. Mavzu: Koreya Respublikasi
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarga Janubiy Koreya Respublikasining umumiy geografik
tavsifi, tabiiy resurslari, aholisi, xo’jaligi, tashqi iqtisodiy aloqalari haqida ma`lumot
berish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarda tabiatni muxofaza qilish, uning boyliklaridan unumli
va oqilona foydalanishni, geografik dunyoqarashlarini shakllantirish, ekologik did, axloqiy
sifatlarini, kasb-hunarga bo`lgan qiziqishlarini rivojlantirish
v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali siyosiy, iqtisodiy, ma,naviy bilim
olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o`rgatish, xaritalardan foydalanish
samaradorligini oshirish.
II. Darsning turi: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy.
III. Darsning usuli: Jumboqli jadvali, guruhlarda ishlash, Harakatlar strategiyasi
texnologiyasi, VENN diogrammasi
IV. Darsning jihozi: Darslik ,ko’rgazmali qurollar.
V. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI. Texnik jihoz: Videoproyektor, kompyuter, diaproyektor ekrani.
VII. Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa:
Darsning texnik chizmasi:
VIII. Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c)
darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi e)ma’naviyat daqiqasi, o’quvchilarni
guruhlarga bo’lish
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b)daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
IX. O’tilgan mavzuni takrorlash. Jumboqli jadvali: Xitoy Xalq Respublikasiga tegishli
bo’lgan ma’lumotlarni saralash
Dars bosqichlari
Vaqt
Tashkiliy qism.
Daqiqa
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik
Daqiqa
Yangi mavzuni yoritish
Daqiqa
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish
Daqiqa
Darsni yakunlash
Daqiqa
Uyga beriladigan topshiriqlar
Daqiqa
Xanlar, “bir oilaga ush bola”, 1350 mln., 47,8%, 141, donchilik, choy yetishtirish,
shakarqamish, cho’chqachilik, qo’ychilik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika, neft-kimyo,
selluloza, mashinasozlik, G’arbiy, Markaziy, Janubiy, Sharqiy.
Aholisi
Iqtisodiy
rayonlari
Sanoati
Qishloq
xo’jaligi
Tegishli emas
1350 mln.
Xanlar
47,8%
141
G’arbiy
Sharqiy
Markaziy
Metallurgiya
Mashinasozlik
Neft-kimyosi
Yoqilg’i-
energetika
Donchilik
Cho’chqachilik
Choy yetishtiris
Qo’ychilik
“bir oilaga ush
bola”
Selluloza
Shkarqamish
Janubiy
X. Yangi mavzu bayonining qisqacha mazmuni O’quvchilarni 5 ta guruhga bo’lib, ularga
“Siyosatchilar”, “Huquqshunoslar”, “Iqtisodchilar”, “Jamoatchilik”, “Diplomatlar” deb
nom beriladi. Bu guruh ishtirokchilari O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishga
qaratilgan “Xarakatlar strategiyasi” ning ustuvor yo’nalishlari asosida Janubiy Koreyaga
o’zlarini yo’nalishlariga oid ma’lumotlarini berish topshirig’i beriladi. Shuningdek ularga
xaritadan bittadan savol beriladi. Har bir to’g’ri berilgan javoblarga rag’bat kartochkalari
berib boriladi.
“Siyosatchilar” guruhi ishtirokchilariga Janubiy Koreyaning tarixi, geografik o’rni
va davlat tuzumi haqidagi ma’lumotlarni berishadi.
Respublikasi Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimorolining janubiy qismida joylashgan.
Qirg'oqlari sharqdan Yapon dengizi (Koreyada Sharqiy dengiz deb ataladi), g'arbda Sariq
dengiz (Koreyada G'arbiy dengiz deb nomlanadi), janubda Koreya bo'g'izi va Sharqiy
Xitoy dengizi (Koreyada Janubiy dengiz deb ataladi) suv- lari bilan yuviladi. Koreya
Respublikasi shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) bilan chegaradosh.
Koreya Respublikasiga 3 000 taga yaqin orollar tegishli bo'lib, ulardan eng yirigi -
Chedjudo oroli hisoblanadi.
Mamlakatning umumiy maydoni 99,392 ming km2.
Boshqaruv shakli - prezidentlik respublikasi. Ma'muriy-hududiy jihatdan 9 ta
provinsiya, provinsiyaga tenglashtirilgan 6 ta shahar va alohida maqomga ega 1 ta
shaharga bo'lingan unitar davlat hisoblanadi. Poytaxti - Seul - mamlakatning shimoli-
g'arbida joylashgan.
Koreyada davlatchilik ancha tarixga ega. Uning hududi 668-yildan to 1910-yilgacha
yaxlit Choson qirolligi mavjud bo’lgan. 1910-yilga Koreyani Yaponiya to’liq bosib oladi,
natijada Koreya to’liqligicha Yaponiya nazoratiga o’tadi. 1945-yilda Yaponiyaningn II
jahon urishida mag’lubiyatga uchrashi, Koreyadagi yaponlar boshqaruvining barham
topishiga olib keladi. Ammo Koreyaning shimoliy qismini SSSR, janubiy qismini esa
AQSH egallab oladi. Shu yili ikki davlat Koreyani 38o parallel chizig’idan bo’lishib
olishadi. Shunday qilib Koreya davlati ikkiga parchalanadi. 1948-yil 15-avgustda hozirgi
Koreya Respublikasiga asas solinadi.
“Huquqshunoslar” Koreya Respublikasining xukumatning tuzilishi, qonun
chiqaruvchi organlari va davlat rahbarlari haqidagi ma’lumotlarni berishadi.
Koreya Respublikasining hukumatining tuzilishi uch qismga bo’lingan: ijro etuvchi,
qonun chiqaruvchi va sud hokimyati. Hukumat mustaqil bosh ijro etuvchi-prezidentga ega.
Koreya Respublikasining Qonun chiqaruvchi hokimyati Milliy Majlis deb atalib,
to’rt yilga saylanadigan 299 ta deputatdan iborat. Qonun chiqaruvchi hokimyati bir
palatadan tashkil topgan.
Davlat rahbari-prezident (Moon Jae-In), hukumat Bosh Vazir (Lee Nak-Yeon)ga
tugishli. Prezident ovoz berish orqali 5 yil muddatga saylanadi. U ham davlat siyosatida,
ham uning tashqi siyosatida muhim o’rin egallaydi. Shuningdek ijroiya hokimyatining
boshlig’i sifatida qonunlarni ijro etilishinita’minlaydi,qaror va farmonlar qabul qiladi.
Koreya bayrog’i Koreya gerbi
“Iqtisodchilar” guruhi Koreya Respublikasining tabiiy sharoiti, resurslari, sanoat,
dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari haqidagi ma’lumotlarni berishadi.
Relyefining tog'liligi hisobiga Koreya Respublikasida dehqonchilikka yaroqli yerlar
ko'p emas va bu holat koreyaliklarni yerdan unumli foydalanishga undaydi.
Foydali qazilmalardan mamlakatda ko'mir, volfram, temir, rux, qo'rg'oshin, oltin
konlari bor, lekin zaxiralari nisbatan kam bo'lganligi tufayli Koreya Respublikasi turli
xomashyolarga bo'lgan ehtiyojini ko'proq import hisobiga qondiradi.
Koreya iqlimi, asosan, mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi. Yoz
issiq va nam bo'lib, uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin quruq. Daryolar
sersuv, energetik imkoniyatlarga boy. Eng yirik daryolar - Naktongan va Xangan.
Hududining katta qismini aralash ignabargli va keng bargli o'rmonlar egallagan.
Iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i sanoatga (YIM ning 34,9 %i),
xizmat ko‘rsatish sohasiga (60,1 %), qishloq xo‘jaligiga (3 % i) to‘g‘ri keladi.
Koreya Respublikasi 1980-yillardan boshlab ijtimoiy-iq- tisodiy rivojlanishda ulkan
yutuqlarga erishdi. Bu o'sish, ayniqsa sanoat sohasida ko'zga tashlanadi, shuning uchun
ham Koreya Respublikasi yangi industrial (sanoatlashgan) mamlakatlar guruhiga kiritiladi.
Hozirgi kunda Koreya Respublikasi YIM hajmi bo'yicha jahon mamlakatlarining birinchi
o'n beshtaligiga kiradi.
Sanoatning eng muhim tarmoqlari avtomobilsozlik, kemasozlik, elektro texnika,
elektronika, atom energetikasi, metallurgiya, kimyo va neft- kimyo, yengil sanoati
hisoblanadi (62-rasm). Xususan, kemalarni ishlab chiqarish bo'yicha mamlakat jahonda
birinchi o'rinda turadi. Shuningdek, po'lat, cho'yan, rux, qo'rg'oshinni eritish, avtomobillar
va ularning eh- tiyot qismlari, polimer mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha Koreya
Respublikasi jahonning birinchi beshtaligiga kiradi. Koreya Respublikasi «Samsung-
Electroniks», «Posko» va boshqa dunyoga mashhur transmilliy korporatsiyalarning
mavjudligi bilan ajralib turadi.
Dehqonchilikda sholichilik, sabzavotchilik (tarvuz, qovoq, turli xil ko‘katlar),
mevachilik (nok, olma, shaftoli yetishtirish) va uzumchilik muhim o‘rin egallaydi.
Chorvachilikda sut-go‘sht chorvachiligi, qoramolchilik va cho‘chqachilik rivojlangan.
“Jamoatchilik” guruhi Koreya Respublikasining aholisi haqidagi ma’lumotlatrni
berishadi.
Koreya Respublikasida 51 mln. kishidan ziyod aholi yashaydi (2018-y.). Koreya
Respublikasi aksari- yat Osiyo mamlakatlaridan aholi tabiiy ko'payishining past darajasi
bilan ajralib turadi (yiliga 0,1-0,2 %). Mamlakat aholisining dinamikasiga ijobiy balansga
ega bo'lgan tashqi migratsiya ham ta'sir ko'rsatmoqda.
Koreya Respublikasi yuqori urbanizatsiyalashgan davlat, aholisining 80 % dan ziyodi
shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari qatoriga, Seul (10,0 mln. kishi), Pusan
(1,5 mln.), Tegu (2,4 mln.), Inchxon (1,9 mln.), Kvanchju (1,2 mln.), Tedjon (1,1 mln.),
Ulsan va Suvon kiradi.
Koreya Respublikasi aholisining etnik tarkibi jihatidan bir millatli davlat hisoblanadi.
Jami aholining deyarli 99 % ini koreyaliklar tashkil qiladi. Keng tarqalgan dinlar buddizm
va xristianlik hisoblanadi.
Koreya Respublikasida aholi zichligining o'rtacha ko'rsatkichi ancha yuqori bo'lib, 1
km1 maydonga 500 kishidan ko'proq aholi to'g'ri keladi. Mamlakatning relyefi nisbatan
tekis bo'lgan g'arbiy va janubiy dengizbo'yi hududlarida aholi zichligi juda yuqori
darajada.
“Diplomatlar” guruhi Koreya Respublikasining tashqi savdo aylanmasi, O’zbek-Koreys
hamkorligi haqidagi ma’lumotlar beradilar.
Janubiy Koreya tashqi savdosining hajmi -1980yilgi 17,5 mlrd. AQSH dollaridan
2012-yilga kelib 950 mlrd. AQSH dollariga oshdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Janubiy
Koreya jahon mamlakatlari ichida 11-o‘rinni, eksport bo‘yicha (473 mlrd. doll.) esa 12-
o‘rinni egallaydi.
Koreya Respublikasi eksport hajmi bo'yicha jahonning yetakchi 10 ta mamlakatlari
qatoriga kiradi. Koreya Respublikasi O'zbekiston uchun ham muhim savdo hamkori
hisoblanadi.
2018-yil
ma'lumotlariga
ko'ra,
tashqi
savdo
aylanmasi
bo'yicha
O'zbekistonning savdo hamkorlari orasida Xitoy, Rossiya, Qozog'iston va Turkiyadan
keyin 5-o'rinni egal- lagan, import hajmi bo'yicha esa Xitoy va Rossiyadan keyin 3-o'rinda
turadi.
Koreya Respublikasi O‘zbekiston bilan
istiqbolli tashqi iqtisodiy aloqalarga ega. Ushbu mamlakatlar o‘rtasida 2011-yilda amalga
oshirilgan savdo aylanmasi O‘zbekiston jami tashqi savdo aylanmasining 10,6 % ini
tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Koreya Respublikasi jami davlatlar ichida Rossiya va
Qozog‘istondan keyin 3-o‘rinni egallaydi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Koreya
Respublikasi O‘zbekistonga avtomobil dvigatellari, avtomobillar uchun rezina-texnika
buyumlari, turli uskunalar, to‘qimachilik sanoati uchun asbob- uskunalar, uyali aloqaga oid
telekommunikatsiya uskunalari eksport qiladi. U O‘zbekistondan paxta tolasi, rangli
metallar (mis, rux), boyitilgan uran va boshqa mahsulotlarni import qiladi.
Guruhlar taqdimotlarini amalga oshirib bo’lishganidan so’ng o’qituvchi javoblarni
umumlashtiradi va kamchiliklarni Koreya Respublikasining slaydi orqali to’ldirib beradi.
Guruh ishtirokchilari taqdimotlarini tayyorlash jarayonida Koreya Respublikasi haqidagi
qiziqarli videorolik namoyish etiladi.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:VENNA diogrammasida Xitoy va Koreya
Respublikalarini solishtirish
Joylashgan o’rni Xitoy Koreya
Qishloq xo’jalik
Sanoat tarmoqlari
AholisI
Davlat tuzimi
XITOY KOREYA
Materikda Osiyoning sharqida Yarimorolda
Joylashgan joylashgan joylashgan
Choy yetishtirish Sholikorlik Polizchilik
Parrandachilik Cho’chqachilik Qoramolchilik
Aerokosmonavtika Metallurgiya, mashinasozlik Kemasozlik
Urbanizatsiya dara- Bir millatli mamlakat Urbanizatsiya dara-
jasi o’rtacha jasi yuqori
Sotsiolistik Respublika Unitar davlat Prezidentlik Respublika
XI. O’quvchilarni baholash: darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
XII.Uyga vazifa: Koreya xaritasi bilan mustaqil ishlash, Yaponiya mavzusiga qo’shimcha
ma’lumotlar to’plash.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: Geografiya 9-sinf darsligi, “Jahon mamlakatlari” ma’lumotnomasi,
qo`shmcha adabiyotlar, www.geografiya.uz sayti