Korporativ nizolar. Korporativ huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Yuklangan vaqt
2025-09-05
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
793,8 KB
Korporativ nizolar. Korporativ huquqiy munosabatlar
ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish
Korporativ nizolar
• Korporativ
konfliktlar
-
korporatsiya
boshqaruv
organlari
yoki
boshqa
ishtirokchilar
tomonidan
noqonuniy
harakatlar
natijasida ishtirokchilarning
va (yoki) korporatsiyaning
huquqlari va (yoki) qonuniy
manfaatlarini buzilishi.
Korporativ nizolar
• Korporativ
nizolar
-
yuridik
shaxsni
tashkil
etish,
uni
boshqarish yoki yuridik shaxsda
ishtirok
etish
bilan
bogʻliq
nizolar.
• Korporativ
nizolar
iqtisodiy
sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi
va korporativ konfliktlar sababli
paydo boʻladi
Korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga quyidagilar
kiradi:
• 1) yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq nizolar;
• 2) xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar
aʼzolari paylarining mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni amalga oshirish
bilan bogʻliq nizolar, bundan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni,
ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-
mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno;
• 3) yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni
haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi daʼvolari
boʻyicha nizolar;
• 4) qimmatli qogʻozlar emissiyasi bilan, shu jumladan emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish
bilan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar
chiqarish (qoʻshimcha ravishda chiqarish) natijalari boʻyicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan
bogʻliq nizolar;
• 5) qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni
hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va (yoki)
ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan
bogʻliq faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar;
• 6) yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi nizolar;
• 7) yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar.
• Qonunga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham kiritilishi mumkin.
Asosan quyidagi daʼvo talablari kiritiladi:
• aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy
yigʻilishi qarorini bekor qilish);
• kompaniya boshqaruv Kengashi yoki
Ijroiya
boshqaruv
organlarining
qarorini bekor qilish, shu jumladan
aksiyadorlar (ishtirokchilar) talabiga
koʻra harakatlarni amalga oshirishni
rad etish toʻgʻrisidagi qarorni;
• kompaniya
aksiyadorlari
(ishtirokchilari) huquqlarini roʻyobga
chiqarishga
qaratilgan
harakatlarni
amalga
oshirish,
eʼlon
qilingan
dividendlarni toʻlash yoki MCHJ sof
foydasini tarqatish bilan bogʻliq,
• Shuningdek,
MCHJ
ishtirokchilari
toʻgʻrisida yuridik shaxslarning yagona
davlat
reyestrida
mavjud
boʻlgan
maʼlumotlarga
va
ulushni
boshqa
shaxsga begonalashtirishda ularning
ulushlari
hajmiga
oʻzgartirishlar
kiritishga doir;
• Ustavning qoidalarini, ichki hujjatlarni
va
korporatsiyani
tashkil
etish
toʻgʻrisidagi
bitimlarni
yoki
boshqa
hujjatlarni bekor qilish.
Asosan quyidagi daʼvo talablari kiritiladi:
Jamiyat boshqaruv organlari qarori
ustidan shikoyat qilish
Umumiy yigʻilishlarning qarorlarini bekor qilish uchun quyidagi
talablar qoʻyiladi:
• qarorga faqat aksiyador (ishtirokchi) shikoyat
qilinishi mumkin);
• aksiyador
(aʼzo)
eʼtiroz
bildirgan
qaror
aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) toʻgʻrisidagi qonun,
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa huquqiy
hujjatlari
yoki
korporatsiyalar
Ustavining
talablarini buzganligini isbotlashi kerak;
• qaror
aksiyadorlarning
umumiy
yigʻilishida
ishtirok etmagan yoki bunday qarorga qarshi
ovoz bergan aksiyador (ishtirokchi) tomonidan
shikoyat qilinishi mumkin;
• aksiyador
(ishtirokchi)
shikoyat
qilingan
qarorning
oʻz
huquqlari
va
qonuniy
manfaatlarini buzganligini isbotlashi kerak.
Umumiy yigʻilish qarori quyidagi qonun buzilish holatlarida
haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
• 1) ishtirokchining irodasini ifodalashga taʼsir koʻrsatuvchi
yigʻilishni chaqirish, tayyorlash va oʻtkazish tartibining jiddiy
buzilishi;
• 2) uchrashuv ishtirokchisi nomidan harakat qiluvchi shaxsda
zarur vakolatlarga ega boʻlmasligi;
• 3)
yigʻilish
ishtirokchilarining
huquqlari
tengligining
uni
oʻtkazish jarayonida buzilishi;
• 4)
bayonnomani
tuzish
qoidalarini,
shu
jumladan
bayonnomaning yozma shakli toʻgʻrisidagi qoidalarni ham
sezilarli darajada buzish yuz berganda.