KO‘PRIKLI O‘TISH JOYLARINI LOYIHALASHDA GIDROMETRIK QIDIRUVLAR (Gidrometrik ishlar tarkibi, Daryodan o‘tish joylarini asoslash)

Yuklangan vaqt

2024-04-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

33,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
KO‘PRIKLI O‘TISH JOYLARINI LOYIHALASHDA GIDROMETRIK 
QIDIRUVLAR 
 
Reja: 
1. Gidrometrik ishlar tarkibi. 
2. Tayyorgarlik ishlari davri. 
3. Daryodan o‘tish joylarini asoslash. 
4. Loyihalash bosqichlari. 
 
Tayanch so’z va iboralar: geodezik ,geologik, gidrologik, gidrometrik ishlar, 
inshootlar, daryo o‘zani, oqim xajmi, qidiruv partiyasi, jixozlar, burg‘ulash, ponton, 
eshkakli qayiq, TIA, ishchi loyiha, gidrometrik hisoblash. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz KO‘PRIKLI O‘TISH JOYLARINI LOYIHALASHDA GIDROMETRIK QIDIRUVLAR Reja: 1. Gidrometrik ishlar tarkibi. 2. Tayyorgarlik ishlari davri. 3. Daryodan o‘tish joylarini asoslash. 4. Loyihalash bosqichlari. Tayanch so’z va iboralar: geodezik ,geologik, gidrologik, gidrometrik ishlar, inshootlar, daryo o‘zani, oqim xajmi, qidiruv partiyasi, jixozlar, burg‘ulash, ponton, eshkakli qayiq, TIA, ishchi loyiha, gidrometrik hisoblash. Ilmiybaza.uz 
Ko’prikli o’tish joyining loyihasi geodezik, geologik, gidrologik va 
gidrometrik ishlarning natijalari asosida tuziladi. Aytib o’tilgan ishlar majmui 
ko’prikli o’tish joyini qidirish deb ataladi. Ayrim murakkab hollarda loyihalash 
materiallari ko’prikli o’tish joyining modelini laboratoriyada tekshirish natijalari 
bilan to’ldiriladi. 
Daryodan o’tish joyi to’g’risidagi ma’lumotlarning ro’yhati va hajmi (ularni 
qidiruv vaqtida yig’ish zarur) ko’prikli o’tish joyi loyihasining mazmuni bilan 
belgilanadi. Loyihada avvalambor daryodan o’tish joyi asoslangan bo’lishi, ya’ni 
tanlangan o’tish joyi loyihalash talablarini eng yaxshi tarzda qanoatlantirishi 
ko’rsatilishi kerak: xo’jalik mintaqasiga xizmat qilish nuqtai nazaridan trassaning 
o’tishini eng foydaliligi, inshootlar uchun qurilish-foydalanish harajatlari va 
tashishlar uchun transport harajatlari eng kamligi; ko’prikli o’tish joyi 
inshootlarining turg’unligi bilan belgilanadigan harakat xavfsizligi; kema harakati 
va yog’och oqizish organlari talablarining bajarilishi. Daryodan o’tish joyi 
masalasiga loyihada e’tibor berilishi kerak, chunki ko’prikli o’tish joylari ancha 
katta uzunlikdagi avtomobil yo’llarining joydagi vaziyatini belgilovchi punktlar 
hisoblanadi. 
Loyihada ko’prikli o’tish joyidagi hamma inshootlarning yuklarni utkazib 
yuborish va inshootlarning suv oqimining yemiruvchi ta’siriga qarshilik ko’rsata 
olishini ta’minlash uchun yetarli bo’lgan, suv oqimidan xo’jalik maqsadlarida (kema 
qatnovi, yog’och oqizish, suv ta’minoti, energiya ta’minoti va hokazolar uchun) 
maromida foydalanishni cheklamaydigan asosiy o’lchamlari belgilab berilishi zarur. 
Loyihada ko’prikli o’tish joyi barcha inshootlari uchun konstruktiv yechimlar 
bo’lishi, ular mustahkamlikka va turg’unlikka hisoblanib, asoslangan bo’lishi zarur. 
Daryodan o’tish joyini asosli tanlash uchun geodezik ishlar asosida 
kartografik materiallar yig’iladi yoki tuziladi va o’tish joyi varianti sifatida 
tanlangan joylarda suv oqimi rejimi to’g’risida ma’lumotlar (gidrologik 
ma’lumotlar) olinadi. 
Inshootlarning asosiy o’lchamlarini aniqlash uchun, daryo hususiyatlari 
to’g’risidagi (jonli kesimlarning chuqurligi va kengligi, oqim tezligi, o’zan 
Ilmiybaza.uz Ko’prikli o’tish joyining loyihasi geodezik, geologik, gidrologik va gidrometrik ishlarning natijalari asosida tuziladi. Aytib o’tilgan ishlar majmui ko’prikli o’tish joyini qidirish deb ataladi. Ayrim murakkab hollarda loyihalash materiallari ko’prikli o’tish joyining modelini laboratoriyada tekshirish natijalari bilan to’ldiriladi. Daryodan o’tish joyi to’g’risidagi ma’lumotlarning ro’yhati va hajmi (ularni qidiruv vaqtida yig’ish zarur) ko’prikli o’tish joyi loyihasining mazmuni bilan belgilanadi. Loyihada avvalambor daryodan o’tish joyi asoslangan bo’lishi, ya’ni tanlangan o’tish joyi loyihalash talablarini eng yaxshi tarzda qanoatlantirishi ko’rsatilishi kerak: xo’jalik mintaqasiga xizmat qilish nuqtai nazaridan trassaning o’tishini eng foydaliligi, inshootlar uchun qurilish-foydalanish harajatlari va tashishlar uchun transport harajatlari eng kamligi; ko’prikli o’tish joyi inshootlarining turg’unligi bilan belgilanadigan harakat xavfsizligi; kema harakati va yog’och oqizish organlari talablarining bajarilishi. Daryodan o’tish joyi masalasiga loyihada e’tibor berilishi kerak, chunki ko’prikli o’tish joylari ancha katta uzunlikdagi avtomobil yo’llarining joydagi vaziyatini belgilovchi punktlar hisoblanadi. Loyihada ko’prikli o’tish joyidagi hamma inshootlarning yuklarni utkazib yuborish va inshootlarning suv oqimining yemiruvchi ta’siriga qarshilik ko’rsata olishini ta’minlash uchun yetarli bo’lgan, suv oqimidan xo’jalik maqsadlarida (kema qatnovi, yog’och oqizish, suv ta’minoti, energiya ta’minoti va hokazolar uchun) maromida foydalanishni cheklamaydigan asosiy o’lchamlari belgilab berilishi zarur. Loyihada ko’prikli o’tish joyi barcha inshootlari uchun konstruktiv yechimlar bo’lishi, ular mustahkamlikka va turg’unlikka hisoblanib, asoslangan bo’lishi zarur. Daryodan o’tish joyini asosli tanlash uchun geodezik ishlar asosida kartografik materiallar yig’iladi yoki tuziladi va o’tish joyi varianti sifatida tanlangan joylarda suv oqimi rejimi to’g’risida ma’lumotlar (gidrologik ma’lumotlar) olinadi. Inshootlarning asosiy o’lchamlarini aniqlash uchun, daryo hususiyatlari to’g’risidagi (jonli kesimlarning chuqurligi va kengligi, oqim tezligi, o’zan Ilmiybaza.uz 
jarayonlari ko’rsatkichlari, suv sathi va sarfi o’zgarishlari) aniq miqdoriy 
ma’lumotlar asosida batafsil gidravlik va o’zan hisoblashlari bajariladi. Bunday 
ma’lumotlarni olish uchun gidrometrik ishlar o’tkaziladi. 
Ko’prikli o’tish joyi inshootlarining konstruktiv yechimlari uchun shu 
inshootlar quriladigan asoslar, inshootlar qurilishi mumkin bo’lgan mahalliy 
materiallar (jumladan, ko’tarma va boshqarish inshootlari qurish uchun gruntlar) va 
u yoki bu inshootning alohida o’zi ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlar zarur bo’ladi. 
Bu materiallar asosan o’tish joyida suv oqimini muhandislik-geologik tekshirish va 
qisman geodezik va gidrometrik ishlarni bajarish yo’li bilan olinishi mumkin. 
Ko’prikli o’tish joylarini loyihalashda hal etiladigan masalalar ro’yhatiga 
muvofiq qidiruv vaqtida quyidagi ishlarni bajarish zarur: 
- 
geodezik s’yomkalar (yo’lning o’q chizig’ini o’tkazish, planlarni 
s’yomka qilish-holatli va gorizontallarda, profillarni s’yomka qilish); 
- 
gidrologik tekshirish (suv oqimi rejimini tavsiflovchi materiallar 
to’plash; daryo vodiysini morfometrik tekshirish); 
- 
gidrometrik ishlar (daryo tubi planini s’yomka qilish, oqim tezliklarini 
aniqlash, suv sarflari, o’zan jarayonlari tavsiflarini aniqlash, ayrim hollarda esa qat’i 
suv oqimini o’lchash); 
- 
muhandislik-geologik tadqiqotlar (geologik qirqimlarni tuzish, gruntni 
tekshirish, gidrologik tekshirish, mahalliy qurilish materiallari qidirish); boshqa 
ishlar (ko’prikli o’tish joyining daryodagi boshqa inshootlar bilan o’zaro 
bog’liqligini o’rganish; kema yurishi va yog’och oqizish sharoitlarini aniqlash). 
Aytib o’tilgan ishlarni bajarish uchun 
qidiruv partiyasi, odatda, 
ixtisoslashtirilgan qidiruv partiyalari tashkil etiladi. Uncha katta bo’lmagan suv 
oqimlaridan o’tish joyini qidiruv hollaridagina bu ishlar ko’prikli o’tish joyi 
joylashadigan yo’lning o’q chizig’i o’tkazishni olib borayotgan partiyaga 
topshiriladi. Alohida partiyalar tashkil etish uchun, ko’prikli o’tish joyidagi katta 
hajmli qidiruv ishlari, partiya tarkibiga gidrologiya va gidrotexnika sohasida 
ixtisoslashgan muhandislarni kiritish zarurati va o’tish joylarini qidirishda murakkab 
Ilmiybaza.uz jarayonlari ko’rsatkichlari, suv sathi va sarfi o’zgarishlari) aniq miqdoriy ma’lumotlar asosida batafsil gidravlik va o’zan hisoblashlari bajariladi. Bunday ma’lumotlarni olish uchun gidrometrik ishlar o’tkaziladi. Ko’prikli o’tish joyi inshootlarining konstruktiv yechimlari uchun shu inshootlar quriladigan asoslar, inshootlar qurilishi mumkin bo’lgan mahalliy materiallar (jumladan, ko’tarma va boshqarish inshootlari qurish uchun gruntlar) va u yoki bu inshootning alohida o’zi ishlashi to’g’risidagi ma’lumotlar zarur bo’ladi. Bu materiallar asosan o’tish joyida suv oqimini muhandislik-geologik tekshirish va qisman geodezik va gidrometrik ishlarni bajarish yo’li bilan olinishi mumkin. Ko’prikli o’tish joylarini loyihalashda hal etiladigan masalalar ro’yhatiga muvofiq qidiruv vaqtida quyidagi ishlarni bajarish zarur: - geodezik s’yomkalar (yo’lning o’q chizig’ini o’tkazish, planlarni s’yomka qilish-holatli va gorizontallarda, profillarni s’yomka qilish); - gidrologik tekshirish (suv oqimi rejimini tavsiflovchi materiallar to’plash; daryo vodiysini morfometrik tekshirish); - gidrometrik ishlar (daryo tubi planini s’yomka qilish, oqim tezliklarini aniqlash, suv sarflari, o’zan jarayonlari tavsiflarini aniqlash, ayrim hollarda esa qat’i suv oqimini o’lchash); - muhandislik-geologik tadqiqotlar (geologik qirqimlarni tuzish, gruntni tekshirish, gidrologik tekshirish, mahalliy qurilish materiallari qidirish); boshqa ishlar (ko’prikli o’tish joyining daryodagi boshqa inshootlar bilan o’zaro bog’liqligini o’rganish; kema yurishi va yog’och oqizish sharoitlarini aniqlash). Aytib o’tilgan ishlarni bajarish uchun qidiruv partiyasi, odatda, ixtisoslashtirilgan qidiruv partiyalari tashkil etiladi. Uncha katta bo’lmagan suv oqimlaridan o’tish joyini qidiruv hollaridagina bu ishlar ko’prikli o’tish joyi joylashadigan yo’lning o’q chizig’i o’tkazishni olib borayotgan partiyaga topshiriladi. Alohida partiyalar tashkil etish uchun, ko’prikli o’tish joyidagi katta hajmli qidiruv ishlari, partiya tarkibiga gidrologiya va gidrotexnika sohasida ixtisoslashgan muhandislarni kiritish zarurati va o’tish joylarini qidirishda murakkab Ilmiybaza.uz 
geologik ishlarni, shu jumladan juda chuqur burg’ilash ishlarini bajarish zarurati 
asos bo’ladi. 
Ko’prikli o’tish joylarini loyihalash ketma-ket bosqichlar bilan bajariladi 
(bundan keyin q.). Har loyihalash bosqichidan oldin ma’lum qidiruv davri keladi. 
Qidiruvlar davri ishlarning hajmi va tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Ko’prikli o’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalarni 
tuzishda ko’prik tuynugi, ko’prik sxemasi va kutiladigan ishlar hajmi to’g’risida, 
shuningdek, daryodan o’tish joyining turli variantlari bo’yicha ko’prikli o’tish 
joyining taxminiy qiymati to’g’risida taxminiy ma’lumotlar olingan bo’lishi kerak. 
Bu ma’lumotlardan butun yo’lni qurish uchun hamma smeta hisobini tuzishda va 
o’tish joyining maqsadga muvofiq bo’lmagan variantlarini aniqlash uchun, 
shuningdek, navbatdagi qidiruv ishlari dasturini ishlab chiqish uchun foydalaniladi. 
O’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalarni ishlab chiqish 
bosqichida suv oqimi orqali o’tish turi haqidagi masala hal etilishi kerak. Tanlangan 
ko’prikli o’tish joyi turida to’htashni yoki suv orqali o’tishning biror boshqa turi 
qabul qilishni tashish miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni va eng asosiysi, ularning 
rivojlanish istiqboli, shuningdek, suv oqimi orqali o’tishning har xil turning qurilish-
foydalanish qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga oluvchi texnik-iqtisodiy 
hisoblashlar asosida hal etish mumkin. Tegishli hollarda bunday tanlash 
umumdavlat mulohazalari asosida amalga oshiriladi. Suv oqimi orqali o’tish 
avtomobil yo’lining bir qismi hisoblanganligi sababli iqtisodiy qidiruvlar o’tish 
joylari uchun alohida bajarilmaydi, bundan avtonom (mustaqil) ko’prikli o’tish 
joylari, masalan, daryoning turli qirg’oqlarida joylashgan, shahar qismlarini bog’lab 
turadigan o’tish joylari bundan mustasnodir. 
Ko’prikli o’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalar 
qidiruvlarning birinchi davri materiallari asosida ishlab chiqiladi, u tayyorgarlik 
ishlari yoki qidiruvlarning kameral davri deb ataladi. 
Umumiy tahminiy mulohazalarni tuzish uchun yo’l va o’tish joylarini 
xaritalar bo’yicha o’tkaziladi va ishonchli kartografik material bo’lmagan holdagina 
bu maqsad uchun minimal dala ishlari bajariladi. 
Ilmiybaza.uz geologik ishlarni, shu jumladan juda chuqur burg’ilash ishlarini bajarish zarurati asos bo’ladi. Ko’prikli o’tish joylarini loyihalash ketma-ket bosqichlar bilan bajariladi (bundan keyin q.). Har loyihalash bosqichidan oldin ma’lum qidiruv davri keladi. Qidiruvlar davri ishlarning hajmi va tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Ko’prikli o’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalarni tuzishda ko’prik tuynugi, ko’prik sxemasi va kutiladigan ishlar hajmi to’g’risida, shuningdek, daryodan o’tish joyining turli variantlari bo’yicha ko’prikli o’tish joyining taxminiy qiymati to’g’risida taxminiy ma’lumotlar olingan bo’lishi kerak. Bu ma’lumotlardan butun yo’lni qurish uchun hamma smeta hisobini tuzishda va o’tish joyining maqsadga muvofiq bo’lmagan variantlarini aniqlash uchun, shuningdek, navbatdagi qidiruv ishlari dasturini ishlab chiqish uchun foydalaniladi. O’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalarni ishlab chiqish bosqichida suv oqimi orqali o’tish turi haqidagi masala hal etilishi kerak. Tanlangan ko’prikli o’tish joyi turida to’htashni yoki suv orqali o’tishning biror boshqa turi qabul qilishni tashish miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni va eng asosiysi, ularning rivojlanish istiqboli, shuningdek, suv oqimi orqali o’tishning har xil turning qurilish- foydalanish qiymati to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobga oluvchi texnik-iqtisodiy hisoblashlar asosida hal etish mumkin. Tegishli hollarda bunday tanlash umumdavlat mulohazalari asosida amalga oshiriladi. Suv oqimi orqali o’tish avtomobil yo’lining bir qismi hisoblanganligi sababli iqtisodiy qidiruvlar o’tish joylari uchun alohida bajarilmaydi, bundan avtonom (mustaqil) ko’prikli o’tish joylari, masalan, daryoning turli qirg’oqlarida joylashgan, shahar qismlarini bog’lab turadigan o’tish joylari bundan mustasnodir. Ko’prikli o’tish joyini qurish bo’yicha umumiy taxminiy mulohazalar qidiruvlarning birinchi davri materiallari asosida ishlab chiqiladi, u tayyorgarlik ishlari yoki qidiruvlarning kameral davri deb ataladi. Umumiy tahminiy mulohazalarni tuzish uchun yo’l va o’tish joylarini xaritalar bo’yicha o’tkaziladi va ishonchli kartografik material bo’lmagan holdagina bu maqsad uchun minimal dala ishlari bajariladi. Ilmiybaza.uz 
Hozir loyihalashning quyidagi bosqichlari qabul qilingan: texnik-iqtisodiy 
asoslash (TIA) yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (TIH); loyiha (L);                      ishchi 
hujjatlari (IH). 
Ko’prikli o’tish joyini qurish zarurligini texnik-iqtisodiy asoslash daryoni 
kesib o’tishda o’q chizig’ining uzil-kesil eng qulay o’rnini (planda va bo’ylama 
profilda), ko’prikning zarur uzunligini, ko’prikli o’tish joyi boshqa inshootlarining 
o’lchamlarini belgilashga imkon beradigan hajmda (hozirgi talablarga ko’ra) ishlab 
chiqiladi. Bu hujjatda ko’prik va o’tish joyidagi boshqa inshootlarning 
konstruksiyalarining tavsiya etiladigan yechimlari 
keltirilgan bo’lishi, inshootlarning materiali tanlangan bo’lishi, ishlarning hajmlari 
hisoblab chiqilgan bo’lishi (yetarlicha aniqlikda), trassaning tanlangan varianti 
bo’yicha ko’prikli o’tish joyini qurish usuli va qiymati belgilangan bo’lishi kerak. 
Ko’prikli o’tish joyini qurish zarurligini texnik-iqtisodiy asoslashni yo’l 
bo’yicha tashishlarning rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqish talab 
etiladi, buning uchun tegishli iqtisodiy tekshirishlar o’tkazish zarurdir. Texnik-
iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishning asosiy usuli variantlab loyihalashdir. 
Daryodan o’tish joyi haqidagi va inshootlarning (ko’prik va boshqalarning) asosiy 
o’lchamlari haqidagi uzil-kesil yechim trassani o’tkazish va inshootlarning 
konstruksiyalari ehtimoliy variantlarini batafsil ishlab chiqish va taqqoslash asosida 
qabul qilindi. 
Texnik-iqtisodiy asoslashdan oldin ko’prikli o’tish joyini batafsil texnik 
qidiruv ishlari to’la hajmda bajariladi, chunki loyihalashning bu bosqichida o’tish 
joyi loyihasining asosiy qismi barcha inshootlarning (ko’prik, qayir ko’tarmalari va 
boshqarish inshootlarining) asosiy o’lchamlarini uzil-kesil aniqlash bajarilishi zarur. 
O’tish joyi loyihasi ko’prikli o’tish joyi qurish zarurligining tasdiqlangan 
texnik-iqtisodiy asoslanishi asosida ishlab chiqiladi. O’tish joyi qurilishining 
loyihasini ishlab chiqishda aniqlangan qiymati texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab 
chiqishda belgilangan qiymatidan 10% dan ko’proq farq qilmasligi talab etiladi. 
Loyihani 
ishlab 
chiqish 
natijasida 
o’tish 
joyi 
barcha 
inshootlarining 
konstruksiyalari, ishlarning aniqlashtirilgan hajmlari, qurilishning uzil-kesil qiymati 
Ilmiybaza.uz Hozir loyihalashning quyidagi bosqichlari qabul qilingan: texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (TIH); loyiha (L); ishchi hujjatlari (IH). Ko’prikli o’tish joyini qurish zarurligini texnik-iqtisodiy asoslash daryoni kesib o’tishda o’q chizig’ining uzil-kesil eng qulay o’rnini (planda va bo’ylama profilda), ko’prikning zarur uzunligini, ko’prikli o’tish joyi boshqa inshootlarining o’lchamlarini belgilashga imkon beradigan hajmda (hozirgi talablarga ko’ra) ishlab chiqiladi. Bu hujjatda ko’prik va o’tish joyidagi boshqa inshootlarning konstruksiyalarining tavsiya etiladigan yechimlari keltirilgan bo’lishi, inshootlarning materiali tanlangan bo’lishi, ishlarning hajmlari hisoblab chiqilgan bo’lishi (yetarlicha aniqlikda), trassaning tanlangan varianti bo’yicha ko’prikli o’tish joyini qurish usuli va qiymati belgilangan bo’lishi kerak. Ko’prikli o’tish joyini qurish zarurligini texnik-iqtisodiy asoslashni yo’l bo’yicha tashishlarning rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqish talab etiladi, buning uchun tegishli iqtisodiy tekshirishlar o’tkazish zarurdir. Texnik- iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishning asosiy usuli variantlab loyihalashdir. Daryodan o’tish joyi haqidagi va inshootlarning (ko’prik va boshqalarning) asosiy o’lchamlari haqidagi uzil-kesil yechim trassani o’tkazish va inshootlarning konstruksiyalari ehtimoliy variantlarini batafsil ishlab chiqish va taqqoslash asosida qabul qilindi. Texnik-iqtisodiy asoslashdan oldin ko’prikli o’tish joyini batafsil texnik qidiruv ishlari to’la hajmda bajariladi, chunki loyihalashning bu bosqichida o’tish joyi loyihasining asosiy qismi barcha inshootlarning (ko’prik, qayir ko’tarmalari va boshqarish inshootlarining) asosiy o’lchamlarini uzil-kesil aniqlash bajarilishi zarur. O’tish joyi loyihasi ko’prikli o’tish joyi qurish zarurligining tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslanishi asosida ishlab chiqiladi. O’tish joyi qurilishining loyihasini ishlab chiqishda aniqlangan qiymati texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishda belgilangan qiymatidan 10% dan ko’proq farq qilmasligi talab etiladi. Loyihani ishlab chiqish natijasida o’tish joyi barcha inshootlarining konstruksiyalari, ishlarning aniqlashtirilgan hajmlari, qurilishning uzil-kesil qiymati Ilmiybaza.uz 
tugrisidagi va qurilishni tashkil etish buyicha hamma ma’lumotlar olingan bo’lishi 
kerak. 
Ko’shimcha qidiruv ishlari ishchi hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita 
ko’prikli o’tish joyini qurishda bajariladi, u vaqtda loyihaning ishchi chizmalarini 
yoki ishlab chiqarishni tashkil etish sxemasiga aniqlik kirituvchi ba’zi detallar 
tekshiriladi. Shu maqsadda qo’shimcha geodezik s’yomka va burgilash, kamdan-
kam hollarda gidrometrik ishlar bajariladi. 
Ko’prikli o’tish joyida qidiruv ishlarini bajaruvchi, partiya boshlig’i rahbarlik 
qiluvchi qidiruv partiyasi tarkibiga odatda quyidagilar kiradi: ishlarga texnik 
jihatdan boshchilik qiluvchi muhandis; ayrim ish turlariga boshchilik qiluvchi 
muhandis; 
muhandislarning ko’rsatmasiga 
muvofik, instrumental ishlarni 
bajaruvchi va o’lchash materiallarini rasmiylashtiruvchi texniklar; xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlar (ishchilar, xo’jalik yurituvchilar). Partiya xodimlari soni 
ishlarning hajmiga bog’liq. 
Qidiruvlar boshlanishi oldidan bajarilishi kerak bo’lgan ishlarning aniq 
ro’yhati va ularni bajarish rejasi belgilanadi. Qidiruvlarning kalendar rejasi ishlarni 
bajarishning belgilangan muddatlari asosida, birok, ayrim ish turlari yilning qat’i 
ma’lum davrida, masalan, gidrometrik ishlar-toshqin o’tishi vaqtida; geodezik 
ishlar-qor qoplami bo’lmagan davrda o’tkazilishini hisobga olib tuziladi. 
Qidiruv partiyalarining jihozlari odatdagi texnik aniqlikdagi geodezik 
asboblardan, gidrometrik asboblardan, muhandislik-geologik va tuproq-grunt 
tekshirish uchun jizhozlar, yordamchi va rasmiylashtirish ishlari uchun texnik 
inventardan iborat. 
Daryoning qat’i oqimini o’lchash jihozlari, odatda, majburiy ro’yxatga 
kirmaydi, chunki ko’prik ostidagi yuvilishlar, hisoblashga cho’kindilar sarfini 
kiritmasdan, tabiiy gidrometrik tavsiflar bo’yicha aniqlanishi mumkin. 
Gidrometrik ishlar vaqtida partiya suzuvchi vositalar-eshkakli yoki motorli 
qayiqlar, o’ta katta daryolarda ishlaganda esa pontonlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim 
hollarda (tezoqar tor daryolarda) gidrometrik ishlarni osma kajavalarda turib olib 
borish kerak. 
Ilmiybaza.uz tugrisidagi va qurilishni tashkil etish buyicha hamma ma’lumotlar olingan bo’lishi kerak. Ko’shimcha qidiruv ishlari ishchi hujjatlarini ishlab chiqishda bevosita ko’prikli o’tish joyini qurishda bajariladi, u vaqtda loyihaning ishchi chizmalarini yoki ishlab chiqarishni tashkil etish sxemasiga aniqlik kirituvchi ba’zi detallar tekshiriladi. Shu maqsadda qo’shimcha geodezik s’yomka va burgilash, kamdan- kam hollarda gidrometrik ishlar bajariladi. Ko’prikli o’tish joyida qidiruv ishlarini bajaruvchi, partiya boshlig’i rahbarlik qiluvchi qidiruv partiyasi tarkibiga odatda quyidagilar kiradi: ishlarga texnik jihatdan boshchilik qiluvchi muhandis; ayrim ish turlariga boshchilik qiluvchi muhandis; muhandislarning ko’rsatmasiga muvofik, instrumental ishlarni bajaruvchi va o’lchash materiallarini rasmiylashtiruvchi texniklar; xizmat ko’rsatuvchi xodimlar (ishchilar, xo’jalik yurituvchilar). Partiya xodimlari soni ishlarning hajmiga bog’liq. Qidiruvlar boshlanishi oldidan bajarilishi kerak bo’lgan ishlarning aniq ro’yhati va ularni bajarish rejasi belgilanadi. Qidiruvlarning kalendar rejasi ishlarni bajarishning belgilangan muddatlari asosida, birok, ayrim ish turlari yilning qat’i ma’lum davrida, masalan, gidrometrik ishlar-toshqin o’tishi vaqtida; geodezik ishlar-qor qoplami bo’lmagan davrda o’tkazilishini hisobga olib tuziladi. Qidiruv partiyalarining jihozlari odatdagi texnik aniqlikdagi geodezik asboblardan, gidrometrik asboblardan, muhandislik-geologik va tuproq-grunt tekshirish uchun jizhozlar, yordamchi va rasmiylashtirish ishlari uchun texnik inventardan iborat. Daryoning qat’i oqimini o’lchash jihozlari, odatda, majburiy ro’yxatga kirmaydi, chunki ko’prik ostidagi yuvilishlar, hisoblashga cho’kindilar sarfini kiritmasdan, tabiiy gidrometrik tavsiflar bo’yicha aniqlanishi mumkin. Gidrometrik ishlar vaqtida partiya suzuvchi vositalar-eshkakli yoki motorli qayiqlar, o’ta katta daryolarda ishlaganda esa pontonlarga ega bo’lishi kerak. Ayrim hollarda (tezoqar tor daryolarda) gidrometrik ishlarni osma kajavalarda turib olib borish kerak. Ilmiybaza.uz 
Qidiruv partiyasi jihozlarining butligi ayniqsa muhimdir, chunki biror bir 
asbob yoki moslamaning yo’qligi butun bir seriya ishlarning bajarilishiga imkon 
bermaydi, natijada qidiruv materiallari ancha qadrsiz bo’lib qolishi mumkin. 
 
Nazorat savollari 
1. 
Gidrometrik qidiruv ishlari qanday ishlarni o‘z ichiga olgan? 
2. 
Daryodan o‘tish joyining asoslanishi 
3. 
Gidrometrik qidiruv ishlar tarkibi. 
4. 
Tayyorgarlik ishlari davri qanday ishlar bajariladi? 
5. 
Daryodan o‘tish joylarini asoslash. 
6. 
Ko‘prikli o‘tish joylarini loyihalashda hal etiladigan masalalar ro‘yhatiga 
muvofiq qidiruv vaqtida qanday ishlarni bajarish zarur? 
 
 
Ilmiybaza.uz Qidiruv partiyasi jihozlarining butligi ayniqsa muhimdir, chunki biror bir asbob yoki moslamaning yo’qligi butun bir seriya ishlarning bajarilishiga imkon bermaydi, natijada qidiruv materiallari ancha qadrsiz bo’lib qolishi mumkin. Nazorat savollari 1. Gidrometrik qidiruv ishlari qanday ishlarni o‘z ichiga olgan? 2. Daryodan o‘tish joyining asoslanishi 3. Gidrometrik qidiruv ishlar tarkibi. 4. Tayyorgarlik ishlari davri qanday ishlar bajariladi? 5. Daryodan o‘tish joylarini asoslash. 6. Ko‘prikli o‘tish joylarini loyihalashda hal etiladigan masalalar ro‘yhatiga muvofiq qidiruv vaqtida qanday ishlarni bajarish zarur?