Ushbu mavzu doirasida quyidagi dolzarb
masalalar ko'rib chiqiladi:
Korporatsiya tushunchasi va tarixi
Korporativ huquqi tushunchasi, predmeti, subyekti
Korporativ huquqiy munosabatlar
Korporativ huquq prinsiplari
O'zbekiston Respublikasida korporativ huquqning manbalari
Korporatsiya nima?
"Korporatsiya" so'zining
mazmuni
"Korporatsiya" so'zining o'zi (lotincha “corporatio“ – birlashma) kasbiy yoki
sinfiy manfaatlar jamoasi tomonidan birlashtirilgan shaxslar guruhini
anglatadi.
Anglo-Sakson huquqi faqat xo'jalik yurituvchi subyektlarni (har xil turdagi
cheklangan shirkatlarni) korporatsiya sifatida qabul qiladi.
Romano-german huquqiy tizimi ishtirokchilarning a'zoligiga asoslangan
barcha yuridik shaxslarni korporatsiya deb hisoblaydi.
Dunyo mamlakatlarida
korporatsiyalar
•Shveytsariya - korporatsiyalar yuridik shaxsning mustaqil
turi
•Angliya - bu yuridik shaxsning o'zi (yakka korporatsiya)
• AQSh - turli tashkilotlarni o'z ichiga oladi.
! Frantsiya va Germaniyada yuridik shaxslarni tasniflashda
"korporatsiya" atamasi umuman ishlatilmaydi.
Fransiyada yuridik shaxslar sheriklik va uyushmalarga
bo'lingan;
Germaniyada yuridik shaxslar uyushmalar va
muassasalarga bo’lingan
! Korporatsiyalar O‘zbekiston qonunchiligida muayyan
tashkiliy-huquqiy shakl sifatida ko’zda tutilmaydi.
Korporatsiya
Korporatsiya - an'anaviy ravishda ishtirok etish (a'zolik) tamoyillariga
asoslangan tashkilotdir tushuniladi, u o'z ishtirokchilarining
(a'zolarining) manfaatlarini maxsus organlar tizimi yordamida
boshqarish orqali faoliyatni amalga oshiradi.
Korporatsiyaning xususiyatlari
Korporatsiya
–
davlat
ro’yxatidan
o’tkazilgan
va
korporatsiyalar
shartlariga javob beruvchi muayyan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik
shaxslar.
Korporatsiyaning
taʼsischilari
(ishtirokchilari,
aʼzolari
muassis)
uni
boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi
Korporatsiyaning qonunga muvofiq Ustav bilan belgilanadigan oliy
organini (ishtirochkilar/aksiyadorlar umumiy yigʻilishi) shakllantiradi.
1- Kazus
•“NEW DEROSSA” aksiyadorlik jamiyati oʻzini yirik korporatsiya deb hisoblab
keladi.
Shuning
uchun
u
oʻzining
tashkiliy
huquqiy
shaklini
oʻzgartirib
Korporatsiya deb eʼtirof etilishini koʻzda tutib davlat xizmatlari markaziga
murojaat qildi.
•Biroq roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ushbu yuridik shaxsni Korpratsiya sifatida
davlat roʻyxatdan oʻtkazib boʻlmasligini vaj qilib keltirib davlat roʻyxatidan
oʻtkazishni rad etdi. Davlat xizmatlari
markazi oʻzining yozma javobida
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida “korporatsiya” tashkiliy huquqiy
shakli belgilanmaganligini, balki korporatsiya yuridik shaxsning oʻzi ekanligini
taʼkidlab shu orqali javobni asoslantirishga harakat qildi.
•Markazning mazkur javobidan norozi boʻlib “NEW DEROSSA” AJ davlat roʻyxatiga
olishni rad etganlik ustidan Iqtisodiy sudga shikoyat qilib, oʻz arizasida
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasida belgilangan
yuridik shaxsni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan uni
roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisidagi normani asos
sifatida keltirdi. Sud tomonidan daʼvo ishi qanoatlantirilmay qoldirildi. Davlat
xizmatlari markazining roʻyxatga olishni rad etishi qonuniy hisoblanadimi? Sud
qarori toʻgʻri qabul qilinganmi? Javobingizni asoslang.
Korporatsiya
Korporatsiya bu shaxslar va kapitalning muayyan maqsadga
erishish uchun birlashuvini nazarda tutuvchi yuridik shaxsdir.
-Masʼuliyati cheklangan jamiyat
-Aksiyadorlik jamiyati
- Xoʻjalik shirkatlari
-Assotsiatsiyalar
-Xoldinglar va hk.
Korporativ huquq
Korporativ huquq –
korporatsiyalar faoliyatini tashkil etish,
amalga oshirish va tugatish bilan bogʻliq ichki
munosabatlarni tartibga soluvchi huquq
normalari yigʻindisidir.
2 Kazus
“Aldin” kompaniyasi mamlakatdagi yirik kompaniyalardan
biri bo’lib asosiy faoliyati komyuter dasturlarini ishlab
chiqarib sotish hisoblanadi. Kompaniyaning rivojlanishi va
yuqori daromda olishida maxsus hind dasturchisi Salman
Sinkh nigina hissasi mavjud. Qolgan mutaxassislar esa
faoliyatda unga assistentlik qiladi xolos.
Salman Sinkh “Aldin” kompaniyasi rivojiga katta xizmat
ko’rsatayotgani tufayli u juda katta moqdorda maosh oladi.
Sinkh
kompaniyaga murojaat qilib
yuqori miqdordagi
maoshi
o’rniga
kompaniya
ustav
fondida
unga
ulush
ajratilishini so’radi. Uning murojaati rad etildi. Murojaati rad
etilgani uchun Sinkh sudga murojaat qilmoqchi? Uning
uchun u Nizo predmetini aniqlashda ikkilanyapti? Vaziyatga
yechim bering!
Keng ma’noda
Ichki korporativ munosabatlar turlari:
•1. ta’sischi (ishtirokchi) va boshqa ta’sischi (ishtirokchi
o‘rtasida);
•2. ta’sischi (ishtirokchi) va yuridik shaxs o‘rtasida ;
•3. ta’sischi (ishtirokchi) va menedjer o‘rtasida;
•4. ta’sischi (ishtirokchi) va yollanma xodim o‘rtasida.
Tashqi korporativ munosabatlar turlari:
•1. Korporatsiya va kontragentlar (hamkorlar) o‘rtasida ;
•2. Korporatsiya va kreditorlar o‘rtasida;
•3. Korporatsiya va iste’molchilar o‘rtasida ;
•4. Korporatsiya va davlat (davlat organlari) o‘rtasida
mavjud bo‘ladi.
Tor ma’noda
korporativ munosabatlar - bu korporatsiya ichidagi ichki munosabatlar,
bu korporatsiya va uning a'zosi o'rtasidagi munosabatlardir.
•korporatsiyaning o'zi korporativ bo'lmagan turli xil tashqi huquqiy
munosabatlarga (masalan, bitim va shartnomalar bo'yicha) ham
kirishishi mumkin.
Yechim
Korporatsiyalar bilan bog'liq barcha munosabatlarni ham korporativ
huquq tartibga sola vermaydi.