KO‘PRIKLAR REKONSTRUKSIYASI (Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni almashtirishning texnologik sxemasi, Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning texnologik sxemasi)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
7,8 MB
Ilmiybaza.uz
KO‘PRIKLAR REKONSTRUKSIYASI
REJA:
1. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni
almashtirishning texnologik sxemasi.
2. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning
texnologik sxemasi.
3. Oraliq qurilmani ko‘ndalang siljitishda ishlarning asosiy tarkibi.
4. Yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan ko‘priklarning rekonstruksiyasi.
Tayanch so‘zlar va iboralar:
avtomobil kranlari; texnologik sxema; ko‘ndalang surish; ko‘ndalang siljitish;
yo‘llar soni o‘zgarishi munosabati bilan rekonstruksiya.
Ilmiybaza.uz
1. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni
almashtirishning texnologik sxemasi
Kichik va o‘rta ko‘priklar oraliq qurilmalarini almashtirish uchun katta yuk
ko‘taruvchanlikka ega (“Kato”, “Libxer”) avtomobil kranlaridan foydalaniladi.
Ayrim hollarda ular oraliq qurilmalarni almashtirish jarayonini tezlashtirish va
poezdlar
harakati
tangligi
keltirib
chiqaradigan
qo‘shimcha
harajatlarni
kamaytirish imkonini beradi (82-rasm).
82-rasm. Avtomobil kranlaridan foydalanib temirbeton oraliq qurilmalarni
almashtirishning texnologik sxemasi: 1 – “Kato” krani; 2 – yangi oraliq
qurilmaning o‘rnatilgan bloki; 3 – yangi oraliq qurilmaning montaj qilinadigan
bloki; 4 – montaj qilinadigan oraliq qurilmani kranga stropovka qilish; 5 –
vaqtinchalik tayanchlar;
6 – demontaj qilingan eski oraliq qurilmalar; R1, R2 – kran strelasining
qulochi
Temir yo‘l ko‘prigi oraliq qurilmalarini avtoyo‘l kranlari yordamida
almashtirish bo‘yicha asosiy ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi (82-rasm): oraliq
qurilmalarni o‘rnatish uchun vaqtinchalik tayanchlarni qurish bilan bog‘liq
tayyorlov ishlari, kranlar, yangi oraliq qurilmalarni ko‘prikka keltirish va b.;
texnologik xaritaga muvofiq kranlarni ishchi holatga o‘rnatish; ekspluatatsiya
qilinayotgan ko‘prik polotnosini demontaj qilish; eski oraliq qrurilma (yoki uning
Ilmiybaza.uz
bloklari) ni demontaj qilish; yangi oraliq qurilmalarni montaj qilish; ko‘prik
polotnosini yotqizish va harakat uchun peregonni ochish.
Kichik va o‘rta temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalarini almashtirish ham
katta yuk ko‘taruvchanlikka ega bo‘lgan bitta avtoyo‘l krani yordamida bajariladi
(83, 84-rasmlar).
83-rasm. Temir yo‘l ko‘prigining
metall oraliq qurilmasini bitta avtoyo‘l
krani bilan almashtirish
84-rasm. Temir yo‘l ko‘prigining
temirbeton oraliq qurilmasini bitta
avtoyo‘l krani bilan almashtirish
Temir yo‘lning o‘rta ko‘priklari rekonstruksiyasining amaliyotida oraliq
qurilmalarni almatirishda ko‘ndalang surish metodi o‘z tatbig‘ini topmoqda. Uning
mohiyati shundan iboratki, unda oraliq qurilma maxsus qurilgan pirs (bog‘lab
qo‘yiladigan maxsus joy) yoki vaqtinchalik tayanchlar bo‘ylab ko‘prikka
ko‘ndalang siljitiladi, uning o‘rniga esa ko‘ndalang siljitish yoki boshqa usul bilan
yangi oraliq qurilma o‘rnatiladi (84-rasm).
2. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning
texnologik sxemasi
Temir yo‘l transporti tizimida oraliq qurilmalarni almashtirish uchun konsolli
kranlar o‘z tatbig‘ini topmoqda. Konsolli kranlar orasida (80t yuk ko‘taruvchanligi
bilan GEK-80 turidagi) burilmaydiganlari ko‘proq tarqalgan. Ko‘priklarni
rekonstruksiya qilishda kamdan-kam 130t yuk ko‘taruvchanligi bilan GEPK-130
turdagi buriladigan konsolli kranlardan foydalanishadi, chunki ularning soni juda
kam.
Ilmiybaza.uz
GEK-80 kranlari bilan uzunligi 27m gacha, massasi 100t gacha bo‘lgan
temirbeton oraliq qurilmalarni, uzunligi 34,2m gacha, massasi 80t gacha bo‘lgan
metall oraliq qurilmalarni almashtirish mumkin. Ikkita polispast (yuk ko‘taruvchi
mexanizm) li kranning maksimal yuk ko‘taruvchanligi nisbatan kalta yuklar bilan
ishlashda 110t ni tashkil etadi (85-rasm) .
85-rasm. GEK-80 konsolli kran bilan oraliq qurilmani almashtirishning
texnologik sxemasi:
a – oraliq qurilmani platformaga uzatish va stropovka qilish; b – oraliq
qurilmani platformaga uzatish rejasi; v – kran konsoli ostiga oraliq qurilma
(bloklar) ni ko‘ndalang ko‘chirish; g – oraliq qurilma (blok) ni ko‘prikka
o‘rnatish; 1 – konsolli kran; 2 – oraliq qurilma (blok); 3 – platforma; 4 – berk
yo‘l (tupik)
GEK-80 konsolli burilmaydigan kran bilan oraliq qurilmani almashtirishda
ishlar
ketma-ketligi
6.15-rasm):
yuk
telejkalarini
ko‘ndalang
ko‘chirish
(g‘ildiratish) uchun ko‘prik oldida uncha katta bo‘lmagan estakada qurish;
“tanaffus” da ishlarni tashkil qilish uchun peregonni yopish; ko‘prikdagi yo‘lni
echib olish va eski olarliq qurilmani demontaj qilishga tayyorlash; yuk telejkali
konsolli kranni ko‘prikka keltirish va keyin gabaritdan tashqaridagi estakadaning
ko‘ndalang yo‘li bo‘ylab uni g‘ildiratish; eski oraliq qurilmalarni qaytarib
estakadaga uzatish va etkazilgan yuk telejkalariga o‘rnatish bilan ularni demontaj
Ilmiybaza.uz
ostki g‘ildiratish (bostirish) yo‘llarini qurish; oraliq qurilmani surish uchun katok
(g‘ula) yoki sirpang‘ich (salazka) lar qurish; oraliq qurilmani g‘ildiratish yo‘llariga
o‘rnatishda ko‘tarish uchun gidravlik domkratlarni qurish; oraliq qurilmani
ko‘ndalang
surishning
itaruvchi
qurilmasi
sifatida
gorizontal
gidravlik
domkratlarni o‘rnatish; eski oraliq qurilmani loyihaviy holatigacha surish; yangi
oraliq qurilmani montaj qilish; g‘ildiratish va boshqa texnologik qurilmalarni
demontaj qilish.
Temir yo‘l o‘rtacha ko‘priklarining rekonstruksiyasida oraliq qurilmalarni
almashtirishning, ularni bo‘ylama va ko‘ndalang surishni o‘z ichiga oladigan
qo‘shma usularini qo‘llash o‘z tatbig‘ini topmoqda. Oraliq qurilmalarni
almashtirish bo‘yicha ishlar texnologiyasi quyidagilarni ko‘zda tutadi: yangi oraliq
qurilmani ko‘prik o‘qi bo‘ylab kirish yo‘lida yig‘ish; g‘ildiratish moslamalarini
qurish;
tortish
(itaruvchi)
va
tormoz
moslamalarini
qurish;
inventar
konstruksiyalarni qo‘llab qurilgan, vaqtinchalik g‘ildiratish tayanchlari bo‘ylab
yig‘ilgan
oraliq
qurilmani
bo‘ylama
(ko‘prik
o‘qi
bo‘ylab)
surish;
almashtiriladigan oraliq qurilmani, qoidaga ko‘ra, oraliq qurilma uchlarida
joylashadigan maxsus pirs bo‘ylab ko‘ndalang (ko‘prik o‘qiga ko‘ndalang)
g‘ildiratish; yangi oraliq qurilmani almashtiriladigani o‘rniga ko‘ndalang
dumalatish; tayanch qismlariga yangi oraliq qurilmani o‘rnatish; g‘ildiratish
moslamalarini demontaj qilish; eski oraliq qurilmani yig‘ishtirib olish; texnologik
qurilma (vaqtinchalik tayanch, pirs va sh.o‘.) larni demontaj qilish .
Ilmiybaza.uz
86-rasm. Oraliq qurilmalarni ko‘ndalang surish yo‘li bilan almashtirishning
texnologik sxemasi: a – ko‘prik o‘qi bo‘ylab umumiy ko‘rinish; b, v – ko‘prik
o‘qiga ko‘ndalang ko‘rinish; 1 – eski oraliq qurilma; 2 – ostki g‘ildiratish
yo‘li; 3 – ustki g‘ildiratish yo‘li; 4 – vaqtinchalik tayanchning yig‘ma bloklari;
5 – oraliq qurilmani surishdagi holati; 6 – shpal katagi;
7 – to‘kma; 8 – gidravlik domkrat; 9 – MIK elementlaridan vaqtinchalik
tayanch S; 10 – og‘ma ustun
87-rasm. Yig‘ma betonli
bloklardan yig‘ilgan vaqtinchalik
tayanchlardan foydalanib
temirbeton oraliq qurilmani
ko‘ndalang surish
88-rasm. Oraliq qurilmani ko‘ndalang surish
uchun MIK S va g‘ildiratish yo‘llari
elementlaridan vaqtinchalik pirsni qurish