KORREKTSION PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. RIVOJLANISHDAGI NUQSONLARNI KLASSIFIKATSIYALASH, ULARNING SABABLARI VA OMILLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

145,5 KB


KORREKTSION PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. RIVOJLANISHDAGI
NUQSONLARNI KLASSIFIKATSIYALASH, ULARNING SABABLARI VA
OMILLARI
Mashg’ulot rejasi:
1.  Korrektsion  pedagogikaning  paydo  bo’lishi,  tashkil  topishi  va
rivojlanishi. Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. 
2. Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. 
3. Rivojlanishdagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va
omillari.
Tayanch  tushunchalar: korrektsion  pedagogika,  korrektsiya,  anomal
bola,  anomaliya,  surdopedagogika,  oligofrenopedagogika,  tiflopedagogika,
logopediya.
5.1. Korrektsion pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va
rivojlanishi. Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati.
Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan Korrektsion-
pedagogik  faoliyat  boy  tarixiy  tajribalarga  ega.  Anomal  (yunoncha  anomalos  -
noto'g'ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga
olib keladigan bolalar kiradi.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo'lgan munosabatlarning
uzoq vaqt  davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini  ko'rsatadi.  Antik
davrda qadimgi  Spartada bir  necha yuz yilliklar davomida sog’lom  tana, kuch,
Logotip
KORREKTSION PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. RIVOJLANISHDAGI NUQSONLARNI KLASSIFIKATSIYALASH, ULARNING SABABLARI VA OMILLARI Mashg’ulot rejasi: 1. Korrektsion pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. 2. Korrektsion pedagogikaning kategoriyalari. 3. Rivojlanishdagi nuqsonlarni klassifikatsiyalash, ularning sabablari va omillari. Tayanch tushunchalar: korrektsion pedagogika, korrektsiya, anomal bola, anomaliya, surdopedagogika, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika, logopediya. 5.1. Korrektsion pedagogikaning paydo bo’lishi, tashkil topishi va rivojlanishi. Korrektsion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan olib boriladigan Korrektsion- pedagogik faoliyat boy tarixiy tajribalarga ega. Anomal (yunoncha anomalos - noto'g'ri) bolalarga jismoniy yoki psixik nuqsonlari umumiy rivojlanishini buzilishiga olib keladigan bolalar kiradi. Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo'lgan munosabatlarning uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko'rsatadi. Antik davrda qadimgi Spartada bir necha yuz yilliklar davomida sog’lom tana, kuch,
chidamlilik  yuqori  o'ringa  qo'yilib,  rivojlanishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  yo'q
qilinardi.  Mazkur  davrda  yangi  tug'ilgan  chaqaloqlarni  qabila  boshliqlariga  olib
kelardilar,  ular  bolalarni  sinchiklab  ko'rib agarda  ijtimoiy  talablarga javob  bera
olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta
nuqson  topilsa  uni  qabila  boshliqlari  Tayget  jarligiga  tashlab  yuborar  edilar
(eramizdan avvalgi IV—V asrlar). Yevropada o'rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi
har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e'tirof etilib,
psixik kasalliklari bo'lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar.  Uyg'onish
davridan  boshlab  XIX  asrning  o'rtalarigacha  Yevropa  defektologiya  fani  va
amaliyotida  bolaning  aqliy  rivojlanishidagi  nuqsonlar  muammosi  borasidagi
qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin.  Ruhiy kasallarga nisbatan
insonparvarlik vondashuvlik bor fransuz  shifokori, psixiatori  Filipp Pinel  (1745-
1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni  klassifikatsiyalagan
(turlarga ajratgan).
Rivojlanishida  nuqsonlar  bo'lgan  bolalarga  nisbatan  pedagogik  yondashuv
XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni  maxsus
usullar yordamida o'qitish va tarbiyalash g'oyasini Iogan Genrix Pestalotsi (1746-
1827-yillar) asoslagan bo'lsada, biroq,  o'z davrida bu fikr qo’llab-quvvatlanmadi.
I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi:
bolaning imkoni yetgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda aqliy
va jismoniy tarbiya uyg'unligiga erishish, ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan
bog’liq holda tashkil etish. Aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiy-
pedagogik  
 
 yondashuv
 
  asoschisi  fransuz  psixiatori  Jan  Itar  (1775-1838-yillar)
hisoblanadi. U aqli zaifligi murakkab bo'lgan bolaga ta'lim va tarbiya berishga urindi.
Garchi kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika
organlarini  mashq  qildirish  yordamida  rivojlantirish  yo'lini  ko'rsatib  berdi.
Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856-1926-
yillar)  katta hissa  qo'shdi. U birinchi  bo'lib «psixik  rivojlanishdan  ortda  qolish»
(PROQ  (ZPR))  hamda  «oligofreniya»  (yunoncha  olygos  -  kam  va  phren-aql)
tushunchalarini  qo'lladi. Fransuz psixologi  Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas
Logotip
chidamlilik yuqori o'ringa qo'yilib, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar yo'q qilinardi. Mazkur davrda yangi tug'ilgan chaqaloqlarni qabila boshliqlariga olib kelardilar, ular bolalarni sinchiklab ko'rib agarda ijtimoiy talablarga javob bera olsalar, ular ota-onalariga tarbiyalash uchun qaytarilar edi. Agarda bolada birorta nuqson topilsa uni qabila boshliqlari Tayget jarligiga tashlab yuborar edilar (eramizdan avvalgi IV—V asrlar). Yevropada o'rta asrlarda bolaning rivojlanishidagi har qanday nuqson qora, yovuz kuchlarning namoyon bo’lishi sifatida e'tirof etilib, psixik kasalliklari bo'lgan kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilganlar. Uyg'onish davridan boshlab XIX asrning o'rtalarigacha Yevropa defektologiya fani va amaliyotida bolaning aqliy rivojlanishidagi nuqsonlar muammosi borasidagi qarashlarning evolyutsion xarakterini anglash mumkin. Ruhiy kasallarga nisbatan insonparvarlik vondashuvlik bor fransuz shifokori, psixiatori Filipp Pinel (1745- 1826-yillar) tomonidan ilgari surilgan. U ruhiy kasalliklarni klassifikatsiyalagan (turlarga ajratgan). Rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarga nisbatan pedagogik yondashuv XVIII asr oxirlari - XIX asr boshlarida yuzaga keladi. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o'qitish va tarbiyalash g'oyasini Iogan Genrix Pestalotsi (1746- 1827-yillar) asoslagan bo'lsada, biroq, o'z davrida bu fikr qo’llab-quvvatlanmadi. I.G.Pestalotssi «aqli zaiflar» bilan ishlash tamoyilining mohiyatini asoslab berdi: bolaning imkoni yetgan bilimlarni berish, didaktik materiallardan foydalanishda aqliy va jismoniy tarbiya uyg'unligiga erishish, ta'limni ishlab chiqarish mehnati bilan bog’liq holda tashkil etish. Aqli zaif bolalarni o'qitish va tarbiyalashga nisbatan tibbiy- pedagogik yondashuv asoschisi fransuz psixiatori Jan Itar (1775-1838-yillar) hisoblanadi. U aqli zaifligi murakkab bo'lgan bolaga ta'lim va tarbiya berishga urindi. Garchi kutilgan natijaga erisha olmasada, bunday toifa bolalarni sezgi va motorika organlarini mashq qildirish yordamida rivojlantirish yo'lini ko'rsatib berdi. Anotomik-fiziologik yondashuv rivojiga nemis psixiatri Emil Krepelin (1856-1926- yillar) katta hissa qo'shdi. U birinchi bo'lib «psixik rivojlanishdan ortda qolish» (PROQ (ZPR)) hamda «oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren-aql) tushunchalarini qo'lladi. Fransuz psixologi Alfred Bine va vrach-psixiatr Tomas
Simon  test  sinovlari  metodini  asoslaydilar.  Shu  bois  ular  intellektual  zaiflikni
o'rganishning  psixometrik  yo'nalishi  asoschilari  hisoblanadilar.  Yuqorida  qayd
etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv
qaror topdi:
1.
 Tibbiy-klinik  yondashuv aqli  zaiflarning  etimologiyasini  bilish,
intellektining buzilishiga sabab bo'lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik va
genetik buzilishni o'rganish g'oyasini ilgari suradi.
2. Psixologik  yondashuv psixikasi  buzilgan  bolalarning  psixik  faoliyati,
emotsional holati hamda shaxsini o'rganishga yo'naltirilgan.
3. Pedagogik  yondashuv 
intellekti  buzilgan  bolalarni  o'qitish  hamda
tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf
etish yo'llarini o'rganish g'oyasiga tayanadi.
XIX  asrning  20-yillaridan  beri  defektologiya  fani  jismoniy  yoki  ruhiy
rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan sifatida
o'rganilib  kelmoqda.  Hozirgi  kunda  bu  fan  “korrektsion  pedagogika”  deb  ham
yuritilmoqda.  Jismoniy 
yoki  ruxiy  rivojlanishida  nuqsoni  bor  kishilarni
xaqoratlamaslik uchun  Moskva  shaxridagi  Defektologiya  ilmiy  tadqiqot  instituti
“Korrektsion pedagogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Korrektsion
pedagogika fanining predmeti — anomal bolalar. Jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida
nuqsoni bor bolalar anomal (yunoncha anomalos - odatdan tashqari), noraso degan
ma’noni bildiruvchi so'z bilan yuritiladi.
Xozirgi  kunda  O’zbekistonda  defektologiya  -  maxsus  yordamga  muxtoj
jismoniy yoki ruxiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi
xususiyatlarini urganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fandir.
Defektologiya  fanining  mavzu  baxsi  anomal  maxsus  yordamga  muxtoj
bolalardir. Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chikish sabablari,
turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish,
shular asosida inklyuziv yoki differentsial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-
tarbiyasi bilan shugullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi — anomal bolalarga
integratsion,  inklyuziv,  differentsial  ta’limni  tashkil  etish  uchun  zarur  shart-
Logotip
Simon test sinovlari metodini asoslaydilar. Shu bois ular intellektual zaiflikni o'rganishning psixometrik yo'nalishi asoschilari hisoblanadilar. Yuqorida qayd etilgan yondashuvlar asosida XX asr boshiga kelib quyidagi uch asosiy yondashuv qaror topdi: 1. Tibbiy-klinik yondashuv aqli zaiflarning etimologiyasini bilish, intellektining buzilishiga sabab bo'lgan omillar, shuningdek, anatomik- fiziologik va genetik buzilishni o'rganish g'oyasini ilgari suradi. 2. Psixologik yondashuv psixikasi buzilgan bolalarning psixik faoliyati, emotsional holati hamda shaxsini o'rganishga yo'naltirilgan. 3. Pedagogik yondashuv intellekti buzilgan bolalarni o'qitish hamda tarbiyalashning pedagogik tamoyillari, metodlari, shuningdek, nuqsonlarni bartaraf etish yo'llarini o'rganish g'oyasiga tayanadi. XIX asrning 20-yillaridan beri defektologiya fani jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan sifatida o'rganilib kelmoqda. Hozirgi kunda bu fan “korrektsion pedagogika” deb ham yuritilmoqda. Jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bor kishilarni xaqoratlamaslik uchun Moskva shaxridagi Defektologiya ilmiy tadqiqot instituti “Korrektsion pedagogika ilmiy tadqiqot instituti” deb nomlanmoqda. Korrektsion pedagogika fanining predmeti — anomal bolalar. Jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar anomal (yunoncha anomalos - odatdan tashqari), noraso degan ma’noni bildiruvchi so'z bilan yuritiladi. Xozirgi kunda O’zbekistonda defektologiya - maxsus yordamga muxtoj jismoniy yoki ruxiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini urganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fandir. Defektologiya fanining mavzu baxsi anomal maxsus yordamga muxtoj bolalardir. Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chikish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular asosida inklyuziv yoki differentsial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim- tarbiyasi bilan shugullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsion, inklyuziv, differentsial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-
sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf
etish, tuzatish yoki bilinmaydigan xolga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda
tatbik  etish  yullarini  tarbiyachi  xamda  ukituvchilarga  kursatib  berishdan  iborat.
Anomaliyalar xar xil buladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir
kadar tuzatiladi, korrektsiyalanadi, boshkalari esa bilinmaydigan xolga keltiriladi,
ya’ni  kompensatsiyalanadi.  Bola nutkida qo'pol  kamchiliklar  bulsa,  tugri  tashkil
etilgan logopedik choralarni o'z vaktida kurish yuli bilan ularni tulik bartaraf etish
mumkin.  Boladagi  nukson  organik  kamchiliklar  natijasida  paydo  bulgan  bulsa
(masalan,  oligofreniya shunday  nukson jumlasiga  kiradi), uni  tulik bartaraf  etib
bulmasa xam, birok kisman tuzatish mumkin.
Defektologiya amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib
xam,  korrektsiyalab  xam  bulmaydi,  masalan,  tugma  kurlik  yoki  karlik  shular
jumlasidandir. Bunda kurish analizatorining vazifasini  sezgi organlariga, eshitish
analizatorining vazifasini esa kurish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash,
urnini bosish mumkin. Kurish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan xolda
barmokdari  bilan  Braylь shriftidan  foydalanadilar.  Bunda  xarf  olti  nuqta
kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni
daktil  nutkdan,  barmoklar  xarakati  bilan  anglatiladigan  nutkdan  foydalanishlari
mumkin.
Defektologiya nisbatan yangi fan. U asosan 19-asrning o’rtalarida rivojlana
boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituta tashkil
etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor L. S. Vigotskiy boshqardi.
L.  S.  Vigotskiy  anomal  bolalar  rivojlanishidagi  xususiyatlarni  urganib,
nuksonning  murakkab  tuzilishi  xakidagi  ta’limotni  ishlab  chikdi.  U
“Defektologiyaning  asosiy  muammolari”  kitobida  anomal  bolalar  bilan
rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korrektsiya, kompensatsiya usullari
va bularni amalga oshirish yullarini kursatib berdi. L. S. Vigotskiy anomal bolada
nafakat “salbiy”, balki “ijobiy” tomonlarni xam urganib, aniklab, shularga tayangan
xolda va potentsial kobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish
Logotip
sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan xolga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbik etish yullarini tarbiyachi xamda ukituvchilarga kursatib berishdan iborat. Anomaliyalar xar xil buladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir kadar tuzatiladi, korrektsiyalanadi, boshkalari esa bilinmaydigan xolga keltiriladi, ya’ni kompensatsiyalanadi. Bola nutkida qo'pol kamchiliklar bulsa, tugri tashkil etilgan logopedik choralarni o'z vaktida kurish yuli bilan ularni tulik bartaraf etish mumkin. Boladagi nukson organik kamchiliklar natijasida paydo bulgan bulsa (masalan, oligofreniya shunday nukson jumlasiga kiradi), uni tulik bartaraf etib bulmasa xam, birok kisman tuzatish mumkin. Defektologiya amaliyotida yana shunday anomaliyalar uchraydiki, ularni tuzatib xam, korrektsiyalab xam bulmaydi, masalan, tugma kurlik yoki karlik shular jumlasidandir. Bunda kurish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa kurish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, urnini bosish mumkin. Kurish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan xolda barmokdari bilan Braylь shriftidan foydalanadilar. Bunda xarf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, ya’ni daktil nutkdan, barmoklar xarakati bilan anglatiladigan nutkdan foydalanishlari mumkin. Defektologiya nisbatan yangi fan. U asosan 19-asrning o’rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituta tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor L. S. Vigotskiy boshqardi. L. S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni urganib, nuksonning murakkab tuzilishi xakidagi ta’limotni ishlab chikdi. U “Defektologiyaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakligini, korrektsiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yullarini kursatib berdi. L. S. Vigotskiy anomal bolada nafakat “salbiy”, balki “ijobiy” tomonlarni xam urganib, aniklab, shularga tayangan xolda va potentsial kobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish
zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya soxasida katta nazariy meros koldirdi
va xakli ravishda defektologiya fanining asoschisi
sanaladi.
Atoqli psixolog L.V.Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan xamkorlikda
ishlay boshladi. Ular aqliy jixatdan kolok bolalar psixikasi tarakkiyoti konuniyatlarini
urganib, “rivojlanishning tuxtash nazariyasi”, “chegara degeneratsiya nazariyasi”,
“ma’naviy defektli” kabi gayriilmiy va reaktsion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental  psixologiya  laboratoriyasida  anomal  bolalarning  rivojlanishi
maxsus ta’lim  ta’siri ostida kanday uzgarib borishini  ufganish, ulardagi  mavjud
nuksonlarning  xam  ijobiy,  ham  salbiy  tomonlarini  anikdash  yuzasidan  kiyosiy
eksperimental tadqiqotlar utkazildi.
Soglom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovьev
ham  har  tomonlama  urgandi.  “Normal  va  anomal  bolalarda  bilish  faoliyatining
psixologiyasi» nomli kitob shu ishning natijasi bo’ldi. I. M. Solovьev bir guruh
xodimlari  bilan  kiyoslashning  murakkab  shakllarini  eksperimental  tadqiqotlar
yordamida urganishda chinakam novatorlik kursatdi.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Rossiya Pedagogika fanlari
akademiyasining  Defektologiya  ilmiy-tekshirish  institutiga  aylantirildi.  Hozirgi
zamon  defektologiya  fanining  rivojlanishida  mazkur  institut  xodimlarining  roli
nihoyatda katta bo’ldi. 1920 yilda anomal  bolalarni  tarbiyalash  instituti ochilib,
mazkur  yildan  boshlab  nuqsonli  bolalar  ta'lim-tarbiyasi  bilan  shug`ullanadigan
muassasalar  jadal  suratda  rivojlandi. 1925  yilda  bu  institut  2  -Moskva  davlat
universiteti pedagogika kulliyotining defektologiya bulimiga aylantirildi, 1930 yili
Moskva davlat pedagogika instituti koshida mustaqil defektologiya kulliyoti tashkil
etildi.
Rossiya Korrektsion pedagogikasi tarixi Yevropa defektologik fani bilan uzviy
bog'liq.  Petr  I,  Yekaterina  II  lar  anomal  bolalar  uchun  davolash  muassasalari,
mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida anomal bolalarni o'qitish va tarbiyalashni yo'lga
qo'yuvchi ko'plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq Sho'ro
Logotip
zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya soxasida katta nazariy meros koldirdi va xakli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi. Atoqli psixolog L.V.Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan xamkorlikda ishlay boshladi. Ular aqliy jixatdan kolok bolalar psixikasi tarakkiyoti konuniyatlarini urganib, “rivojlanishning tuxtash nazariyasi”, “chegara degeneratsiya nazariyasi”, “ma’naviy defektli” kabi gayriilmiy va reaktsion nazariyalarni fosh etdilar. Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida kanday uzgarib borishini ufganish, ulardagi mavjud nuksonlarning xam ijobiy, ham salbiy tomonlarini anikdash yuzasidan kiyosiy eksperimental tadqiqotlar utkazildi. Soglom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovьev ham har tomonlama urgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi» nomli kitob shu ishning natijasi bo’ldi. I. M. Solovьev bir guruh xodimlari bilan kiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida urganishda chinakam novatorlik kursatdi. Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Rossiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon defektologiya fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta bo’ldi. 1920 yilda anomal bolalarni tarbiyalash instituti ochilib, mazkur yildan boshlab nuqsonli bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug`ullanadigan muassasalar jadal suratda rivojlandi. 1925 yilda bu institut 2 -Moskva davlat universiteti pedagogika kulliyotining defektologiya bulimiga aylantirildi, 1930 yili Moskva davlat pedagogika instituti koshida mustaqil defektologiya kulliyoti tashkil etildi. Rossiya Korrektsion pedagogikasi tarixi Yevropa defektologik fani bilan uzviy bog'liq. Petr I, Yekaterina II lar anomal bolalar uchun davolash muassasalari, mehribonlik uylari va maxsus maktablarni barpo etish haqida farmon chiqarganlar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida anomal bolalarni o'qitish va tarbiyalashni yo'lga qo'yuvchi ko'plab jamiyat hamda ijtimoiy tashkilotlar tashkil etildi. Sobiq Sho'ro
davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bogiiq muammolarni
o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. 1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda
anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki
ularni o'qitish va tarbiyalashga e'tiborni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu yili
Rossiyada  birinchi  maxsus  ta'lim-tarbiya  muassasasi  (V.P.Kashenko  uyi)  tashkil
etildi.
O'zbekiston  Respublikasida  Korrektsion  pedagogika  (defektologiya)ning
rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, ayni vaqtda u
o'z  xususiyatlariga  ham  ega.  Bu  xususiyatlar  dinning  o'zbek  xalqi  hayoti  va
turmushiga chuqur singganligi va o'zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O'zbek
xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lib, ularga rahmdillik,
mehribonlik ko'rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus
o'quv  muassasalari  (ko'zi  ojiz  hamda  kar  bolalar  uchun  maktab-internatlar,  aqli
zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik yoki
jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar va o'smirlarni o'qitish va davolash
maxsus (ixtisoslashtirilgan) taiim muassasalarida yoiga qo'yilishi ta'kidlab o'tilgan.
XX  asrning  60-70-yillarida  respublikada  Korrektsion  pedagogika  bo'yicha
tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo'lida ijobiy ishlar
amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika
instituti  pedagogika  va  psixologiya  fakultetida  defektologiya  bo'limi  ochilib,
ixtisoslashtirilgan  muassasalar  uchun  pedagog-defektologlarni  tayyorlash  yo'lga
qo'yildi. Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o'rta ta'lim
maktablarida Korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish,  anomal bolalarning
maktabga moslashishlari uchun yordam ko'rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga
tayyorlash borasidagi muammolarni o'rganmoqdalar. 
Rivojlanishida  turli  nuqson (kamchilik)lar  bo'lgan  o'quvchilarni  Korrektsion
o'qitish va tarbiyalash bilan Korrektsion pedagogika (defektologiya) shug'ullanadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus - nuqson,
kamchilik, logos - fan, ta'limot) - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega,
Logotip
davrida bolalikni himoya qilish va bolalar nuqsonlari bilan bogiiq muammolarni o'rganishga alohida e'tibor qaratildi. 1918-yilda maxsus dekret qabul qilindi. Unda anomal bolalarga yordam berishda asosiy vazifa ularni alohida ajratish emas, balki ularni o'qitish va tarbiyalashga e'tiborni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi. Shu yili Rossiyada birinchi maxsus ta'lim-tarbiya muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasida Korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog'liq bo'lib, ayni vaqtda u o'z xususiyatlariga ham ega. Bu xususiyatlar dinning o'zbek xalqi hayoti va turmushiga chuqur singganligi va o'zbek milliy mentaliteti bilan tavsiflanadi. O'zbek xalqi anomal bolalarga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lib, ularga rahmdillik, mehribonlik ko'rsatgan. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus o'quv muassasalari (ko'zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni (1997-yil)ning 23-bandida psixik yoki jismoniy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar va o'smirlarni o'qitish va davolash maxsus (ixtisoslashtirilgan) taiim muassasalarida yoiga qo'yilishi ta'kidlab o'tilgan. XX asrning 60-70-yillarida respublikada Korrektsion pedagogika bo'yicha tadqiqotlar olib borish hamda defektolog pedagoglarni tayyorlash yo'lida ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, 1967-yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya fakultetida defektologiya bo'limi ochilib, ixtisoslashtirilgan muassasalar uchun pedagog-defektologlarni tayyorlash yo'lga qo'yildi. Hozirgi kunda respublika olim defektologlari ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida Korrektsion-rivojlantirish sinflarini tashkil etish, anomal bolalarning maktabga moslashishlari uchun yordam ko'rsatish hamda ularni ijtimoiy hayotga tayyorlash borasidagi muammolarni o'rganmoqdalar. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo'lgan o'quvchilarni Korrektsion o'qitish va tarbiyalash bilan Korrektsion pedagogika (defektologiya) shug'ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya — yunoncha defectus - nuqson, kamchilik, logos - fan, ta'limot) - rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega,
maxsus,  individual  tarbiyalash  va  o'qitish  metodlariga  asoslangan,  salomatlik
imkoniyatlari  cheklangan  bolaning  individualligi  hamda  shaxsini  rivojlantirish
jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sanaladi.
Defektologiya  fanining  rivojlanishi  natijasida  undan  quyidagi  tarmoqlar
mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung
suzidan  olingan)  —  eshitish  qobiliyati  zaif  bolalarning  ta’lim-tarbiyasi  bilan
shugullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko’r, so'qir so’zidan olingan)
— ko'rish  qobiliyati  zaif  bolalarning ta’lim-tarbiyasi  bilan shug'ullanadigan  fan,
guruhlari: ko’r(so’qir), yaxshi ko’ra olmaydigan, ko’zi xiralik; oligofrenopedagogika
(yunoncha  oligos  —  kam, fren — aql  so'zlaridan olingan) — aqliy tomondan zaif
bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan, oligofreniyaning 3 ta formasi
ajratib ko’rsatiladi: debil, imbitsil, idiot; logopediya (yunoncha logos — suz, padeo —
tarbiya suzlaridan olingan) — og’ip nutk, nuksonlarini urganish, oldini olish, bartaraf
etish yullari, usullarini o’rganadigan fan.
Ilmiy tushuncha sifatida Korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida
rasman  e'tirof  etilganiga  u  qadar  ko'p  vaqt  bo’lmadi.  Uzoq  vaqt  davomida
pedagogikada  «defektologiya»  tushunchasi  qo'llanib  kelingan.
 Korrektsion
pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
1-rasm. Koreksion pedagogika sohalari
Korrektsion pedagogika (defektologiya)
Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni
rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashni o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish,
tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofenopsixologiya- aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash
va rivojlntirishni o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzlishlar psixologiyasi –nutqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni
o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi.
Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko’r, soqov va karlik)ni
o’rganuvchi maxsus pedagogika va psixologiya sohalari
Logotip
maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sanaladi. Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung suzidan olingan) — eshitish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shugullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos – ko’r, so'qir so’zidan olingan) — ko'rish qobiliyati zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan, guruhlari: ko’r(so’qir), yaxshi ko’ra olmaydigan, ko’zi xiralik; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql so'zlaridan olingan) — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanadigan fan, oligofreniyaning 3 ta formasi ajratib ko’rsatiladi: debil, imbitsil, idiot; logopediya (yunoncha logos — suz, padeo — tarbiya suzlaridan olingan) — og’ip nutk, nuksonlarini urganish, oldini olish, bartaraf etish yullari, usullarini o’rganadigan fan. Ilmiy tushuncha sifatida Korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e'tirof etilganiga u qadar ko'p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo'llanib kelingan. Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi: 1-rasm. Koreksion pedagogika sohalari Korrektsion pedagogika (defektologiya) Surdopedagogika va surdopsixologiya-eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalashni o’rganadi. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya-ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi. Oligofrenopedagogika va oligofenopsixologiya- aqli zaif bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlntirishni o’rganadi. Logopediya va nutqiy buzlishlar psixologiyasi –nutqida nuqsonlar bo’lgan bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishni o’rganadi. Motorli-harakatlanish apparatining murakkab nuqsonlar (ko’r, soqov va karlik)ni o’rganuvchi maxsus pedagogika va psixologiya sohalari
Pedagogik lug'atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish)
pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning
psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to'liq) sifatida
tushunilishi ta'kidlab o'tiladi.
Ana  shu  lug'atda  «Korrektsion  pedagogika»ning  jismoniy  yoki  psixik
kamchilikka  ega,  maxsus,  individual  tarbiyalash  va  o'qitish  metodlariga  muhtoj
bo'lgan,  sog'lig'i imkoniyatlari  cheklangan  bolaning  individualligi  va  shaxsini
rivojlantirish  jarayonini  boshqarish  mohiyati,  qonuniyatlarini  o'rganuvchi  fan
ekanligi qayd etiladi.
Korrektsion  pedagogikaning  asosiy  
 
 maqsadi
 
  —  belgilangan  (normal)  va
(mavjud  kamchilik)  faoliyat  o'rtasidagi  nomuvofiqlikni  yo'qotish  yoki
kamaytirishdan iborat.
Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda
murakkab  psixofiziologik  va  ijtimoiy-pedagogik  chora-tadbirlarning  amalga
oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika  korrektsion,  korrektsion-rivojlantiruvchi,  korrektsion-profilaktik
faoliyatlar  bilan  bir  qatorda  tarbiyaviy  va  korrektsion-o'qitish,  psixokorrektsion
faoliyatni  ham  amalga  oshirilishini  ta'minlaydi.  Korrektsion-pedagogik  faoliyat
maxsus  ta'lim  dasturiga  muvofiq  mutaxassislar  yordamida  anomal  o'quvchilarni
o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon.
Korrektsion  pedagogikaning  asosiy  vazifalari.  Turli  kategoriyali  anomal
bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud.
Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va
psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1)
rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish
va Korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2)
differensatsiyali  o'qitish  va  tarbiyalashni  amalga  oshirish  maqsadida
anomal bolalarning muammolarini hal etish;
3)
anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4)
rivojlanish  anomaliyasini  erta  diagnostika  qilish  metodlarini  ilmiy
Logotip
Pedagogik lug'atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctsio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to'liq) sifatida tushunilishi ta'kidlab o'tiladi. Ana shu lug'atda «Korrektsion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o'qitish metodlariga muhtoj bo'lgan, sog'lig'i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o'rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi. Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi — belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o'rtasidagi nomuvofiqlikni yo'qotish yoki kamaytirishdan iborat. Korrektsion-pedagogik faoliyat yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim. Diagnostika korrektsion, korrektsion-rivojlantiruvchi, korrektsion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korrektsion-o'qitish, psixokorrektsion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta'minlaydi. Korrektsion-pedagogik faoliyat maxsus ta'lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o'quvchilarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo'naltirilgan yaxlit jarayon. Korrektsion pedagogikaning asosiy vazifalari. Turli kategoriyali anomal bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalashning umumiy qonuniyatlari mavjud. Korrektsion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik va psixologik o'rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi: 1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo'lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va Korrektsion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash; 2) differensatsiyali o'qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal bolalarning muammolarini hal etish; 3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish; 4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy
jihatdan ishlab chiqish;
5)
bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo'qotish yoki kamaytirish
bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6)
anomal  bolalikning  oldini  olish  bo'yicha  profilaktik  chora-tadbirlar
tizimini ishlab chiqish;
7)
anomal  bolani  rivojlantirish  va  uni  ijtimoiylashtirish  jarayonining
samaradorligini oshirish.
5.2. Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) fani ko’plab fab sohalari bilan uzviy
bog’liqlikda rivojlanadi va bu fanlar quyidagilardir: psixopatologiya, tibbiyot fanlari,
tilshunoslik va psixolingvitsika, maxsus psixologiya va psixodiagnotsika
Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:
1.
 Anomal
 
    bolalarni
 
    o'qitish
 
    va
     rivojlantirish
 
  ularni ijtimoiy hayot va
mehnatga  tayyorlash,  ularda  bilim,  ko'nikma  va  malakalarni  shakllantirishga
yo'naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta'lim tizimi va metodlarini
tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish
yoki ko'rish qobiliyatini yo'qotish vaqti alohida ahamiyatga ega.  Anomal bolaning
rivojianishi normal boladan ko'ra ko'proq darajada o'qitishga bog’liq. Shuning uchun
anomal bolalar o'qitilmasa yoki o'qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy
zarar  yetkaziladi,  psixik  funksiyalarning  shakllanishi  ortda  qoladi,  normal
tengdoshlaridan  ortda  qolishi  darajasi  oshadi,  nuqsonlar  o'ta  jiddiy  bo'lsa  aqliy
rivojianishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil
etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga
ega. Binobarin, ushbu jarayonda o'quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat
darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek,
aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi.
2. Anomal
 
    bolalarni
 
    tarbiyalash
 
  -  korrektsion  pedagogikaning  asosiy
tushunchasi bo'lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos
keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va
Logotip
jihatdan ishlab chiqish; 5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo'qotish yoki kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; 6) anomal bolalikning oldini olish bo'yicha profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish; 7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining samaradorligini oshirish. 5.2. Korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari. Korrektsion pedagogika (defektologiya) fani ko’plab fab sohalari bilan uzviy bog’liqlikda rivojlanadi va bu fanlar quyidagilardir: psixopatologiya, tibbiyot fanlari, tilshunoslik va psixolingvitsika, maxsus psixologiya va psixodiagnotsika Korrektsion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega: 1. Anomal bolalarni o'qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga yo'naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta'lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko'rish qobiliyatini yo'qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Anomal bolaning rivojianishi normal boladan ko'ra ko'proq darajada o'qitishga bog’liq. Shuning uchun anomal bolalar o'qitilmasa yoki o'qitish kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi darajasi oshadi, nuqsonlar o'ta jiddiy bo'lsa aqliy rivojianishi imkoniyatlari yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta'limi va tarbiyasini tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda uni tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o'quvchilar ijtimoiy hayot, shuningdek, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funksiyalarini tiklash, shuningdek, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining darajasini pasaytirishga yordam beradi. 2. Anomal bolalarni tarbiyalash - korrektsion pedagogikaning asosiy tushunchasi bo'lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va
mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal
bolalarni tarbiyalash oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini
qo'llab-  quvvatlash,  bir-biriga  yordam  ko'rsatish,  talabchanlik  hamda  oqilona
mehribonlik  asosida  amalga  oshiriladi.  Tarbiyaviy  ishlar  anomal  bolalarning
individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o'ziga
xizmat  ko'rsatish,  mehnat  ko'nikmalari,  xulq  madaniyati,  shuningdek,  ijtimoiy
muhitda yashash va ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladi.  Anomal
bolani  tarbiyalash  atrofdagilarning  uning  psixik  yoki  jismoniy  kamchiliklariga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda boiishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va
ishonchni  tarbiyalash,  qobiliyatini  shakllantirish  yoki  uning  o'rnini  bosuvchi
imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini
tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3. Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi
nuqsonlarni tuzatish, yo'qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
4.
   Korrektsion
 
 -  tarbiyaviy
 
    ishlar
 
  kategoriya  sifatida  shaxsning  anomal
rivojianishi xususiyatlariga ko'ra umumiy pedagogik ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlari
tizimidan  iborat.  Korrektsion-tarbiyaviy  masalalarida  sinf  va  sinfdan  tashqari
ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar
anomal bolalarni o'qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali
tashkil  etish  uchun katta  imkoniyatlar  yaratadi. Mehnat  ta'limi  jarayonida  faqat
kasbiy  malakalari  emas,  balki  o'z  ishlarini  rejalashtirish  ko'nikmalari,  og'zaki
ko'rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa
malakalari  tarbiyalanadi.  Kamchiliklarini  tuzatish  yordamida  anomal  bolalarning
normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir
qator  hollarda  anomal  bolalar  uchun  davolash-Korrektsion  tadbirlar  (davolash
jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar
qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo'ladi.
5.
   Kompensatsiya
 
  (yunoncha  «compensatio»  —  o'rnini  toidirish,
tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o'rnini
to'ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira
Logotip
mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta'lim muassasasi o'rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo'llab- quvvatlash, bir-biriga yordam ko'rsatish, talabchanlik hamda oqilona mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini inobatga olish asosida ularda mustaqillik, o'ziga xizmat ko'rsatish, mehnat ko'nikmalari, xulq madaniyati, shuningdek, ijtimoiy muhitda yashash va ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Anomal bolani tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boiishni talab etadi. Bunday bolalarda optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o'rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim. 3. Korrektsiya (yunoncha tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo'qotish va pasaytirishni nazarda tutadi. 4. Korrektsion - tarbiyaviy ishlar kategoriya sifatida shaxsning anomal rivojianishi xususiyatlariga ko'ra umumiy pedagogik ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlari tizimidan iborat. Korrektsion-tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi. Korrektsion —tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o'qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mehnat ta'limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o'z ishlarini rejalashtirish ko'nikmalari, og'zaki ko'rsatmalarga amal qilish malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash va boshqa malakalari tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-Korrektsion tadbirlar (davolash jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo'ladi. 5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o'rnini toidirish, tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o'rnini to'ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensatsiya jarayoni oliy nerv faoliyatining zahira
imkoniyatlariga tayanadi.
6. Ijtimoiy
 
    reabilitatsiya
 
  (yunoncha «rehabilitas»-layoqati, qobiliyatini tiklash)
tibbiy-pedagogik  mazmunida  anomal  bolaning  psixofrziologik  imkoniyatlari
darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti
va
 
mehnatiga
 
jalb
 
etishni
anglatadi.  Bu  Korrektsion  pedagogika  nazariyasi  va  amaliyotida  asosiy  vazifa
hisoblanadi.
Reabilitatsiya nuqsonlarini yo'qotish va yumshatishga yo'naltirilgan  maxsus
tibbiy vositalar hamda maxsus ta'lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga
oshiriladi. Reabilitatsiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o'rni
to'ldiriladi. Reabilitatsiya  vazifalari  anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun
maxsus o'quv muassasalari  tizimida hal etilib, unda o'quv jarayonini tashkil etish
xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi.
7.
   Ijtimoiy
 
    adaptatsiya
 
  (yunoncha  «adapto»  -  moslashish)  -  anomal
bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari
tizimiga mos kelishini ta'minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni
tashkil etish qiyin, sodir bo'layotgan o'zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish
qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi.
Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun im
koniyat yaratadi.
8.
Oilaviy
 
    tarbiya
 
  reabilitatsiyani  samarali  tashkil  etish  omili.  Oila  va
maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy  faoliyatga jalb etish,
uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat  darajasida kasb ko'nikmalarni
shakllantirishni ta'minlaydi.
9.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy adabtatsiya, reablitatsiya ishlari.
Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun 
individuallashgan va sharoitga qarab o’zgaruvchan, g’amxo’rlik bilan yondasha 
oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, sog’lom bolalar o’quv muassasalarida 
amalga oshiriladi. Inklyuziv jalb etish (vklyuchenie) degan ma’noni anglatadi, ya’ni 
jismoniy yoki Psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog’lom tengdoshlari bilan 
o’zaro bog’lanib, birgaliqda ta’lim olishidir.
Logotip
imkoniyatlariga tayanadi. 6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas»-layoqati, qobiliyatini tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofrziologik imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu Korrektsion pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo'qotish va yumshatishga yo'naltirilgan maxsus tibbiy vositalar hamda maxsus ta'lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan funksiyalarning o'rni to'ldiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli kategoriyalari uchun maxsus o'quv muassasalari tizimida hal etilib, unda o'quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga qarab belgilanadi. 7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish) - anomal bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta'minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo'layotgan o'zgarishlarga mos ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun im koniyat yaratadi. 8. Oilaviy tarbiya reabilitatsiyani samarali tashkil etish omili. Oila va maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkoniyat darajasida kasb ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlaydi. 9. Inklyuziv ta’lim ijtimoiy adabtatsiya, reablitatsiya ishlari. Inklyuziv ta’lim bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab o’zgaruvchan, g’amxo’rlik bilan yondasha oladigan ta’lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, sog’lom bolalar o’quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv jalb etish (vklyuchenie) degan ma’noni anglatadi, ya’ni jismoniy yoki Psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog’lom tengdoshlari bilan o’zaro bog’lanib, birgaliqda ta’lim olishidir.