Korreksion pedagogika asoslari
Reja:
1.
Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog’i sifatida.
2.
Korrektsion
(maxsus)
pedagogikaning
asosiy
vazifalari,
tamoyillari va metodlari.
3.
Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi.
4.
Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko’rish, nutqida nuqsoni bor bolalar.
5.
O’zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati.
Tayanch iboralar: Korreksion pedagogika, Anomal bolalar, Kompensatsiya,
reabilitatsiya,
adaptatsiya,
Oligofreniya,
logopediya,
Surdopedagogika,
tiflopedagogika.
Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida
turli nuqson (kamchilik)lar bo'lgan o'quvchilarni korreksion o'qitish va tarbiyalash
bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug'ullanadi. Korreksion (maxsus)
pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus - nuqson, kamchilik, logos - fan,
ta'limot) - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual
tarbiyalash va o'qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan
bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish
mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida
rasman e'tirof etilganiga u qadar ko'p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida
pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo'llanib kelingan. Korreksion
pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Koreksion pedagogika (defektologiya)
1-rasm. Koreksion pedagogika sohalari
Pedagogik lug'atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish)
pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning
psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to'liq) sifatida
tushunilishi ta'kidlab o'tiladi.
Ana shu lug'atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik
kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga muhtoj
bo'lgan, sog'lig'i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini
rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan
ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi — belgilangan (normal) va
(mavjud
kamchilik)
faoliyat
o'rtasidagi
nomuvofiqlikni
yo'qotish
yoki
kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda
murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik
faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o'qitish, psixokorreksion
faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat
maxsus ta'lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o'quvchilarni
o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal
Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashni o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofenopsixologiya- aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlntirishni o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzlishlar psixologiyasi –nutqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.
Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko’r, soqov va karlik)ni o’rganuvchi maxsus pedagogika va psixologiya sohalari
bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va
psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o'qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo'qotish yoki kamaytirish
bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
7)
anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
Korreksion pedagogikaning kategoriyalari. Korreksion pedagogika quyidagi
pedagogik kategoriyalarga ega:
1.
Anomal bolalarni o'qitish va rivoilantirish ularni ijtimoiy hayot
va
mehnatga
tayyorlash,
ularda
bilim,
ko'nikma
va
malakalarni
shakllantirishga
yo'naltirilgan
maqsadli
jarayondir.
Anomal
bolalar
uchun
ta'lim
tizimi
va
metodlarini
tanlashda
bolaning
yoshi
va
nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko'rish
qobiliyatini yo'qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojianishi
normal boladan ko'ra ko'proq darajada o'qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal
bolalar o'qitilmasa yoki o'qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar
yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan
ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o'ta jiddiy bo'lsa aqliy rivojianishi
imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta'limi va tarbiyasini
tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida
ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o'quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek,
imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash,
shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga
yordam beradi.
2.
Anomal bolalarni tarbiyalash - korreksion pedagogikaning asosiy
tushunchasi bo'lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va
tuzilishiga
mos
keladigan
metod
hamda
vositalar
yordamida
anomal
bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik
sifatlarini
shakllantirishdan
iborat.
Anomal
bolalarni
tarbiyalash
oila
va
ta'lim
muassasasi
o'rtasidagi
yaqin
aloqa,
bir-birlarini
qo'llab-
quvvatlash,
bir-biriga
yordam
ko'rsatish,
talabchanlik
hamda
oqilona
mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning
individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o'ziga
xizmat ko'rsatish, mehnat ko'nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy
muhitda yashash va ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Anomal
bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda boiishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va
ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o'rnini bosuvchi
imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini
tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3.
Korreksiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy
rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo'qotish va pasaytirishni nazarda
tutadi.
4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal
rivojianishi xususiyatlariga ko'ra umumiy pedagogik ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlari
tizimidan iborat. Korreksion-tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari
ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korreksion —tarbiyaviy ishlar
anomal bolalarni o'qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini
samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta'limi jarayonida
faqat kasbiy malakalari emas, balki o'z ishlarini rejalashtirish ko'nikmalari, og'zaki
ko'rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa
malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning
normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir
qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash
jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar
qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo'ladi.
5. Kompensatsiya
(yunoncha
«compensatio»
—
o'rnini
toidirish,
tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o'rnini
to'ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira
imkoniyatlariga tayanadi.
6.
Ijtimoiy
reabilitatsiya
(yunoncha
«rehabilitas»-layoqati,
qobiliyatini
tiklash)
tibbiy-pedagogik
mazmunida
anomal
bolaning
psixofrziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi
uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni
anglatadi. Bu korreksion pedagogika nazariyasi
va amaliyotida asosiy
vazifa hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo'qotish va yumshatishga yo'naltirilgan maxsus
tibbiy vositalar hamda maxsus ta'lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga
oshiriladi. Reabilitatsiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o'rni
to'ldiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun
maxsus o'quv muassasalari tizimida hal etilib, unda o'quv jarayonini tashkil etish
xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi.
7. litimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) - anomal bolalarning
individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos
kelishini ta'minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish
qiyin, sodir bo'layotgan o'zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past,
shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy
adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat
yaratadi.
8. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va
maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish,
uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko'nikmalarni
shakllantirishni ta'minlaydi.
Anomal o'quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning asosiy
yo'nalishlari. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarni
o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish - murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo
hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi
vo'nalishlarda olib boriladi:
1.
Bolalarning
rivojlanishi
va
xulqidagi
nuqsonlar
tabiati
va
mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini
o'rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik
faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o'rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarga korreksion-
pedagogik ta'sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o'rta ta'lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida
nuqsonlar bo'lgan bolalarning umumiy va maxsus ta'limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni
reabilitatsiya
qilish
va
himoyalash
markazlari,
maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo'nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o'qituvchilarni tayyorlashda zarur o'quv-metodik bazasini yaratish.
Korreksion-tarbivaviy
ishlar
anomal
bolalarning
rivojlanishidagi
kamchiliklarni yo'qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-
tadbirlar tizimidir. Korreksion-tarbiyaviy ishlar faqat alohida nuqsonlarni tuzatishga
yo'naltirilgan bo'lmay, balki umumiy rivojlantirishga qaratilgan.
O'quvchilarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlarni tuzatish bolaning
shakllanayotgan shaxsini o'zgartirishga qaratilgan yaxlit pedagogik hodisa sanaladi.
Korreksion-tarbivaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o'zgartirish,
uning emotsional-irodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va
layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga
qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivoilantiruvchi ta'lim o'qishda va maktabda anomal bolalarga o'z
vaqtida malakali yordam ko'rsatishni ta'minlovchi differensial ta'lim tizimi bo'lib,
uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan
bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o'qishidagi kamchiliklarni yo'qotish,
yetarlicha shakilanmagan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish hamda bolaning
idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Korreksion-pedagogikaning paydo bo'lishi, tashkil topishi va rivojlanishi.
Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan korreksion-
pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos -
noto'g'ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini
buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo'lgan munosabatlarning
uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko'rsatadi. Antik
davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom tana, kuch,
chidamlilik yuqori o'ringa qo'yilib, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar yo'q
qilinardi. Mazkur davrda yangi tug'ilgan chaqaloqlarni qabila boshliqlariga olib
kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko'rib agarda ijtimoiy talablarga javob bera
olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta
nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab yuborar edilar
(eramizdan
avvalgi
IV—V
asrlar).
Yevropada
o'rta
asrlarda
bolaning
rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi
sifatida e'tirof etilib, psixik kasalliklari bo'lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida
yondirilganlar. Uyg'onish davridan boshlab XIX asrning o'rtalarigacha Yevropa
defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar
muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy
kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvlik bor fransuz shifokori, psixiatori
Filipp Pinel (1745- 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni
klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan).
Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv
XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus
usullar yordamida o'qitish va tarbiyalash g'oyasini Iogan Genrix Pestalotsi (1746-
1827-yillar) asoslagan bo'lsada, biroq, o'z davrida bu fikr qo’llab-quvvatlanmadi.
I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi:
bolaning imkoni yetgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda
aqliy va jismoniy tarbiya uyg'unligiga erishish, ta'limni ishlab chiqarish mehnati
bilan bog’liq holda tashkil etish. Aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalashga nisbatan
tibbiy-pedagogik yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775-1838-yillar)
hisoblanadi. U aqli zaifligi murakkab bo'lgan bolaga ta'lim va tarbiya berishga
urindi. Garchi kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va
motorika organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo'lini ko'rsatib berdi.
Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856-1926-
yillar) katta hissa qo'shdi. U birinchi bo'lib «psixik rivojlanishdan ortda qolish»
(PROQ (ZPR)) hamda «oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren-aql)
tushunchalarini qo'lladi. Fransuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas
Simon test sinovlari metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni
o'rganishning psixometrik yo'nalishi asoschilari hisoblanadilar. Yuqorida qayd
etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv
qaror topdi:
1.
Tibbiy-klinik yondashuv aqli zaiflarning etimologiyasini bilish,
intellektining
buzilishiga
sabab
bo'lgan
omillar,
shuningdek,
anatomik-
fiziologik va genetik buzilishni o'rganish g'oyasini ilgari suradi.
2.
Psixologik
yondashuv
psixikasi
buzilgan
bolalarning
psixik
faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o'rganishga yo'naltirilgan.
3.
Pedagogik yondashuv intellekti buzilgan bolalarni o'qitish hamda
tarbiyalashning
pedagogik
tamoyillari,
metodlari,
shuningdek,
nuqsonlarni bartaraf etish yo'llarini o'rganish g'oyasiga tayanadi.
Rossiya korreksion pedagogikasi tarixi Yevropa defektologik fani bilan uzviy
bog'liq. Petr I, Yekaterina II lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari,
mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida anomal bolalarni o'qitish va tarbiyalashni yo'lga
qo'yuvchi ko'plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq Sho'ro
davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bogiiq muammolarni
o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. 1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda
anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki
ularni o'qitish va tarbiyalashga e'tiborni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu yili
Rossiyada birinchi maxsus ta'lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil
etildi.
O'zbekiston Respublikasida korreksion pedagogika (defektologiya) -ning
rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, ayni vaqtda u
o'z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o'zbek xalqi hayoti va
turmushiga chuqur singganligi va o'zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O'zbek
xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lib, ularga rahmdillik,
mehribonlik ko'rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus
o'quv muassasalari (ko'zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli
zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik
yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar va o'smirlarni o'qitish va
davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) taiim muassasalarida yoiga qo'yilishi ta'kidlab
o'tilgan.
XX asrning 60-70-yiIlarida respublikada korreksion pedagogika bo'yicha
tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo'lida ijobiy
ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo'limi
ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash
yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o'rta
ta'lim maktablarida korreksion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal
bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko'rsatish hamda ularni ijtimoiy
hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o'rganmoqdalar.
Rivojlanishidagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va
omillari. Olib borilgan tadqiqotning ko'rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan
bolalarning soni ko'p bo'lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda.
«Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me'yordan, umumiy
qonuniyatlardan chetlanish, noto'g'ri rivojlanishni anglatadi. Rivojlanishida
muammolari bo'lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo'ladi,
ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo'lishiga sabab
bo'ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo'lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la
yo'qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o'rnini to'ldirish mumkin.
Anomal bolaning rivojlanishida uni o'qitish va tarbiyalash asosiy muammo
hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi
bo'yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal
bolalarning quyidagi guruhlarini ko'rsatadilar:
1. Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko'rish, nutqi
qobiliyatlari, tayanch-harakat apparat va sensomotorikasining funksiyasi buzilgan).
2. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
3. Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo'lgan bolalar.
4. Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
6. Psixik kasallikning boshlang'ich ko'rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya
va boshqalar) namoyon bo'ladigan bolalar.
O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi:
1.
Organik
buzilishlar
sababli
rivojlanishida
chetlanish
bo'lgan
bolalar.
2. Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo'lgan bolalar.
3. Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo'lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni
quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi:
1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishdan ortda
qolgan bolalar).
2. Nutqi buzilgan bolalar.
3. Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko'rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan)
4. Tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar.
5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo'lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat
hisoblanadi.
Bolaga korreksion ta'sir ko'rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiyati,
ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi,
nuqsonlar o'rnini toidirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta'sir
ko'rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli
va boshqa omillarga bog'liq. Anomal bolalarning ma'lum guruhi faqat psixologik-
pedagogik ta'sirga muhtoj bo'lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolash-
sog'lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi
nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma'lum muvaffaqiyatlarga erishishning
garovidir.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlarni diagnostika qilishda korreksion ishlar
tamoyillari va metodiari. Rivojlanishida kamchiliklar bo'lgan bolalar maxsus,
korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim va tarbiyaga muhtoj bo’ladilar. Anomal bolalarga
yondashishda u yoki bu nuqsonni aniqlash emas, balki uning xususiyati, tuzilishi,
bolani tegishli muassasaga joylashtirish, korreksion ishlarni amalga oshirishda
alohida ahamiyatga ega bo'lgan sonli va sifatli ko'rsatkichlarini aniqlash muhimdir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o'qitish va tarbiyalash, shuningdek,
umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion-rlvojlantiruvchi sinflarni tashkil etish
masalasi bilan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug'ullanadilar.
Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga
muvofiqdir:
1. Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o'z qobiliyatlarini maksimal
darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o'z vaqtida yaratib berishdan iborat
bo'lib, u bolani izchil va batafsil o'rganish, uning yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni
yo'qotish yo'llari va vositalarini izlashni talab etadi.
2. Bolalarni kompleks o'rganish tamoyili bolaga tashhis qo'yishda zarur
mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo'yicha olingan
ma'lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va
pedagoglarning fikrlari turlicha bo'lsa, bola qayta tekshiruvdan o'tkaziladi.
3. Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish tamoyili bolaning idrok etish,
emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko'zda tutadi. Unga ko'ra
bolaning rivojlanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham
hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish uning o'quv, mehnat va
o'yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
4. Bolani dinamik o'rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular
biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o'qitishdagi imkoniyatlarini
ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning «yaqin
rivojlanish zonasi» - bolalarning o'qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta'limoti
mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
5. Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda
yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo'lning
ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qat'iylik
va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
6. Ma'lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish
tamoyili har bir maxsus ta'lim muassasasi o'zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
7. Rivojlanishida
mavjud
bo'lgan
chetlanishlar
daraiasiga
ko'ra
differensatsiyalashtirilgan ta'limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin
darajasiga ko'ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o'qishlarini nazarda
tutadi, binobarin, ularni o'qitish metodikasida seziiarii farqlar mavjud (masalan, ko'zi
ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo'yicha), yomon ko'ruvchilar esa ko'rish
asosida o'qitiladi).
8. Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma'lum yoshdagi bolalarning qabul
qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni
tekshirish va ularga korreksion yordam ko'rsatish malakali mutaxassislar tomonidan
amalga oshiriladi.
PMPKning tarkibida quyidagi mutaxassislar faoliyat ko'rsatadilar: pedagog,
psixolog, shifokor, psixiatr, nevropatolog, otolaringolog, ortoped, oftalmologlar,
oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog hamda logoped. PMPK ishlariga
defektologik ta'lim va anomal bolalar bilan ishlashda amaliy tajribaga ega
mutaxassis rahbarlik qiladi.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil
etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o'rnatish vositasi bo'lib, anomal
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma'lumotni to'plashga imkon beradi. Agarda
bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo'lsa, yoki munosabatga qiyin
kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani
qiziqtiradigan ko'rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o'tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish
har doim aniq maqsad asosida o'tkaziladi. Bolani o'yin faoliyatini tashkil etish
jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o'rnatishga imkon
beradi. Ayrim hollarda o'yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o'tkaziladi.
3. Rasmlarini o'rganish metodi. Rasmlar bolani o'rganishda muhim
differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya
etilgan rasmlar xavotir uyg'otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga
muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish
jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma'lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar
odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy
predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o'rganilishi
kerak
bo'lgan
psixik
jarayonni
qo'zg'atuvchi
ma'lum
vaziyatlarni
yaratishni
ko'zda
tutadi.
Tajriba
metodikalari
yordamida
u
yoki
bu
holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko'rsatish mumkin
boiadi.
5.
Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda
tekshirishda qoilaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni
o'tkazishda bola haqida zarur qo'shimcha ma'lumotlarni olishga imkon beradi.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan o'quvchilarni korreksion
o'qitish. Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik
tavsifnomalari. Tadqiqotlar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar
orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli,
intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv
tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko'rsatadi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan
o'quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. PROQni bolalar rivojlanishini
ko'rsatuvchi anomaliya sifatida o'rganish XX asrning 50-yillarining oxirida
boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov,
K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to'rt variantini keltiradilar:
1) konstitutsional kelib chiqish;
2) somatogen kelib chiqish;
3) psixogen kelib chiqish;
4) serebral-organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o'ziga xos
xususiyatlarga ega bo'ladilar. Ular maktabda o'qishga to'la tayyor emaslar, ularda
maktabda o'qish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar shakllanmagan, dastur
talablarini o'zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz
hisoblash, o'qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o'rgana olmaydilar.
Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib,
tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik
kabi holatlar kuzatiladi. Ko'pincha boshlari og'riydi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o'ziga xos. Maktabda
ular o'zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o'qishga nisbatan
qiziqish yo'q yoki juda past bo'lib, maktabga nisbatan ijobiy munosabat kuzatilmaydi.
O'yin ular uchun asosiy faoliyat bo'lib qoladi.
PROQli bolalarni ko'pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni o'zaro
farqlashda ayrim omillar qo'l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda oddiy bilimlarni
o'zlashtirish, hisoblash ko'nikmalarini egallab olishda qiyinchilik ko'zga tashlanishi
bilan birga she'r yoki ertaklarni eslab qolish qobiliyati va idrok etish faolligi ancha
yuqori bo'ladi. Bunday xususiyatlar aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko'pchilik hollarda PROQ (ZPR) o'quvchilar ommaviy umumiy o'rta ta'lim
maktablarida o'qitiladilar. Ular bilan individual korreksion ishlar olib borilmaydi,
shu bois ular amalda o'quv jarayonidan chetda qoladilar va predmetlarni o'zlashtira
olmaydigan o'quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular maxsus tashkil etiluvchi
korreksion-rivojlantiruvchi ta'limga muhtojlar. Ularga alohida e'tibor ko'rsatish talab
etiladi.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar bilan korreksion ishlar olib
borishning xususiyatlari. O'zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik
rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga
oshirilgan.
Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab
internatlar va maxsus ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular
ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-
rivojlantiruvchi sinflarda ham o'qitishlari mumkin.
Ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Boshlang'ich umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 4—5 yil).
2. Asosiy umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 5 yil). Bolalarni korreksion
muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo'yicha ota-onalari yoki ularning
o'rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko'ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar
o'quvchidan iborat bo'ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaraf etilishiga
ko'ra ommaviy umumiy o'rta ta'lim muassasalariga o'tkazilishlari mumkin. lkkinchi
bosqichda ta'lim (V—IX sinflar) ayrim o'zgartirishlar (muayyan o'quv mavzulari
yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o'rta ta'lim
maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi
sinflarda, ta'limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga
uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi
bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o'quv
faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda
ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o'quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korreksion
o'qitish davolash-sog'lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur.
O'quv materiali hamda ta'lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos
holda tanlanishi zarur.
Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo'lishi
sabablari. Aqli zaiflikni o'rganish bilan bog'liq masalalar korreksion pedagogikada
(defektologiyada) eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
Aqliy rivojlanishi buzilgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash, ijtimoiy moslashtirish
va o'rganish muammolari korreksion (maxsus) pedagogikaning muhim sohasi -
oligofrenopedagogika tomonidan o'rganiladi. «Oligofreniya» (yunoncha olygos -
kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin
tomonidan qo'llanilgan. Oligofreniya - bu natal (tug'ilish payti) yoki postnatal
(hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining
zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik.
Oligofreniyaning sabablari bosh miyani buzilishiga olib keluvchi ekzogen
(tashqi) va endogen (ichki) omillar bo'lishi mumkin. Ekzogen omillar sirasiga
onaning homiladorlik davrida turli infeksion kasalliklar bilan kasallanishi (virusli
kasalliklar, qizilcha, qizamiq, kor, Botkin kasalligi va boshqalar), chaqaloqning ona
organizmidagi turli parazitlar bilan zararlanishi (toksoplazmod) hamda turli tug'ma
shikastlar (asfiksiya) kiradi. Onaning yurak-qon tomir tizimi, buyrak, jigar
kasalliklari bilan og'rishi, homiladorlik davrida ruxsat etilmagan dori-darmonlarni
qabul qilishi, homiladorlik davrida turli jismoniy va psixik jarohatlarni olishi,
ayollarning zararli ishlab chiqarishda ishlashlari, atrof-muhitning yomon sharoitlari,
chekish, alkogolizm, ota-onalari giyohvand moddalarni is'temol qilishlari ham
chaqaloq bosh miyasining zararlanishiga sabab bo'lishi mumkin. Aqli zaif shaxslar
rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga
ajratish mumkin:
1. Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
2. Tug'ilishi paytida yoki tug'ilgandan keyin uch yil davomida miyasi
shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning
quyidagi to'rt darajasini e'tirof etgan: sezilmas (kam-). o'rtacha, og'ir va chuqur
darajalar.
Kam darajadagi aqli zaiflik o'quvchilar maktabni bitirish davrida o'zlarining
psixometrik va klinik namoyon bo'lishi bilan normal rivojlanayotgan odamlardan
kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar.
Aqli zaiflik tuzatib bo’lmaydigan hodisa sifatida e'tirof etilsa ham, uni
korreksiya qilib boimaydi degan ma'noni anglatmaydi. Aksariyat tadqiqotlarda
maxsus (korreksion) ta'lim muassasalarida metodik jihatdan to'g'ri yo'l tutilishi aqli
zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish mumkinligini ko'rsatmoqda.
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. Aqli zaif bola bilan
korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va ikkilamchi
chetlanishlarning oldini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni psixologik-
pedagogik diagnostika qilishni o'z vaqtida o'tkazish juda muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog'liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus yaslilarida
tarbiyalanadilar. iMaktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion
ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar bog'chalarida amalga oshiriladi. Aqli
zaif bo'lgan maktabgacha yoshdagi bolalar ommaviy bolalar bog'chalaridagi maxsus
guruhlarga qabul qilinishlari mumkin. Ularda o'qitish maxsus bolalar bog'chasidagi
kabi maxsus dastur bo'yicha olib boriladi.
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda
o'qitiladilar, bu yerda o'qitish davlat ta'lim standard asosida maxsus dastur bo'yicha
olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o'rta ta'lim fanlari (ona tili, o'qish,
matematika, geografiya, tarix, tabiat, jismoniy tarbiya, rasm, musiqa, chizmachilik)
bilan birga maxsus korreksion fanlar ham o'qitiladi. Maxsus maktablarda mehnat
ta'limi muhim o'rin egallaydi. Mehnat ta'limi IV sinfdayoq professional xususiyatga
cga bo'lib, bolalar o'zlari bajara oladigan kasbni o'zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar
ham
katta
ahamiyatga
ega
bo'lib,
asosiy
maqsad
tarbiyalanuvchilarni
ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o'zlariga
to'g'ri baho berishga o'rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun
maxsus maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi.
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning ommaviy umumiy o'rta
ta'lim maktabiga jalb etilish holati ko'zga tashlanadi. Bunday holatda bolaning
taqdiri, uni o'qitish va tarbiyalash mas'uliyatini ota-onalaro'qituvchi-defektologlar
bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi bolalar bilan bir sinfda o'qiydigan
aqli zaif bola alohida munosabatni talab etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning
borishiga xalaqit qilmay sinf faoliyatida ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning
tushunarsiz bo'lishiga yo'l qo'yish mumkin emas. Bu holat keyin o'quv materialining
mutlaqo tushunmasligiga olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o'rta ta'lim
maktabida o'qitish ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi.
Nutqida nuqson bo'lgan o'quvchilarni korreksion o'qitish. Nutqiy buzilishlar
sabablari va ularning turlari. Nutq faqatgina insonga xos bo'lgan muhim psixik
funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida, shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi
bilimlar doimiy ravishda toidirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o'rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion
pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos — so'z
va paideia — tarbiyalash) shug'ullanadi. Patogen omil ta'sirida yuzaga kelgan nutqiy
buzilishlar o'z-o'zidan yo'qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik
choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) omillar asosiy rol o'ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fizioiogik,