalarni almashtirish bo‘yicha ishlar texnologiyasi quyidagilarni ko‘zda tutadi: yangi oraliq qurilmani ko‘prik o‘qi bo‘ylab kirish yo‘lida yig‘ish; g‘ildiratish moslamalarini qurish; tortish (itaruvchi) va tormoz moslamalarini qurish; inventar konstruksiyalarni qo‘llab qurilgan, vaqtinchalik g‘ildiratish tayanchlari bo‘ylab yig‘ilgan oraliq qurilmani bo‘ylama (ko‘prik o‘qi bo‘ylab) surish; almashtiriladigan oraliq qurilmani, qoidaga ko‘ra, oraliq qurilma uchlarida joylashadigan maxsus pirs bo‘ylab ko‘ndalang (ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang) g‘ildiratish; yangi oraliq qurilmani almashtiriladigani o‘rniga ko‘ndalang dumalatish; tayanch qismlariga yangi oraliq qurilmani o‘rnatish; g‘ildiratish moslamalarini demontaj qilish; eski oraliq qurilmani yig‘ishtirib olish; texnologik qurilma (vaqtinchalik tayanch, pirs va sh.o‘.) larni demontaj qilish .
Ilmiybaza.uz 86-rasm. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab umumiy ko‘rinish; b, v – ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish; 1 – eski oraliq qurilma; 2 – ostki g‘ildiratish yo‘li; 3 – ustki g‘ildiratish yo‘li; 4 – vaqtinchalik tayanchning yig‘ma bloklari; 5 – oraliq qurilmani surishdagi holati; 6 – shpal katagi; 7 – to‘kma; 8 – gidravlik domkrat; 9 – MIK elementlaridan vaqtinchalik tayanch S; 10 – og‘ma ustun 87-rasm. Yig‘ma betonli bloklardan yig‘ilgan vaqtinchalik tayanchlardan foydalanib temirbeton oraliq qurilmani ko‘ndalang surish 88-rasm. Oraliq qurilmani ko‘ndalang surish uchun MIK S va g‘ildiratish yo‘llari elementlaridan vaqtinchalik pirsni qurish
Ilmiybaza.uz Oraliq qurilmalarni almashtirishning maqsadga muvofiq usulini tanlash mahalliy sharoitlar, daryo oqimining rejimi, temir yo‘l uchastkasining yuk kuchlanganligi, ko‘prik qurilish tashkilotining texnika bilan jihozlanganligi va b. larni e’tiborga olib, har xil echimlarning texnik-iqtisodiy tahlili asosida aniqlanadi. 4. Yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan ko‘priklarning rekonstruksiyasi Oshayotgan o‘tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlash maqsadida yo‘llar sonini oshirish yo‘li bilan ko‘priklarning rekonstruksiyasi amalga oshiriladi. Bo‘nda mavjud yo‘l o‘qidan 20 – 25m masofada joylashtirib, ikkinchi yo‘l uchun yangi ko‘prik qurish tavsiya etiladi. Mazkur echim ikkinchi yo‘l uchun ko‘prik qurish uchun maqbul sharoitni ta’minlaydi va mavjudini ekspluatatsiya qilishga xalaqit bermaydi. Agar sharoit imkon beradigan bo‘lsa, ko‘prik kechuvining gidrologik sharoitlarini yomonlashtirmasdan, ikkinchi yo‘l ostidagi ko‘prikni past tomondan joylashtirish maqsadga muvofiq (89-rasm). 89-rasm. Yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan mavjud ko‘prikning rekonstruksiyasida ikkinchi yo‘l uchun yangisini qurish Ekspluatatsiya qilinayotgan katta va beqiyos katta eski qurilgan ko‘priklarda, kengaytirilgan poydevorlarida qiyalama muzkesarlari mavjud oraliq tayanchlarni, ma’lum sharoitlarda texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ularni ikkinchi yo‘l uchun yonma-yon qurish maqsadga muvofiq (90-rasm). Shu maqsadda tayanch qoplamasi va poydevor chetidan yuqorida joylashgan muzkesarning mavjud terimi bir qismi buzib olinadi va uning o‘rniga ikkinchi yo‘l uchun monolit betondan ustqurma (ustida qurilgan qism) ni ko‘tarishadi .
Ilmiybaza.uz Agar muzkesar uzunligi kengaytirish uchun etarli bo‘lmasa, unda yangi yonma-yon quriladigan qismi alohida poydevorga joylashtiriladi (91-rasm). Tayanchning eski va yangi qismlarining birgalikdagi ishi deformatsion chokda kuchli betonli yoki temirbetonli shponka, hamda metall ankerlar qo‘yish bilan ta’minlanadi . Kichik va o‘rtacha ko‘priklarning rekonstruksiyasida mavjud qirg‘oq tayanchining bevosita yaqini (yoni) da ikkinchisini qurish eng katta qiyinchilik tug‘diradi. Ishni osonlashtirish va mavjud qirg‘oq tayanchini shikastlamaslik uchun, yangi qirg‘oq tayanchini ko‘tarmaga olib chiqib va ularni eski qirg‘oq tayanchlari chegarasidan tashqarida joylashtirib, ikkinchi yo‘l ko‘prigini cho‘zishga harakat qilishadi. Ayrim hollarda, masalan atrofi to‘ldirilgan (to‘kilgan) qirg‘oq tayanchlari uchun, baland rostverk turidagi poydevor hosil qiluvchi qoziq, qoziq-qobiq yoki burg‘ilangan qoziqlardan foydalanib, eski ko‘tarma jinsida yangi qirg‘oq tayanchlarini qurishadi. Bunday echim ko‘tarmani maxsus mahkamlashdan qutulish imkonini beradi. 90-rasm. Amur daryosi (Rossiya, Xabarovsk) orqali ko‘prik rekonstruksiyasida poydevorning eski terimidan foydalanib ikkinchi yo‘l ostida tayanchni yonma-yon qurish 91-rasm. Ko‘prik rekonstruksiyasida ikkinchi yo‘l ostida tayanchni yonma-yon qurish: 1 – eski terim; 2 – yangi terim; 3 – anker; 4 – poydevor qismini yonma- yon qurish Ikkinchi yo‘l ostida qirg‘oq tayanchini qurish uchun olib tashlanadigan ko‘tarma uchastkasi, odatda bir uchi bilan eski qirg‘oq tayanchiga, boshqasi bilan esa – ko‘tarmaga qo‘yilgan shpaldan yasalgan katakka tayanadigan yukdan
Ilmiybaza.uz bo‘shatuvchi paketlar bilan yopiladi. Ammo maxsus qurilish asbob-uskunalaridan foylanilganda baland (10 -14m) ko‘tarmalar va yo‘llar orasidagi masofa 4,2m dan katta bo‘lganda yuk bo‘shatuvchi paketlarsiz va ular himoyasi ostida kotolovanlarni qazimasdan qirg‘oq tayanchlarini qurish mumkin (92-rasm) . 92-rasm. Rekonstruksiya qilinadigan ko‘prikning ikkinchi yo‘l ostidagi qirg‘oq tayanchining qurish sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab ko‘rinish; b – ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish; 1 – yangi yo‘l o‘qi; 2 – mavjud yo‘l o‘qi; 3 – eski qirg‘oq tayanchining terimi Mazkur texnologiya mavjud yo‘l bo‘ylab harakatni to‘xtatmasdan qisqa muddatda yangi qirg‘oq tayanchlarini qurish bo‘yicha ishlarning butun majmuini bajarish imkonini beradi. Kichik ko‘priklar rekonstruksiyasining variantlaridan biri ikkinchi yo‘l ostida kengaytirishni e’tiborga olib suv o‘tkazuvchi quvurlarni qurish hisoblanadi. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi. 2. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi. 3. Oraliq qurilmani ko‘ndalang siljitishda ishlarning asosiy tarkibi. 4. Yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan ko‘priklarning rekonstruksiyasi.
Ilmiybaza.uz
O'xshash fayllar
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin
Matematika
13 soat oldin